logo

“Xo’jayinning parazitga ta’siri. Tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri”

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.8408203125 KB
“Xo’jayinning parazitga ta’siri. Tashqi muhit omillarining parazit va
xo’jayinga ta’siri”
REJA:
1.  Xo’jayinning parazitga xujayraviy va to’qimaviy reaksiyasi.
2.  Xo’jayinning parazit ta’siriga hosil qilgan gumoral reaksiyasi.
3.  Immunitet. Tug’ma va hosil qilingan immunitetlar.
4.  Tug’ma   immunitetning   asosiy   shakllari.   Absolyut   va   nisbiy   tug’ma
immunitetlar.
5.  Hosil qilingan immunitet va uning asosiy shakllari.
6.  Tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri. Xo’jayinning parazitga ta’siri
Tabiiyki,   parazitning   xo’jayiniga   ko’rsatgan   turli-tuman   xavfli   ta’sirlari
xo’jayin   organizmini   befarq   qoldira   olmaydi,   balki   u   o’z   navbatida   javob
reaksiyalarini   yuzaga  keltiradi.  Ushbu  reaksiyalarning   ayrimlarini   biologik  nuqtai
nazardan   mohiyatini   aniqlash   qiyin   bo’lsa,   ba’zilari   esa   himoyalanishga
mo’ljalangandir.
Bunday   reaksiyalarni   hujayraviy,   to’qimaviy   va   gumoral   ko’rinishlarga
ajratish mumkin.
Hujayraviy   va   to’qimaviy   reaksiyalar.   Xo’jayin   organizmining   parazitga
nisbatan   qaytargan   hujayraviy   reaksiyasi   askariyat   protozoy     kasalliklarda
namoyon   bo’ladi   va   asosan   bir   dona   yoki   zararlangan   hujayra   bilan   birga   unga
yondosh bo’lgan bir tuda hujayralarning hajmini oshganligi (gipertrofiya)ni ko’rish
mumkin.   Ushbu     jarayonning   kelib   chiqishiga   asosiy   sabab,   hujayra   ichidagi
parazitning mexanik va ximiyaviy ta’siri tufayli, zararlangan hujayrada funksional
o’zgarishlar sodir bo’ladi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Bu hol o’z navbatida
hujayra   gigantizmiga   olib   keladi.   Masalan,   Polymnia   polixetasining
spermatogoniyalarida   parazitlik   qiluvchi   Caryotropha   mesnili   koksidiyasini
ko’rsatish mumkin.
Xuddi   shuningdek   ichida   bezgak   parazitlarining   shizontlari   rivojlanayotgan
eritrositlarning   hajmi   sog’lom   eritrositlarnikiga   nisbatan   biroz   katta   bo’lishi   va
hokazo.   Ba’zi   hollarda   zararlangan   hujayralar   o’zaro   bir-biriga   qo’shilib   ketib,
oralaridagi   pellikula   erib,   sinsitiylar   hosil   qilishi   ham   mumkin.   Masalan,   ichakda
parazitlik qiluvchi gregarina ( Clepsidrina davini ) o’z epimeriti bilan ichak devoriga
yopishib   olganda,   ichak   epiteliysi   hujayralarining   hosil   qilgan   sinsitiylari   misol
bo’la oladi.
Xo’jayinning   parazit   ta’siriga   qaytargan   javob   reaksiyasi   ko’p   hollarda
organizmda   parazit   o’rnashib   olgan   joyda   yoki   parazit   o’tgan   joyda   yallig’lanish
jarayoni   bilan   amalga   oshadi.   Bu   xo’jayin   tomondan   ko’rsatilgan   himoya
reaksiyasi   bo’lib,   turli   vaqtda   turlicha   ko’rinishda   bo’ladi.   Ayrim   hollarda organizmdagi parazit atrofida biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula hosil bo’ladi.
Bunday   kapsula   atrof   to’qimalarini   parazit   ta’siridan   ajratib   turadi.   Bunday
kapsulalar   oraliq   xo’jayin   tanasida   o’tuvchi   ko’pgina   parazitlarning   tinch
bosqichlari   uchun   xosdir.   Bunday   bosqichlar   trematodalarning   metaserkariyalari,
nematodalarning lichinkalari va boshqalardir.
Ba’zan   bunday   kapsulalarning   tarkibi   murakkab   strukturali   bo’lib,   u
xo’jayinning   nerv   tolasi   uchlari   va   kapillyar   tomirlar   bilan   ta’minlangan   bo’ladi.
Masalan,   trixinella   lichinkalarini   atrofidagi   kapsula   xuddi   shunday   struktur
tuzilishiga   ega.   Buning   ustiga   kapsula   devori   tarkibida   SaSO
3   tuzlari   ko’p
to’planadi.
