logo

Islom tasavvufi tariqatlari. Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

147.5 KB
Mavzu. Islom tasavvufi tariqatlari. Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari
Reja:
1. Tariqat so‘zining lug‘aviy-istilohiy ma'nolari.
2. Tariqat nazariyasining shakllanishi.
3. Yassaviylikning vujudga kyelishi va nazariy manbalari.
4. Kubroviylik tariqati va uning taraqqiyoti.
5. Xojagon   tariqati   va   uning   yaratilishida   Abduxoliq   G‘ijduvoniy
faoliyati.
6. Naqshbandiylik ta'limoti va uning yangilanishi (mujadiddiylik).
7. Qalandariylik ta'limoti.
1 "Tariq" so‘zining lug‘aviy ma'nosi "yo‘l" bo‘lib, tariqat yo‘llar, yo‘nalishlar
ma'nosini   bildiradi.   Tasavvufda   "Sullik   at-tariq"   ("yo‘lni   o‘tash")   tushunchasi
mavjud   bo‘lib,   u   shariatdan   kyeyin   o‘tiladigan   bosqich   sifatida   tushuniladi.
Tasavvufda   tariqatlanish   islomdagi   mazhablanish   jarayonidan   kyeskin   farq   qilib,
so‘fiy   o‘z   qalbini   poklab,   Ollohga   yetishish   yo‘lida   ma'lum   bir   pir,   murshid
rahnamoligida   muayyan   yo‘lni   o‘tash   kyerak   bo‘ladi.   Mana   shu   ma'naviy   yo‘l
tasavvufda tariqat dyeb yuritiladi. Tariqatlanish jarayoni IX asrdan boshlab mavjud
bo‘lib,   turli   xil   tariqatlanish   uslublarini   tavsiya   etganlar.   Tariqat   haqni   anglash
yo‘llari   sifatida   tushunilar   ekan,   dastlabki   tariqatlanish   jarayonini   o‘zida   aks
ettirgan   asar   Xujviyrining   "Kashfu-l-mahjub"   dyeb   nomlangan   asari   hisoblanadi.
Bu   asarda   muallif   maqbul   ko‘rilgan   o‘n   tariqat   va   mardud   qilingan   ikki   tariqatni
ko‘rsatadi. 
Maqbul (qabul qilingan) tariqatlar:
1. Muxosibiylik
2. Malomatiylik (kassariylik)
3. Tayfuriylik 
4. Junaydiylik
5. Nuriylik
6. Sahliylik 
7. Hakimiylik
8. Xarraziylik
9. Xafifiylik
10. Sayariylik
Marbud (rad qilingan) tariqatlar:
1. Xulumiylik
2. Xallojiylik
Bundan tashqari  XIV asrda Al-Vositiyning "Tiryaqu-l-muhibin" asarida o‘z
davridagi   o‘n   tariqat   ko‘rsatilib,   ularning   qatoriga   biloliylik   va   uvaysiylik   ham
qo‘shiladi.   Ko‘rinadiki,   XIV   asrga   qadar   tariqatlanish   jarayoni   amalga   oshirilgan
2 bo‘lsa ham tariqatlanish nazariyasi va tamoyillari to‘la shakllanmagan edi. Mavjud
risola   va   tazkira   muayyan   bir   yoki   bir   nyecha   tariqatlarni   anglatish   bilan
chyeklanib qolgan. Shunga qaramay, tasavvuf tarixida tariqatlanish jarayoni asosan
XVI-XVII asrlarga qadar davom etganini kuzatish mumkin.
G‘arb  olimlari   orasida  tasavvuf  tariqatlari   tasnifi  bilan  jiddiy shug‘ullangan
Jorj Tryemingem "Islom tasavvuf tariqatlari" kitobida tariqatlarni asosiy va hosila
hamda   oilaviy   tariqatlarga   ajratadi.   Asosiy   tariqatlarni   byelgilashda   hududiy
tasnifni asos qilib olgan holda bir nyecha maktablarni qayd etadi: Bog‘dod (Iroq)
maktabi:   suxravardiylik,   rafoiylik,   qadiriylik;   Misr   va   Mag‘rib   maktabi:
shazaliylik;   Eron,   turk   va   hind   maktablari:   kubroviylik,   yassaviylik,   mavlaviylik,
xojagon-naqshbandiylik, chishtiylik va boshqalar.
Ingliz olimi hosila yoki oilaviy tariqatlar sifatida ro‘zbyexoniylik, hizoliylik
kabi   tariqatlarni   ko‘rsatadi.   Shu   bilan   birga   tariqat   so‘zini   yevropaliklarga   tanish
bo‘lgan "ordyen", "brotstvo" tushunchalari orqali talqin qiladi.
Markaziy   Osiyoda   tasavvuf   tariqatlari   X-XI     asrlardan   boshlab   shakllanish
davriga  kirgan bo‘lib, umuman tasavvufning tarqalishi  va taraqqiyoti  Xoja Yusuf
Xamadoniy   nomi   bilan   bog‘liq.   Xoja   Yusuf   tahsil   munosabati   bilan   Buxoroga
kyelgan va shu yerda muqim qolib, xonaqoh qurdirib faoliyatini davom ettirgan. X.
Yu.   Xamadoniyning   Abdulqodir   imombyey   va   G‘azzoliylar   haqida   suhbatlarida
ma'lumot byeradi. Shayxning Buxorodagi xonaqohi Xuroson ka'basi nomini olgan
va bizga qadar "Rutbatu-l-hayot" ("Hayot martabasi") asosiy asari yetib kyelgan. 
Aytishlaricha,   Shayx   Xamadoniyning   4   xalifasi   uning   faoliyatini   davom
ettirgan.   Ular:   Xoja   Abdulloh   Barraxiy,   Xoja   Hasan   Andohiy,   Xoja   Ahmad
Yassaviy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy.
Markaziy   Osiyoda   tasavvuf   tariqatlarining   vujudga   kyelishi   Xoja   Ahmad
Yassaviy   va   Abduxoliq   G‘ijdivoniy   faoliyati   bilan   bog‘liq.   Yusuf   Xamadoniy
ta'limotida   tariqatlanish   kyeskin   aks   etmaydi.   Faqatgina   Xoja   Ahmad   Yassaviy
bilan   Abdulxoliq   G‘ijdivoniyning   turli   hududlardagi   faoliyati   va   mana   shu
hududlar   sharoitidan   kyelib   chiqib   ish   ko‘rishi   natijasida   yassaviylik   va   xojagon
tariqatlari shakllangan.
3 Naqshbandiya   tariqatining   XU   asrda   Samarqandda   faoliyat   ko‘rsatgan
yirik   murshidi,   temuriy   podshohlarning   katta   nufuzga   ega   bo‘lgan   ma’naviy
rahnamosi Xoja Nosuriddin Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) inson dilining taalluqli
bo‘lishi xususida o‘zining ma’rifiy fikrlarini bayon etadi.
Insondagi barcha yuksak xislat va fazilatlari uning qalbi holatiga bog‘liq bo‘lib,
qalbning   qo‘riqchisi   aqldir.   Aql   yaratilishda   malakutiy,   ya’ni   farishtasifat   bo‘lib,
nuroniy va pokiza tabiati bilan qalb uyini nopoklikdan muhofaza qilib turadi. Agar
inson   xilqatini   tashkil   etuvchi   to‘rt   unsur   mutanosibligi   buzilib,   tanda   illat   paydo
bo‘lsa   -   buning   natijasida   nurdan   iborat   bo‘lgan   aql   xira   tortadi.   Qo‘riqchisi   sust
bo‘lgan   qalb   uyiga   esa   nosog‘lom   tafakkur   yo‘l   topadi.   Mirzo   Abdulqodir   Bedil
“CHor unsur” asarida insonda uch quvvat – jismoniy quvvat, aql-idrok quvvati va
ruhiy quvvat mujassam bo‘lsagina, u oliy maqsadga erisha oladi, deb ta’lim beradi.
Go‘dak   ulg‘aya   borgan   sari   o‘zi   yashayotgan   olamni,   atrof-muhitni   yaxshiroq
idrok etar ekan, aqli kamolga etganda uni dunyoga keltirgan ota-onasini, ularning
fazilatlarini,   ixlosu   e’tiborlarini   chuqurroq   his   etadi   va   ularga   mehr   qo‘yadi.
