logo

ITLARNI SAQLASH VA PARVARISHLASH GIGIENASI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20.3369140625 KB
ITLARNI SAQLASH VA PARVARISHLASH GIGIENASI.
Reja.
1. Itlarni saqlash usullari 
2. Itlarni oziqlantirish gigienasi
3. Itlarni parvarish qilish gigienasi. Itlarni   saqlash   usullari   -   itlar   bir   necha   xil   usullarda   ya’ni   guruhda,
dalada,   hovlida,   uychalarda   va   hokazo.   Guruh   usulida   saqlash   maxsus
urchitish, ko‘paytirish, o‘rgatuvchi va harbiy qismlarda qo‘llaniladi. Cho‘pon
itlari doimo dalada saqlanadi. Hovli va dala hovlida saqlash usullari qishloq
sharoitlarida amalga oshiriladi.
Guruhda   saqlanganda   itlar   uchun   maxsus   uychalar   jihozlanadi.
Uychalar   oldida   har   bir   it   uchun   alohida   yayratish   maydonchalari   tashkil
qilinadi.   Uychalarni   (kabina)   uzunligi   2   m,   kengligi   1,5   m,   oldingi   devorni
balandligi   2,5   m   orqa   tomoni   1,5-2   m,   eshikning   balandligi   1,7   m,   kengligi
0,7   m,   eshikning   ustidan   oynali   deraza   o‘rnatiladi.   Eshikning   tagidan   0,4   x
0,5 m tuynuk qoldiriladi. Sovuq paytlari issiq material bilan yopib qo‘yiladi.
YAyratish maydonining uzunligi 3 m, kengligi 2 m, balandligi 2,2 m bo‘lib
uning oldingi qismida 1,8 x 0,7 m eshik o‘rnatiladi.
Guruhda   saqlanganda   yayratish   maydoni   kengaytiriladi.   Yayratish
maydonida yog‘ochli taxlanadigan uycha o‘rnatiladi. Janubiy rayonlarda esa
uning   o‘rniga   itlarni   yotishi   uchun   taxtali   pol   qilinib,   gazlama   materialdan
balandligi 15 - 20 sm to‘shama qilinadi.
Uychalarni   o‘lchamlari   hovlida   saqlaganda   1,2   x   0,9   x   1   m,   tomi   bir
tomonga yoki ikki tomonga qarab egilgan bo‘ladi. Uychalar salqin joylarda,
daraxtlarning ostiga joylashtiriladi. Oldidan esa o‘lchami 1,2 x 1,5 m taxtali
to‘siq   o‘rnatiladi.   Qishda   uycha   issiq   saqlovchi   materiallar   bilan   isitiladi.
Uychalar   doimo   shamollatib   dezinfeksiya   qilinadi.   Uychalarning     asosi   pol,
devor, karkas va tomdan iborat. Itlarni erkin holda hovlida saqlaganda uning
atrofi   devor   bilan   o‘ralgan   bo‘lishi   kerak.   Itlarni   boshqa   hayvonlar
qoramollar, cho‘chqalar, qo‘ylar bilan birga yopiq binolarda saqlash mumkin
emas.
Issiq uylarda ko‘pincha itlar kataklarda saqlanadi. Kataklarni o‘lchami
vazni 22,5 kg dan yuqori bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,8 m; 22,5 kg dan past bo‘lgan   itlar   uchun   1,2   x   1,5   m;   kichik   itlar   uchun   0,9   x   1,2   m   bo‘lib .  
poli
taxtali bo‘lishi kerak.
Kataklarda   oziqlantirish   va   sug‘orish   uchun   yayratish   maydoniga
xususiy yoki guruhdagi 3-5 katakga 2 m 2
 joy ajratiladi. Seksiyalarda itlar soni
10-20 boshdan bo‘lib jinsiga, yoshiga qarab saqlanadi. 
Itlarni   uyda   saqlaganda   iloji   boricha   alohida   xonada   saqlash   kerak.
