logo

O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

91 KB
   O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Reja:
1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari.
3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
  1.XX asrni 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Sovet davrida O‘zbekiston   xom- ashyo   y etkazib beruvchi hududligicha qolib
ketdi.   Ishlab   chiqarishga   e’tibor   qaratilmadi.   Pax ta   yakkahokimligi   o‘rnatildi.
Sobiq sovet davlatining markaziga xom-ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida
cho‘l   zonalariga   ham   paxta   ekila   boshlandi.   Bu   esa   Markaziy   Osiyoda   ekologik
muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi.
Uzoq   yilllar   davomida   qishloq   xo`jaligini   ekstensiv     rivojlantirilishi,
paxtachilikka   аsosiy   e`t i bor   qaratilishi   mamlakatdagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va
ekogologik vaziyatni yana keskinlashtirdi.  Buning ustiga markazning ko`rsatmalari
asosida paxta ekin maydonlari doimiy ravishda kengaytirilib, g`alla maydonlari esa
qisartirilib   borildi.   Masalan,   1985-yilda   paxta   maydonlari   1989,8   ming   gegtarni
tashkil   qilgan   bo`lsa,1986-yil   bu   ko`rsatgich   2054,0   gegtarga   yetkazildi.   G`alla
maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Bunday nomutanosiblik chetdan
don sotib olish hajmini yanada oshirdi. Paxta yakka hokimligi oqibatida respublika
iqtisodiyoti   xom-ashyo   yetkazib   beradigan   iqtisodiyotga   aylanib   qoldi.   Bu
respublikada   shundoq   ham   og`ir   holatda   bo`lgan   ijtimoiy–iqtisodiy   vaziyatni
yanada   keskinlashtirdi.   Markazning   paxtachlikni   jadal   rivojlantirish   siyosati
oqibatida   ko`plab   suv   omborlari   qurilishi,   sug’oriladigan   yer   hajmining   kengayib
suv   isrofgarchiligiga   yo`l   qo`yilishi   natijasida   ekogologik   vaziyat   keskinlashdi.
Amudaryo,   Sirdaryo   daryolaridan   Orol   dengiziga   qo`yiladigan   suv   nihoyatda
kamayib   ketdi.Orol   fojiasi   ro`y   berdi.   Oqibatda   dengiz   1969-yildagi   holatiga
nisbatan   1990-yilda   14,5   metrga   pasaydi,   suvning   hajmi   54%ga   qisqarib,   dengiz
743   km   kub   suv   yo’qotdi.1989-yilga   kelib   uning   zaminida   ikkita   bir   biridan
ajralgan   ko`l   paydo   bo`lgan.   Orol   dengizi   o`zining   Respublika   xalq   xo`jaligida
baliq   mahsulotlar   yetishtirishdagi   yetakchi   o`rinini   yo`qotdi.   Mutaxassislarning
ma`lumotlariga   qaraganda   dengiz   atrofidan   buronlar   ko`tarilishi   natijasida   yiliga
50-70   ming   tonnagacha   chang   va   tuz   ko`tarilgan.   Zaharli   tuzlar   nafaqat   Orol
havzasida   balki   Yevropa   hamda   Osiyoning   turli   mamlakatlariga   tarqalgani
kuzatilgan. Respublikada   ekologik   vaziyatning   keskinlashuvi,   jumaladan   ichimlik   suvi
bilan   ta`minlanishi   yamonligi,   suvdagi   minerallashuvning   o’sishi,   dengiz   tubidan
katta   miqdorda   ko`tarilayotgan   chang   ,   tuz   va   minerallarning   atrof-   muhitni
zaharlashi   oqibatida   dengiz   havzasi   qishloq   aholisining   87   foizi   yuqumli
kasalliklarga   chalinganligi,   hamda   bolalar   o`lim   darajasi   baland   ekanligi
aniqlangan. Jumlada , O`zbekistonda 1985-yilda har 1000 nafar chaqaloqdan 46,2
foizi   o`lgan.   Bu   ko`rsatgich   Qoraqalpog`iston   Respublikasida   62,5,   Surxondaryo
viloyatida   55,2,   Xorazm   viloyatida   50,4   foizni   tashkil   qildi.   Ammo
O`zbekistondagi og`ir ekologik vaziyat, Orol dengizi hududi aholisining salomatlik
darajasini   pasayib   borayotganligi,   mazkaziy   siyosiy   rahbariyatni   tashvishga
solmadi.
O`tgan   asrning   80-yillariga   kelib   faqat   xom-ashyo   yetkazib   berishga
asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy
va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi  o`rtacha ko`satgichdan ancha
orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon
boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12-
o`rinni,   daromad   darajasi   hamda   asosiy   turdagi   mahsulotlarni   iste`mol   qilish
jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi.
Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi. Milliy
g‘urur   tushunchalariga   zarba   berildi.   Barcha   sohalarda   davlat   hukmronligining
o‘rnatilishi   egasizlik   va   o‘zibo‘larlikka   olib   keldi.   Xalq   ijodkorligiga   yo‘l
qo‘yilmadi.   Vazifalar   faqat   buyruq   asosida   belgilandi.   Ziyolilarning   qirib
tashlanishi,  yoxud iskanjaga  olinishi  milliy poklanish  jarayonini  pasaytirdi. Sovet
davlatining   beshafqat   jazolovchi   mashinasi   xalq   ko‘nglida   qo‘rquv   va   umidsizlik
uyg‘otdi.Yurtimizda   ruslashtirish   siyosati   kuchaydi   va   Davlat   tili   rus   tili   deb
belgilandi.
O‘zbek   xalqi   ham   sovet   davlatida   yashovchi   boshqa   xalqlar   qatorida
iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan
uzib   qo‘yildi.O‘zbek   xalqining   tarixi,   buyuk   ajdodlari   hayotining   xolisona
o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatildi. Bu borada maxsus qarorlar qabul qilindi. Islom   dini   va   milliy   bayramlarning   yo‘q   qilinishi   ma’naviy   bo‘shliq   kelib
chiqishiga zamin yaratdi.
«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon
sotsializm   «afzallik»laridan   foydalanib,   jamiyatni   «qayta   qurish»ga,   sotsializmni
yaxshilashga   umid   bog'lar   edi.   Ammo   ular   mamlakatni   sotsializmning   o'zi,   u
yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan
edi.
1987- yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni
saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara
bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib
barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
1980-   yillarning   oxirlarida   siyosiy   tizimni   isloh   qilishga,   birinchi   navbatda
KPSS(Sovet   Ittifoqi   kommunistik   partiyasi)ning   siyosiy   va   mafkuraviy
hukmronligini   cheklashga,   davlat   va   xo'jalik   organlarini   kompartiya
hukmronligidan   chiqarishga,   xalq   deputatlari   sovetining   to'la   hokimiyatini
ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.
To'g'ri,   jamiyatni   demokratlashtirish,   oshkoralik,   turli   xil   fikrlar   bildirishga
imkon   berish   tomon   ijobiy   qadamlar   qo'yildi.   Matbuotda,   radio   va   televidenieda
turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi.
2. Turg‘unlik   yillaridagi   qatag‘onlik.   “O‘zbeklar   ishi”,   ”Paxta   ishi”   deb
nom olgan jarayonla r .
Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”,
“o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o‘rtalaridan
O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi .
Sobiq   SSSR   prokuraturasi,   Xavfsizlik   komiteti   tashabbusi   bilan   bir   necha
tergov   guruhlari   tuzildi .1983-1989   yillarda   T.Gdlyan   va   N.Ivanovlar   rahbarligida
tuzilgan   tergov   guruhlari   respublika   huquqni   muhofaza   qilish   organlari   bilan
hamkorlikda   O‘zbekistonda   paxta   etishtirishda   qo‘shib   yozish   bilan   bog‘liq   800
dan   oshiq   tergov   ishlari   olib   bordilar.Shu   ishlar   bo‘yicha   5   ming   kishi   qamoqqa olindi,   ularning   600   dan   oshig‘i   rahbar   xodimlar,   10   tasi   sotsialistik   mehnat
qahramonlari edilar. 
Qamoqa   olinganlarning   ko‘pchiligi   qonunga   xilof   ravishda   sudsiz,
belgilanganidan   oshiq   muddatlarda   qamoqxonalarda   ushlab   turildi.Bu   o‘zbek
xalqining   mavjud   tuzumga   nisbatan   ishonchsizligini,   rahbar   xodimlar   va   huquq-
tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi. O‘zbekistonda qo‘pol tarzda
inson huquqlari poymol etildi. 
Qatag‘onlik siyosatining oqibatida xususiy mulk, asriy an’analar yo‘q qilindi.
Davlat   hukmronligi,   partiya   yakka   hokimligi   o‘rnatildi.Sovet   tuzumiga   qarshi
bo‘lgan   xalqning   ilg‘or   qatlamlarini   davlat   boshqaruviga   yaqinlashtirmaslik
siyosati olib borildi.Hukumatga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan
yo‘qotildi.Har   qanday   yo‘l   bilan   sovet   davlatining   kuch   qudratini   saqlab   turish
asosiy   maqsad   edi.Ilg‘or   g‘oyalar   yo‘qotildi.Ko‘zga   ko‘ringan   olimlar,   shoir   va
davlat   arboblari   shafqatsiz   yo‘q   qilingan.Milliy   g‘urur   va   o‘zlikni   anglash
g‘oyalarini   ildizi   bilan   quritishga   intilgan.Xalqlarning   tili,   dini   va   asriy
an’analariga tajovuz qilingan.Diniy qadriyatlar toptalgan.Pirovard natijada yagona
sovet   xalqini   tashkil   etishga   harakat   bo‘ldi.   Fikrlash,   so‘z   va   e’tiqod   erkinligi
cheklangan.Sovet   xalqini   boshqa   xalqlardan   ajratib   iskanjada   ushlangan,   zo‘rlik
orqali kamchiliklar yashirilgan.
Ma’muriy-siyosiy biqiqlik .
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining
rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.   Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi,
jamiyat a’zolari mehnat  intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar
o‘rtalarida   sovet   jamiyatida   «qayta   qurish»   boshlandi.Qayta   qurish   haqida   M.   S.
Gorbachev   KPSS   MK   ning   aprel   (1985   yil)   plenumida   taklif   kiritdi.   U nda
m ahsulot   ishlab   chiqarish   uchun   2   marta   ko‘p   tabiiy   resurslar,   energiya,   inson
mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1-
o‘rinni   egallashiga   qaramasdan   mamlakatda   raqobatbardosh   mahsulotlar   ishlab
chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi. 80-yillarning   o‘rtalarida   SSSRning   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviy
hayotida   inqirozli   vaziyatning   yanada   keskinlashuvi   ro‘y   bera   boshladi.   Qayta
qurish   konsepsiyasi   cheklangan   bo‘lib,   u   SSSRni   taraqqiyotini   ta’minlay   olmas
edi.   Qayta   qurish   yillarida   O‘zbekistonda   ijtimoiy-siyosiy   hayot   yomonlashdi.
Respublikada   milliy   urf-odatlar,   an’analar,   qadriyatlar   toptaldi,   buning   oqibatida
xalq   orasida   loqaydlik,   ishonchsizlik   va   norozilik   kuchaydi.   Farg‘ona   fojeasi   yuz
berdi .   Milliy   o‘zlikni   anglash   boshlandi. O‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomini
berilishi,   paxta   yakkahokimligini   tugatilishi,   ekologik   holatni   sog‘lomlashtirilishi
O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi.
Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
O‘zbekistonning   1985-1991-yillardagi   iqtisodiy   holati   sovetlar   hukmronligi
davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi . 1985 -  yil aprelidan so‘ng
markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini
ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning
80-90%,   qazib   olinadigan   oltin,   simob,   volframning   salmoqli   miqdori
O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi. O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash
miqyosi   20%   ga   yaqinini   tashkil   etdi,   xolos.Paxtaning   atigi   10%   O‘zbekistonda
qayta   ishlanardi.   1981-1985   yillarda   yalpi   ichki   mahsulot   3,4%   ortgan   bo‘lsa,
1986-1990   yillarda   bu   2,2%ni   tashkil   etdi.   80-yillarning   o‘rtalaridan   milliy
daromad   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   O‘zbekiston   boshqa   respublikalardan   ortda
qoldi.Iqtisodiy islohotlar 1987 yil dan  e’lon qilindi.1986-1987 yillarda iqtisodiyotni
barqarorlashtirish   bo‘yicha   birorta   samarali   yo‘l   izlanmadi.   1990   yilgacha   qayta
qurishning   maqsadi   sun’iy   «rejali   bozor»   tizimini   tashkil   qilishdan   iborat   bo‘lib
qolaverdi.
80-yillarning   ikkinchi   yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir
etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag‘onlar, «desant»lar, «Paxta ishi»
oqibatlari   bo‘ldi.1990 -   yil   o‘rtalaridan   boshlab   O‘zbekistonning   yangi   rahbariyati
respublikani   chuqur   iqtisodiy   inqirozdan   olib   chiqish   uchun   jiddiy   harakat
boshladi. 3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
  M.S.Gorbachyov   hokimiyati   davrida   (1985—1991)   qatag’onga   uchragan,
zo’rlab   ko’chirilgan   xalqlar   taqdiri   masalalari   yuzasidan   bir   qator   komissiyalar
tashkil   etilgan   bo’lsa-da,   aslida   vaziyat   deyarli   o’zgarishsiz   qolaverdi.   Bir   necha
o’n   yillar   davomida   yechilmay,   turg’un   holda   qolib   kelgan   muammolar
millatlararo munosabatlar zamirida ham o’z aksini topdi. O’zbekistonda bu holatni
«Farg’ona voqealari» va boshqa voqealar jarayonida ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Farg’ona fojialari haqida shunday degan
edi:   «Farg’onadagi   voqealar   va   undan   keyingilar   turli   millat   kishilari   o’rtasida
ishonchsizlik   tug’dirdi.   Bularning   hammasini   kimlar   boshladi?   Imonim   komilki,
ushbu   voqea-hodisalarning   markazi   respublikadan   tashqaridadir.   Bozor
munosabatlariga   o’tish   davrida   ittifoqdosh   respublikalarning   ahvoli   tang   bo’lishi
kimlargadir   juda   zarur.   Ana   shunday   vaziyatda   istalgan   payt-da   ularning   ichki
ishlariga   aralashish   va   masalani   xohlagan   tarafga   qarab   hal   etish   mumkin
bo’ladi» 1
.
 1989- yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45
yil   muqaddam   Stalin   bedodligi   natijasida   o'z   yeridan   badarg'a   qilingan   mesxeti
turklarini   o'zbek   xalqi   o'z   bag'riga   olgan,   ularga   mehribonlik   qilgan   edi.   Tub   joy
aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq   1989-yil   20-mayda   Quvasoyda   mahalliy   aholi   bilan   mesxeti   turklari
guruhlari   o'rtasida   mushtlashuv   sodir   bo'ldi.   Respublika   rahbariyatining   voqeani
to'g'ri   baholay   olmaganligi   va   tezkorlik   bilan   zarur   choralar   ko'rmaganligi
oqibatida vaziyat murakkablashdi  va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib
keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich
yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga
o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari
Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga,
temir   yo'l   stansiyasiga,   aloqa   uzeliga,   militsiya   binosiga   hujum   qilindi.
Boshboshdoqlik   partiya   va   sovetlarga   qarshi   tus   olib   bordi.   Ana   shunday
1
  YUnusova X. O’zbekistonda millatlaro munosabatlar va ma’naviy jarayonlar. T., 2009. 130-bet. favqulodda   vaziyatda   respublika   hukumat   komissiyasi   tuzildi.   4-iyundan   boshlab
komendantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar
vaziriigi   ichki   qo'shinlarining   13   ming   kishilik   bo'linmasi   keltirildi.   Ur-yiqit   7-
iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va
Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch
namoyishi   SSSR   ichki   ishlar   vaziriigi   qo'shinlari   tomonidan   o'qqa   tutildi,   50   dan
ortiq   kishi   halok   bo'ldi,   200   dan   ortig'i   yarador   qilindi.   Ommaviy   tus   olgan
tartibsizlik,   ur-yiqitlar   natijasida   jami   103   kishi   halok   bo'ldi.   1011   kishi
jarohatlandi  va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137
xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot
etdi. 757 ta uy, 27 ta davlat binosi, 275 ta avtotransport vositasi yondirildi va talon-
taroj qilindi.
Voqealarning   keng   miqyosda   va   fojiali   tus   olganligi   sababli   sovet   va
ma'muriy   organlar   mesxeti   turklarini   Farg'onadagi   harbiy   qism   poligonidagi
lagerga   hamda   Tojikistonning   Leninobod   viloyati   Asht   tumanidagi   Novgarzon
posyolkasiga   shoshilinch   ko'chirildi.   Minglab   odamlarni   bunday   lagerlarda   uzoq
saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning
Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib
joylashtirildi.
Farg'ona   fojiasining   sabablari,   uni   harakatga   keltirgan   kuchlar   kimlar   edi?
O'zbekiston   Kompartiyasi   MQning   1989-yil   23-iyunda   bo'lgan   XIV   Plenumida
Farg'ona   fojiasi   bilan   bog'liq   masalalarni   o'rganish   uchun   maxsus   komissiyasi
tuzildi.   Komissiyaning   O'zbekiston   Kompartiyasi   MQning   1989-   yil   29-iyulda
bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan
sabablar ochib berildi.
Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni
himoya   qilish   organlarining   tashkilotchilik,   siyosiy   ishidagi   jiddiy   xatolar   fojiali
voqealarga   sabab   bo'ldi.   Ular   viloyatdagi   keskin   ijtimoiy,   siyosiy   vaziyatni
kuchayishi   xavfini   o'z   vaqtida   anglab   yetmadilar,   millatlararo   adovatni   keltirib chiqarishga   uringan   ekstremistlarga,   poraga   sotilganlarga   o'z   vaqtida   zarba
berolmadilar.
Farg'ona   viloyatida   o'n   yillar   davomida   ijtimoiy-iqtisodiy   keskinlik   ortib
bordi.   Xo'jalik   strukturasi   buzilgan,   tarmoqlar   xom-ashyo   yetishtirish,   yarim
fabrikatlar   ishlab   chiqarishga   moslashib   qolgan   edi,   ishsizlar   soni   tobora   oshib
borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar   tanlash,   munosib   ish   bilan   ta'minlash   ishlari   buzilgan,   poraxo'rlik,
xizmat   mavqeyini   suiste'mol   qilish   avj   olgan   edi.Ana   shunday   keskinlikdan,
respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy
kuchlar   allaqachon   ishlab   chiqilgan,   puxta   tayyorgarlik   ko'rilgan   reja   asosida
jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada   sodir   bo'lgan   siyosiy   ig'vogarlik   Tbilisi,   Tog'li   Qorabog',   Bokuda
tashkil   etilgan   ig'vogarliklardan   biri   edi.   Keyinchalik,   1990-   yil   fevral-mart
oylarida   Bo'ka   va   Parkent,   1990-yil   iyunda   O'sh   va   O'zganda   ham   shunday
urinishlar   bo'ldi.   Yovuz   kuchlar   o'z   maqsadiga   erisha   olmadilar.   O'zbekistonning
yangi   rahbariyati  tomonidan  ko'rilgan  chora-tadbirlar   natijasida  keskinlik   bartaraf
qilindi.
O’zbekistonda   bu   fojialarni   tekshirish   uchun   1989 - yil   23 -   iyunda   tashkil
etilgan   komissiya   xulosalarida   esa   Farg’onada   yuz   bergan   voqealar   yoshlar
o’rtasida   kelib   chiqqan   mojarolarning   tasodifiy   natijasi   emas,   balki   ijtimoiy,
iqtisodiy   ildizlarga   ega   bo’lganligi   ta’kidlandi,   uning   sabablari   qatorida   partiya
tashkilotlarining   aholi   o’rtasida   keng   ko’lamda   tarbiyaviy,   tashkiliy   ishlar   olib
bormagani,   xalqlar   do’stligini   mustahkamlashga   e’tibor   bermagani,   ma’muriy
organlar   xodimlari   esa   sarosimaga   tushib,   mojar o   boshlangan   birinchi   kundanoq
janjalning  oldini   olish   uchun   chora-tadbirlar   ko’rmagani   ko’rsatildi.   SHuningdek,
nizolar  mahalliy millat  o’rtasida  kuchaygan  «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining
natijasi   bo’lib,   bu   respublikada   yashayotgan   xalqlarni   bir-biriga   qarama-qarshi
qo’yishga   qaratilgani   ham   qayd   qilib   o’tilgani   holda,   «vodiyda   turk   mesxetilari
xatti-harakatlariga   nisbatan   ancha   befar ql iklar   bo’lgani,   ular   orasidagi   ayrim
shaxslar   Gruziya   SSRning   janubiy   rayonlariga   tezroq   qaytish   muammosini   hal etish   maqsadida   vaziyatni   keskinlashtirishga   uringani,   bu   esa   vaziyatni   ancha
chigallashtirib yuborgani»  
ko’rsatib o’tiladi. S h ubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga
birmuncha   mos   kelsa-da,   mesxeti   turklari   o’z   talablaridan   «kelib   chiqqan
mojarolar»da O’zbekiston rahbariyati, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar
vazirligini   mojarolarning   oldini   ololmaganlikda   ayblash   markazning   yordami
hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish uchun qulay imkoniyat ham edi.
1989 -  yil 15 -  iyunda respublika partiya xo’jaligi faollari yig’ilishida harbiy mashq
zonasiga joylashgan mesxeti  turklarini boshqa yerlarga ko’chirish masalasi  ko’rib
chiqildi.   SSSR   Ministrlar   Sovetining   Raisi   N.I.Rijkov   ma’ruzasida   «Farg’ona
yaqinidagi   qochoqlar   lagerida   yashayotgan   turk   millatiga   mansub   grajdanlarga,
ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqoratuproq rayonlariga
jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish
uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.
XX   asr   90-yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   Ittifoqdagi   o‘zgarishlar,   hamda
yuzaga   kelgan   vaziyat   o‘zbek   xalqining   mustaqillik   uchun   bo‘lgan   kurashini
tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi
zarur   edi.   1989-yil   23-iyun   kuni   bo'lib   o'tgan   O'zbekiston   Kompartiyasi   MQning
XIV   Plenumida   Islom   Abdug'aniyevich   Karimov   O'zbekiston   Kompartiyasi
MQning   birinchi   kotibi   etib   saylandi.   I.A.Karimov   boshliq   yangi   rahbariyat
tomonidan   o'zbek   xalqining   milliy   o'zligini   anglashi   kuchayib   borayotganligi
birinchi   bor   etirof   etildi.   Xalqning   shon-shuhrati,   qadr-qimmatini   himoya   qilish,
milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada   kadrlarni   tanlash,   joy-joyiga   qo'yish   va   tarbiyalash
masalalarida   milliy   manfaatdorlik   ustivorligi   ta'minlandi.   Markazdan   yuborilgan
«kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-
kazolar»   respublikadan   chiqarib   yuborildi.   Mahalliy   kadrlar   rahbarlik
lavozimlariga ko'tarildi.Kadrlar siyosatidagi  jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat
bo'ldiki   endi   O'zbekistonda   partiya,   sovet,   davlat,   huquqni   himoya   qilish
organlarining   boshliqlarini   Moskva   orqali   hal   qilish,   Moskva   belgilagan xodimlarni   ko'tarish   amaliyotiga   chek   qo'yildi,   bu   masalalarni   hal   qilishni
respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.
Bu   vaziyatni   teran   anglagan   rahbarning   jasorati   bo'lib,   siyosiy   mutelikdan
qutilish   tomon   tashlangan   muhim   qadam   bo'ldi.O'zbekistonda   adolatni   tiklash
chora-tadbirlari  ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ga tamomila
chek   qo’yildi.   Bu   bilan   bog'liq   ishlar   qayta   ko'rildi,   aybsiz   qamalgan   minglab
kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
XX asrning 80 – yillari  oxir lariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv
haqiqatga   aylanib   qoldi.   Bu   jarayonni   о‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomi   berilishi
ayniqsa   tezlatib   yubordi.   1989 -   yil   21 -   oktabrda   О‘zbekiston   Oliy   Sovetining   XI
sessiyasi «О‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. О‘zbek
tili   davlat   tili   deb   e’lon   qilindi.   Ish   yuritish   sekin   –   asta   о‘zbek   tiliga   о‘tkazila
boshlandi, uni о‘rganishni  yaxshilash  yuzasidan aniq chora – tadbirlar  belgilandi.
