logo

O‘simliklarni zararkunandalarga immuniteti.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

39.2333984375 KB
O‘simliklarni zararkunandalarga immuniteti.
Reja
1. Zararkunandalarga qarshi navlarning chidamliligi yo‘nalishlari.
2. Zararkunandalar   ta’sirida   o‘simliklarning   shikastlanish   xillari   va
reaksiyalari.
3. O‘simliklarning zararkunandalarga chidamliligini namoyon bo‘lishi.
4. Zararkunandalarga   qaoshi   immunitet   tabiatini   belgilovchi   zamonaviy
tasavvurlar.
5. Zararkunandalarga qarshi immunitetning omillari. O‘simliklarni   zararli   hasharot,   kana   va   nematodalarga   chidamliligi
zamburug‘, bakteriya va viruslarga chidamliligi kabi juda katta ahamiyatga ega.
Ammo   o‘simliklarning   bu   xildagi   chidamliligi   mikroorganizmlarga
chidamliligini o‘rganishidan ancha ortda qolgan.
Shu   bilan   birga,   zararkunandalarga   chidamli   navlarni   o‘stirish   hosilni
nobud bo‘lishiga va uning sifatini bo‘zilishiga chek qo‘yishi mumkin. I. Shapiro
va   N.   Vilkova   (1976)   larning   ma’lumotiga   qaraganda   Rossiyaning   qoratuproq
xududlarida   gessen   pashshasiga   chidamli   navlarni   o‘stirish   evaziga   1   mln
tonnaga yaqin bug‘doy olinar ekan. Kungaboqarning zirhli navlarni yetishtirish
juda   katta   iqtisodiy   samara   beradi,   chunki   bu   navlar   kungaboqarning   havfli
zararkunandasi qizil kapalakka chidamlidir. Makkajo‘xorining poya parvonasiga
chidamli gibridlarini o‘stirish evaziga hosildorlik 5-8 s/ga oshar ekan.
Umuman,   har   xil   zararkunandalarga   chidamli   forma   va   navlar   60   dan
ziyod qishloq xo‘jalik ekinlarida aniqlangan .
O‘simliklarning   chidamlilik   darajasi   o‘simlik   va   zararkunandaning
o‘ziga xosligiga qarab keng ko‘lamda o‘zgaradi.
R.   Paynter   (1953)   navlarning   chidamligiga   muvofiq   3-ta   yo‘nalishda
foydalanishini belgilaydi:
1. Navning chidamliligi asosiy himoyalanish usuli sifatida;
2. Navning   chidamliligi   boshqa   himoyalanish   usullarga   qo‘shimcha
sifatida;
3. Navning   chidamliligi   ishlab   chiqarishda   hozirgi   kunda   mavjud
navlardan   kamroq   zararlanadigan   navlarni   paydo   bo‘lishiga   va
tarqalishiga chek qo‘yadigan usul sifatida.
Chidamli navlarni  hasharot va kanalardan himoya qilishda asosiy usul
sifatida   qo‘llash.   Fillokseraga   qarshi   kurashda   chidamlilik   xususiyatini   asosiy
himoyalanish   vositasi   sifatida   chidamli   navlarni   o‘stirish   yorqin   misol   bo‘lishi
mumkin. Darhaqiqat, fillokseraga chidamli navlarni qo‘llash uzumzorlarni qayta
tiklash va ko‘paytirishga imkon yaratdi. Chidamli   navlarni   boshqa   himoyalanish   usullarga   qo‘shimcha   chora
sifatida   qo‘llash.   Aynan   mana   shu   usul   ko‘p   hollarda   qo‘llaniladi.   Bu   degani,
chidamli   navlarni   o‘stirish   tegishli   zararkunandaga   qarshi   kurashda   yetarlicha
samara   bermaydi,   shuning   uchun   qo‘shimcha   sifatida   boshqa   chora-tadbirlar
qo‘llanilishi kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda zararkunandalarga nisbatan chidamli
navlarni o‘stirish ham insektitsidlarning samaradorligini oshiradi.
Chidamli   navlarni   chidamliligi   past   navlarning   paydo   bo‘lishiga   va
ko‘payishiga chek qo‘yuvchi  usul sifatida o‘stirish.   Bu holatda chidamli  navlar
zararkunandalar yetkazgan talafotni o‘ziga xos etalon – o‘lchov sifatida xizmat
qiladi.   Tabiiyki,   ushbu   zararkunandalarga   chidamsiz   navlar   ishlab   chiqarish
amaliyotida   o‘rin   olishga   ruhsat   etilmaydi.   Chidamli   navlarning   roli   boshqa
himoyalanishga   oid   sezilarli   yo‘nalishlarda   ham   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,
navlarning chidamliligi mazkur o‘simliklarda mavjud zararkunanda soniga ham
o‘zini   ta’sirini   o‘tkazish   mumkin.   Aniqlanishicha,   o‘simliklarning   chidamliligi
zararkunandalarning   serpushtligiga   va   boshqa   biologik   xossalarga   katta   ta’sir
yetkazish   mumkin.   Tajribalarda   qayd   etilishicha,   chidamsiz   jo‘xori   nav
nihollarida   oziqlanuvchi   bug‘doy   biti   chidamli   navdagiga   nisbatan   18   marta
ko‘proq tuxum qo‘ygan ekan (Dams, Snelling, Fenton, 1936). Ushbu ko‘rsatgich
yoshi katta o‘simliklarda bu qadar farq bermagan bo‘lsa ham, umumiy hasharot
soniga chidamli nav sezilarli darajada ta’sir etganligi o‘z –o‘zidan ma’lum.
Navlarning   chidamliligi   zararkunandalarga   qarshi   kurashda   biologik
usullarni qo‘llashda ahamiyatga ega ekanligi ham aniqlandi. Chuqur tadqiqotlar
o‘tkazilmaganligiga qaramay, chidamli nav va unda oziqlanuvchi zararkunanda
parazitlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlar   2-ta   har   xil   ko‘rinish   hosil   qilinishi
aniqlandi: 
1. Xo‘jayin-zararkunanda   sonining   kamayishi   uni   parazitlar   tomonidan
topishiga   va   shu   bois   ushbu   parazitlar   orqali   zararkunandaga   qarshi
biologik himoya usullarini qo‘llash ijobiy natija bermasligi mumkin; 2. Chidamli   navlarda   oziqlanish   natijasida   zararkunanda   organizmida
ro‘y   berishi   mumkin   fiziologik   jarayonlar   parazit-hasharotning
tarqalishiga   qulaylik   yoki   noqulaylik   yaratishi   mumkin.   Bundan
tashqari,   chidamli   navlarning   ta’siri   xo‘jayin-zararkunandaning   katta-
kichikligiga   ta’sir   etishi   mumkin.   Bu   esa   o‘z   navbatida   parazit-
hasharotning serpushtligini, kattaligini va jinsini o‘zgartirishi mumkin
(Flanders, 1940).
Shunday qilib o‘simliklarning chidamliligi va zararkunandalar parazitlari
o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik borligi shubhasizdir.