Xo’jayin organizmining parazitga qarshi ko’rsatgan to’qimaviy reaksiyaning
o’ziga   xos   turi,   parazitning   aktiv   holdagi   bosqichlari   atrofida   tilasiy   yoki
zoosesidiy   deb   ataluvchi   o’smalar   va   burtmalarning   hosil   bo’lishidir.   Bunday
o’sma yoki burtma shundan iboratki parazit atrofida katta shish hosil bo’ladi, uning
ichida   esa   parazit   qolib   ketadi.   Bunday   zoosesidiylar   ba’zi   ektoparazitlar
tomonidan ham hosil qilinadi. Masalan, teng oyoqli parazit qisqichbaqa ( Livonica
amurensis )   ning   baliq   terisida   hosil   qilgan   pufakchalari   (zoosesidiylari)   xuddi
shunday   usulda   hosil   bo’ladi.   Ignatanlilarda   parazitlik   qiluvchi   ba’zi   qorinoyoqli
mollyuskalar ham zoosesidiylar hosil qiladi. 
Gumoral reaksiyalar
Xo’jayinning   parazit   ta’siriga   nisbatan   ko’rsatgan   javoblari   aksariyat
hollarda   gumoral   reaksiyalar   ko’rinishida   sodir   bo’ladi.   Xo’jayin   tomonidan
ko’rsatilgan   gumoral   reaksiyalar   dastlab   kasallik   qo’zg’atuvchi   bakteriyalarga
nisbatan,   keyinroq   parazit   bir   hujayrali   hayvonlarga   nisbatan   va   nihoyat   hozirgi
vaqtda parazit chuvalchanglarga nisbatan ham sodir qilinishi isbotlangan.
Bunday   reaksiyalar   birinchi   navbatda   xo’jayin   qonida   ma’lum   parazitga
qarshi maxsus  tanachalar  yoki  moddalar hosil  bo’ladi. Bunday himoya moddalari
antitelalar  deyilib, ushbu jarayon  immunitet  hodisasi bilan chambarchas bog’liqdir. Immunitet     deganda,   xo’jayin   organizmining   parazitni   zararli   ta’sirini   bostirib
turishga qaratilgan himoya reaksiyallari yig’indisi tushuniladi. 
Immunitetning ikki xili, ya’ni tug’ma (tabiiy) va hosil qilingan shakllari farq
qilinadi. 
a)   Tug’ma  immunitet   shuning  bilan  xarakterlanadiki,  organizm  u  yoki  bu
kasallik qo’zg’atuvchi parazitni qabul qilmaydi va bu xususiyat shu turga mansub
bo’lgan   organizmlar   uchun   xos   belgi   hisoblanadi.   Masalan,   qushlarda   bezgak
kasalligini qo’zg’atuvchi plazmodiylar, odamda parazitlik qila olmaydi yoki odam
askaridasining chorva hayvonlarda parazitlik qila olmasligi va hokazolar. Umuman
tug’ma immunitet xo’jayin organizmining morfo-fiziologik va biokimyoviy holati
bilan belgilanadi.
Bunday fiziologik va biokimyoviy moslashish holatlariga, ovqat hazm qilish
organlaridan o’tib ketuvchi turli yot tanachalar va mikroorganizmlarni o’ldiruvchi
oshqozon va ichakdan ajraluvchi enzimlar, oshqozon bezlari suyuqligi tarkibidagi
kislotalar,   organizmning   gormonal   holati   va   uning   parazitni   hayot   sikliga
qarshiligi,   teri   qoplag’ichlarining   parazitlarni   kirishiga   tusqinliq   qilishi   va
boshqalar tug’ma immunitetni belgilaydi. Shuni aytish lozimki, ma’lum bir turdagi
xo’jayin   organizmining   morfo-fiziologik   va   biokimyoviy   holati   hamma
parazitlarga ham mos kelaverganda edi, bunday paytda organizm juda ko’p turdagi
parazitlarga oziqa manbai va boshpana bo’lar edi. 
Tug’ma   immunitetning   organizmda   mavjudligi   tufayli   parazitlar   to’g’ri
kelgan   xo’jayinda   parazitlik   qila   olmaydi   va   bunday   xo’jayin   tanasida   parazit
o’zining   rivojlanish   bosqichlarini   amalga   oshirishi   uchun   qulay   sharoit   topa
olmaydi.   Oqibatda   “parazit-xo’jayin”   tizimi   shakllanmaydi.   Bunday   tizim
faqatgina   parazit   uchun   u   o’rnashgan   organizmning   morfo-fiziologik   va
biokimyoviy holati mos kelgandagina shakllanadi.
Tug’ma (tabiiy) immunitet ikki xil bo’ladi, ya’ni absolyut tug’ma immunitet
va   nisbiy   tug’ma   immunitet.   Absolyut   tug’ma   immunitetda,   parazit   ma’lum   bir
xo’jayin organizmida o’zi uchun kerakli sharoitni umuman topa olmaydi va ushbu
organizm   parazit   uchun   yot   hisoblanadi.     Absolyut   tug’ma   immunitet   xususiyati ma’lum   hayvon   turining   barcha   individlari   uchun   xosdir.   Ushbu   xususiyatni   shu
turning kasallikka yoki parazitga chalinmaslik belgisi deb atash mumkin.
