logo

O‘simliklar immunitet ta’limotining yuzaga kelish tarixi va rivojlanishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1392.1357421875 KB
O‘simliklar immunitet ta’limotining yuzaga kelish tarixi va   rivojlanishi
Reja:
1. O’simliklarni kasalliklari haqida tushincha 
2. Yuqimli va yuqimsiz kasalliklar
3. O’simliklarni xar xil zararlanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamli 
bo’lgan o’simlik navlaridan qishloq qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida 
to’g’ri va unimli foydalanish.
4. O’simliklar immuniteti fanining rivojlanishida chet el va respublikamiz 
olimlarining ishlari haqida
  Qishloq xo‘jalik ekinlari qator kasalliklar va zararkunandalar bilan kasallanib,
o‘sish   va   rivojlanishdan   orqada   qolganligidan   hosilni   miqdori   va   sifati   keskin
darajada  kamayadi.  Ko‘pchilik  ekinlarning  hosildorligi  kasalliklar  keng   tarqalgan
yillari 20 25 %, ayrim xollarda esa 50 % gacha kamayib ketadi.
Ekinlar   hosilining   nobud   bo‘lishini   kamaytirishda   kasalliklar   va
zararkunandalarga   qarshi   ularning   chidamlilik-immunitet   xususiyati   asosiy   rol
o‘ynaydi.   "Immunitet"   yunoncha   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   "organizmga   yod
narsalardan   holi   bo‘lish,   ozod   bo‘lish"   degan   ma’noni   bildiradi   ya’ni
o‘simliklarning   o‘ziga   kasallik   yuqtirmaslik   xususiyati   tushiniladi.   Madaniy
o‘simliklarning   immunitet   xususiyati   ularning   anatomik   yoki   morfologik
tuzilishlari va fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
O‘simliklarning   immunitet   xususiyati   deganda   ularning   tanasiga   kirgan   va
tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitning zararli ta’siriga qarshi kurashishgi  va
shu   tariqa   hosildorligini   pasaytirmaslik   xususiyati   tushiniladi.   O‘simliklarning
kasalliklarga   chidamliligi,   ko‘pincha   hujayra   shirasi   osmotik   bosimining   yuqori
bo‘lishiga,ayrim   hollarda   ularning   biokimyoviy   hususiyatlariga   bog‘liq   bo‘ladi.
O‘simliklarning chidamlilik xususiyati o‘sish sharoitiga qarab o‘zgarsada, aslida u
irsiy   xususiyat   bo‘lib,   nasldan   naslga   muayyan   qonuniyat   bilan   beriladi.   Hozirgi
vaqtda   bug‘doyning   qo‘ng‘ir   sariq   va   poya   zanggi   kasalliklari   tabiatda   keng
tarqalgan. Natijada qo‘ng‘ir zang kasalligining 90 dan, sariq zang kasalligining 30
dan, poya zangining 150 darn ortiq irqlari mavjudligi   aniqlangan. Shuning uchun
zang   kasalligiga   chidamli   navlar   yaratish   masalasi   juda   murakkab   bo‘lib,
parazitlaning   yangi   irqlari   paydo   bo‘lishi   tufayli   ular   chidamli   navlarga   tez
moslashib   oladi   va   navlarning   chidamlilik   xususiyati   tezda   yo‘qolib   kasallikka
beriluvchan bo‘lib qoladi. 
O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlardan   holi   bo‘lishi   uning   tabiiy
xususiyatlari   kasalliklarga   qarshilik   ko‘rsata   olishi,   chidamliligi   asosida
kasallikning   tarqalishga   imkoniyat   bermasligi   yoki   uning   rivojlanishini   to‘sishi
natijasida ro‘y beradi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi nisbiy xarakterga ega   bo‘lib,   immunitet   xususiyati   tufayli   umuman   kasallanmasligi   yoki   kisman
kasallanishi   ba’zan   juda   kuchli   kasallanishi   mumkin.   Umuman   kasallanmaydigan
o‘simliklar   xujayra   va   to‘kimalariga   har   kanday   sharoitda   patogen
mikroorganizmlar   umuman   kirib   kelish   xususiyatiga   ega   bo‘lmasa,   kuchli
kasallanuvchi   o‘simliklarga   kasallik   ko‘zgatuvchilari   har   kavday   sharoitda   kirib
keladi, unda rivojlanib hech kanday qarshiliklarsiz ko‘payib nasl koldiradi. Y a ’ni,
o‘simlikning   kasallanish   darajasi   uning   ichki   imkoniyatlari   bilan   birga,   tashqi
ekologik omillar bilan ham bog‘li q dir.
O‘simliklarning immunitet xususiyati deyilganda, uning mikroorganizmlar va
hasharotlar   bilan   munosabatda   bo‘lganda,   qulay   ekologik   sharoit   bo‘lsada   ular
bilan kasallanmaslik yoki zararlanmasligiga aytiladi. Mazkur fan fitopatologiya va
entomologiya fayilarining tarkibiy qismi  bo‘lib, o‘simlikni  kasallik qo‘zg’atuvchi
mikroorganizmlar hamda hasharot - zararkunandalar o‘rtasidagi o‘zaro evolyusion
munosabat qonunlarini tahlil qiladi. O‘simliklar immuniteti (fitoimmunalogiya) ni
o‘rganish   bo‘lajak   mutaxassislarga   o‘simliklardagi   immunologik   xususiyatlarni
aniqlay   bilish,   ularni   rivojlantirish   asosida   chidamli   navlarini   yaratish,   ishlab
chiqarishga   keng   ko‘lamda   joriy   etish   va   o‘simliklarni   chidamliligini   orttiruvchi
agrotexnik,   biologik   va   boshqa   kurash   choralarini   ilmiy   asosda   muvaffaqiyatli
qo‘llash, natijada hosilning nobud bo‘lishini oldini olish imkonini beradi.