Farzandi   uni   tushunganini,   qadrlaganini   va   mehr   qo‘yganini   ko‘rish   ota-onaning
oliy   maqsadlaridan   biri.   Butun   olamlarning   yaratuvchisi   bo‘lmish   Parvardigori
oliyning insonni  mehr  bilan  yaratishdan  maqsadi  ham  unga o‘zini  tanitish,  undan
buyuk   ixlos   va   sadoqat   ko‘rishdan   iboratdir.   Shu   ma’noda,   xususan,   Qur’oni
Karimning   “Vaz-z-zoriyot”   surasi,   56-oyati   karimasida   shunday   marhamat
qilinadi: “Mo xalaqtul jinna val insa illa liya’buduni” (Mazmuni: “Men jinlarni va
odamlarni   o‘zimga   ibodat   qilishlari   uchungina   yaratdim”) 1
.   Demak,   muvaqqat
hayot   berilgan   inson   ham   o‘zini   mehr   bilan   parvarishlagan   ota-onasiga   qanchalik
vafo   va   sadoqat   ko‘rsatsa,   uning   uchun   butun   olamlarni   yaratgan,   hayot   va   rizq
bergan,   to‘g‘ri   yo‘l   va   ilm   bergan,   azaldan   mavjud   va   abadiy   bor   bo‘lgan
Parvardigori   olamga   undan-da   buyuk   va   ta’rifga   sig‘mas   sadoqat   va   muhabbat
namunasini   ko‘rsatmog‘i   lozim.   Binobarin,   aqli   kamolot   darajasida   bo‘lgan   etuk
insonlarning   oliy   maqsadlari   ham   muhabbat,   qurbat   edi.   Bu   muhabbat   ko‘zni
quvontiruvchi   go‘zal   ko‘zaga   emas,   balki   uni   yasagan   ko‘zagarga,   qalbga   zavq-
1
 Қуръони карим.-Тошкент: “Маънавият”, 2002.
4 shavq   beruvchi   mukammal   olam   ashyolariga   emas,   balki   ularni   buyuk   hikmat   va
betimsol   san’at   bilan   yaratgan   Yaratguchiga   yo‘nalgan   edi.   Pokiza   muhabbat   esa
ibodatlarning eng afzalidir.
Hazrat Xoja Ahrori Vali o‘zlarining “Volidiyya” asarlarida yuqorida keltirilgan
oyati karima tafsirida shunday yozadilar: “Mufassirlarning aytishlaricha, oyatdagi
ibodatdan murod ma’rifatdir, chunki, ibodat zohiriy amallarga taalluqlidir. Ammo,
uni   zohirga   ta’yin   qilinsa,   to‘g‘ri   bo‘lmaydi,   chunki,   xilqat   (yaratish)dan   murod
faqat   zohir   amallar   emas,   balki   zohiriy   amallar   ma’rifatga   tobe’dur   va   maqsud
aslida shudur”. 2
Ma’rifat – dildagi ilm, mushohada va maqsad yo‘lidagi kuchli iroda majmuidir.
Bu Haqni tanish yo‘lidagi eng yuksak daraja va eng yaqin yo‘l. Ammo bu maqom
Haqni   tanishdagi   quyi   darajalar   –   ibodat   (shariat   ilmi),   aql-idrok   (zohiriy,   naqliy
ilm) tufayli hosil bo‘ladi.
Boshqacha aytgana, dildagi – ichkaridagi ma’rifatning tashqaridagi qo‘riqchilari
ibodat   va   zohiriy   ilm   qudratidir.   Ammo,   so‘fiylar   YAratguchining   ularga
marhamati   bo‘lmish   ma’rifatni   qanchalik   pinhon   saqlamasinlar,   uning   nuri
ularning   yuzlarida,   ko‘zlarida,   so‘zlarida   aks   etib   turadi.   Dildan   tashqaridagi   bu
in’ikosni   (oshkoralikni)   yana   aql   nurlari   ihota   etadi   va   muhofaza   qiladi.   Shuning
uchun ma’rifatli inson yuzidagi nurni hamma ham ko‘ra olmaydi.
Xalq   bo‘lishdan   (yaratilishdan)   murod   ma’rifat   ekan,   Hazrat   Xoja   Ahrori   Vali
(r.a.)   juda   yoshliklaridanoq   o‘zlarini   dil   qo‘riqchilarining   tabibi   emas,   balki   dil
uyining   tabibi   sifatida   bashorat   etadilar.   Hikoya   qilishlaricha,   yosh   vaqtlarida
Shayx   Abu   Bakr   Qaffoli   Shoshiy   mozorlarida   Hazrati   Iso   (a)ni   tushlarida
ko‘radilar   va   o‘zlarini   ularning   qadamlari   (izlari)ga   tashlaydilar.   Ul   zot   (a)
Hazratning   boshlarini   tuproqdan   ko‘tarib,   “G‘am   emagil,   biz   seni   tarbiyat
eturmiz”,   deydilar.   Bu   tush   ta’biri   haqida   ba’zi   do‘stlariga   so‘zlaganlarida,   ular
“senga tib ilmidan nasiba bo‘ladi”, deydilar. Hazrat bu ta’birga rozi  bo‘lmaydilar
va   shunday   deydilar:   “Sizlarning   ta’biringizga   roziligim   yo‘qtur,   man   vajhi   digar
bila ta’bir   etdim, va  ul  ta’bir  ul   tururkim,  Hazrati  Iso  (a)   mazhari  ihyo  bila zohir
2
 Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор. Рисолаи волидиййа (Отага аталган рисола). – Т.: Янги аср авлоди, 2004.  8-бет.
5 bo‘lsa, oyturlar “Isaviy al-mashhad turur”. Vaqtekim, alar bu faqirning tarbiyatini
o‘zlariga oldilar, bu faqirda qulubi mayyitalarni ihyo etmak sifati hosil bo‘lur”. 3
“Qulubi   mayyita”   –   o‘lik   qalblarni   “ihyo   etmak”   –   tiriltirmak   tabobatning   asl
maqsadidir.   Hazrat   Xoja   (r.a.)   tabobatning   quyi   darajasi,   ya’ni,   tan   shifokorligi
bilan shug‘ullanishga qanoatlanmay (bunday shifoga inson qatorida boshqa barcha
tirik jonzot ham muhtoj), YAratgan tasarrufida bo‘lgan insonlar qalblariga e’tibor
qilishga, o‘lik qalblarni tiriltirishga hayotlarini bag‘ishlaganlar.
“Rashahot”da   keltirilishicha,   Hazrati   Xoja   (r.a.)   o‘n   ikki   yoshlarida   ekanlarida
hamma   ogohlik   bilan   hayot   kechiradi,   deb   o‘ylar   ekanlar:   “Gumon   etar   erdimki,
Haq   subhonahu   taolo   xalqlarning   hammasini   bul   vajhda   yarotub   tururkim,   ondin
g‘ofil bo‘lmaslar”. 4
 To shariat jihatidan balog‘atga etmagunlaricha, shunday fikrda
bo‘lganlar.   Ammo,   keyinroq   ul   zotga   ma’lum   bo‘ladiki,   ogohlik   YAratganning
inoyati bo‘lib, bu martaba ba’zilarga maxsus, ba’zilarga riyozat va ba’zilarga ko‘p
harakat   va   mehnat   bilan   muyassar   bo‘lar,   ba’zilarga   umuman   muyassar   bo‘lmas
ekan.
Hazrat   Xoja   (r.a.)   hali   naqshbandiya   tariqatiga   rasman   kirmayoq,
yoshliklaridanoq,   g‘ofil   qalblarni   uyg‘otish   va   ularda   ma’rifatni   zargarona   naqsh
etishni niyat qiladilar. Bu niyatlari shunday amalga oshadiki:
               Xizmatidin har kishi ogoh o‘lub,
               Garchi gado ma’ni ila shoh o‘lub...