Tadqiqotlar   yana   bir   narsaga   aniqlik   kiritdiki,   bu   ham   bo‘lsa
zararkunandalarning   oziqlanishi   va   ularga   qarshi   kurashda   qo‘llanilayotgan
kimyoviy   preparatlarning   samaradorligi   o‘rtasida   o‘zaro   bog‘liqlik
mavjudligidir.
Ayrim   olimlarning   ta’kidlashicha,   kartoshkada   sikadaga   qarshi
qo‘llanilayotgan kimyoviy usul ushbu hasharotga chidamli navlarda samaraliroq
tarzda   o‘tar   ekan.   Ushbu   faktlar   ikkala   himoya   qiluvchi   usullarning,   ya’ni
chidamli   navlarni   ekish   va   kimyoviy   chora   –   tadbirlarni   qo‘llash,   ularni   yakka
xolda qo‘llanilishiga qaraganda samaraliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, har  bitta alohida olingan usul  – biologik
va kimyoviy,- chidamli navlar o‘stirishining o‘rnini bosmaydi va barcha usullar
birgalikda, sharoitga muvofiq qo‘llanilishi kerak.
Har   xil   zararkunandalar   ta’sirida   o‘simliklarning   shikastlanishi .
Ma’lum   zararkunandaga   qarshi   chidamliligini   aniqlash   uchun   o‘simlikning
yoshi   va   holati,   tashqi   sharoit   omillari   ta’siri,   qolaversa,   o‘simlik   nav   va
formalarning   mazkur   hasharotga   chidamlilik   reaksiyasining   o‘zgaruvchanligini
o‘rganish kerak.
Shikastlanish   reaksiyasi   shikastlangan   a’zo   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   uning
chidamliligini aniqlashda har bir navning o‘ziga xosligi  hisobga olinadi.  “Shikastlanish”   tushunchasiga   u   yoki   bu   o‘simlik   a’zosi   butunligining
buzilishi   kiradi.   Aksariyat   holatlarda   ushbu   buzilishlar   zararkunandalarning
o‘simlik   bilan   oziqlanishida   paydo   bo‘ladi.   Aynan   shu   shikastlanishlar   hosilni
nobud bo‘lishiga yoki kamayishiga olib keladi.
Bir qator zararkunandalar o‘simlik butunligini hali tuxum qo‘yish pillasi,
ya’ni hasharotning zarar qiladigan asosiy   qurt pillasi ishga tushguncha buzadi,
lekin   odatda   ushbu   shikastlanishlar   o‘simlik   xayoti   uchun   hal   qiluvchi   ziyon
yetkazuvchi omil deb hisoblanmaydi.
P.D.   Chesnokov   (1953)   fikricha,   kemiruvchi   og‘iz   apparatiga   ega
zararkunandalar quyidagicha zarar keltiradi:
1. Skeletlashtirish (faqat barg tomirlari qoladi);
2. Bargni umuman yeyish (faqat bargning eng qalin tomirlari qoladi);
3. Barg yuzasini kichikroq uyacha shaklida yeyish;
4. Barg parenximasini yeb, faqat kutikulani qoldirish;
5. Figurali   yeyish   (barg   chetlarini   yeyish   ta’sirida   har   xil   shakllar   paydo
bo‘lishi);
6. Minalash   (faqat   barg   parenximasini   yeb,   ustki   va   pastki   kutikulalar
qavatlarini qoldirish).
Barglardan   tashqari,   o‘simliklarning   poya,   ildiz,   gullari,   kurtaklari   va
mevalari ham zararkunandalar tomonidan shikastlanishi mumkin.
Shikast   yetkazish   borasida   sanchib-so‘ruvchi   og‘iz   apparatiga   ega
zararkunandalar   kemiruvchi   og‘iz   apparatiga   ega   zararkunandalardan   tubdan
farq qilishi tabiiy.
Sanchib-so‘ruvchi   zararkunandalar   sanchigandan   keyin   o‘simlik
to‘qimalardan   oziqlanish   moddalarni,   ya’ni   tirik   hujayralar   ichidagi   borligini
so‘rib   oladi.   Bu   turdagi   oziqlanuvchi   zararkunandalar   og‘iz   apparati   turlicha
bo‘ladi.   Masalan,   o‘simlik   shiralarning   ko‘p   turlarida   og‘iz   apparatining
sanchuvchi o‘siqlari o‘simlik to‘qimalarining hujayralararo bo‘shliqlariga o‘tadi
va   shu   bois   hujayra   devorchalariga   shikast   yetkazmaydi   (intrasellyularlik sanchish). Boshqa zararkunandalar esa (bit, sikadalar, shiralarning ayrim turlari)
hujayralarning devorchalarini buzishga qodir bo‘lib kuchliroq shikast yetkazishi
mumkin (intrasellyulozalik sanchish). Bu yerda shuni  ta’kidlash kerakki, ayrim
zararkunandalar ikkala sanchish xiliga qodirdir.
Sanchib   –so‘ruvchi   hasharotlarning   ko‘pchiligi   (bitlar,   shiralar,
sikadalar)   so‘ruvchi   apparat   yordamida   o‘simlik   to‘qimalariga   so‘lak   bezlari
chiqargan   fermentlarini   kiritadi   va   ular,   o‘z   navbatida,   o‘simlik   fermentativ
faoliyatini o‘zgartiradi va hasharot oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
O‘simliklarning   javob   reaksiyasi   esa   to‘qimalar   rangining   o‘zgarishi,
to‘lqinsimonlikning   hosil   bo‘lishi,   barglarning   buralishi,   to‘kilib   ketishi,
to‘qimalarning g‘ayrioddiy o‘sib ketishi  (shishlar, o‘simtalar, gallar) va boshqa
belgilar bilan ifodalanadi.
Zararkunandalar   bilan   shikastlangan   o‘simliklar   reaksiyasining   o‘ziga
xos xususiyatlari.
Zarararkunandalar   bilan   zararlanishi   natijasida   o‘simliklarning   mo‘tadil
hayot kechishi  buziladi. Masalan, kemiruvchi zararkunandalar bilan zararlanish
nafaqat   o‘simliklarning   anatomik   tuzilishini,   balki   hayot   faoliyatining   ham
buzilishiga  olib  keladi.  Shundayin,  zararkunanda  tomonidan  barglarni  yeyilishi
barglar sathini kamaytiradi va shu bois fotosintez va assimilyatsiya jarayonlarini
tegishli ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning   harakati   zararkunanda   yetkazgan   puturni   bartaraf
qilishga va o‘simlik a’zolarining tiklanishiga qaratiladi. Bunday reaksiyalarning
xususiyati   esa   o‘simliklarning   biologik   xossalari,   holati   va   tashqi   omillar
majmuasiga   bog‘liqdir.   Masalan,   hasharotlarning   zararli   faoliyati   o‘simliklar
tomonidan ajratib chiqarilgan sutsimon shira yelim va hokazo moddalari ta’siri
ostida   to‘xtatilgani   to‘g‘risida   ma’lumotlar   mavjud.   Bunday   himoya   vositasi
ko‘pgina   daraxt   va   butasimon   o‘simliklarga   xosdir.   Ushbu   o‘simliklarga   putur
yetkazuvchi   zararkunandalar   aksariyat   hollarda   faqat   zaif   daraxt   va   butalarda
oziqlanadi,   vaholanki   sog‘lom   o‘simliklar   zararkunanda   hosil   qilgan   yaralarni o‘sha   zahoti   himoya   qiluvchi   shira   yoki   yelim   bilan   to‘ldiradi   va   havfni   yo‘q
qiladi.