Agar   itning   vazni   25   kg   bo‘lsa   6   m 2
  gacha   joy   ajratilib   ostiga   gilamcha
to‘shalgan   bo‘lishi   kerak.   Itlarni   isitish   batareyalariga,   muzlatgichga   yaqin
joylarga joylashtirmaslik kerak. Tabiiy yorug‘lik tushib turishi kerak. Itlarni
bog‘lab saqlash mumkin emas.
Itlarni   oziqlantirishgigienasi   -   itlarni   oziq   moddalarga   bo‘lgan   talabi
ularning naslig jinsi, yoshi, vazni, zoti, fiziologik holati va saqlash usullariga
bog‘liq   bo‘ladi.   Itlarni   energiyaga   bo‘lgan   talabi   ular   tanasining   katta   -
kichikligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Juda  kichik  zotli  itlar  og‘irligi  1-5  kg  bo‘lsa,  1
kg tirik vazniga o‘rtacha 460 kDj energiya, kichik zotlililarga (5-10 kg) – 350
kDj, o‘rta zotli (10-20 kg) – 200 kDj, katta zotli (20-80 kg) – 250 kDj, juda
katta zotli (30 kg dan yuqori) – 220 kDj energiya talab qilinadi. Itning tanasi
qancha katta bo‘lsa energiya sarfi Shuncha kam bo‘ladi.
Naslli itlarni energiyaga bo‘lgan talabi urchish, ko‘payish davrida tinch
holda   saqlangan   itlarga   nisbatan   o‘rtacha   25%   ga,   urg‘ochi   itlarda
bug‘ozlikni   ikkinchi   davrida   50%   ga,   emizikli   itlarda   2   barobar,   xizmatchi
itlarda 30% ga yuqori bo‘ladi.
Itlarni oziqlantirishda o‘simlik va hayvonot dunyosidan olingan ozuqa
mahsulotlari   hamda   boshqa   har   xil   toza   oziqalar   ishlatilada.   Hayvonot
dunyosidan olinadigan ozuqalardan itlarni oziqlantirish uchun yog‘siz go‘sht
(cho‘chqa,   qoramol,   ot,   qo‘y,   yovvoyi   hayvonlar   go‘shti,   parranda,
kemiruvchilar,   dengiz   hayvonlari   go‘shtlari)   hamda   jigar,   bo‘yrak,   o‘pka, yurak,   miya,   til,   taloq   va   boshqalar   pishirilgan   yoki   xom   (pishirilmagan)
holda beriladi.
Itlar   ratsionida   go‘sht   mahsulotlari   25-30%   dan,   ichki   mahsulotlar
(taloq, o‘pka, ichak chavoqlar va h.k.) kunlik energiyaga talabidan 30% dan
yuqori   bo‘lmasligi   kerak.   Itlar   ratsionida   sut   va   sut   mahsulotlari   (tvorog,
kefir, atsidofilin, pishloq, sariyog‘, obrat, zardob) va boshqalar bo‘lishi kerak.
Bu ozuqalar itlar ratsionida kunlik energiyaga talabi bo‘yicha 3-5% ni tashkil
qilishi kerak.
Itlarga   baliq   va   baliq   mahsulotlaridan   baliq   uni,   baliq,   baliq   yog‘i,
tuxum, hayvonlar yog‘lari berilib, ularning miqdori kunlik energiya talabiga
binoan 3% dan oshmasligi kerak.
O‘simlik dunyosidan olingan ozuqalardan boshoqli donlardan un, non,
yorma,   sabzavotlar,   ildiz   mevali   ozuqalardan   beriladi.   Bu   ozuqalar   itlarni
kunlik   energiyaga   talabi   bo‘yicha   katta   yoshdagi   itlar   ratsionida   60-70%
gacha bo‘lishi zarur.
Itlarga   ozuqa   qo‘shimchalaridan   achitqilar,   vitaminlar,   suyak   uni,
fosforli kalsiy, bo‘r, tuxum pustlog‘i, osh tuzi, konserva, mikroelementlar va
boshqalar beriladi.
Xizmatchi   itlar   ratsioni   me’yorlar   va   oziqlantirish   tizimiga   javob
berishi   lozim.   Ratsionning   tarkibi   –   go‘sht   va   go‘sht   mahsulotlari   –   40%,
yorma, non – 50%, kartoshka va sabzavotlar – 10% bo‘lishi kerak.
Itlarni   urchitilib   ko‘paytiriladigan   muassasalarda,   komandalarda
saqlaganda ozuqalarni tayyorlash uchun maxsus oshxonalar jihozlanadi va 1
haftalik ozuqa ratsioni tuziladi. Ozuqa ratsionida har kuni – go‘sht – 400 g,
yorma  –  600  g  (3,5,7-chi  kunlari),  tariq  –  600  g  (2,4,6  kunlari)  kartoshka  –
200   g   (2,4,6-chi   kunlari),   sabzi,   karam   –   200   g   (1,3,5,7-chi   kunlari)   go‘sht
suyak   uni   50   g   (1,3,5,7-chi   kunlari),   baliq   uni   50   g   (2,4,6-chi   kunlari),
hayvonlar   yog‘i   –   25   g   va   osh   tuzi   15   g   har   kuni   berib   boriladi.   Go‘sht   va suyakdan   sho‘rva   (bulon)   qaynatib   haftada   3   -   4   marta   beriladi.   Go‘shtning
bir   qismi   pishirilmagan   holda   beriladi.   SHo‘rvaga   yorma   va   kartoshka
aralashtiriladi.   Sovugan   sho‘rvaga   ko‘k   o‘t,   sabzi,   maydalangan   xom   go‘sht
qo‘shiladi.
Xizmatchi   itlar   uchun   ozuqa   quyuq   shaklda   yoki   suyuq   atala   holatida
tayyorlanadi.   Ovqatlantirishdan   oldin   tayyorlangan   ovqat   30-35 0
C   gacha
sovutiladi.   Xizmatchi   itlar   kuniga   2   marta   ertalab   va   kechqurun   1-2   soat
xizmatdan oldin va 1 soat xizmatdan keyin oziqlantiriladi.
Itlarni  parvarish   qilish - i tlar doimo parvarish qilinishi, terisi har kuni
tozalanishi   kerak.   Itlarni   asosan   yayratishga   olib   chiqqan   vaqtda   tozalanadi.
Itlarning   terisi   doimo   har   xil   iflosliklar   bilan   ifloslanadi.   Shuning   uchun
ularni   +25-   28 0
C   li   issiq   suv   bilan   yuvib   turish   kerak.   Itlarni   cho‘miltirib
turish  ularning  organizmini  chiniqtiradi.  Shuning  uchun  itlarni  issiq  vaqtlari
har   kuni   cho‘miltirish   maqsadga   muvofiq.   Itlar   ovqatlantirishdan   10-15
daqiqa oldin cho‘miltiriladi.
Ayrim zotli itlarni juni olinadi - oldin kurak usti, elkasi, bo‘yni,  boshi,
ko‘kragi   va   oxirida   oyoqlarining   juni   olinadi.   Junni   olish   asosan   bahorda
issiq   paytlari   amalga   oshiriladi.   Itlarning   tirnoqlari   o‘sib   ketsa   yurishga
halaqit   beradi.   Shuning   uchun   tirnoqlarning   uchlari   kesiladi.   Ayrim   zotli
itlarning quloqlari, dumlari kesiladi. Itlarni qanday usulda saqlash boqishdan
qatiy   nazar   ular   yayratilishi   zarur.   Ular   kuniga   kamida   2-3   marta   30-40
daqiqa davomida toza havoda yayratilishi lozim.
Itlar   temir,   avtomobil,   havo   va   suv   yo‘llari   orqali   tashiladi.   Buning
uchun   itlar   veterinariya   davolash   muassasalarida   tekshiriladi.   Itning   egasida
itning pasporti va veterinariya guvohnomasi bo‘lib, unda itning sog‘lomligi,
turli   yuqumlli   kasalliklarga   qarshi   emlanganligi   ko‘rsatilgan   bo‘ladi.   Kasal
itlarni   tashish   mumkin   emas.   Shahar   transportlarida   itlarni   olib   yurish
ta’qiqlanadi. Uzoq yo‘llarga tashilganda 12 soatdan keyin maxsus ajratilgan joylarda oziqlantirish amalga oshirilib, avtoulovlarda tashishdan 3 soat oldin
itlar   oziqlantirilib,   jo‘natishdan   1-1,5   soat   oldin   yayratiladi.   Uzoq   masofaga
tashilgandan keyin itlarga uzoq muddatli dam beriladi.  Adabiyotlar
1. Кузнецов   А.Ф. ,   Демчук   М.В.Гигиена   сельскохозяйственн ых
животных.  Книга в 2 х
  томах. Учебник. М.: Колос, 1991.
2. Медведский   В.И.Содержание,   кормление   и   уход   за   животными.
Минск, 2007
3. Кочиш   И.И.,   Калужный   Н.С.,   Волчкова   Л.А.,   Нестеров   В.В.
Зоогигиена.Москва, 2008

ITLARNI SAQLASH VA PARVARISHLASH GIGIENASI. Reja. 1. Itlarni saqlash usullari 2. Itlarni oziqlantirish gigienasi 3. Itlarni parvarish qilish gigienasi.

Itlarni saqlash usullari - itlar bir necha xil usullarda ya’ni guruhda, dalada, hovlida, uychalarda va hokazo. Guruh usulida saqlash maxsus urchitish, ko‘paytirish, o‘rgatuvchi va harbiy qismlarda qo‘llaniladi. Cho‘pon itlari doimo dalada saqlanadi. Hovli va dala hovlida saqlash usullari qishloq sharoitlarida amalga oshiriladi. Guruhda saqlanganda itlar uchun maxsus uychalar jihozlanadi. Uychalar oldida har bir it uchun alohida yayratish maydonchalari tashkil qilinadi. Uychalarni (kabina) uzunligi 2 m, kengligi 1,5 m, oldingi devorni balandligi 2,5 m orqa tomoni 1,5-2 m, eshikning balandligi 1,7 m, kengligi 0,7 m, eshikning ustidan oynali deraza o‘rnatiladi. Eshikning tagidan 0,4 x 0,5 m tuynuk qoldiriladi. Sovuq paytlari issiq material bilan yopib qo‘yiladi. YAyratish maydonining uzunligi 3 m, kengligi 2 m, balandligi 2,2 m bo‘lib uning oldingi qismida 1,8 x 0,7 m eshik o‘rnatiladi. Guruhda saqlanganda yayratish maydoni kengaytiriladi. Yayratish maydonida yog‘ochli taxlanadigan uycha o‘rnatiladi. Janubiy rayonlarda esa uning o‘rniga itlarni yotishi uchun taxtali pol qilinib, gazlama materialdan balandligi 15 - 20 sm to‘shama qilinadi. Uychalarni o‘lchamlari hovlida saqlaganda 1,2 x 0,9 x 1 m, tomi bir tomonga yoki ikki tomonga qarab egilgan bo‘ladi. Uychalar salqin joylarda, daraxtlarning ostiga joylashtiriladi. Oldidan esa o‘lchami 1,2 x 1,5 m taxtali to‘siq o‘rnatiladi. Qishda uycha issiq saqlovchi materiallar bilan isitiladi. Uychalar doimo shamollatib dezinfeksiya qilinadi. Uychalarning asosi pol, devor, karkas va tomdan iborat. Itlarni erkin holda hovlida saqlaganda uning atrofi devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Itlarni boshqa hayvonlar qoramollar, cho‘chqalar, qo‘ylar bilan birga yopiq binolarda saqlash mumkin emas. Issiq uylarda ko‘pincha itlar kataklarda saqlanadi. Kataklarni o‘lchami vazni 22,5 kg dan yuqori bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,8 m; 22,5 kg dan past

bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,5 m; kichik itlar uchun 0,9 x 1,2 m bo‘lib . poli taxtali bo‘lishi kerak. Kataklarda oziqlantirish va sug‘orish uchun yayratish maydoniga xususiy yoki guruhdagi 3-5 katakga 2 m 2 joy ajratiladi. Seksiyalarda itlar soni 10-20 boshdan bo‘lib jinsiga, yoshiga qarab saqlanadi. Itlarni uyda saqlaganda iloji boricha alohida xonada saqlash kerak. Agar itning vazni 25 kg bo‘lsa 6 m 2 gacha joy ajratilib ostiga gilamcha to‘shalgan bo‘lishi kerak. Itlarni isitish batareyalariga, muzlatgichga yaqin joylarga joylashtirmaslik kerak. Tabiiy yorug‘lik tushib turishi kerak. Itlarni bog‘lab saqlash mumkin emas. Itlarni oziqlantirishgigienasi - itlarni oziq moddalarga bo‘lgan talabi ularning naslig jinsi, yoshi, vazni, zoti, fiziologik holati va saqlash usullariga bog‘liq bo‘ladi. Itlarni energiyaga bo‘lgan talabi ular tanasining katta - kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Juda kichik zotli itlar og‘irligi 1-5 kg bo‘lsa, 1 kg tirik vazniga o‘rtacha 460 kDj energiya, kichik zotlililarga (5-10 kg) – 350 kDj, o‘rta zotli (10-20 kg) – 200 kDj, katta zotli (20-80 kg) – 250 kDj, juda katta zotli (30 kg dan yuqori) – 220 kDj energiya talab qilinadi. Itning tanasi qancha katta bo‘lsa energiya sarfi Shuncha kam bo‘ladi. Naslli itlarni energiyaga bo‘lgan talabi urchish, ko‘payish davrida tinch holda saqlangan itlarga nisbatan o‘rtacha 25% ga, urg‘ochi itlarda bug‘ozlikni ikkinchi davrida 50% ga, emizikli itlarda 2 barobar, xizmatchi itlarda 30% ga yuqori bo‘ladi. Itlarni oziqlantirishda o‘simlik va hayvonot dunyosidan olingan ozuqa mahsulotlari hamda boshqa har xil toza oziqalar ishlatilada. Hayvonot dunyosidan olinadigan ozuqalardan itlarni oziqlantirish uchun yog‘siz go‘sht (cho‘chqa, qoramol, ot, qo‘y, yovvoyi hayvonlar go‘shti, parranda, kemiruvchilar, dengiz hayvonlari go‘shtlari) hamda jigar, bo‘yrak, o‘pka,

yurak, miya, til, taloq va boshqalar pishirilgan yoki xom (pishirilmagan) holda beriladi. Itlar ratsionida go‘sht mahsulotlari 25-30% dan, ichki mahsulotlar (taloq, o‘pka, ichak chavoqlar va h.k.) kunlik energiyaga talabidan 30% dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Itlar ratsionida sut va sut mahsulotlari (tvorog, kefir, atsidofilin, pishloq, sariyog‘, obrat, zardob) va boshqalar bo‘lishi kerak. Bu ozuqalar itlar ratsionida kunlik energiyaga talabi bo‘yicha 3-5% ni tashkil qilishi kerak. Itlarga baliq va baliq mahsulotlaridan baliq uni, baliq, baliq yog‘i, tuxum, hayvonlar yog‘lari berilib, ularning miqdori kunlik energiya talabiga binoan 3% dan oshmasligi kerak. O‘simlik dunyosidan olingan ozuqalardan boshoqli donlardan un, non, yorma, sabzavotlar, ildiz mevali ozuqalardan beriladi. Bu ozuqalar itlarni kunlik energiyaga talabi