O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti   fani   o‘simliklarni
himoya qilish va qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug’chigi mutaxassisilariga
o‘qitiladigan   asosiy   fanlardan   biri   hisoblanadi.   Mazkur   fan   yuzasidan   maruza   2 2
soatni,   laboratoriya   mashg ’ ulotlar   34   soatni   tashkil   qiladi.   Laboratoriya
mashg‘ulotlar   darsida   har   bir   talaba   fan   yuzasidan   alohida   daftar   tutib,   har   bir
topshiriqda   ko‘rsatilgan   masalalarni   o‘z   daftariga   yozib   boradi.   Topshiriqlarni
bajarishda   alohida   e’tibor   kasallik   belgilarning   nomayon   bo‘lish   hususiyatlariga
aratilishi   kerak.   Kasallik   qo‘zg’atuvchilarini   morfologik   belgilarini   asosan
mikroskop   yordamida   kuzatilganda,   ularning   shakliga,   tuzilishiga,   o‘lchamiga,
rangiga va yuzasining satxiga e’tibor berilishi kerak. O‘simliklar   immuniteti   fanidan   amaliy   mashg‘ulotlarni   o‘tishda   o‘ziga   xos
kiyinchilik,   dastlab   uslubiy   ko‘llanmalarning   etishmasligi,   mavjudlarining   rus
tilida   yozilganligidir.   Muallifning   ushbu   qo‘llanmasi   mavjud   kamchiliklarga
barham berish maqsadida davlat tilida yozilgan darslikning dastlabki shaklidir.
Ushbu   o‘quv   qo‘lanmasi   O‘simliklarni   himoya   qilish,   karantini   va
Seleksiya,   urug‘chilik   ixtisosligida   ta’lim   olayotgan   bakalavr   bosqichi
talabalari   uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   bu   soxadagi   mutahassislarning
iqtisoslik   fanlari:   umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   fitopatologiyasi   ,
mikrobiologiya,   mikologiya,   virusologiya   fanlarining   nazariy   asosini
mustaxkamlashga hizmat qiladi.
O‘simliklar immuniteti fanining maqsadi va vazifalari.
Respublikamiz   qishloq   xo‘jaligida   iqtisodiy   isloxatlarni   chu qurlashtirish
dasturi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   O‘zR   Oliy
Majlisining   X   sessiyasidagi   ma’ruzasida   qayd   qilinganidek,   qishloq
xo‘jaligidagi   barcha   agrotexnika   va   agrokimyo   chora   tadbirlarini   ilm   fan
tavsiyanomalariga   va   ilg‘or   tajribalarga   muvofiq   o‘tqazish,   begona   o‘tlarga,
zararkunandalarga  hamda  o‘simlik kasalliklariga qarshi kurash choralarini joriy
qilishda,   chidamli   navlarni   yaratishdagi   muommolarni   echishda   mutloqo
yangicha   yondoshuv   bo‘lishi   kerakligini   taqoza   qiladi   deyilgan   (Karimov,
1998).
Respublika   qishloq   xo‘jaligida   iqtisodiy   isloxatlarni   amalga   oshirishda
o‘simliklarning   kasalliklariga   chidamli   navlarni   yaratish,   ularni   qishloq
xo‘jaligiga   joriy   qilish   asosida   ekinlarning   hosilini   nobud   bo‘lishiga   yo‘l
qo‘ymaslik  masalasi eng dolzarb masala deb belgilab qo‘yilgan.
Qishloq   xo‘jaligining   intensiv   rivojlanishi,   fitopatologiya   fani
yutug‘larining   takomillashib   borishi   o‘simliklarda   uchraydigan   kasalliklarni
mukammal   o‘rganishni   va   kasalliklarga   chidamliligini   orttirishni   taqoza
qilmoqda.   Mavjud   ma’lumotlarga   asosan   bug‘doyda   148   ta   (M.V.Gorlenko),
qand   lavlagida   153   ta   (S.F.Morochkovsiy),   makkajo‘xorida   103   ta (F.E.Nemlienko),   dubda   280   ta,   qarag‘ayda   181   ta   (N.A.CHeremisinov)
turdagi   kasalliklar   borligi   aniqlangan.   Bu   kasalliklarga   qarshi   kurashdan
ko‘ra   ularning   kasalliklarga   chidamli   navlarini   yaratish   ular   keltiradigan
zararni keskin kamaytiradi.
Bu   kursning   asosiy   vazifasi   talabalarni   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida
uchraydigan   kasalliklarning   tarqalishini,   zararini   aniqlash   kasaliklarning
diognostik   belgilari   asosidagi   bilimlarga   suyangan   xolda   o‘simliklarning
kasalliklarga   chidamsizlik   xususiyatlarini   xosil   bo‘lish   qonuniyatlari   bilan
tanishtirish,   kasallik   qo‘zg‘atuvchilarining   biologik   xususiyatlarini   yaratilgan
navda   namayon   bo‘lishini   o‘rganish   asosida   ularga   qarshi   kurash   choralarini
o‘rgatishdir.  
