logo

O‘QUVCHILARDA DIZAYNGA OID BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI HOSIL QILISH JARAYONI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

89.55078125 KB
MAVZU :  O‘QUVCHILARDA DIZAYNGA OID BILIM, KO‘NIKMA  VA
MALAKALARNI HOSIL QILISH JARAYONI  
BOSQICHLARI VA MAZMUNI
RЕJА:
O‘quvchilarda  dizaynga  oid  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
hosil  qilish  jarayoni  bosqichlari  va  mazmuni.
Dizaynerlik  topshiriqlarni tuzilishi  va  qo‘llanishi
Аdаbiyotlаr.
1.  N.Muslimov,  Sh.Sharipov,  M.Qodirov.  “Texnik  ijodkorlik  va  dizayn”.-T.: 
2010y
2.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y   Bo‘lajak   texnologiya   o‘qituvchilarini   tayyorlashda   ularning   texnik
ijodkorligini   rivojlantirishning   kompetentli   yondashuv   mazmuni   uch   darajada:
tayanch   kompetentlik   (o‘quv   rejasidagi   barcha   blok   fanlari   uchun);   umumkasbiy
kompetentlik   (o‘quv   rejasidagi   pedagogik-psixologik   xamda   umummuhandislik
fanlari to‘plami uchun); maxsus kompetentlik (o‘quv rejasidagi kasbiy va ixtisoslik
fanlari uchun) shaklida keltirilgan. 
Bo‘lajak   texnologiya   o‘qituvchilari   tomonidan   tashkil   etiluvchi   faoliyat
turlariga ko‘ra barcha talablarni, ya’ni ularning kompetentlik, ijodkorlik darajasini
quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin: 
1)   umummuhandislik   va   ixtisoslik   fanlari   bo‘yicha   nazariy   va   amaliy
masalalarni   hal   etishda   zarur   bo‘ladigan   maxsus   kompetentlik   va   bu   masalalarga
ijodiy yondashish; 
2) tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi kompetentlik;
3)   ta’lim   oluvchilarni   pedagogik   va   metodik   faoliyatga   tayyorlashni
ta’minlovchi pedagogik metodik ijodkorlik va kompetentlik. 
Bo‘lajak  kasb ta’limi  o‘qituvchisi avvalo ta’lim mazmunini loyihalash bilan
bog‘liq quyidagi ko‘nikma va malakalar tizimini egallab olishi kerak: 
 o‘qitish   maqsadlarini,   ya’ni   ta’limiy,   tarbiyaviy   va   rivojlantirishni
konstruktiv tasvirlash;
 ta’lim oluvchilarda ma’lum kasb faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarning
shakllanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash; 
 bu   ko‘rsatkichlarning   aks   etishiga   imkon   beruvchi   chizmalar,   sxemalar,
loyihalar,   texnik-texnologik   hamda   tashkiliy-iqtisodiy   mashqlar   va   ta’lim
metodlari, shaklini to‘g‘ri tanlash; 
 ularning ketma-ketligini aniqlash; 
 ta’lim   oluvchilarda   nazariy   va   amaliy   bilim   va   ko‘nikmalarning
shakllantirilishi   va   hokazolar   borasidagi   zarur   ma’lumotlarga   ega   bo‘lishni
ta’minlovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash.
Bizningcha,   ijodkorlikni   aniqlashda   S.L.   Rubenshteynning   fikrlari   aniq   va
lo‘nda   bayon   etilgan:   uning   ta’kidlashicha,   «Ijodkorlik   u   qandaydir   yangilik yaratuvchi faoliyatdir. U ijodkor yuksalishi tarixiga yangilik olib kiradi. SHu bilan
birga, fan va madaniyat taraqqiyoti tarixida ham o‘z izini qoldiradi». 