Kasallikka chalinmaslik (yuqtirmaslik) ning tug’ma immunitetida organizm
ma’lum   bir   parazitning   barcha   bosqichlari   uchun   yoki   uning   ma’lum   bosqichi
uchun   yot   bo’lib   hisoblanadi.   Masalan,   qoramol   solityorining   biron-bir   bosqichi
ham itda paydo bo’lmaydi yoki ushbu parazitning voyaga yetgan davri faqat odam
ichagida   yashay   oladi.   Xuddi   shuningdek   qoramol   solityorining   lichinkalik
bosqichi   odamda   emas,   balki   qoramolda   uchraydi.   Nihoyat   parazitning   voyaga
yetgan   davri   qoramol   ichagida   uchramaydi.   Xo’jayin   organizmidagi   tug’ma
immunitetning   namoyon   bo’lishini   exinokokk   misolida   ham   ko’rish   mumkin.
Exinokokk   parazitnning   voyaga   yetgan   davriga   nisbatan   qoramol   parazitni
yuqtirmaydigan tug’ma immunitet xossasiga  ega bo’lsa, lichinkasiga nisbatan esa
qoramol tanasida bunday immunitet bo’lmaydi.
Nisbiy   tug’ma   immunitetda   esa   xo’jayin   bilan   parazit   orasida   ayrim
munosabatlarning shakllanishi qiyinchilik bilan amalga oshishi mumkin va parazit
bunday   xo’jayin   organizmida   rivojlanishini   ma’lum   bosqichlargacha   davom
ettirishi va hatto ba’zan parazit jinsiy jihatdan voyaga yetishi ham mumkin. Jinsiy
jihatdan   voyaga   yetmagan   individlar   esa   xo’jayin   tanasidan   chiqarib   tashlanadi
yoki parazit xo’jayin tanasi to’qimalari orasida kapsulaga o’ralib olishi mumkin. 
Ushbu holatlarni odam (Ascaris lumbricoides) yoki ot (Parascaris equorum)
askaridalarining   lichinkalari   ustida   laboratoriya   sharoitida   nisbiy   tug’ma
immunitetiga   ega   bo’lgan   ayrim   hayvonlarda   o’tkazish   mumkin.   Aytilgan
askaridalarning   lichinkalari   bilan   kalamushlarni   alohida-alohida
zararlantirganimizda,   lichinkalar   jigarga,   undan   o’pkaga   borishi   mumkin,   lekin
rivojlanish   bo’laolmaydi,   balki   lichinkalarning   bir   qismi   jigarning   o’zidayoq
kapsulaga o’ralsa, bir qismi o’pka orqali tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Xuddi
shunday   holat   kalamushni   it   ankilostomasining   (Ancylostoma   caninum)
lichinkalari   bilan   sun’iy   zararlantirganimizda   ham   kuzatiladi.   Vaholanki
parazitning haqiqiy xo’jayini hisoblanmish itni og’zi orqali lichinkalar bilan sun’iy
zararlantirsak, ular migrasiyalanmasdan to’g’ri ichakka borib rivojlanishini davom ettiradi.   Kalamush   va   odamda   esa   bunday   lichinkalar   migrasiyani   to’la   amalga
oshirib,   ichakka   qaytib   kelib   ma’lum   vaqt   unda   yashaydi,   lekin   ular   ko’p
o’tmasdan najas bilan tashqariga chiqarib tashlanadi. 
Ehtimol,   ko’pgina   parazit   chuvalchanglarning   xo’jayin   tanasida
migrasiyalanishi,   ularning  nisbiy  tug’ma  immunitetga  duch  kelishi   bilan bog’lash
mumkin,   ya’ni   xo’jayin   ichagida   yosh   va   juda   nozik   lichinkalarga   salbiy   ta’sir
qiluvchi   birikmalarning   ajralishidan   uzoqroqda   turish   deb   tushunish   mumkin.
Bunday   migrasiya   lichinkalarda   noqulay   muhitdan   himoyalanish   maqsadida
“qochish”   (uzoqlashish)   reaksiyasining   namoyon   bo’lishi   deb   qarash   mumkin.
Ko’pgina   parazit   nematodalarning   lichinkalarida   migrasiyalanish   xususiyatining
paydo   bo’lishi   aynan   ular   uchun   noqulay   hisoblanuvchi   va   nisbiy   to’g’ma
immunitetga ega bo’lgan xo’jayin organizmida sodir bo’ladi. Parazit uchun haqiqiy
xo’jayin   bo’luvchi   organizmda   esa   lichinkalarning   migrasiyasi   kuzatilmaydi   va
ularning voyaga yetishi aynan ichakda amalga oshadi. Xo’jayin organizmida nisbiy
tug’ma   immunitetning   bo’lishi   ayrim   parazit   gelmintlar   uchun   rezervuar
(qo’shimcha) oraliq xo’jayinga ega bo’lishi bilan axamiyatlidir. Bunday immunitet
xo’jayin   organizmida   lichinkalarning   kapsulaga   o’ralish   imkoniyatini   tug’dirishi
mumkin.   Lichinkalarning   kapsulaga   o’ralishini   esa   xo’jayin   tanasining   himoya
reaksiyasi deb tushunish mumkin. 
Nisbiy   tug’ma   immunitetga   ega   bo’lgan   organizm   parazitga   nisbatan
qanchalik qarshilik qilmasin, ba’zi hollarda parazit rivojlanishini qiyinchilik bilan
davom   ettirib,   voyaga   yetishi   mumkin.   Lekin   xo’jayin   organizmi   bunday   vaqtda
ham parazitga nisbatan himoya kurashini davom ettirib, parazitni normal ravishda
hayot   kechirishiga   to’sqinlik   qiladi.   Xo’jayinning   parazitga   nisbatan   ko’rsatgan
qarshiligi uning quyidagi holatlarida namoyon bo’lishi mumkin:
1.  Organizmning   parazitlarga   ko’p   miqdorda   va   shiddat   bilan
chalinishining  keskin  pasayishi.  Nisbiy  tug’ma immunitetga  ega  bo’lgan  xo’jayin
(hayvonlar)   parazitlar   bilan   juda   kam   zararlanadi   va   bunday   organizmlarda
rivojlanishini   davom   ettiruvchi   parazitlar   miqdori   juda   past   bo’ladi.   Masalan, mushuk   itlarga   nisbatan   un   ikki   barmoqli   qiyshiq   bosh   nematodasi   (ankilostoma
Ancylostoma duodenale ) bilan ancha kam zararlanadi.
2.    Parazitning   gavda   o’lchamini   kichrayishi.   Agarda   odam   ichagida
keng   tasma   sestodasi   (Diphyllobothrium   latum)   6-9   metr   va   undan   ham   uzunroq
o’lchamga   ega   bo’lsa,   nisbiy   tug’ma   immunitetga   ega   bo’lgan   mushukda   esa
parazitning   uzunligi   ko’pi   bilan   1,5   metrga   yetishi   mumkin.   Xuddi   shuningdek
mushuk   jigaridagi   o’t   yo’llarida   topilgan   sibir   so’rg’ichlisining   o’lchami   odam
jigarida topilgan shunday so’rg’ichlilardan ancha kichik bo’ladi.
3.  Jinsiy   jihatidan   voyaga   yetish   vaqtining   cho’zilishi.   Masalan,   it
ankilostomasi (Ancylostoma caninum) ,o’zining xo’jayinida (itda) normal ravishda
14 kunda jinsiy voyaga yetsa, mushukda bu davr 17 kunga teng bo’ladi.
4.  Parazitlar umrining qisqarishi. Masalan, keng tasma sestodasi mushuk
tanasida hammasi bo’lib 3-4 xartalik umri bo’lsa, odam tanasida u yillar davomida
yashash qobiliyatiga ega. 
5.  Parazitning   serpushtligini   keskin   pasayishi.   Masalan,   it
ankilostomasining   o’rg’ochisi   itda   bo’lganida   bir   sutkada   16000   gacha   tuxum
qo’ysa, mushukda bu raqam 2300 tani tashkil etadi.
6.  Parazit   tuxum   va   lichinkalarining   yashovchanlik   qobiliyatining
pasayishi.   Masalan,   odam   ichagidan   chiqarilgan   sestodaning   tuxumlarini   90%   ga
yaqini korasidiy lichinkasini hosil qila olsa, mushuk va itlardan chiqarilgan sestoda
tuxumlarining  faqat   10%   ga  yaqini   korasidiy   lichinkalarini  hosil   qilaoladi.  Xuddi
shunday holatni it ankilostomasi tuxumlari bo’yicha ham kuzatish mumkin.
Tug’ma immunitet   holati xo’jayin yoshi bilan chambars bog’liqdir. Aslida,
yosh   hayvonlar   qarilariga   nisbatan   parazitlarga   osonroq   chalinadilar   hamda
kasallikni   qarilariga   qaraganda   og’irroq   o’tkazishadi.   Bu   holni   organizmning
o’sishi   va   rivojlanishi   jarayonida   organizmda   parazitga   nisbatan   tabiiy
chalinmaslik xususiyatining  oshishi  va unda umumiy fiziologik holatni  o’zgarishi
bilan bog’lash mumkin. b)   Hosil   qilingan   immunitet.   Immunitetning   ushbu   turi   parazitning
xo’jayinga   ko’rsatgan   ta’siri   natijalarida   paydo   bo’ladi   va   organizmda   kasallik
qo’zg’atuvchiga   qarshi   himoya   rolini   bajaruvchi   maxsus   antitela   yoki
fagositlarning shakllanishi bilan ifodalanadi.