Pestitsidlarni   qishloq   xo‘jaligida   uzluksiz   qo‘llash   faqat   zararli
mikroorganizmlar   va   xasharotlarning   nobud   bo‘lishiga   olib   kelib   qolmasdan,
tuproqdagi   biotsenozning   o‘zgarishiga   ham   sababchi   bo‘lib   foydali
mikroorganizmlar   miqdorini   ham   keskin   kamaytiradi.   Paxta   yakka   xokimligi
davrida   g‘o‘zani   o‘stirish,   mineral   o‘g‘it,   gerbitsid,   fungitsid   va   boshqa
qimyoviy   moddalarni   meyyoridan   ortiq   miqdorda   qo‘llash   natijasi,   tuproq
biogeotsenoziga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatib   xozirgi   ekologik   sharoitda   turli
kasalliklarning keng  tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.     
Respublika   sharoitida   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   kasalliklariga   qarshi
biologik   kurash   choralarini   ma’lum   miqdorda   to‘liq   amalga   oshirish   mumkin
bo‘lmaganligidan kasalliklarga qarshi   ximiyaviy   usulda   kurash   olib   bormoqda.
Fungitsidlarni   qo‘llashga   qilingan   harajatlarning   iqtisodiy   samaradorligi
o‘ simlikshunoslikka   qilingan   harajatlarni   30%   ni   tashkil   qiladi.   SHuningdek,
ularni   qo‘llash   tuproqdagi   foydali   mikroorganizmlarning   va   hashoratlarning
halok bo‘lishiga, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Qishloq   xo‘jalik   madaniyatining   yuksalishi   ekinlar   hosildorligini   ortirishga
imkoniyat   beradigan   agrotexnik   tadbirlarni   qo‘llashga   keng   yo‘l   ochadi.   Lekin,
qishloq   xo‘jaligida   almashlab   ekish,   o‘g‘itlar   tizimin   qo‘llash   va   ekin maydonlarining   uzluksiz   ortib   borishi   turli   kasallik   va   xasharotlarning   keng
tarqalishiga imkon yaratadi.
Ularga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy kurash choralari   proflaktik va bartaraf
qilish maqsadiga  qaratilganligidan  ularni  meyyoridan ortiq miqdorda qo‘llanilishi
ekologik   xolatning   buzilishiga   va   maxsulot   sifatining   keskin   yomonlashishi
oqibatida ularni istemol qilinganda inson organizmida turli salbiy o‘zgarishlarning
kelib   chiqishiga   sabab   bo‘lmoqda.   O‘simliklarning   turli   kasalliklariga   qarshi
qo‘llanilgan   pestitsidlar   miqdori   yildan   yilga   ortib   bormoqda.   Natijada
davlatlarning   kimyoviy   moddalarni   qo‘llash   bo‘yicha   xarajatlari   umumiy
meyyorning 30% dan ortig‘ini tashkil qilmoqda. 
Birgina   Koliforniya   shtatida   o‘rtacha   10%   hosilning   nobud   bo‘lishi   yiliga
264 mln. dollorni yoki 400 000 ga maydondagi hosilning bexuda nobud bo‘lshiga
olib   kelgan.   O‘simliklarni   ximoya   qilishga   60   mil.   dollor   saflanib,   umumiy
xarajatlar 324 mln. dollorni tashkil qilgan.
Ekinlarda   uchraydigan   kasalliklarga   qarshi   kimyoviy   usulni   qo‘llash
hamisha   ham   samara   beravermaydi.   Masalan,   g‘alla   ekinlarining   zang,   tuproq
orqali   tarqaluvchi   fuzarioz   vilti,     virus   va   un   shudring   kasalliklari     bu   usul
qo‘llanganda to‘liq nobud bo‘lmaydi.
Shuning   uchun   1907   yilda   A.   A   Yachevskiy   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   ning
kasalliklariga   qarshi   kurashda   ularning   chidamli   navlarini   yaratish   eng   samarali
yo‘l   ekanligini   ko‘rsatgan.   I.   M.   Michurin   (1931)   mevali   daraxtlarning
kasalliklarga   chidamliligida   eng   samarali   yo‘l   seleksiya   va   gibridlash   ekanligini
ta’kidlagan.
N.I.Vavilov     parazit   zamburug‘lar,   bakteriyalar   va   viruslarga   qarshi
kurashda   ularga   chidamli   navlarni   yaratishda   chatishtirish   muxim   axamiyatga
egaligini   ko‘rsatgan.   Ayniqsa,   un  shudring,   qora   kuya,   dog‘lanish,   zang,   fuzarioz
kasalliklariga   qarshi   chidamli   navlar   yaratish   bu   infeksiyaning   barxam   topish
imkonini beradi.