Ijodkorlik   –   «qayta   shakllantirish»,   «mavjud   shakl   unsurlari   yordamida
yangi   shakl   yaratish   demakdir».   «Qayta   shakllantirish»   ijodkorligi   o‘z   ichiga
oldindan ma’lum bo‘lgan shaklga o‘xshagan yangi shaklni kashf etishdir, ya’ni bu
jarayon munosib bo‘lmagan shaklni, munosibrog‘i bilan almashtirishni  o‘z ichiga
oladi.   Bu   degani,   oldingiga   qaraganda   mukammalroq   tarkibiy   qismlarni
joylashtirish   demakdir.   SHu   kabi   ijodkorlikni   o‘rganish   imkoniyatlarini   isbotlash
uchun   qanday   evristik,   ya’ni   yangi   taklif   va   yo‘riqnomalarimiz   borligini
ko‘rsatishimiz   zarur.   Imkoniyatlarni,   yangi   yo‘llarni   faol   izlashimiz,   narsalarni
o‘rganish, chalg‘ituvchi va taxminiy fikrlarni aniqlay bilishimiz darkor. Bu holda
o‘rganish   imkoniyatlari   asosiy   yo‘nalishlarni   idrok   qilish,   yo‘l   va   choralarni   faol
bilishga   intilishni   taqozo   qiladi.   Albatta,   topilgan   shakl –   qoidalarimizga
bo‘ysundirilishi darkor.
Ijodkorlik   «bir   shakldan   ikkinchi   shaklga   o‘tkazish»   –   bu   jarayonda
qoidalarning   yangi   qolipi,   chizmasi,   ma’lum   tuzilmalarning   yangi   turi   yuzaga
keladi.   YAngi   yaratilgan   shakllar   eski   shakllarning   yangicha   talqini   bo‘lmaydi.
Lekin   narsalarni   anglashning   haqiqatan   yangi   usullari   va   yangi   shakllari   sifatida
paydo   bo‘ladi,   metaforalarning   qo‘llanilishi   –   bu   bir   shakldan   ikkinchi   shaklga
o‘tkazish «transformatsion» ijodkorlikka misol bo‘ladi.
Bo‘lajak   kasb   ta’limi   o‘qituvchisining   kasbiy-pedagogik   ijodkorligini
rivojlantirishni   tashkil   etish   metodikasi   bevosita   B.Blumning   bilim   olish
sohasidagi   o‘quv  maqsadlari   taksonomiyasi   asosida  quyidagi  olti   toifadagi   asosiy
o‘quv maqsadlaridan iborat holda qarab chiqildi:
O‘quv   maqsadlarining   ushbu   olti   asosiy   kategoriyasining   texnologik
jarayonlarda   va   texnik   ob’ektlarni   qo‘llashda,   kasbiy-pedagogik   ijodkorlik Qo’llash
Tushunish Baholash
SintezTahlil
Bilish faoliyatini   yurita   olish   kompetentligini   shakllantirish   jarayonidagi   ko‘rinishlari
tadqiq qilindi:
1.   Bilish   –   ushbu   kategoriya   bo‘lajak   o‘qituvchilarning   kasbiy-pedagogik
ijodkorlik   faoliyatini   yurita   olish   kompetentligini   shakllantirish   jarayonida
egallangan   texnik   hamda   texnologik   ma’lumotlarni   xotirada   saqlab   qolish,
mustaqil   tafakkur   yuritish   natijasida   qayta   esga   tushirish,   ijodiy   erkin   fikrlash,
mustaqillik xususiyatlarini namoyon etish kabi o‘quv maqsadlarini ishlab chiqishni
nazarda tutadi.
2.   Tushunish   –   ta’lim   olish   turlarining   bir   turdan   ikkinchisiga   o‘zgarishi,
bo‘lajak   o‘qituvchilarning   mustaqil   ishlarni   tushuntirishi,   natijalariga   ta’sir
qiluvchi takliflar kiritish, texnik vaziyatlarning o‘zgarishini nazarda tutadi.
3.   Amaliyotda   qo‘llash   –   ta’lim   jarayonida   amaliy   faoliyat   bilan
shug‘ullanish,   texnologik   jarayon   hamda   texnik   ob’ektlarni   amaliyotda   qo‘llash
ko‘nikma   va   malakalarini   shakllantirish.   Ushbu   faoliyat   davomida   texnologik
jarayon   va   texnik   ob’ektlarni   qo‘llash   qoidalari,   usullari,   shakllari   nazariyalari
sinab ko‘riladi. 
