ITLARNI UMUMIY VA MAXSUS DRESSIROVKA QILISH USULLARI
ITLARNI UMUMIY VA MAXSUS DRESSIROVKA Q ILISH USULLARI Reja 1. Itlarni o‘rgatishning oliy nerv faoliyati bilan bog‘liqligi. 2. Nerv sistemasi va uning o‘rgatishdagi ahamiyati 3.S Hartli reflekslrni hosil bo‘lish shartlari 4 Itlarni dressirovka qilish ahamiyati
Itlarni o‘rgatishning oliy nervfaoliyati bilan bog‘liqligi. Hayvonlarning individual xususiyatlariga ko‘ra, itlarning o‘zini tutishi hamda ulardagi oliy nerv faoliyatining turlari juda ham xilma-xildir. Ayrim itlarda shartli reflekslar darhol hosil bo‘ladi, boshqalarida esa ularni vujudga keltirish uchun juda katta mehnat talab etiladi. Bu o‘z navbatida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining namoyon bo‘lish darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Oliy nerv faoliyatining tip xususiyatlarini hisobga olmasdan turib, itlarni o‘rgatish katta qiyinchiliklarga olib kelishi, ba’zi hollarda esa hayvonlarni xizmatga tayyorlash jarayonini butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin. I.P. Pavlov oliy nerv faoliyati turlari bo‘yicha itlarni guruhlarga ajratish tamoyillariga nerv sistemasining quyidagi uchta asosiy xususiyatlarini kiritgan: 1. Nerv jarayonlarining kuchlari – qo‘zg‘alish hamda tormozlanish, xususan, differensiyalanishning paydo bo‘lish tezligi va uning doimiyligi; 2. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro tenglashish darajasi; 3. Nerv jarayonlarining harakatchanligi, ya’ni bir nerv jarayonining ikkinchisi bilan almashinish tezligidagi jadallik; Oliy nerv faoliyati 4 ta asosiy turlarga bo‘linadi: a) Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, nomutanosib-qiziqqon; b) Kuchli, mutanosib, harakatchan – tez ta’sirlanuvchan; v) Kuchli, mutanosib, bosiq-sovuqqon; g) Zaif nerv tizimli – dilgir. Qiziqqon tipli itlar ancha serg‘ayrat va serharakat hisoblanib, o‘rgatishga jadal kirishuvchan, shartli reflekslarni tez hosil qilishda farqlanuvchan bo‘ladi hamda bu kabi reflekslar ularda mustahkam saqlanib qolinib, hayvonning toliqishi asta-sekinlik bilan ro‘y beradi. Tormozlanish jarayoni bosh miyada qiyinchilik bilan yuzaga keladi va uning barqaror saqlanib qolishi qiyin kechadi, shu sababdan ham u taqiqlovchi buyruq - “fu!” ni bajarishga hamda bir joyda tik turishga salbiy tarzda aks etadi, masalan
“yot!”, “o‘tir!” va shu kabi boshqa buyruqlarni berganda ham itlar turgan joyidan qo‘zg‘alib, yurib ketishi mumkin. Kuchli qo‘zg‘aluvchan itlarda qo‘zg‘atuvchi omillarning tabaqalanishi ancha sust, noaniq va beqaror bo‘lib, asosan hayvonni engil qidiruv ishlari va umuman qidiruv xizmatlariga tayyorlashda o‘zining salbiy ta’sirini namoyon qilmasdan qolmaydi. Uning asosiy sababi kuchli qo‘zg‘aluvchanlik va tormozlanish jarayonining sustligi hamda tormozlanish ko‘nikmasining barqaror bo‘lmasligi hisoblanadi. Qiziqqon tipli itlarning beqiyos qimmatli sifati jonivorlarning ish jarayonidagi faolligi va tez toliqmasligi bilan baholanadi. Tez ta’sirlanuvchan tipli itlar qiziqqon tipli itlarning ko‘plab umumiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular ham o‘ta serharakat va serg‘ayrat hisoblanishadi, bu kabi itlar tabaqalanishning aniqligi va pishiqligi, ijobiy shartli reflekslarning jadallik bilan hosil bo‘lishi hamda ularning mustahkamligi va doimiyligi bilan ajralib turadi. Bunday itlar juda kam hollarda toliqadi. Xizmat jarayonida ular ishlashdan bosh tortishmaydi. Bularning hammasi itlarning bosh miya po‘stlog‘ida ro‘y berayotgan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining nisbiy ravishda o‘zaro tenglashishining natijasidir. Sovuqqon tipli itlar bosiqligi, kamharakatligi va hatto sustkashligi bilan ajralib turadi. Itlarning miyasidagi qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlari o‘zaro nisbiy tenglik holatida bo‘lib, shartli reflekslar va tormozlanish ko‘nikmalarini hosil qilish imkoniyatlarini yaratadi, mustahkam saqlanib qolinadi hamda doimiyliligi bilan ajraladi. Odatlantirilgan tabaqalanishlar shartli reflekslarni hosil qilishi kabi bu jarayon ham bir muncha sekinlik bilan, biroq benuqson ravishda ro‘y beradi. Mutanosiblashgan, bosiq turdagi itlar it o‘rgatuvchidan qunt-matonat bilan, astoydil mehnat qilishni talab etadi va mashq qildirish jarayonlarida itoatkorlik hamda chidamliligi bilan boshqa tiplardan farq qiladi. Dilgir tipli itlar esa juda ko‘p hollarda ham salbiy, ham tormozlovchi shartli reflekslarni hosil qildirishga birmuncha o‘jarlik qilishadi. Agarda ular hosil
