logo

Milliy g’oyani rivojlantirishning institusional tizimi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

117.5 KB
Milliy g’oyani  rivojlantirishning  institusional tizimi
REJA:
1.   “Mafkuraviy   tarbiya”   tushunchasi,   uning   mazmuni   va   namoyon   bo’lish
xususiyatlari. 
2.  "  Mafkuraviy tarbiyaning yo’nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. . 
3.  Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g’oyani rivojlantirish  imkoniyatlari.
4.  Milliy g’oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy  tashkilotlarning ahamiyati. Mafkuraviy   tarbiya   –   inson,   ijtimoiy   guruh,   millat,   jamiyat
dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan
g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Har   qanday   mafkuraviy   tarbiyaning   maqsadi-   jamiyatning   har   bir   a’zosi
va   ular   timsoli   da   har   bir   ijtimoiy   qatlam,   guruhning   tarbiyaviy   darajasini
ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or
g’oyalarning   harbir   fuqaro   tomonidan   ongli   ravishda   o’zlashtirilishini,   unnig
tafakkur   va   fikrlash   tarziga   aylantirilishini   ta’minlaydi.   Shu   ma’noda,   milliy
istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va
shuurida   asriy   milliy   qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi   va
kelgusidagimanfaatlarini   ifodalovchi   eng   sog’lom   g’oyalar   va   fikrlartarzidao’z
ifodasini   topishi   lozim.   Bu   jihat   mafkuraviy   tarbiyaning   bosh   xussuiyatlaridan
biridir. 
Jamiyatdagi   har   bir   ijtimoiy   kuch   yoki   aholi   qatlamlari   o’z   manfaat   va
maqsad   intilishlarini   ifoda   etuvchi   g’oyalar   tizimini   yaratgach,   boshqa
guruhlarni   ham   o’z   g’oyalar   ta’siriga   tortishga,   o’z   tarafdorlari   safini
kengaytirishga harakat qiladi.
G’oyalar   adolatli   va   haqqoniy   bo’lib,   ko’pchilikning   talabehtiyojlariga
mos   kelsa,bu   sohadagi   tarbiya   vositalari   ta’sirchan,   tarbiyachilar   esa   faol
vafidoiybo’lsa, ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Jamiyat,xalq   xali   o’z   manfaatlarini   anglabetmagan,   o’z   mafkurasini
shakllantirib,   maqsadlari   sari   safarbarbo’lmagan   hollardabegona
vazararlig’oyalar   ta’siriga   tushishehtimoli   ortib   boradi.   Buesag’oyaviy
tarbiyani   yo’lga   qo’yish,   sog’lom   mafkura   tamoyillariniaholi   qalbivaongiga
muttasil singdirishnidolzarb vazifaga aylantiradi.
O’zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi -  Ozod va
obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish   yo’lidagiasriy   orzu   istaklari,
maqsadlarini,   milliy   istiqlol   mafkurasining   mohiyatini   keng   jamoatchilikka
tushuntirish,   va   ayniqsa,   yoshlar   ongigasingdirishdan   iboratdir.   Mafkuraviy
tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgachayoshdagibolalar muassasalari, maktablar,   lisey,kollejlar,   oliy   o’quv   yurtlari,   ommaviy   axborpot
vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi.
Uzluksiz   ta’lim   tizimi   mafkuraviy   tarbiyani   olib   boruvchi   asosiy
bo’g’indir,   zero   mafkuraviy   maqsadlarni   kishilar,   ayniqsa   yoshlar   ongiga
singdirishvazifasi, asosan ta’lim tizimi orqaliamalga oshiriladi.
Mafkuraviy   tizim   –   mafkuraviy   ishlarniboshqarish,jamiyatning   turli
ijtimoiy   institutlari:   oila,   maktabgacha   tarbiya   muassasalari,   umumiy   ta’lim
maktablari,   o’rta   maxsus   vaoliy   o’quv   yurtlari,   mehnatjamoalari,   mahalla
kengashlari,jamoat   tashkilotlari,   madaniy   ma’rifiy   uyushmalartarbiyaviy
imkoniyatlarini   muvofiqlatirish,   tartibga   solish,   ularni   yagona   maqsad   tomon
yo’naltirish   omilari   (   ish   vaqti   va   ishdan   keyingibo’sh   vaqt)   va   vositalari   (fan,
adabiyot,   san’at,   matbuot,radio,   tv.,   kino,   musiqa   va   h.k.),   uslublari
(tushuntirish,   ishontirish,   majbur   qilish)   vausullarinnig   (   alohida,jamoaviy,
ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.Shuningdek, mafkuraviytizim mafkuraviy
ta’sir   yo’nalishlari   (aqliy,   axloqiy,   huquqiy)va   uning   asosiy   sohalari   (mehnat,
jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy vah.k.) ham  o’ziga qamrab oladi.Mafkuraviy
tizim   bir   butun   yaxlit   uyushmabo’lib,   doimiy   o’zgarib   turadi.   Ushbu   tizim
samaradorligiga   mafkuraviy   ta’sir   jarayonining   uzluksizligi,
tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog’liq. 
Mafkuraviy   ishlar   ta’sirchanligi,   hozirjavobligini   oshirishdaaholi   turli
tabaqalarining   o’ziga   xos   milliy,   psixologik,   regional,   kasb   kor,   yoshlik
xususiyatlarini inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega.
  Mafkuraviy   ta’sir   -     Mafkuraviyjarayonninng   eng   muhim   strukturaviy
komponentlaridan   biridir.   Mafkuraviy   ta’sir   ikki   asosiy   –   to’g’ri,bevosita   va
o’zaro   aloqadorlikka   asoslangan   bilvosita   shakllar   yordamida   amalga
oshiriladi.Mafkuraviy   ta’sir   samaradorligi   mafkuraviy   ta’sir   obyekti   va
subyektiga   bog’liqbo’ladi.   Chunonchi,   mafkuraviy   ta’sir
samaradorligimafkraviy   ta’sir   o’tkazilishilozimbo’lgan   kishilarning   (obyekt)
ma’lumot   darajasi,   madaniy   saviyasiga   bog’liq   bo’lsa,   o’z   navbatida
mafkuraviy   ta’sir   o’tkazayotgan   idoralar,   tarbiyaviy   muassasalar,   targ’ibot   va tashviqotchilar(subyekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va
shakliga,   mafkura   xodimlarining   professional   mahoratiga
bog’liqbo’ladi.Mafkuraviy ta’sir o’tkazilishilozimbo’lgan kishilarningma’lumot
darajasi,   madaniy,   axloqiy,huquqiy,   siyosiy   saviyasi   qanchabaland   bo’lsa,
mafkuraviy   ta’sir   samaradorligi   shunchayuqoribo’ladi.   O’z   navbatida,
mafkuraviy   ta’sir   samaradorligi     uning   obyekti   bilan   subyekti   orasidagi   o’zaro
aloqadorlik   mexanizmining   mustahkamligigabog’liq.   Bunday   o’zaro
aloqadorlik   mexanizmining   mazmunida   bir-   biriga   o’rgatish,   bir-   biridan
o’rganish, bir- biriga utoz, bir- biriga shogird prinsipi yotmog’i darkor. Bunday
holatdahar   bir   kishiMafkuraviy   ta’sir   dorirasiga   tushadi   va   o’sha   ta’sir   asosida
faoliyat ko’rsataboshlaydi. 
Insonga g’oyaviy ta’sir ko’rsatish omillari : (vaqt omili, ish vaqti, bo’sh
vaqt)
G’oyaviy ta’sir yo’nalishlari : aqliy, axloqiy,mehnat, estetik,jismoniy
G’oyaviy ta’sir shakllari : individual, jamoaviy, ommaviy
G’oyaviy ta’sir uslublari : tushuntirish, ishontirish.
Milliy   g’oyani   amalga   oshiruvchi   subyektlar:   oila,   mahalla,   jamiyat,   OAV,
Armiya , demokratik harakatlar.
Mafkuraviy   jarayonlarni   muvofiqlashtirish:   G’oyaviy   ta’sir;
ma’naviy,ma’rifiy,   g’oyaviy   tarbiya;   Sosial   institutlarning   mafkuraviy
tarbiya subyektlari:
Mafkkuraviy   ta’sir   tamoyillari;   uzluksizlik,   tizimlilik,   kompleks   yondoshuv,
ta’sirchanlik, hozirjavoblik, konkretlik.
Oila,   maktabgacha   tarbiya   muassasalari,   uzviy   ta’lim   maktablari,   o’rta   maxsus
va OO’Yulari, mehnatjamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushm
alar.
Milliy   g’oyani   amalga   oshirishda   uzluksiz   ta’lim   tizimi   va   turlari:
Maktabgacha   ta’lim,   umummiy   o’rta   ta’lim,   o’rta   maxsus,   kasb   hunar   ta’limi,
Oliy ta’lim, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, Kadrlar malakasini  oshirish va
ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim. Tarbiya   nima?   Agar   «tarbiya»   tushunchasining   tub   ma’nosiga   e’tibor
beradigan bo’lsak, bu - insonning o’zi  va o’z xulqi haqidagi tasavvurining to’g’ri
va   xolis   bo’lishini   ta’minlovchi   murakkab   jarayondir.   Ya’ni,   tarbiyalangan   odam
tarbiyasiz   odamdan   shunisi   bilan   farq   qiladiki,   birinchisi   u   o’zining   kim   ekanini
anglaydi, o’zini afsuski, o’z amallari nafaqat o’zgalarga, xattoki, o’ziga ham ziyon,
befoyda, bema’ni ekanini bilmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiyaning
bosh   mezoni   tarbiyalanuvchida   o’zi   va   o’z   fazilatlari   haqida   to’g’ri   tasavvurlarni
shakllantirishdan iborat deyish mumkin.
Har   bir   davrning   o’ziga   xos   tarbiyaviy   usul   va   vositalari   bo’ladi.   Q adim
zamonlardan   tarbiya   yosh   avlodning   keksa   avlod   tajribalarini   o’zlashtirish
shakllaridan biri  sifatida qarab kelgan. Tarbiya asosan  mehnat  faoliyati  (ovchilik,
chorvachilik,   dehqonchilik   va   shu   kabi)   jarayonida,   turli   urf-odatlar,   marosimlar
o’tkazish   vaqtida   amalga   oshirilgan.   U   asosan   jismonan   baquvvat   bo’lishga
qaratilgan.   Psixolog   D.   Elkonin   bolalar   o’yini   tarixini   tahlil   qalib,   taraqqiyotning
ma’lum  davriga  qadar  umuman  bolalar   o’yini  kategoriyasining  o’zi  bo’lmaganini
isbot   qilgan.   Lekin   o’sha   paytlarda   kattalarning   bolalarga   ta’siri   bevosita   bo’lib,
tarbiya   jarayoni   hozirgidan   farqli   sharoitlarda   kechgan.   Mehnat   faoliyatining
ko’pqirrali   bo’lgani   va   murakkablashib   borishi   bois   kattalar   bilan   bolalar
o’rtasidagi   munosabatlarda   ro’y   bergan   o’zgarishlar   tufayli   o’ziga   xos   bolalar
jamiyati paydo bo’lgan va bu jamiyat a’zolari kattalar tajribasini o’zlashtirishning
turli-tuman   yo’llarini   topib,   o’z   hayoti   va   faoliyatini   takomillashtirib   borgan.   Bu
birinchi   navbatda   kasb-hunar   turlarning   ko’payishi   va   takomillashib   borishi   bilan
ham bog’liq bo’lgan.
G’ oyaviy   tarbiyaning   mohiyati .   Shaxs   tarbiyasining   muhim   yo’nalishi   –
bu g’oyaviy tarbiyadir. Bu – inson ongi  va tushunchalari tizimida hayot haqidagi
falsafiy,   siyosiy,   huquqiy,   diniy,   estetik,   axloqiy,   badiiy,   kasbiy   qarashlarni
maqsadli   shakllantirish   jarayonidir.   Har   qanday   tarbiya   jarayoni   oxir-oqibat,   o’z
maqsad va mohiyatiga ko’ra g’oyaviy tarbiyadir. Chunki  oilani  olamizmi, bolalar
bog’chasinimi,   mahalla,   maktab,   kollej,   lisey,   universitet   yoki   akademiyani
olamizmi   hammasida   beriladigan   ta’lim   va   tarbiya   jarayonlari   talaba   yoki tinglovchilar   dunyoqarashini   kengaytirish,   ularning   ongini   ilmiy   asoslangan
bilimlar   bilan   boyitish   hamda   jamiyat   uchun,   uning   ravnaqi   uchun   kerak   bo’lgan
sifatlarni   kamol   toptirishga   yo’naltirilgan   bo’ladi.   Bu   ishlar   bolaning   dunyo
haqidagi,   olamning   rivojlanish   qonuniyatlari,   insoniy   munosabatlar   borasidagi
o’ziga   xosliklar,   axloq   tamoyillari,   go’zallik   haqidagi   tushunchalarini
kengaytirishga   xizmat   qiladi.   Bu     tom   ma’noda   mafkuraviy   tarbiyaning   asosi,
poydevoridir.   Shuning   uchun   mafkurasiz   inson,   mafkurasiz   guruh,   millat,   xalq,
jamiyat bo’lishi mumkin emas.
Bir   jamiyat,   ijtimoiy   guruh   (masalan,   siyosiy   partiya,   ijtimoiy   harakat)
mafkurasini   boshqa   bir   ijtimoiy   guruhga   majburan   singdirish   noto’g’ri.   Chunki
mafkura   muayyan   ijtimoiy   guruh   a’zolariga   xos   o’zlaridagi   mavjud   ehtiyojlar,
tilak,   orzu,   umidlar   hamda   manfaatlar   asosida   o’sha   guruhning   qarashlari,
tasavvurlari dunyosi hamda g’oyalarining mahsulidir. Bas, shunday ekan, o’zgalar
manfaatini ko’zlovchi mafkurani xalq ongiga zo’rlab singdirib bo’lmaydi. 
