logo

O‘SIMLIKLARNING GENETIK MUHANDISLIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

49.7978515625 KB
O‘SIMLIKLARNING GENETIK MUHANDISLIGI
Reja:
1. O‘simliklar gen muxandisligi.
2. Genni tanlash va uni klonlash
3. Genni kiritish va uning retsipient o‘simlik genomi d a gi  ekspressi yasi
4.  Transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash
 O‘simliklar gen muxandisligi. Jinsiy   gibridizatsiya   va   tanlashga   asoslangan   an’anaviy
seleksiya usullari o‘simliklarning  yangi genotiplarini  olish imkoniyatini  beradi.  Ular yirik hajmdagi
qishloq   ho‘jalik   ekinlarining     gibrid   va   navlari,   shuningdek,   seleksiyaning   nodir   nusxalarini   olishni
ta’minlaydi. YAngi navlarni olishda an’anaviy (klassik), seleksiya usullari bundan  keyin ham asosiy
usullardan   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Gen   muhandisligi   manipulyasiyalari   qishloq   ho‘jalik   ekinlarining
patogenlarga   chidamli   yangi   nav,   shakl,   liniya   va   gibridlarini   olish   va   yangi   navlarni   joriy   etish
muddatlarini qisqartirish kabi qator muhim muammolarni echish imkoniyatini beradi.
Rekombinant   DNKlar   texnologiyasi   prokariot,   shuningdek   eukariot   kelib   chiqishga   ega
genlarni   ajratish,   bu   gen   (yoki   bir   necha   genlar)   retsipient   o‘simlik   xromosomasiga   ko‘chirib
o‘tkazish va uning ekspressiyasini ta’minlashga sharoit yaratadi. Bu texnologiyani qo‘llash izlanishni
birmuncha   aniq   maqsadli   qiladi   va   genetik   apparat   bilan   manipulyasiya   qilish   imkoniyatlarini
kengaytiradi.
O‘simliklarning   bitta   hujayrasidan   yaxlit   o‘simlik   olish   mumkinligi,   ya’ni   totipotentlik
xususiyati   hayvonlar   hujayralariga   nisbatan   ularning   eng   muhim   afzalligi   hisoblanadi.   O‘simliklar
gen muhandisligidagi  natijalar  o‘simlik  to‘qimalari  kulturasi  usullari,  ayniqsa, turli xil o‘simliklarni
regeneratsiya qilish uslublarini ishlab chiqishga bog‘liq bo‘ladi.
Gen   muhandisligi   texnologiyasi   transgen   o‘simlik   olishning   quyidagi   bosqichlarini   o‘z
ichiga   oladi:   1)   genni   tanlash   va   uni   klonlash;   2)   retsipient   -   o‘simlik   genotipini   tanlash;   3)   genni
kiritish   va   uning   retsipient   –   o‘simlik   genomiga   ekspressiyasi;   4)   transformant   hujayralar
regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash.
2. Genni   tanlash   va   uni   klonlash .   Genni   tanlash ,   o‘simlikka   ho‘jalik   ahamiyati   qimmatli
ma’lum   bir   belgini   o‘tkazish   zaruriyatidan   kelib   chiqadi.   Hozirgi   vaqtda ,   asosan ,   o‘simliklar
transformatsiyasi   uchun   monogen   belgilar,   ya’ni ,     pestitsidlarga   chidamlilik,   yoki   boshqa   xil   stress
omillarga     chidamlilikni   belgilovchi   genlar   keng   qo‘llaniladi.   Bu   belgilarga     javobgar   genlar ning
ko‘pchiligi   bakteriya   g e nomlar i dan   ajratib   olingan.   Keyingi   vaqtlarda   chidamlilik   belgilariga
javobgar donor sifatida yovvoyi o‘simlik turlari genomlari tanlanmoqda.   Turli xil tur, avlod va hatto
oilalarga mansub o‘simliklarning biologik jihatdan bir-biriga mos kelmasligi sababli  b unday genlarni
retsipient   o‘simliklar   genomiga   jinsiy   gibridizatsiya   usuli   orqaligina   kiriti sh   mumkin   emas.   Hal
etilishi yanada murakkab muammo bir guruh sifat belgilari: urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past
haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish  hisoblanadi.
Retsipient   o‘simlik   genotipini   tanlash .   Retsipient   sifatida   ishlab   chiqarish   amaliyoti
talablariga   hosildorligi,   urug‘   -   mevasi   sifati,   biotik   va   abiotik   stresslarga   chidamliligi   bilan   javob
bera oladigan, lekin faqat birgina salbiy belgi, masalan, zararkunanda hasharotga chidamsiz nav yoki
liniyalar   tanlab   olinadi.     Bunday     o‘simliklar   genomiga   hasharotlarni   nobud   qiluvchi   prototoksin
oqsili ekspressiyasini ta’minlovchi v   bt2   bakteriya genini kiritish tanlab olingan navda hosildorlikni
sezilarli   oshishiga   sabab   bo‘ladi.   SHuningdek,       retsipient   o‘simlik   genotipini   tanlashda
hujayralarning   yaxlit   (fertil)   etuk   o‘simlikka   qadar   regeneratsiya   qilish   xususiyati   ham   inobatga
olinadi, chunki bu belgi  genotipga ham bir qadar bog‘liqdir. 3. Genni   kiritish   va   uning   retsipient   o‘simlik   genomi d a gi   ekspressi yasi .   O‘simliklar
genomiga   begona   genlarni   ko‘chirib   o‘tkazish   muammosi   begona   genlarni   ikki   pallali   va   ba’zi   bir
pallali   o‘simliklar   genomiga   ko‘chirib   o‘tkazish   imkoni ni   beruvchi   tuproq   agrobakteriyalari
Agrobacterium tumefaciens tarkibida gi  Ti – plazmidlar i ning aniqlanishi bilan birmuncha engillashdi.
So‘nggi   vaqtlarda   o‘simlik     hujayralari   transformatsiyasi da   bioballistik   transformatsiya     usuli ,
ayniqsa,   bir   pallali   o‘simliklar   uchun   keng   qo‘llanilmoqda.   Begona   genni   retsipient   o‘simlik
genomiga ekspressiyasini   amalga oshirish   va avlodlarda belgining nasldan – naslga tur g‘ un o‘tishini
ta’minlash muhim  masala  hisoblanadi . Kiritilgan gen ni  ekspressiya  bo‘lishi  bir qator sabablar :  genni
o‘simlik   genomiga   integratsiya   bo‘lgan   joyi ,   promotor   qismining   metillanish   izchilligi,     kiritilgan
genning xususiyatlari  va h.k. larga bog‘liq.
            4. Transformant   h ujayralar   regeneratsiyasi   va   transgen   o‘simliklarni   tanlash.
Transformant  h ujayralardan etuk o‘simlikni regeneratsiya   b o‘lishi  h ujayralar totipotent ligi ga bog‘liq,
ammo bu har doim    ham amalga oshavermaydi. Totipoten t lik belgisi ikki pallali o‘simliklar: tamaki,
kartoshka,   lavlagi,   soya,   r a ps,   beda,   pomidor,   sabzi,   karam   va   ba’zi   mevali   daraxtlarda   yaqqol
ifodalangan.   Bir   pallalilar,   ayniqsa,   boshoqdoshlarda   bu   belgi   kuchsiz   ifodalangan   bo‘lib,   ularda
hujayradan etuk o‘simlikni regeneratsiyasi jarayoni juda qiyinchiliklar bilan kechadi. Hozirgi vaqtda
g‘alla ekinlariga mansub ba’zi o‘simliklar makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, suli kabilarni regeneratsiya
qilish usullari ishlab chiqilgan.
SHuni   qayd   etish   lozimki,   ko‘plab   o‘simliklarni   regeneratsiya   qilish   bo‘yicha   yildan   yilga
bir qator takomillashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda va rivojlantirilmoqda.
O‘SIMLIK HUJAYRALARI TRANSFORMATSIYASI USULLARI
Reja:
1. O‘simliklar xujayrasiga genlarni tansformatsiyalash 
2. O‘simliklarga genlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish
3.  DNK mikroin’eksiyasi
4.  Elektroporatsiya  
5. Liposomalarga joylashtirish  
6. Bioballistik transformatsiyalar usuli
7.  O‘simliklar  transformatsiyasining dalillari
1 .O‘simliklar   xujayrasiga   genlarni   tansformatsiyalash .Ikki   pallali   transgen   o‘simliklar
olishda   eng   keng   tarqalgan   usullardan   biri   agrobakteriyalar   bilan   kokultivatsiya   qilish   usuli
hisoblanadi   (2.9.   -   rasm).   U   o‘simlik   eksplantlarini   T-DNK   hududiga   begona   gen   joylashtirilgan
vektor   konstruksiyaga   ega   agrobakteriyalar   bilan   transformatsiya   qilishga   asoslangan.   Uning   keng
tarqalganligining   sababi,   transformatsiyani   amalga   oshirishning   birmuncha   soddaligi   transgen
o‘simliklarni ajratib olishda yuqori (o‘simlik  turiga qarab, 10-60 %) samaradorligi bilan izohlanadi.
Dastlabki material uchun vektor (binar, koingegrativ yoki muayyan transformatsiya turi uchun
yaroqli   boshqa   biror)   konstruksiyaga   ega   bo‘lgan   agrobakteriya   shtammi   bo‘lishi   lozim.   Vektor
o‘simlik   genomiga   kiritilishi   lozim   bo‘lgan   gen   ketma-ketligiga   ega   bo‘lishi   kerak.   Genning   kelib
chiqishi (prokariot yoki eukariot) transformatsiya  uchun ahamiyatsizdir, lekin u o‘simlik hujayrasiga
ekspressiya   bo‘la   oladigan   promotor   nazorati   ostida   bo‘lishi   lozim.   Fuksional   gendan   tashqari ,
vektor,   albatta,   transformatsiyaning   selektiv   nishon   belgisini   saqlashi   shart.   Bunday   nishon   belgi
sifatida   antibiotiklar:   k anamitsin   ( npt -geni),  gigromitsin   ( npt -geni)  va   yoki  gerbitsidlar  xlorsulforon
( ALS - geni), fosfinotritsin  ( bar -   geni) (BASTA) ga chidamlilik  belgisini  yuzaga  chiqaradigan  genlar
ishlatiladi. Bundan tashqari ,  retsipient – o‘simlik navlarini tanlab olish lozim. Transformatsiya uchun
eksplant   sifatida   steril   o‘simlik   barg   plastinkalari   olinadi.   Biroq   buning   uchun   yosh   ildiz lar (arabidopsis da ),   gipokotil   (pomidor da ),   urug‘palla   (pomidor,   baqlajon da ) ,     bo‘g‘im   oralig‘i
(kartoshka da )  h am ishlatilishi mumkin.
Eksplantlarni   vektor   konstruksiyali     agrobakteriyalar   saqlovchi   suyuq   muhitida   inokulyasiya
qilinadi.   Inokulyasiya   qilish   muddati   h ar   bir   tur   o‘simlik   uchun   alo h ida   tanlab   olinadi.   Bunda
eksplantning   jarohatlangan     yuzasida  hujayralarning  zararlanishi  boshlanib,  kokultivatsiyadan  so‘ng
24 –  48 soat  o‘tg a ch,   T -DNK   bo‘lagini   begona  (tanlab  olingan)   gen  bilan  birga  o‘simlik   genomiga
joylashi shi sodir bo‘ladi. SHundan so‘ng, eksplantlarni  antibiotiklar  (karbenitsillin  yoki sefot a ksi m)
saqlovchi oz i qa mu h itiga o‘tkaziladi, bu agrobakteriya   h ujayralarning tanl ab nobud bo‘lishiga sabab
bo‘ladi.   Bundan   tashqari ,   oz i qa   mu h itiga   kerakli   (to‘g‘ridan - to‘g‘ri   regen e ratsiya   yoki   kallus   h osil
bo‘lishi uchun) fitog o rmonlar va transformant  hujayralarni  selektiv  tanlab olish uchun antibiotiklar ,
gerbitsid   qo‘ shi ladi.   Antibiotik   yoki   gerbitsidga   chidamlilik   genlari ning   ekspressiyasi ni   amalga
oshiruvchi   ega transgen o‘simliklar selektiv agent qo‘shilgan mu h itda o‘sa olsa, transgen bo‘lmagan
o‘simliklar   bunday   mu h itda   nobud   bo‘ladi.   2-5   h aftadan   so‘ng   transformant   eksplantlardan   po ya lar
o‘sib   chiqa   boshlaydi,   ularni   ajratib   olinadi   yoki     keyin gi   qo‘shimcha   molekulyar   ta h lillar   uchun
tuproqqa ko‘chirib o‘tkaziladi (2. 9 . a – rasm).
Protoplastlar   shu   yo‘sinda   transformatsiya   qili nadi,   lekin   bu   usuldagi   transformatsiya
protoplastlarning  o‘zida  regeneratsiya qilish qobiliyati sustligi uchun kam  s amara  beradi.
O‘simliklarga   genlarni   to‘g‘ridan   -   to‘g‘ri   ko‘chirib   o‘tkazish .   O‘ simlik   h ujayralariga
genlarni   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ko‘chirib   o‘tkazishda   o‘simlik   protoplastlarini ng   transformatsiyasi   keng
qo‘llaniladi.   O‘simlik   h ujayra   devoriga   fermentlar   (sellyul a za,   pektin a za)   bilan   ishlov   berilganda
h ujayra   devori  emirilib,  faqat   protoplast   qoladi.   DNK   ishtirokida  p rotoplastlarni   to‘g‘ridan   -  to‘g‘ri
transformatsiya lash   usuli   ishlab   chiqilgan.   Transformatsiyaning   birmuncha   yuqori   samaradorligiga
(10 -2
)   elektroporatsiya   va   polietilenlik o l   qo‘shish   usuli   orqali   erishish   mumkin.   Agrobakteriyalar
bilan   transformatsiya   qilishga   nisbatan,   to‘g‘ridan   -   to‘g‘ri   ko‘chirib   o‘tkazish   usuli ning   chastotasi
kam   bo‘lsa - da,   birmuncha   afzalliklarga   ega.   Vektor   maxsus   biologik   signallar   va   transformatsiya
funksiyalari   (T -DNK   hududi     bilan   chegaralangan   va   vir - hududi)   ga  ega   bo‘lmasligi   h am   mumk i n.
Transformatsiya   uchun   deyarli h ar qanday begona gen tutuvchi DNK vektori qo‘llanilishi mumkin.
Bunda   gibrid   gen   (faqat   tegishli   r e gulyator   hududlar   mavjud   bulganida )   hujayra   rekombinatsiyasi
mexanizmlaridan   foydalanib,     ayniqsa,   protoplast   yadrosiga   to‘g‘ridan   -   to‘g‘ri   in’eksiya   qilishda
o‘simlik yadro  DNK siga  integratsiya bo‘ladi va ekspressiyalanadi .
         H ozirgi va q tda 140 dan orti q   o‘ simlik turlari vektor  DNKsini  protoplast   h ujayralariga turli
usullar bilan k o‘ chirib  o‘ tkazish orqali transformatsiya qilingan.
DNK   mikroin’eksiyasi .   Bir   qator   tajribalarning   ko‘rsatishicha,   o‘simlik   hujayralari
transformatsiyasi   uchun  hayvon   hujayralaridagi   mikroin’eksiyalar   singari   mikroin’eksiyalari   usulini
qo‘llash   mumkin.   Bunda   in’eksiya   uchun   protoplastlar   olishda   ularni   polilizinli   shishalarga
yopishtirish usullari ishlab chiqilganligi qator texnik qiyinchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini berdi
(2.10-rasm). 
Vektor   tipiga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   o‘simlik   protoplastlari   transformatsiyasi
samaradorligi 10-15 % dan oshmaydi, u   ikki pallali o‘simliklar uchun ham bir pallalilar uchun ham
bir xilda muvofiq keladi.
Elektroporatsiya .   Bu   usul   yuqori   impulsli   kuchlanishlarning   biomembranalar
o‘tkazuvchanligini   qaytar   darajada   oshirishga   asoslangan.   O‘simlik   protoplastlari   uchun
elektroporatsiya   muolajalari   juda   samarali   hisoblanadi.   Usulning   mohiyati   quyidagicha:   DNK-
vektorini  saqlovchi  yuqori konsentratsiyali  eritmadagi  o‘simlik  protoplastlariga  yuqori voltli  impuls
(kuchlanish   200-350   V,   impuls   davomiyligi   54   ms)   bilan   ta’sir   etiladi   (2.11-rasm).   Natijada   DNK
molekulalari hujayra membranasidagi poralar (teshikchalar) orqali yutiladi. Eritma aralashtirilgandan so‘ng   protoplastlarni   regeneratsiya   bo‘lishi   uchun   etarli   muhitga   ekiladi.   Ko‘chirib   o‘tkazishning
samarasi elektr shokidan so‘ng 24-28 soat o‘tgach aniqlanadi.
Liposomalarga   joylashtirish .   O‘simlik   protoplastlariga   o‘tkaziladigan   ekzogen   genetik
materialni nuklein kislotalarni parchalaydigan nukleazalar ta’siridan himoya qilishda qo‘llaniladigan
usullardan biri  liposamalarga joylashtirish usuli.
   Liposomalar   qobig‘i   fosfolipidlardan   tashkil   topgan   sferik   shakllar   hisoblanadi.   Ularni
fosfolipidlarni   suvli   emulsiyalariga     ultratovushlar   bilan   ishlov   berish   yoki   qattiq   chayqatish
natijasida   olish   mumkin.   Liposomalar   yordamida   o‘simlik   protoplastlariga   tamaki   mozaikasi   virusi
RNK   si,     A.tumefaciens   bakteriyasi     Ti   –   plazmidasi   DNK   si,   shuningdek,   butun   metafaza   davri
xromosomalari kiritilgan. Liposomalar yordamida ko‘chirib o‘tkazish tizimlarning afzalliklari sifatida
ularning   hujayralarga   nisbatan   zaharliligining   kamligi,   liposomalarni   parchalash   xususiyatiga   ega
hujayralari  bo‘lgan ko‘plab o‘simliklarda  ishlatish mumkinligini  ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtga
kelib,  mazkur  usul  texnik jihatdan  qiyinligi  va transformatsiyalash  faolligining  nisbatan  kam  (0,5-1
%) ligi uchun tobora kam foydalanilmoqda.
Bioballistik   transformatsiyalar   usuli .   Bioballistika   usuli   bugungi   kunga   kelib,   bir
pallalilar uchun eng samarali usullardan hisoblanadi, shuningdek uni   ikki pallali o‘simliklarda ham
muvaffiqiyat   bilan   qo‘llash   mumkin.   Transformatsiya   uchun   dastlabki   material   sifatida   kulturalar
suspenziyasi, kallus to‘qimasi yoki bir pallalilarning etilmagan murtak o‘simtalari olinadi.
Mazkur   usulning   mohiyati   shundan   iboratki,   diametri   0,6-1,2   mkm   bo‘lgan   volfram,   oltin
yoki  platina   bo‘lakchalari  transformatsiya  uchun  zarur  gen  konstruksiyalari  saqlovchi   DNK  ustidan
purkaladi.   DNK   tutuvchi   volfram,   platina   yoki   oltin   bo‘lakchalari     sellofan   qobiq   bilan   o‘ralib,
bioballistik   zambarak   ichiga   joylashtiriladi.   Kallus   yoki   hujayra   suspenziyasi   agarli   oziqa   muhiti
solingan   Petri   likopchasiga   o‘tkaziladi   va   bioballistik   zambarak   ro‘parasiga   10-15   sm   masofada
joylashtiriladi.   Zambarakdagi   bosim   vakuum   nasos   bilan   1,0   atm   gacha   tushiriladi.   Bosim
tushiriladigan   vaqtda   zambarakdan   volfram   yoki   oltin   bo‘lakchalari   otilib   chiqib,   hujayra   devorini
yorib o‘tadi va sitoplazmaga, hujayra yadrosiga o‘tadi.
Odatda bevosita markazda joylashgan hujayralar volfram va oltin bo‘lakchalarining ko‘plab
kelib urilishi va juda kuchli bosimi tufayli nobud bo‘ladi,   ulardan 0,6-1 sm markazdan uzoqda esa
transformant   hujayralar   joylashadi.   SHundan   so‘ng   hujayralarni   davomli     ekish   va   regeneratsiya
qilish uchun oziqa muhitlariga ko‘chirib o‘tkaziladi.
Bioballistik   zambaraklar   yordamida   bir   pallali   makkajo‘xori,   sholi,   bug‘doy,   arpa
o‘simliklari transformatsiya qilinib, turg‘un transgen o‘simliklar olingan. Bundan tashqari bioballistik
transformatsiya   DNK   ni   embriogen   changchiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ko‘chirib   o‘tkazish,   transgen
digaploid o‘simliklar olish uchun qo‘llaniladi va u seleksiya ishlarida muhim bosqich hisoblanadi. Bu
usul   bilan   tamaki   o‘simligining     transformatsiyasi   amalga   oshirilib,   gaploid   o‘simliklar
regeneratsiyasidan so‘ng turg‘un  transfor-mantlar olingan.
O‘simliklar     transformatsiyasi ning   dalillari.   O‘simliklar   transformatsiyasi   vektorlari
tarkibiga   funksional   gendan   tashqari   selektiv   nishon   gen lar i   kiradi.     Bu   gen   odatda   antibiotiklar
kanamitsin ( prtII   -geni )   yoki     gigromitsin   ( prtII -   gen i )   ga   chidamlilik genlarini  kodirlaydi, shuning
uchun   transgen   o‘simliklarni   dastlabki   tanlov   ishlarini   tegishli   antibiotiklar   saqlovchi   oz i qa
mu h itlarida   olib   boriladi.   Bunday   mu h itda   genomi   tarkibida   selektiv   nishon   geni   bo‘lgan
o‘simliklargina   regeneratsiya   qila   oladi.   Biroq   selektiv   mu h itda   o‘sa   olish   xususiyatining   o‘zi
o‘simlikning transgen tabiatini isbotlovchi yagona dalil bo‘la olmaydi.
T-DNK ketma-ketliklari  borligi ni to‘liq isbotlashda polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) 
ta h lili va T-DNK  bo‘lagi ni radioaktiv zond sifatida qo‘llash orqali transgen o‘simlik xromosoma 
DNK sining blot – gibridizatsiyasiga asoslangan molekulyar  ta h lili o‘tkaziladi. Bunday ta h lillarni  o‘tkazish juda qimmat  tursa - da, olingan natijalar transformatsiya amalga oshganligi, T-DNK – 
konstruksiyalarning qanchasi o‘simlik genomiga o‘rnasha olganligi to‘ g‘ risida  ishonchli  ma’lumot 
olish imkonini beradi. Bundan tashqari ,   funksional gen ekspressiyasining qo‘shimcha ta h lilini 
tegishli  m RNK yoki oqsilni aniqlash usullari orqali amalga oshiriladi.
AGROBAKTERIYALAR ASOSIDA O‘SIMLIKLAR TRANSFORMATSIYASI
Reja:
1.Ti – plazmidalar asosida transformatsiya qilish uchun vektorlar 
2.Kointegrativ vektorlar 
3.Binar vektorlar  Ri – plazmidasi asosida o‘simliklar transformatsiyasi 
4.DNK saqlovchi viruslar asosidagi o‘simlik vektorlari 
5.Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar (transpozonlar) asosidagi vektorlar
Ti – plazmidalar asosida transformatsiya  qilish  uchun vektorlar .  Transgen o‘simliklar olishdagi
asosiy   muammolardan   biri   o‘simliklar   xromosomasiga   begona   genlarni   kiritish   ya’ni,   o‘simlik
hujayralari   transformatsiyasi   hisoblandi.   Bu   borada   tuproq   agrobakteriyalari   Ti   –   plazmidalaridan
o‘simliklar   transformatsiyasi   tabiiy   tizimida   foydalanish   imkoniyatining   kashf   etilishi   muhim   turtki
bo‘ldi.
     Shish   hosil   qiluvchi   kuchli   induktorlardan   biri   Agrobacterium   tumefaciens   misolida   shish
chaqiruvchi vosita Ti – plazmida deb nomlangan (ingliz tilidan Tumor inducing – shish chaqiruvchi)
maxsus   plazmida   bo‘lib,   uning   bir   qismi   o‘simlik   hujayrasi   xromosomasiga   o‘rnashib   olishi
aniqlangan (2.1- rasm).
Ti – plazmida  uzunligi 200 m.n.j  (ming nukleotid juft) dan iborat halqasimon DNK dan tashkil
topgan.   U   bakteriya   hujayralarida   avtonom   replikatsiya   bo‘la   olish   xususiyatiga   ega.   Ti   –
plazmidalarni   ular   sintezlaydigan   opinlar   tipiga   ko‘ra   4   ta   guruhga   bo‘lishi   mumkin.   Ko‘pincha
nopalin   yoki   oktopin   aminokislotalarini   kodirlaydigan     Ti   –   plazmidalar   uchraydi.   Agrobakteriya
hujayrasi plazmidalarning faqat biri oktopin yoki nopalin kodirlaydigan tipini saqlashi mumkin.
Ti – plazmidaning nodir biologik xususiyatlari uni genlarni ko‘chirib o‘tkazishdagi ideal tabiiy
vektorga   aylantiradi.   Ti   –   plazmidasi   ho‘jayinlarning   keng   spektriga   ega,   u   T-DNK   ni   o‘simlik
xromosomasiga   o‘tkazadi,   u   erda   T-DNK   replikatsiyasi   amalga   oshadi   va   uning   genlari   oqsil   hosil
qilish   bilan   translyasiya   bo‘ladi.   T-DNK   chegaralari   uzunligi   25   nukleotid   juftliklardan   iborat
takrorlanuvchi   to‘g‘ri   ketma-ketliklardan   iborat   bo‘lib,   bu   ketma-ketliklar   oralig‘iga   ulangan   har
qanday   begona   DNK   bo‘lagi   o‘simlik   hujayrasiga   o‘ta   oladi.   Biroq   Ti   –   plazmidasi   bilan     ishlash
uning   katta   o‘lchamdaligi   sababli   qiyinchilik   tug‘diradi,   an’anaviy   usullarni   qo‘llab,   genni
plazmidaga   ulab   bo‘lmaydi.   SHuning   uchun   Ti   –   plazmida   gen   muhandisligi   usullari   yordamida
modifikatsiya   qilinib,   uning   asosida   o‘simliklar   transformatsiyasi   uchun   vektorlar   olingan   (2.4   -
rasm).
Kointegrativ   vektorlar .   Begona   DNK   ni   o‘simlik     genomiga   kiritilishni   osonlashtiruvchi
usullardan   biri  kointegrativ  vektorlardan   foydalanish  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  yo‘nalishning  mohiyati
quyidagicha.   Begona   genni   o‘simlik   genomiga   ko‘chirib   o‘tkazishdagi   barcha   jarayonlarni   2
bosqichga bo‘linadi: o‘simlik genomiga kiritilishi lozim genni klonlash va o‘simlik hujayrasi genomi
transformatsiyasini   amalga   oshirish.   Bu   ikkala   bosqich   turli   xil   vektorlar   yordamida   amalga
oshiriladi.
Kerakli   genni   klonlash   uchun   yordamchi   (oraliq)   vektor   sifatida   E.   coli   asosidagi
plazmidalardan foydalaniladi. Ularga T-DNK ning chegaralangan T-DNK ketma-ketliklari fragmenti
va   selektiv   (odatda,   antibiotiklar   kanamitsin,   gigromitsin   yoki   gerbitsidga)   chidamlilik   belgisini kodirlaydigan  geni joylashtiriladi,  bu esa kelgusida transgen o‘simliklarni  tanlashni amalga  oshirish
imkonini   beradi.   Bunday   vektor   kichik   hajmga   ega,   undan   T-DNK   hududiga     kerakli   gen   ketma   –
ketligini ulab, klonlash maqsadida foydalaniladi.
Binar vektorlar .   Begona DNK ni ko‘chirib o‘tkazishning   boshqa xil birmuncha sodda, keng
qo‘llaniladigan uslublaridan biri binar vektorlardan foydalanish hisoblanadi. Ilgari qayd etilganidek,
agrobakteriyalar   bilan   o‘simlik   hujayrasini   zararlantirish   va   javobgar   vir   –hududi   transformatsiyani
amalga oshirish uchun DNK ni ko‘chirib o‘tkazish va T-DNK rayonini chegaralovchi to‘g‘ri takroriy
ketma-ketliklar   zarurdir.   Bundan   tashqari   vir   hududi   va   DNK   ning   chegaralovchi   takroriy   ketma-
ketliklari   bitta   plazmida   tarkibida   joylashgan   bo‘lishi   muhimdir.   Binar   vektorlar   tizimi   shunga
asoslanganki,   o‘simliklar   transformatsiyasi   uchun   foydalaniladigan   agrobakteriya   hujayrasida   bir
vaqtning o‘zida ikkita plazmida joylashgan bo‘ladi. Ulardan biri T-DNK ning chegaralangan qismlar
ketma-ketliklariga   ega   bo‘lsa,   ikkinchisi   vir   hududiga   ega   bo‘ladi.   Ikkala   plazmida   ham   mustaqil
replikatsiya   bo‘la   oladi,   lekin   alohida   holda     o‘simliklar   transformatsiyasiga   sabab   bo‘la   olmaydi.
Bunda   T-DNK   tutuvchi   plazmida   o‘z   tarkibida   E.coli   plazmidasi   fragmentlari   (jumladan,
replikatsiyaning boshlang‘ich nuqtasini) tutadi, bu esa E. coli hujayralarida klonlash bo‘yicha barcha
manipulyasiyalarni amalga oshirish va barcha jarayonlar (soddalashtirish) ni osonlashtirish imkonini
beradi. Kointegrativ vektorga analogik holda kerakli (maqsadli) gen va selektiv marker geni T-DNK
hududiga ulanadi, shundan so‘ng bunday rekombinant plazmida   vir -hududiga   ega boshqa plazmida
saqlovchi agrobakteriyalar hujayrasiga kiritiladi. 
Ri   –   plazmidasi   asosida   o‘simliklar   transformatsiyasi .       A.   tumefaciensning   Ti-
plazmidalaridan   tashqari   A.   rhizogenes   agrobakteriyasidan     ajratib   olingan   Ri   plazmidalar i   (ing liz
tilidan   Root   inducing   –   ortiqcha   ildiz   h osil   bo‘lishini   indutsirlovchilar )   h am   o‘simlik   h ujayrasiga
transformatsiya bo‘lish xususiyatiga ega. Ri plazmidalar   h am ildiz   h osil bo‘lishini kuchaytirib,  Ti –
plazmidalar   kabi   opinlar   sinteziga   sabab     bo‘ladi.   Biroq   Ri   plazmidalar   Ti   –   plazmidalardan   farqli
o‘laroq,   onkogen   emas,     transformats iyadan   s o‘ng   o‘simlik   h ujayralari   sog‘lom ,   serh osildor
o‘simliklarni   regen erats iya   qilish   xususiyatiga   ega   bo‘ladi.   Hozirgi   vaqtda   Ri-   plazmidalari   asosida
ham   o‘simliklar gen mu h andisligi uchun  k o‘plab vektorlar olingan.
DNK saqlovchi viruslar asosidagi o‘simlik vektorlar i .  Ko‘pchilik fitoviruslar genetik axborot
tashuvchi   sifatida   RNK   tutadilar.   O‘simliklarni     zararlovchi   viruslarning   faqat   1-2   %   igina   DNK
saqlovchi bo‘ladi. Aynan ular rekombinant DNK olish texnologiyasida qo‘llash uchun juda qulay va
o‘simliklarga genlarni ko‘chirib o‘tkazuvchi vektorlar uchun asosiy   vositalar hisoblanadi.   Bu borada
kara m guldoshlar   oilasiga   mansub   o‘simliklarni   zararlaydigan   gulkaramning   C a MV   (cauliflower
mosaic   virus)   mozaika   virusi   eng   istiqbolli   bo‘lib   h isoblanadi.   Bu   virus   qismlari   diametri   50   nm
atrofida bo‘lib, 8000 j.n. uzunlikdagi   h alqasimon DNK tutadi. C a MV   genomining katta bo‘lmagan
h ajmi   bilan   xuddi bakteriya plazmidasi singari virus DNK si bilan in vitro sharoitida   ishlash   imkoni
mavjud   va   uni   o‘simlik   bargiga   ishqalash   orqali   kiritish   mumkin .   Oz   miqdordagi   h ujayralarni
zararlantirish   yaxlit   o‘simlikni  zararlanishiga  olib keladi, chunki virus   h ujayradan –   h ujayraga o‘tib
tez tarqaladi. Bitta o‘simlikni zararlash uchun 1- 5 mkg  DNK qo‘llanilganda, agrobakteriyalar bilan
zararlantirishga nisbatan bir muncha yuqori, deyarli 100 % ga etadigan samaradorlik ka erishiladi .
Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar (transpozonlar) asosidagi vektorlar.   Ac (Activator) –
1940     yillarning   o‘rtalarida   makkajo‘xori   genomi   maxsus   uchastkalarida   xromosomada   uzilish   va
genomning   maxsus   uchastkalarida   ksinillik   holatini   chaqirish   xususiyatiga   ko‘ra,   birinchi   marta
genetik   usullar   yordamida   Barbara   Mak   Klinton   tomonidan   identifikatsiya   qilingan.     As-   elementi
genom   bo‘ylab   faol   transpozitsiya   bo‘lish     xususiyatiga   ega   ko‘chib   yuruvchi   genetik   elementlar
guruhiga kiritiladi. Transpozonlarning bu oilasiga birlamchi  strukturasi jihatidan As- elementiga  qardosh bo‘lgan,
biroq   ichki   rayonlaridagi   deletsiyalari   tufayli   genomga   mustaqil   joylasha   olmaydigan   Ds   –
elementlari   geterogen   guruhi   ham   kiritiladi,   bunda   transpozitsiyalar   ehtimoli   faqat   As   –   elementi
maxsus oqsili transpozoaza ishtirokida amalga oshadi.
Aniqlanishicha,   As–elementi   makkajo‘xori   o‘simligidan   tashqari   boshqa   xil   o‘simliklar:
arabidopsis,   sabzi,   kartoshka,   pomidor,   sholi   va   h.k.   genomlarida   ham   faol   bo‘lishi   mumkin   ekan.
Arabidopsis  o‘simligi  genomida   As–elementi   transpozitsiyasi   qonuniyatlarini  tadqiq   qilish  bo‘yicha
tajriba   natijalarining   ko‘rsatishicha,   As-   ko‘chib   yuruvchi   elementi   asosidagi   konstruksiyalardan
nishonlangan transpozitsiyalar tizimi ni olishda foydalanish mumkin, shuningdek,   qopqon (enhances
trap   lines)   nomli   genlar   liniyalari ni   yaratish   yangi   genlar,   jumladan     to‘qimaga   xos   ekspressiya,
ya’ni,   ma’lum   bir   to‘qimalarda   transkripsiya   va   translyasiyaga   uchraydigan   genlar   guruhini
identifikatsiya   qilish   imkonini   beradi.   SHunday   qilib,   muayyan   to‘qimalarga   xos   bo‘lgan,   masalan,
ildiz, murtak xaltasi va h.k. to‘qimalariga xos genlar va oqsillarni identifikatsiya qilish (va kelgusida
amaliyotda   qo‘llash)   mumkin.   Bunday   vektorlarda   reporter   genlarni   qo‘llash   transpozonli
konstruksiyalardagi   integratsiyaning     yangi   saytlarni   belgilash   va   insersiya   joylarini   aniqlash
imkonini   beradi.   Ular   funksional   genlarning     ketma-ketligi   atrofi   yoki   bevosita   o‘ziga   o‘tib   olib,
uning     keyingi   klonlanishi   va   sekvens   qilinishiga   sharoit   yaratadi,   shuning     uchun   bunday   tipdagi
plazmida- vektorlarni - gen tutgich (qopqon) deb ataladi.

O‘SIMLIKLARNING GENETIK MUHANDISLIGI Reja: 1. O‘simliklar gen muxandisligi. 2. Genni tanlash va uni klonlash 3. Genni kiritish va uning retsipient o‘simlik genomi d a gi ekspressi yasi 4. Transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash O‘simliklar gen muxandisligi. Jinsiy gibridizatsiya va tanlashga asoslangan an’anaviy seleksiya usullari o‘simliklarning yangi genotiplarini olish imkoniyatini beradi. Ular yirik hajmdagi qishloq ho‘jalik ekinlarining gibrid va navlari, shuningdek, seleksiyaning nodir nusxalarini olishni ta’minlaydi. YAngi navlarni olishda an’anaviy (klassik), seleksiya usullari bundan keyin ham asosiy usullardan bo‘lib xizmat qiladi. Gen muhandisligi manipulyasiyalari qishloq ho‘jalik ekinlarining patogenlarga chidamli yangi nav, shakl, liniya va gibridlarini olish va yangi navlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish kabi qator muhim muammolarni echish imkoniyatini beradi. Rekombinant DNKlar texnologiyasi prokariot, shuningdek eukariot kelib chiqishga ega genlarni ajratish, bu gen (yoki bir necha genlar) retsipient o‘simlik xromosomasiga ko‘chirib o‘tkazish va uning ekspressiyasini ta’minlashga sharoit yaratadi. Bu texnologiyani qo‘llash izlanishni birmuncha aniq maqsadli qiladi va genetik apparat bilan manipulyasiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘simliklarning bitta hujayrasidan yaxlit o‘simlik olish mumkinligi, ya’ni totipotentlik xususiyati hayvonlar hujayralariga nisbatan ularning eng muhim afzalligi hisoblanadi. O‘simliklar gen muhandisligidagi natijalar o‘simlik to‘qimalari kulturasi usullari, ayniqsa, turli xil o‘simliklarni regeneratsiya qilish uslublarini ishlab chiqishga bog‘liq bo‘ladi. Gen muhandisligi texnologiyasi transgen o‘simlik olishning quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi: 1) genni tanlash va uni klonlash; 2) retsipient - o‘simlik genotipini tanlash; 3) genni kiritish va uning retsipient – o‘simlik genomiga ekspressiyasi; 4) transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash. 2. Genni tanlash va uni klonlash . Genni tanlash , o‘simlikka ho‘jalik ahamiyati qimmatli ma’lum bir belgini o‘tkazish zaruriyatidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda , asosan , o‘simliklar transformatsiyasi uchun monogen belgilar, ya’ni , pestitsidlarga chidamlilik, yoki boshqa xil stress omillarga chidamlilikni belgilovchi genlar keng qo‘llaniladi. Bu belgilarga javobgar genlar ning ko‘pchiligi bakteriya g e nomlar i dan ajratib olingan. Keyingi vaqtlarda chidamlilik belgilariga javobgar donor sifatida yovvoyi o‘simlik turlari genomlari tanlanmoqda. Turli xil tur, avlod va hatto oilalarga mansub o‘simliklarning biologik jihatdan bir-biriga mos kelmasligi sababli b unday genlarni retsipient o‘simliklar genomiga jinsiy gibridizatsiya usuli orqaligina kiriti sh mumkin emas. Hal etilishi yanada murakkab muammo bir guruh sifat belgilari: urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish hisoblanadi. Retsipient o‘simlik genotipini tanlash . Retsipient sifatida ishlab chiqarish amaliyoti talablariga hosildorligi, urug‘ - mevasi sifati, biotik va abiotik stresslarga chidamliligi bilan javob bera oladigan, lekin faqat birgina salbiy belgi, masalan, zararkunanda hasharotga chidamsiz nav yoki liniyalar tanlab olinadi. Bunday o‘simliklar genomiga hasharotlarni nobud qiluvchi prototoksin oqsili ekspressiyasini ta’minlovchi v bt2 bakteriya genini kiritish tanlab olingan navda hosildorlikni sezilarli oshishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, retsipient o‘simlik genotipini tanlashda hujayralarning yaxlit (fertil) etuk o‘simlikka qadar regeneratsiya qilish xususiyati ham inobatga olinadi, chunki bu belgi genotipga ham bir qadar bog‘liqdir.

3. Genni kiritish va uning retsipient o‘simlik genomi d a gi ekspressi yasi . O‘simliklar genomiga begona genlarni ko‘chirib o‘tkazish muammosi begona genlarni ikki pallali va ba’zi bir pallali o‘simliklar genomiga ko‘chirib o‘tkazish imkoni ni beruvchi tuproq agrobakteriyalari Agrobacterium tumefaciens tarkibida gi Ti – plazmidlar i ning aniqlanishi bilan birmuncha engillashdi. So‘nggi vaqtlarda o‘simlik hujayralari transformatsiyasi da bioballistik transformatsiya usuli , ayniqsa, bir pallali o‘simliklar uchun keng qo‘llanilmoqda. Begona genni retsipient o‘simlik genomiga ekspressiyasini amalga oshirish va avlodlarda belgining nasldan – naslga tur g‘ un o‘tishini ta’minlash muhim masala hisoblanadi . Kiritilgan gen ni ekspressiya bo‘lishi bir qator sabablar : genni o‘simlik genomiga integratsiya bo‘lgan joyi , promotor qismining metillanish izchilligi, kiritilgan genning xususiyatlari va h.k. larga bog‘liq. 4. Transformant h ujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash. Transformant h ujayralardan etuk o‘simlikni regeneratsiya b o‘lishi h ujayralar totipotent ligi ga bog‘liq, ammo bu har doim ham amalga oshavermaydi. Totipoten t lik belgisi ikki pallali o‘simliklar: tamaki, kartoshka, lavlagi, soya, r a ps, beda, pomidor, sabzi, karam va ba’zi mevali daraxtlarda yaqqol ifodalangan. Bir pallalilar, ayniqsa, boshoqdoshlarda bu belgi kuchsiz ifodalangan bo‘lib, ularda hujayradan etuk o‘simlikni regeneratsiyasi jarayoni juda qiyinchiliklar bilan kechadi. Hozirgi vaqtda g‘alla ekinlariga mansub ba’zi o‘simliklar makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, suli kabilarni regeneratsiya qilish usullari ishlab chiqilgan. SHuni qayd etish lozimki, ko‘plab o‘simliklarni regeneratsiya qilish bo‘yicha yildan yilga bir qator takomillashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda va rivojlantirilmoqda. O‘SIMLIK HUJAYRALARI TRANSFORMATSIYASI USULLARI Reja: 1. O‘simliklar xujayrasiga genlarni tansformatsiyalash 2. O‘simliklarga genlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish 3. DNK mikroin’eksiyasi 4. Elektroporatsiya 5. Liposomalarga joylashtirish 6. Bioballistik transformatsiyalar usuli 7. O‘simliklar transformatsiyasining dalillari 1 .O‘simliklar xujayrasiga genlarni tansformatsiyalash .Ikki pallali transgen o‘simliklar olishda eng keng tarqalgan usullardan biri agrobakteriyalar bilan kokultivatsiya qilish usuli hisoblanadi (2.9. - rasm). U o‘simlik eksplantlarini T-DNK hududiga begona gen joylashtirilgan vektor konstruksiyaga ega agrobakteriyalar bilan transformatsiya qilishga asoslangan. Uning keng tarqalganligining sababi, transformatsiyani amalga oshirishning birmuncha soddaligi transgen o‘simliklarni ajratib olishda yuqori (o‘simlik turiga qarab, 10-60 %) samaradorligi bilan izohlanadi. Dastlabki material uchun vektor (binar, koingegrativ yoki muayyan transformatsiya turi uchun yaroqli boshqa biror) konstruksiyaga ega bo‘lgan agrobakteriya shtammi bo‘lishi lozim. Vektor o‘simlik genomiga kiritilishi lozim bo‘lgan gen ketma-ketligiga ega bo‘lishi kerak. Genning kelib chiqishi (prokariot yoki eukariot) transformatsiya uchun ahamiyatsizdir, lekin u o‘simlik hujayrasiga ekspressiya bo‘la oladigan promotor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Fuksional gendan tashqari , vektor, albatta, transformatsiyaning selektiv nishon belgisini saqlashi shart. Bunday nishon belgi sifatida antibiotiklar: k anamitsin ( npt -geni), gigromitsin ( npt -geni) va yoki gerbitsidlar xlorsulforon ( ALS - geni), fosfinotritsin ( bar - geni) (BASTA) ga chidamlilik belgisini yuzaga chiqaradigan genlar ishlatiladi. Bundan tashqari , retsipient – o‘simlik navlarini tanlab olish lozim. Transformatsiya uchun eksplant sifatida steril o‘simlik barg plastinkalari olinadi. Biroq buning uchun yosh ildiz lar

(arabidopsis da ), gipokotil (pomidor da ), urug‘palla (pomidor, baqlajon da ) , bo‘g‘im oralig‘i (kartoshka da ) h am ishlatilishi mumkin. Eksplantlarni vektor konstruksiyali agrobakteriyalar saqlovchi suyuq muhitida inokulyasiya qilinadi. Inokulyasiya qilish muddati h ar bir tur o‘simlik uchun alo h ida tanlab olinadi. Bunda eksplantning jarohatlangan yuzasida hujayralarning zararlanishi boshlanib, kokultivatsiyadan so‘ng 24 – 48 soat o‘tg a ch, T -DNK bo‘lagini begona (tanlab olingan) gen bilan birga o‘simlik genomiga joylashi shi sodir bo‘ladi. SHundan so‘ng, eksplantlarni antibiotiklar (karbenitsillin yoki sefot a ksi m) saqlovchi oz i qa mu h itiga o‘tkaziladi, bu agrobakteriya h ujayralarning tanl ab nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari , oz i qa mu h itiga kerakli (to‘g‘ridan - to‘g‘ri regen e ratsiya yoki kallus h osil bo‘lishi uchun) fitog o rmonlar va transformant hujayralarni selektiv tanlab olish uchun antibiotiklar , gerbitsid qo‘ shi ladi. Antibiotik yoki gerbitsidga chidamlilik genlari ning ekspressiyasi ni amalga oshiruvchi ega transgen o‘simliklar selektiv agent qo‘shilgan mu h itda o‘sa olsa, transgen bo‘lmagan o‘simliklar bunday mu h itda nobud bo‘ladi. 2-5 h aftadan so‘ng transformant eksplantlardan po ya lar o‘sib chiqa boshlaydi, ularni ajratib olinadi yoki keyin gi qo‘shimcha molekulyar ta h lillar uchun tuproqqa ko‘chirib o‘tkaziladi (2. 9 . a – rasm). Protoplastlar shu yo‘sinda transformatsiya qili nadi, lekin bu usuldagi transformatsiya protoplastlarning o‘zida regeneratsiya qilish qobiliyati sustligi uchun kam s amara beradi. O‘simliklarga genlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish . O‘ simlik h ujayralariga genlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazishda o‘simlik protoplastlarini ng transformatsiyasi keng qo‘llaniladi. O‘simlik h ujayra devoriga fermentlar (sellyul a za, pektin a za) bilan ishlov berilganda h ujayra devori emirilib, faqat protoplast qoladi. DNK ishtirokida p rotoplastlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri transformatsiya lash usuli ishlab chiqilgan. Transformatsiyaning birmuncha yuqori samaradorligiga (10 -2 ) elektroporatsiya va polietilenlik o l qo‘shish usuli orqali erishish mumkin. Agrobakteriyalar bilan transformatsiya qilishga nisbatan, to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish usuli ning chastotasi kam bo‘lsa - da, birmuncha afzalliklarga ega. Vektor maxsus biologik signallar va transformatsiya funksiyalari (T -DNK hududi bilan chegaralangan va vir - hududi) ga ega bo‘lmasligi h am mumk i n. Transformatsiya uchun deyarli h ar qanday begona gen tutuvchi DNK vektori qo‘llanilishi mumkin. Bunda gibrid gen (faqat tegishli r e gulyator hududlar mavjud bulganida ) hujayra rekombinatsiyasi mexanizmlaridan foydalanib, ayniqsa, protoplast yadrosiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri in’eksiya qilishda o‘simlik yadro DNK siga integratsiya bo‘ladi va ekspressiyalanadi . H ozirgi va q tda 140 dan orti q o‘ simlik turlari vektor DNKsini protoplast h ujayralariga turli usullar bilan k o‘ chirib o‘ tkazish orqali transformatsiya qilingan. DNK mikroin’eksiyasi . Bir qator tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘simlik hujayralari transformatsiyasi uchun hayvon hujayralaridagi mikroin’eksiyalar singari mikroin’eksiyalari usulini qo‘llash mumkin. Bunda in’eksiya uchun protoplastlar olishda ularni polilizinli shishalarga yopishtirish usullari ishlab chiqilganligi qator texnik qiyinchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini berdi (2.10-rasm). Vektor tipiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘simlik protoplastlari transformatsiyasi samaradorligi 10-15 % dan oshmaydi, u ikki pallali o‘simliklar uchun ham bir pallalilar uchun ham bir xilda muvofiq keladi. Elektroporatsiya . Bu usul yuqori impulsli kuchlanishlarning biomembranalar o‘tkazuvchanligini qaytar darajada oshirishga asoslangan. O‘simlik protoplastlari uchun elektroporatsiya muolajalari juda samarali hisoblanadi. Usulning mohiyati quyidagicha: DNK- vektorini saqlovchi yuqori konsentratsiyali eritmadagi o‘simlik protoplastlariga yuqori voltli impuls (kuchlanish 200-350 V, impuls davomiyligi 54 ms) bilan ta’sir etiladi (2.11-rasm). Natijada DNK molekulalari hujayra membranasidagi poralar (teshikchalar) orqali yutiladi. Eritma aralashtirilgandan

so‘ng protoplastlarni regeneratsiya bo‘lishi uchun etarli muhitga ekiladi. Ko‘chirib o‘tkazishning samarasi elektr shokidan so‘ng 24-28 soat o‘tgach aniqlanadi. Liposomalarga joylashtirish . O‘simlik protoplastlariga o‘tkaziladigan ekzogen genetik materialni nuklein kislotalarni parchalaydigan nukleazalar ta’siridan himoya qilishda qo‘llaniladigan usullardan biri liposamalarga joylashtirish usuli. Liposomalar qobig‘i fosfolipidlardan tashkil topgan sferik shakllar hisoblanadi. Ularni fosfolipidlarni suvli emulsiyalariga ultratovushlar bilan ishlov berish yoki qattiq chayqatish natijasida olish mumkin. Liposomalar yordamida o‘simlik protoplastlariga tamaki mozaikasi virusi RNK si, A.tumefaciens bakteriyasi Ti – plazmidasi DNK si, shuningdek, butun metafaza davri xromosomalari kiritilgan. Liposomalar yordamida ko‘chirib o‘tkazish tizimlarning afzalliklari sifatida ularning hujayralarga nisbatan zaharliligining kamligi, liposomalarni parchalash xususiyatiga ega hujayralari bo‘lgan ko‘plab o‘simliklarda ishlatish mumkinligini ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtga kelib, mazkur usul texnik jihatdan qiyinligi va transformatsiyalash faolligining nisbatan kam (0,5-1 %) ligi uchun tobora kam foydalanilmoqda. Bioballistik transformatsiyalar usuli . Bioballistika usuli bugungi kunga kelib, bir pallalilar uchun eng samarali usullardan hisoblanadi, shuningdek uni ikki pallali o‘simliklarda ham muvaffiqiyat bilan qo‘llash mumkin. Transformatsiya uchun dastlabki material sifatida kulturalar suspenziyasi, kallus to‘qimasi yoki bir pallalilarning etilmagan murtak o‘simtalari olinadi. Mazkur usulning mohiyati shundan iboratki, diametri 0,6-1,2 mkm bo‘lgan volfram, oltin yoki platina bo‘lakchalari transformatsiya uchun zarur gen konstruksiyalari saqlovchi DNK ustidan purkaladi. DNK tutuvchi volfram, platina yoki oltin bo‘lakchalari sellofan qobiq bilan o‘ralib, bioballistik zambarak ichiga joylashtiriladi. Kallus yoki hujayra suspenziyasi agarli oziqa muhiti solingan Petri likopchasiga o‘tkaziladi va bioballistik zambarak ro‘parasiga 10-15 sm masofada joylashtiriladi. Zambarakdagi bosim vakuum nasos bilan 1,0 atm gacha tushiriladi. Bosim tushiriladigan vaqtda zambarakdan volfram yoki oltin bo‘lakchalari otilib chiqib, hujayra devorini yorib o‘tadi va sitoplazmaga, hujayra yadrosiga o‘tadi. Odatda bevosita markazda joylashgan hujayralar volfram va oltin bo‘lakchalarining ko‘plab kelib urilishi va juda kuchli bosimi tufayli nobud bo‘ladi, ulardan 0,6-1 sm markazdan uzoqda esa transformant hujayralar joylashadi. SHundan so‘ng hujayralarni davomli ekish va regeneratsiya qilish uchun oziqa muhitlariga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bioballistik zambaraklar yordamida bir pallali makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, arpa o‘simliklari transformatsiya qilinib, turg‘un transgen o‘simliklar olingan. Bundan tashqari bioballistik transformatsiya DNK ni embriogen changchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish, transgen digaploid o‘simliklar olish uchun qo‘llaniladi va u seleksiya ishlarida muhim bosqich hisoblanadi. Bu usul bilan tamaki o‘simligining transformatsiyasi amalga oshirilib, gaploid o‘simliklar regeneratsiyasidan so‘ng turg‘un transfor-mantlar olingan. O‘simliklar transformatsiyasi ning dalillari. O‘simliklar transformatsiyasi vektorlari tarkibiga funksional gendan tashqari selektiv nishon gen lar i kiradi. Bu gen odatda antibiotiklar kanamitsin ( prtII -geni ) yoki gigromitsin ( prtII - gen i ) ga chidamlilik genlarini kodirlaydi, shuning uchun transgen o‘simliklarni dastlabki tanlov ishlarini tegishli antibiotiklar saqlovchi oz i qa mu h itlarida olib boriladi. Bunday mu h itda genomi tarkibida selektiv nishon geni bo‘lgan o‘simliklargina regeneratsiya qila oladi. Biroq selektiv mu h itda o‘sa olish xususiyatining o‘zi o‘simlikning transgen tabiatini isbotlovchi yagona dalil bo‘la olmaydi. T-DNK ketma-ketliklari borligi ni to‘liq isbotlashda polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) ta h lili va T-DNK bo‘lagi ni radioaktiv zond sifatida qo‘llash orqali transgen o‘simlik xromosoma DNK sining blot – gibridizatsiyasiga asoslangan molekulyar ta h lili o‘tkaziladi. Bunday ta h lillarni

o‘tkazish juda qimmat tursa - da, olingan natijalar transformatsiya amalga oshganligi, T-DNK – konstruksiyalarning qanchasi o‘simlik genomiga o‘rnasha olganligi to‘ g‘ risida ishonchli ma’lumot olish imkonini beradi. Bundan tashqari , funksional gen ekspressiyasining qo‘shimcha ta h lilini tegishli m RNK yoki oqsilni aniqlash usullari orqali amalga oshiriladi. AGROBAKTERIYALAR ASOSIDA O‘SIMLIKLAR TRANSFORMATSIYASI Reja: 1.Ti – plazmidalar asosida transformatsiya qilish uchun vektorlar 2.Kointegrativ vektorlar 3.Binar vektorlar Ri – plazmidasi asosida o‘simliklar transformatsiyasi 4.DNK saqlovchi viruslar asosidagi o‘simlik vektorlari 5.Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar (transpozonlar) asosidagi vektorlar Ti – plazmidalar asosida transformatsiya qilish uchun vektorlar . Transgen o‘simliklar olishdagi asosiy muammolardan biri o‘simliklar xromosomasiga begona genlarni kiritish ya’ni, o‘simlik hujayralari transformatsiyasi hisoblandi. Bu borada tuproq agrobakteriyalari Ti – plazmidalaridan o‘simliklar transformatsiyasi tabiiy tizimida foydalanish imkoniyatining kashf etilishi muhim turtki bo‘ldi. Shish hosil qiluvchi kuchli induktorlardan biri Agrobacterium tumefaciens misolida shish chaqiruvchi vosita Ti – plazmida deb nomlangan (ingliz tilidan Tumor inducing – shish chaqiruvchi) maxsus plazmida bo‘lib, uning bir qismi o‘simlik hujayrasi xromosomasiga o‘rnashib olishi aniqlangan (2.1- rasm). Ti – plazmida uzunligi 200 m.n.j (ming nukleotid juft) dan iborat halqasimon DNK dan tashkil topgan. U bakteriya hujayralarida avtonom replikatsiya bo‘la olish xususiyatiga ega. Ti – plazmidalarni ular sintezlaydigan opinlar tipiga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha nopalin yoki oktopin aminokislotalarini kodirlaydigan Ti – plazmidalar uchraydi. Agrobakteriya hujayrasi plazmidalarning faqat biri oktopin yoki nopalin kodirlaydigan tipini saqlashi mumkin. Ti – plazmidaning nodir biologik xususiyatlari uni genlarni ko‘chirib o‘tkazishdagi ideal tabiiy vektorga aylantiradi. Ti – plazmidasi ho‘jayinlarning keng spektriga ega, u T-DNK ni o‘simlik xromosomasiga o‘tkazadi, u erda T-DNK replikatsiyasi amalga oshadi va uning genlari oqsil hosil qilish bilan translyasiya bo‘ladi. T-DNK chegaralari uzunligi 25 nukleotid juftliklardan iborat takrorlanuvchi to‘g‘ri ketma-ketliklardan iborat bo‘lib, bu ketma-ketliklar oralig‘iga ulangan har qanday begona DNK bo‘lagi o‘simlik hujayrasiga o‘ta oladi. Biroq Ti – plazmidasi bilan ishlash uning katta o‘lchamdaligi sababli qiyinchilik tug‘diradi, an’anaviy usullarni qo‘llab, genni plazmidaga ulab bo‘lmaydi. SHuning uchun Ti – plazmida gen muhandisligi usullari yordamida modifikatsiya qilinib, uning asosida o‘simliklar transformatsiyasi uchun vektorlar olingan (2.4 - rasm). Kointegrativ vektorlar . Begona DNK ni o‘simlik genomiga kiritilishni osonlashtiruvchi usullardan biri kointegrativ vektorlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. Bu yo‘nalishning mohiyati quyidagicha. Begona genni o‘simlik genomiga ko‘chirib o‘tkazishdagi barcha jarayonlarni 2 bosqichga bo‘linadi: o‘simlik genomiga kiritilishi lozim genni klonlash va o‘simlik hujayrasi genomi transformatsiyasini amalga oshirish. Bu ikkala bosqich turli xil vektorlar yordamida amalga oshiriladi. Kerakli genni klonlash uchun yordamchi (oraliq) vektor sifatida E. coli asosidagi plazmidalardan foydalaniladi. Ularga T-DNK ning chegaralangan T-DNK ketma-ketliklari fragmenti va selektiv (odatda, antibiotiklar kanamitsin, gigromitsin yoki gerbitsidga) chidamlilik belgisini