Hosil qilingan immunitet aktiv (faol) va passiv ko’rinishlarda bo’ladi.  Aktiv
immunitetda   xo’jayin   ma’lum   bir   kasallik   bilan   og’rib   tuzalgach   yoki   vaksinalar
bilan   immunlangach,   (emlash)   organizmning   o’zi   antitelalar   ishlab   chiqaradi.
Passiv   immunitet   esa   qonida   antitelalar   bo’lgan   hayvon   qonidan   olingan   zardob
boshqa hayvonga yuborilganda paydo bo’ladi.            
              Immunitetning   eng   asosiy   belgisi   shuki   u   organizmning   xususiy   xossasi
hisoblanadi. Aktiv immunitet ancha turg’un bo’ladi va uzoq vaqt  saqlanadi, hatto
ba’zi   kasalliklarda   (chechak,   qizamiq)   umr   bo’yi,   ba’zi   kasalliklarda   (skarlatina),
(qizilcha)  ko’p yil saqlanadi. Lekin organizmdagi  aktiv immunitet  nasldan-naslga
o’tmaydi, balki ushbu immunitet shu individning fiziologik xususiyatini aniqlovchi
belgilardan   biri   bo’lib   hisoblanadi.   Passiv     immunitet   organizmga   zardob
(antitelalar)   yuborilgandan   keyin   bir   necha   soat   o’tib   paydo   bo’ladi   va   u   3-4
haftadan 4-5 oygacha saqlanadi.
            Tug’ma   va   hosil   qilingan   immunitetlar   hayvon   organizmida   doimo   turg’un
bo’lib turmaydi, balki organizmga ta’sir etuvchi turli-tuman omillar tufayli ma’lum
darajada   ko’chayishi   yoki   pasayishi   mumkin.   Bunday   ta’sir   etuvchi   omillarga
organizmning   oziqlanish   darajasiga,   uning   turli   kasalliklarga   chalinishi   va
hakozalarni   ko’rsatish   mumkin.   Masalan,   to’la   sifatli   oziqada   yetarli   miqdorda
vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, tuzlar va boshqalar bo’lganda organizmda to’g’ma
va hosil qilingan immunitetlar parazitlarga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Bordi-yu
oziqa   rasionida   vitaminlar,   mineral   tuzlar   keraklisidan   ancha   past   bo’lsa,
organizmning   parazitga   chalinmaslik   qobiliyati   pasayib   ketadi   va   oqibatda   hosil
qilingan immunitetning parazitga nisbatan qarshiligi sinadi. 
3. Tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri
Xo’jayin   bilan   parazit   orasidagi   munosabatlar   jarayoni   tashqi   muhitning
ma’lum   bir   omillari   ta’siri   tufayli   sodir   bo’lib   turadi.   Xo’jayin   organizmining umumiy holati unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liq ekan, ushbu holat darajasi o’z
navbatida   parazitning   holatida   ham   o’z   aksini   topadi.   Boshqacha   qilib   aytganda
tashqi muhit omillarining turli darajadagi o’zgarishlari va uning “parazit-xo’jayin”
tizimidagi   xo’jayin   organizmi   orqali   parazitga   ham   o’tadi.   Masalan,   odam
parazitning   xo’jayini   sifatida   har   doim   tabiiy   va   ijtimoiy   omillar   ta’siri   ostida
bo’ladi.   Lekin   organizmning   umumiy   fiziologik   holatini   asosan   ijtimoiy   omillar
belgilaydi.   Organizmning   charchashi,   ruhiy   va   jismoniy   jarohatlar,   och   qolish,
tananing   haddan   tashqari   isishi   yoki   sovushi   va   boshqa   salbiy   omillar
organizmning   kuchsizlanishiga   olib   keladi.   Bu   esa   o’z   navbatida   organizmning
himoyalanish   reaksiyasini   (immuniteti)   pasayishiga   sabab   bo’ladi.   Bunday
sharoitda   parazitning   hayot   faoliyatini   ko’tarilishi   va   uning   xo’jayinga   nisbatan
salbiy ta’sirini oshishiga olib keladi. 