G’ oyaviy   tarbiyaning   maqsadi .   Har   qanday   mafkuraviy   tarbiyaning
maqsadi   -   jamiyatning   har   bir   a’zosi   va   ular   timsolida   har   bir   ijtimoiy   qatlam,
guruhning   tarbiyaviy   darajasini   ta’minlashdir.   Bu   pirovard   natijada   o’sha   jamiyat
rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda
o’zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. Shu
ma’noda,   milliy   istiqlol   mafkurasi   O’zbekistonda   yashab,   ijod   qilayotgan   har   bir
fuqaro   bugungi   va   kelgusidagi   manfaatlarini   ifodalovchi   eng   sog’lom   topishi
lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.
Mafkuraviy   tarbiya   eng   avvalo   yuksak   e’tiqod   iymon,   Vatan   va   xalq
oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo’ladi.
Yoshlarni   g’oyaviy   tarbiyalash .   Sog’lom   g’oyalar   tarbiyasi   yuksak
dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi.
Dunyoqarash– tartibga   solingan,   yaxlit   ongli   tizimga   aylantirilgan   bilim,
tasavvur  va g’oyalar  majmui  bo’lib, u shaxsni  jamiyatda o’zligini  saqlagan  holda
munosib o’rin egallashga chorlaydi.  Mustaqillik   yillarida   shakllanayotgan   yangicha   dunyoqarash   yoshlarda
Vatanga   sadoqatni,   milliy   qadriyat   va   an’analarga   muhabbatni,   o’z   yaqinlariga
mehribonlikni   tanlagan   yo’li-   kasbi,   maslagi   va   e’tiqodiga   sodiqlikni   nazarda
tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida
tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.
Bunda quyidagilar muhim rol o’ynaydi:
Muloqot   madaniyati   –insonga   xos   ma’naviy   ehtiyoj     bo’lib,   undagi
umumiy madaniy saviyaning muhim ko’rsatgichidir. Inson o’zining  his-tuyg’ulari,
ichki   kechinmalari,   o’y-fikrlarini   bevosita   muloqot   jarayonida   namoyon   qiladi.
Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.
Milliy   istiqlol   g’oyasi   O’zbekiston   xalqining   tub   manfaatlari,   asriy   orzu-
umidlari,   ezgu   niyatlari,   buyuk   maqsadlarini   ifoda   etib,   xalqning   o’z   maqsad-
muddaolariga erishish  uchun ma’naviy–ruщiy quvvat  bo’ladigan poydevordir. Bu
jarayon   jamiyat   a’zolarining   tub   manfaatlarini   ko’zda   tutadi,   binobarin,   har   bir
fuqaroni   milliy   istiqlol   g’oyasi   ruhida   tarbiyalash   shu   yurtning   farzandlari   uchun
muqaddas burchdir.
ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy–ma’rifiy muhit.   Yoshlarda sog’lom e’tiqod va
yuksak   dunyoqarashning   shakllanishi   uchun   ma’lum   muhit   ham   zarur.
O’zbekistonda   bu   borada   ulkan   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Prezidentimiz   Islom
Karimov   tomonidan   mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   milliy
qadriyatlarimizni   tiklash,   tariximizni   xolis   va   chuqur   o’rganish,   buyuk
ajdodlarimiz   xotirasini   yod   etish   boy   ilmiy-adabiy   merosini   o’rganish,   xalq
ma’naviyatini yuksaltirish milliy siyosatimizning ustivor yo’naltirishlaridan biriga
aylanadi.   ijtimoiy   va   siyosiy   institutlar   davlat   va   nodavlat   tashkilotlari,   siyosiy
partiyalar,   iqtidorli   yoshlarni   qo’llab   -quvvatlovchi   jamg’armalarning   tashkil
etilishi o’ziga, xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa o’z navbatida yoshlarning
buyuk kelajak bunyodkori bo’lib voyaga yetishda muhim o’rin tutmoqda.
siyosiy   ong   va   huquqiy   madaniyat ning   o’sishida   siyosiy   partiyalarning
o’rni  va  ahamiyati   katta. Ular   o’z  faoliyati   bilan fikrlar   xilma-xilligi  va  qarashlar rang-barangligiga   asoslangan   demokratik   jamiyat   barpo   etish   g’oyasining   amalga
oshishiga xizmat qiladi. 
O’zbekistondagi har bir partiya o’z dasturiy maqsadlarini ro’yobga chiqarish
uchun   huquqiy   asos   va   qonuniy   kafolatlarga   ega.   Fuqarolar   uchun   qaysi   siyosiy
partiyaning   qarashlariga   qo’shilish   yoki   qo’shilmaslik   ixtiyoriy   bo’lib,   bunday
erkinlik yoshlarni fikrlashga o’zicha mustaqil yo’l tanlashga xizmat qiladi. Har bir
partiyaning   o’z   dasturiy   g’oyalarini   zayotga   tatbiq   etish   jarayonida   milliy   istiqlol
mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi hayotning bosh mezonidir. Chunki
xalq   manfaatlari,   istiqlol   g’oyalari,   qaysi   siyosiy   va   mafkuraviy   kuchga
mansubligidan   qat’i   nazar,   barcha   yurtdoshlarimiz   uchun   muqaddasdir.   Bu   aslida
tom ma’nodagi siyosiy madaniyatning begisidir.
Fuqarolarning   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirish   chinakam   demokratik
fuqarolik   jamiyati   qurishning   muhim   omili.   Bu   o’rinda   shuni   ta’kidlash   joizki,
shaxsning   xuquqiy   ongi   yuksak,   bilimi   yetarli   bo’lishi,   lekin   unda   xuquqiy
madaniyat   yetishmasligi,   u   fuqaro   sifatida   o’z   xalqi   va   Vatani   oldiga   burch   va
mas’uliyatini teran anglamasligi mumkin. Shuning uchun ham fuqarolar, ayniqsa,
yoshlarda   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   mafkuraviy   tarbiyaning   muhim
shartidir.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari quyidagilardir:
- huquqiy madaniyatiga oid ommabop adabiyotlar.
- ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatga oid maxsus o’quv kurslari.
- ijtimoiy muloqotning huquqiy tamoyillari mavzuiga oid tadbirlar.
-   mustaqillikning   inson   manfaatlariga   qaratilgan   huquqiy   asoslarini   keng
xalq ommasi orasida targ’ib etish va boshqalar.
Odatiy   an’anaviy   fikrlash   tarzidan   yangicha,   ilg’or   fikrlashga   o’tish
mafkuraviy   yangilanishlar   jarayonining   muhim   xususiyatidir .   Ta’kidlash
lozimki,   inson   o’zi   uchun   odatiy   bo’lib   qolgan   fikrlash   tarzidan   osonlikcha   voz
kecholmaydi,   chunki   eskicha   fikrlash   bir   qarashda   qulay   bo’lib   ko’rinadi.   Buni
arifmetikadagi   mantiq   bilan   algebradagi   mantiq   qoidasiga   qiyoslash   mumkin.