Ayrim   o‘simliklarda   zarar   yetkazuvchi   shiralarning   oziqlanishi
sanchilgan   joyida   o‘simlik   to‘qimalari   hosil   qilgan   po‘kak   (probka)   qatlami
bilan cheklanadi. Ushbu qatlam zararlangan joyni boshqa to‘qimalardan ayiradi
va   hasharot   uchun,   to‘g‘rirog‘i   uning   oziqlanishi   va   ko‘payishi   uchun   noqulay
sharoit yaratadi.
So‘ruvchi   hasharotlar,   shu   jumladan   poliz   va   g‘o‘za   shirasi   ham
(Nevskaya,   1945,   Bogolyubova,1949)   boshqacha   oziqlanadi.   Ularning   so‘lak
bezlari   chiqargan   fermentlari   amilaza   va   invertazalarni,   ya’ni   gidrolitik
fermentlarni   faollashtiradi.   Oqibatda,   parchalanmaydigan   uglevodlar
(karbonsuvlar)   hamda   parchalanadigan   disaxaridlar   va   polisaxaridlar   shiralar
oziqlanishi uchun tayyor yemga aylanadi.
Komstok   qurti   (cherves)   tut   va   no‘hat   o‘simliklarida   oziqlanish
jarayonida   nafaqat   uglevodlarni   monosaxaridlarga   aylanishi,   balki   hasharot
so‘lak  bezlari   ta’sirida   oqsil   moddalarning  gidrolizi  ham  kuzatiladi.  Gidrolizda
hosil bo‘lgan moddalar hasharotning xazm qiladigan organlariga aminokislotalar
shaklida o‘tadi.
O‘simliklarning   organizmini   tiklaydigan   reaktivlari   xilma-xil   bo‘ladi.
Ko‘p   holatlarda   hasharotlar   jarohatlagan   to‘qimalar   joyi   chandiq   bo‘lib   bitib
qolishi hamda shish va kallyus paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari
yetkazilgan   jarohatga   qarata   o‘simlik   nobud   bo‘lgan   a’zolarini   o‘rniga   boshqa
a’zolar hosil qilishi ham mumkin.
Yana misollar. Kemiruvchi hasharotlar yeb ketgan barg sathining o‘rniga
o‘simlik   boshqa   barglar   hosil   qiladi   (masalan,   karamgulli   burgalar   yoki
kapalaklar   qurtlari   karam   barglarini   yeganda).   Ma’lum   ildiz   qavatining   bir
qismini   nobud   bo‘lishiga   qarata   o‘simlik   boshqa   qavatdagi   ildizlarini   jadal
o‘sishini   ta’minlaydi   (masalan,   karam   ildizlarini   karam   pashshasi   qurtlari ishkastlaganda). G‘allagullilarning poyalarini tuplash davrida g‘alla pashshalari
jarohatlaganda o‘simlik qo‘shimcha poya hosil qiladi va hokazo.
O‘simliklarning   u   yoki   bu   zararlanishga   qarata   reaksiyalari
zararkunandalar   tomonidan   shikast   yetkazilishiga   bog‘liqdir.   Qanchalik
zararlanish   darajasi   kamroq   bo‘lsa,   shunchalik   o‘simlikning   o‘z-o‘zini   tiklab
olish   qobiliyati   kuchliroq   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   agar   o‘simlik   so‘ruvchi
hasharotlar va kanalar tomonidan kam shikastlangan bo‘lsa va ular o‘simlikdan
yo‘q   qilinsa,   o‘simlik   organizmi   osonlikcha   o‘zining   fiziologik   jarayonlarini
tiklab   olishi   mumkin.   O‘zga   holat   zararkunanda   o‘simlikning   butun   a’zolarini
qo‘pollikcha   jarohatlasa   ro‘y   beradi,   masalan,   o‘simlikning   asosiy   ildizlarini
kemirib qo‘ysa yoki  poyani  ichini  yeb ketsa (simqurtlar, tunlamlarning qurtlari
tomonidan).
Muzokara  uchun   yana  bir  misol.   Agar  barg  sathining   3-5%   kemiruvchi
hasharot     tomonidan   yeb   ketilsa   yoki   so‘ruvchi   hasharotlar   kam   miqdorda
shikast   yetkazsa,   ulardan   halos   bo‘lgan   o‘simlik   tezda   o‘z-o‘zini   tiklab   oladi.
Lekin,   agar   barg   satxining   50-75%   yeyilib   ketilsa,   bunda   o‘simlik   o‘zini
o‘ngarib ololmaydi va nobud bo‘lishi muqarrar (Chesnokov, 1953).
O‘simlikning tiklanish qobiliyati uning holatiga va yoshiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Odatda yosh o‘simliklar shikastlanishdan ko‘proq zarar ko‘radi. Ammo
ularda   tiklanish   qobiliyati   kuchliroq   namoyon   bo‘lishini   ham   inobatga   olish
kerak.
O‘simliklarning   holati   ham   tiklanish   qobiliyatini   namoyon   bo‘lishida
katta   ahamiyatga   ega.   O‘z   navbatida   o‘simliklarning   holati   tashqi   muhit
sharoitlariga, birinchi o‘rinda ularning parvarishiga bog‘liqdir. Demak, sog‘lom
va   oziqa   elementlari   bilan   kerakligicha   ta’minlangan   o‘simliklarda   tiklanish
qobiliyati tegishli ravishda yorqinroq ifodalanadi.
O‘simliklarning   zararkunandalarga   qarshi   reaksiyalari   o‘simlik
organizmning irsiyatiga ham bog‘liq bo‘lib, ulardagi ma’lum zararkunandalarga
qarata chidamliligi ham o‘ziga xos bo‘ladi. Qishloq   xo‘jalik   amaliyoti   uchun   zararkunandalarga   qarshilik   ko‘rsata
olish qobiliyati kuchli namoyon bo‘lgan o‘simliklarning forma va navlari kerak.
Ushbu   qarshilik   qobiliyati   zararkunanda   tomonidan   o‘simlikning   umuman
zararlanmasligi   yoki,   agar   zararlansa,   o‘zining   fiziologik   jarayonlarini   tezda
tiklay   olishga   qodir   bo‘lishi   so‘raladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   o‘simliklar
forma   va   navlari   zararlanishidan   qat’i   nazar   o‘zlarining   hosildorligini   va
mahsulot sifatini pasaytirmasligi lozim.
O‘simliklarning zararkunandalarga chidamliligini namoyon bo‘lishi
shakllari.