Respublikamiz   sharoitida   g‘o‘zaning   viltga,   pomidorning   dog‘lanish,
bodringning   un   shudring   kasalliklariga   chidamli   navlarini   yaratish   borasida samarali   ishlar   amalga   oshirilgan.   Demak,   o‘simliklarni   kasalliklardan   himoya
qilishda muxim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar orasida kompleks tizimli himoya
tadbirlarini o‘tkazish muxim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
                
                      N.I.Vavilov (1887-1943                                                        
A.A.Yacheviskiy (1863-1932)
Immunitet   so‘zi   lotincha   so‘zdan   olingan   bo‘lib   immunitas   -   bir   narsadan
holi   bo‘lish,   ozod   bo‘lish   degan   ma’noni   anglatadi.   Immunitet   x u s u s i y a t i
d e g a n d a   o ‘ s i m l i k l a r n i n g   k a s a l l i k   q o ‘ z g ‘ a t u v c h i   mikroorganizmlarga   va
ularning   hayot   jarayonida   hosil   qilgan   moddalariga   chidamlilik   xususiyati
namoyon   qilishi   nazarda   tutiladi.   I.I.Mechnikov   fikricha   o‘simliklarniig
kasalliklarga   chidamlilik   xususiyati   deb   ularning   mikroorganizmlar   ta’siriga
berilmaganligi  tufayli o‘simlikning kasallanish jarayoni sustlashib, iqtisodiy zarari
kamayadi.   O‘simliklarning   chidamlilik   darajasi   o‘simliklarda   xar-xil   bo‘lib
ba’zan o‘simliklar yuksak chidamlilikni namoyon qilsa ayrimlari  juda beriluvchan
bo‘lishi mumkin. I.I.Mechnikov
O‘simliklarning   chidamlilik   xususiyati   namoyon   bo‘lishida   parazitning
o‘simlikka  kirib kelish  xususiyatining teng  yoki  yuqoriligi   muhim rol o‘ynaydi.
O‘simlikning   immunitet   xususyati   deb   o‘simlikning   patogen   bilan   bo‘lgan
munosabatida   qulay   sharoit   bo‘lsada   uning   bilan   zararlanmasligi,   qabul
qilmasligi yoki unga chidamlilik  xususiyatini namoyon qilishi tushuniladi.
Shunday   qilib   kasallikni   kelib   chiqishi   uchun   o‘simlik,   parazit   va
ekologik   sharoit   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Fit oi mm unit et   t o‘g‘r isida   t ushunchaga
ega   bo‘ li sh   qi shloq   xo‘jaligida   muhim   iqtisodiy   ahamiyatga   ega.   Masalan,
kungaboqar   o‘simligi   gullik   parazitlar   bilan   100%   ga   zararlanadi.   Kisallikka
chidamli navlarni etishtirishni yo‘lga qo‘yish natijasida kungaboqarning gullik
parazitdan to‘liq qutilish imkoni vujudga keldi.
Bo‘g‘doyning   ko‘ng‘ir   zang,   un   shudring   kasalligiga   chidamli,   karam   va
kartoshkaning   rakga   chidamli   navlarini   yaratish   ularga   qarshi   kurashning
eng   samarali   yo‘li   hisoblanadi.   Tamaki   o‘simligining   M.F.Ternovskiy
tomonidan   yaratilgan   navlari   mozaika,   un   shudring   va   perenosporioz
kasalliklariga   chidamlilik   xususiyatini   namoyon   qiladi.   Chidamli   navl ar ni
yar at i sh   i qt i sodi y   j i xat dan   sam ar ador l i gi   bi l an   xarakterlanadi.   Xozirgi vaqtda   seleksiya   fanning   asosiy   vazifasi   qishloq   xo‘jaligi   o‘simliklarining
kasallik va xasharotlarga chidamli navlarini etishtirish  masalasi hisoblanadi.
Ya ng i   n av l a r   y ar at i s h   j ar ay on i d a   y uk sa k   v a   t ub an   o‘ s i m l i k
(zamburug‘)  orasidagi  munosabatlarni  to‘g‘ri  tashkil  qilish lozim. Bu   jarayonda
o‘simlikka   kirib   keladigan   infeksiya   miqdori,   muddati   va   holati   muhim
ahamiyatga   ega.   Har   qanday   o‘simlik   o‘sishning   fiziologik   xususiyati   yoki
anatomik tuzilishi bilan patogenning kirib kelmasligiga to‘sqinlik  qiladi.
O‘simliklarniig   immunitet   xususiyati   tufayli   ayrim   o‘simliklar   ba’zi
kasalliklar   bilan   umuman   kasallanmaydi.   Masalan,   kartoshka   zang   kasal l i gi
bi l an,   qand   l avl agi   qor a   kuya   bi l an,   g‘ al l a   eki nl ar i   fitoftoroz   bilan
kasallanmaydi.   Tabiiy   sharoitda   turli   o‘simliklar   tuproqdagi   juda   ko‘p
mikroorganizmlar   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   Ular   turli   aktinomitsetlar,
zamburug‘lar va bakteriyalar bo‘lib ularning  bar chasi  o‘ si m l i kka ki r i b kel i sh
i m koni ga   ega   em as.   Bunday   o‘simliklarning   ildiz   to‘qimalari
mikroorganizmlarning   barchasini   kirib   kelishiga   imkon   bermaydi.   Bunga
asosiy   sabab   o‘simlikning   mikroorganizmlarga   nisbatan   immunitet
xususiyatining   mavjudligidir.   O‘simliklarning   immunitet   xususiyati   ma’lum
turdagi   o‘simliklarga   yoki   ma’lum   navdagi   o‘simlikka   moslashgan   bo‘ladi.   Mos
bo‘lgan   immunitet   ma’lum   navga   xos   bo‘lib,   shu   navdagi   o‘simlik   boshqa
kasallik   bilan   kasallanmaydi.   Masalan   tut   o‘simligining   Pioner   navi
G‘.oxusrorium   bilan   kasallansada,   boshqa   turlar   bilan   kasallanmaydi. G‘o‘zaning
Toshkent 2, 3, 4, navlari   V. dahliae   zamburug‘ining   1.   2   rassasi   bilan   kasallansa
Toshkent   5,6   navlari   barcha   rassalar   va   Fusarium   zamburug‘lari   bi lan
kasall anadi.