Arifmetikani   o’zlashtirgan   bola   algebradagi   ayniyat,   teoremalarni   ruhan   qiynalib qabul qilgani kabi, inson tafakkuri ham ijtimoiy hayot o’zgarishlarini birdan qabul
qilolmaydi.   Lekin   yangi   davr,   yangicha   islohotlar,   demokratiya,   bozor
munosabatlari   aynan   tafakkur   va   fikrdagi   o’zgarishlarni   taqozo   etadi   va   bu
rivojlanishining   taraqqiyotning   asosiy   shartidir.   Shuning   uchun   milliy   istiqlol
g’oyasi   asosiy  tushuncha   va  tamoyillarining  keng  omma  qalbi  va   ongiga  singishi
birdaniga,   tez   va   bir   tekisda   ro’y   bermaydi.   Bu-murakkab,   bosqichma-bosqich
amalga oshadigan jaryon bo’lib, bu jarayonda, boshqa ijtimoiy qatlam vakillaridan
farqi o’laroq yoshlar tashabbuskorlik ko’rsatishi va dunyoqarashi va e’tiqodi bilan
boshqalarga ta’sir ko’rsatishi kerak.
Muloqot madaniyati –insonga xos ma’naviy ehtiyoj  bo’lib, undagi umumiy
madaniy   saviyaning   muhim   ko’rsatgichidir.   Inson   o’zining     his-tuyg’ulari,   ichki
kechinmalari,   o’y-fikrlarini   bevosita   muloqot   jarayonida   namoyon   qiladi.
Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.
Chunki inson qalbida ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon,
mas’uliyat   kabi   fazilatlar   tarbiyasida   radio-televideniye,     gazeta-jurnallar,   badiiy
hamda   ilmiy   adabiyotning   o’rnini   e’tirof   etgan   holda,   shuni   aytish   mumkinki,
yuzma-yuz   kechadigan   fikr   almashuv,   insonning   yuzi   va   ko’ziga   qarab   turib
aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-
ona bir gapni  aytish lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz
qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot
samarali bo’ladi.
Hayotni   erkinlashtirish   milliy   istiqlol   g’oyasini   xalqimiz   qalbi   va   ongiga
singdirishning   muhim   shartidir.   Milliy   istiqlol   g’oyasi   siyosiy   voqyelikni
uyg’unlashtirib,   turli   shaxslar,   ijtimoiy   guruhlar   ehtiyojlarini   mutanosiblashtiradi,
ularni   mavjud   imkoniyatlar   asosida   bir-biri   bilan   yaqinlashtiradi   va   shu   ma’noda
demokratik   qadriyatlarning   nufuzini   oshiradi.   Kishilar   ongini   mahalliychilik,
urug’-   aymoqchilik,   mahdudlik   kabi   ijtimoiy   illatlar   asoratidan   poklash,   yot
g’oyalarga   nisbatan   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish,   mafkuraviy   kurashda
to’g’ri   yo’l   tanlash   va   jaholatga   qarshi   ma’rifat   bilan   kurashish   milliy   g’oyaning
xalqimizning   qalbi   va   ongiga   teran   singdirilishi   Bilan   bog’liq.   Milliy   istiqlol g’oyasini  amalga oshirish kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga  asoslanadi  va
undan   kelib   chiqib,   siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotning   barcha   sohalarini
erkinlashtirishda manfaatlar uyg’unligini ta’minlovchi omil bo’lib xizmat qiladi.   
Yuqoridagilardan   kelib   chiqadigan   xulosa   shuki,   milliy   mafkuraning
didaktik   mazmunini   yaratishda   va   boyitishda   dunyoviylik   va   rasionalizm
tamoyillariga   qat’iy   amal   qilib,   milliy   mafkurani,   tarbiya   jarayonini   real   hayotiy
talablar, zaruratlar bilan bog’lash kerak.
Milliy   mafkura   qanchalik   hayotga,   odamlar   turmushiga,   dard   va
tashvishlariga,   orzu-umidlariga   yaqin   bo’lsa,   safsatabozlikda,   nasihatgo’ylikdan
xoli   bo’lsa,   alohida   shaxs   kamolotini   ham,   butun   jamiyat   taraqqiyotini   ham
rag’batlantira olsa, shunchalik O’zbekistonning kelajagi buyuk, o’zi ozod va obod
bo’ladi. 
Biz   jahonning   ilg’or,   taraqqiy   etgan   xalqlari   qatoriga   qo’shilmoqchimiz.
Lekin   g’arb   mamlakatlariga   har   bir   masalada   taqlid   qilolmaymiz,   ulardagi   ayrim
urflar esa bizning milliy ongimizga (mentalitetimizga) ancha yot. Masalan, g’arbga
xos   odamlarning   bir-biridan,   hatto   bolalarning   o’z   ota-onasidan   begonalashishi,
inson   faoliyatining   har   qanday   ko’rinishi   zamirida   maqsadga   muvofiqlik,   amaliy
o’zaro foydalilik (yoshlar, bolalar bundan mustasno) bizga unchalik ma’qul emas.
Biz   xalqimizga   xos   bo’lgan   eng   oliy   xislatni,   ona   tilimizda   «odamgarchilik»   deb
ataladigan xislatni saqlab qolishimiz shart.
Quyida   milliy   istiqlol   g’oyasi   nuqtai   nazaridan   mafkuraning   ana   shu
xususiyatlarining   mohiyati   va   mazmuni   bilan   qisqacha   tanishamiz.
(Mafkuraing ijtimoiy vazifalari)
1.   Odamlarni   muayyan   g’oyaga   ishontirish.   Mafkura   g’oyalar   sistemasi
sifatida biron bir g’oyani targ’ib etish, kishilarni shu g’oyaning to’g’ri hayotiy va
ilg’or ekanligiga ishontirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Demokratik   jamiyatda   amal   qiladigan   plyuralizm   (fikrlar,   qarashlar   rang-
barangligi)   kishilarga   o’z   hayotiy   manfaatlari,   maqsad   va   intilishlarini   aks
ettiradigan ilg’or g’oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.  Milliy   istiqlol   g’oyasining   shakllanishini   tahlil   qilish   jamiyatda   biron   bir
g’oyaning   to’g’ri,   ilmiy   va   hayotiyligiga   ishonch   hosil   qilish   o’z-o’zidan   ro’y
bermasligini   ko’rsatadi.   Mafkuraga   ishonch   uyg’otish,   unda   aks   etgan   g’oyalar
ta’sirida   odamlarni   safarbar   etish   funsiyasi   muayyan   shaxslarning   faoliyati   orqali
ro’yobga   chiqadi.   Chunki,   ishontirmoq-   kishilarning   ruhi,   kayfiyati,   hissiy
kechinmalari,   kalbi   va   shuuriga   ta’sir   qilmoqdir.   Bu   vazifani   amalga   oshiruvchi
kishilardan yuksak,  insoniy fazilatlar, shu  g’oya yo’lida fidoyillik, bilim, malaka,
nutq mahorati va boshqalar talab etiladi. 
Keng   xalq   ommasini   biron   bir   g’oyaning   ilg’or   va   insonparvar   ekanligiga
ishontirmoq   uchun,   avvalo   mazkur   g’oya   xalq   hayotiga   yaqin,   bevosita   daxldor
bo’lishi,   ikkinchidan,   uni   odamlar   ongiga   yetkazishning   eng   qulay   vosita   va
usullarini aniqlab olish kerak bo’ladi. 
