Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi
“ Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi ” REJA 1. Markaziy Osiyoda parazit hayvonlarni o’rganilish tarixi. 2. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida chet el olimlarining ilmiy tadqiqotlari. 3. XX asr o’rtalarida parazitologiya fanining rivojlanishida o’zbek olimlarining roli. 4. O’zbekistonda xususiy parazitologiya fanlarining shakllanishi va ularning ahamiyati.
Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi Markaziy Osiyoda odam va hayvonlarning parazitlarini o’rganish, ularning qo’zg’atadigan kasalliklarini davolash hamda oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarini amalda qo’llash kabi ishlarga aslida X va XI asrlarda yashab ijod etgan mashxur olimlarimiz Forobiy (873-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037) kabilar asos solgan. Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda parazitologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asrning 20-yillaridan boshlanadi. Bungacha esa ayrim kuzatish va tadqiqod i щ lari amalga oshirilgan. Masalan, XIX asrning 70-yillarida rus tabiatshunos sayoxatchilaridan A.P.Fedchenko(1869) O’rta Osiyo bo’ylab sayoxatida har xil uy va ba’zi yovvoyi hayvonlarni parazit gelmintlari kolleksiyasini to’playdi. Ushbu kolleksiya keyinchalik nemis gelmintologlari Krabb va Linstovlarning aniqlashicha 24 turdan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi. Naturalist olim A.P. Fedchenko sayohat davomida usha davrda Buxoroda keng tarqalgan va odamda parazitlik qiluvchi rishta nematodasining biologiyasi bo’yicha ayrim tadqiqot ishlarini ham amalga oshiradi. U birinchi bo’lib rishtaning hayot siklida siklop qisqichbaqasimoni oraliq xo’jayin bo’lishligini aniqlaydi. 1880-90 yillarda harbiy vrachlar N.Arend, L. Geydenreyx, M.Manoskovlar teri leyshmaniozining klinik belgilarini yozishadi. Professor P.F. Borovskiy esa teri leyshmaniozi (sharq kuydirgisi) ning qo’zg’atuvchilari bir xujaylari hayvonlarga mansub bo’lgan parazit leyshmaniyalar ekanligini aniqlaydi. Markiziy Osiyoda parazitologiya fanining rivoji tarixida yangi bosqichni akademik K.I. Skryabinning 1909 yilda Chimkent va keyinchalik Avliyo Ota (hozirgi Taraz) shaharlarida veterinariya vrachi bo’lib ishlaganidan boshlash mumkin. Usha paytlari yosh mutaxassis K.I. Skryabin kasal hayvonlarni gelmintologik tekshiruvdan o’tkazish uchun uni barcha organlarini (hayvon o’lgandan keyin, albatta) to’la ochib ko’rish usulini qo’llaydi. 1909-1912 yillar davomida to’plangan gelmintologik materialini Germaniya va Fransiya mutaxassislari yordamida turlar tarkibini aniqlaydi.
Umuman olganda O’rta Osiyoda parazitologiyaning umumiy va xususiy bo’limlarini shakllanishi hamda rivojlanishi akademiklar K.I. Skryabin, Ye.N.Pavlovskiy va prof. V.A. Dogellarning bevosita yordami hamda ularning shogirdlari V.S. Yershov, L.M. Isayev, N.V. Badanin, Ye.S. Kiryanova kabilarning xizmatlari bilan bog’liqdir. 1930-40 yillarda O’zbekistonda parazitologiyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanadi. Bu jarayonga fanlar akademiyasi tarkibida zoologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqanddagi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, keyinchalik O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi ham juda katta ijobiy rol o’ynadi. O’zbekistonda umumiy parazitologiya yo’nalishi bo’yicha biologiya fanlari doktorlari, professorlar M.A.Sultonov, S.O. Osmanov, D.A. Azimov, Q.S. Samatov, M.Q. Qodirova va boshqalar yetishib chiqdi. Prof. M.A. Sultonov (1915-1974) O’zbekistonning uy va ovlanadigan parrandalarning, shuningdek sut emizuvchilarning gelmintlari faunasini o’rganib, bu hayvonlarda 360 turdan ortiqroq chuvalchanglarni topgan. Ushbu chuvalchanglar orasida eng ko’p turni (148 tur) nematodalar va lentali chuvalchanglar (122 tur) tashkil qilishini aniqlagan. Olimning ilmiy faoliyati O’zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi zoologiya va parazitologiya institutida o’tib, hayvonlarning parazit gelmintlari faunasini o’rganish bilan birga ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan. Biologiya fanlari doktori S.O.Osmanov (1912-1989) O’zbekiston suv havzalaridagi baliqlarning parazit hayvonlari mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqot ishlari jarayonida baliqlarning parazitlarini biologiyasi, ekologiyasi, sistematikasi va zoogeografiyasini o’rganish bilan birga, ushbu parazitlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan. S.O. Osmanovning ma’lumotlariga binoan O’zbekistonning turli suv havzalarida yashovchi baliqlarda hammasi bo’lib 364 tur parazitlar topilgan va bular orasida eng ko’pini chuvalchanglardan monogenoidlar (106 tur), nematodalar (43 tur) va trematodalar (42 tur) tashkil etsa, bir xujayrali parazit hayvonlardan
knidosporidiyalar (68 tur) va infuzoriyalar (25 tur) turli-tumanliligi bilan ajralib turadi. Baliqlarning parazitlari orasida shuningdek xivchinlilar (24 tur), sestodalar (23 tur) va tuban qisqichbaqasimonlar (16 tur) kabi sinf va kenja sinflarning vakillari ham anchagina bo’lishini aniqlaydi. O’zbekistonda veterinariya parazitologiyasining shakllanishida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor N.V. Badaninning roli kattadir. Uning butun hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda turli-tuman uy hayvonlarini parazit chuvalchanglarini o’rganish bilan o’tdi. U 1932-39 yillarda Ashxabodda, 1939 yildan umrining oxirigacha Samarqand qishloq xo’jaligi institutida parazitologiya kafedrasining mudirligi lavozimida ishlab, mahalliy yoshlardan 20 dan ortiq malakali parazitolog olimlarni tayyorlab yetkazdi. Bular orasida fan doktorlari va professorlar E.H. Ergashev, R.H. Haitov, N.M. Matchonov, J.Sh. Shopo’latov, V.M. Sodiqov, B.S. Salimov va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Prof. N.V. Badanin ilmiy faoliyati jarayonida O’rta Osiyo sharoitida qishloq xo’jaligi va yovvoyi hayvonlarning gelmintoz kasaliklarini kelib chiqishi va ularni oldini olish bo’yicha O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning turli hududlariga tashkil qilingan 12 ta ilmiy-parazitologik ekspedisiyalarning 6 tasiga o’zi bevosita rahbarlik qilgan. U veterinariya parazitologiyasi muammolariga bag’ishlangan 70 dan ortiq ishlarning muallifidir. Shulardan bir nechtatasi monografik xarakterdagi ishlar hisoblanadi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor E.X. Ergashev O’zbekistonda qo’y va echkilarda uchraydigan parazit chuvalchanglar va ularning keltirib chiqaradigan kasaliklarini tahlil qilib, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni olib bormoqda. Xususan, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida chorva hayvonlari orasida tarqalgan gelmintozlardan fassiolyoz, dikroselioz, exinokokkoz, sistiserioz, monezioz kabi kasalliklarni profilaktikasi, qarshi kurash choralari va davolash usullarini ishlab chiqishda o’z hissasini qo’shgan. Hozirgi vaqtda professor E.X. Ergashev veterinariya
parazitologiyasi yo’nalishida yosh olimlarni yetkazib berish bo’yicha tinmay fidokorona ishlab kelmoqda. Biologiya fanlari doktori Sh.A. Azimov O’zbekistonning Shimoliy viloyatlari hududida chorva hayvonlarining fassiolyoz bilan zararlanganlik darajasini o’rganib, qoramollarning 49-52%, qo’ylarning va echkilarning esa 35% dan 66% gacha kasallanganligini aniqlaydi. Ushbu kasallikning Samarqand viloyatida ham keng tarqalganlini prof. B.S. Salimov qayd qiladi. U, shuningdek dikroseliozning qo’ylar orasida keng tarqalish darajasini va uning sabablarini tahlil qiladi. O’zbekistonda veterinariya parazitologiyasining rivojlanishida O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining olimlarini xizmati kattadir. Hozirgi kunda ushbu institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan olimlardan veterinariya fanlari doktorlari, professorlardan A.O. Oripov, M.A. Aminjonov, F.A. Niyazov va boshqalarni hurmat bilan tilga olish mumkin. Veterinariya instituti ilmiy xodimlari, shuningdek Zoologiya institutida faoliyat ko’rsatayotgan yetakchi olimlardan biologiya fanlari doktori, prof. J.A. Azimovning ma’lumotlariga binoan O’zbekistonning turli ekologik muhitlarida boqiladigan uy hayvonlaridan qo’ylarda 88 tur, qoramollarda 55 tur, echkilarda 48 tur, otlarda 53 tur, itlarda 32 tur, chuchqalarda, tuyalarda va eshaklarda 25 turdan parazit chuvalchanglar topilgan. Bundan tashqari birqator gelmintoz kasalliklari, jumladan fassiolyoz, dikroselioz, exinokokkoz, senuroz, sistiserkoz, monezioz kabilarni, shuningdek uy parrandalari kasalliklarini kelib chiqishi, zarari, profilaktikasi, davolash usullari hamda qarshi kurash chora-tadbirlarini asoslab berish kabi muhim ishlarni amalga oshirishgan. O’zbekistonda tibbiyot parazitologiyasining shakllanishi va kelgusi rivojlanishi 1923 yilda Buxoroda Tropinstitutining tashkil qilinishi bilan bog’liqdir. Ushbu institut nafaqat O’zbekistonda, balki butun O’rta Osiyo hududida odamning parazit hayvonlarini va boshqa turli kasallik qo’zg’atuvchilarini o’rganuvchi yagona ilmiy-tadqiqot markazi edi.