logo

O‘SIMLIKLARNI PARVARISHLASH VA HIMOYALASH MASHINALARI

Загружено в:

02.12.2024

Скачано:

0

Размер:

794.5 KB
    O‘SIMLIKLARNI PARVARISHLASH VA  H IMOYALASH
MASHINALARI
Reja: 
8.1.   O‘simliklar   qator   orasiga   ishlov   berishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va
agrotexnik talablar;
8. 2.   Kultivatorning   tuzilishi   va   ish   jarayoni.   Ishlov   berish   ishlarining
samaradorligini   oshirish tadbirlari.
8.3.O‘simliklarni himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari;
8.4 . Kimyoviy ishlov berish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni;
8.5 . O‘simliklarni himoya qilishda biologik usulning ahamiyati.
Tayanch   iboralar :   qator   orasiga   ishlov   berish   usullari,   agrotexnik   talablar,
texnologik   jarayonlar   va   mashinalar   turi,   mashinaning   ishchi   qismlari,   ilg’or
texnologiyalar.   O’simliklarni   himoya   qilish   usullari   va   tadbirlari,   agrotexnik
talablar,   texnologik   jarayonlar,   mashinalar   turi   va     ishchi   qismlari,   ilg’or
texnologiyalar.
G‘o‘za   qator   oralariga   ishlov   berishda   asosan   KRN-4   va   KXU-4   chopiq
kultivatorlari qo‘llaniladi.
8 . 1- rasm.  O‘simlik qator oralariga ishlov berish mashinalari. 8. 1. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishning o‘ziga xos
xususiyatlari va agrotexnik talablar
Qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   parvarishlash   ishlarining   asosiy   vazifasi -
o‘simliklarni   ekish   yoki   o‘tqazishdan   boshlab,   to   ularni   yig‘ib-terib   olishgacha
bo‘lgan   muddatda   ularni   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   qulay   sharoitlar   yaratishdan
iborat.
Bu ishlarga quyidagilar :  
qatorlar himoya yo‘lagidagi qatqaloqni yumshatish; 
qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; 
begona o‘t ildizlarini kesib, yo‘qotish; 
sug‘orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; 
qatorlar orasidagi tuproqqa mineral o‘g‘it solish; 
sug‘orish uchun egatlar ochish kiradi.
Bunday   tadbirlarni   bajarish   natijasida   ekinlar   serhosil   bo‘lib   o‘sishi   uchun
qulay sharoitlar tug‘diriladi, tuproqdagi namlik uzoq saqlanadi, havo miqdori ortadi,
kasalliklarning oldi olinadi. 
Qatorlar   oralig‘iga   ishlov   berishni   o‘z   vaqtidan   kechiktirmasdan   o‘tkazish
muhimdir (8.1-jadval).
8 .1-jadval
Maqbul muddatda kultivatsiya o‘tkazishni 
paxta hosiliga ta’siri
Paxta hosili, s/ga Hosildorlikni pasayishi
Maqbul muddatda
o‘tkazilganda 4-6 kunga
kechiktirilganda s/ga %
20.5 15.1 5.4 26.4
29.5 22.3 7.2 25.2
34.1 27.6 6.5 19.1
Sug‘orilganidan so‘ng qatorlar orasidagi tuproq tobiga kelgandan (namligi 16-
18%   gacha   tushganida)   darrov   kultivatsiya   qilinishi   lozim.   Kultivatsiya   maqbul
muddatdan   4-6   kunga   kechiktirilsa,   paxta   hosildorligi   20-25   foizga   pasayib   ketishi
mumkin.
Qator orasiga ishlov berish ishlariga qo‘yiladgan agrotexnik talablar:  
ishchi   qismlarini     ishlov   berish   chuqurligi   bo‘yicha   yurish   notekisligi   ko‘pi
bilan  ±
1 sm; 
himoya yo‘lagini kengligi bo‘yicha notekisligi, ko‘pi bilan  ±
2 sm; 
g‘o‘za   ko‘chatlarining   shikastlanishi,   ko‘pi   bilan:   bir   o‘tishda   1%;   butun
mavsum davomida 5%;
begona o‘tlarni yo‘qotish darajasi, kamida 98%; 
qator   orasiga   ishlov   berishda   tuproqni   uvalanish   sifati:   o‘lchami   25   mm   dan
kichik fraksiyalar miqdori, kamida 55%;  o‘lchami 50 mm dan katta fraksiyalar miqdori, ko‘pi bilan 20%; 
o‘g‘it solgichlari o‘g‘itlarni g‘o‘zaning rivojlanishiga qarab 23-24 sm dan 14-
16   sm   gacha   chuqurlikda   va   g‘o‘za   qatoridan   15-18   sm   dan   28-30   sm   gacha
uzoqlikda tuproqqa ko‘mib ketishi lozim.