Chidamlilik – o‘simlik va zararkunandaning o‘zaro ta’sir etish xususiyati
bilan   bog‘liq   hodisadir.   Shunday   ekan,   chidamlilik   ham   o‘simlikning,   ham
zararkunandaning xossalari bilan ifodalanadi.
O‘simlikning   hasharot   tomonidan  shikastlanishiga   chidamliligi   o‘simlik
organizmining   irsiyatiga   bog‘liq.   Aksariyat   hollarda   zararkunandalarga
chidamlilik   xossasi   nisbiy   ko‘rsatkichdir.   U   yoki   bu   navning   chidamliligi
to‘g‘risida   kuchli   shikastlanadigan   nav   bilan   taqqoslangan   holda   fikr   yuritish
o‘rinli, chunki   qishloq  xo‘jalik  amaliyotida mutlaqo  zararlanmaydigan  navning
o‘zi yo‘q.
Zararkunandalarga   chidamlilik   darajasini   quyidagi   guruhlarga   bo‘lish
mumkin (R. Paynter, 1953):
Immunitet.   Immun nav deb mazkur  zararkunanda tomonidan unga hech
qachon jarohat yetkazmaydigan navni aytish mumkin.
Yuqori   chidamlilik.   Bu   guruhga   zararlanishi   uchun   sharoit   bo‘lishiga
qaramay kam zararlanadigan navlar kiradi.
Past   chidamlilik.   Bu   guruxdagi   navlar   ma’lum   ekin   turiga   mansub
navlarga nisbatan kamroq talafot ko‘radi.
Zararlanish.   O‘rtacha   me’yordan   ancha   ziyodroq   talafot   ko‘ruvchi
navlar bu guruhga kiradi.  Shunday   qilib,   zararkunandalarga   chidamlilik   tasnifining   iboralari
kasalliklarga chidamlilik iboralariga o‘hshash.
Yuqorida   aytib   o‘tilgan   chidamlilik   turlaridan   tashqari   yana   bir   qator
chidamlilik   bilan   bog‘liq   hodisalarni   ham   ta’kidlash   mumkin.   Masalan,   soxta
chidamlilik.   Bu   atamani   quyidagi   chidamlilik   hodisalarini   ta’riflashda
ishlatiladi:
1. “Qochib qolmoq” (o‘tib ketish).   Ma’lum sharoitlarda (agrotexnika, ob-
havo,   iqlim)   o‘simlik   o‘zining   rivojlanishidagi   eng   zaif   davrini   hali
hasharot   ko‘paymasligidan   ilgari   o‘tib   ketishi   mumkin.Ayrim   navlar
erta   pisharligi   evaziga   zararlanmaydi.   Xuddi   shunaqa   xodisa
o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligida ham kuzatiladi.
2. Ortirilgan   chidamlilik.   Bu   yerda   gap   vaqtinchalik   chidamlilik
to‘g‘risida ketayapti. Xuddi kasalliklarga chidamlilik xosil bo‘lishi kabi,
zararkunandalarda   ham   tashqi   muhitning   o‘zgarishi   (tuproq
unumdorligining   oshishi,   suv   rejimining   o‘zgarishi   va   boshqalar)   bu
turdagi immunitetni namoyon bo‘lishiga olib keladi. Amaliyotda ushbu
immunitetdan   keng   foydalansa   bo‘ladi.   Masalan,   kuchli   zararlangan
ekinlar   zararkunandalardan   tozalangandan   keyin   qo‘shimcha   o‘g‘it,
sug‘orish,   chopiq   qilish   va   boshqa   tadbirlarning   o‘tkazilishi   yaxshi
samara beradi.
3. Zararlanishdan   tasodifiy   qutilish.   O‘shbu   hodisada   o‘simlikka   zararli
hasharotlarning   tushmasligini   tasodifiy   sabablar   bilan   ifodalanish
tushuniladi.   Masalan,   agar   barcha   o‘simliklar   zararlanib   bitta   o‘simlik
zararlanmasa   bu belgini   tasodif  emasligini  faqat   keyingi     nasldan  bilsa
bo‘ladi.
O‘simliklarning zararkunandalarga immunitet tabiatini belgilovchi
zamonaviy tasavvurlar.
Zararkunandalarga   chidamlilik   har   bir   o‘simlik   organizmga   xos
xususiyatdir.   Aks   holda   bu   forma   tabiatda   saqlanmas   edi.   Lekin   koevolyusiya jarayonida   bir   tomondan   o‘simliklarda   himoya   mexanizmi   vujudga   kelgan
bo‘lsa, ikkinchi tomondan zararkunanda ham ushbu to‘siqlarni bartaraf qilishga
qaratilgan o‘ziga xos mexanizmlarni ro‘yobga chiqargan. Demak, zararkunanda
va   kasallik   qo‘zg‘atuvchi   parazit   xo‘jayin-o‘simlik   bilan   koevolyusiya
jarayonini birgalikda o‘tganligi shubhasizdir.
Zararkunanda   va   o‘simlik   o‘rtasidagi   munosabatlar   negizida   oziqlanish
ehtiyojlari   yotganligi   muqarrardir.   Darhaqiqat,   zararkunandalar   tomonidan
o‘simliklarni   oziqa   sifatida   ishlatmagan   holati   tabiatda   kamdan-kam   uchraydi.
Shu   bilan   birga,   zararkunandalarning   ixtisoslangan   oziqlanishi   o‘simliklar
oilalarida, turkumlarida va turlarida ochiq va ravshan tarzda ifodalanadi.
Xozirgi   zamon   tushunchalariga   binoan   o‘simliklarning   hasharotlarga
immuniteti omillari quyidagi guruhlarga bo‘linadi (Paynter, 1953) :
1. Tanlovchanlik   qobiliyati   –   hasharotlar   tomonidan   tuxum   qo‘yish   va
oziqlanish uchun o‘simliklarni ayirish;
2. Antibiotik   ta’sir   etish   (antibioz)   –   o‘simlik   tomonidan   hasharotning
oziqlanishi uchun noqulay sharoit yaratish;
3. Bardoshlilik   –   o‘simliklarning   hasharotlar   tomonidan   zararlanganda
mahsuldorligini pasaytirmasligi.
Hasharotlarning tanlovchanlik xususiyati va uning o‘simliklarning
zararkunandalarga immunitetidagi ahamiyati.
Hasharotlarning   tanlovchanlik   xususiyati   ularning   ko‘rish,   hid   bilish,
lokatsion   va   boshqa   oziqlanish   va   tuxum   qo‘yish   uchun   qulay   bo‘lgan   va
rivojlanishi uchun mos keladigan o‘simliklarning xossalari bilan belgilanadi.
