logo

Muomala texnikasi va strategiyasi.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

39.1845703125 KB
NUTQ VA MUOMALA
Muomala texnikasi va strategiyasi.
REJA:
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari
4. Muloqot va uni o’rganish muammolari
5. Muloqotningpsixologiktizimi 1. Insoniymunosabatlarpsixologiyasi . 
Shaxs   —   ijtimoiy   munosabatlar   mahsuli   deyilishining   eng   asosiy   sababi   —
uning   doimo   insonlar   davrasida,   ular   bilan   o’zaro   ta’sir   doirasida   bo’lishini
anglatadi.   Bu   shaxsning   eng   yetakchi   va   nufuzli   faoliyatlaridan   biri   muloqot
ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-
yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash)
orqali   amalga   oshiriladigan;   biror   professional   faoliyat   jarayonidagi   amaliy   yoki
do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli
(monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy   munosabatlar   shunday   o’zaro   ta’sir   jarayonlariki,   unda   shaxslaro
munosabatlar   shakllanadi   va   namoyon   bo’ladi.   Bunday   jarayon   dastlab   odamlar
o’rtasida   ro’y   beradigan   fikrlar,   his-kechinmalar,   tashvishu   —   quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi
munosabatlar   tajribasi   ortgan   sari   ular   o’rtasida   umumiylik,   o’xshashlik   va
uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan
yoki   «yarimta   jumladan»   ham   fikr   ayon   bo’ladigan   bo’lib   qoladi,   ayrim   xollarda
esa   ana   shunday   muloqotning   tig’izligi   teskari   reaksiyalarni   —   bir-biridan
charchash,   gapiradigan   gapning   qolmasligi   kabi   vaziyatni   keltirib   chiqaradi.
Masalan,   oila   muhiti   va   undagi   munosabatlar   ana   shunday   tig’iz   munosabatlarga
kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim
a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo).
O’zaro   munosabatlarga   kirishayotgan   tomonlar   munosabatdan   ko’zlaydigan
asosiy   maqsadlari   —   o’zaro   til   topishish,   bir-birini   tushunishdir.   Bu   jarayonning
murakkabligi,   kerak   bo’lsa,   «jozibasi»,   betakrorligi   shundaki,   o’zaro   bir   xil   til
topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas.
Agar   ana   shunday   vaziyatni   tasavvur   qiladigan   bo’lsak,   bunday   muloqot   eng
samarasiz,   eng   beta’sir   bo’lgan   bo’lar   edi.   Masalan,   tasavvur   qiling,   uzoq   vaqt
ko’rishmay   qolgan   do’stingizni   ko’rib   qoldingiz.   Siz   undan   xol-ahvol   so’radingiz,
lekin   u   tashabbusni   sizga   berib,   nimaiki   demang,   sizni   ma’qullab,   gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha
odam   bilan   iloji   boricha   rasman   salom   —   alikni   bajo   keltirib   o’tib   ketavergan
bo’lardingiz.   Ya’ni,   muloqot   faoliyati   shunday   shart-sharoitki,   unda   har   bir
shaxsning   individualligi,   betakrorligi,   bilimlar   va   tasavvurlarning   xilma-xilligi
namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har   qanday   faoliyatdan   zerikish,   charchash   mumkin,   faqat   odam   muloqotdan,
ayniqsa,   uning   norasmiy   samimiy,   bevosita   shaklidan   charchamaydi,   yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.
XXI   asr   bo’sag’asida   odamning   eng   tabiiy   bo’lgan   muloqotga   ehtiyoji,   uning
sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi
yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan,   industrial   jamiyatdan   axborotlar   jamiyatiga   o’tib   bormoqdamiz.
Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash,
u   bilan   to’g’ri   munosabatda   bo’lishni   taqozo   etdi.  Axborot   XXI   asrda   eng   nodir
kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi
va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan,   turli   kasb-faoliyat   sohasida   ishlayotgan   odamlar   guruhining
ko’payishi,   ular   o’rtasida   munosabatlar   va   aloqaning   dolzarbligi   axborotlar   tig’iz
sharoitda   oddiygina   muloqotni   emas,   balki   professional,   bilimdonlik   asosidagi
muloqotni   talab   qiladi.   Umuman,   XX1   asrning   korporasiyalar   asri   bo’ladi,   deb
bashorat   qilayotgan   iqtisodchilar   ham   bu   korporasiya   insonlarning   o’zaro   til
topishlariga   qaratilgan   malakalarning   rivojlangan,   mukammal   bo’lishi   haqida
gapirmoqdalar.   Undan   tashqari,   bu   kabi   korporativ   aloqa   ko’p   xollarda   bevosita
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron
pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi.
Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan,   oxirgi   paytlarda   shunday   kasb-xunarlar   soni   ortdiki,   ular
sosionomik   guruh   kasblar   deb   atalib,   ularda   «odam-odam»   dialogi   faoliyatning
samarasini   belgilaydi.   Masalan,   pedagogik   faoliyat,   boshqaruv   tizimi,   turli   xil
xizmatlar   (servis),   marketing   va   boshqalar   shular   jumlasidandir.   Bunday sharoitlarda   odamlarning   ataylab   muloqot   bilimdonligining   oshirilishi   mehnat
mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga
o’rgatish   (sosial   psixologik   trening)   masalalari   bilan   shug’ullanuvchi   fanlarning
ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.
2.   Shaxslararo   muomalaning   shaxs   taraqqiyotidagi   o’rni .   Aslida   har   bir
insonning ijtimoiy tajribasi,  uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari
ham   muloqot   jarayonlarining   mahsulidir.   Jamiyatdan   ajralgan,   muloqotda   bo’lish
imkoniyatidan   mahrum   bo’lgan   odam   o’zida   individ   sifatlarini   saqlab   qolishi
mumkin,   lekin   u   shaxs   bo’lolmaydi.   Shuning   uchun   muloqotning   shaxs
taraqqiyotidagi   ahamiyatini   tasavvur   qilish   uchun   uning   funksiyalarini   taxlil
qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro
bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq
yuz   bilan   kutib   olishdan   boshlanadi.   O’zbek   xalqining   eng   nodir   va   buyuk
xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib
oladi,   ko’rishadi,   so’rashadi,   xol-ahvol   so’raydi.   Shunisi   xarakterliki,   ta’ziyaga
borgan   chog’da   ham   ana   shunday   samimiyatli   qabulni   his   qilamiz.   Bu   kabi
birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy
o’ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi
faqat   odamlar   davrasida   ijtimoiylashadi,   o’ziga   zarur   insoniy   xususiyatlarni
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi,
so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni
ko’rsatganki,   «mauglilar»   biologik   mavjudot   sifatida   rivojlanaveradi,   lekin
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish
qobiliyatlarini   ham   cheklashi   ko’plab   psixologik   eksperimentlarda   o’z   isbotini
topdi.
Muloqotning   yana   bir   muhim   vazifasi   —   u   odamni   u   yoki   bu   faoliyatga
hozirlaydi,   ruhlantiradi.   Odamlar   guruhidan   uzoqlashgan,   ular   nazaridan   qolgan odamning   qo’li   ishga   ham   bormaydi,   borsa   ham   jamiyatga   emas,   balki   faqat
o’zigagina   manfaat   keltiradigan   ishlarni   qilishi   mumkin.   Masalan,   ko’plab
tadqiqotlarda   izolyasiya,   ya’ni   odamni   yolg’izlatib   qo’yishning   uning   ruhiyatiga
ta’siri   o’rganilgan.   Masalan,   uzoq   vaqt   termokamerada   bo’lgan   odamda   idrok,
tafakkur,   xotira,   hissiy   xolatlarning   buzilishi   qayd   etilgan.   Lekin   ataylab   emas,
taqdir   taqozosi   bilan   yolg’izlikka   mahkum   etilgan   odamlarning   maqsadli
faoliyatlar   bilan   o’zlarini   band   etishlari   u   qadar   katta   salbiy   o’zgarishlarga   olib
kelmasligini   ham   olimlar   o’rganishgan.   Lekin   baribir   har   qanday   yolg’izlik   va
muloqotning   yetishmasligi   odamda   muvozanatsizlik,   hissiyotga   beriluvchanlik,
hadiksirash,   havotirlanish,   o’ziga   ishonchsizlik,   qayg’u,   tashvish   hislarini   keltirib
chiqaradi.   Shunisi   qiziqki,   yolg’izlikka   mahkum   bo’lganlar   ma’lum   vaqt   o’tgach
ovoz   chiqarib,   gapira   boshlasharkan.   Bu   avval   biror   ko’rgan   yoki   his   qilayotgan
narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji
paydo   bo’lar   ekan.   Masalan,   bir   M.   Sifr   degan   olim   ilmiy   maqsadlarini   amalga
oshirish   uchun  63   kun  g’or   ichida   yashagan   ekan.   Uning   keyinchalik  yozishicha,
bir   necha   kun   o’tgach,   u   turgan   yerda   bir   o’rgimchakni   ushlab   oladi   va   u   bilan
dialog   boshlanadi.   «Biz,   deb   yozadi   u,   shu   hayotsiz   g’or   ichidagi   tanho   tirik
mavjudotlar edik. Men o’rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun
qayg’ura boshladim.»
Shaxsning   muloqotga   bo’lgan   ehtiyojining   to’la   qondirilishi   uning   ish
faoliyatiga   ham   ta’sir   ko’rsatadi.   Odamlar,   ularning   borligi,   shu   muhitda   o’zaro
gaplashish   imkoniyatining   mavjudligi   fakti   ko’pincha   odamni   ishlash   qobiliyatini
ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon
turib   bajariladigan   operasiyalarda   odamlar   o’z   oldida   turgan   hamkasbiga   qarab
ko’proq,   tezroq   ishlashga   kuch   va   qo’shimcha   iroda   topadi.   To’g’ri,   bu
hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi
bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo’lib qoladi. Shuning
uchun   ham   amerikalik   sosiolog   hamda   psixolog   Jon   Moreno   asrimiz   boshidayoq
ana   shu   omilning   unumdorlikka   bevosita   ta’sirini   o’rganib,   sosiometrik texnologiyani,   ya’ni   so’rovnoma   asosida   bir-birini   yoqtirgan   va   bir-birini   inkor
qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday   qilib,   muloqot   odamlarning   jamiyatda   o’zaro   hamkorlikdagi
faoliyatlarining   ichki   psixologik   mexanizmini   tashkil   etadi.   Qolaversa,   hozirgi
yangi   demokratik   munosabatlar   sharoitida   turli   ishlab   chiqarish   qarorlarini   yakka
tartibda  emas,  balki   kollegial  —  birgalikda chiqarish  ehtiyoji  paydo  bo’lganligini
hisobga   olsak,   odamlarning   muomala   madaniyati   va   muloqat   texnikasi   mehnat
unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.  Odamlar bir-birlari
bilan   muomalaga   kirishar   ekan,   ularning   asosiy   ko’zlagan   maqsadlaridan   biri   —
o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr — g’oyalariga ko’ndirish, harakatga
chorlash,   ustanovkalarni   o’zgartirish   va   yaxshi   taassurot   qoldirishdir.   Psixologik
ta’sir   —   bu   turli   vositalar   yordamida   insonlarning   fikrlari,   hissiyotlari   va   xatti-
harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
1. Verbal   ta’sir   —   bu   so’z   va   nutqimiz   orqali   ko’rsatadigan   ta’sirimizdir.
Bundagi   asosiy   vositalar   so’zlardir.   Ma’lumki,   nutq   —   bu   so’zlashuv,   o’zaro
muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi — so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda
ham,   dialogik   nutqda   ham   odam   o’zidagi   barcha   so’zlar   zahirasidan   foydalanib,
eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni hoxlaydi.
2. Paralingvistik   ta’sir   —   bu   nutqning   atrofidagi   nutqni   bezovchi,   uni
kuchaytiruvchi   yoki   susaytiruvchi   omillar.   Bunga   nutqning   baland   yoki   past
tovushda   ifodalanayotganligi,   artikulyasiya,   tovushlar,   to’xtashlar,   duduqlanish,
yo’tal,   til   bilan   amalga   oshiriladigan   xarakatlar,   nidolar   kiradi.   Shunga   qarab,
masalan,   do’stimiz   bizga   biror   narsani   va’da   berayotgan   bo’lsa,   biz   uning   qay
darajada  samimiyligini   bilib  olamiz.  Kuyib-pishib,   ochiq  yuz  va  dadil  ovoz  bilan
«Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal   ta’sirning   ma’nosi   «nutqsiz»dir.   Bunga   suhbatdoshlarning   fazoda
bir-birlariga   nisbatan   tutgan   o’rinlari,   xolatlari   (yaqin,   uzoq,   intim),   qiliqlari,
mimika,   pantomimika,   qarashlar,   bir-birini   bevosita   xis   qilishlar,   tashqi   qiyofa, undan   chiqayotgan   turli   signallar   (shovqin,   hidlar)   kiradi.   Ularning   barchasi
muloqot   jarayonini   yanada   kuchaytirib,   suhbatdoshlarning   bir-birlarini   yaxshiroq
bilib   olishlariga   yordam   beradi.   Masalan,   agar   uchrashuvning   dastlabki
daqiqalarida   o’rtog’ingiz   sizga   qaramay,   atrofga   alanglab,   «Ko’rganimdan   biram
xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir
ko’rsatmoqchi   bo’lishganda,   dastavval   nima   deyish,   qanday   so’zlar   vositasida
ta’sir   etishni   o’ylar   ekan.  Aslida   esa,   o’sha   so’zlar   va   ular   atrofidagi   xarakatlar
muhim rol o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga
ko’ra,   birinchi   marta   ko’rishib   turgan   suhbatdoshlardagi   taassurotlarning   ijobiy
bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar
58%   gacha   ta’sir   qilarkan.   Keyinchalik  bu   munosabat   o’zgarishi   mumkin   albatta,
lekin   xalq   ichida   yurgan   bir   maqol   to’g’ri:   «Ust   —   boshga   qarab   kutib   olishadi,
aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning   qanday   kechishi   va   kimning   ko’proq   ta’sirga   ega   bo’lishi
sheriklarning   rollariga   ham   bog’liq.   Ta’sirning   tashabbuskori   —   bu   shunday
sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi  bo’ladi va u bu maqsadni  amalga
oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq
ishi  tushib, biror  xodimni  xonasiga taklif  etsa, u o’rnidan  turib kutib oladi, iltifot
ko’rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga
o’tadi.
