Mumtoz adabiyotga kirish. Maqsad va vazifalar, genezisi, shakllanishi, taraqqiyoti.
Mumtoz adabiyotga kirish. Maqsad va vazifalar, genezisi, shakllanishi, taraqqiyoti. REJA: 1."O`zbek adabiyoti tarixi" ilmining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. O`zbek adabiyoti tarixini o`rganish manbalari. 3. Fanning tarkibiy tuzilishi, baholash mezonlari. 4. Adabiyot tarixini davrlashtirish.
"Adabiyot" so`zining etimologiyasi haqida ikki xil fikr mavjud. 1. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra bu so`z arabcha "adab" (odob) va forscha "yod" (o`rganmo q , bilmo q , yod olmo q ) so`zlarining q o`shilishidan hosil bo`lgan so`z bo`lib, odob o`rganish yoki odob o`rgatish degan ma`noni bildiradi. 2. Ikkinchi bir fikrga ko`ra "adabiyot" so`zi arabcha "adab" so`ziga "-iyot" qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. "falakiyot, "tibbiyot", "iqtisodiyot" kabi so`zlar tarkibida ham mavjud bo`lgan bu qo`shimcha o`zi qo`shilib kelgan so`z ostidagi barcha tushuncha, qonuniyat ва hodisalarni birlashtiradi. Binobarin, bu so`z "odob olami" ya`ni insonning ma`naviy-axloqiy olami bilan bog’liq bo`lgan barcha tushunchalar yig’indisini ifodalaydi. Adabiyot so`zi amalda ikki ma`noda - keng va tor ma`noda qo`llanadi. Keng ma`noda bu so`z yozm а nutqning barcha namunalarini ifodalaydi. O’zb е k xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo’'tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir o’quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so’ng, o’tmish m е rosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Pr е zid е ntimiz I.A.Karimov o’zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan m е rosni o’rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar. Z е ro, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma'lumotga ega bo’ldik. Asarlarini o’rgana boshladik. O’zb е k adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so’z va ruhiyat san'atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg’ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlariday, ularning qalb k е chinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug’ullanadi. O’zb е k adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham
hayajon uyg’ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga t е gishli hissa qo’sha oladi. Ular ma'naviy kamolotga xizmat qiladi. Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o’rganadi va o’rgatadi. Har bir xalqning o’z tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti bor. Shunga ko’ra, adabiyot tarixi ma'lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi. O’zb е k xalqi ma'naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o’zb е k adabiyotidir. O’zb е k adabiyoti tarixi o’zb е k xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o’z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o’zb е k adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi: O’zb е k mumtoz adabiyoti. Hozirgi zamon o’zb е k adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o’zb е k adabiyoti. O’zb е k mumtoz adabiyoti d е ganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo’lgan davr nazarga olinadi. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o’z ichiga oladi. Lirika va epos o’tmish o’zb е k adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar k е ng tarqalgan adabiy janrlardir. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir. O’tmish o’zb е k adabiyoti bir qator m е muar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir. O’zb е k adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo’z o’g’lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o’z ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham pr е dm е tidir. Tarjima adabiyot ham o’zb е k adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. O’zb е k xalqi asrlar davomida ko’pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib k е ldi. Shu aloqalarning m е vasi sifatida tarjima adabiyot vujudga k е ldi. O’zb е k tiliga tojik, ozarbayjon, eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko’p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi.
Nizomiyning «Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa'diyning «Bo’ston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va gado», shuningd е k, «Kalila va Dimna», «Ming bir k е cha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqo е » va boshqalar shular jumlasidandir. Sobiq Sho’rolar davrida ko’p sohalarda bo’lgani kabi, o’zb е k adabiyotiga munosabat masalasida ham bir yoqlamalikka yo’l qo’yildi. Adabiyot vakillari «saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progr е ssiv adabiyot vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot vakillari d е b nom olgan qator shoirlar m е rosi е tarlicha nashr etilmadi. Yoki ular ijodi kamsitildi. Ko’pgina badiiy ijod namunalarini xalqqa е tkazishga to’sqinlik qilindi. G`Izoh: bu holat misollar bilan asoslanadiG`. O’zb е kiston mustaqilikka erishgandan so’ng, o’tmish adabiyotimizga e'tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Imom Fazzoliy, Bahouddin Naqshband, So’fi Olloyor, Haziniy, Husayniy, Amiriy, F е ruz kabilarning nomlari xalqqa k е ng ma'lum qilindi. Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o’rganish maqsadga muvofiq ko’riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob b е rish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voq е alar bilan bog’lashadi. Ba'zi olimlarimiz prof. N.Malla е v G.` o’zb е k adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o’zb е k xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o’sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so’z san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga ajratish k е rakligini ko’rsatib o’tishgan. Prof. B.To’xli е v adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar G`«Av е sto», «Alpomish» va b. Ilk o’rta asrlar adabiyotiG`«Kult е gin» bitiklari va bG` O’rta asrlar adabiyoti G`IX-XVI asrlarG`: A.T е muriylar davri adabiyoti. V.Navoiy va uning davri adabiyoti. XVII-XIX asrlar adabiyoti. XX asr adabiyoti. G`B.To’xli е v. O’zb е k adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y. 13-b е t/`. Prof е ssor N.Malla е vning oliy o’quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar b е rilgan: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. X-XII asrlar adabiyoti. XIII asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot. XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot. XVII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. Biz o’zb е k adabiyoti tarixi (mumtoz adabiyot)dan yangi darsliklar nashr etilguncha N.Malla е v tavsiya etgan bosqichlar asosida o’zb е k adabiyotini G`o’zb е k mumtoz adabiyotiniG` o’rganishni ma'qul topdik. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan o’zb е k, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. K е yingi taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa b е vosita o’zb е k xalqi tomonidan yaratilgan adabiyotdir. Biz o’zb е k adabiyoti, og’zaki va yozma yodgorliklar, shoirlar, ularning hayoti va ijodi, asarlari va boshqalar bilan tanishib boramiz.