               Yo‘qki mamolikka nigahbon o‘lub,
               Barcha salotun uza sulton o‘lub... 5
Hazrat   ma’rifat   tarbiyasida   dil   holiga   alohida   e’tibor   qaratadilar.   O‘zlarining
“Risolai   havroiyya”   asarlarida   dilni   jannat   bog‘iga   qiyos   qiladilar:   “Dilga   jannat
nomi   berilgan   xabarlar   bunga   dalildir,   zero,   haqiqatan   dilni   jannatga   qiyoslasa
bo‘ladi. Ammo dil bihishtiga tabiat do‘zaxidan o‘tmaguncha etmaysan”. 6
Inson   shunday   yaratilganki,   deydilar   Hazrat   “Volidiyya”da,   uning   qalbi
taalluqsiz emas. Ya’ni, unda Haq bo‘lmasa, g‘ayr bo‘ladi, g‘ayr ketsa Haq qoladi.
3
 Фахруддин Али Сафий. Рашаҳот. – Тошкент: Абу Али Ибн Сино н-даги ТН, 2003. 298-бет.
4
 Кўрсатилган асар, 298-бет.
5
 Алишер Навоий. МАТ. ХХ томлик, 7-т. – Тошкент: ЎзФА “ФАН”, 1991. 98-бет.
6
 Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор. Табаррук рисолалар. – Тошкент: Адолат, 2004. 24-бет.
6 Dil bo‘sh turmaydi. Barcha haqiqat haqida so‘z yurituvchilar bir fikrda yakdillarki,
ma’rifat   Payg‘ambar   sallollohu   alayhi   vasallamga   tobe’liksiz   hosil   bo‘lmaydi.
Tobe’ bo‘lish esa tobe’ bo‘lish zarur bo‘lgan narsani bilishga bog‘liq. Payg‘ambar
alayhissalomning esa so‘zlari, fe’llari va hollari bor. Ul zoti sharifning (a) so‘zlari
tilga bog‘liq, fe’llari zohirga bog‘liq, hollari esa botinga bog‘liq.
            Demak, kamolotga intilgan inson dilida basharning yagona komil farzandi
va uning barcha sifatlarini kasb etish uchun intilish bo‘lmog‘i lozimdir.
Yassaviya tariqatining   mashhur  Shayxlaridan XVI asrda Markaziy Osiyo,
xususan,   Samarqand   ijtimoiy   hayoti,   ilmiy-ma’rifiy   va   madaniy   taraqqiyotida
yorqin iz qoldirgan mutafakkir alloma Hazrati Shayx Xudoydodi Vali (q.s.) islom
dinining insonparvar mohiyatini chuqur idrok etar ekanlar, o‘zlarining butun ongli
hayotlari va ilmiy salohiyatlarini shu din asoslarini targ‘ib etish va uning vositasida
jamiyatni tarbiyalash ishiga bag‘ishladilar.   
                      Hazrati   Shayx   Yassaviya   tariqati   asoschisi   Xoja   Ahmad   Yassaviy   kabi
islomning   muqaddas   kitobi   bo‘lmish   Qur’oni   karim   mazmuni   va   shariat
ahkomlarining targ‘ibotchisi,oddiy xalqning islom  ma’rifatini egallashi  uchun jon
kuydirgan shaxs edilar. Ammo, o‘zlarining xos suhbatdoshlari, muridlari davrasida
esa   ma’rifat   sirlarini   chuqurroq   bilishga,   uning   mohiyatini   qalban   teranroq   his
etishga   chorlovchi   alloma   ham   edilar.   Bu   ma’no   Hazratning   har   bir   so‘zlarida,
asarlarida,   amallarida   aks   etar   edi.   Alloma   hayoti   va   faoliyati   tafsilotlariga
bag‘ishlangan “Hazrat Xudoydodi Vali maqomotlari” asari ham bu haqda kengroq
ma’lumot beruvchi manbalardan biridir. 7
Asar mazmuni asosan forsiy tilda bayon etilgan. Unda turli voqea, hodisalar
vositasi   bilan   Hazrati   Shayxning   o‘z   muridlari,   suhbatdoshlariga   pand-o‘gitlar
berganliklari haqida hikoya qilinadi. Matn o‘rtalarida esa sa’j, bayt, hikmat, g‘azal,
naql,   hikoyat   sarlavhalari   bilan   turkiy   va   forsiy   tillarda   badiiy   yaratmalar   ham
joylashtirilgan. 
7
Улуғ авлиё. Шайх Бобо Худойдоди Вали. – Тошкент: “OZBEKISTON”, 2017. Қаранг: барча ҳавола 
(цитата)лар шу манбадан келтирилади.
7 Asarning   asosiy   mazmuni   butun   borliqni   yaratgan   Allohning   sifatlarini,
tajalliysini,   Uning   bandalariga   bo‘lgan   cheksiz   himmati,   latofatini   ko‘rsatish
asosida boradi. Adib tasavvufiy tushuncha va istilohlardan foydalangan holda, ishq
ahli   ahvoliyatini   o‘ziga   xos   tarzda   talqin   qilishga   urinadi.   Misralardagi   tasvir-
ifodalar Hazrati Mashrab, So‘fi Allohyorlarning talqin-tasniflariga monand. Xudo
diydorini   chin   dildan   istash   va   bu   borada   bori   maxluqot   va   mavjudlikdan   voz
kechish ahvolotlari ichki dard bilan ifoda etiladi.
                   Asarda so‘fiylikning axloq qoidalari haqida ko‘plab fikrlar bayon qilinadi.
Bir o‘rinda adib Shayx tilidan “CHunonchi, buyuradurlarki”,  degan jumlalar bilan
Hazrat   Azizon   fikrlarini   bayon   qiladi:   ”Va   buyurar   edilarki,   bir   kun   menga   arz
ettilarki, falon so‘fiy falon so‘fiy bilan janjal qilibdi. Men shunday dedim: So‘fiyga
birov bilan urishish yarashmaydi, zeroki, janjal qilish husni xulq egalarining odati
emas, aksincha, so‘fiy doim  o‘z nafsi  bilan urush   qilishi  kerak. Agar  mosivodan
uning   ko‘ngli   tang   bo‘lsa-da,   (so‘fiy)   o‘z   qahru   g‘azabini   nahang   kabi   yutib
yuborishi kerakdur“.
           Pirning maqsadi dastlab inson o‘zini anglashi, shundagina, Xudoni, borliqni
anglashi lozimligi haqidadir. Pir o‘z fikrida davom etarkan, ishq ahli ko‘rinishlarini
ham   o‘zgacha   talqin   etadi.   Uning   fikricha,   ularning   tashqi   ko‘rinishlari   kishi
ko‘ziga   xomush   va   achinarli   ko‘rinsa-da,   aslan   ular   quvonch   mukofoti   bilan
rag‘batlangandirlar:   “Saj’:   zeroki   agar   ular   zohirda   firoq   dashtida   sargardonlar,
ammo ma’no jihatdan barchalari habib vaslidan shokir va quvonchdadirlar”.
            Pir boshqa so‘fiy ijodkorlar singari tavhid falsafasini ilgari suradi: “Vujud
(borliq)   aslida   birdir,   bas,   barcha   borliqning   mavjudligi   Haq   taolo   vujudidan
boshqa   emas”.   Olimning   fikricha,   ko‘rinib   turgan   neki   narsa   bor   bo‘lsa,   uning
barchasi Haq taoloning mazharlari (ko‘rinishlari)dir.
Hazratning manoqiblarida   “Ishq”, “Faqr”, “Saxovat”, “Tavakkul” “Ishfoq”
kabi   boblarda   tasavvufiy   tushunchalar   chuqur   falsafiy   mushohadalar   va   hayotiy
misollar   orqali  tushuntirib  beriladi.  Buyuk  Shayx  Xoja  Ahmad  Yassaviy   ma’rifat
ilmini yoygan bo‘lsa, Bobo Xudoydodi Vali bu tushunchani ilmiy nuqtai nazardan
sharhlab, izohlab tushuntirib beradi. 
8                         “Maqomot”da,   ma’lum  bo‘layotganidek,  milliy  mafkuramizning  asosiy
masalalaridan   biri   bo‘lmish   har   tomonlama   etuk   shaxs   tarbiyasi   uchun   zarur
bo‘lgan ma’rifiy mavzularda so‘z yuritiladi. 
