O‘smirlar rivojlanishi psixologiyasi fanining predmeti,maqsad va rivojlanishi
Mavzu: O‘smirlar rivojlanishi psixologiyasi fanining predmeti,maqsad va rivojlanishi Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga,
oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar. Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan. Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida inson organizmining tuzilishi , undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar keltirgan. Ilmiy psixologik adabiyotlarda qayd etilishiga ko‘ra Yosh davrlari psixologiyasi fani 19-asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi YUnon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jaxon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.SHtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevioristik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek, mazkur fan metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlarda keltirilgan emperik ma’lumotlar asosida Yosh davrlari psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ana shu omillar haqida bayon qilamiz: 1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g‘oyasining (CH.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi;
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun etarli emasligini e’tirof etish; 3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olinganligi; 4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar, va boshqalar)ning extiyojlari ortib borayotganligi; 5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, bolalar va kattalar potologiyasi, genetika , oliy nerv faoliyati va xokozolar bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi hamda psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi; 6.YUridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o‘rin egallayotganligi hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotganligi (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi); 7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotganligi va turmushning xar bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotganligi (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, professiogramma, psixodiagnostika va xokozolarga talabning ortishi); 8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotganligi (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya) psixologiyaga aniq ma’lumotlarning zarurligi; 9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi; 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok xo‘jaligida kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish bo’ladi.
Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi.
Mavzu: Psixik rivojlanish omillari muammolarini qo’yilishi. Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko’rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qo’lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo’nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o’tkinchi xarakterda bo’ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo’lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi . Bunday senzitivaik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilgan qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo’ladi. Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi. Ma’lumki, har bir davr o’zining muhym hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterligi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgu berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashqil etadi. Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1.sensomotor intellekti-tug’ilgandan 2 yoshgacha ;