Ayni   vaqtda   rus   tilini   va   respublikada   yashovchi   boshqa   xalqlarning   tillarini
о‘rganish   uchun   shart   –   sharoitlar   yaratilishi   lozim   edi,   tilni   о‘rganishning
ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qо‘yildi. Bu qonunning qabul
qilinishi о‘zbek xalqi, shu xalq milliy о‘z - о‘zini anglashining о‘sishi, respublikada
millatlararo   hamjihatlikning   saqlanib   qolishi   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega
bо‘ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan sо‘ng milliy о‘zlikni anglash,
milliy   davlatchilikni   tiklash   yо‘lida   respublikada   yana   bir   tarixiy   ahamiyatga   ega
bо‘lgan muhim siyosiy qadam qо‘yildi. 
1990   yil   23   martda   О‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining
Plenumida   respublika   siyosiy   tizimi   tо‘g‘risidagi   masala   kо‘rib   chiqildi.   Unda
О‘zbekistonda   hokimiyatning   Prezidentlik   boshqaruvi   shakliga   о‘tishi   respublika
suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990   yil   24   mart   kuni   О‘zbekiston   SSR   Oliy   Sovetining   XII   chaqiriq   1   –
sessiyasi   SSSR   doirasida   birinchi   bо‘lgan   siyosiy   hujjatni   —   «О‘zbekistonda
Prezidentlik   boshqaruvi   ta’sis   etish   tо‘g‘risida» gi   qarorni   qabul   qildi   va
О‘zbekiston   Kompartiyasi   MK   birinchi   kotibi   Islom   Abdug‘aniyevich   Karimov
О‘zbekiston   SSR   Prezidenti   etib   saylandi.   Shu   tariqa,   О‘zbekiston   —   SSSR respublikalari   ichida   birinchi   bо‘lib   о‘zining   milliy   huquqiy   va   demokratik
davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
О‘zbekistonning   mustaqillikka   erishishida   qо‘yilgan   navbatdagi   muhim
qadamlardan   biri   bu   –   1990   yil   20   iyunda   respublika   Oliy   Soveti   tomonidan
«Mustaqillik   Deklaratsiyasi» ni   qabul   qilinishi   edi.   Mazkur   hujjat   О‘zbekiston
qonunlarining   Ittifoq   qonunlaridan   ustuvorligini   ta’minladi.   Shu   bilan   birga,
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud
bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat
olib   borish   imkonini   berdi.   Deklaratsiyada   har   bir   millatning   о‘z   taqdirini   о‘zi
belgilash   huquqidan   kelib   chiqqan   holda,   xalqaro   huquq   qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston
SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. 
Deklaratsiyaning   qabul   qilinishi   bilan   О‘zbekistonda   respublikaning   iq -
tisodiy va siyosiy h ayotiga doir masalalar musta qil tarzda  hal q ilina boshlandi. 
Shunday  bir  tarixiy  sharoitda  sobiq  SSSRdagi  siyosiy  vaziyat   keskinlashib   bordi.
XX   asrning   90   –   yillari   boshlarida   Ittifoq   tarkibidagi   kо‘pchilik   respublikalar
mavjud   vaziyatni   о‘zgartirishni   talab   qilisha   boshladi.   1990   yil   bahorida   Sovet
Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4
mayda),   Estoniya   (8   may),   keyinroq   Gruziya   (oktabr)   va   Ozarbayjon   (1991   yil
fevral)   Ittifoq   tarkibidan   chiqqanligini   e’lon   qildi.   Bu   holat   SSSRning   davlat
butunligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. 
1991   yil   aprelda   Kiyevda   Ukraina,   Rossiya,   Belorus,   О‘zbekiston,
Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Uchrashuvda mustaqil
respublikalar   manfaatlariga   mos   keladigan   Ittifoq   shartnomasini   tuzishga
yondashish   yо‘llari   ishlab   chiqildi   va   tegishli   bayonot   imzolandi.   Bu   hujjatni
Qirg‘iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston   Respublikalari   ham   imzolashga   rozilik
bildirdi. Markaz yon berishga majbur bо‘ldi. 
1991   yilga   kelib   О‘zbekistonda   respublikaning   davlat   mustaqilligiga   doir
mutlaqo   yangi   davlat   ramzlari   tayyorlash   va   qabul   qilish   borasida   dadil   ishlar qilina   boshlandi.   1991   yil   15   fevralda   О‘zbekiston   Oliy   Kengashi
«О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida»  maxsus qaror qabul qildi.
О‘zbekistonning   о‘z   suvereniteti   uchun   kurashi,   avvalo,   respublikada   qabul
qilingan   har   bir   qonunning   mazmuni   va   mohiyati   jihatidan   sobiq   Ittifoq
qonunlaridan   tubdan   farq   qilishida,   bundan   tashqari,   har   bir   qonun   avvalgidek
Ittifoq   qonuniga   moslashtirib   emas,   balki   respublika   manfaati   ifoda   etilganligi
bilan   ajralib   tura   boshladi.   Xususan,   1991   yilning   22   iyo’lida   О‘zbekiston   SSR
Oliy   Kengashi   Prezidiumining   «О‘zbekiston   SSR   hududida   joylashgan   Ittifoqqa
bо‘ysunuvchi   davlat   korxonalari,   muassasalari   va   tashkilotlarini   О‘zbekiston
SSRning   huquqiy   tobeligiga   о‘tkazish»   tо‘g‘risida   qabul   qilgan   qarori   ham
О‘zbekiston   SSR   Prezidenti   I.A.   Karimov,   О‘zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi   va
hukumati   О‘zbekistonning   siyosiy   –   iqtisodiy   mustaqilligi,   uning   milliy
suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti  edi .
