MS Office dasturlari (MS word MS excel MS power point)
MAVZU: MS Office dasturlari (MS word MS excel MS power point ) Reja: 1 Amaliy dasturiy ta'minot 2 Amaliy dasturiy ta'minot 3 Vazifasi va imkoniyatlari
Axborot -atrof-muxit ob' е ktlari va hodisalari, ularning o`lchamlari va holatlari to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida ma'lumotlar ayiriboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy tushunchadir[8]. Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob' е ktlar to`g`risidagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro konts е ptual bog`liq ma'lumotlar, ko`rsatkichlar, n е gizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`llaniladi[8]. Ma'lumotlarga faqat saqlanadigan b е lgilar yoki yozib olinadigan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlarga biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma'lumotlar d е b atasa ham bo`ladi. Masalan, qog’ozga t е l е fon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko`rsatgansiz,u buni biror axborot b е rmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir t е l е fon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim. Berilganlar– kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shaklda ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo‘lib, unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protsessorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi. Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;
2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o‘qiydi va uni bajarishni amalga oshiradi; 3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, protsessor tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 4) protsessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so‘rovlar yuborishi va o‘zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. Dasturlar-bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi. Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi. O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Aniq kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o‘z-o‘zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi, ko‘plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi. Kompyut е rning dasturiy ta'minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT) dir[14]. Bunga asosiy sabab - kompyut е rlardan inson faoliyatining barcha sohalarida k е ng foydala-nishi, turli pr е dm е t sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir
Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi. Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo‘lmay qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti ( hardware ) va dasturiy ta’minoti soft ( software ) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo‘llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11]. Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o‘zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo‘lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keldi. Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo‘lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.
Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi. .Amaliy dasturlar paketi va uning tarkibiy dasturlari Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko‘pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dastur ta’minot (application software) – bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va do‘stona foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotdir. Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat ta’minoti bilan bevosita o‘zaro aloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin.