logo

O’SIMLIKLARNI KIMYOVIY HIMOYA QILISH USULLARI. UMUMIY QISM. PESTITSIDLARNING TASNIFLANISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.818359375 KB
O’SIMLIKLARNI KIMYOVIY HIMOYA QILISH USULLARI.
UMUMIY QISM.     P E S T I T S I D L A R N I N G   T A S N I F L A N I S H I
Reja;
1. O’simliklarni zararli organizmlardan kimyoviy himoya qilish.
2. Pestitsidlarni qo’llanilishiga ko’ra tasniflanishi.
3. Pestitsidlarni tasir qilishiga ko’ra tasniflanishi. O’simliklarni   kimyoviy   usulda   himoya   qilish   zarar li   organizmlarni
yo’qotishda   kimyoviy   moddalar—pestitsidlardan   foydalanishga   asoslangan.
O’simliklarni   zararli   organizmlar   (zararkunandalar,kasalliklar   va   begona
o’tlardan)   dan   himoya   qilishda   qo’llaniladigan   barcha   kimyoviy   moddalar
pestitsidlar  deb ataladi (pestitsid so’zi lotin tilidan olingan bo’lib,  «Pestis» —
zararli, yuqum, ifloslik va  «sido»  — o’ldiraman ma’- nolarini anglatadi).
O’simliklarni   kimyoviy   himoya   qilish   usuli   bir   qator   afzalliklarga   va
katta   universallik   xususiyatiga   ega,   chunki   uni   barcha   qishloq   xo’jalik
ekinlarida   ko’p lab   zararkunanda,   kasallik   va   begona   o’tlarga   qarshi,
shuningdek   omborxonalar,   issiqxonalar,   elevatorlar   na   boshqalarni
zararsizlantirishda ham qo’llash mumkin.
O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilishning yana bir afzalligi uni
mexanizatsiyalashdir,   ya’ni   aviatsiyadan   foydalanish   katta   maydonlarda
zararli   organizmlarga   qarshi   kurashni   o’z   vaqtida,   sifatli   qilib   o’tkzishga
imkon beradi.
Pestitsidlarni qo’llash ko’tilgan samaraga tezda erishishni ta’minlaydi.
Hozirgi   vaqtda   pestitsidlarni   zavod   hamda   fabrikalarda   sanoat   usulida
ishlab   chiqarish   yo’li   qo’yilgani   va   ular   iste’molchilarga   birmuncha   arzon
baholarda sotiladi, demak, bunda xarajatlarni tezda qoplash mumkin.
SHuningdek,   A.   Nazarovning   (1992)   ma’lumotlariga   qaraganda   ba’zi
rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSH da shu davrga  qadar   g’o’za
zararkunandalariga   qarshi   kurash   asosan   pestitsidlarga   asoslangan   bo’lib,
bunda   biologik   usul   harajatlarni   butunlay   qoplay   olmaydi,   deb   hisobladi.
G’o’zaning   ashaddiy   zararkunandalaridan   biri   o’rgimchakkanadir,   unga
qarshi kurashda, asosan, pestitsidlardan foydalaniladi.
G’o’za   dalalarida   begona   o’tlarga   qarshi   kimyoviy   vositalarni
(gerbitsidlarni)   qo’llash   qo’l   mehnatiga   nisbatan   sarflanadigan   harajatlarni
anchagina kamaytiradi.  O’simliklarni   kimyoviy   usulda   himoya   qilish,   ayniqsa   kimyo
sanoatining   yutuqlari   asosida   rivojlanyapti.   SHuningdek,   bunga
mexanizatsiyaning   yuqori   sur’atlarda   rivojlanishi   ham   ijobiy   ta’sir
ko’rsatmoqda.   O’simliklarni   himoya   qilishda   takomillashgan   traktor   va
avtopurkagichlar,   changlatgichlar,   aerozol   generatorlari,   samolyot   va
vertolyotlardan foydalanilmoqda.
   Lekin kimyoviy usulning ham o’ziga yarasha kamchiliklari bor:
1.Bu   usulda   qo’llanadigan   pestitsidlar   inson   va   issiqqonli   hayvonlar
uchun zararli.
2.Pestitsid   qoldiqlari   bilan   oziq-ovqat   mahsulotlarining   zararlanishi
ortadi.
3.Entomos va akarifaglar uchun zararli.
4.Zararli   organizmlarning   pestitsidlarga   chidamliligi   nihoyatda   tez
ortadi;
5.O’simliklarni   himoya   qilish   uchun   mo’ljallangan   harajatlar   bozor
iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan tez sur’atlar bilan ortadi.
   Bu kamchiliklarni bartaraf etish hozirgi vaqtda butun dunyo olimlari
oldida   turgan   asosiy   vazifadir.   Olimlarimizning   tinimsiz   va   samarali
mehnatlari   evaziga   bu   muammo   asta-sekin   hal   etilmoqda.   eng   aVillo,
pestitsidlardan   o’z   vaqtida   turli,   tavsiyanomalar   asosida   foydalanilsa,   ular
tashqi muhit uchun hech bir zarar keltirmasligi aniqlandi.
    Kimyoviy  usulning  kamchiliklarini  yo’qotishning  yana  bir  yo’li  o’ta
zararli pestitsidlarni issiqqonli hayvonlar va  inson  uchun kam zararlilari bilan
almashtirishdir.
    So’nggi   20   yil   ichida   pestitsidlarning   qo’llanish   shakllari   ham   juda
katta   o’zgardi;   agar   1955   yilda,   asosan   dustlar   changlash   usuli   bilan
qo’llanilgan bo’lsa, 1974 yilda ularning salmog’i 2 martadan ortiq kamaydi. SHu bilan birga xo’llanuvchi kukunlar va donadorlashtirilgan pestitsidlarning
salmog’i oshdi.
Pestitsidlar   assortimenti   va   ularni   qo’llash   shakllarining   o’zgarishiga
ko’pgina sabablar bor. Bu sabablardan eng muhimi va birinchi omil — o’tkir
zararlash   ta’siriga   ega   bo’lmagan   pestitsidlar   yaratish,   ular   qo’llanilgan
vaqtda kam zararli va kam xavfli hisobla- nadi. Ikkinchi omil — bu inson va
issiqqonli   hayvonlar   uchun   surunkali 1
  zararli   ta’siri   nihoyatda   kam   bo’lgan
pestitsidlarni   yaratishdir.   Uchinchi   omil   —   bu   entomofaglarga   salbiy   ta’sir
ko’rsatmaydigan   pestitsidlar   yarati щ dir.   To’rtinchi   omil   —   bu   pestitsidlar ni
yaratishda   zararli   organizmlarning   chidamliligi(rezistentligi)ni   hisobga
olishdir.   Pestitsidlar   assortimentini   muntazam   ravishda   yaxshilab   borish   va
yangilash assortimentdan hatto bir guruh pestitsidlar ning chiqib ketishiga va
uning   o’rniga   yangilarini   kelishiga   sabab   bo’ladi.   Bu   esa,   o’z   navbatida
zararli   organizmlarni   ma’lum   bir   guruh   pestitsidlarga   chi damliligini’
kamaytiradi.   Hozirgi   vaqtda   ana   shu   talablarga   javob   beradigan   pestitsidlar
yaratish   ustida   ko’p   izlanishlar   olib   borilmoqda.   O’simliklar   kasalliklariga
qarshi,   asosan,   orga nik   fungitsidlar   qo’llanilmoqda   va   tarkibida   mis
birikmalari bo’lgan pestitsidlar asta-sekin kamayib bormoqda. Barcha tavsiya
etilgan bakteritsid va fungitsidlar — vitailks, polikarbatsin, kaptan, topaz —
issiqqonli   hayvonlar   va   inson   uchun   kam   zararlidir   (O’D50=1000—9000
mg/kg   atrofida).   Ular   tuproqda,   suvda   va   ovqat   mahsulotlarida   to’planish
qobiliyatiga   ega   emas.   SHuningdek,   tarkibida   simob   saqlagan   preparatlar
salmog’i   ham   keskin   kamayib   ketdi.   Ular   o’rnini   hozir   bronokot,   tigam   va
shu   kabi   birikmalar   egallamoqda,   ularning   samaradorligi   granozandan
qolishmaydi.
Gerbitsidlarni   qo’llash,   asosan   1960—1970   yillar   davomida   juda   tez
rivojlandi.   Bu   davrda   Rossiya   Qishloq     xo’jalik   vazirligi   qoshida
zararkunandalar,   kasallik   va   begona   o’tlarga   qarshi   kurashning   kimyoviy vositalari   bo’yicha   Davlat   qo’mitasi   va   Sankt-Peterburgdagi   o’simliklarni
himoya   qilish   institutining   toksikologik   laboratoriyalari   tarmoqlarining
tashkil   etilishi   qishloq   xo’jaligida   qo’llaniladigan   kimyoviy   vositalarni
o’rganish,   sinash   va   qo’llanishga   oid   bar cha   masalalar   chuqurroq;   ilmiy-
tadqiq   qilishga   imkon   yaratdi.   SHu   toksikologik   laboratoriyalar   atrazin,
prometrin, provazin, simazin, tillam, ko toran, linuron, triallat, meturin, treflan
kabi   gerbitsidlarni   ishlab   chiqari щ da   qo’llanishga   yo’llanma   berdi.   Hozirgi
vaqtda qo’llaniladigan gerbitsid preparatlar soni 100 ga yaqindir.
Bizning   Vatanimizda   o’simliklarni   himoya   qilish   xizmatini
O’zbekiston Qishloq xo’jalik vazirligi   qo shidagi O’simliklarni himoya qilish
bosh   boshqarmasi   boshqaradi.   Davlat   karantin   inspektsiyasi   va   o’simlik lar
zararkunandalari   va   kasalliklari   prognozining   markaziy   laboratoriyasi   uning
tarkibiga kiradi. Zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning
kimyoviy vositalari bo’yicha Davlat komissiyasi xam mavjud.
Viloyatlar,   avtonom   respublikalarda   esa,   o’simliklarni   himoya   qilish
stantsiyasi   bo’lib,   unda   diagnosti ka   va   prognoz,   biologiya   uslubi
laboratoriyalari va karantin inspektsiyasi mavjud.
1.Zararli   organizmlarga   nisbatan   zararli   bo’lishi   kerak;   bunday
xususiyatga   ega   bo’lmagan   kimyoviy   moddalar   pestitsid   sifatida
qo’llanilmaydi.
2.Himoya   etilayotgan   o’simlikka   nisbatan   ziyon   yetkazmasligi   lozim;
shunga   ko’ra   bu   moddalar   himoya   qilinayotgan   o’simlikning   o’sishi   va
rivojlanishini tezlatishi kerak.
3.Inson va uy hayvonlari uchun zararsiz bo’lishi lozim.
4.Pestitsidlar   o’z   ta’siriga   ko’ra   universal   bo’lishi,   ya’ni   bir   vaqtning
o’zida   ko’pgina   zararli   organizmlar   (kemiruvchilar,   hasharotlar,   kanalar,
bakteriya va zamburug’ kasalliklari hamda begona o’tlar)ga ta’sir etadigan va
shu   bilan   birga   ular   tanlab   ta’sir   etish   qobiliyatiga   ham   ega   bo’lishi   zarur; bunda   ular   zarar li   organizmlarni   o’ldirish   bilan   birga   ularning   tabiiy
kushandalariga ziyon yetkazmasligi zarur.
5.Pestitsidlar   ma’lum   bir   standartga   ega   bo’lishi   kerak.   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilishda faqat standart pestitsidlardan foydalanishga ruxsat
etiladi.   Bunda,   albatta,   preparatning   nomi,   uni   tayyorlashdagi   texnik
normativlar   (ta’sir   qiluvchi   moddaning   miqdori,   shuningdek   qo’shimcha
moddalar,   namlik   miqdori   kabilar),   analiz   uchun   namuna   olish   va   miqdoriy
analiz tartiblari va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi.
6.Pestitsidlar   ma’lum   darajada   transportabellikka   ega   bo’lishi   kerak,
ular tashish uchun qulay va o’tga chidamli bo’lishi kerak.
7.O’simlikni   kimyoviy   usulda   himoya   qiluvchi   mod dalar
iste’molchilarga arzon bahoda yetkazib berilishi kerak.
8.Pestitsidlar   metallarni   korroziyalamasligi,   boshqa   materiallarni   esa
buzmasligi kerak.
    Biroq   biz   qo’llayotgan   pestitsidlar   ana   shu   yuqorida   qayd   etilgan
barcha   talablarga   to’la   javob   bermaydi.   SHuning   uchun   fan   yutuqlari   va
ilg’or   tajriba   barcha   talablarga   javob   beradigan   pestitsidlar   yaratishga
qaratilmog’i zarur.
    Pestitsidlar   assortimenti   tarkibida   uchinchi   avlod   pestitsidlar
(sulfanilmochevina   asosidagi   gerbitsidlar,   sistemali   fungitsidlar   va   sun’iy
piretroidlar)   paydo   bo’ldi,   bu   pestitsidlarni   gektariga   sarflash   me’yori
kamayishiga   olib   keldi,   chunki   bular   ta’sir   qilish   moddalariga   ko’ra
nihoyatda   kam(5-10-100   g/ga)     miqdorda   sarflanadi,   bularning   barchasi   va
uy-   g’unlashgan   himoya   qilishning   joriy   etilishi   so’nggi   10   yillar   davomida
pestitsid 30—50% gacha qo’llanilgan maydonlar hajmini kamaytirishga olib
keldi.
        YUqorida aytganimizdek so’nggi vaqtlarda pestitsidlar ro’yxati juda tez
sur’atlar   bilan   ortib   ketdi.   Fikrimizning   dalili   sifatida   hozirga   qadar   butun dunyoda   10000   ga   yaqin   pestitsid   turlarida   preparat   ish lab   chiqarilishi   va
qishloq   xo’jaligi   ekinlarining   zararli   organizmlariga   qarshi   qo’llanilishini
keltiramiz .   Bu dalillarni hisobga olib, pestitsidlarni o’rganishni osonlantirish
maqsadida   ularni   quyidagicha   tasniflarga   bo’lishni   maqsadga   muvofiq   deb
hisoblaymiz.   Pestitsidlarni   bunday   tasniflanishi,   albatta,   shartlidir   va   bu   ish
faqat o’rganish jarayonini yengillashtirish uchun qilindi.
     I. Pestitsidlar kelib chiqishita ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1.Anorganik   moddalardak   olinadigan   pestitsidlar   (simob,   ftor,   oltingugurt,
mis birikmalari, xloratlar va boratlar);
2.Organik   moddalardan   olinadigan   pestitsidlar,   bular   juda   katta   bir   guruxni
tashkil etadi;
3.O’simliklardan olinadigan pestitsidlar (piretrinlar, fitontsidlar va hokazo);
4.Mikrobiologik   jonivorlar   (bakteriyalar,   zamburug’lar   va   viruslar)dan
olinadigan pestitsidlar.
       II.Pestitsidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1. Fosfororganik pestitsidlar (karbofos, fosfamid, fozalon va boshqalar);
2. Xlor o organik pestitsidlar (dilor, GX TS G va bosh q alar);
3. Sun’iy piretroidlar (ambush, detsis, dekametrin, korsar va boshqalar);
4.Tio-, ditiokarbamin va karbamin kislotalar hosilalarini saqlagan pestitsidlar
(karbin, betanal, eptam, tillam va boshqalar);
5.Fenollarning nitroxovaalarini saqlagan pestitsidlar (DNOK, akreks, karatan
va boshqalar);
6.Mineral moylar;
7.Simobning organik birikmalari (granozan);
8.Mochevina hosilalari;
9.Simm-triazinlar va hokazo;
      III.Pestitsidlarni qarshi qo’llanilayotgan zararli organizm turlariga ko’ra
quyidagicha tasniflash mum kin: 1.Akaritsidlar  (asarus  — kana)—o’rgimchakkanalarga qarshi;
2.Insektitsidlar  (insesta  — hasharot) — hasharotlarga qarshi;
3.Ovitsidlar  (ovum  — tuxum) — hasharot va kanalarning tuxumlariga qarshi;
4.Larvitsidlar   (larva— lichinka,   qurt)—hasharot   va   kanalarning   qurt
(lichinka)lariga qarshi;
5.Afitsidlar  (aphis— o’simlik biti) — o’simlik bitlariga qarshi;
6.Nematitsidlar  (nematos  — nematod) — nematodlarga qarshi;
7.Limatsidlar  (lima  — shilimshiq qurt) — shilimshiq qurtlarga qarshi;
8.Zootsidlar,   rodentitsidlar   (Zoon— hayvon)—kemiruvchi   zararkunandalarga
qarshi;
9.Mollyuskotsidlar — mollyuskalarga qarshi;
10.Algitsidlar  (algus  — suv o’ti)—suv o’tlariga qarshi;
11.Arboritsidlar   (arbore   —   daraxt)   —   keraksiz   dov-   daraxt   va   butalarga
qarshi;
12.Gerbitsidlar  (herba  — o’t, ulan) —begona o’tlar ga qarshi;
13.Bakteritsidlar  (Basteria  — bakteriya) — bakteriyalarga qarshi;
14.Fungitsidlar   (fungus   —   zamburug’)—zamburug’larga   qarshi
qo’llaniladigan pestitsidlar.
            Pestitsidlarni   qo’llanilayotgan   zararli   organizmlarga   qarab   bunday
tasniflarga   bo’lish   yuqorida   eslatganimizdek   bir   qadar   shartlidir,   chunki
ko’pgina pestitsidlar bir vaqtda turlicha ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga ega,
shu   sababli   ular   bir   vaqtda   turli   zararli   organizmlarga   qarщi   ta’sir   eta   oladi
(ular xasharotlarni xam, lichinka va kanalarni ham o’ldi- raveradi). Masalan,
karbofos   yoki   karate   ham   insektitsidlik,   ham   akaritsidlik   ta’siriga   ega.
Ko’pgina   gerbitsidlarning   sarflash   normalarini   ko’paytirganimizda
arboritsidlik   xususiyatlarini   namoyon   qiladi,   shu   sababga   ko’ra   ular   dov-
daraxtlar,   butalarni   yo’qotish   qobiliyatiga   ega.             Oltingugurt   preparatlari ko’pgina zamburur kasalliklari va kanalarga ta’sir eta oladi, shu sababli ular
fungitsidlik hamda akaritsid lik xossasiga egadir.
       IV.   Pestitsidlar   zararkunandalar   organizmiga   kiritilish   usuliga   ko’ra
quyidagicha tasniflanadi:
      1.Me’da-ichak   orqali   ta’sir   qiluvchi   pestitsidlar   —   ular   zararkunanda
organizmiga oziq moddalari (pestitsid bilan ishlangan o’simlik organi) bilan
tushib,   unga   me’da-ichak   tizimi   orqali   ta’sir   qiladi.   Ular   og’iz   apparati
kemiruvchi   yoki   so’ruvchi   tipda   tuzilgan   hasharotlarga   va   sichqon-
kalamushlarga qarshi qo’llaniladi.
     2.Zararli   organizmlarning   zararlanmagan   teri   qoplamlari   orqali   ular
organizmiga   kirib,   zararlaydigan   pestitsidlarni   kontakt   ta’sirga   ega
pestitsidlar   deb   ataladi.   Kontakt   ta’sirga   ega   bo’lgan   pestitsid l a r
zararkunandalarning   tashqi   qoplagichini   kuydiradi   va   shikastlaydi,
shuningdek   ular   oziq   moddalari   bilan   zararkunanda   organizmiga   kirib   uni
zaxarlash qobiliyatiga ham ega. Kontakt ta’sirli pestitsidla pra   ko’pgina xlor-
va fosfororganik pestitsidlar kiradi.
     3.Fumigantlar   —   hayvon   va   zararkunanda   organizmiga   nafas   yo’li
orqali gaz yoki   bug’   holida kirib, ularni zararlaydigan pestitsidlardir. Bunda
zarar kunanda   (ayniqsa,   hasharotlar)   organizmida   pestitsid   ta’siriga   qarshi
o’ziga   xos   himoyalanish   reaktsiyasi   paydo   bo’ladi,   hasharotlar   havoda
fumigantlar borligini sezgan hamon darhol nafas olish teshikchalarini berkitib
oladi va traxeyalar tizimidagi zahira kislorod hisobiga uzoq davrgacha tashqi
muhit   bilan   aloqador   bo’lmagan   holda   yashaydi,   hasharotlar   o’z
organizmidagi kislorodni butunlay sarflab tugatgach, traxeya tizimi karbonat
angidrid   gazi   bilan   butunlay   qoplangach,   nafas   olish   teshikchalarini   ochib,
tashqi muhitdan nafas olishga majbur bo’ladi va shundagina ular or ganizmiga
fumigantlar kirishiga yo’l ochadi.              Hasharotlarda ana shunday himoyalanish reaktsiyasining borligi,
ularga   qarshi   kurashda   ma’lum   davrgacha   atmosferada   fumigantning
o’ldiruvchi dozasini yara tish lozim ekanligini taqozo etadi. Bu holat, albatta,
omborxona,   gulxona,   issiqxonalar   kabi   yopiq   xonalarda   vujudga   keltirilishi
mumkin.
             Hasharot  traxeyasi  tizimiga  o’tgan   fumigant   traxeya   va   traxeola
devorchalari   orqali   diffuziya   jarayoni   yordamida   gemolimfaga   o’tadi   va   u
orqali   hasharotning   butun   organizmiga   tarqalib,   hayot   uchun   zarur   bo’lgan
to’qima va organlarga ta’sir etadi va organizmni zararlaydi.
                Kemiruvchi   zararkunandalar   hasharotlarga   va   boshqa
bo’g’imoyoqlilarga   nisbatan   faqat   me’da-ichak   orqali   ta’sir   etadigan
pestitsidlar   va   fumigantlar   ta’sirida   zararlanadilar.   Me’da-ichak   orqali   ta’sir
etadigan   pestitsidlar,   zararkunanda   organizmiga   oziq   moddalar   bilan   og’iz
apparati   orqali   tushganda   ham   unda   himoyalanish   reaktsiyasini   vujudga
keltirishi mumkin. Bunda zararkunanda oziqni iste’mol qilishdan to’xtaydi va
unda o’sish jarayoni boshlanishi mum kin. Pestitsid oshqozonga o’tgach, unda
so’rila boshlaydi, so’rilish jarayoniga oshqozonning muhiti (rN ko’rsatkichi)
katta ta’sir ko’rsatadi. Pestitsid oshqozonda, ichaklar devorida so’rilib, qonga
o’tadi va u bilan butun organizmga tarqaladi va uni zararlaydi,
     Fumigantlar kemiruvchi zararkunandalar organiz miga nafas   yo’li—
o’pka   orqali   kirib,   qonga   so’riladi   va   butun   organizmga   tarqalib,   uni
zararlaydi.
4 .   Sistemali   ta’sir   etuvchi   pestitsidlar,   ular   intoksikantlar   deb   ham
ataladi.   Ular   o’simlik   tanasiga   ildiz   yoki   tana   qismi   orqali   tezgina   so’rilib,
uning tomir tizimida o’simlik shirasi yordamida butun orga nizmga tarqaladi
va   o’simlikning   barcha   qismlarini   zararli   organizmga   nisbatan   zararli   qilib
qo’yadi.   Ko’pincha   bunday   pestitsidlar   kanalar,   tripslar,o’simlik   bitlariga
qarshi tavsiya qilindi. Sistemali   ta’sir   ko’rsatadigan   pestitsidlarni   ishlatganimizda
entomofaglar kam zarar ko’radi, chunki ular o’simlik shirasinigina zararlaydi
va entomofag lar pestitsid bilan bevosita munosabat (kontakt)da bo’lmaydi.
SHuni qayd etish lozimki, pestitsidlarni bu tasniflanishi ham birmuncha
shartlidir,  chunki  ko’pgina  pestitsidlar  bir  vaqtning  o’zida  ham  me’da-ichak
orqali ta’sir etib, ham kontakt va fumigant ta’siriga duchor bo’ladi. Masalan,
geksaxloran   kontakt   va   me’da-ichak   orqali   ta’sir   etish   xususiyatiga   ega.
Metilmerkaptofos esa kontakt va sistemali ta’sirga ega.
          V.   Pestitsidlar   zararli   organizmlarga   ta’sir   qilish   xususiyatlariga   ko’ra
quyidagicha tasniflanadi:
  1.YOppasiga ta’sir qiluvchi pestitsidlar, bu guruhga o’z ta’sir doirasida
barcha   tirik   mavjudotlarni   o’ldira   oladigan   pestitsidlar   kiradi.   Bunda
organizmning foydali yoki zararli ekanligi tanlanmaydi.
    2.Tanlab   ta’sir   qiluvchi   (selektiv)   pestitsidlar,   bu   guruhga   oid
pestitsidlar   o’z   *ta’sir   doiralarida   bir   turdagi   organizmlarni   o’ldiradi,   lekin
boshqa turdagi organizmlarga esa hech qanday zarar yetkazmaydi.
   3.Attraktantlar — o’zlarining ta’mi yoki hidi bilan tirik organizmlarni
jalb eta olish qobiliyatiga ega bo’lgan pestitsidlardir.
    4.Repellentlar   —   o’zlarining   ta’mi   yoki   hidi   bilan   tirik   organizmlarni
cho’chitish qobiliyatiga ega bo’lgan pestitsidlardir.
    5.Xemosterilyantlar   —   hasharotlar   jinsiy   organlarini   sterilizatsiya
qiluvchi pestitsiddir.
   6.Feromonlar — hasharotlar organizmida ishlab chiqariluvchi pestitsid
guruhiga   oid   moddalar   bo’lib,   ular   tashqi   muhit   sharoitida   qarama-qarshi
jinsni o’ziga jalb qiladi.
    7.Ingibitorlar   —   hujayralar   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   pestitsidlar
guruhiga   oid   kimyoviy   moddalardir,   ular   ta’sirida   fermentlar   faoliyati
susayadi yoki tirik mavjudotning hayot faoliyati pasayadi.     8.   Gormonlar   —   organizm   endokrin   bezlari   tomonidan   ishlab
chiqarilib,   uning   ichiga   quyiluvchi   va   uning   hayot   faoliyatini   boshqarishda
muzhim o’rin tutuvchi kimyoviy moddalardir.
    9.Antifidantlar   —   hasharotlarning   ishtahalarini   susaytiruvchi
pestitsidlar.
1 0 .Defoliantlar   —   o’simliklar   bargining   to’qilishini   tezlashtiruvchi
pestitsidlar.
1 1 .Desikantlar — o’simliklarni ildizi bilan  qu rituvchi pestitsidlar.
1 2 .Retardantlar   —   pestitsidlar   guruzhi   bo’lib,   o’simliklarning   o’sishini
susaytiradi.
1 3 .Kimyoviy   immunizatorlar—   o’simliklar   organizmida   moddalar
almashinuvi   jarayonining   o’zgarishi   hisobiga   ular   mahsuldorligining   ortishi
va   shu   bilan   birga   ularda   zararli   organizmlar   rivojlanishiga   noqulay   vaziyat
tug’diruvchi pestitsidlar.
            VI.   Pestitsidlar   qo’llanilish   joylariga   ko’ra   quyidagi   tasniflarga
bo’linadi:
1.O’simliklarga ishlov berish uchun mo’ljallangan pestitsidlar.
2.Urug’lar   yoki   ekish   materiallariga   ishlov   berish   uchun   mo’ljallangan
pestitsidlar.
3.Omborxona,   tegirmon   va   issiqxonalarga   ishlov   berish   uchun
mo’ljallangan pestitsidlar.
           4.Tuproqni dezinfektsiya yoki dezinsektsiya qilish uchun mo’ljallangan
pestitsidlar .  Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

O’SIMLIKLARNI KIMYOVIY HIMOYA QILISH USULLARI. UMUMIY QISM. P E S T I T S I D L A R N I N G T A S N I F L A N I S H I Reja; 1. O’simliklarni zararli organizmlardan kimyoviy himoya qilish. 2. Pestitsidlarni qo’llanilishiga ko’ra tasniflanishi. 3. Pestitsidlarni tasir qilishiga ko’ra tasniflanishi.

O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish zarar li organizmlarni yo’qotishda kimyoviy moddalar—pestitsidlardan foydalanishga asoslangan. O’simliklarni zararli organizmlar (zararkunandalar,kasalliklar va begona o’tlardan) dan himoya qilishda qo’llaniladigan barcha kimyoviy moddalar pestitsidlar deb ataladi (pestitsid so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «Pestis» — zararli, yuqum, ifloslik va «sido» — o’ldiraman ma’- nolarini anglatadi). O’simliklarni kimyoviy himoya qilish usuli bir qator afzalliklarga va katta universallik xususiyatiga ega, chunki uni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida ko’p lab zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi, shuningdek omborxonalar, issiqxonalar, elevatorlar na boshqalarni zararsizlantirishda ham qo’llash mumkin. O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilishning yana bir afzalligi uni mexanizatsiyalashdir, ya’ni aviatsiyadan foydalanish katta maydonlarda zararli organizmlarga qarshi kurashni o’z vaqtida, sifatli qilib o’tkzishga imkon beradi. Pestitsidlarni qo’llash ko’tilgan samaraga tezda erishishni ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda pestitsidlarni zavod hamda fabrikalarda sanoat usulida ishlab chiqarish yo’li qo’yilgani va ular iste’molchilarga birmuncha arzon baholarda sotiladi, demak, bunda xarajatlarni tezda qoplash mumkin. SHuningdek, A. Nazarovning (1992) ma’lumotlariga qaraganda ba’zi rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSH da shu davrga qadar g’o’za zararkunandalariga qarshi kurash asosan pestitsidlarga asoslangan bo’lib, bunda biologik usul harajatlarni butunlay qoplay olmaydi, deb hisobladi. G’o’zaning ashaddiy zararkunandalaridan biri o’rgimchakkanadir, unga qarshi kurashda, asosan, pestitsidlardan foydalaniladi. G’o’za dalalarida begona o’tlarga qarshi kimyoviy vositalarni (gerbitsidlarni) qo’llash qo’l mehnatiga nisbatan sarflanadigan harajatlarni anchagina kamaytiradi.

O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish, ayniqsa kimyo sanoatining yutuqlari asosida rivojlanyapti. SHuningdek, bunga mexanizatsiyaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi ham ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’simliklarni himoya qilishda takomillashgan traktor va avtopurkagichlar, changlatgichlar, aerozol generatorlari, samolyot va vertolyotlardan foydalanilmoqda. Lekin kimyoviy usulning ham o’ziga yarasha kamchiliklari bor: 1.Bu usulda qo’llanadigan pestitsidlar inson va issiqqonli hayvonlar uchun zararli. 2.Pestitsid qoldiqlari bilan oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi ortadi. 3.Entomos va akarifaglar uchun zararli. 4.Zararli organizmlarning pestitsidlarga chidamliligi nihoyatda tez ortadi; 5.O’simliklarni himoya qilish uchun mo’ljallangan harajatlar bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan tez sur’atlar bilan ortadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish hozirgi vaqtda butun dunyo olimlari oldida turgan asosiy vazifadir. Olimlarimizning tinimsiz va samarali mehnatlari evaziga bu muammo asta-sekin hal etilmoqda. eng aVillo, pestitsidlardan o’z vaqtida turli, tavsiyanomalar asosida foydalanilsa, ular tashqi muhit uchun hech bir zarar keltirmasligi aniqlandi. Kimyoviy usulning kamchiliklarini yo’qotishning yana bir yo’li o’ta zararli pestitsidlarni issiqqonli hayvonlar va inson uchun kam zararlilari bilan almashtirishdir. So’nggi 20 yil ichida pestitsidlarning qo’llanish shakllari ham juda katta o’zgardi; agar 1955 yilda, asosan dustlar changlash usuli bilan qo’llanilgan bo’lsa, 1974 yilda ularning salmog’i 2 martadan ortiq kamaydi.