Kubraviya tariqatining   mashhur rahnamosi, Samarqandda XVI asr boshlarida
yashab faoliyat ko‘rsatgan piri tariqat, olim va shoir Kamoliddin Husayn Xorazmiy
– Maxdumi Xorazmiy (1466-1551 melodiy) ham o‘zining butun hayoti va faoliyati
davomida   inson   e’tiborini   o‘z   qalbiga   qaratish,   qalb   pokligi   va   to‘g‘riligiga
erishish   orqali   jamiyat   osoyishtaligi,   farovonligi   va   barqarorligini   ta’minlash
mumkinligini uqtirib o‘tadi. Bu mutafakkir alloma shaxsiyati, hayoti, ilmiy-irfoniy
va   ma’naviy-ma’rifiy   faoliyati,   davri   va   muhiti,   jismoniy   va   ruhoniy   shajarasi
haqida   bugungi   kunda   ancha   aniq   ma’lumotlar   mavjud   bo‘lib,   maxsus   ilmiy
tadqiqotlar   ham   yaratilgan.   Xususan,   samarqandlik   tarixshunos   olim   Komilxon
Kattaevning «Maxdumi Xorazmiy va xonaqohi tarixi» nomli monografiyasi 8
, tarix
fanlari   doktori,   O‘zRFA   SHarqshunoslik   instituti   Qo‘lyozmalar   fondi   mudiri
Mahmud   Hasaniyning   respublikamiz   matbuotida   e’lon   qilingan   maqolalarida
Shayxning   o‘z   ilmi   va   murabbiylik   faoliyati   bilan   yarim   asrdan   oshiqroq   vaqt
davomida   jamiyat   a’zosi   bo‘lmish   har   bir   inson   va   shu   insoniy   jamiyat
xastaliklariga davo izlagani, sabr va matonat bilan ma’rifat nurini yoygani haqida
ma’lumot   beriladi.   Mahmud   Hasaniy   piri   tariqatning   «Irshod   al-muridiyn»
(«Muridlarga   to‘g‘ri   yo‘l»)   deb   nomlangan   asarini   kirill   alifbosiga   o‘girib,   fors-
tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima ham qilgan. 9
Xo‘sh, Maxdumi Xorazmiy kim edilar?
Bu   zotning   ajdodlari   asli   andijonlik   bo‘lib,   Xorazmga   keladilar   va   bu   erda
muqim   yashab   qoladilar.   870   hijriy,   1466   melodiy   yilda   keyinchalik   Maxdum
laqabi   bilan   mashhur   bo‘lgan   Husayn   Xorazmiy   tug‘iladi.   O‘z   yurtida   dastlabki
zohiriy   va   diniy   bilimlarni   egallagan   Husayn   o‘sha   paytda   Samarqandda   yashab,
faoliyat   ko‘rsatayotgan   mashhur   murshid   Xoja   Ubaydulloh   Ahrori   Vali   (q.s.)
8
К.Каттаев. Махдуми Хоразмий ва хонақоҳи тарихи. –Самарқанд: “Зарафшон”, 2003. 128 б.
9
 Маҳмуд Ҳасаний. ”Махдуми Хоразмий. Иршод ал-муридийн”. Илмий мақ.тўпл.:ХУ-ХУ1 аср тасаввуф 
намояндалари илмий меросининг маънавий-маърифий қадриятларни юксалтиришдаги ўрни ва аҳамияти. –
Самарқанд: СамДУ, 2011. 38-47 б; Яна қаранг: шайх асаридан келтирилган барча ҳавола (цитата)лар шу 
манба (тўплам)дан олинди.
9 dargohiga   oshiqadi.   Ammo,   u   Buxoroga   etib   kelgan   paytida   murshid   olamdan
o‘tadi.   Husayn   Xorazmiy   yana   Xorazmga   qaytib   ketadi   va   899/1493   yili
Xurosonga   qarab   yo‘l   oladi   va   bu   erda   Maxdumi   A’zam   nomi   bilan   mashhur
bo‘lgan   Xoja   Muhammad   al-Xabushoniy   (q.s.)   dargohiga   keladi.   U   bu   mashhur
alloma   xizmatida   o‘n   bir   yil   hozir   bo‘ladi   va   tasavvuf   asoslarini   to‘liq   egallaydi.
1504-1505 yillarda Xorazmga qaytadi. 1517 yilda hajga  borish  maqsadida yo‘lga
chiqadi   va   Buxoroga   etadi.   Bu   erdan   oradan   bir   yil   o‘tgach,   muridlarining
iltimoslariga binoan Samarqandga keladi. 
Bu erda bir muddat G‘ori oshiqon degan joyda yashay boshlaydi. Ko‘p o‘tmay,
Registon mavzeining sharq tarafidan bir hovli va bog‘ sotib oladi va Samarqandda
muqim   bo‘lib   qoladi.   Shundan   so‘ng,   Husayn   Xorazmiy   Markaziy   Osiyoning
ko‘plab shaharlarida sayohat, ziyoratlarda bo‘ladi  va 1549 yildan so‘ng bir  guruh
muridlari hamda o‘g‘illari SHarafiddin Husayn, SHahobiddin Husayn, Mir Hoshim
Husayn,   Shayx   Najmiddin   Husaynlar   hamrohligida   haj   safariga   chiqadi.   U   haj
arkonlarini   to‘liq   ado   etgach,   Shom   (Suriya)da   yashab   qoladi   va   1551   yilda   shu
erda vafot etadi. 
Maxdumi   Xorazmiy   hayoti   haqida   to‘liq   ma’lumot   beruvchi   asar   uning   o‘g‘li
SHarafiddin   Husayn   tomonidan   yozilgan   «Jodat   ul-oshiqin»   asaridir.   Bu
qo‘lyozmani   ancha   mufassal   o‘rganib,   tahlil   qilib   berar   ekan,   tarixshunos   olim
Komilxon   Kattaev   undagi   ma’lumotlarni   boshqa   tarixiy-adabiy   manbalar   bilan
solishtiradi,   to‘ldiradi,   ko‘p   masalalarga   aniqlik   kiritadi.   Qirqdan   ziyod   tarixiy-
ilmiy   va   adabiy   manbalardan   foydalanib,   olim   Maxdumi   Xorazmiy   shaxsiyati,
tarixiy   faoliyati,   pirlari   va   ma’naviy   silsilasi,   xalifalari,   farzandlari,   hukmdorlar
bilan munosabatlari, safarlari, xonaqohi tarixi va Shayx haqidagi manbalar haqida
mufassal ma’lumot beradi. 
Maxdumi Xorazmiy tarixi bilan qiziqqan ikkinchi yirik olim Mahmud Hasaniy
Shayxning   O‘zRFA   Sharqshunoslik   instituti   qo‘lyozmalar   fondida   saqlanayotgan
o‘z qalamiga mansub asarlarini o‘rganib, ular sakkiztaga yaqin ekanligini ma’lum
qiladi   va   «Irshod   ul-muridiyn»   nomli   asarini   fors   tilidan   o‘zbek   tiliga   tarjima
qiladi. 
10 Ma’lum bo‘lganidek, Shayx Kamoliddin Husayn al-Xorazmiy yirik tariqatlardan
biri   –   Shayx   Najmiddin   Kubro   Xorazmiy   asos   solgan   A’liyai   Kubraviya
silsilasining   «Husayniya   –   Hamadoniya   -   Kubraviya»   sulukiga   mansub   etuk   pir,
murshid   edi.   U   Maxdumi   Xorazmiy,   Qutbiddin   Husayn   va   SHarafiddin   Husayn
nomlari   bilan   ham   shuhrat   qozongan.   Shayxning   etuk   diniy   rahnamo,   murshidlik
faoliyati   haqida   asosan   uning   o‘zi   tomonidan   yozilgan   asarlar   mukammal
ma’lumot   beradi.   Hozirgi   kunda   Shayxning   yagona   «Irshod   ul-muridiyn»   asari
tarjima bo‘lganligi bois, bu asardagi Shayxning ma’rifiy g‘oyalariga e’tiborimizni
qaratsak. 