bo‘yicha katta yoshdagi itlar ratsionida 60-70% gacha bo‘lishi zarur. Itlarga ozuqa qo‘shimchalaridan achitqilar, vitaminlar, suyak uni, fosforli kalsiy, bo‘r, tuxum pustlog‘i, osh tuzi, konserva, mikroelementlar va boshqalar beriladi. Xizmatchi itlar ratsioni me’yorlar va oziqlantirish tizimiga javob berishi lozim. Ratsionning tarkibi – go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 40%, yorma, non – 50%, kartoshka va sabzavotlar – 10% bo‘lishi kerak. Itlarni urchitilib ko‘paytiriladigan muassasalarda, komandalarda saqlaganda ozuqalarni tayyorlash uchun maxsus oshxonalar jihozlanadi va 1 haftalik ozuqa ratsioni tuziladi. Ozuqa ratsionida har kuni – go‘sht – 400 g, yorma – 600 g (3,5,7-chi kunlari), tariq – 600 g (2,4,6 kunlari) kartoshka – 200 g (2,4,6-chi kunlari), sabzi, karam – 200 g (1,3,5,7-chi kunlari) go‘sht suyak uni 50 g (1,3,5,7-chi kunlari), baliq uni 50 g (2,4,6-chi kunlari), hayvonlar yog‘i – 25 g va osh tuzi 15 g har kuni berib boriladi. Go‘sht va

suyakdan sho‘rva (bulon) qaynatib haftada 3 - 4 marta beriladi. Go‘shtning bir qismi pishirilmagan holda beriladi. SHo‘rvaga yorma va kartoshka aralashtiriladi. Sovugan sho‘rvaga ko‘k o‘t, sabzi, maydalangan xom go‘sht qo‘shiladi. Xizmatchi itlar uchun ozuqa quyuq shaklda yoki suyuq atala holatida tayyorlanadi. Ovqatlantirishdan oldin tayyorlangan ovqat 30-35 0 C gacha sovutiladi. Xizmatchi itlar kuniga 2 marta ertalab va kechqurun 1-2 soat xizmatdan oldin va 1 soat xizmatdan keyin oziqlantiriladi. Itlarni parvarish qilish - i tlar doimo parvarish qilinishi, terisi har kuni tozalanishi kerak. Itlarni asosan yayratishga olib chiqqan vaqtda tozalanadi. Itlarning terisi doimo har xil iflosliklar bilan ifloslanadi. Shuning uchun ularni +25- 28 0 C li issiq suv bilan yuvib turish kerak. Itlarni cho‘miltirib turish ularning organizmini chiniqtiradi. Shuning uchun itlarni issiq vaqtlari har kuni cho‘miltirish maqsadga muvofiq. Itlar ovqatlantirishdan 10-15 daqiqa oldin cho‘miltiriladi. Ayrim zotli itlarni juni olinadi - oldin kurak usti, elkasi, bo‘yni, boshi, ko‘kragi va oxirida oyoqlarining juni olinadi. Junni olish asosan bahorda issiq paytlari amalga oshiriladi. Itlarning tirnoqlari o‘sib ketsa yurishga halaqit beradi. Shuning uchun tirnoqlarning uchlari kesiladi. Ayrim zotli itlarning quloqlari, dumlari kesiladi. Itlarni qanday usulda saqlash boqishdan qatiy nazar ular yayratilishi zarur. Ular kuniga kamida 2-3 marta 30-40 daqiqa davomida toza havoda yayratilishi lozim. Itlar temir, avtomobil, havo va suv yo‘llari orqali tashiladi. Buning uchun itlar veterinariya davolash muassasalarida tekshiriladi. Itning egasida itning pasporti va veterinariya guvohnomasi bo‘lib, unda itning sog‘lomligi, turli yuqumlli kasalliklarga qarshi emlanganligi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kasal itlarni tashish mumkin emas. Shahar transportlarida itlarni olib yurish ta’qiqlanadi. Uzoq yo‘llarga tashilganda 12 soatdan keyin maxsus ajratilgan