4.   T ahlil   –   texnologik jarayon hamda texnik ob’ektlar unsurlarini tahlil etib
ular   orasidagi   munosabatni   o‘rganish.   Mustaqil   ta’limni   tashkil   etish   asoslarini
bilish ,   tushunish   va   qo‘llashga   qaraganda,   yuqori   intellektual   darajali
tavsiflanganligi   sababli   mustaqil   bilim   olish   mazmunini   hamda   uning   tarkibiy
tuzilmasini bilishni talab qiladi.
5. Sintez  –  ta’lim natijalari talaba o‘quv faoliyatida mustaqillikka erishishni,
ijodiy   xususiyatga   ega   bo‘lishini,   mustaqil   ijodiy   ta’lim   olishning   adekvat
usullarini, shakllari, ko‘rinishlari va tizimlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi.
6.   Baholash   -   talabalar   tomonidan   mustaqil   ijodiy   ta’lim   olish   jarayonida
egallangan   bilimlar,   metodlarni   qabul   qilingan   maqsadni   hisobga   olgan   holda
baholash.
O‘quvchilarda   dizaynga   oid   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni  hosil
qilish  jarayoni  bosqichlari  va  mazmuni .   Umumiy     o‘rta     ta’limda   dizayn     asoslarini     o‘qitishda     mehnat     ta’limi
fanining     imkoniyatlari     juda   katta.     Dizayn     asoslarini     mehnat     ta’limida
o‘qitishdan     maqsad-o‘quvchilar   dars     va     darsdan     tashqari     mashg‘ulotlarda
buyumlarni    estetik,   funksional    va iqtisodiy   jihatlarini   hisobga   olgan   holda
loyihalash  va  amalda  yasab o‘rganishi hamda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil
qilishdir. 
Mehnat   ta’limi   mazmunida   dizayn   asoslarini    o‘qitish   jarayonini shartli
ravishda3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular: 
1. Boshlang‘ich dizayn ta’limi(I-IV sinflar) 
2. Asosiy dizayn ta’limi(V-VII sinflar) 
3. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi(VIII-IX sinflar) 
I.  Boshlang‘ich dizayn ta’limi
Boshlang‘ich     dizayn     ta’limini     berishda   I-IV     sinflar     uchun     mehnat   ta’limi
darslarida,     sinfdan     tashqari     ishlarda     Davlat     ta’lim   standartlariga     asosan
o‘quvchilarda  quyidagicha  bilim,  ko‘nikma  va malakalarni rivojlantirish ko‘zda
tutilgan. 
I     sinf:     Buyumlarni     kuzatish     asosida     tasvirlarni     chizish     va     bo‘yash
mashqlarini  bajarish.  Buyumlar  to‘g‘risida  bilimlarni  rivojlantirish. Buyumlarni
oddiy  bezak  naqshlarini  o‘ziga  qarab  chizish.  Geometrik shakllardan  naqshlar
hosil     qilishga     o‘rganish.     Materiallar     haqida   dastlabki     ma’lumotlar.     Asbob
uskunalar  haqida  dastlabki  ma’lumotlar.
Qog‘ozdan   va   kartondan   eng   oddiy   shakldagi   buyumlarni   qirqib   tayyorlash,
ularning rasmini chizish, bo‘yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash. 
II     sinf:     YAsagan     o‘yinchoqlar     rasmini     chizish,     bo‘yash     va     shu
o‘yinchoqni   yangi   shaklini   yoki   ayrim   qismlarini   o‘zgartirilgan     variantlarini
ishlash.   Bir     necha     turdosh     o‘yinchoqlar     tahlilini     o‘tkazish.     Turli     kasb
mahsulotlari   bilan   tanishish.   Kasblar   uchun   asboblar   tasvirini   chizish.   Turli
buyumlarni   bezash     uchun     oddiy     naqshlar     chizish     va     bo‘yashga     o‘rganish.
