logo

Nafosatshunoslik haqida ma’lumotlar Nafosatshunoslik fani predmeti. maqsad va vazifalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

54.5107421875 KB
Nafosatshunoslik haqida ma’lumotlar   Nafosatshunoslik fani predmeti.   maqsad va
vazifalari  
Reja;
1.Go’zallik.
2.Ulug’vorlik.
3.Fojealilik.
4.Kulgililik. 1.   Go’zallik   -   nafosatshunoslikning   asosiy   tushunchasi.   Zero,   go’zallik   -   nafosat
olamining   mag’zi,   bosh   xossasi,   mohiyati,   asosini   tashkil   qiladi.   Shuning   uchun
bo’lsa kerak, estetika, nafosatshunoslik,  go’zallik falsafasi  tarzida ham talqin etib
kelinadi.
Go’zallik muammosiga  murojaat  etgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr
yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo
ta’kidlaydi.   Mazkur   qiyinchilik,   birinchi   navbatda,   go’zallik   tushunchasining
o’zaro  hech   bir  umumiyligi   bo’lmagan  turli   -   tuman  hodisalarning  keng  doirasiga
taalluqliligi   bilan   bog’liqdir.
Go’zal   bo’lgan,   ya’ni   bizda   ijobiy   tuyg’u   qo’zg’atgan   narsani   ko’rsatib   berish
nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal ekanligini tushuntirib
berish   ancha   mushkul.   Huddi   shu   tarzda   go’zallik   muammosiga   falsafiy
yondoshish   tarixan   shakllangan.
Go’zallik   bu   voqelik   (tabiat,   jamiyat,   san’at)   hodisasi   bo’lib,   aniq   hissiy   ta’sir
o’tkazish   orqali   insonda   jismoniy   va   ma’naviy   kuchlar   oqimining   ko’payishiga,
shodlik,   zavqlanish,   to’la   ma’naviy   qoniqish   holati   vujudga   kelishiga   imkon
yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun
xizmat   qilishga   mo’ljallangan   bo’ladi.   Va   nihoyat,   go’zallik,   Shillerning   o’rinli
iborasi   bilan   aytganda,   inson   ozodligining   ramzi   sifatida   ifoda   topadi.   Mustaqil
Respublikamizda   erkin   ma’naviyatli   shaxs   tarbiyasi   muhim   vazifaga   aylangan
tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go’zallik cheksiz hilma   -   hillikka
ega   bo’ladi.   Tabiatdagi   go’zallik   ijtimoiy   hayot   go’zalligidan,   foydali   amaliy
faoliyatidagi   go’zallik   badiiy   ijoddagi   go’zallikdan   farq   qiladi.   Lekin   go’zallik
qanchalik   o’zining   rango     -     rangligi   bilan   ajralib   turmasin,   ularning   barchasi
qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli
ularning   barchasini   maxsus   ilmiy   -   falsafiy   istiloh   -   go’zallik   tushunchasi   orqali
talqin   etish   imkoniyati   mavjud.
Inson   hamma   erda   va   har   qanday   darajada   mavjud   tabiiy   hamohanglik   bilan
to’qnashar   ekan,   u   albatta   tabiatning   go’zalligidan   zavq   -   shavq   oladi,   ongli   yoki
anglamagan   holda   sevinadi,   ma’naviy   boylik   orttiradi.   Ijtimoiy   orzuga   muvofiq kelish tabiatda insondagi go’zallikdan zaifroq ko’rinadi, ammo bu erda ham o’sha
qonuniyat   amal   qiladi.  Inson   tabiatdagi   u  yoki   bu  davr,  u   yoki   bu   ijtimoiy   guruh
ijtimoiy   orzusiga   muvofiq   keladigan   hodisalarni   go’zallik   sifatida   baholaydi.
Hamma   vaqt   tabiatga   nafosatli   munosabat   va   tabiatni   nafosatli   o’zlashtirish   uni
«insoniylashtirish»,   tabiat   hodisalariga   inson   talab   -   ehtiyojlarini,
maqsad   -   orzularini   tadbiq   etish   bilan   bog’lanib   ketgan.   Shu   munosabat   bilan   bu
erda   atoqli   yozuvchilarni   tabiat   manzaralari   tasvirini   rango   -   rang   bo’yoqlarda
inson   qiyofasi,   orzu   -   umidlari,   intilishlari   bilan   uzviy   -   badiiy   bog’lab
ifodalashlarini   eslatib   o’tish   o’rinlidir.  (Oybekning   «Navoiy»  romani   boshlanishi,
Qodiriyning   «O’tgan   kunlar»   romanidagi   Otabekning   Marg’ilonga   borib   kelishi
badiiy   tasviri   shular   jumlasidandir).
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg’usi birdaniga paydo bo’lmagan,
albatta,   u   sekin   -   asta,   inson   zoti   va   tabiati   rivojlanib   borgani   sari   shakllanib
borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal
yoki   hunuk   ekanligini   baholamagan,   qadimgi   ovchi   -   musavvir   o’z   diqqat
e’tiborini   asosan   tirikchilik   manbai   bo’lgan   narsalar,   voqea   hodisalarga   qaratgan
edi. (Omon   -   Qo’ton, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda
inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma   -   yon
dehqonchilikning   paydo   bo’lishi   bilan,   ya’ni   inson   atrofidagi   tabiatni   o’zlashtira
boshlashi   bilan   tabiat   boshqacha   ijtimoiy   orzu   mezonlari   bilan   baholanadi,
o’lchanadi,   inson   uchun   tabiatning   go’zallik   va   hunuk   tomonlari   ayon   bo’la
boshlaydi. Inson kuch   -   qudratiga nisbatan tabiat  kuchlarining qudratliligi  tabiatni
estetik   o’zlashtirishning   dastlabki   bosqichini   belgilab   berdi.   Birinchi   paytlarda   u
o’zida   go’zallik   va   foydalilik   tomonlarinig   teng   -   barobar   bo’lishini   o’zida
ifodaladi.   Odamlar   qurg’oqchilikka   qarshi   mashaqqatli   kurash   olib   borgan
davrlarda   er   yuzida   suv   bilan   bog’liq   bo’lgan   hamma   narsa   go’zallik   kasb   etadi.
Yil   davomida   ko’pchilik   kunlar   yog’ingarchilik   bilan   o’tgan   erlarda   quyosh   eng
go’zal   hodisa   sifatida   qabul   qilindi.   Tabiatdagi   go’zallikka   manfaat   nuqtai
nazaridan   yondoshish,   odamlarning   hozirgi   kunda   ham   asalari   va   oddiy   arilarga
berayotgan   baxosidan   qarama   -   qarshi   his   -   tuyg’ularga   ko’rinadi.   Bir   vaqtning o’zida   ular   ikkalasi   ham   jon   og’ritib   chiqishlariga   qaramay,   odamlar   uchun
asalarida   go’zallik,   oddiy   arilar   hunuklik   tasavvurlari   bilan   bog’langandir.
Go’zallikni   yuksak   darajadagi   foydalilik   tarzida   idrok   etish   tushunarli,   albatta.
Lekin bunday qarash go’zallikning ko’rinishlaridan faqat bittasini o’z ichiga oladi.
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo’lgan ishlab
chiqarish   kuchlariga   ham   ega   bo’lib   qoldi.   Shu   narsa   aniq   -   ravshan   bo’lib
bormoqdaki,   tabiatga   faqat   moddiy   manfaatdorlik   nuqtai   nazaridan   munosabatda
bo’lish   butunlay   istiqbolsizdir.   Insoniyat   hozir   tabiatni,   atrof        -       muhitni   himoya   
qilib , undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari  ichiga
yanada chuqur kirib borib, o’ziga uning yangidan   -   yangi mo’jizalarini ochmoqda,
undan   ta’lim   -   saboqlari   olmoqda.   Insoniyat   tabiat   ustidan   qozongan   g’alabalarini
mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o’zaro aloqadorlikda, ittifoqda
bo’lish   tomon   intilmoqda.   Bu   holatni   Chingiz   Aytmatov   o’zining   mashhur
«Kunda»   «Plaha»   romanida   juda   ishonchli   tarzda   badiiy   bo’yoqlarda   ifodalay
olganlar.
San’atdagi   go’zallik   -   esa   hayotdagi   go’zallik   in’ikosi   bo’lib,   uning
bitmas   -   tuganmas   manbai   -   voqelikdir.   Go’zallik   yaratuvchi   ijodkorlardan   biri
aytaganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay
olmagan   go’zallikni   hamma   erda   ko’ra   bilish   qobiliyatiga   egadir.
Tabiatga,   insonga,   insoniy   munosabatlarga   ko’pincha   biz   san’atning   buyuk
ijodkorlari   ko’zi   bilan   qarashga   o’rganib   qolganmiz.   Bizni   hayratga   soladigan,
ajoyib tabiat hodisalari bilan to’qnashganimizda beihtiyor: «Qanday go’zal, Huddi
Van   Gogdagidek   -   a   |   Levitandagidek,   Rembrantdagidek,   Goyyadagidek   va   h.|»
deb hitob qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy emas, chunki Van Gog,
Levitan,   Rembrant,   Goyya   va   b.   O’zlari   yashab   in’ikos   etgan   tabiatni,   uning
bag’ridagi odamlar va hayvonalrni umumlashtirilgan, ramziy shakllardagi ob’ektiv
go’zalliklarini   ochib   namoyish   qilganlar   va   ularni   idrok   etish   bilan   bog’liq
ko’pchilikka   xos   kechinmalarni   ifoda   etganlar.
