NUTQIY FAOLIYAT INSON FAOLIYATINING MAXSUS TURI SIFATIDA
NUTQIY FAOLIYAT INSON FAOLIYATINING MAXSUS TURI SIFATIDA Reja: 1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi 2. Nutqiy faoliyatning tuzilishi 3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi 4. Nutqiy faoliyat turlari 5. Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati 6. Nutqiy faoliyatda til va nutqning funksiyalari
5. 1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi A.A.Leontev nutqiy faoliyatni “nutqiy jumlalarning nutqiy bo‘lmagan subyektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi” sifatida baholaydi 1 va uni predmetlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, motivlashganlik, pog‘onalilik hamda bosqichlilik singari alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan, boshqa inson faoliyatlari chog‘ida muloqot vositasi sifatida tildan foydalanish jarayoni, deb izohlaydi. “Nutqiy faoliyat o‘zining barcha mezonlariga ko‘ra, masalan, tashkil bo‘lishiga ko‘ra eng murakkab faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Nutqiy faoliyat mustaqil, tugallangan faoliyat akti sifatida kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi. U odatda, faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi. Jumladan, odatdagi nutqiy ifoda boshqa odamning xatti-harakatini boshqaruvchi ifoda hisoblanadi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday boshqaruv muvaffaqiyatli tamomlangandagina faoliyat tugallangan sanaladi. Masalan, stolda yoningizda o‘tirgan kishidan bir bo‘lak non uzatib yuborishini iltimos qildingiz. Agar bu holatga butunligicha qaraladigan bo‘lsa, faoliyat akti hali tugallanmagan. Yoningizda o‘tirgan kishi nonni sizga uzatib yuborgandagina maqsadga erishilgan bo‘ladi” 2 . I.A.Zimnayaga ko‘ra, nutqiy faoliyat faol, aniq bir maqsadga qaratilgan, til vositasida amalga oshiriladigan va holatlardan kelib chiqqan holda insonlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilish, muloqot qilish jarayonidir. Nutqiy faoliyat boshqa kengroq masalan, ijtimoiy-ishlab chiqarish (mehnat), bilish faoliyatiga ham kirishi mumkin. Biroq u mustaqil faoliyat bo‘lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning har qaysi turi o‘zining “kasbiy timsoli”ga ega bo‘ladi, masalan, gapirish - ma’ruzachining, yozish - yozuvchining kasbiy faoliyatini ko‘rsatadi 3 . Umumiy psixologiyada nutq insonlar moddiy faoliyatining shakllanishi jarayonida tarixan vujudga kelgan til vositasidagi muloqot shakli, deb belgilanadi. Nutqiy faoliyat deganda til belgilari “stimul-vosita” sifatida ishtirok etadigan faoliyatni tushunish mumkin. Bu faoliyatda nutqiy ifodalar shakllanadi va ulardan 1 Леонтьев А.А. Речевая деятельность // Основы теории речевой деятельности. –М., 1974. –С. 25. 2 Леонтьев А.А. Психофизиологические механизмы речи //Общее языкознание. Формы существования, функции, история языка. –М., 1970. - С. 314-370. 3 Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2008. –С. 33.
oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun foydalanamiz. Nutq to‘liq muloqot yoki xususiy faoliyatni to‘liq boshqarish va nazorat qilish uchun xabarni yaratish va uni qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy psixologiya nutqni universal muloqot vositasi, nutqiy ifodani hosil qiladigan va uni qabul qiladigan ikki subyekt ishtirok etadigan ongli faoliyatning murakkab shakli sifatida talqin qiladi. Psixolingvistikani tilning “subyektiv” jihati, uning aniq nutqiy ifodaning shakllanishidagi roli qiziqtiradi. Nutqiy faoliyatga berilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, u ba’zan turg‘un hodisa sifatida (masalan, matn), ba’zan esa harakatdagi hodisa sifatida (masalan, so‘zlash va eshitish) talqin qilinadi. Nutqiy faoliyatga berilgan mazkur ilmiy ta’riflar bir- biridan turli jihatlariga ko‘ra farq qilsa-da, ularning barchasida ikki omil, ya’ni so‘zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin 4 . 2 . Nutqiy faoliyatning tuzilishi Insonning barcha boshqa faoliyatlari kabi nutqiy faoliyat ham darajali yoki bosqichli tuzilishga ega. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyat qo‘zg‘atuvchi- motivasion, yo‘naltiruvchi-tadqiqot va ijro kabi uch bosqichdan tuzilgan bo‘ladi. Birinchi bosqichda faoliyat ehtiyojlar, motivlar va maqsadlarning o‘zaro ta’sirida amalga oshadi. Bunda faoliyatning asosiy manbasi ehtiyojdir. Umumiy psixologiyada ehtiyoj shaxsni faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan xohishi, intilishi, urinishi, deb izohlanadi. Buni nutqiy faoliyatga “gapirishni xohlayman” yoki “jim turolmayman” ko‘rinishida tatbiq qilish mumkin. Nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlarida uning asosiy manbasi kommunikativ-bilish ehtiyoji va unga mos bo‘lgan kommunikativ-bilish motivi hisoblanadi. Bu ehtiyoj nutqiy faoliyatning predmetida o‘z o‘rniga ega bo‘lgandagina fikrlar mazkur faoliyatning motiviga aylanadi. Nutqiy faoliyat birinchi bosqichining muhim tarkibiy qismlaridan biri nutq niyati bo‘lib, u ehtiyojni nutqning turg‘un motiviga aylanishida katta rol o‘ynaydi. 4 Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. –М., 1986. –С. 25.