Materiallarning xususiyatini o‘rganish.  III  sinf:  Tekis  geometrik  shakllarning  bir-biriga  nisbatan  katta-kichikligi
va     shakli     bo‘yicha     mutanosibligi     qoidalarini     bilish.     SHakllar   bo‘yicha     va
ranglar     mutanosibligi     qoidalari     bilan     dastlabki     tanishtirish.   Naqshlardagi
elementlarni     davriy     takrorlash     va     simmetriya     qoidalari   bilan     tanishtirish.
O‘yinchoqlar  yasash  va  naqsh  bilan  bezash,  namunaviy buyumlarni shakli va
ranglarini   o‘zgartirib   ishlash.   Applikatsiya   va   mozaika   usulida     oddiy     tasvirlar
ishlash     ko‘nikmalarini     rivojlantirish.    Milliy  hunarmandchilik  buyumlari   bilan
tanishtirish. 
IV  sinf: Turli  tekis  va  hajmli  shakllarning  o‘zaro  mutanosibligi qoidalari
bilan     tanishtirish.   Turli     mavzularda     kompozitsiya     tuzish.     SHu   buyumlarga
mos     bezak     elementlaridan     foydalanish     haqida     dastlabki   tushuncha     hosil
qilish.     Turli     shakllarni     soni     va     o‘zaro     joylashuviga     bog‘liq   mutanosiblik
qoidalari. Turli materiallardan o‘yinchoqlar loyihalash. 
II.  Asosiy dizayn ta’limi
V-VII  sinflar  uchun  mehnat  ta’limi  darslarida,  sinfdan  tashqari ishlarda
dizayn   ta’limini     berish     bo‘yicha     Davlat     ta’lim     standartlariga   asosan
o‘quvchilarda rivojlantirilishi   lozim   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va malakalarni
ishlab chiqdik(yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi misolida). 
V   sinf:    Materialni   tejamli   sarflash, texnik   rasmi,   loyihasi   va chizmasi
haqida tushunchalar. YOg‘ochga  ishlov  beruvchi  kasblar. O‘ymakorlik. 
Loyihalash,   kompozitsiyalash,     ishlov   berish     va   iqtisodiy   masalalarni
hisobga olish. Buyumlarning maketini tayyorlash. Bezak elementlarini ko‘chirish
hamda mustaqil ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy
estetik   xususiyatlarini   tahlil   qilish.   Buyumlarning   hajmli   fazoviy   tuzilishi.
Praporsiya     va     marom.     O‘zbekistonda     badiiy     hunarmandchilikni
rivojlantirishning ahamiyati. 
VI     sinf:   YOg‘ochga     ishlov     berish     stanogi     va     parmalash   stanogida
dizayn buyumlar tayyorlash. Silindrik shakldagi buyumlar loyihasi.  Naqsh turlari
va ayrim   xususiyatlar   haqida   tushunchalar.   Naqsh   turlari   bo‘yicha   eskizlar
tayyorlash.   Oddiy     bezash     ishlarini     bajarish     va   buning   uchun     trafaretlar tayyorlash.  Buyumlarni  dizaynerlik  echimlarini  hal qilish mashqlari. Plastiklik.
Rang va ranglar uyg‘unligi. 
VII   sinf :   Konstruksiyalash   elementlari,   materiallarning   xususiyatlari,
yog‘och   buyumlarning   eskizlari   va   ularni   tayyorlash,   kompozitsiya   tuzish.
Assimmetriya haqida  tushuncha, buyumlarga   naqsh    chizish. Loyihalar  asosida
buyum   tayyorlash.   Turli   geometrik   figuralardan   tashkil   topgan   buyumlar
loyihasi.   YOg‘ochga   ishlov   beruvchi   kasblarning   umumiy   xususiyatlari.   Badiiy
bezash ishlarida shakl, rang, tasvirlar va naqshlardan foydalanish.  Badiiy harflar
yozish,   sayqal   beruvchi   bezatish   asboblari   bilan   ishlash   texnologiyasi.
Mahsulotlarning   sifati,     estetik   ko‘rinishi.   Buyumning   turlarini   tahlil   qilish.
Dizaynerlik   loyiha   tuzish   tartibini   o‘rganish.   Buyumning   texnik   mohiyati   va
go‘zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish. 