Erkin harakatlanadigan hasharotlarning (sikada, qandala, ayrim qo‘ng‘iz
turlari)   tanlash   xususiyati   ularning   rivojlanishi   uchun   mos   keladigan
o‘simliklarda zich joylashishi, mos kelmaydigan o‘simliklarda esa kam bo‘lishi
bilan   ifodalanadi.   Kolorado   qo‘ng‘izining   Solanum   tuberosum   turiga   mansub
navlarda   ko‘p   bo‘lishi   va   Solanum   polyadenium   turi   navlarida   umuman
uchramasligi   yorqin   misol   sifatida   xizmat   qilishi   mumkin   (Bukasov,   Kameraz, 1948).   Shunga   o‘hshash   holat   28-nuqtali   xonqizi   (epilyaxna)   da   ko‘zatilgan,
lekin   bu   hasharot   Solanum   tuberosum   o‘simliklarida   ko‘p   bo‘lib   yig‘iladi,
Solanum   demissum  o‘simliklarni esa umuman xush ko‘rmaydi.
Ayrim   turdagi   hasharotlar   o‘zlarining   kam   harakatchan   xususiyati
evaziga faqat tuxum qo‘ygan o‘simlikda rivojlanishi mumkin. Shuning uchun bu
hasharotlarda   tanlovchanlik   xususiyatini   asosan   urg‘ochilari   belgilaydi.   Misol
tariqasida shved va gessen pashshalari xizmat qilishi mumkin.
Hasharotlar   oziqlanishi   va   tuxum   qo‘yishi   uchun   yaroqli   o‘simliklarni
topish   u   yoki   bu   jalb   etuvchi   moddalarga   bog‘liqdir.   To‘liqsiz   o‘zgarishli
hasharotlarning   aksariyati   hamda   ko‘pchilik   qo‘ng‘izlarning   ham   yetuk   forma,
ham   lichinkasi   bitta   o‘simlikda   oziqlanadi.   Shunday   ekan,   o‘simlik   tomonidan
yetuk   hasharotlarni   tuxum   qo‘yish   va   oziqlanishi   uchun   jalb   etish   bir   xil
omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kapalaklar,   parda   qanotlilar   va   qo‘sh   qanotlilar   turkumlari   vakillarida
ushbu jarayon boshqacha kechadi. Ushbu turkumlarga mansub yetuk hasharotlar
asosan   gulshira   bilan   oziqlanadi   va   shu   bois   ularni   gullab   turgan   o‘simliklar
o‘ziga   jalb   qiladi.   Tuxum   qo‘yish   arafasida   urg‘ochilar   boshqa   o‘simliklarga
o‘tadi.   Demak,   oziqlanishi   uchun   ularning   lichinkalariga   boshqa   o‘simlik   mos
keladi.
Hasharot   tomonidan   kerakli   o‘simlikni   topib   olish   jarayoni   o‘ziga   bir
qator   ta’sir   etuvchi   moddalarni   izlashdan   iborat   bo‘lib,   ularning   soni   har   bir
vaziyatda o‘simlik va hasharot turiga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit omillari o‘z
tomonidan   o‘simlik   chiqaradigan   ta’sir   etuvchi   moddalarning   hasharot
reaksiyalariga o‘zgarishlar kiritishi mumkin.
Ochlik   yoki   boshqa   fiziologik   holat   ta’siridagi   hasharotning   ilk
qadamlari   tasodifiy,   tartibsiz   bo‘ladi.   Qachonki   hasharot   o‘simlikdan   chiqqan
hidni   ishitsa,   uning   harakatlari   o‘zgaradi:   tezligi   va   burilishlari   ko‘payadi.
Xo‘jayin-o‘simlik   tomoniga   adashmasdan   yetib   borishini   shamol   bilan   kelgan o‘simlikning   hidi,   unga   xos   rang-tusi   va   boshqa   ta’sir   etuvchi   omillar
ta’minlaydi (Paynter, 1953).
Tahmin   qilinishicha,   tanlovchanlik   bilan   bog‘liq   o‘simlikning
hasharotlarga qarshi chidamliligi 2 ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin:
1. Chidamli   nav   hasharotni   jalb   etuvchi   omillardan   ko‘pchiligini   o‘zida
mo‘jassam etmasligi;
2. Chidamli nav hasharotni mahsus moddalar yordamida o‘zidan hurkitishi
mumkin.
Birinchi ko‘rinishdagi chidamlilikda hasharot kerakli xo‘jayin-o‘simlikni
faqat   tasodifan   duch   kelganda   topishi   mumkin.   Agar   hasharotning   umri
qisqaligini   va   shu   bois   yetarli   darajada   zahira   moddalarini   diapauzagacha
yig‘olmasligini inobatga olsa, ushbu hasharot aksariyat hollarda nobud bo‘ladi.
Ikkinchi   ko‘rinishdagi   holatda   chidamli   o‘simliklar   o‘zidan   hurkitish
moddalarni   chiqarib   hasharotni   qochiradi   va   oziqlanishi   hamda   ko‘payishi
uchun mos keladigan boshqa o‘simliklarni ahtarishga majbur etadi.
O‘simlikning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hasharotning   tanlash   xususiyatini
belgilaydi. O‘simlikka tegishli ularni 3-ta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Biokimyoviy xususiyatlar,
2. Anatomo-fiziologik xususiyatlar,
3. Fenologik chidamlilik xili.
O‘simliklarning   biokimyoviy   xususiyatlari   ham   hasharotni   tanlashga
qodirligini belgilaydi. Kolorado qo‘ng‘izi uchun repellent moddalar bo‘lib ba’zi
glyukoalkoloidlar   xizmat   qiladi.   Kartoshkaning   Solanum   demissum   turiga   oid
navlarda bu rolni demissin moddasi bajaradi.
G‘o‘zadagi   fenolsimon   birikmasi   bo‘lgan   gossipol   esa   ba’zi
hasharotlarga   repellentlik   tarzda   ta’sir   qilsa,   g‘o‘za   tunlami   uchun   attraktant
bo‘lib   xizmat   qilishi   aniqlangan.   Hozirgi   ma’lumotlarga   ko‘ra   gossipol
fitoaleksin moddalarning yig‘indisi deb topildi. Anotomo-fiziologik   xususiyatlar   hasharotlarning   oziqlanishi   uchun
o‘simliklarning qoplama to‘qimalari va boshqa organlarning joylashish xarakteri
bilan   belgilanadi.   Masalan,   toklarga   katta   zarar   yetkazadigan   o‘rgimchak   kana
barglar  tuklanishiga   qarab   bir  navda  ko‘p,  ikkinchi   navda  kam  bo‘ladi.  Tabiati
yovvoyi amerika navi Izabella barglari kigizsimon tuklanish bilan xarakterlanadi
va uning barglarida o‘rgimchak kana yashamaydi. Lekin barglari silliq kishmish
navlarida   ham   o‘rgimchak   kana   deyarli   uchramaydi.   Demak,   birinchi   nav
sertukli   va   ikkinchi   nav   umuman   tuksiz   bo‘lganligi   o‘rgimchak   kana   yashashi
uchun noqulay sharoit tug‘dirar ekan.