8. 2. Kultivatorning tuzilishiva ish jarayoni. Ishlov berish ishlarining
samaradorligini   oshirish tadbirlari
G‘o‘za, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavot va boshqa texnik ekinlar qator
oralariga   ishlov   berishda   asosan   chopiq   traktorlariga   o‘rnatilgan   holda
ishlatiladigan  KRN-4 va KXU-4 rusumli paxtachilik  kultivatorlari qo‘llaniladi.
Kultivatorlar   o‘simlik   qator   orasiga   ishlov   berishda   kutilgan   samara   keltirishi
uchun 7 turdagi ishchi qismlar (2.25-rasm)  bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi zarur.
 
2.25-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi : 
1-lappak (disk); 2-yulduzcha; 3-pichoq; 4-chuqur yumshatgich; 5-panja-yumshatgich;
6-o‘g‘it solgich; 7-egat olgich 2.25-rasm.  60 sm qator oralig’ida begona o’tlarni yo’qotish uchun pichoq va
chuqur yumshatkich panja bilan birgalikda yumshatkich lappaklarni
joylashtirish sxemasi.
Bajaradigan ishlov berish usuliga qarab kultivatorga ekinlar qatorlari orasi   60-
70   sm   bo‘lganda,   har   qatorga   ko‘pi   bilan   7   ta,   jami   28   ta ,   90   sm   bo‘lganda   har
qatorga  9 ta, jami 36 tagacha  ishchi qismlar o‘rnatiladi. 
Begona o‘tlarni yo‘qotish va himoya yo‘lagini yumshatib ketish  (odatda 1- va 2-
chopiq) uchun kultivatorlarga qatqaloq yumshatgich- yulduzchalar va pichoqlar   bilan
birgalikda   chuqur   yumshatkich   yoki   o‘qyoysimon   panjalar   o‘rnatiladi.   Tuprog‘i
zichlashib   ketgan   dalalarda   pichoqlar   orqasidan   qo‘shimcha   ravishda   yumshatkich
panjalar o‘rnatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kultivatorning   birinchi yurishi odatda past tezlikda amalga oshiriladi va ishchi
qismlarning   ishi   kuzatib   boriladi.   Egat   oxirida   ish   organlar   transport   holatiga
ko‘tariladi.
Traktorning bir g‘ildiragi tormozlanib, shunday buriladiki, bunda chetki ishchi
qismlar   ishlov   berib   kelingan   yondosh   qator   oralig‘iga   tushishi   kerak.   Ekinlarni
sug‘orish   uchun   90   sm   kenglikdagi   qatorlar   orasidagi   chuqurligi   20-25   sm ,   60   sm
kenglik uchun 14-18 sm  bo‘lgan  jo‘yak  ariqchalari olinadi.
Meva   qatorlari   orasiga   ishlov   berishda   yoppasiga   ishlov   berish   kultivatoridan
(2.26-rasm)   foydalaniladi.   Uning   hamma   qismlari   rama   1   ga   o‘rnatilgan   bo‘lib,   u
ikkita tayanch g‘ildiraklarga 8 tayanib turadi. 2.26-rasm.   Bog‘   kultivatorini
tuzilishi va ish jarayoni:
1-rama, 2-ishlov berish
chuqurligini sozlovchi mexanizm,
3-avtoosgich, 4-prujinasimon
tirma uchun rama, 5-o‘toqlovchi
yon tishni sozlovchi mexanizm,
6-chap tish, 7-o‘q-yoysimon tish,
8-tayanch g‘ildiragi, 9-
o‘toqlovchi o‘ng tish; 10-
o‘g‘itlash apparati.
Ramaga   bikr   holatda   begona   o‘t   ildizlarini   kesadigan,   tuproqni   qisman
yumshatadigan   tig‘lari   deyarli   yotiq   bo‘lgan   o‘q-yoysimon   tishlar   7   ikki   qatorlab
o‘rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona
o‘t   ildizlarini   yotiq   tig‘lari   bilan   to‘liq   kesib   ketadigan   o‘toqlovchi   tishlar   6   va   9
qo‘yilgan. 
Ramaga   nisbatan   tishlarni   ko‘tarib-tushirib,   ishlov   berish   chuqurligini
o‘zgartiradigan   mexanizm   vintlari   2   mavjud.   Rama   orqasiga   tuproqni   yumshatib
ketadigan prujinasimon tirma ramasi 4 joylashtirilgan.
O‘toqlovchi   tishlarning   9   holatini   o‘zgartiradigan   mexanizm   5   yordamida
ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi.
Kultivatorga o‘g‘itlash apparati 10 ni o‘rnatib, meva daraxtlari orasiga  mineral
o‘g‘itlar solish mumkin.
 Ishlov berish ishlarining samaradorligini   oshirish tadbirlari
Ekinlarni   parvarishlashda   amalga   oshiriladigan   ishlarning   samaradorligini
oshirishda  quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berish zarur:
1)   Qatorlar   oralig‘iga   ishlov   berishda   har   bir   ekin   ildizining   rivojlanish
xususiyatlarini   e’tiborga   olgan   holda   agrotexnik   talablarga   mos   ravishda   bajarilishi
kerak.
Masalan, chigit ekilganidan so‘ng, bir oy ichida g‘o‘za bo‘yi 11-13 sm ga, o‘q
ildizi   30   sm   chuqurlikkacha,   yon   tomoniga   o‘sgan   ildizlar   6-8   sm,   qatorlar
o‘rtasidagilar   12-14   sm   chuqurlikkacha   rivojlanib   ulguradi.   Ekinlar   ildizlariga   zarar
keltirmaslik   uchun,   qatorlar   orasidagi   tuproq   har   xil   chuqurlikda   yumshatish   kerak,
ya’ni   g‘o‘za   tuplari   atrofida   sayozroq,   qator   o‘rtasini   esa   chuqurroq   ishlov   berish
foydali bo‘ladi. 
2)   Kultivator   ishchi   qismlarini   agrotexnik   talablarga   mos   o‘rnatish   kerak.
Masalan,  ekin niholiga yaqin ishlov berish   chuqurligi talabga ko‘ra 5-6 sm  o‘rniga
15-18   sm   chuqurlikda   ishlov   berilsa,   begona   o‘tlar   ikki   barovar   kamayadi,   ammo
g‘o‘zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi.
3)  Ma’lumki, issiq iqlim ta’sirida sug‘orilgan yerdagi tuproq usti namligini tez
yo‘qotib, zich qatlam (qatqaloq) hosil bo‘lishi hisobiga  kengligi 1-3 sm, chuqurligi 6- 10   sm   bo‘lgan   yoriqlar   paydo   qilishi   mumkin.   Natajada   o‘simliklarning   yon
ildizlarini   uzilishi   ro‘y   beradi.   Bunday   holatga   yetkazmasdan,   obi   tobida   tuproqqa
ishlov berilib, uning yuzasini mayin tuproqqa aylantirish kerak bo‘ladi.
4)   Har   safar   ekinlar   qator   oralariga   ishlov   berishda   kultivator   albattda   ekish
agregati   yurgan  izdan   yurishi   va  uning   harakat   sxemasini   takrorlashi   kerak.  Chunki
hamma vaqt ham chetki qatorlarning orasidagi masofa bir xil bo‘lmasligi (o‘zgarishi)
natijasida kultivator ishchi qismlari tomonidan ekinlar nihollarini nobud qilinishining
oldi olinadi. 
5)   Sug‘orish egatlari qator oralig‘ining qoq o‘rtasidan va barcha qatorlarda bir
xil   chuqurlikda   olinishi   kerak.   Aks   holda   keyingi   kultivatsiya   vaqtida   agregatni
boshqarish   qiyin   bo‘ladi   va   kultivatorni   to‘g‘ri   yurmasligi   natijasida   ko‘chatlar
ko‘plab shikastlanishi mumkin.
6)   Qator   orasiga   birinchi   marta   ishlov   berishda   iloji   boricha   nihollarga
yaqinroq   masofada   ishlov   berish,   keyingi   ishlashlarni   o‘simlik   ildizlarining
rivojlanish   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   ularning   ishlash   kengligi   va
chuqurligini qisqartirib borish talab etiladi.
Ushbu   tadbirlarni   o‘z   vaqtida   sifatli   qilib   bajarilishi   ekinlar   hosildorligini
oshirishga, mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon beradi.
Tavsiyaviy   xulosa.   Kultivatsiya-tuproqning   yuza   qatlamlarini   g‘ovak,   mayda-
donador   holda   saqlash,   namning   bug‘lanishga   va   kam   isrof   bo‘lishiga,   sho‘rlangan
yerlarda   quyi   qatlamdagi   tuzlarning   yuqoriga   ko‘tarilishiga   yo‘l   qo‘ymaydi   va
tuproqdagi namlikni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi.  8.3. O‘simliklarni himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘simliklarni himoya qilishda hozirgi kunda asosan mahalliy va xorijiy OVX-
28A,   OVX-600   va   KIORITZ   SSV5045F/EPKN   rusumli   ventilyatorli   va   OPSHX-
12/15 va  UNTAR 1000 LT.TARLA  rusumli  shtangali purkagichlar  vositasida amalga
oshirilmoqda.
a
b
v
d
2.27-rasm.O‘simliklarni himoya qilish mashinalari. a-  KIORITZ
SSV5045F/EPKN rusumli o‘ziyurar ventilyatorli purkash agregati, b-UNTAR
1000 LT.TARLA  rusumli shtangali purkagich, v- OVX-600  ventilyatorli
purkash mashinasi, d-xorijiy shtangali purkagich
Madaniylashtirilgan   o‘simliklarning   zararkunandalari,   kasalliklari   va   begona
o‘tlar   ekinlarning   hosildorligini   kamaytirgan   holda   qishloq   xo‘jaligiga   katta   ziyon
keltiradi.   O‘simliklarni   himoya   qilishda   samarador   usullarni   qo‘llash   orqali
olinadigan mahsulotlar hajmini 10 foizgacha oshirish mumkin . 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga
qarshi   kurashishda   profilaktika,   agrotexnika   va   yoppasiga   yo‘qotish   tadbirlaridan
foydalaniladi.
7 Proflaktika   tadbirlariga   karantin   (kasallik   va   zararkunandalarni   kirib   kelishini
to‘xtatish) va kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish uchun urug‘larga kimyoviy ishlov
berish,   agrotexnika   tadbirlariga   almashlab   ekishni   joriy   etish   va   kasalliklarga
chidamli   ekinlar   navini   qo‘llash,   yoppasiga   qirish   tadbirlariga   kimyoviy,   fizik,
mexanik va biologik kurashish usullari kiradi.
O‘simliklarga kimyoviy ishlov berish eng ko‘p tarqalgan usullardan biri  bo‘lib,
bunda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar bilan zararlangan maydonlarga  zaharli
ximikatlar kiritiladi.
Kimyoviy   ishlov   berishda   quyidagi   tadbirlar:   urug‘larni   zaharlash;   purkash
(suyuq   aralashma   holatida);   changlash   (kukunsimon   holda);   aerozollash   (tuman
ko‘rinishida);   fumigatsiyalash   (tuproqqa   solish);   zaharlangan   xo‘raklar   sochish
(kemiruvchi va hashoratlarga) qo‘llaniladi.
Urug‘larni   zaharlashda    kasallik  tarqatuvchilarni  (virus,  mikrob  va   boshqalar)
yo‘qotish uchun urug‘lar quruq, yarim quruq, ho‘l ko‘rinishdagi kimyoviy preparatlar
bilan  yoki  issiq ishlov berish usullari qo‘llaniladi.
Purkash   usulida   zaharli   suyuqlik   juda   mayda   tomchilar   tarzida   o‘simlik
barglarining butun sirtiga bir tekis purkaladi. Bunda purkalish sifati ish suyuqligining
tomchilarini   maydaligiga   (100-400   mk)   bog‘liq   bo‘lib,   suyuqlik   qancha   mayda
to‘zitilsa, o‘simliklarga  ko‘p zahar o‘tadi.
C h anglash usulida zaharli dorilar kukunsimon holatda changlatiladi.
 Aerozollashda zaharli suyuqliklarning tomchilari tuman shaklida (0,5...100 mk)
purkaladi. 
Fumigatsiyalash   usulida   zaharli   suyuqlik   yerni   haydashdan   oldin   sepiladi   va
peshma-pesh   yer   haydalib   tuproq   ostiga   tashlanadi.   Tuproqqa   ishlov   berishda   esa
zaharli suyuqlik tuproq ichiga aralashtiriladi.
Zaharli   xo‘raklar   sochish   usulida   kemiruvchi   va   hashoratlarga   qarshi   maxsus
zaharlangan xo‘raklar tayyorlanib dalalarga sochib chiqiladi. 
Kimyoviy   preparatlarni   purkashga   qo‘yiladigan   agrotexnik   talablar
quyidagilardan iborat: 
o‘simliklarning yuqori qismi 80%, ostki qismi 60% tomchilar bilan qoplanishi;
tekis purkalish farqi ± 5%; 
kimyoviy preparat miqdorini o‘zgarishi ±15%; 
suyuqlik to‘zitgichlarning purkash me’yorlari farqi ±15%; 
qamrash kengligi bo‘yicha notekisligi 20% dan ko‘p  bo‘lmasligi kerak.
8.4 . Kimyoviy ishlov berish mashinalarini tuzilishi  
va ish jarayoni
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining  zararkunandalari va kasalliklariga hamda begona
o‘tlarga   qarshi   kurash   uchun   mo ‘ljallangan   mashinalarga   zaharlagichlar,
purkagichlar,   changlatgichlar,   aerazol   generatorlar,   fumigatorlar   va   xo‘rak   sochish
mashinalari  kiradi. 
Urug‘larni   zaharlashda   PS-10A,   PSSH-5   zaharlagichlar,   o‘simliklarga
kimyoviy   ishlov   berishda   ventilyatorli   OVX-600,   shtangali   OPSHX-12/15   va
8 tirkalma   OVM-900/1200   rusumli   purkagichlar,   OSHX-12-1A   rusumli   gerbitsid
purkash   moslamalari,   OSHU-50A   changlatgichi,   AG-UD-2   azrozol   generatori,
fumigatorlardan   g‘o‘za,   bog‘,   uzumzor,   butazor,   sabzavot   va   texnik   ekinlarga
kimyoviy ishlov berishda foydalaniladi.
O‘simliklarning   zararkunandalariga   qarshi   kurashishda   asosan   paxtachilikda
qo‘llaniladigan OVX-600 purkagilaridan foydalaniladi.
Kimyoviy   ishlov   berish   mashinalarini   ishga   tayyorlash   ularning   bajaradigan
ishiga   qarab   to‘liq   jihozlanganligi   (komplektligi)   hamda   sozligini   tekshirishdan
boshlanadi.   Barcha   mexanizmlarning   ishlashi   tekshirib   ko‘rilgandan   keyin   agregat
ishlash uchun dalaga chiqariladi. 
Zaharli  ximikatlarni erta tongda va kechqurun, shamolning tezligi  3 m/sek dan
oshmagan vaqtda sepish lozim.  
O‘simliklarning   ekish   usullariga,   ularning   o‘sish   balandlgiga   qarab
mashinalarning   mexanizmlari   to‘g‘ri   rostlanganda   o‘simliklarga   sifatli   ishlov
beriladi,   uning   mexanizm   va   detallari   puxta   va   uzoq   muddat   buzilmasdan   ishlaydi.
Mashinalar bilan dorilab bo‘lmaydigan joylarni (tog‘li mintaqalar, qalinlashib ketgan
g‘o‘zalar   va   baland   bo‘yli   makkajo‘xori   va  boshqalar)   samolyot   hamda  vertolyotlar
yordamida kimyoviy ishlash mumkin.
Aviatsiya   ish   unumining   yuqoriligi,   qamrash   kengligining   kattaligi,
harakatchanligi   juda   katta   maydonlarni   ham   qisqa   muddatlarda   ishlashga   imkon
beradi.   Uning   yana   bir   muhim   afzalligi   shuki,   zaharli   preparatlar   ishlanayotgan
dalaga bir tekis taqsimlanadi va ishchi kuchi ancha tejaladi.
Bu   usulning   kamchiligi   samolyotlar   uchayotganda   zaharli   ximikatlarni
o‘simliklar tomonga yo‘naltirib haydaydigan kuchli havo oqimini hosil qila olmaydi.
Samolyotdan chiqayotgan havo bilan aralashgan kimyoviy zaxar oqimi kerakli joyga
juda sekin, o‘z og‘irligi ta’sirida tushadi, bunda changsimon zarrachalarning ma’lum
bir   qismi   atrofga   uchib   ketadi.   Samolyotdan   tashlangan   zaharli   ximikatlar
o‘simlikning shoh-shabbalari orasiga, ayniqsa barglarining pastki qismiga to‘liq kirib
bora olmaydi.
Preparatlar vertolyot bilan sepilganda bu kamchiliklar bo‘lmaydi, chunki uning
parraklari   pastga   yo‘naltirilgan   kuchli   havo   oqimini   vujudga   keltiradi.   Zaharli
ximikatlar   yaxshi   purkaladi   va   o‘simliklarga   40...45°   burchak   ostida   tushadi.
Samolyot   va   vertolyotlarni   boshqarish   ishlari   birmuncha   murakkab   bo‘lganligi
sababli   ularga   xizmat   ko‘rsatuvchi   ishchilar   maxsus   tayyorgarlik   va   instruktajdan
o‘tishlari lozim.
Aviatsiya   yordamida   ishlov   berishning   eng   muhim   afzalligi   ularning   yuqori
unumli va tejamli ishlashidir. Masalan AN-2 samolyoti yordamida bir ish kunida   270
gektardan   ortiq   maydonga   kimyoviy   ishlov   berish   mumkin.   Lekin   shunga   qaramay
qishloq   xo‘jaligi   zararkunandalariga   qarshi   kurashda   aviatsiyadan   foydanilanish
cheklangan,   chunki   ular   yer   usti   agregatlariga   nisbatan   tashqi   muhitni   zaharli
ximikatlar bilan ko‘proq ifloslantiradi.
8.5. O‘simliklarni himoya qilishda biologik
usulning ahamiyati
9 O‘zbekistonda   o‘simliklarni   himoya   qilish   majmuasi   ichida   biologik   usulga
alohida   ahamiyat   beriladi.   Biologik   usulda   o‘simliklarni   himoyalashda   20   turdan
ortiq biomahsulotlar ishlab chiqariladi.   Asosiy biologik mahsulotlarga trixogramma,
brakon,   oltinko‘z   kiradi.   Mamlakatimizda   biologik   usulni   qo‘llash   kimyoviy   usulga
nisbatan 1,5-2 barobar ortiq iqtisodiy foyda keltiradi. 
Biologik   usulni   qo‘llash   darajasi   ba’zi   xorijiy   davlatlarda   ham   yuqori
hisoblanadi.   Kanada,   Angliya,   Gollandiya   mamlakatlarida   issiqxonalarning   80-90
foiz   maydonida   biologik   usul   qo‘llanilib,   qo‘shimcha   30-40   foiz   hosil   olishga
erishilmoqda . Ammo biomahsulotlarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda dala bo‘ylab
tarqatish ishlari talab darajasida emas.  Ular asosan qo‘lda tarqatilmoqda.
Tavsiyaviy   xulosa.   O‘ simliklarni   himoya   qilishda   ekologik   standartlar
talablariga   javob   berish   uchun   biologik   usulga   alohida   ahamiyat   berilmoqda.
Biologik   usulda   o‘simliklarni   himoyalashda   biomahsulotlardan   foydalanish   birinchi
navbatda ekologik muhitni yaxshilash imkonini yaratadi va kimyoviy usulga nisbatan
1,5-2,0  barobar ortiq iqtisodiy  foyda keltiradi. 
Nazorat savollari:
1. Zararkunanda,   kasallik   va   begona   o‘tlarga   qarshi   kurashishning   qanday
turlarini bilasiz?
2. Kimyoviy   ishlov   berish   usullarining   qanday   turlari   mavjud?   Bu   usullarni
amalga oshirishda qanday agregatlardan foydalaniladi?
3. Kasalliklarga   qarshi   kurashishda   qaysi   usuldan   foydalanish   samarali
hisoblanadi?
4. Begona o‘tlarni yo‘qotishning agrotexnik usullarini ayting
5. Zararkunandalarga qarshi biologik kurashning mohiyatini ayting.
6. Qator orasiga ishlov berish ishlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
7. Qator orasiga ishlov berishda qanday agrotexnik talablar qo‘yiladi?
8. Qator orasiga ishlov berish ishlari qanday tashkil etiladi?
9. Kultivatorning ishchi qismlari turlari va ularning vazifasini ayting.
10. Ekinlarni   parvarishlashda   amalga   oshiriladigan   ishlarning   samaradorligini
oshirishda nimalarga alohida ahamiyat berish zarur?
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR.
Asosiy adabiyotlar
1. Donnel   Hunt   Farm   Power   and   Machineri   Managemeent ,   USA ,   2016
(darslik ) .
2. A.Obidov, R.Xalilov va boshqalar Qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishini
mexanizatsiyalashtirish.   Toshkent   «O‘zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati»   -   2018
(lotin alifbosida).
10 3.   A.I.   Komilov,   K.A.   SHaripov,   N.T.   Umirov,   I.M.Marupov,   R.T.Rustamov
Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talqin» - 2003. (lotin alifbosida).
Qo’shimcha adabiyotlar
1.O‘.R.Qo‘chqorov,   K.Boymaxonov,   S.U.Bobotoev   Oliy   o‘quv   yurtlariga
«Traktor   va   avtomobillar»   fanidan   agronomik   mutaxassisligiga   oid   qo‘llanma.
Toshkent 1997.
Internet ma’lumotlari:
1. www.gov.uz-     O‘zbekiston Ruspublikasi  h ukumat portali.
2.   www.lex.uz-   O‘zbekiston Ruspublikasi Qonun   h ujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi.
3. http  www amazon ru   
4. http    www.teh     boo k s ru
5. http  www ziyonet uz   
11

O‘SIMLIKLARNI PARVARISHLASH VA H IMOYALASH MASHINALARI Reja: 8.1. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari va agrotexnik talablar; 8. 2. Kultivatorning tuzilishi va ish jarayoni. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari. 8.3.O‘simliklarni himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari; 8.4 . Kimyoviy ishlov berish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni; 8.5 . O‘simliklarni himoya qilishda biologik usulning ahamiyati. Tayanch iboralar : qator orasiga ishlov berish usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar. O’simliklarni himoya qilish usullari va tadbirlari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar, mashinalar turi va ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar. G‘o‘za qator oralariga ishlov berishda asosan KRN-4 va KXU-4 chopiq kultivatorlari qo‘llaniladi. 8 . 1- rasm. O‘simlik qator oralariga ishlov berish mashinalari.

8. 1. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari va agrotexnik talablar Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash ishlarining asosiy vazifasi - o‘simliklarni ekish yoki o‘tqazishdan boshlab, to ularni yig‘ib-terib olishgacha bo‘lgan muddatda ularni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ishlarga quyidagilar : qatorlar himoya yo‘lagidagi qatqaloqni yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; begona o‘t ildizlarini kesib, yo‘qotish; sug‘orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqqa mineral o‘g‘it solish; sug‘orish uchun egatlar ochish kiradi. Bunday tadbirlarni bajarish natijasida ekinlar serhosil bo‘lib o‘sishi uchun qulay sharoitlar tug‘diriladi, tuproqdagi namlik uzoq saqlanadi, havo miqdori ortadi, kasalliklarning oldi olinadi. Qatorlar oralig‘iga ishlov berishni o‘z vaqtidan kechiktirmasdan o‘tkazish muhimdir (8.1-jadval). 8 .1-jadval Maqbul muddatda kultivatsiya o‘tkazishni paxta hosiliga ta’siri Paxta hosili, s/ga Hosildorlikni pasayishi Maqbul muddatda o‘tkazilganda 4-6 kunga kechiktirilganda s/ga % 20.5 15.1 5.4 26.4 29.5 22.3 7.2 25.2 34.1 27.6 6.5 19.1 Sug‘orilganidan so‘ng qatorlar orasidagi tuproq tobiga kelgandan (namligi 16- 18% gacha tushganida) darrov kultivatsiya qilinishi lozim. Kultivatsiya maqbul muddatdan 4-6 kunga kechiktirilsa, paxta hosildorligi 20-25 foizga pasayib ketishi mumkin. Qator orasiga ishlov berish ishlariga qo‘yiladgan agrotexnik talablar: ishchi qismlarini ishlov berish chuqurligi bo‘yicha yurish notekisligi ko‘pi bilan ± 1 sm; himoya yo‘lagini kengligi bo‘yicha notekisligi, ko‘pi bilan ± 2 sm; g‘o‘za ko‘chatlarining shikastlanishi, ko‘pi bilan: bir o‘tishda 1%; butun mavsum davomida 5%; begona o‘tlarni yo‘qotish darajasi, kamida 98%; qator orasiga ishlov berishda tuproqni uvalanish sifati: o‘lchami 25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori, kamida 55%;

o‘lchami 50 mm dan katta fraksiyalar miqdori, ko‘pi bilan 20%; o‘g‘it solgichlari o‘g‘itlarni g‘o‘zaning rivojlanishiga qarab 23-24 sm dan 14- 16 sm gacha chuqurlikda va g‘o‘za qatoridan 15-18 sm dan 28-30 sm gacha uzoqlikda tuproqqa ko‘mib ketishi lozim. 8. 2. Kultivatorning tuzilishiva ish jarayoni. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari G‘o‘za, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavot va boshqa texnik ekinlar qator oralariga ishlov berishda asosan chopiq traktorlariga o‘rnatilgan holda ishlatiladigan KRN-4 va KXU-4 rusumli paxtachilik kultivatorlari qo‘llaniladi. Kultivatorlar o‘simlik qator orasiga ishlov berishda kutilgan samara keltirishi uchun 7 turdagi ishchi qismlar (2.25-rasm) bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi zarur. 2.25-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi : 1-lappak (disk); 2-yulduzcha; 3-pichoq; 4-chuqur yumshatgich; 5-panja-yumshatgich; 6-o‘g‘it solgich; 7-egat olgich

2.25-rasm. 60 sm qator oralig’ida begona o’tlarni yo’qotish uchun pichoq va chuqur yumshatkich panja bilan birgalikda yumshatkich lappaklarni joylashtirish sxemasi. Bajaradigan ishlov berish usuliga qarab kultivatorga ekinlar qatorlari orasi 60- 70 sm bo‘lganda, har qatorga ko‘pi bilan 7 ta, jami 28 ta , 90 sm bo‘lganda har qatorga 9 ta, jami 36 tagacha ishchi qismlar o‘rnatiladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish va himoya yo‘lagini yumshatib ketish (odatda 1- va 2- chopiq) uchun kultivatorlarga qatqaloq yumshatgich- yulduzchalar va pichoqlar bilan birgalikda chuqur yumshatkich yoki o‘qyoysimon panjalar o‘rnatiladi. Tuprog‘i zichlashib ketgan dalalarda pichoqlar orqasidan qo‘shimcha ravishda yumshatkich panjalar o‘rnatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kultivatorning birinchi yurishi odatda past tezlikda amalga oshiriladi va ishchi qismlarning ishi kuzatib boriladi. Egat oxirida ish organlar transport holatiga ko‘tariladi. Traktorning bir g‘ildiragi tormozlanib, shunday buriladiki, bunda chetki ishchi qismlar ishlov berib kelingan yondosh qator oralig‘iga tushishi kerak. Ekinlarni sug‘orish uchun 90 sm kenglikdagi qatorlar orasidagi chuqurligi 20-25 sm , 60 sm kenglik uchun 14-18 sm bo‘lgan jo‘yak ariqchalari olinadi. Meva qatorlari orasiga ishlov berishda yoppasiga ishlov berish kultivatoridan (2.26-rasm) foydalaniladi. Uning hamma qismlari rama 1 ga o‘rnatilgan bo‘lib, u ikkita tayanch g‘ildiraklarga 8 tayanib turadi.

2.26-rasm. Bog‘ kultivatorini tuzilishi va ish jarayoni: 1-rama, 2-ishlov berish chuqurligini sozlovchi mexanizm, 3-avtoosgich, 4-prujinasimon tirma uchun rama, 5-o‘toqlovchi yon tishni sozlovchi mexanizm, 6-chap tish, 7-o‘q-yoysimon tish, 8-tayanch g‘ildiragi, 9- o‘toqlovchi o‘ng tish; 10- o‘g‘itlash apparati. Ramaga bikr holatda begona o‘t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman yumshatadigan tig‘lari deyarli yotiq bo‘lgan o‘q-yoysimon tishlar 7 ikki qatorlab o‘rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona o‘t ildizlarini yotiq tig‘lari bilan to‘liq kesib ketadigan o‘toqlovchi tishlar 6 va 9 qo‘yilgan. Ramaga nisbatan tishlarni ko‘tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o‘zgartiradigan mexanizm vintlari 2 mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan prujinasimon tirma ramasi 4 joylashtirilgan. O‘toqlovchi tishlarning 9 holatini o‘zgartiradigan mexanizm 5 yordamida ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi. Kultivatorga o‘g‘itlash apparati 10 ni o‘rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral o‘g‘itlar solish mumkin. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirishda quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berish zarur: 1) Qatorlar oralig‘iga ishlov berishda har bir ekin ildizining rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda agrotexnik talablarga mos ravishda bajarilishi kerak. Masalan, chigit ekilganidan so‘ng, bir oy ichida g‘o‘za bo‘yi 11-13 sm ga, o‘q ildizi 30 sm chuqurlikkacha, yon tomoniga o‘sgan ildizlar 6-8 sm, qatorlar o‘rtasidagilar 12-14 sm chuqurlikkacha rivojlanib ulguradi. Ekinlar ildizlariga zarar keltirmaslik uchun, qatorlar orasidagi tuproq har xil chuqurlikda yumshatish kerak, ya’ni g‘o‘za tuplari atrofida sayozroq, qator o‘rtasini esa chuqurroq ishlov berish foydali bo‘ladi. 2) Kultivator ishchi qismlarini agrotexnik talablarga mos o‘rnatish kerak. Masalan, ekin niholiga yaqin ishlov berish chuqurligi talabga ko‘ra 5-6 sm o‘rniga 15-18 sm chuqurlikda ishlov berilsa, begona o‘tlar ikki barovar kamayadi, ammo g‘o‘zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi. 3) Ma’lumki, issiq iqlim ta’sirida sug‘orilgan yerdagi tuproq usti namligini tez yo‘qotib, zich qatlam (qatqaloq) hosil bo‘lishi hisobiga kengligi 1-3 sm, chuqurligi 6-