logo

OB’EKTIV NAZORAT QILISH USULLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

143 KB
OB’EKTIV NAZORAT QILISH USULLARI  
REJ A :
1.   Ma’lumotlarni   ob’ektiv   nazorat   qilishni   vazifalari   va   maqsadi.
Nazorat qilish usullari. Birlamchi nazorat. 
2. Aerologik ma’lumotlarni nazorat qilish usullari. Statik nazorat. 
3.   Harorat   (vertikal   gradiyenti)   profili   nazorati.   Ichki,   fazoviy   va
vaqt bo‘yicha moslashganlikni nazorat qilish.
4.   Gorizontal   va   vertikal   statistik   nazorat.   Nisbiy
geopotensialning vertikal statistik nazorati xususiyatlari.
5. Aerologik ma’lumotning kompleks nazorati. 
6. Turli nazorat usullarining samaradorligi. 
1 Kuzatish ma’lumotlarini nazorat qilish usullari 
Meteorologik   maydonlar   tahlilining   muvaffaqiyati   tahlilgacha   bo‘lgan
bosqich –   meteorologik kuzatishlar  nazoratiga   chambarchas  bog‘liq. Nazoratning
maqsadi   mavjud   axborotdagi   qo‘pol   xatolarni   aniqlash   va   imkoniyat   darajasida
ularni   bartaraf   etishdan   iborat.   Qo‘pol   xatolar   o‘lchash   asboblarining   nosozligi,
uskunalar   ko‘rsatkichlarini   o‘qish   va   qayta   ishlashdagi   hamda   aloqa   kanallari
orqali   axborotni   uzatish   jarayonidagi   xatoliklar   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.
Olinayotgan   barcha   axborot   nazoratga   jalb   etilishi   kerak   va   bu   vazifa   nazorat
EHMlar yordamida avtomatik bajarilgandagina amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Avtomatik nazorat  meteorologik axborotni  avtomatlashgan  qayta ishlash  umumiy
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Nazorat   jarayonida,   birinchi   navbatda,   shubha   uyg‘otuvchi   axborotni
aniqlash   lozim.   Aniqlangan   xatoliklarni   bartaraf   etish   maqsadga   muvofiq,   ya’ni
xato qiymatlar haqiqiylari bilan almashtirilishi kerak. Buning imkoniyati bo‘lmasa,
xato axborot iste’moldan chiqariladi.
Shunday   qilib,   olingan   axborotdan   foydalanishni   boshlashdan   avval   kritik
tekshirish o‘tkazish  va qaysi  bosqichda  sodir  bo‘lganidan qat’i  nazar  yaqqol  xato
ma’lumotlarni chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Bu masalani hal qilishning ko‘plab
yo‘llari   mavjud.   Bir   stansiyaning   o‘zidagi   turli   meteorologik   elementlarni
muvofiqlashtirish   prinsipidan   foydalanish   mumkin.   Masalan,   shudring   nuqtasi
harorati havo haroratidan yuqori bo‘la olmaydi va hokazo. Iqlimiy ma’lumotlardan
foydalanishga asoslangan eng sodda nazorat usulini ko‘rib chiqamiz. Bu usulda har
bir   stansiyaning   barcha   izobarik   sirtlari   balandliklari   iqlimiy   me’yor   bilan
taqqoslanishi   lozim.   Agar   farq   biror   qabul   qilingan   qiymatdan   ortib   ketsa,   bu
stansiyaning ma’lumotlaridan foydalanilmaydi. Albatta, nazoratning bu usuli juda
dag‘al bo‘lib, qo‘pol xatoliklardan qutilishga imkon beradi.
Mayda   xatoliklarni  bartaraf  etish   uchun  nazoratning  mukammalroq  usullari
qo‘llaniladi.   Bunda   foydalaniluvchi   usullar   nafaqat   xatolarni   aniqlash,   balki
ma’lum  sharoitlarda  xato  yoki  atrofdagilar  bilan  mos   kelmaydigan  ma’lumotlarni
tuzatish imkonini beradi. 
2 Aerologik   telegrammalarning   statik   nazorati   shunday   usullarga   mansub
bo‘lib,   uning   yordamida   turli   sathlardagi   harorat   va   geopotensial   qiymatlarining
statika   tenglamasiga   mos   kelishi   tekshiriladi.   Tekshirish   qo‘shni   izobarik   sirtlar
balandliklari farqi (qatlam qalinligi)ning shu sirtlardagi harorat qiymatlari bo‘yicha
hisoblangan   qatlam   qalinliklari   bilan   taqqoslashdan   iborat.   Agar   biror   qatlam
uchun bu qiymatlar orasidagi  farq biror qabul qilingan chegaradan katta bo‘lsa, u
holda   to‘rt   (ikki   izobarik   sirtdagi   N   yoki   T )   kattalikdan   biri   xato   hisoblanadi.
Bunday hollarda ko‘pchilik holatlarda qo‘shni qatlamlardagi farqlarning nisbatlari
bo‘yicha xato kattaliklarni aniqlash va tuzatishga muvaffaq bo‘linadi. 
Xato   ma’lumotlarni   aniqlash   va   tuzatishning   boshqa   usuli   meteorologik
maydonlarning   statistik   tuzilishidan   foydalanishga   asoslangan.   Shuning   uchun   u
statistik   nazorat   usuli   deb   ataladi.   Masalan,   tekshirilayotgan   stansiya   joylashgan
nuqtaga interpolyatsiyani nazarda tutuvchi   ma’lumotlarning gorizontal nazoratida
gorizontal   bo‘ylab   masofaga   bog‘liq   bo‘lgan   avtokorrelyatsion   funksiyalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Bitta   punktdagi   ma’lumotlar   vertikal   muvofiqligining   nazorati   shunga
o‘xshash   amalga   oshiriladi.   Biror   sathdagi   geopotensial   yoki   harorat   qiymatlari
vertikal   bo‘yicha   masofaga   bog‘liq   bo‘lgan   avtokorrelyatsion   funksiyalardan
foydalanishga   asoslangan   boshqa   sathlardagi   geopotensial   yoki   harorat
ma’lumotlari   asosida   ularning   balandlik   bo‘yicha   optimal   interpolyatsiya
yordamida hisoblanuvchi qiymatlari bilan taqqoslanadi.
Geopotensial   va   haroratning   o‘zaro   muvofiqligini   tekshirishni   amalga
oshiruvchi  bu  elementlarning vertikal  va  gorizontal, shuningdek  statik  nazoratlari
birgalikda   qo‘llanilganda   aksariyat   xollarda     xatolarni   bartaraf   qilishga   va
tuzatishga erishiladi.  Kompleks nazorat  g‘oyasi mana shundan iborat. 
Olinayotgan   kattaliklarning   bu   kattaliklar   mansub   bo‘lgan   muddat   uchun
hisoblangan   prognoz   qiymatlari   bilan   taqqoslash   nazoratning   yana   bir   yordamchi
vositalaridan   hisoblanadi.   Nostandart   kuzatish   muddatlariga   tegishli   (yo‘ldosh,
samolyot   va   boshqa   manbalardan   olingan)   ma’lumotlardan   foydalanishda   bu
nazorat  usulining ahamiyati  juda katta. Siyrak stansiyalar  tarmog‘iga ega bo‘lgan
3 sohalardan   olingan,   kam   o‘zgaruvchan   (kichik   dispersiyali)   elementlar
to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   hamda   ishonchsiz   o‘lchash   ma’lumotlarini   nazorat
qilish katta qiyinchiliklarga olib keladi. Xususan, tropik kengliklar hududi shunday
sohalarga   mansub.   Bunday   hollarda   xato   ma’lumotlarni   faqat   ob’ektiv   tahlil
natijalari bo‘yicha aniqlashga erishiladi.
Yer   sirti   yaqini   ma’lumotlariga   nisbatan   (agar   nazoratga   aerologik
ma’lumotlar jalb qilinmasa) faqat gorizontal nazoratni amalga oshirish mumkin.
Aerologik axborotni nazorat qilish usullari, statik nazorat
Aerologik   zondlash   ma’lumotlari   sonli   prognoz   va,   demak,   ob’ektiv   tahlil
uchun   ham   boshlang‘ich   ma’lumot   hisoblanadi.   Shuning   avtomatik   nazorat
usullarini ishlab chiqishda uchun asosiy e’tibor aerologik axborotga qaratilgan. 
Dastlabki   nazorat   usuli   Bergtosson   va   Dyoyos   tomonidan   taklif   qilingan.
Ular kuzatish ma’lumotlarini dastlab prognoz maydonlari bilan, so‘ngra muntazam
to‘r   tugunlaridan   stansiyalarga   teskari   interpolyatsiya   o‘tkazish   orqali   ob’ektiv
tahlil   natijalari   bilan   taqqoslaganlar.   Bunga   o‘xshash   usul   Kressman   tomonidan
ham   ishlab   chiqilgan.   Bunday   usul   ayrim   qo‘pol   xatolarni   aniqlash   va
foydalanishdan   chetlatishga   imkon   bersada,   xato   ma’lumotlarni   tuzatishga   imkon
bermagan. 
Ko‘rsatib   o‘tilgan   nazorat   usullari   boshqa   elementlar   to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni   jalb   qilmay   geopotensial   to‘g‘risidagi   ma’lumotlardagi   xatolarni
aniqlashga imkon beradi. Ulardan farqli ravishda  statik nazorat usuli  ikki elementli
hisoblanadi   –   bu   usul   geopotensial   va   harorat   vertikal   profillarining   birgalikdagi
tahliliga   asoslanadi.   Bir   qator   xollarda   statik   nazorat   nafaqat   xato   ma’lumotlarni
aniqlash, balki ularni tuzatish yoki yo‘qlarini to‘ldirishga ham imkoniyat yaratadi. 
L.SGandin   tomonidan   taklif   qilingan   statik   nazorat   usluiyatiniko‘rib
chiqamiz. Nazorat asosiy izobarik sirtlar bilan chegaralangan har bir qatlam ichida
statika   tenglamasining   bajarilishini   tekshirishdan   iborat.   Har   bir   qatlam   ichida
harorat balandlik bo‘yicha chiziqli o‘zgaradi deb qabul qilinadi. Agar 
(1)
4 statika   tenglamasini   P   o‘zgaruvchi   bo‘yicha   balandligi     H
n   va   H
n+1   bo‘lgan
  P   va
P
n+1  izobarik sirtlar oralig‘idagi qatlamda integrallasak, quyidagi munosabatni hosil
qilamiz:
(2)
Bu   nisbiy   geopotensialning   barometrik   formulasidir.   Bu   yerda   R   –   havoning   gaz
doimiysi,  H
n  va  H
n+1  –  P
n  va  P
n+1  sirtlarning geopotensiali (gp.m larda) qiymatlari,
 – mutlaq shkala bo‘yicha qatlamning o‘rtacha harorati:
Agar   haroratni   Selsiy   shkalasiga   o‘tkazsak   t 0
=T–T
00 ,   u   holda   quyidagi
formulani hosil qilamiz:
  (3)
bu yerda
(4) 
1-jadvalda   1000,   850,   700,   500,   400,   300,   200,   100   gPa   sirtlarning
geopotensiali   va   haroratini   nazorat   qilish   sxemasining   8   ta   sathi   uchun     va
  doimiylarining qiymatlari keltirilgan. 
1-jadval
Statik nazorat parametrlari
Parametr N
1 2 3 4 5 6 7 8
P
n ,  gPa 1000 850 700 500 400 300 200 150
P
n+1 ,  gPa 850 700 500 400 300 200 150 100
, gp. dam 130,0 155,2 269,0 178,4 230,1 324,2 230,1 324,2
,   gp.
dam/ºS 0,238 0,284 0,493 0,327 0,421 0,594 0,421 0,594
, gp. dam 3 3 4 3 4 8 6 6
Real   vertikal   harorat   profilining   chiziqli   qonuniyatdan   chetlanishi,
shuningdek o‘lchash xatolarining ta’sirida qo‘pol xatolar bo‘lmagan taqdirda ham
5 (3) formulaning o‘ng qismi chap qismi bilan mos kelmaydi. 
Shuning uchun (3) formulada quyidagicha farq doim mavjud bo‘ladi :
yoki
(5)
Farqlarning     chegaraviy qiymati, ya’ni     ning maksimal qiymatlari
empirik yo‘l bilan aniqlanishi mumkin. Agar biror qatlamda hisoblangan farqning
mutlaq qiymati shu qatlam uchun qabul qilingan chegaraviy qiymatdan ortib ketsa,
ya’ni     bo‘lsa,   tekshirilayotgan   sathga   tegishli   bo‘lgan   H
n ,   H
n+1 ,   t
n ,   t
n+1
kattaliklarning   hech   bo‘lmaganda   bittasi   xato,   degan   shubha   paydo   bo‘ladi.   Ikki
yondosh izobarik sirtlar uchun (5) ko‘rinishidagi formulalarni yozamiz:
  (6)
(6) formulalardan ko‘rinib turibdiki,  P
n  sirtning  H
n  geopotensiali qiymatidagi
h
n   xato   bu   sirtga   tutash   bo‘lgan   qatlamlar   uchun   yozilgan   tenglamalarda
farqlarning   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi.   Shu   bilan   birga   bu   farqlarning   qiymati
teng, ishorasi esa qarama-qarshi:
  (7)
h
n    xato quyidagi
  formula bo‘yicha hisoblanadi:
  (8)
H
n   ning tuzatilgan qiymati oddiy, boshlang‘ich xato qiymatdan   h
n   kattalikni
ayirish orqali topiladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgani kabi (6) formulalardan   harorat qiymatlaridagi
n   xato   ikkala   tenglamada     va     farqlarga   olib   kelishi   ko‘rinib   turibdi.
Biroq bu holda bu farqlarning ishorasi bir xil va  V  koeffitsiyentlarga proporsional :
  (9)	

n   xatoni quyidagi formula bo‘yicha baholash mumkin:
  (10)
6 va uni   ning boshlang‘ich qiymatidan ayirish mumkin. Va nihoyat, agar   va
  farqlarning   ikkalasi   ham   chegaraviy   qiymatlardan   ortib   ketsa   va   qo‘yilgan
shartlarning   birontasi   ham   bajarilmasa,   tabiiyki   H
n   va     qiymatlarning   ikkalasi
ham   xato,   deb   qabul   qilinadi.   Bu   holda   bu   kattaliklarning   to‘g‘ri   qiymatlari   (6)
tenglamalar sistemasini  H
n  va   ga nisbatan yechish orqali baholanadi. Xuddi shu
yo‘l   bilan   ixtiyoriy   chetki   bo‘lmagan   sathda   H
n   va     ning   tushirib   qoldirilgan
qiymatlarini tiklash mumkin. 
Gorizontal va vertikal statistik nazorat
Yuqorida   ta’kidlab   o‘tilganidek   gorizontal   nazorat   meteorologik
elementning   kuzatilgan   qiymatini   bir   qancha   qo‘shni   stansiyalar   bo‘yicha
interpolyatsiyalash   natijalari   bilan   taqqoslashga   asoslanadi.   Ob’ektiv   tahlilda
bo‘lgani kabi gorizontal nazorat uchun ham optimal interpolyatsiyadan foydalanish
qulay. Biroq bu holda interpolyatsiya muntazam to‘r tuguniga emas, stansiyalardan
biriga   bajariladi.   Statistik   tuzilish   haqidagi   ma’lumotlar   nafaqat   stansiyaga
interpolyatsiyani   bajarish,   balki   interpolyatsiyalangan   va   kuzatilgan   qiymatlar
orasidagi   o‘rtacha   kvadratik   chetlanishni   baholashga   imkoniyat   beradi.   Bu
chetlanish   atrofdagi   stansiyalarning   o‘zaro   joylashuvi,   meteorologik   elementlarni
o‘lchash   aniqligi   va   bu   element   maydonining   statistik   tuzilishi   harakteristikalari
(dispersiya)ga   bog‘liq   bo‘lgan   biror   chegaraviy   farq   bilan   taqqoslanadi.   Agar
aniqlangan   chetlanish   chegaraviy   farqdan   katta   bo‘lsa,   tekshirilayotgan   yoki
atrofdagi   bitta,   yoki   bir   nechta   stansiyalarda   xato   bor,   deb   hisoblanadi.
Tekshirilayotgan   stansiyada   xato  bor   yoki   yo‘qligi   haqida   yakuniy  tasavvur   hosil
qilish  uchun  tekshirilayotgan  stansiya   joylashgan  punkt  uchun  tahlil  hisoblashlari
takrorlanadi. Shu bilan birga har  bir takroriy hisoblashda  atrofdagi stansiyalardan
biri uzoqroqda joylashgani bilan almashtiriladi. 
Vertikal   statistik   nazorat   ham   gorizontal   nazoratga   o‘xshash.   U   kuzatish
ma’lumotlarini   vertikal   bo‘ylab   optimal   interpolyatsiyalash   natijalari   bilan
taqqoslashdan   iborat.   Biroq   gorizontal   va   vertikal   nazoratlar   orasida   ikkita   farq
mavjud.   Farqlarning   biri   shundaki,   korrelyatsion   funksiyalar   vertikal   yo‘nalishda
gorizontalga   nisbatan   sezilarli   anizatrop   va   bir   jinsli   emas.   Shuning   uchun
7 interpolyatsiya   salmoqlarini   aniqlashda   gorizontal   masofaga   bog‘liq   bo‘lgan
korrelyatsion   funksiyalar   o‘rniga   har   ikkala   koordinatalarga   bog‘liq   bo‘lgan
funksiyalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Ik k inchi   farq   k uzat ish   sat hlari   fi k sirlangan   v a   oldindan
ma’lum   ek anligidan   iborat .   Shuning   uchun   v ert ik al   nazorat
jaray onida   t a’sir   et uv chi   punk t lar   (sat hlar)ni   aniqlash   ham,
int erpoly at sion   salmoqlarni   aniqlash   uchun   t englamalar
sist emasin   t uzish   v a   y echish   ham,   chegarav iy   farq   qiy mat ini
hisoblash   ham   k erak   emas   –   bularning   hammasi   oldindan
bajarilgan bo‘lib, t ak roriy  aniqlashni t alab qilmay di.
Kompleks nazorat
Kompleks nazorat  g‘oyasi shundan iboratki, shubhali ma’lumotlarni aniqlash
uchun   nazoratning   bir   nechta   turli   usullaridan   ketma-ket   foydalaniladi.   Xatolarni
bartaraf etish, ularning sabablarini aniqlash va imkoniyat bo‘lganda tuzatish barcha
nazorat usullari yordamida olingan natijalarga asoslanib bajariladi. Ma’lumotlarni
foydalanishdan chetlatish yoki tuzatish to‘g‘risidagi qaror har bir nazorat usulining
natijalari   asosida   alohida   qabul   qilinadigan   odatdagi   protseduraga   nisbatan
kompleks nazorat sezilarli katta imkoniyatlarga ega. 
Biror elementning gorizontal nazorati va vertikal bo‘yicha statistik nazorati,
ya’ni   gorizontal   va   vertikal   nazoratni   komplekslash   asosida   qaror   qabul   qilish
kompleks   nazoratning   eng   sodda   ko‘rinishi   hisoblanadi.   Bunday   komplekslash,
birinchidan, xatolarni bartaraf etishda maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, gorizontal
va   vertikal   nazorat   bo‘yicha   aniqlangan   farqlar   qiymatlarini   taqqoslash   xatoni
bartaraf   etish   va   uning   qiymatini   baholashga   yordam   beradi.   Va   nihoyat,
uchinchidan,   gorizontal   va   vertikal   nazoratni   komplekslash   chegaraviy   farqlar
qiymatlarini   kamaytirishga,   ya’ni   nazoratning   sezgirligini   oshirishga   imkoniyat
beradi. 
Geopotensial   va   haroratning   statik   nazoratini   bu   elementlarning   ham
vertikal, ham gorizontal statistik nazorati bilan komplekslash mumkin. 
8 Statistik   nazoratni   geopotensial   va   haroratning   vertikal   statistik   nazorati
bilan   kompleksda   bajarish   juda   oson,   negaki   nazoratning   bu   turlari   har   bir
telegramma   uchun   o‘tkaziladi.   Biroq   vertikal   statistik   nazorat   statik   nazoratga
nisbatan   kam   qo‘shimcha   axborot   beradi.   Shuning   uchun   bu   nazorat   usullarini
komplekslash maqsadga muvofiq emas.
Yuqoridagidan   farqli   geopotensial   va   haroratning   gorizontal   nazorati   statik
nazoratni   sezilarli   to‘ldirib,   ma’lumotlarni   chetlatish   va,   ayniqsa,   xato
ma’lumotlarni tuzatish imkoniyatini oshiradi. 
9 ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.
10

OB’EKTIV NAZORAT QILISH USULLARI REJ A : 1. Ma’lumotlarni ob’ektiv nazorat qilishni vazifalari va maqsadi. Nazorat qilish usullari. Birlamchi nazorat. 2. Aerologik ma’lumotlarni nazorat qilish usullari. Statik nazorat. 3. Harorat (vertikal gradiyenti) profili nazorati. Ichki, fazoviy va vaqt bo‘yicha moslashganlikni nazorat qilish. 4. Gorizontal va vertikal statistik nazorat. Nisbiy geopotensialning vertikal statistik nazorati xususiyatlari. 5. Aerologik ma’lumotning kompleks nazorati. 6. Turli nazorat usullarining samaradorligi. 1

Kuzatish ma’lumotlarini nazorat qilish usullari Meteorologik maydonlar tahlilining muvaffaqiyati tahlilgacha bo‘lgan bosqich – meteorologik kuzatishlar nazoratiga chambarchas bog‘liq. Nazoratning maqsadi mavjud axborotdagi qo‘pol xatolarni aniqlash va imkoniyat darajasida ularni bartaraf etishdan iborat. Qo‘pol xatolar o‘lchash asboblarining nosozligi, uskunalar ko‘rsatkichlarini o‘qish va qayta ishlashdagi hamda aloqa kanallari orqali axborotni uzatish jarayonidagi xatoliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olinayotgan barcha axborot nazoratga jalb etilishi kerak va bu vazifa nazorat EHMlar yordamida avtomatik bajarilgandagina amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Avtomatik nazorat meteorologik axborotni avtomatlashgan qayta ishlash umumiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Nazorat jarayonida, birinchi navbatda, shubha uyg‘otuvchi axborotni aniqlash lozim. Aniqlangan xatoliklarni bartaraf etish maqsadga muvofiq, ya’ni xato qiymatlar haqiqiylari bilan almashtirilishi kerak. Buning imkoniyati bo‘lmasa, xato axborot iste’moldan chiqariladi. Shunday qilib, olingan axborotdan foydalanishni boshlashdan avval kritik tekshirish o‘tkazish va qaysi bosqichda sodir bo‘lganidan qat’i nazar yaqqol xato ma’lumotlarni chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Bu masalani hal qilishning ko‘plab yo‘llari mavjud. Bir stansiyaning o‘zidagi turli meteorologik elementlarni muvofiqlashtirish prinsipidan foydalanish mumkin. Masalan, shudring nuqtasi harorati havo haroratidan yuqori bo‘la olmaydi va hokazo. Iqlimiy ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan eng sodda nazorat usulini ko‘rib chiqamiz. Bu usulda har bir stansiyaning barcha izobarik sirtlari balandliklari iqlimiy me’yor bilan taqqoslanishi lozim. Agar farq biror qabul qilingan qiymatdan ortib ketsa, bu stansiyaning ma’lumotlaridan foydalanilmaydi. Albatta, nazoratning bu usuli juda dag‘al bo‘lib, qo‘pol xatoliklardan qutilishga imkon beradi. Mayda xatoliklarni bartaraf etish uchun nazoratning mukammalroq usullari qo‘llaniladi. Bunda foydalaniluvchi usullar nafaqat xatolarni aniqlash, balki ma’lum sharoitlarda xato yoki atrofdagilar bilan mos kelmaydigan ma’lumotlarni tuzatish imkonini beradi. 2

Aerologik telegrammalarning statik nazorati shunday usullarga mansub bo‘lib, uning yordamida turli sathlardagi harorat va geopotensial qiymatlarining statika tenglamasiga mos kelishi tekshiriladi. Tekshirish qo‘shni izobarik sirtlar balandliklari farqi (qatlam qalinligi)ning shu sirtlardagi harorat qiymatlari bo‘yicha hisoblangan qatlam qalinliklari bilan taqqoslashdan iborat. Agar biror qatlam uchun bu qiymatlar orasidagi farq biror qabul qilingan chegaradan katta bo‘lsa, u holda to‘rt (ikki izobarik sirtdagi N yoki T ) kattalikdan biri xato hisoblanadi. Bunday hollarda ko‘pchilik holatlarda qo‘shni qatlamlardagi farqlarning nisbatlari bo‘yicha xato kattaliklarni aniqlash va tuzatishga muvaffaq bo‘linadi. Xato ma’lumotlarni aniqlash va tuzatishning boshqa usuli meteorologik maydonlarning statistik tuzilishidan foydalanishga asoslangan. Shuning uchun u statistik nazorat usuli deb ataladi. Masalan, tekshirilayotgan stansiya joylashgan nuqtaga interpolyatsiyani nazarda tutuvchi ma’lumotlarning gorizontal nazoratida gorizontal bo‘ylab masofaga bog‘liq bo‘lgan avtokorrelyatsion funksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bitta punktdagi ma’lumotlar vertikal muvofiqligining nazorati shunga o‘xshash amalga oshiriladi. Biror sathdagi geopotensial yoki harorat qiymatlari vertikal bo‘yicha masofaga bog‘liq bo‘lgan avtokorrelyatsion funksiyalardan foydalanishga asoslangan boshqa sathlardagi geopotensial yoki harorat ma’lumotlari asosida ularning balandlik bo‘yicha optimal interpolyatsiya yordamida hisoblanuvchi qiymatlari bilan taqqoslanadi. Geopotensial va haroratning o‘zaro muvofiqligini tekshirishni amalga oshiruvchi bu elementlarning vertikal va gorizontal, shuningdek statik nazoratlari birgalikda qo‘llanilganda aksariyat xollarda xatolarni bartaraf qilishga va tuzatishga erishiladi. Kompleks nazorat g‘oyasi mana shundan iborat. Olinayotgan kattaliklarning bu kattaliklar mansub bo‘lgan muddat uchun hisoblangan prognoz qiymatlari bilan taqqoslash nazoratning yana bir yordamchi vositalaridan hisoblanadi. Nostandart kuzatish muddatlariga tegishli (yo‘ldosh, samolyot va boshqa manbalardan olingan) ma’lumotlardan foydalanishda bu nazorat usulining ahamiyati juda katta. Siyrak stansiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan 3

sohalardan olingan, kam o‘zgaruvchan (kichik dispersiyali) elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ishonchsiz o‘lchash ma’lumotlarini nazorat qilish katta qiyinchiliklarga olib keladi. Xususan, tropik kengliklar hududi shunday sohalarga mansub. Bunday hollarda xato ma’lumotlarni faqat ob’ektiv tahlil natijalari bo‘yicha aniqlashga erishiladi. Yer sirti yaqini ma’lumotlariga nisbatan (agar nazoratga aerologik ma’lumotlar jalb qilinmasa) faqat gorizontal nazoratni amalga oshirish mumkin. Aerologik axborotni nazorat qilish usullari, statik nazorat Aerologik zondlash ma’lumotlari sonli prognoz va, demak, ob’ektiv tahlil uchun ham boshlang‘ich ma’lumot hisoblanadi. Shuning avtomatik nazorat usullarini ishlab chiqishda uchun asosiy e’tibor aerologik axborotga qaratilgan. Dastlabki nazorat usuli Bergtosson va Dyoyos tomonidan taklif qilingan. Ular kuzatish ma’lumotlarini dastlab prognoz maydonlari bilan, so‘ngra muntazam to‘r tugunlaridan stansiyalarga teskari interpolyatsiya o‘tkazish orqali ob’ektiv tahlil natijalari bilan taqqoslaganlar. Bunga o‘xshash usul Kressman tomonidan ham ishlab chiqilgan. Bunday usul ayrim qo‘pol xatolarni aniqlash va foydalanishdan chetlatishga imkon bersada, xato ma’lumotlarni tuzatishga imkon bermagan. Ko‘rsatib o‘tilgan nazorat usullari boshqa elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jalb qilmay geopotensial to‘g‘risidagi ma’lumotlardagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Ulardan farqli ravishda statik nazorat usuli ikki elementli hisoblanadi – bu usul geopotensial va harorat vertikal profillarining birgalikdagi tahliliga asoslanadi. Bir qator xollarda statik nazorat nafaqat xato ma’lumotlarni aniqlash, balki ularni tuzatish yoki yo‘qlarini to‘ldirishga ham imkoniyat yaratadi. L.SGandin tomonidan taklif qilingan statik nazorat usluiyatiniko‘rib chiqamiz. Nazorat asosiy izobarik sirtlar bilan chegaralangan har bir qatlam ichida statika tenglamasining bajarilishini tekshirishdan iborat. Har bir qatlam ichida harorat balandlik bo‘yicha chiziqli o‘zgaradi deb qabul qilinadi. Agar (1) 4

statika tenglamasini P o‘zgaruvchi bo‘yicha balandligi H n va H n+1 bo‘lgan P va P n+1 izobarik sirtlar oralig‘idagi qatlamda integrallasak, quyidagi munosabatni hosil qilamiz: (2) Bu nisbiy geopotensialning barometrik formulasidir. Bu yerda R – havoning gaz doimiysi, H n va H n+1 – P n va P n+1 sirtlarning geopotensiali (gp.m larda) qiymatlari, – mutlaq shkala bo‘yicha qatlamning o‘rtacha harorati: Agar haroratni Selsiy shkalasiga o‘tkazsak t 0 =T–T 00 , u holda quyidagi formulani hosil qilamiz: (3) bu yerda (4) 1-jadvalda 1000, 850, 700, 500, 400, 300, 200, 100 gPa sirtlarning geopotensiali va haroratini nazorat qilish sxemasining 8 ta sathi uchun va doimiylarining qiymatlari keltirilgan. 1-jadval Statik nazorat parametrlari Parametr N 1 2 3 4 5 6 7 8 P n , gPa 1000 850 700 500 400 300 200 150 P n+1 , gPa 850 700 500 400 300 200 150 100 , gp. dam 130,0 155,2 269,0 178,4 230,1 324,2 230,1 324,2 , gp. dam/ºS 0,238 0,284 0,493 0,327 0,421 0,594 0,421 0,594 , gp. dam 3 3 4 3 4 8 6 6 Real vertikal harorat profilining chiziqli qonuniyatdan chetlanishi, shuningdek o‘lchash xatolarining ta’sirida qo‘pol xatolar bo‘lmagan taqdirda ham 5