SHu bilan birga xo’llanuvchi kukunlar va donadorlashtirilgan pestitsidlarning salmog’i oshdi. Pestitsidlar assortimenti va ularni qo’llash shakllarining o’zgarishiga ko’pgina sabablar bor. Bu sabablardan eng muhimi va birinchi omil — o’tkir zararlash ta’siriga ega bo’lmagan pestitsidlar yaratish, ular qo’llanilgan vaqtda kam zararli va kam xavfli hisobla- nadi. Ikkinchi omil — bu inson va issiqqonli hayvonlar uchun surunkali 1 zararli ta’siri nihoyatda kam bo’lgan pestitsidlarni yaratishdir. Uchinchi omil — bu entomofaglarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan pestitsidlar yarati щ dir. To’rtinchi omil — bu pestitsidlar ni yaratishda zararli organizmlarning chidamliligi(rezistentligi)ni hisobga olishdir. Pestitsidlar assortimentini muntazam ravishda yaxshilab borish va yangilash assortimentdan hatto bir guruh pestitsidlar ning chiqib ketishiga va uning o’rniga yangilarini kelishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida zararli organizmlarni ma’lum bir guruh pestitsidlarga chi damliligini’ kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ana shu talablarga javob beradigan pestitsidlar yaratish ustida ko’p izlanishlar olib borilmoqda. O’simliklar kasalliklariga qarshi, asosan, orga nik fungitsidlar qo’llanilmoqda va tarkibida mis birikmalari bo’lgan pestitsidlar asta-sekin kamayib bormoqda. Barcha tavsiya etilgan bakteritsid va fungitsidlar — vitailks, polikarbatsin, kaptan, topaz — issiqqonli hayvonlar va inson uchun kam zararlidir (O’D50=1000—9000 mg/kg atrofida). Ular tuproqda, suvda va ovqat mahsulotlarida to’planish qobiliyatiga ega emas. SHuningdek, tarkibida simob saqlagan preparatlar salmog’i ham keskin kamayib ketdi. Ular o’rnini hozir bronokot, tigam va shu kabi birikmalar egallamoqda, ularning samaradorligi granozandan qolishmaydi. Gerbitsidlarni qo’llash, asosan 1960—1970 yillar davomida juda tez rivojlandi. Bu davrda Rossiya Qishloq xo’jalik vazirligi qoshida zararkunandalar, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning kimyoviy

vositalari bo’yicha Davlat qo’mitasi va Sankt-Peterburgdagi o’simliklarni himoya qilish institutining toksikologik laboratoriyalari tarmoqlarining tashkil etilishi qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalarni o’rganish, sinash va qo’llanishga oid bar cha masalalar chuqurroq; ilmiy- tadqiq qilishga imkon yaratdi. SHu toksikologik laboratoriyalar atrazin, prometrin, provazin, simazin, tillam, ko toran, linuron, triallat, meturin, treflan kabi gerbitsidlarni ishlab chiqari щ da qo’llanishga yo’llanma berdi. Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan gerbitsid preparatlar soni 100 ga yaqindir. Bizning Vatanimizda o’simliklarni himoya qilish xizmatini O’zbekiston Qishloq xo’jalik vazirligi qo shidagi O’simliklarni himoya qilish bosh boshqarmasi boshqaradi. Davlat karantin inspektsiyasi va o’simlik lar zararkunandalari va kasalliklari prognozining markaziy laboratoriyasi uning tarkibiga kiradi. Zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning kimyoviy vositalari bo’yicha Davlat komissiyasi xam mavjud. Viloyatlar, avtonom respublikalarda esa, o’simliklarni himoya qilish stantsiyasi bo’lib, unda diagnosti ka va prognoz, biologiya uslubi laboratoriyalari va karantin inspektsiyasi mavjud. 1.Zararli organizmlarga nisbatan zararli bo’lishi kerak; bunday xususiyatga ega bo’lmagan kimyoviy moddalar pestitsid sifatida qo’llanilmaydi. 2.Himoya etilayotgan o’simlikka nisbatan ziyon yetkazmasligi lozim; shunga ko’ra bu moddalar himoya qilinayotgan o’simlikning o’sishi va rivojlanishini tezlatishi kerak. 3.Inson va uy hayvonlari uchun zararsiz bo’lishi lozim. 4.Pestitsidlar o’z ta’siriga ko’ra universal bo’lishi, ya’ni bir vaqtning o’zida ko’pgina zararli organizmlar (kemiruvchilar, hasharotlar, kanalar, bakteriya va zamburug’ kasalliklari hamda begona o’tlar)ga ta’sir etadigan va shu bilan birga ular tanlab ta’sir etish qobiliyatiga ham ega bo’lishi zarur;