Musоbаqа qоidаlаri vа yengil аtlеtikаning mоddiy-tехnik tа’minоti
Mavzu: Musоbаqа qоidаlаri vа yengil аtlеtikаning mоddiy-tехnik tа’minоti Reja: 1. Sport musoboqalarini tashkil etish qoidalari 2. Sport musoboqalarida hakamlar hay’atining vazifalari 3. Yengil atletika musobaqalarini o'tkazish uchun yopiq sport inshootlarini jihozlanishi 4. Yengil atletika binosini jihozlashda kerakli uskunalar majmuasi 5. Yengil atletika arenasining tuzilishi
Sport musoboqalarini tashkil etish qoidalari Yengil atletika musobaqalarini quyidagi tashkilotlar tashkil qi lishi va o’tkazishi mumkin. Davlat tomonidan (jismoniy madaniyat spo rt qo’mitalari, sport maktablari, matbuot uyushmalari va muassasalar tomonidan). Jamoatchilik tomonidan (sport klublar, havaskorlik sport jamiyatlari va sport uyushmalari tomonidan). Bu musobaqalar yillik t aqvim (kalendar) rejalardan kelib chiqqan, Yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan jismoniy madaniyat va sport tadbirlari o’tkaziladi. Musobaqa o’tkazuvchi tashkilot, (MUT, OPS) musobaqa nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ularni o’tkazish sharoiti, joyi va vaqtini aniqlaydi. Nizom ishlab chiqilib, bir qancha yosh yillik davrda bo’ladigan taqvim musobaqalar bilan qiziqadigan tashkilotlarga musobaqalarning t ayyorgarligini va uzluksiz o’tkazilishini topshirishi mumkin. Masalan, Davlat sport qo’mitasi, musobaqalarni rejalashtirgan holda viloyat sport qumitalariga ularning tayyorgarligi va o’tkazilishini topshirish mumkin: Viloyat sport qo’mitasi - shaharlar sport ko’mitasiga hokazo. Sport qo’mita yoki viloyat jamoatchiligi MUT nomidan chiqib musobaqalar boshlangunga qadar tayyorgarliklarni ko’radi: musobaqalarni o’t kazilishida javobgar shaxslar tayinlanadi, Yuqori darajadagi musobaqalar uchun esa tashkiliy qo’mitalar tuziladi. Ko’p hollarda tashkiliy qo’mita mahalliy hokimiyat o’rinbosari vasifasini boshqaradi. Xizmat qilish va tashkillashtirishda har xil vakillar uning tarkibiga kiradi. Sport bazalarini tayyorlanishiga javobgarlik tibbiy xizmat ko’rsatish uchun javobgarlik, mahalliy transport vositalaridan va ov qatlanish bilan ta`minlash, temir yo’l va avia chiptalari, ishtirok et uvchilarning joylashishi, ma`naviy-ma`rifiy va targ’ibot tadbirlari v a hokazo. Tashkiliy qo’mitaning tarkibida ichki ishlar nazorati va bosh xakam faoliyat ko’rsatishi shart. Musobaqa boshlanishidan bir necha oy oldin bosh hakam tayyorgarlik ishlarini boshlaydi. Bosh hakam nomzodligini hakamlar kollegiyasi prezidiumi tavsiya qiladi: u jismoniy madaniyat va sport qo’mitasi
tomonidan kelishilgan holda t asdiqlanadi. Bosh hakam milliy kollegiya prezidiumi bilan h amkorlikda bosh hakamlar tarkibini BXT (GSK) aniqlaydi va tasdiqlaydi, bir oz o’tib musobaqa o’tkazuvchi va taalluqli bo’lgan hamma h akamlar tarkibini aniqlab tasdiqlaydi. Musobaqaning tayyorgarlik jarayonida BXT qoidasiga muvofiq MUT bilan hamkorlikda qatnashuvchilarni mandat tarkibidan va hakamlarning Yuqori pog’onadagi musobaqalarda esa Doling nazorati o’tkazish amallarga oshiriladi. Bu holatlarda MUT tashkiliy va xo’jalik ishlarini: texnik vositalaridan foydalanish va jihozlash, aloqa bo’limi, hujjatlarni pechat qilish va ko’paytirish hamda transport vositalaridan foydalanishni o’z zimmasiga oladi. MUT BXT bilan hamkorlikda musobaqaning tantanali ochilishini va yopilishini, yakka va komanda g’oliblarini taqdirlash, ularga jeton, medal, yorliq va diplomni taqdirlovchi (urush veterani, xizmat ko’rsatgan jismoniy madaniyat xodimi) «xizmat ko’rsatgan xakam», «xizmat ko’rsatgan sportchi» va xokazo shaxslarni tayyorlash. hakamlar tarkibi bilan MUT hamkorlikda sport bazalarining tayyorgarligini nazorat ostiga olib va musobaqani o’tkazishdan oldin sport jihozlarini tayyorgarligini tekshiradi. Sportchilarni tibbiy ko’rik nazoratini mahalliy tbbiy qo’rik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil qilishni amalga oshirish lozimdir. Tomoshabin va ishqibozlarni jalb qilish maqsadida MUT targ’ibot va tashviqot ishlarini o’tkazadi: rangli afishalar, maxsus oynomalarda chop etilish, radio va televideniyada e`lon qilish, dasturlarni tarqatish, xotirali znachok, vempel, har xil suvenirlarni (shu bilan birgalikda savdo tarmoqlarida realizatsiya qilish) chiqarish. Musoboqa nizomi
1. har bir musobaqa shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan tuzib tasdiqlangan nizomga muvofiq o’tkaziladi. 2. Nizom musobaqada qatnashuvchi tashkilotlarga o’z vaqtida yuborilishi lozim, toki bu tashkilotlar musobaqada qatnashish uchun zarur tayyorgarlik ko’rish imkoniyatiga ega bo’lsin. 3. Musobaqa haqidagi nizom turlicha talqin etilmasligi uchun mukammal bayon qilinib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi lozim: a) musobaqaning maqsad va vazifalari; b) musobaqa o’tkaziladigan joy va vaqt; v) musobaqaga rahbarlik qilish; g) qatnashuvchi tashkilotlar va musobaqa ishtirokchilari; d) programma; e) shaxsiy va komanda birinchiligini belgilash tartibi va shartlari (zachyot va baxolash sistemasi); j) mukofotlash; z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish shartlari; i) zayavkalarni topshirish muddati va shartlari. 4. Nizomda ko’rsatilgan talablar musobaqa qodalariga zid bo’lmasligi kerak. M usoba q alar xususiyati 1. Musobaqalar o’z xususiyatlariga qarab shaxsiy musobaqalar, komanda musobaqalari va shaxsiy-komandalar musobaqalariga bo’linadi. 2. Agar musobaqaning texnik natijalari har bir ishtirokchi (yoki estafeta komandasi yoki patrullar komandasi) hisobiga kiritilib va shu m usobaqada uning o’rni belgil ansa, bunday m usobaqani shaxsiy
musobaqa deyiladi. 3. Ayrim ishtirokchilarning va estafeta komandalarining texnik natijalari yaxlit komanda hisobiga kiritilib va bu musobaqada komandaning o’rni belgilansa buni komanda musobaqasi deyiladi. 4. Agar texnik natijalar har bir ishtirokchi hisobiga alohida, hamda yaxlit komanda xisobiga kiritilsa va bu komandaning musobaqadagi o’rni belgilansa, uni shaxsiy - komanda musobaqasi deyiladi. 5. har bir musobaqaning xususiyati ana shu musobaqa haqidagi nizomda ko’rsatiladi. Musobaqa turlari Musobaqalar klassifikatsiya, razryad, tenglashtirish (gandikap) musobaqalari sifatida o’tkazilishi mumkin. 1. Klassifikatsiya musobaqasi sportchilarga razryad normativlarini bajarish, sport razryadini tasdiqlash yoki ko’tarish imkoniyatlarini berish maqsadida o’tkaziladi. ESLATMA: Ishtirokchilar klassifikatsiyasi ularning har qanday musobaqalarda erishgan natijalariga qarab ham belgilanishi mumkin. 2. Razryad musobaqasi muayyan sport razriyadiga ega bo’lgan sportchilar uchun o’tkaziladi. Razryad musobaqasi o’tkazilayotganida: a) ishtirokchilarning razryadi butun ittifoq yagona sport klassifikatsiyasiga muvofiq musobaqa o’tkazilayotgan yilning 1 yanvariga belgilanadi; b) Yuqori razryadli Yengil atletlarga qo’yi razryadli Yengil atletlar musobaqalarida qatnashishga ruxsat etilmaydi;