    Bundan   davlat   siyosatining   ustuvor   yo’nalishlari,   maqsad   va   vazifalarini
mafkur aviy jihatdan asoslash, ayniqsa, muhimdir.
Zamon   ruhi,   xalq   psixologiyasi,   ehtiyoj   va   talablari   mafkuramizda   har
tomonlama aks etishi, bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik
maqsadlari   bilan   o’zviy   bog’lanishi   zarur.   Ana   shundagina   porloq   kelajakka
intilish   va   qat’iy   ishonch   muqarrar   ravishda   katta   ijtimoiy   yuksalishga   turtki
beradi.   Fan   va   texnika   taraqqiyoti   borasida   erishilgan   yutuqlar   bilan   birga
mafkuramizning   jonli,   ehtirosli   va   jozibador   g’oyasi   insonlar   qalbini   larzaga
keltiradi, ularni faol harakatga undaydi, yaxshi va saodatli kunlarga ishonch hissini
uyg’otadi.
Insoniyat tarixda chuqur iz qoldirgan buyuk davlat arbablari, harbiy sarkada
lar keng ommani ishontirshi yuksak marralar sari rag’batlantirish qobiliyatiga ega
bo’lgan   mohir   notiq   bo’lganlar.   Ular   g’oyaning   ishonchli   va   hayotiy   bo’lishi
uchun,   u   avvalo,   ilmiy-nazariy   asosga   ega   bo’lishi,   hayotiy   dalillarga   tayanishi
lozim   ekanligini   yaxshi   bilganlar.   Mafkuraviy   kurash-jamiyatning   ongli   va   faol
qatlamining   biron   bir   g’oyani   himoya   qilish,   qaror   toptirish   yo’lidagi   kurashi
ekanini   anglab   yetganlar.   Ana   shunday   kishilar   yetakchilik   qiladigan   insonparvar
va demokratik jamiyat g’oyaga qarshi  g’oya bilan, jaholatga qarshi  ma’rifat bilan kurashadi.   Bu   kurash   oxir-oqibatda   ezgulikning   razolat   ustidan,   yaxshilikning
yomonlik ustidan qozonajak g’alabasi bilan intiho topadi.
Mustaqillik   g’oyasining   o’zagi   bo’lgan-tanlagan   taraqqiyot   yo’limizning
to’g’ri   adolatli   va   haqqoniy,   u   mana   shu   zaminda   istiqomat   qiladigan   har   bir
insonning   hayotiy   manfaatlariga   mos   tushishiga   keng   ommani   ishontirish,
kishilarni   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish   yo’lidagi
bunyodkorlik   ishlariga   safarbar   etish   milliy   istiqlol   mafkurasining   asosiy
maqsadlaridan biridir.
Odamlarga   mustaqillik   yillarida   erishilgan   yutuqlarni   hayotiy   faktlar   orqali
sodda va lo’nda qilib tushuntirish, istibdod asoratlarini tarixiy dalillar asosida fosh
etish   milliy   istiqlol   g’oyasini   kishilar   ongiga   singdirishda   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Bu   g’oyaning   asosiy   tushuncha   va   tamoyillarini   xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlar
o’rtasida   keng   targ’ib   etish   birinchi   navbatda   rahbar   qadrlar,   ziyolilar,   ommaviy
axborot   vositalari   xodimlarining   muhim   vazifasi,   fuqarolik   burchidir.   Milliy
istiqlol   g’oyasiga   sadoqat,   kasbiy   mahorat,   keng   ommani   ishontirish   va   safarbar
etish   qobiliyati-kadrlar   tanlash   va   joy-joyiga   qo’yishda   asosiy   mezon   bo’lmog’i
lozim.   Milliy   mafkura   masalalariga   loqaydlik   ayrim   rahbar   kadrlar   o’rtasida
umummilliy,   manfaatlarimizga   butunlay   yot   g’oyalarning,   korrupsiya,   qarindosh-
urug’chilik singari illatlarning kuchayishiga olib keladi.
Mafkuraviy   targ’ibot   ishlarining   muvaffaqiyatini   belgilaydigan   shunday
hayotiy   qonuniyat   bor:   boshqalarni   bir   g’oyaga   ishontirmoq   uchun,   avvalo   unga
o’zing   yurakdan   ishonishing,   boshqalarni   yondirmoq   uchun   o’zing   yonishing,
boshqalarni   g’aflat   uyqusidan   uyg’otmoq   uchun   o’zing   uyg’oq   va   bedor
bo’lishning  shart!  Milliy  g’oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar  ekanligiga bo’lgan
ishonch kundalik hayot sinovlaridan o’tsagina so’z va ish birligiga erishilsagina bu
g’oya   mustahkam   e’tiqodga   aylanadi.   E’tiqod   ustuvor   yerda   chinakam   insoniy
hayot bo’ladi: e’tiqod uchun, ilg’or g’oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson
shaxsi shakllanadi: u bunyodkor kuchga aylanadi.
G’oya asosida kishilarni uyushtirish . Jamiyat faqat o’z shahsiy manfaatini
ko’zlaydigan   odamlar   yig’indisidan   iborat   emas.   Umumiy   manfaatlarni   teran anglash   kishilarning   jamiyat   bo’lib   uyushishlariga,   ijtimoiy   talab   va   normalarni
e’tirof   etib,   ularga   amal   qilishlariga   sabab   bo’ladi.   Bu   ,   ayniqsa,   hozirgi   o’tish
davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat
a’zolarini  umumiy maqsad va manfaatlar  yo’lida birlashtirish mafkuraning asosiy
vazifalaridan biridir.
O’zining   Vatan   deb   atalish   ulug’   bir   oilaga   mansubligini   his   etish   tuyg’usi
o’z-o’zidan   paydo   bo’lmaydi,   balki   muttasil   va   izchil   g’oyaviy   tarbiya   samarasi
o’laroq,   yuzaga   keladi.   Oiladagi   totuvlik,   ahillik,   mehr-shafqat   xislatlari   uzluksiz
ravishda   turli   shakllarda   olib   boriladigan   axloqiy   tarbiyaning   mahsuli   bo’lgani
kabi,   jamiyatning   g’oyat   xilma-xil   qatlamlarini   umumiy   manfaatlar   atrofida
jipslashtirish,   odamlar   o’rtasida   hamjihatlik,   totuvlik,   o’zaro   yordam   xislatlarini
shakllantirish   ham   izchil   mafkuraviy   tarbiya   vositasida   amalga   oshiriladi.   Shu
ma’noda   aytish   mumkinki,   milliy   istiqlol   g’oyasi   kishilar   ongiga   teran   singishi
bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi maslakdoshlarga aylanadilar.
G’ oyani   amalga   oshirish   uchun   safarbar   etish.   Mafkuraning
bunyodkorlik  funksiyalaridan  biri   ilg’or   g’oyani  amalga   oshirish   uchun  kishilarni
safarbar etishdir.