Yirik tariqat  pirining ushbu  asarida insonni  komillik darajasiga  etishishi  uchun
qo‘lga   kiritishi   lozim   bo‘lgan   ko‘pgina   axloqiy   sifat   va   fazilatlar   haqida   so‘z
yuritiladi.   CHunonchi,   ma’rifat   istagida   yo‘lga   chiqqan   yo‘lchi   albatta   bir
yo‘lboshchining   etagidan   tutmog‘i   lozim.   U   o‘sha   yo‘lboshchi   qo‘lida   go‘yo
g‘assol   qo‘lidagi   jonsiz   o‘lik   kabi   bo‘lmog‘i   kerak.   Shundagina   u   abadiy   hayot
topib, botinan ochiq ko‘z bilan ko‘rmoqlik qobiliyatiga ega bo‘ladi:
Zi man, ey do‘st, in yak nukta pazir,
Birav, fitroki sohib davlate gir.
         Ki qatra to sadafro darnayobad,
Nagardad gavharu ravshan nayobad.
Asosi kor vaqte mahkam aftod,
        Ki Mo‘soro Xizr megardad ustod.
Ey do‘st, mendan bir hikmatni qabul qil,
         Bir sohibdavlatning uzangisidan tut.
Bir qatra yomg‘ir sadafni topmaguncha
U ravshan bir gavharga aylanolmaydi.
Ishning asosi mahkam bo‘lishi mumkin,
Qachonki, Muso (a.s)ga Xizr ustod bo‘lganda.
(Tarjima M.Hasaniyniki)
11 Yosh va «to‘g‘ri hayot kechiraman», deb orzu qilgan pokiza insonni, albatta
bir ma’naviy rahbar o‘z nazoratiga olishi kerak. Aks holda, yo‘ldan adashib ketish
hech gap emas. Bu haqda hazrat Xoja Ahrori Valining «Volidiyya» risolasida keng
tushuncha beriladi. Risolani turkiyga tarjima qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur
shunday bayt keltiradi:
Ma’rifat betaba’iyyat bo‘lmas,
Qoyidi rah taba’iyyatturu bas.
«Taba’iyyat»   -   ergashmoq   demakdir,   «qoyid»   -   bandga   soluvchi.
Taba’iyyatni   avvalo,   nabiy   alayhissalomga   qilmoq   kerak.   Maxdumi   Xorazmiy,
hatto   inson   Muso   (a.s.)dek   nabiy   bo‘lsa   ham,   «qoyid»i   –   Xizr   (a.s.)dek   bandga
soluvchisi bo‘lmasa, maqsadi hosil bo‘lmaydi, deb o‘git beradi. «Hech bir tolib, -
deydi   Shayx,   -   ulug‘lik   cho‘qqisining   shahbozlari   va   anbiyolarning   noiblari
bo‘lgan bir ma’rifatli shaxsning himmat qanotiga osilmay turib, maqsad yo‘lining
zavqidan bahramand bo‘lolmaydi».
Dunyo   hoyu   havasiga   haddan   tashqari   berilmaslik,   himmatli,   muruvvatli
bo‘lish, yomon nafs tuzog‘iga ilinmaslik lozimligini ta’kidlar ekan:
O‘zlikdan to‘ygan bo‘lmoq kerak,
Jonu tandan kechuvchi bo‘lmoq kerak.
Har bir ishda minglab tuzoqlar bor,
Bu tuzoqlarni uzub ketuvchi bo‘lmoq kerak,
deya nasihat qiladi. 
Ey  aziz,  bilingki,  -  deya  murojaat   etar  ekan,  Shayx  bu dunyoda  hech  molu
mulkka,   hatto,   bu   vujud   va   unga   aloqador   narsalarga   ham   ko‘ngil   bermaslikni,
faqir   bo‘lib   yashashni   o‘rgatadi.   Faqirlik   –   kambag‘allik,   molu   mulksizlik   emas.
Faqirlik – dunyo havasini, dunyoviy umr lazzatini ko‘ngilga kiritmaslikdir. «Rasul
alayhissalom   ana   shunday   faqirlikka   faxr   qilganlar,   suvariy   (tashqi)   faqirlikka
emas. Vaholanki, Makkada shunday faqirlar bo‘lganki, ular Rasul alayhissalomdan
ham faqirroq edilar, biroq bu tashqi suvrat bo‘yicha edi», deb yozadi Shayx. 
Barcha pok tariqatlarning sarhalkasi Muhammad alayhissalom bo‘lganliklari
bois,   ularning   shaklu   tariqi   turlicha   bo‘lsa-da,   mohiyati   bitta   bo‘lgan.
12 Naqshbandiya   tariqatining   yirik   namoyandasi   Xoja   Ahrori   Vali   (q.s.)   nomlarida
juda   katta   molu   mulk   bo‘lishi   bilan,   Shayx   Rasul   alayhisalom   kabi     faqirliklari
bilan   faxrlanganlar.   «Uning   og‘ilxonasida   oltin   qoziqlar   qoqilgan»,   -   degan
malomatlarga, - «Biz oltin qoziqni og‘ilxonaga qoqdik, ko‘nglimizga emas», - deb
javob qilganlar. 
  Hazrati   Maxdum   ilm   tolibiga   faqat   dunyoviy   fanlarni   o‘rganish   bilan
chegaralanib qolmaslikni, ko‘ngilda ixlos bilan yaxshi amal qilishni uqtiradi: «Ey
aziz,   faqat   qol   ilmini   (madrasa   ilmini)   bilish   bilan   qanoatlanib,   g‘ofil   holda
o‘tirma, ilmni amalga yaqinlashtirginki, najot topish hadis hukmi bo‘yicha amalga
bog‘liqdir».
Shu tariqa Shayx Maxdumi Xorazmiy o‘zining buyuk rahnamosi Najmiddin
Kubro  singari   inson   nazarini   dunyo  uyidan  ko‘ngil  uyiga  qarata  burishga   harakat
qiladi. 
Buning uchun esa, pirlarning komil ishonchlariga ko‘ra, tolibi ilmga dunyo
mohiyatini chuqurroq anglatmoq lozim. Shayx Najmiddin Kubro asarlaridan iborat
«Ko‘nglim ko‘zi bilan ko‘rganlarim» deb nomlangan risolada dunyoning mohiyati
haqida   shunday   deyilgan:   «Dunyo   –   o‘ylash   o‘rni,   ibrat   manzili,   ishrat   saroyi,
ko‘prik   binosidir.   U   mo‘minlarning   ekinzori,   qidiruvchilarning   bozori,
intiluvchilarning savdo do‘koni, izlovchilarning ulovi, suluk yo‘liga kirganlarning
ko‘prigi,   adashganlarning   ma’shuqasi,   sodiqlarning   o‘tar   joyi,   oriflarning
axlatxonasi   va   shaytonlarning   o‘lkasidir…   Uning   bilan   savdo   qilganlar   aldanadi,
unga ko‘ngil berganlar yo‘ldan ozadi…». 
Maxdumi Xorazmiy Samarqandda faoliyat yurgizib turgan naqshbandiya va
Yassaviya tariqatlari qatorida o‘z tariqati, sulukini keng yoydi, ma’naviy barkamol
avlodni   tarbiyalash   maqsadi   bilan   yashadi.   U   bu   erda   xonaqoh,   masjid,   ikki
madrasa,   hovuz   kabi   inshootlarni   qurdirdi.   Bu   majmuaning   ba’zi   birlari   bugunga
qadar   etib   kelgan.   Akademik   M.E.   Masson   «Putishestvie   po   Turkestanu»   nomli
asarida   Maxdumi   Xorazmiy   haqida   ma’lumot   beradi,   bu   madrasa   maxsus   ko‘rlar
uchun   qurilganligini   ta’kidlab,   uning   suratini   ham   keltiradi.   Shayxning   xonaqohi
13 ham   ko‘rlar   uchun   qurilgan   bo‘lib,   qorixona   deb   atalgan.   Maqbaraning   esa   joyi
ma’lum, ammo o‘zi hozirda yo‘q bo‘lib ketgan.
Shayx madrasasining qoshida yana bir kichik madrasa bo‘lgan. Fikrimizcha,
Maxdum   ikki   madrasa   -   madrasai   ibtidoiya   (o‘rta   maxsus   ta’lim   o‘quv   yurtlari
singari) va madrasai oliya (universitet) qurdirgan.