Immunitet   xususiyati   deb   o‘simlikning   kasallanishi   uchun   qulay   sharoit   va
infeksiya   manbayining   mavjudligi   sharoitida   ular   bir   biri   bilan   munosabatda
bo‘lgan   sharoitda   ham   kasallanmaslik   xususiyati   tushiniladi.   O‘simliklarning
kasallikka   chidamligi   yoki   chidamsizligi   tabiatdagi   ikkita   genomning   o‘simlik   va
parazitning   o‘zaro   munosabati   ma’lum   ekologik   muxitda   amalga   oshib,   o‘simlik
chidamliligini ortirishi yoki patogenning zararli xususiyatini kamayishi  mumkin. Fitoimmunitetning   qishloq   xo‘jaligidagi   axamiyati   g‘oyat   kattadir.
O‘simliklarda   immunitet   xususiyatlarini   hosil   bo‘lishini   bilish     immunogen   yoki
kasalliklarga chidamli navlarni yaratish imkonini beradi.
Bunday   navlarni   yaratish   qishloq   xo‘jalik   maxsulotlarini   hosilini   nobud
bo‘lishiga   yo‘l   qo‘ymaydigan   eng   samarali   usul   hisoblanadi.   Y a ’ni,
o‘simliklarning   chidamli   navlarini   yaratish   hozirgi   zamon   seleksiya   fanining
samarali yo‘li hisoblanadi. 
Seleksiya   yo‘li   bilan   hosil   qilingan   kungaboqarning   shumg‘iyaga,
bug‘doyning   qo‘ng‘ir   zangga   chidamli   Qirim   1,   g‘o‘zaning   Toshkent,
katoshkaning rakka chidamli navlari bu ekinlarning hosildorligini keskin ortishiga
olib kelgan.
Bu soxada erishilgan yutuqlarga qaramasdan o‘simliklar seleksiyasi  hozirgi
kun   talablari   darajasidan   orqada   qolmoqda.   Bu   boradagi   tadqiqotlarni   yanada
takomillashtirish,   biologiya   fani   yutuqlarini   immunitet   xususiyatlarining
qonuniyatlari     chuqur   o‘rganib,   bu   jarayonlarni   boshqarishni   yo‘lga   qo‘yishni
taqoza   qiladi.   Seleksiyada   immunitet   xususiyatlarni   boshqarish   evolyusion
bosqichda   tuban   va   yuksak   o‘simliklarning   rivojlanish   bosqichlarini   bir   davrda
nazorat qilib, kompleks chidamlilikni vujudga keltirishni taqoza qiladi.
Mansub   bo‘lmagan   immunitet   xususiyati   tufayli   uni   qurshab   olgan
mikroorganizmlar ta’siridan himoya qiladi. O‘simlik ildizi o‘sadigan tuproqda turli
mikroorganizmlar:   zamburug‘lar,   bakteriyalar,   aktinomitsetlar   bilan   uzviy
bog‘langan bo‘lib, shunga qaramasdan kartoshka zang kasalligi, lavlagi qora kuya,
donli   ekinlar   fitoftorioz   bilan   kasallanmaydi.   O‘simliklarning   mansub   bo‘lmagan
chidamliligining   hosil   bo‘lishida   o‘simlikning   anotomo-morfologik   tuzilishi   va
fiziologik xususiyatlari ham asosiy rol o‘ynaydi.
O‘simliklarning   immunitet   xususiyati   kelib   chiqishiga,   hosil   bo‘lishiga
qarab   quyidagi   turlarga   bo‘linadi.   Nasldan   naslga   o‘tuvchi   immunitetga   tug‘ma
yoki tabiiy immunitet deyiladi. O‘simliklar hayot   jarayonida biror  kasallik bilan
kasallanmaslik xususiyati suniy   immunitet yoki orttirilgan  immunitet deyiladi . O‘simliklar   bir   necha   turdagi   kasalliklarga   nisbatan   immunitet   hosil   qilish
xususiyatiga   kompleks   yoki   guruhli   immunitet   deyiladi.   Masalan,   kartoshka
o‘simligi  rak va fitoftoroz kasalligiga nisbitan   immunitet  xususiyatini   namoyon
qiladi.   Kompleks   immunitet   hosil   qiladigan o‘simliklarni ekish qishloq xo‘jaligi
uchun iqtisodiy jixatdan  samarali hisoblanadi.
Passiv   immunitetda   o‘simliklar   unga   kirib   kelgan   patogenga   nisbatan
befarq   munosabatda   bo‘lib   hayot   kechiradi.   Kasallkka   chidamli   navdagi
o‘simliklarda   chidamlilik   xususiyati   2-3   soatdan   keyin   paydo   bo‘lib   uzoq   vaqt
davomida saqlanadi.
Faol   (aktiv)   immunitetda   o‘simlik   patogenning   kirib   kelishiga   tezda  javob
beradi.   Natijada   shu   kasallikka   nisbatan   o‘simlikda   qarshi   kurash   uchun
xususiyat   paydo   bo‘ladi   va   uzoq   vaqt   saqlanib   turadi.   O‘simliklarda
infeksiya   kirib   kelgan   joyda   nekroz   yoki   o‘lik   xujayralardan   iborat   to‘siqlar
hosil   bo‘lishi   tamakining   virus   kasalliklari,kartoshkaning   rak   kasalliklarida
kuzatiladi.   Seleksiya   ishlarida   yangi   navlar   yaratilganda   o‘simliklarning   faol
immunitet xususiyatini hosil qilish muhim iqtisodiy samara beradi.
O‘simliklarning   immunitet   xususiyatlari   ya’ni   biror   kasallik   bilan
kasallanmaslik   xususiyati   nasldan   naslga   o‘tadi.     Bunday   immunitet   tabiiy   yoki
tug‘ma immunitet  deyiladi. Tabiiy immunitet ekologik faktorlar ta’sirida qisman
o‘zgarsada u nasldan naslga saqlanib boradi.
Hayot   davomida,  ya’ni   ontogenezda  o‘simliklarning  ayrim  kasalliklar   bilan
kasallanmaslik   xususiyati   ayrim   faktorlar   ta’sirida   vujudga   kelishi   mumkin.
Bunday   immunitetni   orttirilgan   yoki   suniy   immunitet   deyiladi.   Meditsinada
insonlarni   polimelit,   ospa,   qutirish,   terlama   kasalliklarga   qarshi   emlash   orqali
amalga oshiriladi.
Fitoimmunitet   to‘g‘risidagi   tassavurlar   dastlab   hayvonlar   immuniteti
to‘g‘risidagi   ma’lumotlarga   suyanadi.   Bu   to‘g‘risidagi   fikrlar   I.I.Mechnikov
(1845-1916)   tamonidan   hayvonlardagi   infeksion   kasalliklarga   qarshi   hayvonlar
organizmining   kurashishi   immunitet   hususiyati   bilan   bog‘liq   deydi.   O‘simliklar
immuniteti   fani   XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   paydo   bo‘lgan.   Bu   masalaning rivojlanishi   madaniy   ekinlar   orasida   kasalliklarga   chidamli   navlar   yaratila
boshlagandan keyin yanada kuchaydi.
N.I.Vavilov   (1887  1943)     o‘simliklarning   immuniet   hususiyatlari   geografik
mintaqalar bilan bog‘liq deydi. Har bir ekologo geografik mintaqada kasalliklarga
chidamli   yoki   chidamsiz   navlar   tarqalgan   bo‘lishini   isbotlagan.   O‘rta   er   dengizi
atrofidagi   ekologik   sharaoitda   bug‘doy,   suli,   arpa,   beda,   dukkakli   ekinlarning
zang,   qora   kuya   kasalliklariga   chidamli   navlari   uchrasa   Markaziy   Osiyoda
chidamchiz   navlar,   Markaziy   Evropada   o‘rtacha   chidamli   navlar   uchrashini
isbotlagan.
T.D.Straxov (1890-1960) o‘simliklarning oziqlanish usullarini nazorat qilish
asosida ularning kasallikka chidamliligini yoki beriluvchanligini ortirish mumkin
deydi.   O‘simlikka   makro   va   mikroo‘g‘itlarni   qo‘llash   asosida   uning   modda
almashinish   hususiyatlari   tezlashib,   patogenning   rivojlanish   xususiyatlari   to‘sib
qo‘yiladi deydi.
D.D.Verderevskiy   va   B.P.Tokin   o‘simlikning   fitonsidlari   kasallikning
tarqalishida   muhim   rol   o‘ynashini   asosladi.   Sarimsoq   piyoz,   yalpiz,   piyoz
fitonsidlari bakterial kasalliklarni to‘xtatishini isbotlagan.
M.S.Dudin (1946) birinchi bor immunogenez nazariyasini isbotlagan. Uning
fikricha,   o‘simlik   kasal l iklari   uning   rivojlanishida   turli   bosqichlarda   kasallantira
oladi.   Masalan:   urug‘   unish   davrida   uchraydigan   gommoz,   qora   kuya,   un
shudring kasalliklari  o‘simlikning eng yosh davrida kasallantiradi.
Ikkinchi   guruh   kasalliklar   o‘simlik   indevedual   rivojlanishining   keksa
bosqichida   kasallantiradi.   Masalan:   kartoshkaning   fitoftoroz,   lavlagining
s erkasporoz, bedaning antraknoz, pomidorning septarioz kasalliklari. T.D.Straxov
Uchunchi   guruh   kasalliklar   o‘simlik   yoshini   hisobga   olmaydi   va
kasallantiradi. Bu kasalliklarni tarqalish vaqtini aniqlagandan keyin infeksiyasiga
qarshi kurash choralarini o‘z vaqtida o‘tkazish kerak.
1-rasm. Turli kartoshka navlarining keksa barglarida fitoftoroz kasalligi bilan
kasallanishi.
Respublikamizda   uzoq   formalarni   chatishtirish   usulidan   foydalanib
g‘o‘zaning viltga chidamli navlarini yaratish borasida ishlar olib borilmoqda. Asosiy adabiyotlar 
1. J.E.van der Plank – Disease resistance in plants. New York and London .
1968. 25 4   bet
2. S h erali y ev   A.,   Raximov   U.   -   O‘simliklar   immuniteti.   O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Toshkent, 2007. O‘quv qo‘llanma, 144 bet
3. Sheraliyev   A.   -   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   kasallik   va   xashoratlarga
qarshi   immunitetidan   amaliy   mashg‘ulotlar.   ToshDAU   nashriyoti.,   Toshkent,
2003. Uslubiy qo‘llanma, 20 bet.
4. Popkova   K.V.   -   Uchenie   ob   immunitete   rasteniy.   M.,   Kolos   1979.
Darslik, 272 bet.