Evolyusiya   davomida   o‘simliklarning   hasharotlar   tomonidan   ma’lum
rivojlanish davrlarida zararlash qobiliyati shakllangan.  Shuning uchun hasharot
va   o‘simliklarning   rivojlanish   davrlari   to‘g‘ri   kelgan   holda   zararlanish   kuchli
bo‘lishi mumkin. Masalan, tez pishar navlar hasharotlarning rivojlanish davrlari
boshlangunicha   pishib   yetilishi   mumkin   yoki   aksincha,   o‘ta   kech   pishar
navlarning   ham   rivojlanish   davri   hasharotlarning   rivojlanishi   uchun   noqulay
davrga   to‘g‘ri   kelishi   mumkin   va   hokazo.   Masalan,   tariq   pashshasi   bilan
zararlanish asosan ro‘vak chiqarish davrida yuz bergani uchun Saratovskoe 853
tariq navi kech ro‘vak chiqargani uchun 42% zararlangan bo‘lsa, undan 4-6 kun
ilgari ro‘vak chiqaradigan Novourenskoe 241 navida 26% donlar zararlangan.
Bulardan   tashqari,   o‘simliklarning   immunitetiga   ularning   antibiotik
reaksiyalari,   anatomo-morfologik   xususiyatlari,   zararlanganda   ham   hosilni
keskin   pasaytirmaslik   xususiyati   kabi   biologik   xususiyatlari   hamda   tashqi
omillar ta’sir etadi.
Hasharotlar   bilan   munosabatida   o‘simlik   ularning   ta’siriga   qarshi   tura
olish   qobiliyati,   hamma   to‘qima,   organ   va   butun   organizmning   xususiyatlari
bilan   belgilanadi.   Organizmning   xususiyati   faqat   zararkunandaning   o‘simlikka
ta’siri va o‘simlikning zararkunandaga ta’sirida namoyon bo‘ladi.
O‘simlikning zararkunandaga qarshi salbiy ta’sir (antibioz) etishi. Ushbu   atama,   ya’ni   antibioz   atamasi   chidamli   o‘simlikning
zararkunandaga   salbiy   ta’sir   etishini   belgilash   uchun   qabul   qilingan.   Hozirgi
kunda antibioz chidamlilikning eng qimmatli shakli sifatida tan olingan.
Ma’lum   zararkunandaning   populyatsiyasi   ayrim   o‘simliklarda
yasholmaydigan   hodisalari   uchrab   turadi,   va   bunaqa   navlar   fanga   ma’lum   va
talaygina.
Chidamli   navning   zararkunandaga   antibioz   ta’siri   har   xil   bo‘lishi
mumkin.   Ayrim   navlarda   ma’lum   zararkunanda   qisqa   vaqt   ichida   yashaydi,
lekin   ko‘paymaydi,   boshqa   navlarda   esa   antibioz   ta’sirini   faqat   mahsus
tadqiqotlar yordamida aniqlash mumkin.
Chidamli   navlarda   zararkunandalarning   halok   bo‘lishi   ko‘p   hollarda
lichinka   davrida   ham   kuzatilishi   mumkin.   Bu   holat   antibiozning   odatiy   va
ko‘zga   tashlanadigan   ko‘rinishidir.   Yoshi   kichik   zararkunandalarning   nobud
bo‘lishi   ayrim   turlarga   mansub   shiralarda,   gessen   pashshasi,   makkajo‘xori
parvonasi, kolorado qo‘ng‘izi va bug‘doy bitlarida kuzatilgan (Paynter, 1953).
Ayrim   hollarda   chidamli   navlar   oziqlanadigan   hasharotning
bezovtalanganligi yaqqol ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu holat ayniqsa o‘simlik
shiralarida   ko‘proq   uchraydi.   Kartoshkaning   chidamli   turlarida   oziqlangan
kolorado   qo‘ng‘izi   lichinkasi   harakatdan   to‘htab   qotib   qoladi.   Kolorado
qo‘ng‘izining o‘zi esa ushbu o‘simliklarda oziqlangandan so‘ng yetarli darajada
zahira   oziq   moddalarni   yig‘olmaydi   va,   natijada,   qishki   diapauzani
muvaffaqiyatli o‘tkazolmaydi.
Odatda chidamli navlarda yashagan zararkunandalarning bo‘yi va vazni
pasayadi   (masalan,   gessen   pashshasi,   bug‘doy   biti,   makkajo‘xori   parvonasi).
Bundan   tashqari,   ayrim   hasharotlarning   urg‘ochilari   kam   tuxum   qo‘yishi
mumkin. O‘simlik shiralari va bitlari bunga misol bo‘lishi mumkin. Antibiozning qanday shaklda ifodalanishidan qat’i nazar, uning vazifasi
mazkur   navga   putur   yetkazadigan   zararkunandaning   miqdorini   va   zararini
kamaytirishdir.Antibioz   omilining   eng   yuqori   ta’sir   o‘tkazishi   bu,   albatta,
zararkunandaning to‘liq nobud bo‘lishidir.
O‘simlikning   antibioz   ta’siri   asosan   uning   tarkibidagi   fiziologik   faol
moddalari bilan namoyon bo‘ladi.
Zararkunandalarga qarata chidamlilikda fiziologik faol moddalarning
roli.
Zararkunandalarda   antibioz   reaksiyasini   chaqiruvchi   fiziologik   faol
moddalar   turli   kimyoviy   birikmalar   guruhlariga   kirishi   mumkin:   glikozid,
alkoloid, terpen va boshqalar.
Fiziologik   faol   moddalarning   immunologik   ahamiyati   juda   muhimdir.
Bunga   misol   bo‘lib   glikozidlarga   mansub   gossipol   moddasi   xizmat   qilishi
mumkin.
Bu   yerda   aniqlik   kiritish   kerak.   O‘tgan   asrning   20-chi   yillarida   B.   P.
Tokin tomonidan kashf etilgan fitonsidlarning rolini, ular bilan ko‘p tadqiqotlar
olib   borgan   taniqli   fitopatolog   –   olim   D.   D.   Verderevskiy   (1968)   juda   yuqori
baholagan.   Uning   fikricha,   o‘simliklar   immunitetida   fitonsidlar   hayvonlar
immunitetidagi   fagotsitlarga   ahamiyati   bo‘yicha   tengdir.   Yana   shu   narsa
ta’kidlanganki,   o‘simliklar   hosil   qilgan   antibiotik   moddalarning   barchasini
fitonsidlar   deb   atash   mumkin   ekan.   L.   V.   Metliskiy,   O.   L.   Ozereskovskaya
(1985) lar fitonsidlar va fitoaleksinlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha ta’riflaydi:
fitonsidlar   hamma   vaqt   o‘simlikda   mavjud,   fitoaleksinlar   esa   faqat   kasallik
paydo bo‘lishiga qarata namoyon bo‘ladi va yuzaga chiqadi.   Ularning fikricha,
gossipol   tarkiban   glikozid,   lekin   kelib   chiqishi   bilan   fitoaleksinlarning
yig‘indisidir.   Fitoaleksinlar   “keng   ta’sir   spektrli”   antibiotiklar   bo‘lib,   nafaqat
mikroorganizmlarga,   balki   hasharotlar   va   nematodalarga   va   hattoki   issiq   qonli
xayvonlarga   va   odamga   ham   zaharlidir.     Shu   sababli,   va   bu   to‘g‘risida ma’ruzalarimizning   birida   ta’kidlaganimizdek,   boqib-so‘yishga   mo‘ljallangan
mol   hech   bir   holatda   kunjara   bilan   ikki   oydan   ziyod   boqilmaydi,   chunki
kunjaraning   tarkibidagi   gossipol   moddasi   molni   ichki   organlarini   ishdan
chiqarishi va ohir-oqibat nobud qilishi ham mumkin. Shu bois paxta yog‘i ayrim
mamlakatlarda, xususan AQSh da, odam iste’molida ishlatilmaydi.