Madrasalar   XIX   asr   boshlariga   qadar   faoliyat   ko‘rsatgan.   Bu   erda   oxirgi
mudarris   maxdumiyzoda   To‘raxon   Boboxonov   bo‘lgan.   Maqbara   esa   1953-yilda
buzilgan.
Milliy ma’naviy merosimiz durdonalarini yosh avlod tarbiyasi uchun xizmat
qildirish,   targ‘ib   va   tashviqot   qilish   bugungi   mafkuramizning   asosiy   talablaridan
biridir.   Shayx   Maxdumi   Xorazmiydek   yirik   olimlarning   hayot   va   faoliyatlarini
ibrat   tarzida,   yozgan   asarlarini   dasturil   amal   sifatida   vatanimiz   kelajagini
yaratuvchi   yosh   avlodga   taqdim   etsak,   jamiyatimiz   osoyishtaligi   va   barqarorligi
uchun munosib tarzda hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Xojagon   tariqatining   shakllanishida   ham   Shayx   Yusuf   Xamadoniy
maktabining   alohida   o‘rni   bor.   Chunki   Yu.   Xamadoniy   ta'limoti   Xojai   Buzur
Abdulxoliq   G‘ijduvoniy   tomonidan   davom   ettirilar   ekan,   Yu.   Xamadoniy   asos
solgan dastlabki 4 rashqa A. G‘ijdivoniy tomonidan 8 rashhaga yetkazilgan.  Bular:
1. "Xush dar dam"
2. "Nazar bar qadam"
3. "Safar dar vatan"
4. "Xilvat dar anjuman" bo‘lib, G‘ijdivoniy ular qatoriga:
5. "Yod kard"
6. "Boz gashd"
7. "Nigoh dosht"
8. "Yoddasht" kabi rashhalar (tomchi) qo‘yiladi.
Xojagon ta'limoti haqida Faxriddin Ali Safiyning "Rashahotu ayni-l-hayot",
Muhammad   Porsoning   "Faslu-l-xitob"   asarlarida   bu   yo‘l   davom   ettirilgan.
Shuningdyek,   Amir   Tyemur   zamonida   buyuk   sohibqiron   va   uning   avlodlari
tomonidan xojagon tariqatining pirlariga ergashish tufayli bu ta'limot kyengaygan.
14 Manbalarda A.   Tyemurning 4 piri haqida gap boradi. Bular: Abubakr Zayniddin
Toibodiy, Shamsiddin Kulol, Hasan Bahurziy, Shayx Bahouddin Naqshband.
Bahouddin Naqshband tomonidan xojagon tariqati davom ettirilib, avvalgi 8
manzil qatoriga Naqshband tomonidan 3 manzil qo‘shiladi.  Bular:
9. Vuqufi zamoniy
10. Vuqufi adadiy 
11. Vuqufi qalbiy
Bu manzillarning sharhi Muhammad Porsoning "Risolai qudsiya" asarida aks
ettirilgan.   Bundan   tashqari   naqshbandiylik   ta'limoti   haqida   Yaqub   Charxiyning
"Risolai   unsiya",   Abul   Muhsin   Boqirning   "Maqomoti   Xoja   Bahouddin
Naqshband",   Faxriddin   Ali   Safiyning   "Rashahotu   ayni-l-hayot"   asarlarida   aks
etgan.
Bu   ta'limot   jahon   bo‘ylab   kyeng   tarqalgan   tariqatlardan   biri   bo‘lib,   uning
mashhur   O‘rta   Osiyolik   pirlari   sifatida   Xo‘ja   Ahror   Valiy,   Abdurahmon   Jomiy,
G‘afsul A'zam, Dahbidiy Kosoniy va boshqalar kyeltiriladi.
Hazrat Navoiy ham Jomiy vositasida ushbu tariqatga kirgan, Boburshoh esa
G‘afsul  A'zam      Kosoniy hazratlariga qo‘l byergan. Ulug‘  o‘zbyek shoirlari So‘fi
Olohyor,   Xo‘janazar   Huvaydo,   Amiriy,   Ogahiy   va   boshqa   ijodkorlar   asarlarida
naqshband ta'limoti badiiy timsollar orqali aks etgan. 
Naqshbandiylik   tariqati   nafaqat   Markaziy   Osiyoda,   balki   barcha   islom
mamlakatlarida eng kyeng tarqalgan tariqat hisoblanadi. 
Xojagon   tariqati   XIV   asrdan   boshlab   naqshbandiylik   nomi   bilan   yuritila
boshladi.  Bu   ta'limotning  asosiy   shiorlardan   biri   "Dil  ba  yoru  dast  ba   kor"  -   "Dil
Olloh  bilan,  qo‘l  myehnat  bilan"   bo‘lib,  uning  mohiyati   o‘z  halol  myehnati   bilan
kun ko‘rishlikni tashkil etadi.
Naqshbandiylik   ta'limotining   asosi   Abulmuhsin   Muhammad   Boburning
"Maqomoti   Xoja   Bahouddin   Naqshband"   asarida   aks   etgan   bo‘lib,   unda   tariqat
yo‘li, darvishlik sifati, ahvol va axloqlari bayoni zikr qilingan. 
XV   asrda   Samarqandda   faoliyat   ko‘rsatgan       yirik   murshidi,   temuriy
podshohlarning   katta   nufuzga   ega   bo‘lgan   ma’naviy   rahnamosi   Xoja   Nosuriddin
15 Ubaydulloh   Ahrori   Vali   (q.s.)   inson   dilining   taalluqli   bo‘lishi   xususida   o‘zining
ma’rifiy fikrlarini bayon etadi.
Insondagi barcha yuksak xislat va fazilatlari uning qalbi holatiga bog‘liq bo‘lib,
qalbning   qo‘riqchisi   aqldir.   Aql   yaratilishda   malakutiy,   ya’ni   farishtasifat   bo‘lib,
nuroniy va pokiza tabiati bilan qalb uyini nopoklikdan muhofaza qilib turadi. Agar
inson   xilqatini   tashkil   etuvchi   to‘rt   unsur   mutanosibligi   buzilib,   tanda   illat   paydo
bo‘lsa   -   buning   natijasida   nurdan   iborat   bo‘lgan   aql   xira   tortadi.   Qo‘riqchisi   sust
bo‘lgan   qalb   uyiga   esa   nosog‘lom   tafakkur   yo‘l   topadi.   Mirzo   Abdulqodir   Bedil
“CHor unsur” asarida insonda uch quvvat – jismoniy quvvat, aql-idrok quvvati va
ruhiy quvvat mujassam bo‘lsagina, u oliy maqsadga erisha oladi, deb ta’lim beradi.
Go‘dak   ulg‘aya   borgan   sari   o‘zi   yashayotgan   olamni,   atrof-muhitni   yaxshiroq
idrok etar ekan, aqli kamolga etganda uni dunyoga keltirgan ota-onasini, ularning
fazilatlarini,   ixlosu   e’tiborlarini   chuqurroq   his   etadi   va   ularga   mehr   qo‘yadi.
Farzandi   uni   tushunganini,   qadrlaganini   va   mehr   qo‘yganini   ko‘rish   ota-onaning
oliy   maqsadlaridan   biri.   Butun   olamlarning   yaratuvchisi   bo‘lmish   Parvardigori
oliyning insonni  mehr  bilan  yaratishdan  maqsadi  ham  unga o‘zini  tanitish,  undan
buyuk   ixlos   va   sadoqat   ko‘rishdan   iboratdir.   Shu   ma’noda,   xususan,   Qur’oni
Karimning   “Vaz-z-zoriyot”   surasi,   56-oyati   karimasida   shunday   marhamat
qilinadi: “Mo xalaqtul jinna val insa illa liya’buduni” (Mazmuni: “Men jinlarni va
odamlarni   o‘zimga   ibodat   qilishlari   uchungina   yaratdim”) 10
.   Demak,   muvaqqat
hayot   berilgan   inson   ham   o‘zini   mehr   bilan   parvarishlagan   ota-onasiga   qanchalik
vafo   va   sadoqat   ko‘rsatsa,   uning   uchun   butun   olamlarni   yaratgan,   hayot   va   rizq
bergan,   to‘g‘ri   yo‘l   va   ilm   bergan,   azaldan   mavjud   va   abadiy   bor   bo‘lgan
Parvardigori   olamga   undan-da   buyuk   va   ta’rifga   sig‘mas   sadoqat   va   muhabbat
namunasini   ko‘rsatmog‘i   lozim.   Binobarin,   aqli   kamolot   darajasida   bo‘lgan   etuk
insonlarning   oliy   maqsadlari   ham   muhabbat,   qurbat   edi.   Bu   muhabbat   ko‘zni
quvontiruvchi   go‘zal   ko‘zaga   emas,   balki   uni   yasagan   ko‘zagarga,   qalbga   zavq-
shavq   beruvchi   mukammal   olam   ashyolariga   emas,   balki   ularni   buyuk   hikmat   va
10
 Қуръони карим.-Тошкент: “Маънавият”, 2002.
