MS – DOSni konfiguratsiyalash asoslari.
Mavzu: MS – DOSni konfiguratsiyalash asoslari. Reja: 1. MS DOS tarixi va rivojlanishi. 2. MS DOS operatsion sistemani sozlash. 3. MS DOS operatsion sistemaning buyruqlari. Sistema bilan ishlash uchun kerak bo’ladigan buyruqlar. 4. MS DOS operatsion sistemaning buyruqlari. Fayil va katalog bilan ishlash uchun kerak bo’ladigan buyruqlar. 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Operatsion tizimlar dasturlarni ishga tushirish, ma'lumotlar bilan ishlash hamda kompyuter resurslarga murojaat qilish umumiy qoidalar va prinsiplarini aniqlovchi dasturlar. Birinchi operatsion tizim dasturi 50-yillar o'rtasida IBM-704 nomli kompyuter uchun General Motors va North America Avia tion firmalari tomonidan yaratilgan edi. Ushbu dasturning nomi GM-NAA 1/0 di. 1970-1980-yillarda keng tarqalgan va univer sal operatsion tizim bo'lib BELL LABS kompaniyasi tomonidan yaratilgan UNIX nomli operatsion tizim hammaga tanilgan edi. Hozirgi vaqtda esa ushbu dasturni asosan server va ishchi stansi yalarda qo'llashadi. 1970- yillarda shu bilan birga Intel-8080 mik roprotsessori asosida ishlagan 8 razryadli personal kompyuterlar uchun asosiy operatsion tizim bo'lib - Digital Research firma tomonidan yaratilgan CP/M-80 dastur bo'lgan. Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WIN DOWS, MACINTOSH, LINUX va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi programmalar mavjud. Ular programma utilitlari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi programmalardir. Amaliy programmalar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to'plamini yechish uchun qaratilgan bo'lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo'ljallangan. Bunday pro grammalar majmui amaliy programmalar paketi (APP) deb ata ladi. Programmalar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo'ladi. Ammo operatsion tizimlar va u bilan bog'liq program malar ancha katta hajmga ega bo'lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda. Ba'zi bir sistemali programmalar, masalan, kiritish-chiqarish ning asosiy sistema programmalari (ular BIOS (Basa Input Output System)) deb ataladi va to'g'ridan to'g'ri kornpyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo'ladi. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlarini yaratilish tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan hirinchi operatsion tizirn SR/M-
80 (Control Programm for Mic rocomputers, ya'ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi prog rammalar) norni bilan tanilgan. Uning rnuallifi Digital Research kornpaniyasining prezidenti Geri Kildell bo'lgan. 16 razryadli yangi kornpyuterlar yaratish g'oyasini programma yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo'ladi. Bill Geyts va Pol Allen BASIC programmalash tili uchun programma yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so'ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion tizimlar yaratish jadallashdi va 1981yilda shaxsiy kornpyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion ko'p g'oyalarini o'zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft disk Ii operatsion tizimi 1981-yil avgust oyida paydo bo'ldi. MS DOS 64 Kbayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga mo'ljallangan bo'lib, o'zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O'sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi oxirgi paytda bir <<o'yinchoqqa>> aylandi. Chunki hozirgi shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gegabayt larga tenglashdi. Turli mualliflar MS DOSni rivojlantirishni davom ettirib, MS DOS 1.1; MS DOS 1.25; MS DOS 2.0; MS DOS • versiyalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984-yilda MS DOS • IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga moslangan, 5.25 duymli diskovodda ishlashga, mo'Ijallangan operatsion sistema yaratildi. 1986-yilda Compaq Computer fir- 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi. • IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 ( l'nsonal system - Shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy bir ne cha Gegabayt xotiraga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640 Kbayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987-yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya'ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987-yili
IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar ye chishga qodir bo'lgan OS/2 operatsion tizimi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o'sha paytda MS DOS 3.3 ning im koniyatlari ko'pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux operatsion tizimlaridan keng foydalangan bo'lsakda, MS DOS o'z kuchini yo'qotdi deya olmaymiz. MS DOS, LINUX operatsion tizimlari turli klavishlar va ko mandalar bilan ishlashga mo']jallangan bo'lishiga qaramay, foy dalanuvchilar uchun qulay, amallarni tez bajaradi. MS DOS (MicroSoft Disk Operation System) 1981-yilda Microsoft firmasida IBM firmasining birinchi personal kompyuteri IBM PC uchun yaratilgan. Disk Operatsion Sistema (DOS) bizga fayl, katalog va disklar bilan ishlash va ular ustidan har xii amallarni bajarish uchun yordam beradi. Bu dastursiz kompyuter bilan ishlay olmaysiz. Shuning uchun har bitta yangi kompyuterga firmalar har xii operatsion sistemalarni yozib qo'yishadi. DOS ning asosiy qismlari quyidagilar: Disk sistemaning asosiy fayllari (IO.SYS va MSDOS.SYS). Bu fayllar MS DOSning asosiy qismini kompyuterning tezkor xotirasiga yuklatadi. Bu fayllar asosiy (yuklanish) katalogida joylanishi shart. Buyruqlar protsessori fayli (COMMAND.COM) klaviaturadan berilgan buyruqlarni bajaradi. Agar buyruq ichki (command.com fayl ro'yxatidagi buyruq) bo'lsa u holda uni bajaradi, agar buyruq tashqi (command.com fayl ro'yxatida yo'q buyruq) bo'lsa u holda shu nomli programmani diskda topib uni xotiraga yuklaydi. COMMAND.COM fayli asosiy katalogda joylanishi shart. DOS yuklovchisi (IPL). Bu dasturning asosiy vazifasi DOS ning asosiy fayli IO.SYS ni xotiraga yuklash. Bu dastur diskning birinchi sektorida joylashadi. DOSning konfiguratsiyasini va yuklanish tartibini aniqlovchi fayillar (CONFIG.SYS va AUTOEXEC.BAT). Bu matn fayllar ichida kompyuter konfiguratsiyasini aniqlovchi maxsus buyruqlar, drayverlarni yuklashga buyruqlar, DOS yuklanganda ishga tushadigan dasturlar ro'yxati va har xil DOS ishini va
ko'rinishini sozlovchi buyruqlar yoziladi. Bu fayllar diskning asosiy katalogida joylashadi. Agar bu fayllar bu katalogda bo'lmasa, u holda DOS minimal (standart) holatda yuklanadi. Kiritish va chiqarish sistemasi (BIOS). BIOS tarkibiga kompyuter va uning qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion sistemani yuklanishini tashkil qiluvchi dasturlar hamda monitor, klaviatura, disk va printerning kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi dasturlar kiradi. Tashqi buyruqlar fayllari (format.com, smartdrv.exe, emm386.va hokazo) bu maxsus yordamchi dasturlar. Ular alohida lavllarda tarqaladi va DOSning imkoniyatlarini kuchaytiradi. Bu layllar alohida bitta katalogga yozilishi shart. Qurilmalar drayverlar fayllari. Bu dasturlar turi bilan biz oldin ishlatganmiz. Bu dasturlar operatsion tizimaga tashqi va ichki qurilmalar bilan ishlashda qulayliklarni varatadi. Drayverlar DOS ning CONFIG.SYS faylida ko'rsatilib, kompyuterning tezkor xotirasiga yuklanish vaqtida yoziladi. Kompyuterni ishga tushirilishi tartibi: 1) BIOS kompyuterni va uning qurilmalarini tekshirib chiqadi, 2) diskning birinchi sektorda joylashgan DOS yuklovchisi 3) asosiy katalogda IO.SYS va MSDOS.SYS fayllarni topib, faylning boshini xotiraga yuklaydi va ish jarayonini shu fayilga topshiradi. 4) IO.SYS fayli o'zini va MSDOS.SYS faylni kompyuter xotirasiga yuklaydi shu vaqt sizning ekraningizda STARTING MS I H >S dcgan yozuv paydo bo'ladi 5) asosiy katalogdan DOSning konfiguratsiyasini aniqlovchi CON FIG.SYS o'qiladi; diskdan buyruqlar protsessorning COMMAND.COM fayli yuklanadi; 6) asosiy diskdan yuklanish tartibini aniqlovchi fayl AUTO EXEC.BAT bjariladi va shundan keyin kompyuter sizga ekranga DOS taklifnomasini (S:\_ ) chiqaradi. U bizga qayerda biz joylashganligimizni va kompyuterning ishlashga tayyorligini ko'rsatadi.