III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi
VIII    sinf :     Zamonaviy    ishlab     chiqarishga    kirish.  Dizaynga   oid    kasblar
bilan  tanishtirish.  Buyumlar  muhiti.  Buyumlarni  loyihalashga qatnashuvchilar
va  ularning  vazifalari  haqida  tushuncha.  Intererxona  ichki ko‘rinishi. 
IX  sinf :  Buyumlarni  ishlab  chiqarish  texnologiyalari. Ergonomika-odam
va   buyum   orasidagi   qulaylik.     Dizayn   bilan   bog‘liq   kasblar   va   shu   kasblar
tavsifnomasi. 
Uzluksiz     ta’limda     dizayn     ta’limni     joriy     etish     maktabda     boshlang‘ich
sinfdan   tizimli   ravishda   tasviriy   san’at   va   mehnat   ta’limi   jarayonlarida   amalga
oshirilib   uzluksiz   davom   etishi   va   malakali   mutaxassis   etishtirish   bilan
yakunlanadi. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimida  dizayn ta’limi  berishni  zamon  talabi ekanligini
e’tiborga olgan holda nafaqat    umumiy   o‘rta   ta’lim    bo‘g‘inida, balki  oliy   va
o‘rta   maxsus     o‘quv     yurtlarida     ham     jahon     standartlari   darajasida
rivojlantirishni taqozo etadi.
Mehnat   ta’limi   o‘qituvchilari   oldida   turgan   muammolardan   biri-   dars
jarayonida qo‘llash uchun dizaynerlik topshiriqlari  va  uni  o‘rgatish metodikasi
ishlab     chiqilmaganligidir.     Bu     muammoni     hal     qilishda     biz   mehnat     ta’limi mazmunini   tashkil    etuvchi    besh    yo‘nalishdagi    mavzular  mazmunidan   kelib
chiqib  dizaynni  dastlabki  tushunchalarini  berib  borish bilan  birga  dizaynerlik
topshiriqlarini  bajarish  maqsadga  muvofiq  deb hisoblaymiz.  
Dizaynerlik     topshiriqlarni     esa     tuzilishi     va     qo‘llanishi ga   qarab   uch
guruhga  bo‘lib ta’lim jarayonida qo‘llash lozim. 
1. Boshlang‘ich dizaynerlik topshiriqlar(I-IV sinflar). 
2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar(V-VII sinflar). 
3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar(VIII-IX sinflar). 
Boshlang‘ich   dizaynerlik   topshiriqlar .   Bu   ko‘rinishdagi   dizaynerlik
topshiriqlari
I-IV   sinf   o‘quvchilari   uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   unda   og‘zaki savol-
javob     qilish,     oddiy     dizaynerlik     topshiriqlarini     amalda     bajarish   hisoblanadi
hamda   topshiriqni   bajarish   orqali   o‘quvchi   ijodiy   fikrlashga   o‘rgatiladi.     Bu
topshiriqlar   quyidagi   tushunchalarga   geometrik   figura   va shakl   yasovchilar,
ranglar,  ranglar  uyg‘unligi,  o‘lchamlar,  shakllarni joylashtirish,  buyumlarning
tashqi   shakli    kabilarga   asoslangan   bo‘lishi bilan ularni mustahkamlashga  oid
topshiriqlar bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilarga quyidagi dizaynerlik topshiriqlarini berish mumkin: 
1. Tabiiy materiallardan foydalanib har xil o‘yinchoqlar tayyorlang. 
2.   Qog‘ozdan   foydalanib   quti   maketini   tayyorlang   va   uni     ishlatilish
sohasiga     qarab     bezak     bering   (masalan     gugurt     quti,     soklar     uchun     idish,
qalamdon). 
3. Sinfdagi simmetrik buyumlarni sanang. Bu kabi dizaynerlik topshiriqlarni
ko‘plab keltirish mumkin. Ular kelgusida o‘quvchini   buyumlarni   idrok   etishni
va  loyihalarni  bajarishni osonlashtiradi. 