16 betimsol   san’at   bilan   yaratgan   Yaratguchiga   yo‘nalgan   edi.   Pokiza   muhabbat   esa
ibodatlarning eng afzalidir.
Hazrat Xoja Ahrori Vali o‘zlarining “Volidiyya” asarlarida yuqorida keltirilgan
oyati karima tafsirida shunday yozadilar: “Mufassirlarning aytishlaricha, oyatdagi
ibodatdan murod ma’rifatdir, chunki, ibodat zohiriy amallarga taalluqlidir. Ammo,
uni   zohirga   ta’yin   qilinsa,   to‘g‘ri   bo‘lmaydi,   chunki,   xilqat   (yaratish)dan   murod
faqat   zohir   amallar   emas,   balki   zohiriy   amallar   ma’rifatga   tobe’dur   va   maqsud
aslida shudur”. 11
Ma’rifat – dildagi ilm, mushohada va maqsad yo‘lidagi kuchli iroda majmuidir.
Bu Haqni tanish yo‘lidagi eng yuksak daraja va eng yaqin yo‘l. Ammo bu maqom
Haqni   tanishdagi   quyi   darajalar   –   ibodat   (shariat   ilmi),   aql-idrok   (zohiriy,   naqliy
ilm) tufayli hosil bo‘ladi.
Boshqacha aytgana, dildagi – ichkaridagi ma’rifatning tashqaridagi qo‘riqchilari
ibodat   va   zohiriy   ilm   qudratidir.   Ammo,   so‘fiylar   YAratguchining   ularga
marhamati   bo‘lmish   ma’rifatni   qanchalik   pinhon   saqlamasinlar,   uning   nuri
ularning   yuzlarida,   ko‘zlarida,   so‘zlarida   aks   etib   turadi.   Dildan   tashqaridagi   bu
in’ikosni   (oshkoralikni)   yana   aql   nurlari   ihota   etadi   va   muhofaza   qiladi.   Shuning
uchun ma’rifatli inson yuzidagi nurni hamma ham ko‘ra olmaydi.
Xalq   bo‘lishdan   (yaratilishdan)   murod   ma’rifat   ekan,   Hazrat   Xoja   Ahrori   Vali
(r.a.)   juda   yoshliklaridanoq   o‘zlarini   dil   qo‘riqchilarining   tabibi   emas,   balki   dil
uyining   tabibi   sifatida   bashorat   etadilar.   Hikoya   qilishlaricha,   yosh   vaqtlarida
Shayx   Abu   Bakr   Qaffoli   Shoshiy   mozorlarida   Hazrati   Iso   (a)ni   tushlarida
ko‘radilar   va   o‘zlarini   ularning   qadamlari   (izlari)ga   tashlaydilar.   Ul   zot   (a)
Hazratning   boshlarini   tuproqdan   ko‘tarib,   “G‘am   emagil,   biz   seni   tarbiyat
eturmiz”,   deydilar.   Bu   tush   ta’biri   haqida   ba’zi   do‘stlariga   so‘zlaganlarida,   ular
“senga tib ilmidan nasiba bo‘ladi”, deydilar. Hazrat bu ta’birga rozi  bo‘lmaydilar
va   shunday   deydilar:   “Sizlarning   ta’biringizga   roziligim   yo‘qtur,   man   vajhi   digar
bila ta’bir   etdim, va  ul  ta’bir  ul   tururkim,  Hazrati  Iso  (a)   mazhari  ihyo  bila zohir
11
 Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор. Рисолаи волидиййа (Отага аталган рисола). – Т.: Янги аср авлоди, 2004. 8-бет.
17 bo‘lsa, oyturlar “Isaviy al-mashhad turur”. Vaqtekim, alar bu faqirning tarbiyatini
o‘zlariga oldilar, bu faqirda qulubi mayyitalarni ihyo etmak sifati hosil bo‘lur”. 12
“Qulubi   mayyita”   –   o‘lik   qalblarni   “ihyo   etmak”   –   tiriltirmak   tabobatning   asl
maqsadidir.   Hazrat   Xoja   (r.a.)   tabobatning   quyi   darajasi,   ya’ni,   tan   shifokorligi
bilan shug‘ullanishga qanoatlanmay (bunday shifoga inson qatorida boshqa barcha
tirik jonzot ham muhtoj), YAratgan tasarrufida bo‘lgan insonlar qalblariga e’tibor
qilishga, o‘lik qalblarni tiriltirishga hayotlarini bag‘ishlaganlar.
“Rashahot”da   keltirilishicha,   Hazrati   Xoja   (r.a.)   o‘n   ikki   yoshlarida   ekanlarida
hamma   ogohlik   bilan   hayot   kechiradi,   deb   o‘ylar   ekanlar:   “Gumon   etar   erdimki,
Haq   subhonahu   taolo   xalqlarning   hammasini   bul   vajhda   yarotub   tururkim,   ondin
g‘ofil bo‘lmaslar”. 13
 To shariat jihatidan balog‘atga etmagunlaricha, shunday fikrda
bo‘lganlar.   Ammo,   keyinroq   ul   zotga   ma’lum   bo‘ladiki,   ogohlik   YAratganning
inoyati bo‘lib, bu martaba ba’zilarga maxsus, ba’zilarga riyozat va ba’zilarga ko‘p
harakat   va   mehnat   bilan   muyassar   bo‘lar,   ba’zilarga   umuman   muyassar   bo‘lmas
ekan.
Hazrat   Xoja   (r.a.)   hali   naqshbandiya   tariqatiga   rasman   kirmayoq,
yoshliklaridanoq,   g‘ofil   qalblarni   uyg‘otish   va   ularda   ma’rifatni   zargarona   naqsh
etishni niyat qiladilar. Bu niyatlari shunday amalga oshadiki:
               Xizmatidin har kishi ogoh o‘lub,
               Garchi gado ma’ni ila shoh o‘lub...
               Yo‘qki mamolikka nigahbon o‘lub,
               Barcha salotun uza sulton o‘lub... 14
Hazrat   ma’rifat   tarbiyasida   dil   holiga   alohida   e’tibor   qaratadilar.   O‘zlarining
“Risolai   havroiyya”   asarlarida   dilni   jannat   bog‘iga   qiyos   qiladilar:   “Dilga   jannat
nomi   berilgan   xabarlar   bunga   dalildir,   zero,   haqiqatan   dilni   jannatga   qiyoslasa
bo‘ladi. Ammo dil bihishtiga tabiat do‘zaxidan o‘tmaguncha etmaysan”. 15
Inson   shunday   yaratilganki,   deydilar   Hazrat   “Volidiyya”da,   uning   qalbi
taalluqsiz emas. Ya’ni, unda Haq bo‘lmasa, g‘ayr bo‘ladi, g‘ayr ketsa Haq qoladi.
12
 Фахруддин Али Сафий. Рашаҳот. – Тошкент: Абу Али Ибн Сино н-даги ТН, 2003. 298-бет.
13
 Кўрсатилган асар, 298-бет.
14
 Алишер Навоий. МАТ. ХХ томлик, 7-т. – Тошкент: ЎзФА “ФАН”, 1991. 98-бет.
15
 Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор. Табаррук рисолалар. – Тошкент: Адолат, 2004. 24-бет.