Ta’sirning   adresati   —   ta’sir   yo’naltirilgan   shaxs.   Lekin   tashabbuskorning
suhbatga   tayyorgarligi   yaxshi   bo’lmasa,   yoki   adresat   tajribaliroq   sherik   bo’lsa,   u
tashabbusni   o’z   qo’liga   olishi   va   ta’sir   kuchini   qayta   egasiga   qaytarishi   mumkin
bo’ladi.
4. Muloqot va uni o’rganish muammolari . O xirgi yillarda «professionalizm»
tushunchasi   tez-tez   ishlatiladigan   bo’lib   qoldi.   Chunki   jamiyatda   tub   islohotlarni
amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga
oshirish   davr   talabi   bo’lib   qoldi.   Ayniqsa,   odamlarni   boshqarish   sohasidagi
professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko’pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko’rsatish,
ular faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini
e’tirof   etmoqdalar.   Odamlar   bilan   normal   munosabatlarni   o’rnata   olmaslik,
ayniqsa,   biznes   sohasida   amaliy   sheriklarning   xolatlari,   kutishlarini   aniqlay
olmaslik,   o’z   nuqtai   nazariga   o’zgalarni   professional   tarzda   ko’ndira   olmaslik,
«birov»ni, uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini aniq tasavvur
qila   olmaslik   amaliy   psixologiyada   kommunikativ   uquvsizlik ,   yoki
diskommunikasiya   xolatini   keltirib   chiqaradi.   Bunda   odamlar   oddiy   til   bilan
aytganda,   bir-birlarini   tushunolmay   qoladilar,   shuning   oqibatida   pishib   turgan
loyiha   yoki   yaxshi   reja   amalga   oshmasligi,   bir   necha   oylarga   cho’zilib   ketishi
mumkin.
Shuning   uchun   ham   hozirgi   zamon   ijtimoiy   psixologiyasining   tadbiqiy
yo’nalishida,   boshqaruv   psixologiyasida   katta   yoshli   odamlarni   kommunikativ
bilimdonlikka o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta
ahamiyat   berilmoqda.   Har   bir   korxona,   xususiy   firma   yoki   davlat   muassasasini
boshqaruvchi   menedjer,   rahbar   tayyorlash   muammosi   ana   shu   rahbarlarni,
boshqaruvchilarni   psixologik   jihatdan   odamlar   bilan   ishlashga   o’rgatish
muammosini   chetlab   o’tolmaydi.   Umuman,   hozirgi   davrda   har   qanday   mutaxassis
—   vrach,   muxandis,   o’qituvchi,   iqtisodchi,   agronom,   quruvchi,   jurnalist,
madaniyatshunos   yoki   boshqalar   ham   kommunikativ   malakalarga   ega
bo’lmaguncha,   bozor   munosabatlari   sharoitida   tezda   jamoaga   kirishib,   ko’pchilik
bilan til topishib, o’z professoinal mahoratini ko’rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson
boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har qachongidan
ham   dolzarb   qilib   qo’ymoqda.   To’g’ri,   muloqotga   kirishish   —   ijtimoiylashuv
jarayonida   barcha   sifatlardan  oldinroq  shakllanadigan   qobiliyatlardan,   u  tabiiy   va
hayotiy   narsa.   Bola   tili   juda   yaxshi   chiqib   ulgurmay,   atrofidagilar   bilan   aktiv
muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki,
yillar   o’tgan   sari   ongli,   aqlli   odam   har   bir   gapini   o’ylab   gapiradigan,   har   bir
qadamini   o’ylab   bosadigan   bo’lib   qoladi,   bu   uning   jamiyatdagi   mavqyesini belgilovchi   vositadir.   Bu   muloqotga   kirishishga   ruhan   tayyorlanishning
ahamiyatini ham odam anglashini  taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy
va   bir   qarashda   oddiy   inson   faoliyati   shu   qadar   murakkab   va   serqirraki,   uning
mexanizmlarini   o’rganish,   guruhlarda   to’g’ri   munosabatlarni   tashkil   etish   va
odamlarni   samarali   muloqatga   o’rgatish   muammosi   bugungi   ijtimoiy
psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki,   gaplashayotgan   odamlar   biri   gapiradi,   ikkinchisi   tinglaydi,   eshitadi.
Muloqotning   samaradorligi   ana   shu   ikki   qirraning   qanchalik   o’zaro   mosligi,   bir-
birini   to’ldirishiga   bog’liq   ekan.   Noto’g’ri   tasavvurlardan   biri   shuki,   odamni
muomala yoki  muloqotga o’rgatganda,  uni  faqat  gapirishga,  mantiqan asoslangan
so’zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni —
tinglash   qobiliyatiga   deyarli   e’tibor   berilmaydi.   Mashhur   amerikalik   notiq,
psixolog   Deyl   Karnegi   «Yaxshi   suhbatdosh   —   yaxshi   gapirishni   biladigan   emas,
balki   yaxshi   tinglashni   biladigan   suhbatdoshdir»   deganda   aynan   shu
qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash
jarayoniga  ketar  ekan, odamlar  bilan  doimiy muloqotda bo’ladiganlar  35 — 40%
oylik   maoshlarini   odamlarni   «tinglaganlari»   uchun   olarkanlar.   Bundan   shunday
xulosa   kelib   chiqadiki,   kommunikasiyaning   eng   qiyin   sohalaridan   hisoblangan
tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   nemis   faylasufi   A.   Shopengauer   «Odamlarni
o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang»
deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni
tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo’laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz,
balki u bilan aloqani ham uzasiz. O’qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik
odobsizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-u, yaxshi
tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa
—   bu   bizning   o’z   fikr   —   o’ylarimiz   va   xohishlarimiz   og’ushida   bo’lib
qolishimizdir.   Shuning   uchun   ham   ba’zan   rasman   sherigimizni   tinglayotganday bo’lamiz,   lekin   aslida   hayolimiz   boshqa   yerda   bo’ladi.   Tinglashning   ham   xuddi
gapirishga   o’xshash   texnikasi,   usullari   mavjud.   Ularning   turi   ham   ko’p,   lekin
asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo’llaymiz:   so’zma-so’z qaytarish
va   boshqacha   talqin   etish.   Birinchisi,   suhbatdosh   so’zlarining   bir   qismini   yoki
yaxliticha   qaytarish   orqali,   sherikni   qo’llab-quvvatlashni   bildiradi.   Ikkinchi   usul
esa — sherigimiz so’zlarini tinglab, undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning
talqinimizda   ifoda   etish.   Ikkala   usul   ham   sherik   uchun   muhim,   chunki   u   sizning
tinglayotganingizni,   xattoki,   undagi   g’oyalarga   qarshi   emasligingizni   bildiradi.
Bunday   tashqari,   biz   yaxshi   tinglayotgan   bo’lib,   «Yo’g’-e?»,   «Nahotki?»,   «Qara-
ya?»,   «Yasha!»   luqmalari   bilan   ham   suhbatdoshimizni   gapirishga,   yanayam   o’z
fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak,   aslida   bizdagi   gapirayotgan   shaxs   yetakchi,   u   suhbatning   mutloq
xokimi,   degan   tasavvur   unchalik   to’g’ri   emas.   Yaxshi   tinglashda   ham   shunday
kuch   borki,   u   suhbatdoshni   Sizga   juda   yaqinlashtiradi,   ishonchni   tug’diradi.
Chunki   muloqot   jarayonidagi   eng   qimmatli   narsa   —   bu   axborotning   o’zi.
Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi.
Gapirgan   esa   aksincha,   o’zidagi   borini   berib,   gapirmaydigan   suhbatdoshdan
«teskari   aloqani»   olib   ulgurmay,   hyech   narsasiz   qolishi   ham   mumkin.   Shuning
uchun   muloqotga   o’rgatishning   muhim   yo’nalishlaridan   biri   —   odamlarni   faol
tinglashga,   bunda   barcha   paralingvistik   va   noverbal   omillardan   o’rinli
foydalanishga o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
 aktiv   xolat.   Bu   —   agar   kreslo   yoki   divan   kabi   mebel   bo’lsa,   unga   bemalol
yastanib   yoki   yotib   olmaslik,   suhbatdoshning   yuzidan   tashqari   joylariga
qaramaslik,   mimika,   bosh   chayqash   kabi   xarakatlar   bilan   uning   har   bir   so’ziga
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
 suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish.  Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb
qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning
samarali yo’lidir.  o’ychan   jimlik .   Bu   suhbatdosh   gapirayotgan   paytda   yuzda   mas’uliyat   bilan
tinglayotganday   tasavvur   qoldirish   orqali   o’zingizning   suhbatdan
manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o’z-
o’ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur 
qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali 
bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini 
ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit 
yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi 
agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala 
tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning
faol   o’zaro   ta’sir   uchun   teng   ahamiyatini   nazarda   tutsak,   bu   jarayon
qatnashchilarining   psixologik   savodxonligi   va   muloqot   texnikasini   egallashining
ahamiyatini   anglash   qiyin   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   ijtimoiy   psixologiyada
odamlarni   samarali   muloqotga   ataylab   o’rgatishga   juda   katta   e’tibor   beriladi.   Bu
boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi  ijtimoiy psixologik trening  (IPT) deb
ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda
zarur   kommunikativ   malakalarni   maxsus   dasturlar   doirasida   qisqa   fursatda
shakllantirishdir.   Eng   muhimi   IPT   mobaynida   odamlarning   muloqot   borasidagi
bilimdonligi ortadi.
5. Muloqotning psixologik tizimi. 
Til   muomala   vositasidir .   Til   muomalaga   kirishuvchilar   o’rtasidagi
kommunikasiyani   ta’minlaydi,   chunki   uni   axborot   beruvchi   ham,   uni   qabul
qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi  (kommunikator)
va   uni   qabul   qiluvchi   (resipiyent)   muloqot   jarayonida   bir   xil   tildan   foydalanishi
kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. 
Muloqot   ishtiroqchilari   o’z   ongida   bir-birlarining   ichki   dunyosini   qayta
tiklashga,   his-tuyg’ularini,   xulq-atvorining   sabablarini   fahmlab   yetishga   harakat
qiladi.   Shaxsga   boshqa   odamlarning   faqat   tashqi   qiyofasi,   ularning   fe’l-atvori   va hatti-harakatlari,   ular   qo’llanadigan   kommunikativ   vositalargina   bevosita   in’om
etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda   o’zi bilan muloqotga kirishgan
odamlarning   kimligini   tushunib   yetish,   ularning   qobiliyatlari,   niyatlari   kabilar
haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli
psixolog   S.L.Rubinshteyn   shunday   deb   yozgan   edi:   “Kundalik   hayotda   odamlar
bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz.
Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o’qib”, ya’ni “mag’zini
chaqib”   chiqamiz,   shu   yo’sinda   matnning   ichki   psixologik   jihati   mavjud   bo’lgan
mazmunini   aniqlaymiz.   Bunday   o’qish   naridan   beri   tez   yuz   beradi,   chunki
atrofdagilar   bilan   muloqot   jarayonida   bizda   muayyan   darajada   ularning   fe’l-
atvoriga   nisbatan   avtomatik   tarzda   amal   qiladigan   psixologik   ichki   ma’no   hosil
bo’ladi.
Bir   qarashda   osonga   o’xshagan   shaxslararo   muloqot   ja rayoni   aslida   juda
murakkab   jarayon   bo’lib,   unga   odam   hayoti   mobaynida   o’rganib   boradi.
Muloqotning   psixologik   jihatdan   murakkab   ekanligi   haqida   B.F.   Parigin   shunday
yozadi:   «Muloqot   shunchalik   ko’p   qirrali   jarayonki,   unga   bir   vaqtning   o’zida
quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
s) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. 
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo’lib, dastlabki bosqich –
odamning   o’z-o’zi   bilan   muloqotidir.   T.   Shibutani   «Ijtimoiy   psixologiya»
darsligida:   «Agar   odam   ozgina   bo’lsa   ham   o’zini   anglasa,   demaq   u   o’z-o’ziga
ko’rsatmalar   bera   oladi»,   -   deb   to’g’ri   yozgan   edi.   Odamning   o’z-o’zi   bilan
muloqoti   aslida   uning   boshqalar   bilan   muloqotining   xarakterini   va   hajmini
belgilaydi.   Agar   odam   o’z-o’zi   bilan   muloqot   qilishni   odat   qilib   olib,   doimo
jamiyatdan   o’zini   chetga   tortib,   tortinib   yursa,   demaq   u   boshqalar   bilan suhbatlashishda,   til   topishishda   jiddiy   qiyinchiliklarni   boshdan   kechiradi,   deyish
mumkin. Demaq boshqalar bilan muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.   Leontyev   o’zining   «Psixika   taraqqiyotidan   ocherklar»   kitobida
muloqotning   uchinchi   shakli   –   avlodlar   o’rtasidagi   muloqotning   ahamiyati
to’g’risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o’lib ketganda, insoniyat
turi   yo’q   bo’lib   ketmasdi,   lekin   jamiyatning   taraqqiyoti   ancha   orqaga   surilibgina
emas,   balki   yo’qolib   ham   ketishi   mumkin   edi».   Haqiqatan   ham,   avlodlararo
muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o’z madaniyati, madaniy boyliklari,
qadriyatlari   mavjud   bo’ladiki,   buning   ahamiyatini   tushungan   insoniyatning   eng
ilg’or   vakillari   uni   doimo   keyingi   avlodlar   uchun   saqlab   keladilar   hamda   ta’lim,
tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. 