Asosiy     dizaynerlik     topshiriqlar .     Bu     dizaynerlik     topshiriqlar   VII   sinf
o‘quvchilari   uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   asosan   amaliy   mashg‘ulotlar   tarzida
tashkil   qilinadi. Bu topshiriqlar quyidagi bilimlarga   asoslangan bo‘lishi   lozim:
buyumlarning     badiiy     estetik     xususiyatlarini     tahlil     qilish.   Buyumlarni
loyihalash,   dizaynerlik   echimlarini   hal   qilish,   rang   va   ranglar   uyg‘unligi, buyumlarga   naqsh   chizish,   maketlar   tayyorlash   va   hokazo.   O‘quvchilarga
quyidagi asosiy dizaynerlik  topshiriqlarini  tavsiya etish mumkin: 
1.   YOg‘ochdan   ramka   maketini   yasang.   Bunda   yog‘ochni   bir-biriga
biriktirishda   mix,    elim     kabi     boshqa     vositalardan     foydalanmasdan   biriktirish
variantini taklif qiling. 
2. YOg‘ochga ishlov beradigan tokarlik  stanogidan  foydalanib  uy-ro‘zg‘or
buyumlari     tayyorlang(buyumlarni     tayyorlashda     shakli,     rangi     boshqa
buyumlar bilan uyg‘un bo‘lishiga harakat qiling). 
3. YOg‘och va faneradan foydalanib eshik uchun tutqich variantini yasang.
Mutaxassislikka   oid   dizaynerlik   topshiriqlar VIII-IX   sinf o‘quvchilari   uchun
mo‘ljallangan     bo‘lib,     bu     topshiriqlar     nisbatlar,     hajmli   fazoviy     tuzilishi,
materiallar,     garmonik     shakl     va     kompozitsiya,   proporsionallik     va     marom
plastiklik,  rang  va  ranglar  uyg‘unligi, buyumlarni  texnik  mohiyati,  go‘zalligi,
uyg‘unligi,  ergonomika  kabi bilimlarni o‘z ichiga oladi. 
1. Oshxona jihozlari uyg‘unligi mavzusida referat tayyorlang. 
2.     Dizaynning     xalq     xo‘jaligidagi     iqtisodiy     va     ijtimoiy     psixologik
ahamiyati to‘g‘risida referat tayyorlang. 
Dizaynerlik     topshiriqlarini     tuzishda     quyidagi     talablarni     hisobga   olish
lozim: 
- dizaynerlik     topshiriqlar     o‘qitiladigan     boshqa     fanlar     bilan
bog‘liq bo‘lib, ularda o‘tilgan mavzularini to‘ldirib turishi kerak; 
- topshiriqlarni  tuzishda  o‘quvchilarning  individual  xususiyatlari
e’tiborga olinishi lozim; 
- dizaynerlik     topshiriqlarni     bajarish     asosan,     amaliy
mashg‘ulotlar tarzida tashkil qilinishi  va unda vaqtni e’tiborga olish lozim;
- dizaynerlik     topshiriqlari     xalq     hunarmandchiligida
qo‘llaniladigan   usullardan     keng   foydalanish   imkoniyatini   hisobga   olgan    holda
tuzilishi lozim; 
- dizaynerlik     topshiriqlar   oddiydan   -   murakkabga     qarab     borishi
kerak;  - dizaynerlik   topshiriqlarni   kompyuter     texnologiyasidan
foydalanib bajarishni hisobga olib tuzish va boshqalar. 
Ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi  farq, ularning u yoki bu faoliyat  turiga tabiiy
imkon  qobiliyatlari  jihatidan  kamroq  iste’dodga egaligidir, biroq  har  qanday
qobiliyat  o‘z-o‘zidan  ta’limdan,  faoliyatdan  tashqari rivojlana olmaydi. Ushbu
nuqtai     nazardan     qaralganda,   o‘quvchilarda   shaxs   xislatlarini   rivojlantirishning
eng   samarali     yo‘li   -   ularning   ijodiy   faoliyatidir.     O‘qituvchi     ijodiy     faoliyatni
birinchi     navbatda     shaxsning   aqliy   faolligi,   yangi   bilimlarni   tez   o‘zlashtirishi,
zehni   va   ixtirochiligi,   topshirilgan   amaliy     vazifalarni     bajarish     uchun
ma’lumotlarni     to‘play   olishi,   masalalarni   tanlash   va   echishdagi   mustaqilligi,
mehnatsevarligi kabi  xislatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi  jarayon  sifatida
amalga oshirish lozim. 