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz о‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish
maqsadida   mustaqil   davlatlar   ittifoqini   tuzishga   intildi.   1991   yil   aprelda   Novo   –
Ogoryovoda   SSSR   Prezidenti   M.S.   Gorbachevning   9   respublika   rahbarlari   bilan
uchrashuvi   bо‘ldi.   Ishtirokchilar   tomonidan   «Mamlakatdagi   vaziyatni
barqarorlashtirish   va   tanglikni   bartaraf   etishga   doir   kechiktirib   bо‘lmaydigan
choralar tо‘g‘risida»  qо‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat  «9 + 1»  (9 respublika
+ Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda
bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bо‘lganini kо‘rsatadi. 
1991   yil   3   iyunda   Novo   –   Ogoryovoda   SSSR   Oliy   Soveti   vakillari   bilan
Respublika rahbarlari  о‘rtasida uchrashuv bо‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil  davlatlar
ittifoqi   (MDI)  tuzish   masalasi  muhokama  qilindi.  Mulk,  til  va  yangi  shartnomani
tasdiqlash   tartibi   tо‘g‘risida   keskin   munozara   bо‘ldi.   Uchrashuvda
ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar
ittifoqi   tо‘g‘risida   shartnoma»   loyihasi   ishlab   chiqildi.   Loyiha   barcha
Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jо‘natildi. 
Mazkur   shartnoma   loyihasi   О‘zbekiston   Oliy   Sovetida   1991   yil   14   iyunda
muhokama   qilindi.   Kengash   Federatsiya   tamoyillari   asosida   Mustaqil   Davlatlar Ittifoqini   tuzish   tarafdori   ekanligini   bildirdi.   Shu   bilan   birga   u   Respublikalar
vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 
1991   yil   iyul   oyining   oxirlarida   Novo   –   Ogoryovoda   yangi   shartnoma
loyihasini   uzil   –   kesil   tayorlash   uchun   Markaz   vakillari   va   Respublika
rahbarlarining   uchrashuvi   bо‘ldi.   Markazni   ham,   Respublikalar   rahbarlarini   ham
qanoatlantiradigan   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi   tо‘g‘risida   shartnoma»   loyihasi
tayyorlandi.   Ammo   hamma   rozi   bо‘lgani   holda   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi
tо‘g‘risidagi   shartnoma» ni   imzolash   1991   yil   20   avgust   kuniga   qoldirildi.   SSSR
Prezidenti M.S. Gorbachev Qrimga dam olish uchun jо‘nab ketdi.
Biroq   ittifoqning   kompartiya   va   markaziy   davlat   apparatidagi   bir   necha
nufuzli   rahbarlar   markazning   yakka   hokimligini   cheklaydigan   va   kamida   olti
respublikani   Ittifoqdan   chetda   qoldiradigan   bu   shartnomaga   qо‘shila   olmadi.   Bu
rahbarlar   oliy   hokimiyat   mahkamalaridagi   asosiy   lavozimlarni   egallab   turar   edi.
Prezident   M.   Gorbachev   dam   olishga   ketganidan   foydalanib,   ular   1991   yil   18
avgust   kuni   tayyorlangan   va   19   avgustda   matbuotda   e’lon   qilingan   «Sovet
rahbariyatining   Bayonoti»da   M.S.   Gorbachevning   salomatligi   yomonlashdi,   shu
sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yо‘q, degan soxta
axborot   bilan   chiqdilar.   Bayonotda   Prezident   vakolatlari   vitse   –   prezident   G.I.
Yanayevga   о‘tkazilganligi   e’lon   qilindi.   Aslida   esa   Prezident   M.S.   Gorbachyov
sog‘   –   salomat   edi,   ammo   о‘zini   himoya   qila   olmadi.   Fitnachilar   noqonuniy
ravishda   uni   о‘z   vazifasidan   chetlashtirdi   va   mamlakatdan,   xalqdan,   dunyodan
ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qо‘ygan edi. Fitnachilar
tomonidan   mamlakatni   idora   qilish   uchun   SSSRda   Favqulodda   holat   davlat
qо‘mitasi (GKCHP) tuzildi.
1991   yil   18   avgustda   mamlakatda   favqulodda   holat   e’lon   qilindi.
Favqulodda holat davlat qо‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi.
Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati tо‘xtatiladi, keyinchalik
taqiqlab   qо‘yiladi.   Ammo   KPSS   Markaziy   Qо‘mitasi   joylardagi   partiya
qо‘mitalaridan   tо‘ntarishni   qо‘llab   –   quvvatlashni   talab   qildi.   Moskva   va   boshqa
bir   necha   yirik   shahar   kо‘chalariga   qо‘shinlar,   shu   jumladan   tanklar   kiritildi, deyarli   barcha   markaziy   gazetalar   ta’qiqlab   qо‘yildi,   markaziy   televideniyaning
birinchi   kanalidan   boshqa   barcha   kanallari,   deyarli   barcha   radiostansiyalar   ishi
tо‘xtatildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining kо‘pchiligi Favqulodda holat
davlat   qо‘mitasidan   yuz   о‘girdi,   armiya   payt   poylash   pozitsiyasida   turdi.   20
avgustdayoq   qarshilik   markaziga   aylangan   RSFSR   Oliy   Kengashi   binosi   atrofida
barrikadalar   paydo   bо‘ldi,   ularda   о‘n   minglab   kishilar   himoyada   turdi.   Harbiy
bо‘linmalarning   bir   qismi   mudofaachilar   tarafiga   о‘tdi.   21   avgustda   fitnachilar
mag‘lubiyatga   uchradi,   22   avgustda   esa   Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasi
(GKCHP)   a’zolari   qamoqqa   olindi.   Shundan   sо‘ng   tо‘ntarishni   qо‘llab   –
quvvatlagan   KPSS   rahbariyati   bu   partiyaning   obrо‘sini   uzil   –   kesil   yerga   urdi.
Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasining   mag‘lubiyatidan   sо‘ng   mamlakatda
kommunizmga   qarshi   ommaviy   namoyishlar   bо‘lib   о‘tdi.   KPSSning   faoliyati
tо‘xtatib qо‘yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi  bu qarorga
qarshi   norozilik   bildirish   uchun   kо‘chaga   chiqmadi.   Bu,   mazkur   partiya   1991   yil
yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
Moskvada   fojiali   hodisalar   rо‘y   bergan   paytda   О‘zbekiston   birinchi
p rezidenti   I.A.   Karimov   rasmiy   safar   bilan   Hindistonda   edi.   U   1991   yil   19
avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari
bilan   uchrashib,   qat’iy   tarzda   О‘zbekiston   nuqtai   nazarini   ma’lum   qildi.
Respublika   rahbariyati   Markazdan   beriladigan   qonunga   xilof   bо‘lgan   har   qanday
kо‘rsatmalarni   bajarishni   man   etdi.   20   avgustda   О‘zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi
Rayosati   va   О‘zbekiston   SSR   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida
qо‘shma   majlisi   bо‘ldi.   Unda   fitna   munosabati   bilan   vujudga   kelgan   vaziyat
muhokama   qilinib,   О‘zbekistonning   mustaqillikka   erishish   yо‘li   о‘zgarmasligi
haqida Bayonot qabul qilindi.
1991   yil   21   avgust   kuni   О‘zbekiston   birinchi   p rezidenti   I.   Karimovning
Farmoni   bilan   Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasining   О‘zbekiston   Konstitusiyasi hamda   qonunlariga   zid   keladigan   qarorlari   va   farmonlari   noqonuniy   deb   e’lon
qilindi.
Islom   Karimov   Favqulodda   holat   Davlat   Qо‘mitasi   faoliyatiga   о‘z
munosabatini bildirmagan, qо‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy
Qо‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va
qadr   –   qimmatini   zarba   ostiga   qо‘yganini   qoraladi.   Buning   ustiga   respublika
kommunistlarini   chalg‘itishga   va   davlat   tо‘ntarishini   qо‘llab   –   quvvatlashga
majbur qilishga urinish bо‘lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS
Markaziy   Qо‘mitasi   Siyosiy   Byurosining   tarkibida   qola   olmasligi   tо‘g‘risida
bayonot   berdi.   Mazkur   bayonotni   О‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qо‘mitasi
byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 
О‘zbekiston   birinchi   Prezidentining   1991   yil   25   avgustdagi   Farmoniga
binoan   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi   va   Davlat   xavfsizligi   qо‘mitasi   qonuniy
ravishda   О‘zbekiston   tasarrufiga   olindi.   Respublika   hududida   joylashgan   SSSR
ichki   ishlar   vazirligining   ichki   qо‘shinlari   bevosita   О‘zbekiston   Prezidentiga
bо‘ysundirildi.   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   qо‘mitasi,
prokuraturasi,   adliya  organlari,  ichki   qо‘shinlar,   Turkiston   harbiy   okrugi   qismlari
va qо‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   prezidenti   I.   Karimov  Oliy   Kengash
sessiyasini  chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish
masalasini   keskin   qo`ydi.   Chunki   har   bir   milliy   respublikaning   chinakam   teng
huquqliligi   va   mustaqilligi   ta'minlangandagina   tanazzuldan   chiqish   mumkin   edi.
Buning   uchun   mustaqillik   yolidagi   barcha   to‘siglar   olib   tashlanishi,   har   bir
respublika so`zda emas, balki amalda tenglar orasida teng lozim edi. 
Ayni  shu  maqsadlarni  ko`zlab, O’zbekistonOliy  Kengashining  XII  chaqiriq
navbatdan   tashqari   sessiyasi   1991-yil   31-avgustda   o`z   ishini   boshladi.
O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy
ahamiyat   kasb   etishini   alohida   ta'kidlash   lozim.   Unda   «O`zbekiston
Respublikasining   davlat   mustaqilligi   to`g`risida»gi   hamda   «O`zbekiston
Respublikasining   Davlat   bayrog`i   to'ggrisida»gi   masalalar   kun   tartibiga   qizg`in muhokama   qilindi.   O’zbekistonRespublikasining   davlat   mustaqilligi   to`g`risida
birinchi   prezident   I.   Karimov   ma'ruzasi   tinglandi.   U   o`z   nutqida   1991-yil
o`rtalarida   markaziy   hukumat   olib   borayotgan   ichki   siyosatni   tahlil   19-21-avgust
kunlari   Moskvada   Favqulodda   Holat   Davlat   Komiteti   a'zolarining   fuqarolar
boshiga azob-uqubatlar solishga intilishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini,
respublikalar   mustaqilligini   yana   kishanlamoqchi   bo'lganliklarini   ro`yi   rost   ochib
tashladi.   Alg`ov-dalg`ovli   kunlarda   ham   O`zbekistonning   o`z   yo`li   va   maqsadi
borligini,  bu  xalq  manfaatiga  mos   yo'l   ekanligini,  qan-day   qilib  bo'lmasin,  undan
qaytmaslik lozimligini aytdi. Shuningdek, ma'ruzada mustaqil davlatlar maqomiga
to`xtalib:   «Bo`lajak   Mustaqil   davlatlar...   erkin,   mustaqil   va   teng   huquqli   bogib
qolishlari,   o'ziarining   milliy   davlat   tuzish,   tashqi   bozorga   chiqish,   o'zi   ma'qul
topgan   barcha   mamlakatlar   bilan   xalqaro   munosabat   o`rnatish,   diplomatik   va
konsullik   alogalari   masalalarini   mustaqil   hal   etishlari   kerak.   Yana   ta'kidlab
aytaman, bu hech kimning buyrug'isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi
kerak.   Mana   shu   sharoitga,   sabablarga   asoslanib,   xalqimiz   xohish-irodasini   bajo
keltirib,   Oliy   Kengash   diqqatiga   faqat   bir   masalani   qo`ymoqchiman:
O`zbekistonning   mustaqilligi   haqidagi   Qonunni   muhokama   etish   va   uni   qabul
qilishni   taklif   etaman.   Bu   qonunda   qadimiy   va   yangilanayotgan   diyorimizda
istiqomat   qilayotgan   barcha   kishilarning   xohish-irodasi   o`z   ifodasini   topgan.
Xalqimizning   bu   ezgu   xohish-irodasi   biz   uchun   muqaddasdir»,   —   degan   fikr
bildirildi.   Oliy   Kengash   deputatlari   moddama-modda   muhokamadan   so`ng
«O`zbekiston   Respublikasining   Davlat   Mustaqilligi   to`g`risida»gi   qonunni   qabul
qildilar. 
