O‘SIMLIKLARNING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLIGINI OSHIRISH
O‘SIMLIKLARNING QURG‘OQC H ILIKKA C H IDAMLIGINI OS H IRIS H REJA: 1. Q urg‘oqchilikni sodir bo‘lishi. 2. Qurg‘oqchilik ta’sirida fiziologik jarayonlarni buzilishi. 3. Kserofit v amezofit o‘simliklarda suv almashinuvining xususiyatlari. 4. O‘simliklarga namlik yetishmasligini ta’siri 5. Ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamligini fiziologiyasi. 6. Sug‘orish qurg‘oqchilikka kurashda asosiy usul
Ye r sharining 1/3 qismida yog‘ingarchilik miqdori yiliga 250-500 mm oshmaydi va u yerlarda qurg‘oqchilik yil bo‘yi davom etadi. Bu joylarning yarmida yog‘in miqdori o‘simlik rivojlanishi uchun namlik yil bo‘yi bir miqdorda taqsimlangan bo‘lishi lozim. Namlikni taqsimlanishi bir tekis bo‘lmagan ayniqsa, yoz faslida namlikni yetishmasligidan qurg‘oqchilik sodir bo‘ladi. Bizning arid mintaqamizda yog‘ingarchilikning miqdori yerdan bug‘lanishdan kam bo‘ladi. Gumid mintaqada esa yog‘ingarchilikning miqdori bug‘lanishdan ko‘p bo‘ladi. Qurg‘oqchilik bu – uzoq muddat yog‘ingarchilikni ro‘y bermay atmosfera havosining haroratini ortishi, tuproq namligining kamayishi, o‘simlik uchun suvga bo‘lgan talabini amalga oshmasligi bo‘lib hisoblanadi. Qurg‘oqchilik atmosfera havosini o‘ta darajada qizib ketishi unda namlikning kamayib ketishi bilan boshlanadi. Atmosferada uzoq muddat yog‘irgarchilikni bo‘lmasligi tuproqda namlikni yo‘qolib tuproq qurg‘oqchiligiga sabab bo‘ladi. Bu davrda o‘simlik suvsizlikdan chanqaydi. Qurg‘oqchilikka chidamlik bu o‘simlikni uzoq muddat davomida namlik yetishmasligiga chidashi, to‘qima, hujayra, barg, ildiz, novdalarni suvsizlanishi. Bunday davrda o‘simlikdan olinadigan hosil qurg‘oqchilikni qancha muddat davom etishiga bog‘liq. Tuproqda sodir bo‘ladigan qurg‘oqchilik uzoq muddat davomida yo g‘irgarchilik bo‘lmasdan havo haroratining hamda quyosh yoritilishining kuchli bo‘lishi bilan, shamol ta’sirida tuproq yuzasidan suv bug‘lanishining ko‘payishi bilan ro‘y beradi. Bu holatlarning hammasi o‘simlik ildizi atrofidagi tuproqni qurishiga, namlik zahirasining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilik haroratning ko‘tarilib ketishi, havodagi namlikni 10-20% gacha kamayib ketishi bilan sodir bo‘ladi. Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilikni kuchayishi bizning sharoitimizda garmsel deb ataladigan ro‘y berishiga olib k eladi. Juda og‘ir vaziyatlarda bu quyunga tuproq zarralarini havoga ko‘tarilishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilik tuproqdan suvni bug‘lanib chiqib ketishiga, yer osti suvini yuqoriga ko‘tarilish rejimini buzilishiga sabab bo‘lib, o‘simlik so‘liydi. Agarda o‘simlikda ildizlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lsa, atmosferadagi qurg‘oqchilik mobodo o‘simlik bardosh bera oladigan darajadan oshib ketmasa katta zarar yetkazmaydi. Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilik ko‘p muddit davom etsa, yog‘irgarchilik bo‘lmasa tuproqda qurg‘oqchilik sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi, bu o‘simlik uchun halokatli ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda atomsferadagi va tuproqdagi qurg‘oqchilik orqama-orqa ro‘y beradi. Atmosfera qurg‘oqchiligi yakka holda ko‘pincha bahorda sodir bo‘ladi. Tuproqdagi qurg‘oqchilik yozni boshlanishi, o‘rtasida tuproqdagi namlik zahirasi tugagan davrda bo‘ladi. Tuproqdagi qurg‘oqchilik ta’sirida doimo hosil kamayadi, xatto butunlay yo‘qoladi. O‘simlikka nam yetishmasligi va yuqori haroratning birgalikda ta’siri ro‘y beradi. Qurg‘oqchilik eng avvalo o‘simlikda suv almashinuvini undan keyin ko‘plab fiziologi k jarayonlarini buzadi. Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilik yuqori harorat quyosh nurining kuchliligi bilan avvalo o‘simlikda, poya va barglarning o‘sishini to‘xtatadi. Hosilni kamaytirib qisqa muddatda “issiq urishidan” o‘simlik qurib ham qoladi. Garmselni eslatadigan havoning qurg‘oqchiligi o‘t o‘simliklar dabarglarini ko‘p qismini qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Buta va mevali daraxtlarda novdani uchi quriydi. Gulni shakllanayotgan urug‘ va mevalarni zararlaydi. Shakllanayotgan urug‘ murtakdan barglar suvni tortib oladi. Bu holat o‘simlikni shuyilgi hosilini keskin kamayishiga olib keladi. Kserofit va mezofit o‘simliklarda suv almashinuvining xususiyatlari
Qurg‘oqchilikka chidamlik o‘simliklar tarixiy taraqqiyot davomida o‘sib kelayotgan joy sharoitlariga irsiy jihatdan moslashganlari hamda ularni suv yetishmovchilikka munosabatlari bilan belgilanadi. Qurg‘oqchilikka chidamlik o‘simliklarni anchagina suvsizlanishlarini ulardagi to‘qimalarning hujayralar o‘zlarining vazifalarni qanchalik mo‘tadil darajada bajara olishlari bilan bog‘liq. Bunday holat yuzaga kelganida poya, barglar, generativ a’zolarda qurg‘oqchilikka morfologi k jihatidan qanday o‘zgarishlar hosil qila olganliklari, chidamlikni oshira olishlari bilan ham bog‘liq. O‘simliklarni namlikka nisbatan uch ekologi k guruhlari mavjud: 1. Kserofitlar - qurg‘oq sharoit o‘simliklari ular ontogenezda atmosfera va tuproqda ro‘yberadigan qurg‘oqchilikka yaxshi moslangan. 2. Gigrofitlar - qurg‘oq sharoitiga chiday olmaydigan suv l i, qirg‘oq bo‘yi o‘simliklari. Ular o‘sayotgan tuproqda namlikni biroz o‘zgarishi ham gigrofitlarni so‘lishiga olib keladi. Gigrofit o‘simliklarda hujayrasining shirasidagi osmotik bosim past, bargning yaprog‘i katta, poya si uzun, ildizlari yaxshi taraqqiy etmagan, hujayralarining o‘lchami ham katta, qalin devorli, yaproqda ustitsalarning soni kam ular katta yuzali, mustahkam beruvchi to‘qima kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. 3. Mezofitlar suv bilan ta’minlanishi o ‘rtacha darajada bo‘lgan asosan mo‘tadil iqlimdagi qishloq xo‘jaligida ekib yuqori hosil olinadigan o‘simliklar. Mezofit va kserofitlar uchun suvning yetishmovchiligi davrida asosan uch yo‘l bilan himoyalanadi: 1. Hujayradan suvning yo‘qotishning oldini oladi.
2. Qurib qolishga chidash bilan. 3. Qurg‘oqchilik davridan “qochish” bilan. Kserofit o‘simliklar juda ham xilma-xil. Qurg‘oqchilik sharoitini ular qanday o‘tkazishlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1. Sukullentlar – suvni g‘amlaydigan o‘simliklar. Suv qalin kutikula, tuklar bilan qoplangan barglar va poyalarda to‘planadi. Suvning bug‘lanishi fotosintez va o‘simlikning o‘sishi sekin amalga oshadi. Suvsizlanganda qiynaladi. Ildizlari tuproqni chuquriga emas atrofga katta maydonga tarqaladi. 2. Sukullent bo‘lmagan turlar , ular transpiratsiya darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi. A) Haqiqiy kserofitlar. Bu o‘simliklarga quyidagilar xos: Bu o‘simliklarning barglari mayda, ko‘p hollarda mayin tukli, havoning yuqori haroratiga chidamli, suvni bug‘lantirishi kam, suvsizlanishga ancha chidamli, hujayra sitoplazmasining osmotik bosimi yuqori, ildizi kuchli tarmoqlangan, chuqurga kirmagan. Bu guruh o‘simliklar qumli joylarda, tog‘ qoyalari kabi joylarda tanasidagi suvni tejab o‘sadi. Ular qizib ketishga chidaydi, suvsizlanishga chidamligi kam. Qurg‘oqchilik davrida ular bardoshli, chunki to‘qimalarida suv ko‘p bo‘ladi, sekino‘sadi. B) Yarim kserofitlar - gemikserofitlar. Bu guruh o‘simliklar quyidagi xususiyatlarga ega: Suvni bug‘latish darajasi kuchli, ildizdan suv shimilishi yuqori, ildizi yerosti suvlarigacha yetadi, suvsizlanish va atmosfera qurg‘oqchiligiga chidamaydi, hujayra sitoplazmasini qovushqoqligi katta emas. Yaproqlari yupqa, mayin tuklar bilan qoplangan. Bu guruh kserofitlarga bizning sharoitimizda yantoq, tarvuz misol bo‘ladi. Adir mintaqasida keng tarqalgan shuvoqlar mansub.