Natijada   xo’jayinda   kasallikning   chuqurlashuvchi   (og’irlashishi),   uning
cho’zilishi   ba’zan   esa   organizmning   halok   bo’lishi   bilan   tugaydi.   Ushbu   fikrning
tasdig’i   sifatida   yuqumli   kasalliklarning   tarqalishi   va   odam   organizmiga   ta’sirini
ayrim ijtimoiy omillarning yomon holatda bo’lishi bilan isbotlash mumkin. 1989-
90 yillarda Hindistonda o’lim darajasini ko’tarilishiga asosiy sabab ocharchilikning
hukm surishi, to’yib oziqlanmaslik, axolining turmush darajasini keskin pasayishi
bo’ldi.   Ushbu   yillarda   ayniqsa   bezgak   kasaligini   moddiy   jihatdan   kambag’al
bo’lgan   juda   ko’p   oilalarning   yostig’ini   quritadi.   Bunday   dalillarni   boshqa
kasalliklar   bo’yicha   ham   keltirish   mumkin.   Masalan,   1925y.   Amerika   Qo’shma
shtatlarining 8 ta shahari aholisi orasida olib borilgan tadqiqotlar oilaning oylik pul
daromadi   juda   past   bo’lsa,   undagi   oila   a’zolarining   infeksion   kasalliklarga
chalinishi yoki bolalar orasida o’lim darajasi yuqori bo’lishini ko’rsatdi. Oylik pul
daromadi  1250 dollar  va undan biroz yuqori bo’lgan oilalarda tug’ilgan har  1000
bolaning   2,2   tasi   infeksion   kasalliklardan   nobud   bo’lsa,   oylik   daromadi   650-850
dollar   bo’lgan   oilalarda   tug’ilgan   1000   ta   bolaning   5,5   tasi,   oylik   daromadi   450
dollarga   teng   bo’lgan   oilalarning   1000   ta   bolasidan   12,3   tasi   va   nihoyat   ishsiz
oilalarning   har   1000   bolasidan   16   tasi   turli   kasalliklardan   halok   bo’lishi
aniqlangan.   Birinchi   jahon   urushi   borayotgan   bir   davrda   Germaniya   armiyasi tomonidan asrga olingan rus askarlari orasida ovqatlanishning juda yomon bo’lishi
va sifatsiz oziqalar istemol qilinishi tufayli sil kasalligiga chalinish va undan halok
bo’lish   juda   katta   bo’lgan.   Bunga   qarama-qarshi   esa   asrga   tushgan   fransuz   va
ingliz   askarlarining   oziqlanishi   ancha   yaxshi   bo’lganligi   tufayli,   ularning
kasallikka chalinishi juda ham past bo’lgan. 
Ulug’   Vatan   urushi   (1941-1945   y.y)   davrida   ham   ijtimoiy   holatning
og’irlashuvi, urush ortidagi aholi orasida ocharchilikning hukm surishi tufayli turli
xil   infeksion   va   invazion   kasalliklar   (bezgak   kasalligi,   tif,   sil)   ning   ko’payib
ketganligini   eslatib   o’tish   o’rinlidir.   Organizmning   charchashi   uning   parazitga
nisbatan qarshiligini pasayishiga sabab bo’lishi bir qator eksperimental ishlar bilan
isbotlangan,   ya’ni   charchagan   organizm   qonida   leykositlar   sonining   keskin
pasayishi   qayd   qilingan.   Xo’jayin   bilan   parazit   orasidagi   o’zaro   munosabatlar
darajasiga hamda ularning o’zgarib turishi tabiiy omillar orasida harorat, namlik va
quyosh radiasiyasi kabilarning o’rni alohida ajralib turadi. 
Akademik   Ye.N.   Pavlovskiyning   ma’lumotlariga   binoan   Yer   yuzi
aholisining   qariyib   15%   ichburug’   amyobasi   bilan   zararlangan   bo’ladi   va   ular
ichakda kommensal xolatda   yashaydi. Issiq iqlimda yashovchi odamlarda ba’zan
ichak   bo’shlig’idagi   kommensal   yashovchi   kichik   vegetativ   shakli   (Enfamaeba
histolytica   forma   minuta)   ichak   devoriga   kirib,   qon   bilan   oziqlanuvchi   katta
vegetativ shakli  (E. histolytica forma magna) ga aylanib,   amyobiaz   deb ataluvchi
kasallikni   hosil   qiladi.   Issiq   iqlimda   yashovchi   odamlarning   3-6%   aynan   ana   shu
kasallikka   duchor   bo’ladi.   Shuni   alohida   qayd   qilish   lozimki,   kasallikka   duchor
bo’lganlarning   asosiy   ko’pchiligini   kelgindi   va   issiq   iqlimga   moslashmaganlar
tashkil etadi.  Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“Xo’jayinning parazitga ta’siri. Tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri” REJA: 1. Xo’jayinning parazitga xujayraviy va to’qimaviy reaksiyasi. 2. Xo’jayinning parazit ta’siriga hosil qilgan gumoral reaksiyasi. 3. Immunitet. Tug’ma va hosil qilingan immunitetlar. 4. Tug’ma immunitetning asosiy shakllari. Absolyut va nisbiy tug’ma immunitetlar. 5. Hosil qilingan immunitet va uning asosiy shakllari. 6. Tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri.