Gossipol moddasiga qaytar ekanmiz shuni aytish joizki, albatta seleksiya
yo‘li   bilan   bu   moddaning   miqdorini   oshirish   mumkin,   lekin   bu   jarayonda
me’yor bo‘lishligi shak-shubhasiz, chunki gossipol moddasining miqdorini ko‘p
bo‘lishi   albatta   chidamlilikni   kafolatlaydi,   lekin   o‘simliklarda   bu   moddaning
oshib   ketishi   tayyor   mahsulotni   umuman   iste’mol   uchun   yaroqsiz   qilishi   ham
mumkin.   Yorqin   misol   sifatida   kartoshkaning   tarkibidagi   demissin   moddasi
kolorado   qo‘ng‘iziga   qarshi   chidamlilikni   ko‘rsatish   mumkin.   Bu   moddaning
ko‘p   bo‘lishi   kolorado   qo‘ng‘izi   uchun   o‘lim   bilan   barobar,   chunki   uning
lichinkasi   ochlikdan   nobud   bo‘lishi   mumkin,   lekin   demissin   moddasi   oshgan
o‘simliklarga teginmaydi.
Ma’ruzamizga   yakun   yasar   ekanmiz,   yana   bir   bor   quyidagini
ta’kidlashimiz   kerakki,   o‘simlik   va   zararkunanda   o‘rtasidagi   munosabatlar
turlicha   bo‘lishiga   qaramay,   o‘simliklarning   immuniteti   bir   kunda   paydo
bo‘lmagan;   bu   jarayon   juda   katta   vaqt   masofasini   bosib   o‘tib,   immunitetni
tashkil   qilgan   omillar   hech   qachon   yakka   olingan   holda   ko‘rinmasligi
shubhasizdir. A  D  A  B  I  Y O  T  L  A  R
1. Vavilov N.I. Izbrann ы e proizvedeniya, L., “Nauka”, 1967.
2. Van der Plank Ya. Ustoychivost rasteniy k boleznyam, M., Kolos,1972.
3. Verderevskiy   D.D.   Immunitet   rasteniy   k   parazitarnыm   boleznyam,
M.,1959.
4. Geshele   E.E.   Osnovы   fitopatologicheskoy   otsenki   v   seleksii   rasteniy,
M., Kolos, 1978.
5. Gorlenko   M.   V.   Kratkiy   kurs   immuniteta   rasteniy   k   infeksionnыm
boleznyam, M., 1962.
6. Golovin P.N. i dr. Fitopatologiya, L., Kolos, 1971.
7. Grushevoy   S.   Ye.   Selskoxozyaystvennaya   fitopatologiya,   M.,   Kolos,
1965.
8. Kimsanboev   X.X.   Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   entomologiyasi,   T.
O‘qituvchi, 2002.
9. Krasnikov M. i dr. Spravochnik ogorodnika, Alma-Ata, Kaynar, 1975.
10. Metliskiy   L.V.,   Ozereskovskaya   O.L.   Kak   rasteniya   zaщiщayutsya   ot
bolezney, M., Nauka, 1985.
11. Musaev   T.   S.   va   b.q.   Qishloq   xo‘jalik   fitopatologiyasi,   Samarqand,
2002.
12. Popkova K.V. Uchenie ob immunitete rasteniy. M., Kolos, 1979.
13. Popkova K. V., Kachalova  Z.P. Praktikum po immunitetu rasteniy, M.
Kolos, 1984.
14. Tokin B.P. Selebnыe yadы rasteniy. L., Lenizdat, 1974.
15. Uspenskaya  G.D.   i  dr.  Obщaya  fitopatologiya  s  osnovami   immuniteta.
M., Kolos, 1967.
16. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(ma’ruzalar matni), T., 2000.
17. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(uslubiy qo‘llanma) T., 2001.

O‘simliklarni zararkunandalarga immuniteti. Reja 1. Zararkunandalarga qarshi navlarning chidamliligi yo‘nalishlari. 2. Zararkunandalar ta’sirida o‘simliklarning shikastlanish xillari va reaksiyalari. 3. O‘simliklarning zararkunandalarga chidamliligini namoyon bo‘lishi. 4. Zararkunandalarga qaoshi immunitet tabiatini belgilovchi zamonaviy tasavvurlar. 5. Zararkunandalarga qarshi immunitetning omillari.

O‘simliklarni zararli hasharot, kana va nematodalarga chidamliligi zamburug‘, bakteriya va viruslarga chidamliligi kabi juda katta ahamiyatga ega. Ammo o‘simliklarning bu xildagi chidamliligi mikroorganizmlarga chidamliligini o‘rganishidan ancha ortda qolgan. Shu bilan birga, zararkunandalarga chidamli navlarni o‘stirish hosilni nobud bo‘lishiga va uning sifatini bo‘zilishiga chek qo‘yishi mumkin. I. Shapiro va N. Vilkova (1976) larning ma’lumotiga qaraganda Rossiyaning qoratuproq xududlarida gessen pashshasiga chidamli navlarni o‘stirish evaziga 1 mln tonnaga yaqin bug‘doy olinar ekan. Kungaboqarning zirhli navlarni yetishtirish juda katta iqtisodiy samara beradi, chunki bu navlar kungaboqarning havfli zararkunandasi qizil kapalakka chidamlidir. Makkajo‘xorining poya parvonasiga chidamli gibridlarini o‘stirish evaziga hosildorlik 5-8 s/ga oshar ekan. Umuman, har xil zararkunandalarga chidamli forma va navlar 60 dan ziyod qishloq xo‘jalik ekinlarida aniqlangan . O‘simliklarning chidamlilik darajasi o‘simlik va zararkunandaning o‘ziga xosligiga qarab keng ko‘lamda o‘zgaradi. R. Paynter (1953) navlarning chidamligiga muvofiq 3-ta yo‘nalishda foydalanishini belgilaydi: 1. Navning chidamliligi asosiy himoyalanish usuli sifatida; 2. Navning chidamliligi boshqa himoyalanish usullarga qo‘shimcha sifatida; 3. Navning chidamliligi ishlab chiqarishda hozirgi kunda mavjud navlardan kamroq zararlanadigan navlarni paydo bo‘lishiga va tarqalishiga chek qo‘yadigan usul sifatida. Chidamli navlarni hasharot va kanalardan himoya qilishda asosiy usul sifatida qo‘llash. Fillokseraga qarshi kurashda chidamlilik xususiyatini asosiy himoyalanish vositasi sifatida chidamli navlarni o‘stirish yorqin misol bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, fillokseraga chidamli navlarni qo‘llash uzumzorlarni qayta tiklash va ko‘paytirishga imkon yaratdi.