qilingudek bo‘lsa, juda sekin ro‘y beradi va barqarorligi bilan ajralib turmaydi, ya’ni tashqi ta’sirlar natijasida juda tez to‘xtab (tormozlanib) qoladi. Bu tipdagi itlar qo‘rqoqligi, tez toliquvchanligi va oliy nerv faoliyatining sustligi bilan farq qiladi. Bunday itlar o‘rgatish va xizmat ko‘rsatishga hamma vaqtda ham yaroqli bo‘lavermaydi. Itlarning tur xususiyatlarini it o‘rgatuvchilar doimiy ravishda hisobga olib borishi lozim bo‘lib, u hayvonda shartli reflekslarni hosil qilishni engillashtirishda ancha-muncha asqotadi. Ayniqsa tez qo‘zg‘aluvchan va qiziqqon itlarni o‘rgatish paytida o‘rgatuvchining o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashishini talab etadi, chunki bu kabi itlarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan bir qadar ustun turadi. Kuchli nerv qo‘zg‘aluvchanligiga ega bo‘lgan itlarni qiyin masalalarni hal etishda, masalan yaqin qidiruv ishlariga o‘rgatishda nixtab turish, ya’ni bir usulni 3-5 va undan ham ortiq marotaba bajarishga majbur qilish yaramaydi.Qo‘zg‘aluvchan tipdagi itlar tormozlanish jarayonini haddan tashqari zo‘riqtirib iz, buyum va boshqa narsalarning hidlarini farqlash va toqat qilib bir joyda jim turish xususiyatlarini yo‘qotadi. Faqatgina bosqima-bosqich olib boriladigan mashq jarayonlarigina itlarni chiniqtiradi hamda ularda sabr qilib turish va mehnatga layoqatlilik xususiyatini tarbiyalaydi, ya’ni tormozlanish jarayonidan ustun bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayonini muvozanatlashtiradi. Tez ta’sirlanuvchan tipdagi itlarni o‘rgatish jarayonida alohida yondashishni talab etmaydi, faqatgina oddiy usullardan murakkablariga o‘tish ketma-ketligiga rioya qilinsa bas, ya’ni itlarning nerv sistemasini zo‘riqtirmaslik va shuning bilan birga ish jarayonida ro‘y beradigan uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sovuqqon itlarni o‘rgatish jarayonida to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda it o‘rgatuvchisi mazkur itlarning individual xususiyatlarini ya’ni nerv jarayonlarining harakatsizligini inobatga olib buyruqlarni tez-tez almashtirmasligi lozim. YUqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda it o‘rgatuvchilari itlarni o‘rgatish uslubini hayvonlarning individual xususiyatlariga bog‘lagan holda,
o‘rgatish jarayonida vazminlik va sabr-bardoshni saqlashlari lozim, ulardan asabiylashmaslik, itlarga baqirib-chaqirish, do‘q-po‘pisa qilishga va umuman itlarga dag‘al munosabatlarda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. It o‘rgatuvchisi hayvonni o‘rgatish jarayonida chaqqon, serg‘ayrat va kuzatuvchan bo‘lishi hamda o‘rgatilayotgan itlarning kayfiyatini izchil nazorat qilib borishi lozim. Bularning barchasi it o‘rgatuvchilarga o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni tez va sifatli bajarishida qo‘l keladi. 2. Nerv sistemasi va uning o‘rgatishdagi ahamiyati Itlarda og‘ziga go‘sht solish bilan og‘iz bo‘shlig‘ida refleksli so‘lak va boshqa hazm qiluvchi suyuqliklar ajrala boshlaydi. Birdaniga yoqilgan yorug‘ chiroq ko‘zni yumishga majburlaydi. Bu reflekslar hayvonlarda tug‘ma bo‘ladi yoki bu reflekslar shartsiz reflekslar deyiladi, chunki bu refleks sodir bo‘lishi uchun hech qanday qo‘shimcha shartlar keragi yo‘q. SHartsiz reflekslar tashqi muhit va organizmning ichidagi qo‘zg‘atuvchilar (ochlik, chanqoq, jinsiy aloqa va h.k.) ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Paydo bo‘lishiga qarab ular oddiy va murakkab shartsiz reflekslarga bo‘linadi. Oddiy to‘g‘ri reaksiyalarga ko‘z qorachig‘ining qisqarishi, aks etish va hokazolar kiradi. Murakkab tug‘ma shartsiz reflekslar ichiga ko‘pgina mayda oddiy tug‘ma shartsiz reflekslar kiradi. Masalan, butun organizmning harakatlanishi (itning yugurishi). SHuning uchun shartsiz reflekslarning oddiy va murakkablarga bo‘linishi nisbiy hisoblanadi. Hayvonlarning xulqi va hayoti ko‘pgina oziq-ovqat, himoyalanish va boshqa shartsiz reflekslar bilan belgilanadi. Tug‘ma reflekslar bilan belgilangan hayvonlarning xulqi instinktiv deyiladi. Instinkt (tug‘ma his) – bu murakkab shartsiz refleks bo‘lib, hamma instinktlar ovqat, havo olish, himoyalanish, naslini tarbiyalashga qaratilgan. Bularning hammasi doimiylik maqsadga muvofiqlik bilan ta’riflanadi. Lekin o‘rgatishda o‘ziga xos individual tomonlari ham bor. Bitta ota-onadan tug‘ilgan, bitta egadan tarbiya olgan xizmat (yoki ovchi) itlar biri oson, biri qiyin o‘rgatiladi.