Nutqiy muloqotning holati Kim bilan gaplashadi? Qayerda? Qaysi maqsadda?bir kishi bilan bir necha kishi bilan qulay/noqulay sharoitda rasmiy muhitda rasmiy bo‘lmagan muhitda muloqot ta’sir etish xabarNutq niyati nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan ongi, irodasi va hissidir. Nutqiy faoliyatning ikkinchi bosqichini faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini o‘rganishga, faoliyat predmetini aniq belgilashga va uning xususiyatlarini yoritishga qaratilgan yo‘naltiruvchi-tadqiqot (yoki analitik) qism tashkil qiladi. Ayni paytda bu bosqich nutqiy faoliyatning rejalashtirilishi, dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir. Bu bosqichning birinchi unsuri nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni sharoitlarda amalga oshirishdagi (birinchi galda nutqiy kommunikatsiya sharoitida) turlicha plandagi yo‘nalishini ko‘zda tutadi. U nutqiy faoliyat subyekti yo‘nalishining quyidagi savollar bo‘yicha “Kim bilan”, “Qayerda”, “Qachon”, “Qaysi vaqt oralig‘ida” nutqiy faoliyat amalga oshishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi bosqichdagi mazkur unsurning sxemasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Mazkur bosqichning ikkinchi unsuri nutqiy faoliyat doirasidagi muhim ongli harakatlar – nutqiy ifodalarni rejalashtirish va dasturlashga asoslanadi. Psixologiyada rejalashtirish faoliyatning (nutqiy harakatlar va ularni tarkib toptiruvchilar) asosiy bosqichlarini ajratishga va ularni amalga oshirishdagi ketma- ketlikni aniqlashga qaratilgan aqliy harakat sifatida tushuniladi. Umuman,
harakatlar ikki xil tashqi (masalan, amaliy) va ichki (aqliy) bo‘ladi. Genetik jihatdan aqliy harakatlar (faoliyat tizimidagi) tashqi harakatlardan (masalan, nutq organlarining faolligi) kelib chiqqan bo‘lib, ular oxirgi interiorizatsiya (lot. interior —ichki; tashqi ijtimoiy strukturalarni o‘zlashtirish natijasida inson psixikasining ichki strukturasining shakllanishi) jarayonining natijasi sanaladi. O‘z navbatida faoliyatni dasturlash tuzilgan rejani kengaytirish, faoliyat dasturiga aylantirishni bildiradi. Bu o‘rinda rejalashtirish sifatida nutqning turli shakllari va ko‘rinishlari, dasturlash sifatida til belgilari ishtirok etadi. Nutqni rejalashtirishga yoyiq nutqiy ifodaning (to‘liq matnning) rejasini tuzish, unda bayon qilinajak asosiy ma’noviy qismlarni (matn tarkibidagi ost sarlavhalar, abzaslarni) aniqlash misol bo‘la oladi. Bunga matnning kompozision tuzilishida ishtirok etadigan kirish, asosiy qism, xulosa va ularning asosiy ma’nosini umumlashtirish va aniqlash ham kiradi. Keyin ifodani dasturini tuzishda bu asosiy ma’noviy qismlar predmetlik mohiyati nuqtayi nazaridan (matnni mikromavzularga, ma’noli axborot unsurlarga va h.k. ajratish asosida) batafsil aniqlashtiriladi; shuningdek, nutqiy faoliyatdagi nutq predmetining ifoda shakli tanlanadi, nutq uslubi aniqlanadi, ba’zi til ifoda vositalari tanlanadi. Uchinchi bosqich ijro bosqichidir. Bu bosqich nutqiy ifodalarni amalga oshirish (yoki qabul qilish va tushunish)ni, shu bilan birga, faoliyatni amalga oshishini va uning natijalarini nazorat qilish amallarini o‘z ichiga oladi. 3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi So‘nggi yillarda “ mexanizm ” so‘zi falsafa, psixologiya, psixolingvistika va lingvistika sohalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Biroq tadqiqotchilarning hech biri mazkur so‘zga aniq ta’rif bermagan. Uning ma’nosini faqat kontekstga qarab chiqarib olish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar mexanizm ostida biron narsaning tuzilishini, uning struktura xususiyatlarini tushunishsa, boshqalari ayrim harakat va amallar yoki jarayonlar majmuyini, yana bir guruh mualliflar esa struktura va jarayonlarning o‘zaro munosabatini, struktura, jarayon va uning natijalari, funksiyalari va ijtimoiy sharoitlarni tushunishadi. I.A.Zimnayaning ta’kidlashicha,