Xo’jayinning parazitga ta’siri Tabiiyki, parazitning xo’jayiniga ko’rsatgan turli-tuman xavfli ta’sirlari xo’jayin organizmini befarq qoldira olmaydi, balki u o’z navbatida javob reaksiyalarini yuzaga keltiradi. Ushbu reaksiyalarning ayrimlarini biologik nuqtai nazardan mohiyatini aniqlash qiyin bo’lsa, ba’zilari esa himoyalanishga mo’ljalangandir. Bunday reaksiyalarni hujayraviy, to’qimaviy va gumoral ko’rinishlarga ajratish mumkin. Hujayraviy va to’qimaviy reaksiyalar. Xo’jayin organizmining parazitga nisbatan qaytargan hujayraviy reaksiyasi askariyat protozoy kasalliklarda namoyon bo’ladi va asosan bir dona yoki zararlangan hujayra bilan birga unga yondosh bo’lgan bir tuda hujayralarning hajmini oshganligi (gipertrofiya)ni ko’rish mumkin. Ushbu jarayonning kelib chiqishiga asosiy sabab, hujayra ichidagi parazitning mexanik va ximiyaviy ta’siri tufayli, zararlangan hujayrada funksional o’zgarishlar sodir bo’ladi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Bu hol o’z navbatida hujayra gigantizmiga olib keladi. Masalan, Polymnia polixetasining spermatogoniyalarida parazitlik qiluvchi Caryotropha mesnili koksidiyasini ko’rsatish mumkin. Xuddi shuningdek ichida bezgak parazitlarining shizontlari rivojlanayotgan eritrositlarning hajmi sog’lom eritrositlarnikiga nisbatan biroz katta bo’lishi va hokazo. Ba’zi hollarda zararlangan hujayralar o’zaro bir-biriga qo’shilib ketib, oralaridagi pellikula erib, sinsitiylar hosil qilishi ham mumkin. Masalan, ichakda parazitlik qiluvchi gregarina ( Clepsidrina davini ) o’z epimeriti bilan ichak devoriga yopishib olganda, ichak epiteliysi hujayralarining hosil qilgan sinsitiylari misol bo’la oladi. Xo’jayinning parazit ta’siriga qaytargan javob reaksiyasi ko’p hollarda organizmda parazit o’rnashib olgan joyda yoki parazit o’tgan joyda yallig’lanish jarayoni bilan amalga oshadi. Bu xo’jayin tomondan ko’rsatilgan himoya reaksiyasi bo’lib, turli vaqtda turlicha ko’rinishda bo’ladi. Ayrim hollarda

organizmdagi parazit atrofida biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula hosil bo’ladi. Bunday kapsula atrof to’qimalarini parazit ta’siridan ajratib turadi. Bunday kapsulalar oraliq xo’jayin tanasida o’tuvchi ko’pgina parazitlarning tinch bosqichlari uchun xosdir. Bunday bosqichlar trematodalarning metaserkariyalari, nematodalarning lichinkalari va boshqalardir. Ba’zan bunday kapsulalarning tarkibi murakkab strukturali bo’lib, u xo’jayinning nerv tolasi uchlari va kapillyar tomirlar bilan ta’minlangan bo’ladi. Masalan, trixinella lichinkalarini atrofidagi kapsula xuddi shunday struktur tuzilishiga ega. Buning ustiga kapsula devori tarkibida SaSO 3 tuzlari ko’p to’planadi. Xo’jayin organizmining parazitga qarshi ko’rsatgan to’qimaviy reaksiyaning o’ziga xos turi, parazitning aktiv holdagi bosqichlari atrofida tilasiy yoki zoosesidiy deb ataluvchi o’smalar va burtmalarning hosil bo’lishidir. Bunday o’sma yoki burtma shundan iboratki parazit atrofida katta shish hosil bo’ladi, uning ichida esa parazit qolib ketadi. Bunday zoosesidiylar ba’zi ektoparazitlar tomonidan ham hosil qilinadi. Masalan, teng oyoqli parazit qisqichbaqa ( Livonica amurensis ) ning baliq terisida hosil qilgan pufakchalari (zoosesidiylari) xuddi shunday usulda hosil bo’ladi. Ignatanlilarda parazitlik qiluvchi ba’zi qorinoyoqli mollyuskalar ham zoosesidiylar hosil qiladi. Gumoral reaksiyalar Xo’jayinning parazit ta’siriga nisbatan ko’rsatgan javoblari aksariyat hollarda gumoral reaksiyalar ko’rinishida sodir bo’ladi. Xo’jayin tomonidan ko’rsatilgan gumoral reaksiyalar dastlab kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarga nisbatan, keyinroq parazit bir hujayrali hayvonlarga nisbatan va nihoyat hozirgi vaqtda parazit chuvalchanglarga nisbatan ham sodir qilinishi isbotlangan. Bunday reaksiyalar birinchi navbatda xo’jayin qonida ma’lum parazitga qarshi maxsus tanachalar yoki moddalar hosil bo’ladi. Bunday himoya moddalari antitelalar deyilib, ushbu jarayon immunitet hodisasi bilan chambarchas bog’liqdir.