San’at   hayotning   beqiyos   boyligini   va   hilma   -   hilligini,   go’zallik   va   hunuklikni,
yuksaklik   va   pastkashlikni   aks   ettirishi   hamda   bu   vazifasini   aniq   estetik   orzu mavqeida   turgan   holda   amalga   oshirishi   lozimdir.
5.   San’atdagi   go’zallik   ko’p   qirrali,   ko’p   o’lchovli   tomonlarga   ega   bo’lib,   ular
orasida   estetik   orzu   belgilovchi   ahamiyat   kasb   etadi.   San’at   go’zal   va   hunuk
hodisalarni   aks   ettirishi   mumkin.   Lekin   uning   o’zi   hamma   vaqt   ham   go’zaldir,
chunki   u   o’z   tarkibiga   ajralmas   qism   sifatida   estetik   orzu,   ya’ni   go’zallikning
zaruriy   xossasini   singdirgan   tasavvurni   anglatadi.
San’at   o’zining   barcha   taraqqiyot   bosqichlarida   estetik   orzu   o’zgaruvchanligini,
uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog’liqligini nozik va sezgir ifodalab bergan.
San’atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini inson go’zalligi haqidagi
turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar tushunchalari bo’yicha uni qanday
qiyofada   ko’rish   istaklari   mavjudligi   to’g’risidagi   tasavvurlar   tashkil   etadi.
Ko’p   asrlar   davomida   san’at   estetik   orzuni   ro’yobga   chiqarishning   ikki   asosiy
yo’nalishini   ishlab   chiqqan.   Uning   birinchisi   –estetik   orzuni   ijobiy   qahramon
timsolini   yaratish   orqali   ro’yobga   chiqarish   yo’li   yo’li   tashkil   etadi.   Ijobiy
qahramon   -   ijodkor   estetik   orzusining,   u   orqali   jamiyatning   namoyandasidir.
Ilg’or   orzularni   ularga   qarama   -   qarshi   hayot   hodisalarini   tasvirlash   orqali   qaror
toptirishning   ikkinchi   yo’li   birinchisidan   kam   bo’lmagansamarali   va   estetik
ahamiyatlidir. Buyuk so’z ustalaridan biri san’at  orzu |ideal|dagi  odamlarni emas,
balki   ijodkorning   o’zida   orzu   bo’lishini   taqozo   etadi,   deb   haq   gapni   aytgan   edi.
Shunday   orzu   bo’lgan   taqdirda   eng   mudhish,   hunuk,   pastkash   hayot   hodisalarni
tasvirlash   ham   san’at   asarlarining   ijobiy   estetik   qiymatini   tushurib   yubormaydi.
San’atda   ilg’or   estetik   orzuning   bo’lishi   san’at   go’zalligi   bilan   bog’liq   zaruriy,
lekin   yagona   bo’lmagan   omildir.   San’at   go’zalligi   uning   haqqoniyligidan
ajralmagan   holda   qaror   topadi.   Badiiy   haqiqat   siz   san’atda   go’zallik   bo’lishi
mumkin emas. Haqiqat va go’zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan
biridir.   Mazkur   qoidani   nozik   fahmlash,   ifoda   qilar   ekan,   Shekspir   o’zining
sonetlarida   biri:   «Go’zallik   qimmatli   haqiqat   bilan   yakunlanib,   yuz   chandon
go’zallik   kashf   etadi»,   —   deb   yozgan   edi.   Go’zallikni   hayot   haqiqatidan   ajratib
tashlashga   har   qanday   urinish   san’atga   halokatli   ta’sir   qilib,   uning   faol,
o’zgaruvchan   ahamiyatini   pasaytiradi. San’atdagi   go’zallikni   haqli   ravishda   shaklli   va   mazmuniy   birligi   bilan   bog’lab
mushohada etadilar. Kamolotga, go’zallikka intilish ko’p jihatlardan eng muvofiq
shaklini   izlab   topish   bilan   bog’liq   bo’lib,   bu   shakl   yaratilmish   narsaning
mazmuniga   mos   kelishini   taqozo   etadi.   Go’zallik   qonunlari   bo’yicha   yaratish
mutanosib   shakl   izlab   topishni   o’z   ichiga   oladi.
Shaklning   mazmunga   mos   kelishi   san’atdagi   go’zallikning   mezoni   ekanligi
haqidagi qoidaga ba’zi bir aniqliklar kiritishimiz bu erda o’rinlilir. Masala qanday
mazmun   haqida   gap   borayotganligidadir.   Yolg’on,   zararli,   g’oyaviy   buzuq
mazmun   o’ziga   yarasha   ifoda   topadi ,   lekin   buning   natijasida   san’at   asari
go’zalligining   mezonlaridan   biri   biri   sifatida   qarash   mumkin   bo’ladiki,   agar   gap
ijtimoiy   ahamiyatli,   g’oyaviy,   ilg’or,   hayot   haqiqatiga   ega   mazmun   haqida   borsa
hamda   unga   muvofiq,   barkamol   shaklda   bu   mazmun   ifodalansa.
Yuqorida   bayon   qilingan   fikr   -   mulohazalardan   hulosa   yasab   shuni   aytish
mumkinki,   san’atdagi   go’zallik,   uning   kamolot   darajasi   ko’p   tomonli,   murakkab
tizim   birligini   anglatib,   uning   tarkibiy   qismlari   sifatida   tasvir   ob’ektining
go’zalligi, estetik orzuning haqqoniyligi va ilg’orligi, voqelikni bilishning haqiqiy
va   chuqur   mazmundor   ekanligi,   badiiy   mahoratning   yuksakligi   namoyon
bo’ladilar.   Mazkur   omillar   orasida   estetik   orzu   o’zining   haqqoniyligi,
demokratikligi,   insoniyligi   bilan   belgilovchi,   sistema   tashkil   etuvchi   ahamiyatga
molikdir.
2.   Ulug’vorlik   -   nafosatli   va   aхloqiy   mezonlar   bilan   bog’lanib,   nihoya   darajada
yaqqol   va   bevosita   amal   qidadigan   nafosatli   mezoniy   tushunchani   tashkil   etadi.
Ulug’vorlik   ko’llami   go’zallik   ko’lamidek   cheksiz   va   benihoyat.   Ulug’vorlik
tabiatda,   jamiyatda,   inson   ishlarida,   uning   faoliyat   maxsulotlarida   jamlangandir.
Ulug’vorlik   belgisiga   ega   bo’lgan   barcha   narsalarning,   hodisalarning   hammasiga
xos   bo’lgan   umumiylik   -   ularning   me’yoriy   barkamolligi,   shu   qadarki,   undan
tashqarida   me’yor   qonuni   buzilishi   mumkin.
Ulug’vorlik   kategoriyasi   odamlar   uchun   alohida   ahamiyatli   hodisalar   sirasiga
kiradi.   Bunday   hodisalar   mohiyatan   shu   qadar   keng   ko’lamliki,   ular   ijtimoiy
taraqqiyotning   ma’lum   bosqichida   to’la   o’zlashtirilishi   mumkin   bo’lmaydi, shuning   uchun   odamlarni   faol   harakatga,   o’zlaridagi   ijodiy   imkoniyatlarni   ishga
solishga   doimo   rag’batlantiradi.
6.   Tabiatda   ulug’vorlik   baland   tog’lar,   qudratli   sharsharalar,   cheksiz   okeanlar,
moviy mavj urayotgan dengizlar, tubiz osmon va h. k. timsolida namoyon bo’ladi.
Bu   erdagi   umumiylik   -   ulardagi   kengko’lam,   ulkanlik,   buyuklik,   tuganmaslikdir.
Tabiatdagi   ulug’vorlik   insonda   o’zidagi   zaiflik   emas,   balki   tabiat   bilan   qo’shilib
ketishga   intilish   hissini   uyg’otadi.
Ulug’vorlik   hissi   o’z   -   o’zidan   nafosatli   mazmunga   ega   bo’lmagan   quvonch,
hayratlanish,   ehtirom,   tan   berish   tuyg’ulvrini   o’z   ichiga   qamrab   oladi.   Bularga
ba’zida   qo’rquv   ham   qo’shiladi,   lekin   u   insonni   kamsitmaydi.   Balki   to’siqlarni
engib   o’tishga   turtki   beradi.
Ulug’vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy shartlangan,
aniq   -   tarixiy   tabiatga   ham   molik   bo’ladi.   Ulug’vorlikka,   ijtimoiy   hayotga   tarixiy
taraqqiyotga   alohida   ta’sir   o’tkazuvchi   hodisalar   va   jarayonlar   ham   kiritilishi
mumkin.   Ijtimoiy   hayotda   ulug’vorlik   bilan   qahramonlik,   mardlik   shu   qadar
qorishib ketadiki, ularni alohida   -   alohida mushohada etish ulug’vorlikning asosiy
mazmunidan   mahrum   qilib   qo’yish   bilan   barobar   bo’lar   edi   Qahramonlikda
ulug’vorlikka   xos   estetik   va   a х loqiy   birlik   ayniqsa   to’la   va   bevosita   namoyon
bo’ladi.   Xalq   fidoiylari,   elu   -   yurt   jonkuyarlarining   qiyofalari   bir   vaqtning   o’zida
ham   ulug’vor,   ham   mardona   namoyon   bo’ladi.
Mustaqilligimizning   asoschisi,   mamlakatimiz   Prezidenti   Islom   Karimovning   hali
sho’ro   tuzumi   hukm   surib   turgan   sharoitda   O’zbekistonning   mustaqilligini   e’lon
qilganilarning   bu   mustaqillikni   mustahkamlash   yo’lida   ko’rsatib   kelayotgan
qahromonona   faoliyati   ustivorlikning   ajoyib   namunasidir.   Aqlu   qahramonlik
ko’pchilik   omma   tushunchasida   odatdan   tashqari   noyob,   nodir,   kam   uchraydigan
hodisalar ,   lekin   u   kundalik   hayotda,   oddiy   sharoitda   eng   sodda,   hamma   amal
qiladigan   a х loqiy   qoidalar   doirasida   ham   sodir   bo’lishi   mumkinligining   o’zi
ulug’vor ahamiyat kasb etadi. Bu haqda jahon san’ati tarixida birinchi bo’lib, A.P.
Chehov   aytgan   va   yozgan   edi.   Chehov   orzusidagi   qahramonlik,
mardlik   -   ulug’vorlikni kundalik halol mehnatda, a х loqiy aqidalarga doimiy tarzda amal   qilishda   o’z   qadrini   topadi.
Ijtimoiy   va   nafosatli   orzular   bilan   birga,   ba’zi   ulug’vorlik   va   pastkashlik,
qiymatlari ham tubdan o’zgarib bosh xususiyatiga egadir. Bundan 30   -   40 yil oldin
ulkan   zavod,   fabrikalar   korxonalarning   ko’piga   bo’y   cho’zgan   trubalari   tutunlari
hayotdagi   ulug’vorlik   tarzida   in’ikos   etiladi.   Insonga   bo’ysundirilgan   tabiat
qiyofasi   ijtimoiy  ong  tarkibiga  singdirilar   edi.  Inson   -   tabiat   ustidan,  shaxs   -   to’da
ustidan   musobaqada   ilg’or   uchuvchi,   konchi,   sut   sog’uvchi,   olim,   ishchi   -   xalq
ustidan   mana   shularning   hamma   -   hammasi   yaqin   kunlardagi   bizning   ulug’vorlik
orzuimizni   tashkil   qiladi.   Bularning   hammasi   boshliqla   o’zboshimchaligi,
yoppasiga   fidoiylik,   yalpi   va   yakka   hokimiyatchilik   davlatning   shaxs   usidan
buyruq   hukmi   zaminida   vujudga   kelgan   ijtimoiy   tuzum   -   sistemasining   achchiq
orzu   -   mevalaridir.   Tabiat   ustidan   hukmronlik   o’rniga   u   bilan   hamohang   bo’lish,
ayrim   o’zmachilik,   ommaviy   qaror,   yalpi   rozilik   o’rniga   ijtimoiy   faol,
tashabbuskor, ijodkor shaxsni  shakllantirish burch   -   vazifalarini ado etish bugungi
kundagi   ulug’vorlik   orzusining   asosiy   mazmunini   tashkil   etadi.   Ulug’vorlik
o’zining   har   tomonlama   ijodiy   ifodasini   san’atda   topadi,   uning   barcha   tur,   hil   va
ko’rinishlar uchun ulug’vorlik mavzui asosiy tasvir ob’ektlaridan biri bo’lib xizmat
qiladi.   Shubhasizki,   san’atning   turli   ko’rinishlari,   ulug’vorlik   tasvirlashning
hilma   -   hil   imkoniyatlaridan   foydalaniladi,   aytish   mumkinki,   uning   ayrim
turlari   -   qahramonlik   dostonlari,   lirik   dostonlar,   qahramonlik   fojiasi,   qahramonlik
musiqa   asarlari   (simfoniya,   oratoriya),   me’morchilik   va   yodgorlik   san’ati
ko’rinishlari   ulug’vorlik   mavzusini   badiiy   o’zlahtirish   earayonida   vujudga
kelgandir.
Ulug’vorlik   me’morchilikda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Misr   piramidalari,
Samarqand,   Buhoro,   Hiva   shaharlaridagi   me’morchilik   obidalari,   yunonlarning
Parfenoni,   rimliklarning   Kolizey   o’rta   asr   gotik   bosh   cherkovlari,   rus   cherkov
me’morchiligining   eng   yaxshi   namunalari,   Rossi,   Rastrelli   kabi   me’morlar
yaratgan   go’zal   binolar   mustaqil   O’zbekistondagi   geografik   majmualari,
o’zlarining   salobati,   ulug’vorligi   bilan   kishini   hayratda   qoldiradi.   Shu   narsani
alohida ta’kidlab o’tish joizki, ulug’vorlik tuyg’usiga faqat  miqyos o’lchovi  bilan erishilmaydi.   Agar   ayrim   obidalar   (Bobil   minorasi,   Minorai   Kalon ,   Misr
piramidalari   va   sh.   k.)   o’zlarining   miqyoslari   ko’lami   bilan   hayron   qoldirsalar,
bshqa   o’zining   alohida   nafisligi,   nozik   ifodasi,   hamohangligi,   yuksak
ruhlanganligi, atrof   -   muhit bilan uzviy qo’shilib ketganligi bilan alohida ahamiyat
kasb   etgan.   (Go’ri   amir,   Shohizinda,   Ichan   qal’a,   Registon   maydoni,   Mir   Arab
madrasasi,   Ismoil   Somoniy   maqbarasi,   Chor   Minor,   Bola   hovuz   machiti   va   b.)
me’morchilik   asarlari   idrok   etilganda   insonda   o’zgacha   ulug’vorlik   tuyg’usi
vujudga   keladi.
3.   San’atda ulug’vorlik fojealilik bilan ko’pincha yonma   -   yon turadi  va namoyon
bo’ladi, sirasini  aytganda, bu iiki  estetik  kategoriya  o’rtasida o’ziga xos  dialektik
aloqadorlik mavjud bo’lib, unda umumiylik va farqli tomonlari ham bordir. Navoiy
va Shekspir asarlari, shoshmaqom go’zal me’morchilik obidalari bir vaqtning ham
ulug’vorlik,   ham   fojealilik   ruhi   bilan   sug’orilgandir.   Bundan,   albatta
fojealilik   -   ulug’vorlik, ulug’vorlik   -   fojealilikdir degan hulosa chiqarib bo’lmaydi.
Masalan,   Samarqandning   Registon   maydonidagi   madrasalar,   shubhasiz,   ulug’vor
bo’lishlari   bilan   birga   hech   qanday   fojeali   his   qo’zg’atmaydilar.   Shekspirning
Makbet   honim   qiyofasi   fojeali,   lekin   u   hech   ham   tomoshabinda   ulug’vorlik
tuyg’usi   tug’dirmaydi.   San’atdagi   ulug’vorlik   badiiy   mazmun   va   shakl   barcha
imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi.
Muhim   ahamiyatli   g’oya   yuksak   ruhlangan,   muukammal   shaklning   zarurligini
yuzaga   keltirib,   san’at   asarining   buyuklik   darajasini   belgilab   beradi.   Bu   holat
hayotiy   haqiqatni   qochishga   emas,   unga   xizmat   qilishga   da’vat   etadi.
Fojealilik muammosi  har doim falsafiy va nafosatli  tafakkur e’tiborini o’ziga jalb
qilib   kelgan.   Fojealilik   tabiati   to’g’risida   fikr   -   mulohaza   bildirmagan   biror   bir
mutafakkirni topish amri mahol bo’lsa kerak, chunki fojealilikda voqeiy hayotning
eng   muhim,   chuqur   ziddiyatlari   va   to’qnashuvlari   hayot   va   o’lim,   ozodlik   va
zarurat,   aql   va   tuyg’u,   qonun   va   burch,   shaxsiy   va   ijtimoiy   tomonlar   namoyon
bo’ladilar.   San’atdagi   fojealilik   haqida   fikr   yuritganimizda   san’atdagi   fojeali
ohanglar,   fojealilik   san’ati   va   nihoyat   fojealilik   -   san’at   turi   kabi   muammolar
alohida   mushohada   qilinishi   lozimdir. Deyarli   barcha   ulkan   ijodkorlar   yaratgan   asarlarda   fojeali   ohanglar   mavjudligini
juda   ko’p   misollarda   ko’rib   chiqishimiz   mumkin.   Masalan,   M.   Shayhzodaning
«Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug’bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan
ohiriga qadar sezilib (eshitilib) turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida
yaratilmagan   bo’lsa   ham,   aslida,   fojeali   ohanglar   ularda   ustivor   darajada
ifodalangandir.   Shayhzoda   kabi   ijodkor   fojealilik   ruhida   voqelikni   idrok   etishga
moyildir.   San’atning   turi   namoyon   bo’ladigan   fojealilik   to’qnashuvlar,   qiyofalar,
vaziyatlarni   eng   to’la   va   chuqur   badiiy   in’ikos   etish   ehtiyojidan   kelib   chiqadi.
Sofokl   fojea   asarlari,   Shekspirnikidan,   Shekspir   asarlari   Rasinnikidan,   Rasinniki
Vishnevskiynikidan   qanchalik   farqlanmasin,   ular   o’rtasida   umumiylik   bari   -   bir
mavjuddir. Har qanday fojea zaminida alohida fojeali to’qnashuv yotadi va uning
eng   muhim   tomoni   bo’lib   ko’lamlik,   ijtimoiy   ahamiyatlilik   xizmat   qiladi.   Gegel
fojealilikni   bekorga   mohiyatli   kuchlar   to’qnashuvlarining   natijasi   sifatida
ta’riflagan emasdi, chunki bu to’qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi bilan
insoniyat   istiqboli,   taqdiri   bog’lanib   ketgan   bo’ladi.   Bu   hol   fojeaning   san’atning
falsafiy   jihatdan   eng   hajmli   turiga   aylantiradiki ,   unda   ijodkorga   hayotning
insoniyatni   butun   tarixi   davomida   hayajonlantiradigan   tub   masalalarni   o’z   oldiga
qo’yib,   hal   qilish   imkoniyatini   beradi.   Fojea   qahramoni   ko’pincha   ijobiy   tusda
tasvirlanadi,   u   o’z   davrining   ijobiy   orzu   -   umidlari,   u   yoki   bu   qirralarini   o’zida
mujassamlashtirgan   kuchli,   yorqin,   ulug’vor   shaxsni   namoyon   etadi.   Lekin   fojea
to’qimasida   boshqa   turdagi   qahramonlar   kam   aks   ettirilgan   bo’lib,   Shekspirning
Makbet   va   Riyaard   Sh.   Brehtning   Kuraj   -   onaga   o’hshash   qahramonlari   o’z
taqdirlari bilan tomoshabinda o’ta ziddiyatli  his   -   tuyg’ular qo’zg’aydi. Ular  sodir
qilayotgan   mudhish   kirdikorlari   qat’iy   norizilik,   ayrim   vaqtda   hatto   jirkanish   va
dahshat   vujudga   keltiradi.   Shuning   bilan   birga   ularga   achinasan   kishi,   chunki
qabih,   jirkanch   sharoit   ta’siriga   tushib,   ular   o’zlaridagi   go’zal   insoniy
hislat   -   fazilatlardan ham begonalashganligini anglaysan. Odatda fojea mazmunida
qahramonning   mavjud   shart   -   sharoitlarni   tubdan   o’zgartirishga   faol   intilishi
namoyish   etiladi.   Fojea   qahramoni   bu   erda   fojeali   dramatik   harakatning   asosiy
sub’ekti   sifatida   amal   qiladi.   Shuning   uchun   fojea   qahramonning   faolligi,   o’z orzu   -   irodasini,   hatto   o’zini   qurbon   qilib   bo’lsa   ham   barqaror   etishga   intilishi
uning   mohiyatli   belgisini   tashkil   etadi.   O’z   irodasini   o’rnatishga   intilishida   u
tarixiy   imkoniyatsizlik   bilan   to’qnashib,   huddi   mana   shu   to’qnashuv,   mazkur
tarixiy   sharoitlarda   echimsiz   qolib,   fojeani   yuzaga   keltiradi.   Yuksak   fojea
qahramonning mashaqqatli azob   -   uqubatlari bilan bog’langan bo’lsada, ko’pincha
asar   uning   halokati   bilan   tugallansada,   bari   -   bir   qayg’u   va   mayuslik   emas,   balki
yashash   va   kurash   istagi,   bu   kurashda   o’quvchi   va   tomoshabinda   o’zining   halok
bo’lishini   bilib   turgan   inson   uchun   g’urur   tuyg’usi   qo’zg’aladi.   Inson
ulug’vorligini   tarannum   etish   hammadan   ham   ko’proq   va   yorqinroq   san’atning
fojea   turida   ifoda   topgandir.   Fojeaviylik   san’atda   rang   -   barang   uslublarda   talqin
etilishi mumkin. Bu hol bu janrga xos umumiy xususiyatlarin inkor etmaydi. Fojea
uslubining   umumiy   belgilari   qatoriga   keng   umumlashtirishlarga   intilish,   aqliy
mazmun boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar
kiradi.
Fojea   tarixiy   davrning   burilish   paytlarida,   eski   ijtimoiy   aloqalar   va   munosabatlar
barbod   bo’lib,   eski   siyosiy   qarashlar,   estetik   va   a х loqiy   aqida   -   qoidalar
mashaqqatli   qayta   baholanayotgan   sharoitlarda   ravnaq   topadi.   Fojeaning   tarixiy
shakli   -   qadimgi   dunyo   fojeasi   (Esxil,   Sofokl,   Evripid)   eski   patriarhil   tartibotlar
emirilib, tarixda birinchi sinfiy jamiyat o’rnatilishi jarayonida vujudga keldi. Unga
xos bo’lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi tasavurlarni aks
ettirdi.
Qadimgi   dunyo   odamlari   tasavvurlarida   insonning   qudratli   «Qismat»   oldindan
belgilab   qo’ygan   balo   -   ofatlari   bilan   to’qnashuvi   uni   muqarrar   tarzda   halokatga
olib   keladi.   Lekin   qadimgi   fojea   asarlarida   ifoda   topgan   fojeali   in’ikos   etish
Qismatning   taqdir   ustidan   hukmronligini   anglatmaydi.   Yunonlar   insonning
azob   -   uqubatlari   uchun   ma’suliyatni   uning   o’ziga   yuklab,   katta   mardlikka   jur’at
etdilar.   Zero   azob   -   uqubatlarning   tub   sabablari   inson   irodasi   va   imkoniyati
chegarasidan   tashqarida   ekanligini   yaxshi   sezgan   bo’lsalar   kerak.   Qismat   bilan
taqdir   insondan   kuchli   deb   uqtirgan   holda,   yunon   fojeaviy   san’ati   tomoshabinni
unga   tan   berishga   emas,   balki   u   bilan   kurashishga   chaqiradi. O’rta   asrlarda   g’arb   xristian   mafkurasi   fojea   ruhiga   butunlay   qarshi   kurashgan
bo’lib,   bu   davrda   biror   -   bir   arziydigan   bu   tur   asari   yaratilmaganligini   bilamiz.
Vaholanki,   bu   davrdagi   odamlarning   mashaqqatlari   va   azob   -   uqubatlari
avvalgidan   kam   emas   edi.   Azob   -   ug’ubatlarni   gunohlar   uchun   jazo   va
insoniyatning   abadiy   nasibasi   deb   e’lon   qilgan   xristianlik   aslida   fojeani   ham
«ta’qiqlab   qo’ygan»   edi.
Fojeaning   ravnaqi   Uyg’onish   davrida   boshlangan   bo’lib,   bu   vaqtda   abadiy   va
qulamaydigan   ko’ringan   feodal   munosabatlar   zamini   emirila   boshlagan   edi.
Insonga,   his   -   tuyg’uli   voqealarga   mensimay   qarash   o’rniga   insonni   ulug’lash,
uning   cheksiz   imkoniyatlarini   kuylash   insonparvarlik   falsafasi   qaror   topdi.
Uyg’onish   davri   fojeasi   endi   yangi   tarixiy   vaziyatni,   qadimgiga   nisbatan   boshqa
shaxs   mavqeini   ifodalaydi.   Agar   qadimgi   fojeada   shaxs   hali   o’zini   jamiyatdan
ajratmagan va shuning uchun u yoki bu a х loqiy g’oya namoyondasi  sifatida amal
qilgan bo’lsa, endi Uyg’onish davri fojeasida shihsiy ehtiros va iroda bosh ohang
sifatida   jaranglaydi.   Tarki   dunyo   azobidan,   o’rta   asr   tabaqaviy   cheklanganligidan
ozod bo’lgan inson o’z irodasini, o’zligini o’rnatishga unga hali ham qarshi turgan
voqelik   bilan   to’qnashadi,   oshqa   odamlarning   orzuva   intilishlari   bilan   muqarrar
kurashga   kirishadi.   Bu   erda   qismat   va   taqdirga   endi   o’rin   qolmaydi,   fojea
manbai   -   insonning o’zi, uning er kurrasidagi hayoti, o’z maqsadi sari intilayotgan
odamlar   to’qnashuvi,   ular   boshqalarga   va   o’zlariga   nisbatan   sodir   qiladigan
yovuzliklardir.   Shunday   ziddiyatli   qarama   -   qarshiliklarga   boy   Uyg’onish   davri
fojeasi   o’zining   eng   to’la   va   badiiy   qudratli   ifodasini   Shekspir   ijodida   topdi.
Shekspirda   fojealilik   butun   hayotni,   ijtimoiy   aloqalar   va   munosabatlarni   qamrab
oladi,   lekin   ularning   barchasida   inson   shaxsi   to’laqonli   ravishda   ifodalanadi.
Shekspir feodal tartibotlarni inkor etish bilan birga tug’ilib kelayotgan tuzumning
g’ayriinsoniy tabiatini ham fahmlab olgan ko’rinadi. Unda fojealilik bir tomondan
Uyg’onish   davrining   yorqin   insonparvar   orzulari,   feodal   a    х   loq   qoidalari   bilan    ,
ikkinchi   tomondan   «yog’li   asr»   bilan   to’qnashuv   natijasida,   boshqacha   qilib
aytganda,   O’rta   asr   vahshiyligi   va   burjua   yirtqichligi   qotishmasi   to’qnashuvlari
natijasida   vujudga   keladi. Shekspir   o’zining   fojeaviy   asarlarida   kuchli,   jasaratli,   g’ururli,   erkin   inson
timsolini   barqaror   o’rnatadi.   Inson   o’z   shaxsi   erkinligini   o’rnatish   mumkinligiga
ishonadi   va   uning   yanglishishi   mana   shunda   namoyon   bo’ladi.   Shekspir   o’z
qahramonlarining   o’zligini   saqlashga,   o’z   ozodligini   inson   ruhini   sindirib
halokatga   sudrayotgan   tuzum   sharoitida   o’rnatishga   intilishini   ulkan   kuchi   bilan
namoyon qiladi. Shekspirning boshqa barcha fojeali qahramonlari orasida Hamlet
ajralib turadi. Boshqalari Brut bundan mustasno yaxlit tabiatli, o’z ishining haqligi
va   hatti   -   harakatlarining   huquqli   ekanligiga   qattiq   ishonib,   o’z   mag’lubiyatlarini
fojeali   ruh   bilan   qabul   qiladilar.   Hamlet   bo’lsa   o’zining   halokatga   mahkumligini
bila   turib,   bari   bir   ohirigacha   borish   uchun   hech   narsadan   qaytmaydi.   «Hamlet»
fojeasida   esa   qarama   -   qarshi   kuchlar   to’qnashuvi   tashqi   muhitdan   qahramonning
ichki   dunyosiga   o’tkazilgan.   Bu   erda   Shekspir   sahnada   bir   necha   asr   keyin   keng
o’rin   egallagan   aqliy   -   ruhiy   dramaga   yo’l   ochib   beganligini   ko’ramiz.
«Hamlet»ning   abadiy,   mangu   sir   -   ahamiyati,   uning   so’nmas   kuchi   va
ta’sirchanligi   undagi   ma’naviy   -   ruhiy   hamda   falsafiy   boylikning   voqelikning
ijodiy   -   yaxlit   idrok   qilish   bilan   qaytarilmas   darajada   qo’shilib   ketganligidadir.
Hamlet   -   insonparvar   mutafakkir   va   ayni   vaqtda   dadil   hamda   qo’rqmas
jangchihamdir.   To’g’ri,   u   fikr   -   mulohazalarga   ko’p   vaqt   sarflaydi   va   sustkashlik
qiladi.   Lekin   bu   hol   unda   tabiati   yumshoqligidan   emas,   balki   Klavdiyning
o’ldirilishi   bilan   o’sha   vaqtda   echimi   topilmaydigan   «mayib   asrni   to’g’rilash»
vazifasini   bajarolmasligiga   aqli   etganligidan   vujudga   keladi.   Uning   a х loqiy
g’alabasi   -   bu   qo’rqmas   inson   tafakkurining   g’alabasidir,   garchand   u
qahramonning   o’limi   evaziga   erishilgan   bo’lsa   ham,   buyuk   saboq   va   kelajak
avlodlarga   vasiyat   sifatida   idrok   qilinadi.
Shekspir   yaratgan   badiiy   qiyofalar   faqat   keng   ko’lamli   va   aniq   -   butungina
bo’lmay,   balki   harakatchan   va   ta’sirchanhamdir.   Hamlet   bu   qatordan   mustasno
bo’laolmaydi,   chunki   zo’r   berib   abadiy   savollarga   javob   izlayotgan   tafakkur
bevosita   amal   qilayotgan   xulq   -   atvordan   kam   harakatchan   va   kam   ta’sirchan
bo’lishi   mumkin   emasdir.
Ch. Aytmatovning «Kunda» romanini ham fojea asari deyishimiz mumkin, chunki uning asosiy badiiy ohangi, undagi ehtirosli to’qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta’sir
kuchi,   qahramonlarining   taqdiri   jihatlaridan   o’ta   fojeali   matnga   egadir.   Bu
roman   -   fojeada   davrimizda   keng   tomir   yoygan   ijtimoiy,   a х loqiy,   ekologik
muammolar   chuqur   qo’yigan   bo’lib,   shu   tufayli   bu   asar   kutilayotgan   fojeadan
ogohlantiruvchi   qudratli   bong   ovoziday   jaranglaydi.
Gurjiston kinorejissyori T. Abuladzening butun badiiy ijodi yuksak fojeaviylik ruhi
bilan   sug’orilgandir.   Ayniqsa,   uning   kino   uchligi   -   «Iltijo»,   «Istaklar   shajarasi»,
«Tavba»   filmlarida   tarixiy   aniqlik   va   siyosiy   keskinlik   muammolarini   chetlab
o’tilgan holda Abuladze o’ziga xos, ko’proq shartli   -   g’aroyib shakllar bilan hayot
va o’lim, ezgulik va yovuzlik, halollik va sharmandalik, sodiqlik va vafosizlik kabi
insoniyatning   butun   taraqqiyoti   barcha   bosqichlarida   boshni   qotirib,
tashvishlantirib kelayotgan abadiy tub hayot muammolarini fojeali tomonlari bilan
yaxlit   birlikda   ifodalay   olgan.
Fojea san’ati insoniyatning doimiy hamrohi, umr yo’ldoshi bo’lishi mumkin degan
ilmiy   tahminlar   bir   talay,   anchagina,   chunki   u   o’z   orzularini   ro’yobga   chiqarish
uchun   intilishi,   kurashi   doimo   ob’ektiv   tarixiy   zaruriyat   bilan   to’qnashadi,
insoniyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichda uning muqarrar tarzda imkoniyatlari
tarixiy   cheklanganligi   san’atda   fojeali   ohanglar   to’g’ilishiga   bitmas   -   tuganmas
zamin   vazifasini   o’taydi.   Lekin   shuni   ham   ilova   qilib   qo’yish   zarurki,   chin   fojea
asari  yaratish kamdan   -   kam ijodkorga nasib  qiladigan nodir qobiliyat mahsulidir.
U   fojea   ijodkoridan   falsafiy   chuqur,   ko’lami   keng   tafakkurni,   o’zidan   «Asrning
barcha   holati»(Gegel)   ni   chig’rig’idan   o’tkazishga   qobil   shaxs   ehtiroslarining
yuksakligi bilan chambarchas bog’lashni talab etadi, bu esa har qanday ijodkorning
ham   qo’lidan   kelavermaydi.
4.   Kulgililik. Insonnning dunyo   -   voqea   -   hodisalariga o’ziga xos munosabatlaridan
biri   -   dunyoga   kulgili   nigoh   bilan   qarashdir.   Bunday   qarashni   mavjud   voqelik   va
uning   beo’hshov   tomonlari   to’ldiradi.
Barcha tadqiqotchilar bir ovozdan kulgililik kategoriyasining murakkabligi va uni
tushunchalar   sistemasini   anglab,   in’ikos   etish   juda   qiyinligidan   noliydilar   va
ogohlantiradilar.   Masala   shundaki,   kulgi   qo’zg’aydigan   hodisalarning   benihoyat ko’pligi,   eng   muhimi,   kulgililik   ko’lami   hamda   chegarasining   o’ta   harakatchan,
qo’nimsiz, o’zgaruvchan bo’lishi natijasida nima, qachin, qaerda, qanday sharoitda
kulgi qo’zg’aydiyu, nima, qachon, qaerda, qanday sharoitda kulgini to’xtatadi yoki
umuman   gulgiga   olib   kelmaydi   degan   savolga   bir   mazmunda   javob   topib
bo’lmaydi.   Kulgililik   ta’rifiga,   ilmiy   tushunchasiga   nisbatan   ishlab   chiqilgan
nuqtai najarlar, fikr   -   mulohazalarning o’ta   hilma        -       hilligi    , rango   -   rangligi shundan
kelib   chiqqandir.   Kulgililikka   nisbatan   mavjud   bo’lgan   qarashlarning
hilma   -   hilligi,   tabiiyki,   nafaqat   narsa,   hodisa   bilan   bog’lanibgina   qolmay,   balki
uning   ijtimoiy   aloqadorligi,   go’zallik   va   kulgililik   tushunchalarining   u   yoki   bu
talqini   bilan   bog’langanligidir.
Kulgililik tushunchasi talqinining har biri odatdagidek o’zining aniq, oqil mag’ziga
ega bo’ladi, kulgililikka haqiqatda ham xos bo’lgan ba’zi tomonlarini ochib beradi,
lekin   shu   bilan   birga   bir   tomonlamalik   kasaliga   uchrab,   kulgililikning   qandaydir
bir   tomoninni   bo’rttirib,   haddan   tashqari   oshirib   yuboradida   keyin   uni
kulgililikning   mutloqqoidasiga   aylantirishadi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar sngari  faqat ob’ektiv tomonga ega bo’lmay,
sub’ektiv   tomonlarni   ham   o’zida   birlashtiradi.   Kulgililikning   sub’ektiv
tomoni   -   keng   ma’nodagi   hazil   (yumor)   tuyg’usidir.   (Moler   hazil   tuyg’usini
insonni   hayvondan   ajratib   turadigan   xususiyati   deb   atagan   edi.)   Kulgililikning
sub’ektiv  tomoni   bo’lgan   hazil   tuyg’usi   shaxsning   tabiiy   va   erkin,   bevosita   idrok
etish   natijasida   hilma   -   hil   kulgili   beo’hshovliklarni   ko’rib,   anglab,   ularga   kulgi
bilan javob berish qobiliyati ifodasidir. Hazil tuyg’usi juda murakkab aqliy tuyg’u
bo’lib,   unda   shaxs   o’zining   butun   borlig’i   bilan   namoyon   bo’ladi,   uning
his   -   tuyg’u   va   aql   madaniyati,   orzu   -   umidlari   matni   va   tabiati   namoyish   etiladi.
Xalq   orasida   keng   tarqalgan:   «Do’stlaring   kimligini   menga   aytsang,   sening
kimligingni   men   aytib   beraman»   naqliga   qiyos   qilib,   bu   erda   biz   ham:   «Nima
haqda   kulayotganingni   menga   aytsang,   sening   kimligingni   men   aytaman»
deyishimiz   mumkin   bo’lar   edi.
Kulgi u yoki bu darajada o’z manbai va o’z namoyondasi bilan birga yaxlit birlikni
tashkil etadi. Insonning turli sabalarga ko’ra kulgisi qistaydi. Masalan, to’yimli va mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi: chunki bunday
odamlar   uchun   kulgi   hayotni   sof   fiziologik   -   jismoniy   idrok   etish   ifodasi   bo’lib
xizmat   qiladi.   Bevosita   kulgililik   bilan   bog’liq   bo’lgan   kulgi   masalasiga   shuni
aytishimiz   kerakki,   u   biror   bir   hodisaning,   birinchi   navbatda,   insonning   tashqi
ko’rinishi   bilan  uning   asl   mohiyati   o’rtasidagi   nomuvofiqlik  ziddiyati,   boshqacha
aytganda,   amaldagi   voqelik   bilan   yuksak   estetik   orzularga   mos   kelishi   kerak
bo’lgan   voqelik   o’rtasidagi   muhim   tafovutlar,   beo’hshovliklar,
kelishmovchiliklarni   tabiiy   anglash   natijasida   vujudga   keladi.
Ba’zi   -   bir   odamlar   o’zining   pastkash,   johil,   loqayd,   hudbin   mohiyatini   tashqi
viqor,   oliftalik,   takabburlik   bilan   «bezab»   ko’rsatmoqchi   bo’ladi.   Bunday
odamlarni   uchratganda   ham   kulish,   ham   quvonish   mumkin.   Kulishimiz   manbai
bo’lib   bu   odamlagi   mohiyat   bilan   ko’rinish   o’rtasidagi   beo’hshovlik   bo’lsa,
quvonishimiz   sababi   mazkur   haqiqatni   anglashimizdan,   haqiqatni   yolg’ondan
ajratish   qobiliyatimiz   mavjudligini   kelib   chiqadi.   Bu   nisbatning   yana   bir   (o’ziga
xos   kulgili)   tomoni   shundaki,   bizning   quvonchimizga   «sog’lom»   hudbinlik   hissi
ham   qo’shilib   ketishi   mumkin,   chunki   biz   mazkur   odamning   asl   mohiyatini
anglash   qobiliyatimiz   bilan   ma’naviy   -   insoniy   jihatdan   u   odamdan   yuqori   turish
o’yiga ham kelishimiz bizga yoqadi. Kulgi shu tariqa insonni ruhan ko’taradi, unga
insoniy   g’urur   tuyg’usi   bag’ishlaydi.   Qo’rquv   bilan   kulgi   bir   -   biriga   o’ta
qarama   -   qarshi   tushunchalar   bo’lib,   agar   inson   yaramas   va   hunuk   hodisalar
ustidan kulishga  o’rganib olsa,  u bu illatlardan qo’rqishni  tark etadi  va ular  bilan
kurashga   bel   bog’laydi.
Kulgi   o’z   tabiati   jihatidan   demokratik   mazmunga   ega   bo’lib,   barcha   odamlarni
bir   -   biriga   qovushtirib   baravarlashtiradi,   chunki   kulishayotgan   odamlar   o’zaro
tenglashadilar. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo’lib qolmay,
balki   insonning   kuch   -   qudrati   va   ozodligi   timsoli   hamdir.   Kulgi   beqiyos
rango   -   ranglik,   hilma   -   hil   qirralarga   ega   bo’lib,   mayin,   rag’batlantiruvchi,
hushfe’l   hazil   tuyg’usidan   tortib,   to   ayovsiz   achchiq   istehzogacha   bo’lgan   keng
doirada   amal   qiladi.
Kulgililik   o’zining   barcha   hilma   -   hil   ko’rinishlari   boyligi   bilan   san’atning me’morchilikdan boshqa deyarli hamma turlarida namoyon bo’ladi, lekin o’zining
eng   to’la   bo’lgan   estetik   ifodasini   komediyada   topadi.Komediya   mavzuini
hayotdagi   va   insondagi   beo’hshovliklar,   nomutanosiblikdan   oladi.   Kulgililikning
namoyon   bo’lish   shakllari   hilma   -   hilligi   ularning   san’atda   hilma   -   hil   tarzda   aks
etishlarini   keltirib   chiqaradi.   Komediya   asarlari   turlarining   hilma   -   hilligi,
rango   -   rangligi   mana   shundan   kelib   chiqadi.
Komediya   bilan   kulgi   egizaklardek   bir   -   biridan   ajramaydigan   tushunchalardir.
Kulgi komediyada tasvirlanayotgan voqea   -   hodisalar mohiyatini ochib berishning
hal   qiluvchi   vositasi,   tasvirlanayotgan   ob’ektga   nisbatan   estetik   baholashning   va
muallif   munosabati   ifodasining   asosiy   shakli   bo’lib   xizmat   qiladi.   Komediya
san’atida   kulgini   asosiy   estetik   vosita   qilib   ishga   solish   uning   ijtimoiy
ahamiyatliligini   pasaytirmaydi,   chunki   kulgi   dunyoning   barkamol   emasligini
ta’kidlab   qolmasdan ,   balki   uni   qayta   qurib   yangilashni   ham   ko’zda   tutadi.
Kulgining’ komediyada o’ynaydigan maxsus roli ko’p jihatlardan uning o’ziga xos
ijtimoiy   burch   -   vazifalarida   ifoda   topadi.   Komediya,   birinchi   navbatda,   badiiy
tanqid   va   o’z   -   o’zini   tanqid   qilishning   o’ziga   xos   shaklidir.   Komediyalarning
asosan   tanqidiy   yo’nalganligini   ko’pincha   o’ta   soddalashtirib,   komediya   yomon
xulq,   yomon   odam,   yomon   hodisalarni   to’g’ridan   -   to’g’ri,   bevosita   tuzatishga,
yaxshilashga   olib   keladi   deb   tushunadilar   va   tushuntiradilar.
Ob’ektiv kulgililik kulgi quroli bevosita o’zlariga qarshi qaratilgan odamlarga, ular
fahm   -   farosatiga   etib   bormasligi   haqida   gapirganida   Lessing   haq   fikrni   aytgani
shubhasizdir.   Komediyaning   bosh   vazifasi   utilitar   -   maishiy   mohiyati   emas,   balki
estetik   yo’nalishdadir,   ya’ni   komediya   a х loq   -   odobdan   saboq   berib   qolmay,
hayotdagi   kulgulilikni   ilg’ab   olishdagi   qobilyatini   o’stiradi,   odamlarda   hazil
tuyg’usi   kabi   qimmatbaho   fazilatni   ham   rivojlantiradi.
Komediya   asarlarining   buyuk   ijodkorlari   nafosatli   baholarining   aniqligi   va
to’g’riligi   bilan   ajralib   turadilar.   Ular   hech   mahal   achchiq,   savag’ich,   istehzoli
kulgini   faqat   mayin   hazil   va   muruvvatli   tabassumga   loyiq   hodisalarga   nisbatan
ishlatmaganlar   va   aksincha,   ayovsiz   keskin   qoralanishi   lozim   bo’lgan   hodisalarni
tasvirlayotganlarida   mayin   hazil   va   muruvvatli   tabassumdan   butunlay   yuz o’girganlar.   Kulgilining   badiiy   shakllari   orasida   mashara   (satira)   alohida   o’ringa
ega.   Umumestetik   ma’noda   mashara   voqelikni   badiiy   tasvirlash   turi   bo’lib,   unda
hayotning   salbiy   hodisalari   ustidan   kulish   -   bunday   hodisalar   asosida   yuksak
insonning   orzulariga   zid   ekanligini   bo’rttirib   ko’rsatish   maqsadi   yotadi.   Mashara
san’ati   har   hil   ko’rinishlarda   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Unga   lirika   ham,   epos
ham,   drama   ham   yot   emas.   Shuning   bilan   birga   ifoda   kuchining   o’ziga   xos
maqsadlari   va   vositalari   bilan   farqlanadigan   san’atning   o’ziga   xos   alohida   turini
tashkil   qiladi.
Mashara   markazida   doim   hayotning   salbiy   voqea   -   hodisalari   joylashgan   bo’lib,
butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun komediya
san’atiga   xos   tanqidiylik   yo’nalganlik   masharada   eng   to’la   va   eng   aniq   ifoda
topadi.   Masharaga   asosan   kulgi   fosh   qiladi,   lekin   u   bu   erda   qahr   -   g’azabdan
ajralmagan   holda   namoyon   bo’ladi.
Mashara eng hajmli komediya turlaridandir. Atoqli san’atkorlar Petroniy, Yuvenal,
Svift,   Gogol,   Soltikov   -   Shgedrin,   Bulgakov   va   boshqalarning   asarlarida   mashara
umumbashariy   muammolarni   ko’tarish   darajasiga   chiqadi   va   bu   tomondan   fojia
bilan yaqinlashadi. O’z maqsadiga erishish yo’lida u voqelikni anglashning barcha
estetik   shakllaridan   foydalandi   va   birinchi   navbatda,   kulgilining   barcha
tuslari   -   zardali   hazil   tuyg’usi,   achchiq   kinoya,   nozik   hazil   tuyusi   kabilan   ishga
solinadi.   Mashara   engillik,   o’tkir   fikrlilik   va   hazildan   istisno   bo’lmay,   ular   bilan
qo’shilib   ketgan   holda   fosh   qilish   burchini   og’ishmay   amalga   oshiraveradi.
Mashara   badiiy   umumlashtirishning   alohida   turi   sifatida   mumkin   qadar   keng
mushohadalarga   etiladi.   Shu   boisdan   mashara   ob’ekti   bo’lgan   kimsalar   gohida
yirik   ramziy   umumlashmalar   darajasiga   ko’tariladi.   Bekorga   biz   gap   orasida
Tartyuf, Qori Ishkamba, Hlestakov, Iudushkalar nomini qistirib o’tmaymiz, chunki
bu hollarda ustida gap borayotgan odamning ularga o’hshagan  hislatlari  borligiga
ishora   qilib,   uzoq   vaqt   ijtimoiy   hayotda   o’z   mavqeini   saqlashga   qodir   bo’lgan
tabaqalar   qiyofalarini   masxaraomuz   umumlashtirishga   uringan   bo’lamiz.
Masxara mazmunining xususiyati uning mubolag’a (giperbola) va g’aroyibot hajvi
(grotesk)   kabi   keskin   bo’rttirish   vositalaridan   kelib   chiqadi. Bugungi kunda masxara kerak bo’lmay qoldi yoki u o’zining ayovsiz, murosasiz,
o’tkir   ayblovchi,   fosh   qiluvchi   yo’nalishidan   «mayin   masxara»,   «yumshoq
masxara»,   «muruvvatli   masxara»   yo’nalishiga   o’tib   amal   qilaversin   degan
fikr   -   mulohazalar   keng   tarqalgandir.   Lekin   masxara   o’tkirligi   va   ayovsizligi
uloqtirib   tashlansa,   unda   uning   joni   ham   birga   chiqib   ketadi   hamda   uning   hech
kimga   keragi   bo’lmay   qoladi.   Jamiyat   rivojlanib   borishi   jarayonida   masxara
kulgisining ob’ekti bilan birga uning sub’ekti ham o’zgarib boradi. Hozirgi davrda
umuminsoniy   maqsad   -   manfaatlarning   ustivorligi   umuminsoniy   qadriyatlar
vositasida   jahon   xalqlari   hayotidan   tobora   mustahkam   o’rin   egallab   borayotgan
ekan,   insoniyatning   mana   shu   bosh   taraqqiyot   yo’lini   to’sadigan   barcha   chirik,
eskirib   qolgan,   qotib   qolgan   narsalar ,   voqea   -   hodisalar,   odamlarning   o’tkir   va
hayotchan   masxara   ob’ekti   bo’lib   qolaveradi   desak,   bu   sohada   ijod   qilayotgan
yozuvchi,   musavvir,   dramaturg,   shoirlarga   -   masxara   yaratuvchilarga   ham   ehtiyoj
katta   bo’ladi.
Kulgili san’at turlari va hillari orasida hazil tuyg’usi (yumor) ham alohida o’ringa
ega.   Uning   ishtirokisiz   biror   -   bir   kulgililik   turi   amal   qila   olmaydi,   u   eng   buyuk
qadriyat   sifatini   tashkil   etib,   unga   moyillik   ko’rsatgan   odamlar,   odatda,   barcha
ulug’vorlik,   a х loqlilik,   olijanoblilik   his   -   tuyg’ularining   naqadar   buyuk   va   qadrli
fazilatlar  ekanligini  ham  chuqur  anlaydilar. Hayot  ikir   -   chikirlari, kamchiliklarini
tanqid   qilayotgan   ijodkor   hazil   tuyg’usining   yuksak   sifat   darajasida   namoyon
bo’lishi   hamda   shaxs   ma’naviy   yuksakligining   ko’rsatkichi   deb   insonning
nuqsonlar, kulgili  tomonlarini faqat  boshqalardagina emas, balki  o’zida ham  topa
bilish   va   ko’ra   bilish   qobiliyatini   ko’rsatadi.   Hazil   tuyg’usi   o’zida   tanqid   bilan
o’z   -   o’zini   tanqidni   uzviy   bog’laydi.   U   voqelikka   hissiy   munosabatning   alohida
shakli   sifatida   masxarali   komediya   asarining   tarkibiy   qismi   va   ifoda   vositasi
burchini   ham   ado   etishi   mumkin.
Hazil   tuyg’usi   va   voqelikka   masxarali   munosabat   -   bu   kulgililikning   har   hil
shakllaridir.   Lekin   hazil   ham   ijtimoiy   -   kulgili   hayot   tomonlarini   masxara
kulgisidan   kam   bo’lmagan   darajada   ochib   berishga   qodirdir.   Faqat   bunda   hazil
ob’ekti g’azablik qoralashdan ko’ra ko’proq achinish, yo’q qilib yuborishdan ko’ra ko’proq   yordam   ko’rsatish   ob’ektiga   aylanadi.   Shekspir,   Lope   de   Vega,   Chehov
kabi yozuvchilarning komediya asarlarida hazil tuyg’usi masxara kulgisidan ustun
darajada   ifodalangan,   lekin   shunga   qaramay,   ularning   hazili   o’tkir   kuchga   ega.
Komediyaga inkor qilish, tanqid etish orqali ezgulik, yaxshilikni qaror toptirishda
xizmat   qiladi.   Arastuning   biz   yuqorida   keltirgan   komediya   eng   tuban   odamlarni
o’z   tasvir   ob’ekti   qilib   belgilashi   haqidagi   fikri   tarixiy   cheklanganlik   tabiatiga
egadir. Qadimgi yunonlar Arastuning zaharli, achchiq masxaralari bilan bir qatorda
o’z   matni   markazida   kulgili   niqoblar   shovqin   -   suronlar   bilan   o’ra   olingan,
ajoyib   -   g’aroyib   yosh   yigitchalar   joylashritilgan   Menandr   komediyalarini   ham
sevib   tomosha   qilar   edilar.
Shekspir   komediyalari   ham   ko’proq   ijobiy   qaror   toptirish   tabiatiga   ega   bo’lib,
masxara   ularda   ko’makchi   vazifalarini   bajaradi.   Shekspir   asarlarida   kulgililik
odamlarning   oddiy   tabiiy   zaifliklari   -   kamchiliklarini   nihoyat   darajada   mubolag’a
qilish orqali keltirib chiqarilgan his   -   tuyg’ulari namunasi edi. Shekspir kulgisining
hayotbahsh   ruhini   xalq   bayramlari,   tomoshalari,   yig’inlarining   o’yin   -   kulgi
hukmron   bo’lgan   hislatlaridan   ildiz   otgan   xosila   sifatida   qarsak   yanglishmagan
bo’lamiz,   chunki   uning   komediyalaridagi   hazil   va   masxara   uyg’unligi   aslida
asaratdan   bo’shatilgan   ijodiy   kuchlarning   mavj   urish   o’yinining   ifodasidir.
Shekspir   komediyalarining   markazida   insonni   ulug’laydigan,   tabiiy   va   sog’lom
tuyg’u bilan to’lgan sevgi turadi. Ularning ko’pchiligidagi kulgililik inson tabiatini
buzadigan   shartlilik,   rasm   -   odatlar   ustidan   sevgi   g’alabasi   mavzui   asosiga
qurilgandir.   Mana   shu   munosabat   bilan   istiqlol   yo’lida   amal   qilayotgan   o’zbek
komediya   san’ati   uchun   Shekspir   badiiy   an’analarining   ahamiyati   beqiyosdir.
Haqli   ravishda   kulgining   fosh   etuvchi   rolini   ta’kidlar   ekanmiz,   uning   kam
ahamiyatli   bo’lmagan   boshqa   qirralari   tarbiyalovchi   kulgi,   ko’ngilni
yumshatadigan   va   bo’shatadigan   kulgi,   achinish   va   mehr   -   shafqat   ko’rsatish
kulgisi,   hayotbahsh   va   do’stona   kulgi   ko’rinishlari   mavjud   ekanligini
unutmasligimiz   kerak.   Kulgililikning   barcha   shakllari   ular   qanchalik   erkin
namoyon   bo’lish   imkoniyatlariga   ega   bo’lib   borsalar,   shunchalik   ko’p   ahamiyat
kasb   etadilar.   Rivojlangan   hazil   tuyg’usi,   hayotning   kulgili   tomonlarini   nozik ilg’ab   olish   va   fahmlash   qobiliyati   rivoji   borgan   sari   shaxsning   ma’naviy   -   ruhiy
sog’lomligi hamda barkamolligi ko’rsatkichi bo’lib boraveradi.

Nafosatshunoslik haqida ma’lumotlar Nafosatshunoslik fani predmeti. maqsad va vazifalari Reja; 1.Go’zallik. 2.Ulug’vorlik. 3.Fojealilik. 4.Kulgililik.

1. Go’zallik - nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zero, go’zallik - nafosat olamining mag’zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, estetika, nafosatshunoslik, go’zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi. Go’zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go’zallik tushunchasining o’zaro hech bir umumiyligi bo’lmagan turli - tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog’liqdir. Go’zal bo’lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg’u qo’zg’atgan narsani ko’rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal ekanligini tushuntirib berish ancha mushkul. Huddi shu tarzda go’zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan. Go’zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo’lib, aniq hissiy ta’sir o’tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga, shodlik, zavqlanish, to’la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Va nihoyat, go’zallik, Shillerning o’rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. Mustaqil Respublikamizda erkin ma’naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go’zallik cheksiz hilma - hillikka ega bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik ijtimoiy hayot go’zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go’zallik badiiy ijoddagi go’zallikdan farq qiladi. Lekin go’zallik qanchalik o’zining rango - rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy - falsafiy istiloh - go’zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud. Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to’qnashar ekan, u albatta tabiatning go’zalligidan zavq - shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Ijtimoiy orzuga muvofiq

kelish tabiatda insondagi go’zallikdan zaifroq ko’rinadi, ammo bu erda ham o’sha qonuniyat amal qiladi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go’zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga nafosatli munosabat va tabiatni nafosatli o’zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab - ehtiyojlarini, maqsad - orzularini tadbiq etish bilan bog’lanib ketgan. Shu munosabat bilan bu erda atoqli yozuvchilarni tabiat manzaralari tasvirini rango - rang bo’yoqlarda inson qiyofasi, orzu - umidlari, intilishlari bilan uzviy - badiiy bog’lab ifodalashlarini eslatib o’tish o’rinlidir. (Oybekning «Navoiy» romani boshlanishi, Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanidagi Otabekning Marg’ilonga borib kelishi badiiy tasviri shular jumlasidandir). Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg’usi birdaniga paydo bo’lmagan, albatta, u sekin - asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal yoki hunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi - musavvir o’z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo’lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omon - Qo’ton, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma - yon dehqonchilikning paydo bo’lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o’zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o’lchanadi, inson uchun tabiatning go’zallik va hunuk tomonlari ayon bo’la boshlaydi. Inson kuch - qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi tabiatni estetik o’zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab berdi. Birinchi paytlarda u o’zida go’zallik va foydalilik tomonlarinig teng - barobar bo’lishini o’zida ifodaladi. Odamlar qurg’oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan davrlarda er yuzida suv bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa go’zallik kasb etadi. Yil davomida ko’pchilik kunlar yog’ingarchilik bilan o’tgan erlarda quyosh eng go’zal hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go’zallikka manfaat nuqtai nazaridan yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga berayotgan baxosidan qarama - qarshi his - tuyg’ularga ko’rinadi. Bir vaqtning

o’zida ular ikkalasi ham jon og’ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go’zallik, oddiy arilar hunuklik tasavvurlari bilan bog’langandir. Go’zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etish tushunarli, albatta. Lekin bunday qarash go’zallikning ko’rinishlaridan faqat bittasini o’z ichiga oladi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo’lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo’lib qoldi. Shu narsa aniq - ravshan bo’lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir tabiatni, atrof - muhitni himoya qilib , undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o’ziga uning yangidan - yangi mo’jizalarini ochmoqda, undan ta’lim - saboqlari olmoqda. Insoniyat tabiat ustidan qozongan g’alabalarini mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o’zaro aloqadorlikda, ittifoqda bo’lish tomon intilmoqda. Bu holatni Chingiz Aytmatov o’zining mashhur «Kunda» «Plaha» romanida juda ishonchli tarzda badiiy bo’yoqlarda ifodalay olganlar. San’atdagi go’zallik - esa hayotdagi go’zallik in’ikosi bo’lib, uning bitmas - tuganmas manbai - voqelikdir. Go’zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytaganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan go’zallikni hamma erda ko’ra bilish qobiliyatiga egadir. Tabiatga, insonga, insoniy munosabatlarga ko’pincha biz san’atning buyuk ijodkorlari ko’zi bilan qarashga o’rganib qolganmiz. Bizni hayratga soladigan, ajoyib tabiat hodisalari bilan to’qnashganimizda beihtiyor: «Qanday go’zal, Huddi Van Gogdagidek - a | Levitandagidek, Rembrantdagidek, Goyyadagidek va h.|» deb hitob qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy emas, chunki Van Gog, Levitan, Rembrant, Goyya va b. O’zlari yashab in’ikos etgan tabiatni, uning bag’ridagi odamlar va hayvonalrni umumlashtirilgan, ramziy shakllardagi ob’ektiv go’zalliklarini ochib namoyish qilganlar va ularni idrok etish bilan bog’liq ko’pchilikka xos kechinmalarni ifoda etganlar. San’at hayotning beqiyos boyligini va hilma - hilligini, go’zallik va hunuklikni, yuksaklik va pastkashlikni aks ettirishi hamda bu vazifasini aniq estetik orzu

mavqeida turgan holda amalga oshirishi lozimdir. 5. San’atdagi go’zallik ko’p qirrali, ko’p o’lchovli tomonlarga ega bo’lib, ular orasida estetik orzu belgilovchi ahamiyat kasb etadi. San’at go’zal va hunuk hodisalarni aks ettirishi mumkin. Lekin uning o’zi hamma vaqt ham go’zaldir, chunki u o’z tarkibiga ajralmas qism sifatida estetik orzu, ya’ni go’zallikning zaruriy xossasini singdirgan tasavvurni anglatadi. San’at o’zining barcha taraqqiyot bosqichlarida estetik orzu o’zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog’liqligini nozik va sezgir ifodalab bergan. San’atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini inson go’zalligi haqidagi turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar tushunchalari bo’yicha uni qanday qiyofada ko’rish istaklari mavjudligi to’g’risidagi tasavvurlar tashkil etadi. Ko’p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro’yobga chiqarishning ikki asosiy yo’nalishini ishlab chiqqan. Uning birinchisi –estetik orzuni ijobiy qahramon timsolini yaratish orqali ro’yobga chiqarish yo’li yo’li tashkil etadi. Ijobiy qahramon - ijodkor estetik orzusining, u orqali jamiyatning namoyandasidir. Ilg’or orzularni ularga qarama - qarshi hayot hodisalarini tasvirlash orqali qaror toptirishning ikkinchi yo’li birinchisidan kam bo’lmagansamarali va estetik ahamiyatlidir. Buyuk so’z ustalaridan biri san’at orzu |ideal|dagi odamlarni emas, balki ijodkorning o’zida orzu bo’lishini taqozo etadi, deb haq gapni aytgan edi. Shunday orzu bo’lgan taqdirda eng mudhish, hunuk, pastkash hayot hodisalarni tasvirlash ham san’at asarlarining ijobiy estetik qiymatini tushurib yubormaydi. San’atda ilg’or estetik orzuning bo’lishi san’at go’zalligi bilan bog’liq zaruriy, lekin yagona bo’lmagan omildir. San’at go’zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqat siz san’atda go’zallik bo’lishi mumkin emas. Haqiqat va go’zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. Mazkur qoidani nozik fahmlash, ifoda qilar ekan, Shekspir o’zining sonetlarida biri: «Go’zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go’zallik kashf etadi», — deb yozgan edi. Go’zallikni hayot haqiqatidan ajratib tashlashga har qanday urinish san’atga halokatli ta’sir qilib, uning faol, o’zgaruvchan ahamiyatini pasaytiradi.