Mafkurada   ifoda   etilgan   g’oya   va   maqsad   jamiyatdagi   ko’plab   partiyalar,
ijtimoiy   harakat   va   tashkilotlarning   faoliyat   dasturiga   asos   bo’ladi,   ijtimoiy
rivojlanishga kuchli turtki beradi.
U   jamiyatda   ro’y   beradigan   tub   o’zgarishlarga   zamin   yaratadi,   unga   keng   xalq
ommasini   ma’naviy-ruhiy   jihatdan   tayyorlaydi,   so’ngra   bunyodkorlik   ishlariga
safarbar etadi.
Jahon   tarixida   bunga   misollar   juda   ko’p.   Bunyodkor   mafkuraning   safarbar
etuvchi   roli   tub   ijtimoiy-iqtisodiy   yuksalishlarda   jamiyat   hayotidagi   ma’naviy
o’zgarishlarda   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Buni   xalqlarning   chet   el   bosqichlariga
qarshi   kurashida,   turli   bunyodkorlik   ishlarida,   chunonchi   hashar   yo’li   bilan   suv
inshootlari, ko’priklar, yo’llar, shahar va qishloqlar qurishdagi umumiy safarbarlik
ishlarida ko’rish mumkin. Mafkura   ijtimoiy   ongning   tarkibiy   qismi   sifatidan   ijtimoiy   o’zgarishlarga
faol   munosabatda   bo’ladi,   ularni   yo   ma’qullab   qo’llab-quvvatlaydi,   yoki   inkor
etadi. Binobarin, mafkura o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy o’zgarishlarga befarq bo’la
olmaydi.
Jamiyatdagi turli sosial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-
ijtimoiy   jarayonlarga   o’z   munosabatlarini   belgilaydilar.   Biroq   mafkuraning
safarbar etuvchilik xususiyati sosial o’zgarishlar jarayonida doim ham ko’zga aniq
tashlanavermaydi,   balki,   tub   ijtimoiy   o’zgarishlar   davrida   yaqqolroq   namoyon
bo’ladi.   Masalan,   mamlakat   mustaqilligi   va   yaxlitligiga   tahdid   soladigan
mafkuraviy   xavf-xatarlar   kuchaygan   paytlarda   kishilarni   Vatan   istiqloli,   ravnaqi
yo’lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o’ynaydi.
Siyosiy   kurashlar   davrida   aholining   juda   oz   qismini   va   tor   doiradagi
manfaatlarni   ko’zlovchi,   buzg’unchilikni   maqsad   qilib   olgan   mafkuralar   ham
dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo’lgan guruhlar bilan aholining
asosiy   qismini   tashkil   etuvchi   guruh   va   sinflar   o’rtasida   mafkuraviy   masalalarda
turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: «Xalq-o’zining
ming yillik an’ana va tajribalari, so’nmas xotirasi va buyuk tuyg’ulari bilan yashab
kelayotgan   qudratli   kuch   Yolg’onga,   aldovga   duch   kelgan   paytda   uning   asriy
qadriyatlari,   doimo   uyg’oq   vijdoni   tilga   kiradi,   nohaqlikka,   qabihlikka   qarshi
kurashga da’vat etadi».
Mafkuraning   safarbar   etuvchilik   funksiyasi,   ayniqsa,   mafkuraviy   kurashlar
jarayonida   to’laroq   namoyon  bo’ladi.   Zero,  mafkuraviy  ziddiyatlar   keskinlashgan
davrda   maqsadga   erishishning   qo’pol   vositalari,   xususan   bosqinchilik,   terror,
qo’poruvchilik,   inqilobiy   usullar   ishga   solinishi   mumkin.   Bu   –mafkuraviy
kurashning   o’ta   qo’pol   va   g’ayriinsoniy   usullari   bo’lib   ularga,   qarshi   turishda
sobiqadamlik, bardosh, sabot va faolik talab qilinadi.
Bu   jarayonda   bunyodkorlik   g’oyalari   bilan   qurollangan   keng   xalq
ommasining   ideallari,   manfaatlarini   o’zida   mujassamlashtiruvchi   mafkuragina
insonparvarlik,   taraqqiyparvarlik   tamoyillari   asosida   mamlakat,   xalq   taqdirida
ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi, kishilarni ezgu ishlarga da’vat etadi. Kishilarni   ma’naviy-ruhiy   jahatdan   qo’llab-quvvatlash .   Mafkura   milliy
taraqqiyotning eng og’ir murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan
yangisiga o’tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy –ruhiy jihatdan qo’llab-
quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qiladi. Ana
shu   sababdan   ham   chinakam   milliy   mafkura   bo’lgan   istiqlol   g’oyasi   istiqbolga
umid   bilanqarashga   da’vat   etadi.   Unda   xalq   fantaziyasi,   orzu-umidlarining   qay
darajada   aks   etishi   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki,   to’q,   farovon   va   baxtli
hayot   qurish,   ijtimoiy   adolatni   qaror   toptirish,   millatlararo   totuvlik,   tinchlik,
do’stlik   yer   yuzasidan   barcha   xalqlarning   azaliy   orzusidir.   Demak,   milliy   istiqlol
mafkurasining   hayotiyligi,   ta’sirchanligi   xalq   orzu-umidlarini   nechog’li   to’la   va
yorqin   aks   ettirishi,   ularni   ro’yobga   chiqarishning   yo’llari   va   vositalarini   qay
darajada to’g’ri belgilashga bog’liqdir.
Zero,   jamiyat   a’zolari   milliy   istiqlol   mafkurasida   o’z   hayotiy   manfaatlari,
orzu-umidlari   ifodasini   ko’rsagina   odamlarni   ruhan   bardam,   uyg’oq   va   faol   qila
oladigan kuchga aylanadi.
G’ oyaviy tarbiyalash . Jamiyatdagi mavjud g’oyalarga faol munosabat, faol
hayotiy pozisiyani  tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. g’oyaviy
tarbiya   axloqiy,   siyosiy,   huquqiy   tarbiyaning   asosini   tashkil   etadi.   Har   qanday
axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g’oyani himoya qilish, targ’ib etish va
rivojlantirishga   qaratilgan   bo’ladi.   Xususan,   yovuzlik,   behayolik,   shafqatsizlikni
targ’ib etish orqali yoshlarni axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan badiiy filmlarda
jamiyat   barqarorligiga   raxna   solishdan   iborat   mafkuraviy   maqsad   yashiringandir.
«Ongi   shakllanib   ulgurmagan   aksariyat   yosh   tomoshabinlar   bunday   filmlardan
ko’pincha   turli   yovuzlik,   yirtqichlik,   shafqatsizliklarni   o’rganadi,   xolos.   Natijada
ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag’irlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar
joy   olganini   o’zi   ham   sezmay   qoladi.   Hatto   shunday   tomosha   va   filmlarning
qahramonlariga   ko’r-ko’rona   taqlid   qilishni   talqinlar   ta’sirida   qo’l   urayotgan   ishi
qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi».