Muloqot   murakkab   jarayon   bo’lganligi   uchun   ham   ayrim   olingan   muloqot
shaklini   analiz   qilganimizda,   unda   juda   xilma-xil   ko’rinishlar,   komponentlar   va
qismlar   borligini   aniqlashimiz   mumkin.   G.M.   Andreyeva   muloqotning   quyidagi
tuzilishini taklif etadi:
1.   Muloqotning   kommunikativ   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchilar
o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2.   Muloqotning   interaktiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi   tomonlarning
xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).
3.   Muloqatning   perseptiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi   tomonlarning
bir-birlarini   idrok   etishlari   va   tushunishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   murakkab
psixologik jarayon).
Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko’rib chiqamiz.
Ko’pgina   olimlar   muloqotning   inson   hayotidagi   ahamiyatiga   to’xtalib   o’tar
ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi
B.F. Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; 
b) xulq-atvorni boshqaruv; 
v) hissiyotlar al mashinuvi.  Bu   funksiyalar   aslida   G.M.   Andreyeva   ajratgan   muloqot   qismlariga   ham   mos
keladi,   ya’ni   har   bir   muloqot   jarayonida   Lomov   qayd   etgan   vazifalarni   topish
mumkin.
Muloqotning   hayotimizdagi   shakl   va   ko’rinishlariga   kelsak   uning   har   bir
shaxsning   hayotiy   vaziyatlarga   mos   keladigan,   o’sha   vaziyatlardan   kelib
chiqadigan ko’rinishlari  va turlari  haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda,
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot
odamlarning   jamiyatda   bajaradigan   rasmiy   vazifalari   va   xulq-atvor   normalaridan
kelib   chiqsa,   masalan,   rahbarning   o’z   qo’l   ostida   ishlayotgan   xodimlar   bilan
muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot – bu
odamning   shaxsiy   munosabatlariga   tayanadi   va   uning   mazmuni   o’sha
suhbatdoshlarning fikr-o’ylari, niyat-maqsadlari va emosional munosabatlari bilan
belgilanadi.   Masalan,   do’stlar   suhbatdoshi,   poyezdda   uzoq   safarga   chiqkan
yo’lovchilar   suhbati,   tanaffus   vaqtida   talabalarning   sport,   moda,   shaxsiy
munosabatlar  borasidagi  munozaralari. Odamlarning asl  tabiatlariga mos bo’lgani
uchun ham  norasmiy  muloqot   doimo odamlarning hayotida  ko’proq  vaqtini  oladi
va   bunda   ular   charchamaydilar.   Lekin   shuni   ta’kidlash   kerakki,   odamda   ana
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergakligi, ochiq
ko’ngilligi,   suhbatlashish   yo’llarini   bilish,   til   toshishnn   qobiliyati,   o’zgalarni
tushunishi   va   boshqa   shaxsiy   sifatlari   kundalik   mu loqotning   samarasiga   bevosita
ta’sir  ko’rsatadn.  Shuning  uchun  hamma  odam   ham   rahbar  bo’lolmaydi,   ayniqsa,
pedagogik ishga hamma ham qo’l  uravermaydi, chunki buning uchun undan ham
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot   mavzun   va   yo’nalishiga   ko’ra,   uning:   ijtimoiy   yunaltirilgan   (keng
jamoatchilikka   qaratilgan   va   jamiyat   manfaatlaridan   kelib   chiqadigan   muloqot);
guruhdagi   predmetga   yo’naltirilgan   (o’zaro   hamkorlikdagi   faoliyatni   amalga
oshirish   mobaynidasi   muloqot   –   mehnat,   ta’lim   jarayonidagi   yoki   konkret
topshiriqni bajarish ja rayonida guruh a’zolarining muloqoti); shaxsiy muloqot (bir
shaxsning   boshqa   shaxs   bilan   o’z   muammolarini   ochish   maqsadida   o’rnatgan munosabatlari;   pedagogik   muloqot   (pedagogik   jarayonda   ishtirok   etuvchilar
o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Har   bir   muloqot   turining   o’z   qonun-qoidalari,   ta’sir   usullari   va   yo’l-yo’riqlari
borki,   ularni   bilish   har   bir   kishining,   ayniqsa   odamlar   bilan   doimo   muloqotda
bo’ladiganning burchidir. 
Muloqot   jarayonining   murakkab   psixologik   tabiatini   bilish,   turli   sharoitlarda
samarali   munosabatlar   o’rnatish   malakasini   oshirish   uchun   uning   tarkibiga
kiruvchi har bir element yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Muloqotning kommunikativ   tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar,
bilimlar, g’oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi.
Shu jarayonning asosiy vositasi bo’lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa
vositasi   bo’lib   uning   yordamida   kishilar   bilgan   ma’lumotlari   va   hokazolarni   bir-
birlariga   yetkazadilar.   Ma’lumki,   aloqa   vositasi   sifatida   nutqning   asosan   2   turi
farqlanadi:   yozma   nutq   hamda   og’zaki   nutq. Og’zaki   nutqning   o’zi   dialogik   va
monologik turlarga bo’linadi. 
Odamlar   muloqot   jarayonida   so’zlardan   tashqari   turli   xil   harakatlardan,
qiliqlardan,   holatlardan,   kulgu,   ohanglar   va   boshqalardan   ham   foydalanadilar.
Qiliqlar,   mimika,   ohanglar,   to’xtashlar   (pauza),   hissiy   holatlar,   kulgu,   yig’i,   ko’z
qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo’lib,
ular   muloqot   jarayonini   yanada   kuchaytirib,   uni   to’ldiradi,   ba’zan   esa   nutqli
muloqotning o’rnini bosadi.
Buyuk   rus   yozuvchisi   L.N.   Tolstoy   odamlarda   97   xil   kulgu   turi   hamda   85   xil
ko’z qarashlari turi borligini kuzatgan, G.M. Andreyevaning yozishicha, odam yuz
ifodalari,   nigohlarining   2000   ga   yaqin   ko’rinishlari   bor.   Ayniqsa,   birinchi   bor
uchrashganda ko’zlar tuqnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga
kuchli   ta’sir   ko’rsatishi   maxsus   tadqiqotlar   jarayonida   o’rganilgan.   Bularning
barchasi   muloqotning   hissiy   tomondan   boy,   mazmundor   bo’lishini   ta’minlab,
odamlarning   bir-birlarini   tushunishlariga   yordam   beradi.   Muloqotning   noverbal
vositalarining milliy hamda  hududiy xususiyatlari  borligini  ham  alohida  ta’kidlab
o’tmoq   lozim.   Masalan,   o’zbek   xalqining   muloqot   jarayoni   boy,   o’zaro munosabatlarining   bevosita   xarakteri   unda   shunday   vositalarning   ko’proq
ishlatilishi bilan bog’liq. Bolalarning o’z yig’isi bilan onasiga o’z his-kechinmalari
hamda   xohishlarini   bildirishlari   ham   bolalarning   yosh   xususiyatlariga   bog’liq.
Boshqa   millatlar   madaniyatiga   nazar   tashlanadigan   bo’lsa,   ularda   ham   ba’zi   bir
muloqot   vositalarining   turli   millatlarda   turli   maqsadlarda   ishlatilishining   guvohi
bo’lish   mumkin.   Bolgarlar   agar   biron   narsa   bo’yicha   fikrni   tasdiqlamoqchi
bo’lishsa,   boshlarini   u   yoq   bu   yoqqa   chayqashar,   inkor   qilishmoqchi   bo’lsa-chi,
aksincha,   bosh   siltashar   ekan.   Ma’lumki,   o’zbeklar,   ruslar   va   bir   qator   boshqa
millatlar da buniig aksi.
Noverbal   muloqotda   suhbatdoshlarning   fazoviy   joylashuvlari   ham   katta
ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’proq hissiyotlarga boy bo’lganliklari sababli,
suhbatlashayotganlarida   bir-birlariga   yaqin   turib   gaplashadilar,   erkaklar   o’rtasida
esa   doimo   fazoviy   masofa   bo’ladi.   Olimlarning   aniqlashlaricha,   bolalarni
odatdagiday   orqama-ketin   o’tqazib   o’qitgandan   ko’ra,   ularni   yuzma-yuz   o’tqazib
davra   qilib   o’qitgan   ma’qul   emish,   chunki   bunday   sharoitda   o’quvchilarda   ham
javobgarlik hissi  yuqoriroq bo’lar  ekan hamda emosiyalar  almashinishgani  uchun
ham   guruhdagi   psixologik   vaziyat   ijobiy   bo’lib,   bolalarning   predmetga   va   bir-
birlariga munosabatlari ancha yaxshi bular ekan.
Demak,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishda   muloqotning   barcha
vositalariga,   ayniqsa,   nutqqa   e’tibor   berish   kerak.   Bolalarni   ilk   yoshlik
chog’laridanoq nutq madaniyatiga o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish
zarur.   Pedagog   esa   shunday   nutq   madaniyatiga   ega   bo’lishi   kerakki,   u   avvalo
uning   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   etishni   ta’minlasin,   qolaversa,   bolalarda   nutqning
o’sishiga   imkoniyat   bersin.   Buyuk   pedagoglarimizdan   V.A.Suxomlinskiy   ham
o’qituvchining madaniyati to’g’risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy
qismi nutq madaniyati ekanligini bejnz ta’kidlamagan.
Muloqotning ikkinchi – interaktiv tomoni.
Muloqotning   bu   xususiyati   kishilarning   muloqot   jarayonida   birgalikdagi
faoliyatda  bir-birlariga  amaliy  jihatdan  bevosita  ta’sir  etishlarini   ta’minlaydi.  Shu
tufayli   olamlar   hamkorlikda   ishlash,   bir-birlariga   yordam   berish,   bir-birlaridan o’rganish,   harakatlar   muvofaqiyatga   erishish   kabi   qator   qobiliyatlarini   namoyon
qilishlari mumkin. Shu tufayli o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda
ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Aslini   olganda,   har   qanday   muloqot,   agar   u   bema’ni,
maqsadsiz,   chuqur   gaplardan   nborat   bo’lmasa,   doimo   muloqotga
kirishuvchilarning   xulq-atvorlarini,   ularning   ustanovkalarini   o’zgartirish
imkoniyatiga ega.
Demak, o’zaro muloqot  jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir
ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin.
Ya’ni,   ba’zan   biz   nima   uchun   bir   shaxsning   bizga   naqadar   kuchli   ta’sirga   ega
ekanligini,  boshqa   biri   esa,   aksincha,   hyech   qanday   ta’sir   kuchiga   ega   emasligini
tushunib   yetmaymiz.   Bu   esa   pedagogikada   muhim   muammodir.   Har   bir
pedagogning   o’z   ta’sir   uslublari   va   ta’sir   kuchi   bo’ladi.       O’qituvchi   shaxsining
bolalarga ta’siri quyidagi eksperpmentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang’ich sinf
o’quvchilariga   anchagina   o’yinchoqlar   berib,   shularning   nchida   faqat   bittasiga,
qizil   yog’och   o’yinchoqqa   tegmaslik   aytilgan.         Bolalar   yolg’iz   qoldirilib,
harakatlari   pinhona   kuzatilgan.   Juda   ko’p   bolalar         ta’qiqlangan   o’yinchoqqa
baribir   tegishgan.   Eksperimentning   ikkinchi   seriyasida   endi   barcha   o’yinchoqqa
tegish   mumkinu,   faqat   qizil   qutichaning   qopqog’ini   ochish   mumkin   emas,   deb
aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu bolalarning o’qituvchisi surati ilib qo’yilgan.
Bu seriyada birinchnsiga qaraganda «ta’qiqni buzuvchilar» soni keskin kamaygan.
Demak, bu narsa o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab
turibdi. 
Shaxslararo     ta’sir     haqida     gap     ketganda, insonning obro’yining roli haqida
ham aytish lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan guruhida o’z
mavqyeiga va ta’siriga ega bo’ladi. Shaxs obruyi uning boshqa shaxslarga irodaviy
va emosional ta’sir ko’rsata olish q obiliyatidir. Ma’lumki, obro’ amal yoki hayotni
tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi – shaxsning odamlar bilan to’g’ri
munosabati,   undagi   odamiylik         xislatlarining,   boshqa   ijobiy   xislatlarining
uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ – ta’sir ko’rsatishning eng muhim mezonidir.
Muloqotning uchinchi tomoni – uning perseptiv tomonidir Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir
ko’rsatibgina   qolmay,   balki   bir-birlarini   to’g’riroq   va   aniqroq   anglashga,
tushunishga   va   idrok   qilishga   harakat   qiladilar.   Bu   tomon   shaxsiy   idrok   va
tushunish   muammosi   bilan   bog’liqdir.   Birgalikdagi   faoliyat   jarayonida
shaxslarning bir-birlarini to’g’ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning
samarali   bo’lishini   ta’minlaydi.   Rus   psixo logi         A.A.   Badalev   boshchiligidagi
laboratoriya   bir-birlarinn   idrok   qilish   mexanizmlarini   aniqlash   borasida   qator
psixologik qonuniyatlarni   kuzatgan. 
Bunday mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin :
a) identifikasiya;  b) refleksiya;  v) kauzal atribusiya;  
g) stereotipizasiya
Identifikasiya     so’zining   ma’nosi   lotinchadan   olingan   bo’lib,
“tenglashtirish”,   “aynan   o’xshatish”,   bir   kishining   ikkinchi   kishini   uning   ta’rifini
subyektning   o’z   ta’rifiga   anglanilgan   yoki   anglanilmagan   tarzda   o’xshatilishi
orqali   tushunish   usulidir.   Odamlar   o’zaro   birgalikda   harakat   qilish   vaziyatlarida
boshqa kishini o’zining o’rniga qo’yib ko’rishga uringan holda uning ichki holati,
niyatlari, o’y-fikrlari, mayllari va his-tuyg’ulari  haqida taxmin qiladilar. Masalan,
avgust   oyi   kunlaridan   birida   universitet   qoshida   hayajonlangan   holda   kitobni
varaqlayotgan   abituriyentlarni   uchratib   qolgan   talaba   o’zining   abituriyentlik
davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi. 
Refleksiya   —   (lotincha   aks   ettirish)   –   o’z   fikr   va   kechinmalarini   tahlil   qilib
mulohaza  yuritish,  ya’ni  muloqotga  kirishuvchining  suhbatdosh   uni   qanday  idrok
etayotganligini   anglash.   Kishini   kishi   tomonidan   idrok   qilishini   ikkilangan
oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan,
shu   bilan   birga   o’zini   ham   aks   ettiradi,   agar   kishi   o’zi   muloqotga   kirishadigan
kishilar haqida to’liq, ilmiy asoslangan  axborotlarga ega bo’lsa, ular  bilan behato
aniqlikda o’zaro ta’sir o’rnatishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq
ma’lumotga   ega   emas.   Shuning   uchun   u   boshqalar   hatti-harakatining   sabablarini
o’ylab chiqishga majbur bo’ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun
faoliyat  motivlari, his-tuyg’ular, intilish va fikrlashning  o’ylab chiqarilishi  kauzal atribusiya   deb   ataladi.   O’qituvchilar   tomonidan   bola   harakatlarining   shunday
sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Kauzal atribusiya - boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg’ularni,
niyatlarni,   o’y-fikrlarni   va   xulq-atvor   motivlarini   unga   to’nkash   yo’li   bilan
tushuntirish   bo’lib,   lotincha   saisa-sabab   va   atributto   –   in’om   etaman   degan
ma’noni  bildiradi.  Kauzal  atribusiya  ko’pincha  anglanilmagan   holda  –  yo  boshqa
kishiga   o’xshatish   negizida,   ya’ni   shaxsning   o’zi   xuddi   shunday   vaziyatda   u
payqashi   mumkin   deb   hisoblaydigan   motivlar   yoki   his-tuyg’ularning   boshqa
birovga   xosligi   ta’kidlangan   paytda,   yo   muloqotga   kirishgan   sherikni   o’zlariga
nisbatan   ba’zi   bir   qolipdagi   tasavvurlar   hosil   bo’ladigan   shaxslarning   muayyan
toifasiga   kiritish   yo’li   bilan   yuz   beradi.   Kauzal   atribusiyaning   xususiyati
psixologiya   tomonidan   yaxshi   o’rganilgan   turli   xildagi   shart   -   haroitlarga   bog’liq
bo’ladi. Masalan, notanish kishini idrok etish chog’ida idrok subyekti ega bo’lgan
axborot   katta   rol   o’ynaydi.   A.A.Bodalev   o’tkazgan   tajribalarida   ikki   guruhdagi
talabalarga   bitta   odamning   fotoso’rati   ko’rsatilgan.   Birinchi   guruhga   bu   odam
jinoyatchi   sifatida   ta’riflangan.   Uni   tashqi   qiyofasiga   qarab   tavsifnoma   berish
so’ralgan,   ikkinchi   guruhga   bu   odam   taniqli   olim   deb   aytilgan.   Jinoyatchi   deb
aytilgan kishiga talabalar qo’rs, badjahl, berahm, makqor kishining portreti turibdi
deb, olim deb aytilgan guruh talabalari esa portretdagi ko’zning o’zi mehribon va
dono,   jonni   fido   qilib   ishlaydigan   kishi   deb   ta’riflandi.   Chiroyli   kishilar   rasmlari
berilganda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan, ya’ni chiroyli kishilar yaxshi,
muloyim,   aqlli   deb   baholangan.   Xunuk   rasmli   kishilar   esa   qo’rs,   badjahl,   xudbin
deb   baholangan.   Demak,   pedagogning   idrok   etish   obyekti   haqida   oldindan   bilib
oladigan   axboroti   yanglish   fikr   va   subyektivizmning   tarkib   topishi   uchun   jiddiy
asos   hisoblanadi.   Oreol   effektining   mohiyati   shundan   iboratki,   kishi   tomonidan
qoldiriladigan   umumiy   ijobiy   taassurot   subyektning   idrok   etish   chog’ida
berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo’ladi.
Stereotipizasiya   —   grekcha   o’zgarishsiz,   takrorlanish   degan   ma’noni   bildiradi.
Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo’lgan voqyealarni tiklash, nisbat
berish   yo’li   bilan   xulq   normalarini   tasniflash   va   ularning   sabablarini   izoxlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Masalan,
A.A.Bodalev   tomonidan   o’tkazilgan   suhbatga   ko’ra,   kishining   tashqi   qiyofasi   va
uning   harakteri   haqidagi   stereotip   tasavvurlar   ommaviylashib   ketganligi
tasdiqlandi. So’ralgan  72 kishining  9 tasi  yuzi  kvadrat  ko’rinishga  ega bo’lganlar
kuchli,   irodali,   17   kishi   peshonasi   katta   kishi   aqlli,   3   kishi   sochi   tikka   kishilar
yengilmas,   bo’ysunmas   harakterga   ega.   5   kishi   bo’yi   o’rtachadan   past   kishilar
boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi
chiroyli kishilar yo axmoq yoki o’zini sevuvchi  kishilar bo’ladi deb ta’kidlangan.
Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga
ega.   Kishilar   tashqi   qiyofasi   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Amerikalik   psixologlar
tomonidan   o’tkazilgan   tadqiqot   bunga   misol   bo’la   oladi.   400   o’qituvchilarga
baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200  salbiy xunuk,
yokimsiz   deb   berganlar.   Ekspertlardan   tashqi   qiyofasini   emas,   balki   harakterini
ta’riflash   so’ralgan   edi.   Afsuski   baholarning   subyektivligi   kishining   tashqi
qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.