5. S h erali y ev.A.SH   va   boshk.   -   O‘simliklarning   kasallik   va   xasharotlarga
qarshi immuniteti fanidan /ma’ruza matnlari/.  Toshkent., 1999.  125 bet
S h erali y ev A., Raximov U., Buxorov K. – Bakteriologiya. Toshkent, 2015. O‘quv 
qo‘llanma. 152 bet

O‘simliklar immunitet ta’limotining yuzaga kelish tarixi va rivojlanishi Reja: 1. O’simliklarni kasalliklari haqida tushincha 2. Yuqimli va yuqimsiz kasalliklar 3. O’simliklarni xar xil zararlanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo’lgan o’simlik navlaridan qishloq qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida to’g’ri va unimli foydalanish. 4. O’simliklar immuniteti fanining rivojlanishida chet el va respublikamiz olimlarining ishlari haqida

Qishloq xo‘jalik ekinlari qator kasalliklar va zararkunandalar bilan kasallanib, o‘sish va rivojlanishdan orqada qolganligidan hosilni miqdori va sifati keskin darajada kamayadi. Ko‘pchilik ekinlarning hosildorligi kasalliklar keng tarqalgan yillari 20 25 %, ayrim xollarda esa 50 % gacha kamayib ketadi. Ekinlar hosilining nobud bo‘lishini kamaytirishda kasalliklar va zararkunandalarga qarshi ularning chidamlilik-immunitet xususiyati asosiy rol o‘ynaydi. "Immunitet" yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, "organizmga yod narsalardan holi bo‘lish, ozod bo‘lish" degan ma’noni bildiradi ya’ni o‘simliklarning o‘ziga kasallik yuqtirmaslik xususiyati tushiniladi. Madaniy o‘simliklarning immunitet xususiyati ularning anatomik yoki morfologik tuzilishlari va fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘simliklarning immunitet xususiyati deganda ularning tanasiga kirgan va tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitning zararli ta’siriga qarshi kurashishgi va shu tariqa hosildorligini pasaytirmaslik xususiyati tushiniladi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi, ko‘pincha hujayra shirasi osmotik bosimining yuqori bo‘lishiga,ayrim hollarda ularning biokimyoviy hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘simliklarning chidamlilik xususiyati o‘sish sharoitiga qarab o‘zgarsada, aslida u irsiy xususiyat bo‘lib, nasldan naslga muayyan qonuniyat bilan beriladi. Hozirgi vaqtda bug‘doyning qo‘ng‘ir sariq va poya zanggi kasalliklari tabiatda keng tarqalgan. Natijada qo‘ng‘ir zang kasalligining 90 dan, sariq zang kasalligining 30 dan, poya zangining 150 darn ortiq irqlari mavjudligi aniqlangan. Shuning uchun zang kasalligiga chidamli navlar yaratish masalasi juda murakkab bo‘lib, parazitlaning yangi irqlari paydo bo‘lishi tufayli ular chidamli navlarga tez moslashib oladi va navlarning chidamlilik xususiyati tezda yo‘qolib kasallikka beriluvchan bo‘lib qoladi. O‘simliklarning kasallik va hasharotlardan holi bo‘lishi uning tabiiy xususiyatlari kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishi, chidamliligi asosida kasallikning tarqalishga imkoniyat bermasligi yoki uning rivojlanishini to‘sishi natijasida ro‘y beradi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi nisbiy xarakterga

ega bo‘lib, immunitet xususiyati tufayli umuman kasallanmasligi yoki kisman kasallanishi ba’zan juda kuchli kasallanishi mumkin. Umuman kasallanmaydigan o‘simliklar xujayra va to‘kimalariga har kanday sharoitda patogen mikroorganizmlar umuman kirib kelish xususiyatiga ega bo‘lmasa, kuchli kasallanuvchi o‘simliklarga kasallik ko‘zgatuvchilari har kavday sharoitda kirib keladi, unda rivojlanib hech kanday qarshiliklarsiz ko‘payib nasl koldiradi. Y a ’ni, o‘simlikning kasallanish darajasi uning ichki imkoniyatlari bilan birga, tashqi ekologik omillar bilan ham bog‘li q dir. O‘simliklarning immunitet xususiyati deyilganda, uning mikroorganizmlar va hasharotlar bilan munosabatda bo‘lganda, qulay ekologik sharoit bo‘lsada ular bilan kasallanmaslik yoki zararlanmasligiga aytiladi. Mazkur fan fitopatologiya va entomologiya fayilarining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘simlikni kasallik qo‘zg’atuvchi mikroorganizmlar hamda hasharot - zararkunandalar o‘rtasidagi o‘zaro evolyusion munosabat qonunlarini tahlil qiladi. O‘simliklar immuniteti (fitoimmunalogiya) ni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislarga o‘simliklardagi immunologik xususiyatlarni aniqlay bilish, ularni rivojlantirish asosida chidamli navlarini yaratish, ishlab chiqarishga keng ko‘lamda joriy etish va o‘simliklarni chidamliligini orttiruvchi agrotexnik, biologik va boshqa kurash choralarini ilmiy asosda muvaffaqiyatli qo‘llash, natijada hosilning nobud bo‘lishini oldini olish imkonini beradi. O‘simliklarning kasallik va hasharotlarga immuniteti fani o‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug’chigi mutaxassisilariga o‘qitiladigan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur fan yuzasidan maruza 2 2 soatni, laboratoriya mashg ’ ulotlar 34 soatni tashkil qiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlar darsida har bir talaba fan yuzasidan alohida daftar tutib, har bir topshiriqda ko‘rsatilgan masalalarni o‘z daftariga yozib boradi. Topshiriqlarni bajarishda alohida e’tibor kasallik belgilarning nomayon bo‘lish hususiyatlariga aratilishi kerak. Kasallik qo‘zg’atuvchilarini morfologik belgilarini asosan mikroskop yordamida kuzatilganda, ularning shakliga, tuzilishiga, o‘lchamiga, rangiga va yuzasining satxiga e’tibor berilishi kerak.