So`ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilindi.
O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik
e' lon qilingan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni,
deb   e'lon   qilindi.   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqilligi   haqidagi   bu   hujjatlar
o`zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi.  ADABIYOTLAR:
1.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettiramiz 
va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
2. Mirziyoev Sh.M. Biz buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3. I.A.Karimov O'zbekiston mustaqillik arafasida. T. "O'zbekiston", 2012 yil.
4. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak bo'lmaydi.Tarq, 1998 y.
Asosiy
1. Usmonov K., Sodiqov M. va b. O'zbekiston mustaqillik va mustaqillik yillarida. 
T. "O'qituvchi", 1996 y.
2. Xujamberdiev Yo. O'zbeklarning ishi. T. Yozuvchi, 1990 yil.
3. Ergashev Sh. Iroda bepul. T. ”O'zbekiston”, 2017. 171-184 betlar.
4. O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. Sovet Ittifoqi davrida O'zbekiston. 
T. "Sharq", 2010 yil.
5. Jo’rayev   N.   Mustaqil   O`zbekiston   tarixi.   T.   G`afur   G`ulom   nomidagi   nashriyot
matbaa ijodiy uyi. 2013.
6. Х oliqulov   R.,G`aniyev   K.,   Nasrullayev   M.   O`zbekiston   tarixi   (nomutaxassis
yo`nalish talabalari uchun). C.2019.266-274-betlar.

O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Reja: 1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari. 3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.

1.XX asrni 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo y etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Pax ta yakkahokimligi o‘rnatildi. Sobiq sovet davlatining markaziga xom-ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlandi. Bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi. Uzoq yilllar davomida qishloq xo`jaligini ekstensiv rivojlantirilishi, paxtachilikka аsosiy e`t i bor qaratilishi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekogologik vaziyatni yana keskinlashtirdi. Buning ustiga markazning ko`rsatmalari asosida paxta ekin maydonlari doimiy ravishda kengaytirilib, g`alla maydonlari esa qisartirilib borildi. Masalan, 1985-yilda paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Bunday nomutanosiblik chetdan don sotib olish hajmini yanada oshirdi. Paxta yakka hokimligi oqibatida respublika iqtisodiyoti xom-ashyo yetkazib beradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. Bu respublikada shundoq ham og`ir holatda bo`lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Markazning paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969-yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan. Orol dengizi o`zining Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan.

Respublikada ekologik vaziyatning keskinlashuvi, jumaladan ichimlik suvi bilan ta`minlanishi yamonligi, suvdagi minerallashuvning o’sishi, dengiz tubidan katta miqdorda ko`tarilayotgan chang , tuz va minerallarning atrof- muhitni zaharlashi oqibatida dengiz havzasi qishloq aholisining 87 foizi yuqumli kasalliklarga chalinganligi, hamda bolalar o`lim darajasi baland ekanligi aniqlangan. Jumlada , O`zbekistonda 1985-yilda har 1000 nafar chaqaloqdan 46,2 foizi o`lgan. Bu ko`rsatgich Qoraqalpog`iston Respublikasida 62,5, Surxondaryo viloyatida 55,2, Xorazm viloyatida 50,4 foizni tashkil qildi. Ammo O`zbekistondagi og`ir ekologik vaziyat, Orol dengizi hududi aholisining salomatlik darajasini pasayib borayotganligi, mazkaziy siyosiy rahbariyatni tashvishga solmadi. O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12- o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi. Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi. Milliy g‘urur tushunchalariga zarba berildi. Barcha sohalarda davlat hukmronligining o‘rnatilishi egasizlik va o‘zibo‘larlikka olib keldi. Xalq ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazifalar faqat buyruq asosida belgilandi. Ziyolilarning qirib tashlanishi, yoxud iskanjaga olinishi milliy poklanish jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq ko‘nglida qo‘rquv va umidsizlik uyg‘otdi.Yurtimizda ruslashtirish siyosati kuchaydi va Davlat tili rus tili deb belgilandi. O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yildi.O‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlari hayotining xolisona o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatildi. Bu borada maxsus qarorlar qabul qilindi.

Islom dini va milliy bayramlarning yo‘q qilinishi ma’naviy bo‘shliq kelib chiqishiga zamin yaratdi. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi. 1987- yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi. 1980- yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSS(Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi. 2. Turg‘unlik yillaridagi qatag‘onlik. “O‘zbeklar ishi”, ”Paxta ishi” deb nom olgan jarayonla r . Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi . Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari tuzildi .1983-1989 yillarda T.Gdlyan va N.Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.Shu ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqqa

olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. Qamoqa olinganlarning ko‘pchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi.Bu o‘zbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq- tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi. O‘zbekistonda qo‘pol tarzda inson huquqlari poymol etildi. Qatag‘onlik siyosatining oqibatida xususiy mulk, asriy an’analar yo‘q qilindi. Davlat hukmronligi, partiya yakka hokimligi o‘rnatildi.Sovet tuzumiga qarshi bo‘lgan xalqning ilg‘or qatlamlarini davlat boshqaruviga yaqinlashtirmaslik siyosati olib borildi.Hukumatga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan yo‘qotildi.Har qanday yo‘l bilan sovet davlatining kuch qudratini saqlab turish asosiy maqsad edi.Ilg‘or g‘oyalar yo‘qotildi.Ko‘zga ko‘ringan olimlar, shoir va davlat arboblari shafqatsiz yo‘q qilingan.Milliy g‘urur va o‘zlikni anglash g‘oyalarini ildizi bilan quritishga intilgan.Xalqlarning tili, dini va asriy an’analariga tajovuz qilingan.Diniy qadriyatlar toptalgan.Pirovard natijada yagona sovet xalqini tashkil etishga harakat bo‘ldi. Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi cheklangan.Sovet xalqini boshqa xalqlardan ajratib iskanjada ushlangan, zo‘rlik orqali kamchiliklar yashirilgan. Ma’muriy-siyosiy biqiqlik . 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o‘rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi.Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. U nda m ahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko‘p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1- o‘rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.