Tabiiyki,   bunday   fikrlar   mutlaq   to’g’ri   emas,   lekin   kishilar   ongida   avlovdan-
avlodga   o’tib   kelayotgan   tasavvurlar   shunday   obrazlarni   shakllantirgan.   Notanish
odam   haqida   tushunchaning   shakllanishida   u   haqida   berilgan   birlamchi   malumot
katta   rol   o’ynaydn.   Masalan,   o’sha   Bodalev   talabalarning   ikki   guruhiga   bir   xil
portret   ko’rsatib,   birinchi   guruhda   bu   odam   yirik   olim,   ikkinchisida   esa,   bu   –
davlat   jinoyatchisi   deb,   unga   ikkala   holda   ham   ijtimoiy-psixologik   xarakteristika
berishlarini so’ragan. Ko’rsatmalar har xil bo’lganligi sababli berilgan ta’riflar ham
har   xil   bo’lgan.   Birinchi   guruhdagi   talaba lar   bu   odam   mehnatkash,   mehribon,
shafqatli, g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni
– beshafqat, makkor, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi
ko’zlarni dono, muloyim deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb
aytishgan.
Shunday   qilib,   ijtimoiy   persepsiya   yoki   odamlarning   bir-birlarini   to’g’ri   idrok
qilish   va   tushunish   jarayoni   muloqotning   muhim   muammolaridan   biridir.   Bu
jarayon   psixologik   jihatdan   murakkab   bo’lib,   unda   muloqotga   kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham obyekti, ham subyekti bo’lib
faoliyat   ko’rsatadilar.   Idrokning   obyekti   sifatida   shaxs   qaralganda,   unda   hosil
bo’ladigan «boshqa odam obrazi»ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi.
Bunday obraz paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha odamning tashqi
qiyofasi, uning kiyinishi, o’zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi
va   hokazolar   kiradi.   Lekin   shularning   ichida   odamning   yuzi   muloqot   mobaynida
suhbatdoshga   eng   ko’p   ma’lumot   beradigan   obyektdir.   Shuning   uchun   ham
telefonda   suhbatlashgandan   ko’ra   yuzma-yuz   suhbatlashish   ancha   oson   va
axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok qilishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy
bilish   (idroq   sezish)   sohasiga   aloqador   bo’lsa,   bir-birlarini   tushunishi   ularning
tafakkur sohalariga bevosita taalluqli bo’lib, murakkab jarayondir. Boshqa odamni
to’g’ri   tushungan   shaxs   uning   hissiy   holatiga   kira   olgan   hisoblanadn,   boshqacha
qilib   aytganda,   unda   empatiya   –   birovlarning   his-kechinmalarini   tushuna   olish
qobiliyati   rivojlangan   bo’ladi.   Yuksak   ongli,   madaniyatli,   «ko’pni   ko’rgan»
shaxsgina boshqalarni   to’g’ri tushunishi, ularning mavqyeida tura olishi mumkin.
Aniq va to’g’ri tushunishga taalluqli qonunnyatlarga quyidagilar kiradi:
1.   Boshqa   odam   haqidagi   ma’lumotning   miqdoriy   tomoni.   Birinchi   bor
to’qnashgan   odamlarda   bir-birlari   haqild   faqat   birlamchi   tasavvurgina   hosil
bo’lishi   mumknn.   Amerikalik   tadqiqotchilar   talabalarga   boshqa   talabalarga   baho
berish   topshirig’ini   berishgan.   Baholar   birinchi   to’qnashuv   natijasiga   ko’ra,   bir
haftadan   keyingi   qayta   to’qnashuv   natijasida   va   ikki   haftadan   keyin   tekshirilgan.
Ma’lum bo’lishicha,  eng aniq tasavvur  ikki  haftalik tanishuvdan keyingina paydo
bular ekan.
2. Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan
unda   o’sha   odam   haqida   muayyan   fikr   hosil   qilish   oson,   lekin   uni   qayta   qurish,
o’zgartirish ancha mushkul.
3. Normal intellektning bo’lishi. Intellekt juda yuqori bo’lganda ham, juda past
bo’lganda ham boshqa odamni to’g’ri tushunish qiyin. 4. Maxsus tayyorgarlikning bo’lishi. Mutaxassislar 5 kursda o’qiyotgan psixolog
talabalar   bilan   portret   chizadigan   rassomlarning   boshqalarga   bergan   baholarini
solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo’lib chiqqanining
guvohi bo’lishgan.
5 .   H issiy   holatlarning   ta’siri.   Nurrey   degan   olimning   tadqiqotlarida   turli
emosional   holatni   boshidan   kechirayotgan   shaxslarga   boshqa   odamni   baholash
topshirig’i   berilgan.   Bir   seriyada   tekshiriluvchilarga   elektr   toki   bilan   ta’sir   etib
turib,   boshqa   odamning   rasminn   baholashni   tavsiya   etishganda,   baholanayogan
shaxsda   johillikka   yaqin   sifatlar   ham   borligi   aytilgan.   Yaxshi   emosional   holat
boshdan   kichirilayotgan   seriyada   esa   o’sha   odamda   asosan   yaxshi   sifatlar   qayd
etilgan.
6.   Shaxsning   ochiqligi.   Kundalik   muloqotda   ochiq,   samimiy   odam   bilan   tund,
pismiq   odam   baholari   o’rtasida   sifat   farqlari   aniqlangan.   Bundan   tashqari,
odamning   muloqot   tajribasining   boyligi   ham   uning   boshqalar   haqidagi
tasavvurlarining aniq bo’lishini ta’minlaydi.
Demak,   yuqoridagi   barcha   qonuniyatlarni   hisobga   olgan   holda,   shaxs   tarbiyasi
bilan   shug’ullanish   uni   kelgusidagi   murakkab   va   xilma-xil   muloqot   jarayonlariga
psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo’lg’usi psixologlar uchun
muhimki, ular o’z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har
bir   vaziyatda   ulardan   nihoyatda   o’tkir   didlilik,   odob   va   kishilar   psixologiyasini
bilgan holda ularni to’g’ri tushunish malakasi talab qilindi. Bir so’z bilan aytganda,
bu muloqotdagi bilimdonlikdir.                  Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy   qadriyatlar   tarbiya   manbai.
Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar uchun psixologiyasidan topshiriqlar.  L.P.Xoxlova. -T., O’qit. - 1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

NUTQ VA MUOMALA Muomala texnikasi va strategiyasi. REJA: 1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi 2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni 3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari 4. Muloqot va uni o’rganish muammolari 5. Muloqotningpsixologiktizimi

1. Insoniymunosabatlarpsixologiyasi . Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma- yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo). O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni

qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman salom — alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday

sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi. 2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni . Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, so’rashadi, xol-ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan

odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Masalan, bir M. Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g’or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o’tgach, u turgan yerda bir o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g’or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o’rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg’ura boshladim.» Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operasiyalarda odamlar o’z oldida turgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib, sosiometrik