O‘quvchilarni   ijodiy   faoliyatda   zarur   xislatlarni   rivojlantirilishi   natijasi
referatlar, hisobotlar  va  ularni  asoslovchi  dizaynerlik loyihalarida belgilanadi.

MAVZU : O‘QUVCHILARDA DIZAYNGA OID BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI HOSIL QILISH JARAYONI BOSQICHLARI VA MAZMUNI RЕJА: O‘quvchilarda dizaynga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni bosqichlari va mazmuni. Dizaynerlik topshiriqlarni tuzilishi va qo‘llanishi Аdаbiyotlаr. 1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va dizayn”.-T.: 2010y 2. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y 3. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirishning kompetentli yondashuv mazmuni uch darajada: tayanch kompetentlik (o‘quv rejasidagi barcha blok fanlari uchun); umumkasbiy kompetentlik (o‘quv rejasidagi pedagogik-psixologik xamda umummuhandislik fanlari to‘plami uchun); maxsus kompetentlik (o‘quv rejasidagi kasbiy va ixtisoslik fanlari uchun) shaklida keltirilgan. Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat turlariga ko‘ra barcha talablarni, ya’ni ularning kompetentlik, ijodkorlik darajasini quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin: 1) umummuhandislik va ixtisoslik fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy masalalarni hal etishda zarur bo‘ladigan maxsus kompetentlik va bu masalalarga ijodiy yondashish; 2) tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi kompetentlik; 3) ta’lim oluvchilarni pedagogik va metodik faoliyatga tayyorlashni ta’minlovchi pedagogik metodik ijodkorlik va kompetentlik. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi avvalo ta’lim mazmunini loyihalash bilan bog‘liq quyidagi ko‘nikma va malakalar tizimini egallab olishi kerak:  o‘qitish maqsadlarini, ya’ni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirishni konstruktiv tasvirlash;  ta’lim oluvchilarda ma’lum kasb faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;  bu ko‘rsatkichlarning aks etishiga imkon beruvchi chizmalar, sxemalar, loyihalar, texnik-texnologik hamda tashkiliy-iqtisodiy mashqlar va ta’lim metodlari, shaklini to‘g‘ri tanlash;  ularning ketma-ketligini aniqlash;  ta’lim oluvchilarda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarning shakllantirilishi va hokazolar borasidagi zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash. Bizningcha, ijodkorlikni aniqlashda S.L. Rubenshteynning fikrlari aniq va lo‘nda bayon etilgan: uning ta’kidlashicha, «Ijodkorlik u qandaydir yangilik

yaratuvchi faoliyatdir. U ijodkor yuksalishi tarixiga yangilik olib kiradi. SHu bilan birga, fan va madaniyat taraqqiyoti tarixida ham o‘z izini qoldiradi». Ijodkorlik – «qayta shakllantirish», «mavjud shakl unsurlari yordamida yangi shakl yaratish demakdir». «Qayta shakllantirish» ijodkorligi o‘z ichiga oldindan ma’lum bo‘lgan shaklga o‘xshagan yangi shaklni kashf etishdir, ya’ni bu jarayon munosib bo‘lmagan shaklni, munosibrog‘i bilan almashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu degani, oldingiga qaraganda mukammalroq tarkibiy qismlarni joylashtirish demakdir. SHu kabi ijodkorlikni o‘rganish imkoniyatlarini isbotlash uchun qanday evristik, ya’ni yangi taklif va yo‘riqnomalarimiz borligini ko‘rsatishimiz zarur. Imkoniyatlarni, yangi yo‘llarni faol izlashimiz, narsalarni o‘rganish, chalg‘ituvchi va taxminiy fikrlarni aniqlay bilishimiz darkor. Bu holda o‘rganish imkoniyatlari asosiy yo‘nalishlarni idrok qilish, yo‘l va choralarni faol bilishga intilishni taqozo qiladi. Albatta, topilgan shakl – qoidalarimizga bo‘ysundirilishi darkor. Ijodkorlik «bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazish» – bu jarayonda qoidalarning yangi qolipi, chizmasi, ma’lum tuzilmalarning yangi turi yuzaga keladi. YAngi yaratilgan shakllar eski shakllarning yangicha talqini bo‘lmaydi. Lekin narsalarni anglashning haqiqatan yangi usullari va yangi shakllari sifatida paydo bo‘ladi, metaforalarning qo‘llanilishi – bu bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazish «transformatsion» ijodkorlikka misol bo‘ladi. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishni tashkil etish metodikasi bevosita B.Blumning bilim olish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasi asosida quyidagi olti toifadagi asosiy o‘quv maqsadlaridan iborat holda qarab chiqildi: O‘quv maqsadlarining ushbu olti asosiy kategoriyasining texnologik jarayonlarda va texnik ob’ektlarni qo‘llashda, kasbiy-pedagogik ijodkorlik Qo’llash Tushunish Baholash SintezTahlil Bilish

