Mustaqillikka yerishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Mustaqillikka yerishish arafasida O zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.ʻ Reja: 1. XX asr 80-yillari o rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ʻ ma naviy hayotidagi inqirozli holat. ʼ 2. Markazning O zbekistonda amalga oshirgan qatag on siyosati. “Paxta ʻ ʻ ishi” “O zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining ʻ og irlashuvi. Orol fojiasi. Farg ona voqealari. ʻ ʻ 3. 1989-yil o rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o zgarishlar. ʻ ʻ Milliy manfaatlar ustuvorligining o sib borishi. ʻ 4. I. Karimov – O zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik ʻ deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
XX asrning 80 yillarida kelib O‘zbekistonda xalqning azaliy orzusini amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf – xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq – ovqat, agrar, yenergetika, yekologiya va boshqa sohalardagi reja lar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Bunday vaziyatda O‘zbekiston davlatining mustaqilikka intilishi kuchaydi. Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan inqiroziy holat sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy – texnikaviy yangiliklar sodir bo’ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob – kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan yelektron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo’llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo’liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko’rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo’lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo’lib, o’zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi. Bu davrda sovet davlatida yesa ilmiy – texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo’lga qo’yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga yega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga yerishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi yeskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan yedi. Ma’muriy – buyruqbozlik
tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar yedi. Ijtimoiy yehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron yedi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda yedi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi. Qayta qurish siyosat i boshlanishi KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan harakatni bildir gan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to’planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo’li bilan hal yetishdan ibo - rat bo’lgan. Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni o’z ichiga olib, ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb yetish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan yedi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy ye’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qu rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida ye’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida yesa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy – buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar yedi. Natijada jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum o’zgarishlar ro’y
bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi. 1987 – 1990 yillar yesa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’lib, yenlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat yedi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb yetdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q yedi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor yemasdilar. Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyura lizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo’hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to’planib qolgan muammolarni to’la hal yetishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va yerkinlik g‘oyalariga to’g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo’ldi.
XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf yetish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o’yinlar» o’ylab chiqdilar. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir yetmasligi mumkin yemas yedi. 1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqla r qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida yesa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan yedi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida ye’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi. Ammo 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o’rtasida bo’lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida) to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi. Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi