logo

BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

42.5 KB
M AVZU . BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT
QILISH
REJA
1.   Byudjetlashtirish   va   uning   texnologiya   jarayonlari   hamda   ishlab
chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni. 
2 .  K orxonalarning bosh byudjeti ,  uning tarkibi va tuzi li sh tartibi. 
3 .   Moslashuvchan   va   statik   byudjet .   Javobgarlik   markazlari   va
xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish. 1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab
chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni.
 «Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab
chiqish,   yalpi   ichki   mahsulotning   qiymatini   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   na -
tijasida hukumat  ixtiyorida markazlashgan  pul  fondlarining, korxonalar  ixtiyorida
esa   markazlashmagan   pul   fondla rining   shakllanishi   va   ulardan   oqilona
foydalanishni anglatadi. 1
Tor   ma’noda   esa,   «byudjetlashtirish»   atamasi   hali   bizning   iqtisodiy
adabiyotlarda   atroflicha   yoritilmagan,   chunki   korxonaning   doimiy   asosga
qo‘yilgan   kompleks   rejalashtirish,   nazorat   va   xo‘jalik   faoliyati   tahlili   tizimi   shu
paytgacha faqatgina biznes-rejalash tirish bilan cheklangan edi.
Taraqqiy   etgan   mamlakatlar   boshqaruv   hisobida   rejalashtirish   jarayonini
ta’riflash uchun «byudjetlash tirish» atamasidan keng foydalaniladi. 
Byudjetlashtirish   korxonaning   ma’lum   davrga   mo‘ljallangan   moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. 
Byudjetlashtirishning   afzalligi   korxona   moddiy,   mehnat   va   moliyaviy
resurslarini   uzoq,   qisqa   va   o‘rta   muddatli   rejalashtirish,   raqobatchilarning   xatti-
harakati,   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlarga   bo‘lgan   bozor   talablarini       o‘rganishda
o‘z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni
sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   o‘z   faoliyatlarini   tashkil   etishda   turli   xil
texnologik   jarayonlardan   foydalanadi.   Ushbu   jarayonlarning   har   birida
byudjetlashtirishning amalga oshirilishi quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi
hamda uni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutadi:
-korxonaning   maqsadlariga   erishishini   ta’minlovchi   xo‘jalik   muomalalarini
rejalashtirish;
1
Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 168bеt. -barcha   darajadagi   rahbarlarni   o‘zlari   javobgar   markazlar   bo‘yicha   o‘z
maqsadiga erishishlarida rag‘batlantirish;
-turli   xil   bo‘linmalar   faoliyatini   muvofiqlashtirish.   Bunda   bo‘linmalar
xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;
- korxona   joriy   faoliyatini   nazorat   qilish,   belgilangan   tartib-qoidalarga   amal
qilinishini ta’minlash;
  - javobgarlik   markazlari   va   ular   menejerlari   oldiga   qo‘yilgan   rejalarning
bajarilishini baholashda asos vazifasini o‘tash;
- menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.
2 .  K orxonalarning bosh byudjeti ,  uning tarkibi va tuzi li sh tartibi.
Bosh   byudjetni   tuzish   investitsiya   qilingan   mablag‘lardan   foy dalanish
samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi 2
:
a) moddiy xarajatlar smetasi;
b) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi xarajatlari
smetasi;
v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi;
g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi.
Ishlab chiqarish va savdo korxonalarining bosh byudjetini tuzishning yakuniy
bosqichi   kutilayotgan   foyda   yoki   zarar   to‘g‘risidagi   umumlashtirilgan   smetani
tuzib   chiqish   hisoblanadi.   Mazkur   smeta   quyidagi   ko‘rsatkichlarni   o‘zida   aks
ettiradi:
a)   mahsulotlar   sotish,   ishlar   bajarish   va   xizmatlar   ko‘rsatishdan   olingan
daromadlar;
b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari;
2
Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 176 bеt. v)   asosiy   ishlab   chiqarishda   band   bo‘lgan   xodimlarning   mehnat   haqi
xarajatlari;
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;
d) sotilgan mahsulotlar tannarxi;
e) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar. 
Bosh   byudjet   korxonaning   rahbarlari   uchun   muhim   bo‘lib,   rejalashtirilgan
hisobot   davrida   ular   oldida   turgan   maqsad   va   vazifalarni   ani q   belgilash   hamda
ishlab   chiqarish   dasturining   bajarilishi,   daromadlar   va   xarajatlarning   shakllanish
jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon
beradi.
Bosh   byudjetni   tuzish   investitsiya   q ilingan   mabla g‘ lardan   foy dalanish
samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Korxonaning   bosh   byudjeti   operatsion,   investitsiya   va   moliyaviy
byudjetlardan tashkil topadi.
Operatsion   byudjetning   asosiy   maqsadi   moliyaviy   mabla g‘ larning   taxminiy
manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir. 
Sotish   xarajatlari   byudjeti   strategik   rejalashtirish   asosida   xaridorlar
imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda
tuziladi. 
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq
muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi. 
3 . Moslashuvchan va statik byudjet .  Javobgarlik markazlari va
xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish. Byudjetlar   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarga   muvofiq,   moslashuvchan   va   statik
turlarga ajratiladi.
Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob - kitob
q ilinadi . 3
  Unda     daromadlar     va     xarajatlar     sotishlar   darajasidan   kelib   chiqqan
holda rejalashtiriladi.
Statik   byudjet   korxona   moliyaviy   natijalarining   ha q i q iyligini   ifodalaydi
hamda   pul   va   foiz   nisbatlaridagi   ko‘rsatkichlarning   mutla q   ra q amlarini
taqqoslashga imkon beradi.
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish
yo‘li   bilan   hisob-kitob   qilinadi.   Unda   sotish   hajmini   hisoblashning   bir   q ancha
mu q obil variantlaridan foydalaniladi. 
Korxonada javobgarlik markazlari bo‘yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish
xarajatlar   va   daromadlarni   samarali   boshqarishga,   chetlanishlar   bo‘yicha   tezkor
choralar   qabul   qilishga,   ijobiy   va   salbiy   chetlanishlarni   rejalashtirilgan   foyda
summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.  
Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarda   javobgarlik   markazlari   bo‘yicha   boshqaruv
hisobini   tashkil   etishda   ushbu   markazlarning   turlari   mohiyatiga   alohida   e’tibor
qaratish zarur.
Korxonada   bo‘linmalar   bo‘yicha   boshqaruv   hisobini   samarali   tashkil   etish
uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim 4
:
vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko‘ra;
markaz bajaradigan funksiyalar bo‘yicha.
3
Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi /Darslik–T.: YAngi nashr, 2012. - 182 bet.
?
Xasanov B.A.,Xashimov A.A, Boshqaruv hisobi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 41 bet.
4 Vakolatlar   va   javobgarlik   hajmidan   kelib   chiqqan   holda   javobgarlik
markazlarini   xarajatlar,   sotish,   foyda   va   investitsiyalar   markazlariga   bo‘lish
maqsadga muvofiqdir.
Xarajatlar   markazi   -   bu   faqat   xarajatlarning   maqsadli   sarflanishiga   mas’ul
bo‘lgan korxonaning bo‘linmasidir (ishlab chiqarish sexi, konstruktorlik byurosi va
h.k.). 
Korxonani   bunday   markaz   doirasida   boshqarish   maqsadida   ishlab   chiqarish
xarajatlarini   rejalashtirish,   me’yorlashtirish   va   hisobini   tashkil   etish   amalga
oshiriladi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
      1.  Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil deganda nimani tushunasiz.
           2. Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirishning xususiyati
nimada.
      3. Bahoni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering?
           4. Biznes tarkibini o‘zgartirish (restrukturizatsiya) qilish bo‘yicha qaror qabul
qilish.
5. Xarajatlarni nazorat qilish deganda nimani tushunasiz.
6. Byudjetlashtirish va bosh byudjeti nima uchun kerak.
7. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning mohiyati nimada.
8.   Javobgarlik   markazlari   va   xarajatlarning   kelib   chiqish   joylarini   nazorat
qilish nima uchun kerak.

M AVZU . BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH REJA 1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni. 2 . K orxonalarning bosh byudjeti , uning tarkibi va tuzi li sh tartibi. 3 . Moslashuvchan va statik byudjet . Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.

1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni. «Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash na - tijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondla rining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishni anglatadi. 1 Tor ma’noda esa, «byudjetlashtirish» atamasi hali bizning iqtisodiy adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha faqatgina biznes-rejalash tirish bilan cheklangan edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’riflash uchun «byudjetlash tirish» atamasidan keng foydalaniladi. Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy- xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Byudjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini uzoq, qisqa va o‘rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xatti- harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganishda o‘z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatlarini tashkil etishda turli xil texnologik jarayonlardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarning har birida byudjetlashtirishning amalga oshirilishi quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi hamda uni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutadi: -korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini rejalashtirish; 1 Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 168bеt.

-barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar bo‘yicha o‘z maqsadiga erishishlarida rag‘batlantirish; -turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi; - korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishini ta’minlash; - javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning bajarilishini baholashda asos vazifasini o‘tash; - menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish. 2 . K orxonalarning bosh byudjeti , uning tarkibi va tuzi li sh tartibi. Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foy dalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi. Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi 2 : a) moddiy xarajatlar smetasi; b) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi xarajatlari smetasi; v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi; g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi. Ishlab chiqarish va savdo korxonalarining bosh byudjetini tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan smetani tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettiradi: a) mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar; b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari; 2 Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 176 bеt.

v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlari; g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar; d) sotilgan mahsulotlar tannarxi; e) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar. Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni ani q belgilash hamda ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning shakllanish jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon beradi. Bosh byudjetni tuzish investitsiya q ilingan mabla g‘ lardan foy dalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi. Korxonaning bosh byudjeti operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi. Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mabla g‘ larning taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir. Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladi. Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi. 3 . Moslashuvchan va statik byudjet . Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.

Byudjetlar oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi. Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob - kitob q ilinadi . 3 Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining ha q i q iyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlarning mutla q ra q amlarini taqqoslashga imkon beradi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir q ancha mu q obil variantlaridan foydalaniladi. Korxonada javobgarlik markazlari bo‘yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur. Korxonada bo‘linmalar bo‘yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim 4 : vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko‘ra; markaz bajaradigan funksiyalar bo‘yicha. 3 Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi /Darslik–T.: YAngi nashr, 2012. - 182 bet. ? Xasanov B.A.,Xashimov A.A, Boshqaruv hisobi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 41 bet. 4