Immunitet deganda, xo’jayin organizmining parazitni zararli ta’sirini bostirib turishga qaratilgan himoya reaksiyallari yig’indisi tushuniladi. Immunitetning ikki xili, ya’ni tug’ma (tabiiy) va hosil qilingan shakllari farq qilinadi. a) Tug’ma immunitet shuning bilan xarakterlanadiki, organizm u yoki bu kasallik qo’zg’atuvchi parazitni qabul qilmaydi va bu xususiyat shu turga mansub bo’lgan organizmlar uchun xos belgi hisoblanadi. Masalan, qushlarda bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi plazmodiylar, odamda parazitlik qila olmaydi yoki odam askaridasining chorva hayvonlarda parazitlik qila olmasligi va hokazolar. Umuman tug’ma immunitet xo’jayin organizmining morfo-fiziologik va biokimyoviy holati bilan belgilanadi. Bunday fiziologik va biokimyoviy moslashish holatlariga, ovqat hazm qilish organlaridan o’tib ketuvchi turli yot tanachalar va mikroorganizmlarni o’ldiruvchi oshqozon va ichakdan ajraluvchi enzimlar, oshqozon bezlari suyuqligi tarkibidagi kislotalar, organizmning gormonal holati va uning parazitni hayot sikliga qarshiligi, teri qoplag’ichlarining parazitlarni kirishiga tusqinliq qilishi va boshqalar tug’ma immunitetni belgilaydi. Shuni aytish lozimki, ma’lum bir turdagi xo’jayin organizmining morfo-fiziologik va biokimyoviy holati hamma parazitlarga ham mos kelaverganda edi, bunday paytda organizm juda ko’p turdagi parazitlarga oziqa manbai va boshpana bo’lar edi. Tug’ma immunitetning organizmda mavjudligi tufayli parazitlar to’g’ri kelgan xo’jayinda parazitlik qila olmaydi va bunday xo’jayin tanasida parazit o’zining rivojlanish bosqichlarini amalga oshirishi uchun qulay sharoit topa olmaydi. Oqibatda “parazit-xo’jayin” tizimi shakllanmaydi. Bunday tizim faqatgina parazit uchun u o’rnashgan organizmning morfo-fiziologik va biokimyoviy holati mos kelgandagina shakllanadi. Tug’ma (tabiiy) immunitet ikki xil bo’ladi, ya’ni absolyut tug’ma immunitet va nisbiy tug’ma immunitet. Absolyut tug’ma immunitetda, parazit ma’lum bir xo’jayin organizmida o’zi uchun kerakli sharoitni umuman topa olmaydi va ushbu organizm parazit uchun yot hisoblanadi. Absolyut tug’ma immunitet xususiyati

ma’lum hayvon turining barcha individlari uchun xosdir. Ushbu xususiyatni shu turning kasallikka yoki parazitga chalinmaslik belgisi deb atash mumkin. Kasallikka chalinmaslik (yuqtirmaslik) ning tug’ma immunitetida organizm ma’lum bir parazitning barcha bosqichlari uchun yoki uning ma’lum bosqichi uchun yot bo’lib hisoblanadi. Masalan, qoramol solityorining biron-bir bosqichi ham itda paydo bo’lmaydi yoki ushbu parazitning voyaga yetgan davri faqat odam ichagida yashay oladi. Xuddi shuningdek qoramol solityorining lichinkalik bosqichi odamda emas, balki qoramolda uchraydi. Nihoyat parazitning voyaga yetgan davri qoramol ichagida uchramaydi. Xo’jayin organizmidagi tug’ma immunitetning namoyon bo’lishini exinokokk misolida ham ko’rish mumkin. Exinokokk parazitnning voyaga yetgan davriga nisbatan qoramol parazitni yuqtirmaydigan tug’ma immunitet xossasiga ega bo’lsa, lichinkasiga nisbatan esa qoramol tanasida bunday immunitet bo’lmaydi. Nisbiy tug’ma immunitetda esa xo’jayin bilan parazit orasida ayrim munosabatlarning shakllanishi qiyinchilik bilan amalga oshishi mumkin va parazit bunday xo’jayin organizmida rivojlanishini ma’lum bosqichlargacha davom ettirishi va hatto ba’zan parazit jinsiy jihatdan voyaga yetishi ham mumkin. Jinsiy jihatdan voyaga yetmagan individlar esa xo’jayin tanasidan chiqarib tashlanadi yoki parazit xo’jayin tanasi to’qimalari orasida kapsulaga o’ralib olishi mumkin. Ushbu holatlarni odam (Ascaris lumbricoides) yoki ot (Parascaris equorum) askaridalarining lichinkalari ustida laboratoriya sharoitida nisbiy tug’ma immunitetiga ega bo’lgan ayrim hayvonlarda o’tkazish mumkin. Aytilgan askaridalarning lichinkalari bilan kalamushlarni alohida-alohida zararlantirganimizda, lichinkalar jigarga, undan o’pkaga borishi mumkin, lekin rivojlanish bo’laolmaydi, balki lichinkalarning bir qismi jigarning o’zidayoq kapsulaga o’ralsa, bir qismi o’pka orqali tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Xuddi shunday holat kalamushni it ankilostomasining (Ancylostoma caninum) lichinkalari bilan sun’iy zararlantirganimizda ham kuzatiladi. Vaholanki parazitning haqiqiy xo’jayini hisoblanmish itni og’zi orqali lichinkalar bilan sun’iy zararlantirsak, ular migrasiyalanmasdan to’g’ri ichakka borib rivojlanishini davom