Binobarin   g’oyalar   oshkora   yoki   yashirin,   bevosita   yoki   bilvosita,
to’g’ridan-to’g’ri   yoki   ramziy   shakllarda   targ’ib   etilishi   mumkin.   Inson   faoliyati aniq   bir   g’oyaviy   maqsadga   yo’naltirilgan   bo’lib,   bu   niyat   ko’pincha   ko’zga
tashlanmaydi, g’oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda hushyorlik, sezgirlik
hissini   shakllantirish,   yot   va   zararli   g’oyalarga   qarshilik   ko’rsatish   qobiliyatini
shakllantirishdan iboratdir.
6.G’oyaviy   immunitetni   shakllantirish .   G’ oyaviy   tarbiya   jarayonida
kishilarda   yot   va   zararli   g’oyalarga   qarshi   kurashish   uchun   mafkuraviy
immunitetni   shakllantirishga   alohida   e’tibor   beriladi.   Bu   uzoq   davom   etadigan
jarayondir.
Mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   kishilar   ongiga   bir   xil   g’oyani   zo’r
berib   tiqishtirish   emas,   balki   odamlarda   oq-qorani   ajratish,   zararli   g’oyalarga
qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyalarini tarbiyalash demakdir.
Manfaatlar bor yerda muqarrar ravishda g’arazli, nopok g’oyaviy niyatlarni
amalga   oshirish   uchun   intilishlar   ham   bo’ladi.   Yoshlarda   rol   o’ynaydi.   g’oyaviy
immunitetni   shakllantirish   -g’oyaviy-tarbiyaviy   ish   samaradorligining   muhim
mezoni hisoblanadi.
Harakat dasturi ekanligi . Mafkura jamiyatda ijtimoiy- siyosiy harakatning
o’ziga xos dasturilamali bo’lib xizmat qiladi. Chunki u bugungi kun muammolarini
hal   etish   uchun   odamlarni   jipslashtirish   va   safarbar   etish   zaruriyatidan   vujudga
kelsa-da, ayni vaqtda uzoq istiqbolni ko’zlaydi. Tarixiy davr o’zgarishi bilan milliy
mafkurani   yanada   takomillashtirish   yangi   mazmun   bilan   boyitish   zaruriyati
vujudga keladi.
Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sosial qatlamlar va guruhlarning umumiy
harakat   dasturi,   ularni   faollikka   da’vat   etuvchi   vosita   hisoblanadi.   Mafkuraviy
maqsad-g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir.
Milliy   istiqlol   g’oyasini   fuqarolar   ongini   singdirishning   quyidagi
shakllari hozirgi paytda yaxshi natija bermoqda. 
 Oila,   mahalla,   ta’lim-tarbiya   muassasalarida   talaba   yoshlarni,   fuqarrlarni
Duneqarashini   rivojlantirishga,   ongliligini   oshirishga,   Vatan   ravnaqi   uchun
kerak bo’lgan sifatlarni kamol toptirishga yo’naltirish.   Fan   va   ilmiy   muassasalar   hamda   ularda   yaratilayotgan   darslik,   o’quv
qo’llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko’rsatmalar orqali;
 Madaniy   ma’rifiy   muassasalar   tomonidan   olib   borilayotgan   ommaviy
tadbirlar;
 Adabiyot   va   san’at   asarlari   orqali   hamda   ularning   teatrlashtirilgan
ko’rinishlari, shuningdek, hujjatli filmlar;
 Hadis ilmida komillikka intilish g’oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini
miosllari;
 Sport musobaqalarini tashkil etish orqali;
 Ommaviy axborot vositalaridagi eshittirishlar;
 Nodavlat   tashkilotlarining   ma’rifiy     faoliyati,   ma’rifiy   ko’rsatuv   va
boshqalar. 
Milliy istiqlol g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish vositalarini quyidagicha
ifodalash mumkin:
 Ta’lim   dargohidagi   yoshlarga   ularning   yoshiga   qarab,   milliy   istiqlol
g’oyasini singdirish o’quv dasturini yaratish;
 Milliy istiqlol  g’oyasini  teran aks ettiruvchi o’quv dasturlari, darslik,
ko’rgazmali qurollar;
 Bugungi taraqqiyotni olijanob umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot,
kino, musiqa, san’at asarlari, muzey, me’moriy obidalar;
 g’oyaviy   ta’lim   tarbiyada   informasion   texnikalar   (EHM,   masofaviy
ta’lim, Internet kabilar);
 ilmiy ko’rgazmalilik;
 Milliy   istiqlol   g’oyasi   mAqsad   va   vazifalari   asosidagi   bahs.
munozara, davra suhbati, saxna ko’rinishlari  tashkil etish;
 OAV yordamida axborotlar oqimini muntazam ravishda kuzatib, tahlil
qilib   bori   shva   kerakli   joylarda     ularning   jamiyatimiz   taraqqiyotiga   ta’siri
haqida  chiqishlar qilish.
“Mafkuraviy   tarbiya”   tushunchasi,   uning   mazmuni   va   namoyon   bo’lish
xususiyatlari.   Mafkuraviy   tarbiyaning   yo’nalishlari   va   ijtimoiy   funksiyalari. Ta’lim-tarbiya   tizimida   milliy   g’oyani   rivojlantirish   imkoniyatlari.   Ijtimoiy
institutlarning   an’anaviy,   individual   jamoaviy   mafkuraviy   funksiyalari:   Milliy
g’oyani   rivojlantirishda   ommaviy   va   siyosiy   tashkilotlarning,   oila,   mahalla,
nodavlat-notijorat   tashkilotlarning   rolini   oshirishning   ahamiyati.   Milliy   g’oya
va mafkurani targ’ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli  va mas’uliyati.  Asosiy adabiyotlar
1. Yaxshilikov   J.Ya.,   Muhammadiyev   N.E.   Milliy   g’oya   va   mafkura.   T.,
“Fan”, 2015 yil. 
2. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   tarixi   va   nazariyasi.   T.,   “Sano-standart”,
2016 yil.
3. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   turkumidagi   fanlarni   o’qitish   jara’yonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash.   arixi   va   nazariyasi.   T.,
“Kamalak”, 2016 yil.
4. To’rayev   SHavkat.   Jamiyat   taraqqiyoti   va   milliy   g’oya.   T.,   Akademiya,
2008 
5.  Nazarov Q iyomiddin .  Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
Oliy  ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma. –T.:“Yangi asr avlodi”, 2001 yil.
6. Nazarov   Q iyomiddin .   Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.
(o‘quv  qo‘llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil. 
7. Nazarov   Qiyomiddin.   Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va
tamoyillar.  (o’quv  qo’llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil.
8.        Milliy istiqlol g’oyasi (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy   ta’lim  
bakalavriat   bosqichi   uchun   darslik)   Ershashev   I   tahriri   ostida..   –   T.:
Akademiya, 2005 yil.

Milliy g’oyani rivojlantirishning institusional tizimi REJA: 1. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo’lish xususiyatlari. 2. " Mafkuraviy tarbiyaning yo’nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. . 3. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g’oyani rivojlantirish imkoniyatlari. 4. Milliy g’oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning ahamiyati.

Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi- jamiyatning har bir a’zosi va ular timsoli da har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning harbir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, unnig tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi va kelgusidagimanfaatlarini ifodalovchi eng sog’lom g’oyalar va fikrlartarzidao’z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xussuiyatlaridan biridir. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o’z manfaat va maqsad intilishlarini ifoda etuvchi g’oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o’z g’oyalar ta’siriga tortishga, o’z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. G’oyalar adolatli va haqqoniy bo’lib, ko’pchilikning talabehtiyojlariga mos kelsa,bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol vafidoiybo’lsa, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat,xalq xali o’z manfaatlarini anglabetmagan, o’z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbarbo’lmagan hollardabegona vazararlig’oyalar ta’siriga tushishehtimoli ortib boradi. Buesag’oyaviy tarbiyani yo’lga qo’yish, sog’lom mafkura tamoyillariniaholi qalbivaongiga muttasil singdirishnidolzarb vazifaga aylantiradi. O’zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagiasriy orzu istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, va ayniqsa, yoshlar ongigasingdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgachayoshdagibolalar muassasalari,

maktablar, lisey,kollejlar, oliy o’quv yurtlari, ommaviy axborpot vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo’g’indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishvazifasi, asosan ta’lim tizimi orqaliamalga oshiriladi. Mafkuraviy tizim – mafkuraviy ishlarniboshqarish,jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus vaoliy o’quv yurtlari, mehnatjamoalari, mahalla kengashlari,jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushmalartarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlatirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo’naltirish omilari ( ish vaqti va ishdan keyingibo’sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot,radio, tv., kino, musiqa va h.k.), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) vausullarinnig ( alohida,jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.Shuningdek, mafkuraviytizim mafkuraviy ta’sir yo’nalishlari (aqliy, axloqiy, huquqiy)va uning asosiy sohalari (mehnat, jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy vah.k.) ham o’ziga qamrab oladi.Mafkuraviy tizim bir butun yaxlit uyushmabo’lib, doimiy o’zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligiga mafkuraviy ta’sir jarayonining uzluksizligi, tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog’liq. Mafkuraviy ishlar ta’sirchanligi, hozirjavobligini oshirishdaaholi turli tabaqalarining o’ziga xos milliy, psixologik, regional, kasb kor, yoshlik xususiyatlarini inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy ta’sir - Mafkuraviyjarayonninng eng muhim strukturaviy komponentlaridan biridir. Mafkuraviy ta’sir ikki asosiy – to’g’ri,bevosita va o’zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita shakllar yordamida amalga oshiriladi.Mafkuraviy ta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir obyekti va subyektiga bog’liqbo’ladi. Chunonchi, mafkuraviy ta’sir samaradorligimafkraviy ta’sir o’tkazilishilozimbo’lgan kishilarning (obyekt) ma’lumot darajasi, madaniy saviyasiga bog’liq bo’lsa, o’z navbatida mafkuraviy ta’sir o’tkazayotgan idoralar, tarbiyaviy muassasalar, targ’ibot va

tashviqotchilar(subyekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va shakliga, mafkura xodimlarining professional mahoratiga bog’liqbo’ladi.Mafkuraviy ta’sir o’tkazilishilozimbo’lgan kishilarningma’lumot darajasi, madaniy, axloqiy,huquqiy, siyosiy saviyasi qanchabaland bo’lsa, mafkuraviy ta’sir samaradorligi shunchayuqoribo’ladi. O’z navbatida, mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning obyekti bilan subyekti orasidagi o’zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligigabog’liq. Bunday o’zaro aloqadorlik mexanizmining mazmunida bir- biriga o’rgatish, bir- biridan o’rganish, bir- biriga utoz, bir- biriga shogird prinsipi yotmog’i darkor. Bunday holatdahar bir kishiMafkuraviy ta’sir dorirasiga tushadi va o’sha ta’sir asosida faoliyat ko’rsataboshlaydi. Insonga g’oyaviy ta’sir ko’rsatish omillari : (vaqt omili, ish vaqti, bo’sh vaqt) G’oyaviy ta’sir yo’nalishlari : aqliy, axloqiy,mehnat, estetik,jismoniy G’oyaviy ta’sir shakllari : individual, jamoaviy, ommaviy G’oyaviy ta’sir uslublari : tushuntirish, ishontirish. Milliy g’oyani amalga oshiruvchi subyektlar: oila, mahalla, jamiyat, OAV, Armiya , demokratik harakatlar. Mafkuraviy jarayonlarni muvofiqlashtirish: G’oyaviy ta’sir; ma’naviy,ma’rifiy, g’oyaviy tarbiya; Sosial institutlarning mafkuraviy tarbiya subyektlari: Mafkkuraviy ta’sir tamoyillari; uzluksizlik, tizimlilik, kompleks yondoshuv, ta’sirchanlik, hozirjavoblik, konkretlik. Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, uzviy ta’lim maktablari, o’rta maxsus va OO’Yulari, mehnatjamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushm alar. Milliy g’oyani amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: Maktabgacha ta’lim, umummiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi, Oliy ta’lim, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.

Tarbiya nima? Agar «tarbiya» tushunchasining tub ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu - insonning o’zi va o’z xulqi haqidagi tasavvurining to’g’ri va xolis bo’lishini ta’minlovchi murakkab jarayondir. Ya’ni, tarbiyalangan odam tarbiyasiz odamdan shunisi bilan farq qiladiki, birinchisi u o’zining kim ekanini anglaydi, o’zini afsuski, o’z amallari nafaqat o’zgalarga, xattoki, o’ziga ham ziyon, befoyda, bema’ni ekanini bilmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiyaning bosh mezoni tarbiyalanuvchida o’zi va o’z fazilatlari haqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Har bir davrning o’ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo’ladi. Q adim zamonlardan tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va shu kabi) jarayonida, turli urf-odatlar, marosimlar o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismonan baquvvat bo’lishga qaratilgan. Psixolog D. Elkonin bolalar o’yini tarixini tahlil qalib, taraqqiyotning ma’lum davriga qadar umuman bolalar o’yini kategoriyasining o’zi bo’lmaganini isbot qilgan. Lekin o’sha paytlarda kattalarning bolalarga ta’siri bevosita bo’lib, tarbiya jarayoni hozirgidan farqli sharoitlarda kechgan. Mehnat faoliyatining ko’pqirrali bo’lgani va murakkablashib borishi bois kattalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar tufayli o’ziga xos bolalar jamiyati paydo bo’lgan va bu jamiyat a’zolari kattalar tajribasini o’zlashtirishning turli-tuman yo’llarini topib, o’z hayoti va faoliyatini takomillashtirib borgan. Bu birinchi navbatda kasb-hunar turlarning ko’payishi va takomillashib borishi bilan ham bog’liq bo’lgan. G’ oyaviy tarbiyaning mohiyati . Shaxs tarbiyasining muhim yo’nalishi – bu g’oyaviy tarbiyadir. Bu – inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o’z maqsad va mohiyatiga ko’ra g’oyaviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog’chasinimi, mahalla, maktab, kollej, lisey, universitet yoki akademiyani olamizmi hammasida beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari talaba yoki