faoliyatini yurita olish kompetentligini shakllantirish jarayonidagi ko‘rinishlari tadqiq qilindi: 1. Bilish – ushbu kategoriya bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini yurita olish kompetentligini shakllantirish jarayonida egallangan texnik hamda texnologik ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish, mustaqil tafakkur yuritish natijasida qayta esga tushirish, ijodiy erkin fikrlash, mustaqillik xususiyatlarini namoyon etish kabi o‘quv maqsadlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 2. Tushunish – ta’lim olish turlarining bir turdan ikkinchisiga o‘zgarishi, bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ishlarni tushuntirishi, natijalariga ta’sir qiluvchi takliflar kiritish, texnik vaziyatlarning o‘zgarishini nazarda tutadi. 3. Amaliyotda qo‘llash – ta’lim jarayonida amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish, texnologik jarayon hamda texnik ob’ektlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Ushbu faoliyat davomida texnologik jarayon va texnik ob’ektlarni qo‘llash qoidalari, usullari, shakllari nazariyalari sinab ko‘riladi. 4. T ahlil – texnologik jarayon hamda texnik ob’ektlar unsurlarini tahlil etib ular orasidagi munosabatni o‘rganish. Mustaqil ta’limni tashkil etish asoslarini bilish , tushunish va qo‘llashga qaraganda, yuqori intellektual darajali tavsiflanganligi sababli mustaqil bilim olish mazmunini hamda uning tarkibiy tuzilmasini bilishni talab qiladi. 5. Sintez – ta’lim natijalari talaba o‘quv faoliyatida mustaqillikka erishishni, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishini, mustaqil ijodiy ta’lim olishning adekvat usullarini, shakllari, ko‘rinishlari va tizimlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi. 6. Baholash - talabalar tomonidan mustaqil ijodiy ta’lim olish jarayonida egallangan bilimlar, metodlarni qabul qilingan maqsadni hisobga olgan holda baholash. O‘quvchilarda dizaynga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni bosqichlari va mazmuni .

Umumiy o‘rta ta’limda dizayn asoslarini o‘qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini mehnat ta’limida o‘qitishdan maqsad-o‘quvchilar dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda buyumlarni estetik, funksional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o‘rganishi hamda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilishdir. Mehnat ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o‘qitish jarayonini shartli ravishda3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular: 1. Boshlang‘ich dizayn ta’limi(I-IV sinflar) 2. Asosiy dizayn ta’limi(V-VII sinflar) 3. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi(VIII-IX sinflar) I. Boshlang‘ich dizayn ta’limi Boshlang‘ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quvchilarda quyidagicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. I sinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo‘yash mashqlarini bajarish. Buyumlar to‘g‘risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak naqshlarini o‘ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga o‘rganish. Materiallar haqida dastlabki ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Qog‘ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo‘yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash. II sinf: YAsagan o‘yinchoqlar rasmini chizish, bo‘yash va shu o‘yinchoqni yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o‘zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha turdosh o‘yinchoqlar tahlilini o‘tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlarni bezash uchun oddiy naqshlar chizish va bo‘yashga o‘rganish. Materiallarning xususiyatini o‘rganish.