Chidamli navlarni boshqa himoyalanish usullarga qo‘shimcha chora sifatida qo‘llash. Aynan mana shu usul ko‘p hollarda qo‘llaniladi. Bu degani, chidamli navlarni o‘stirish tegishli zararkunandaga qarshi kurashda yetarlicha samara bermaydi, shuning uchun qo‘shimcha sifatida boshqa chora-tadbirlar qo‘llanilishi kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda zararkunandalarga nisbatan chidamli navlarni o‘stirish ham insektitsidlarning samaradorligini oshiradi. Chidamli navlarni chidamliligi past navlarning paydo bo‘lishiga va ko‘payishiga chek qo‘yuvchi usul sifatida o‘stirish. Bu holatda chidamli navlar zararkunandalar yetkazgan talafotni o‘ziga xos etalon – o‘lchov sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, ushbu zararkunandalarga chidamsiz navlar ishlab chiqarish amaliyotida o‘rin olishga ruhsat etilmaydi. Chidamli navlarning roli boshqa himoyalanishga oid sezilarli yo‘nalishlarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, navlarning chidamliligi mazkur o‘simliklarda mavjud zararkunanda soniga ham o‘zini ta’sirini o‘tkazish mumkin. Aniqlanishicha, o‘simliklarning chidamliligi zararkunandalarning serpushtligiga va boshqa biologik xossalarga katta ta’sir yetkazish mumkin. Tajribalarda qayd etilishicha, chidamsiz jo‘xori nav nihollarida oziqlanuvchi bug‘doy biti chidamli navdagiga nisbatan 18 marta ko‘proq tuxum qo‘ygan ekan (Dams, Snelling, Fenton, 1936). Ushbu ko‘rsatgich yoshi katta o‘simliklarda bu qadar farq bermagan bo‘lsa ham, umumiy hasharot soniga chidamli nav sezilarli darajada ta’sir etganligi o‘z –o‘zidan ma’lum. Navlarning chidamliligi zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullarni qo‘llashda ahamiyatga ega ekanligi ham aniqlandi. Chuqur tadqiqotlar o‘tkazilmaganligiga qaramay, chidamli nav va unda oziqlanuvchi zararkunanda parazitlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 2-ta har xil ko‘rinish hosil qilinishi aniqlandi: 1. Xo‘jayin-zararkunanda sonining kamayishi uni parazitlar tomonidan topishiga va shu bois ushbu parazitlar orqali zararkunandaga qarshi biologik himoya usullarini qo‘llash ijobiy natija bermasligi mumkin;

2. Chidamli navlarda oziqlanish natijasida zararkunanda organizmida ro‘y berishi mumkin fiziologik jarayonlar parazit-hasharotning tarqalishiga qulaylik yoki noqulaylik yaratishi mumkin. Bundan tashqari, chidamli navlarning ta’siri xo‘jayin-zararkunandaning katta- kichikligiga ta’sir etishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida parazit- hasharotning serpushtligini, kattaligini va jinsini o‘zgartirishi mumkin (Flanders, 1940). Shunday qilib o‘simliklarning chidamliligi va zararkunandalar parazitlari o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik borligi shubhasizdir. Tadqiqotlar yana bir narsaga aniqlik kiritdiki, bu ham bo‘lsa zararkunandalarning oziqlanishi va ularga qarshi kurashda qo‘llanilayotgan kimyoviy preparatlarning samaradorligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligidir. Ayrim olimlarning ta’kidlashicha, kartoshkada sikadaga qarshi qo‘llanilayotgan kimyoviy usul ushbu hasharotga chidamli navlarda samaraliroq tarzda o‘tar ekan. Ushbu faktlar ikkala himoya qiluvchi usullarning, ya’ni chidamli navlarni ekish va kimyoviy chora – tadbirlarni qo‘llash, ularni yakka xolda qo‘llanilishiga qaraganda samaraliroq ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, har bitta alohida olingan usul – biologik va kimyoviy,- chidamli navlar o‘stirishining o‘rnini bosmaydi va barcha usullar birgalikda, sharoitga muvofiq qo‘llanilishi kerak. Har xil zararkunandalar ta’sirida o‘simliklarning shikastlanishi . Ma’lum zararkunandaga qarshi chidamliligini aniqlash uchun o‘simlikning yoshi va holati, tashqi sharoit omillari ta’siri, qolaversa, o‘simlik nav va formalarning mazkur hasharotga chidamlilik reaksiyasining o‘zgaruvchanligini o‘rganish kerak. Shikastlanish reaksiyasi shikastlangan a’zo bilan bog‘liq bo‘lib, uning chidamliligini aniqlashda har bir navning o‘ziga xosligi hisobga olinadi.

“Shikastlanish” tushunchasiga u yoki bu o‘simlik a’zosi butunligining buzilishi kiradi. Aksariyat holatlarda ushbu buzilishlar zararkunandalarning o‘simlik bilan oziqlanishida paydo bo‘ladi. Aynan shu shikastlanishlar hosilni nobud bo‘lishiga yoki kamayishiga olib keladi. Bir qator zararkunandalar o‘simlik butunligini hali tuxum qo‘yish pillasi, ya’ni hasharotning zarar qiladigan asosiy qurt pillasi ishga tushguncha buzadi, lekin odatda ushbu shikastlanishlar o‘simlik xayoti uchun hal qiluvchi ziyon yetkazuvchi omil deb hisoblanmaydi. P.D. Chesnokov (1953) fikricha, kemiruvchi og‘iz apparatiga ega zararkunandalar quyidagicha zarar keltiradi: 1. Skeletlashtirish (faqat barg tomirlari qoladi); 2. Bargni umuman yeyish (faqat bargning eng qalin tomirlari qoladi); 3. Barg yuzasini kichikroq uyacha shaklida yeyish; 4. Barg parenximasini yeb, faqat kutikulani qoldirish; 5. Figurali yeyish (barg chetlarini yeyish ta’sirida har xil shakllar paydo bo‘lishi); 6. Minalash (faqat barg parenximasini yeb, ustki va pastki kutikulalar qavatlarini qoldirish). Barglardan tashqari, o‘simliklarning poya, ildiz, gullari, kurtaklari va mevalari ham zararkunandalar tomonidan shikastlanishi mumkin. Shikast yetkazish borasida sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparatiga ega zararkunandalar kemiruvchi og‘iz apparatiga ega zararkunandalardan tubdan farq qilishi tabiiy. Sanchib-so‘ruvchi zararkunandalar sanchigandan keyin o‘simlik to‘qimalardan oziqlanish moddalarni, ya’ni tirik hujayralar ichidagi borligini so‘rib oladi. Bu turdagi oziqlanuvchi zararkunandalar og‘iz apparati turlicha bo‘ladi. Masalan, o‘simlik shiralarning ko‘p turlarida og‘iz apparatining sanchuvchi o‘siqlari o‘simlik to‘qimalarining hujayralararo bo‘shliqlariga o‘tadi va shu bois hujayra devorchalariga shikast yetkazmaydi (intrasellyularlik