O‘simliklar immuniteti fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda o‘ziga xos kiyinchilik, dastlab uslubiy ko‘llanmalarning etishmasligi, mavjudlarining rus tilida yozilganligidir. Muallifning ushbu qo‘llanmasi mavjud kamchiliklarga barham berish maqsadida davlat tilida yozilgan darslikning dastlabki shaklidir. Ushbu o‘quv qo‘lanmasi O‘simliklarni himoya qilish, karantini va Seleksiya, urug‘chilik ixtisosligida ta’lim olayotgan bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu soxadagi mutahassislarning iqtisoslik fanlari: umumiy va qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi , mikrobiologiya, mikologiya, virusologiya fanlarining nazariy asosini mustaxkamlashga hizmat qiladi. O‘simliklar immuniteti fanining maqsadi va vazifalari. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy isloxatlarni chu qurlashtirish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zR Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilinganidek, qishloq xo‘jaligidagi barcha agrotexnika va agrokimyo chora tadbirlarini ilm fan tavsiyanomalariga va ilg‘or tajribalarga muvofiq o‘tqazish, begona o‘tlarga, zararkunandalarga hamda o‘simlik kasalliklariga qarshi kurash choralarini joriy qilishda, chidamli navlarni yaratishdagi muommolarni echishda mutloqo yangicha yondoshuv bo‘lishi kerakligini taqoza qiladi deyilgan (Karimov, 1998). Respublika qishloq xo‘jaligida iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishda o‘simliklarning kasalliklariga chidamli navlarni yaratish, ularni qishloq xo‘jaligiga joriy qilish asosida ekinlarning hosilini nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi eng dolzarb masala deb belgilab qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi, fitopatologiya fani yutug‘larining takomillashib borishi o‘simliklarda uchraydigan kasalliklarni mukammal o‘rganishni va kasalliklarga chidamliligini orttirishni taqoza qilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga asosan bug‘doyda 148 ta (M.V.Gorlenko), qand lavlagida 153 ta (S.F.Morochkovsiy), makkajo‘xorida 103 ta

(F.E.Nemlienko), dubda 280 ta, qarag‘ayda 181 ta (N.A.CHeremisinov) turdagi kasalliklar borligi aniqlangan. Bu kasalliklarga qarshi kurashdan ko‘ra ularning kasalliklarga chidamli navlarini yaratish ular keltiradigan zararni keskin kamaytiradi. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarni qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan kasalliklarning tarqalishini, zararini aniqlash kasaliklarning diognostik belgilari asosidagi bilimlarga suyangan xolda o‘simliklarning kasalliklarga chidamsizlik xususiyatlarini xosil bo‘lish qonuniyatlari bilan tanishtirish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologik xususiyatlarini yaratilgan navda namayon bo‘lishini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini o‘rgatishdir. Pestitsidlarni qishloq xo‘jaligida uzluksiz qo‘llash faqat zararli mikroorganizmlar va xasharotlarning nobud bo‘lishiga olib kelib qolmasdan, tuproqdagi biotsenozning o‘zgarishiga ham sababchi bo‘lib foydali mikroorganizmlar miqdorini ham keskin kamaytiradi. Paxta yakka xokimligi davrida g‘o‘zani o‘stirish, mineral o‘g‘it, gerbitsid, fungitsid va boshqa qimyoviy moddalarni meyyoridan ortiq miqdorda qo‘llash natijasi, tuproq biogeotsenoziga salbiy ta’sir ko‘rsatib xozirgi ekologik sharoitda turli kasalliklarning keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Respublika sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi biologik kurash choralarini ma’lum miqdorda to‘liq amalga oshirish mumkin bo‘lmaganligidan kasalliklarga qarshi ximiyaviy usulda kurash olib bormoqda. Fungitsidlarni qo‘llashga qilingan harajatlarning iqtisodiy samaradorligi o‘ simlikshunoslikka qilingan harajatlarni 30% ni tashkil qiladi. SHuningdek, ularni qo‘llash tuproqdagi foydali mikroorganizmlarning va hashoratlarning halok bo‘lishiga, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Qishloq xo‘jalik madaniyatining yuksalishi ekinlar hosildorligini ortirishga imkoniyat beradigan agrotexnik tadbirlarni qo‘llashga keng yo‘l ochadi. Lekin, qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, o‘g‘itlar tizimin qo‘llash va ekin