18 Dil bo‘sh turmaydi. Barcha haqiqat haqida so‘z yurituvchilar bir fikrda yakdillarki,
ma’rifat   Payg‘ambar   sallollohu   alayhi   vasallamga   tobe’liksiz   hosil   bo‘lmaydi.
Tobe’ bo‘lish esa tobe’ bo‘lish zarur bo‘lgan narsani bilishga bog‘liq. Payg‘ambar
alayhissalomning esa so‘zlari, fe’llari va hollari bor. Ul zoti sharifning (a) so‘zlari
tilga bog‘liq, fe’llari zohirga bog‘liq, hollari esa botinga bog‘liq.
            Demak, kamolotga intilgan inson dilida basharning yagona komil farzandi
va uning barcha sifatlarini kasb etish uchun intilish bo‘lmog‘i lozimdir.
19  
ADABIYOTLAR
1. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 488 b.
2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida //Xalq so‘zi, 2021 yil 8 fevral, №28 (6722).   
3. 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
4 .   Islom   tasavvufi   manbalari   (Tasavvuf   nazariyasi   va   tarixi).   Ilmiy   majmua.
Nashrga   tayyorlovchi,   so‘zboshi   va   izohlar   muallifi   H.Boltaboev).   T.:
O‘qituvchi, 2005, 2015.
5. Sharq   mumtoz   poetikasi   Hamdulla   Boltaboev   talqinida.   –   T.:   O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi ilmiy nashriyoti, 2006; 2008.  
Shayx Ahmad Taroziy. Fununu-l-balog‘a. T.: 1996.  
6. Alisher   Navoiy.   Nasoyimu-l-muhabbat.   MAT.   17-jild.   T.:   Fan,   2001;
Lisonu-t-tayr.   T.:   1991;   Munojot   (nashrga   tayyorl.   S.   G‘anieva).   T.:
Sharq, 1991. 
7. I s h o q o v   Yo. Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent:
Xalq merosi, 2002. – 174 b. 
8.   K a r o m a t o v   H. Qur’on va o‘zbek adabiyoti .  –  Toshkent: Fan, 1993. –
96 b.
9. K o m i l o v  N. Tasavvuf. - Toshkent, “Movaraunnahr” – “O”zbekiston”,
2009. -- 137-138, 290 b.
20

Mavzu. Islom tasavvufi tariqatlari. Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari Reja: 1. Tariqat so‘zining lug‘aviy-istilohiy ma'nolari. 2. Tariqat nazariyasining shakllanishi. 3. Yassaviylikning vujudga kyelishi va nazariy manbalari. 4. Kubroviylik tariqati va uning taraqqiyoti. 5. Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. 6. Naqshbandiylik ta'limoti va uning yangilanishi (mujadiddiylik). 7. Qalandariylik ta'limoti. 1

"Tariq" so‘zining lug‘aviy ma'nosi "yo‘l" bo‘lib, tariqat yo‘llar, yo‘nalishlar ma'nosini bildiradi. Tasavvufda "Sullik at-tariq" ("yo‘lni o‘tash") tushunchasi mavjud bo‘lib, u shariatdan kyeyin o‘tiladigan bosqich sifatida tushuniladi. Tasavvufda tariqatlanish islomdagi mazhablanish jarayonidan kyeskin farq qilib, so‘fiy o‘z qalbini poklab, Ollohga yetishish yo‘lida ma'lum bir pir, murshid rahnamoligida muayyan yo‘lni o‘tash kyerak bo‘ladi. Mana shu ma'naviy yo‘l tasavvufda tariqat dyeb yuritiladi. Tariqatlanish jarayoni IX asrdan boshlab mavjud bo‘lib, turli xil tariqatlanish uslublarini tavsiya etganlar. Tariqat haqni anglash yo‘llari sifatida tushunilar ekan, dastlabki tariqatlanish jarayonini o‘zida aks ettirgan asar Xujviyrining "Kashfu-l-mahjub" dyeb nomlangan asari hisoblanadi. Bu asarda muallif maqbul ko‘rilgan o‘n tariqat va mardud qilingan ikki tariqatni ko‘rsatadi. Maqbul (qabul qilingan) tariqatlar: 1. Muxosibiylik 2. Malomatiylik (kassariylik) 3. Tayfuriylik 4. Junaydiylik 5. Nuriylik 6. Sahliylik 7. Hakimiylik 8. Xarraziylik 9. Xafifiylik 10. Sayariylik Marbud (rad qilingan) tariqatlar: 1. Xulumiylik 2. Xallojiylik Bundan tashqari XIV asrda Al-Vositiyning "Tiryaqu-l-muhibin" asarida o‘z davridagi o‘n tariqat ko‘rsatilib, ularning qatoriga biloliylik va uvaysiylik ham qo‘shiladi. Ko‘rinadiki, XIV asrga qadar tariqatlanish jarayoni amalga oshirilgan 2

bo‘lsa ham tariqatlanish nazariyasi va tamoyillari to‘la shakllanmagan edi. Mavjud risola va tazkira muayyan bir yoki bir nyecha tariqatlarni anglatish bilan chyeklanib qolgan. Shunga qaramay, tasavvuf tarixida tariqatlanish jarayoni asosan XVI-XVII asrlarga qadar davom etganini kuzatish mumkin. G‘arb olimlari orasida tasavvuf tariqatlari tasnifi bilan jiddiy shug‘ullangan Jorj Tryemingem "Islom tasavvuf tariqatlari" kitobida tariqatlarni asosiy va hosila hamda oilaviy tariqatlarga ajratadi. Asosiy tariqatlarni byelgilashda hududiy tasnifni asos qilib olgan holda bir nyecha maktablarni qayd etadi: Bog‘dod (Iroq) maktabi: suxravardiylik, rafoiylik, qadiriylik; Misr va Mag‘rib maktabi: shazaliylik; Eron, turk va hind maktablari: kubroviylik, yassaviylik, mavlaviylik, xojagon-naqshbandiylik, chishtiylik va boshqalar. Ingliz olimi hosila yoki oilaviy tariqatlar sifatida ro‘zbyexoniylik, hizoliylik kabi tariqatlarni ko‘rsatadi. Shu bilan birga tariqat so‘zini yevropaliklarga tanish bo‘lgan "ordyen", "brotstvo" tushunchalari orqali talqin qiladi. Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari X-XI asrlardan boshlab shakllanish davriga kirgan bo‘lib, umuman tasavvufning tarqalishi va taraqqiyoti Xoja Yusuf Xamadoniy nomi bilan bog‘liq. Xoja Yusuf tahsil munosabati bilan Buxoroga kyelgan va shu yerda muqim qolib, xonaqoh qurdirib faoliyatini davom ettirgan. X. Yu. Xamadoniyning Abdulqodir imombyey va G‘azzoliylar haqida suhbatlarida ma'lumot byeradi. Shayxning Buxorodagi xonaqohi Xuroson ka'basi nomini olgan va bizga qadar "Rutbatu-l-hayot" ("Hayot martabasi") asosiy asari yetib kyelgan. Aytishlaricha, Shayx Xamadoniyning 4 xalifasi uning faoliyatini davom ettirgan. Ular: Xoja Abdulloh Barraxiy, Xoja Hasan Andohiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy. Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining vujudga kyelishi Xoja Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G‘ijdivoniy faoliyati bilan bog‘liq. Yusuf Xamadoniy ta'limotida tariqatlanish kyeskin aks etmaydi. Faqatgina Xoja Ahmad Yassaviy bilan Abdulxoliq G‘ijdivoniyning turli hududlardagi faoliyati va mana shu hududlar sharoitidan kyelib chiqib ish ko‘rishi natijasida yassaviylik va xojagon tariqatlari shakllangan. 3

Naqshbandiya tariqatining XU asrda Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan yirik murshidi, temuriy podshohlarning katta nufuzga ega bo‘lgan ma’naviy rahnamosi Xoja Nosuriddin Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) inson dilining taalluqli bo‘lishi xususida o‘zining ma’rifiy fikrlarini bayon etadi. Insondagi barcha yuksak xislat va fazilatlari uning qalbi holatiga bog‘liq bo‘lib, qalbning qo‘riqchisi aqldir. Aql yaratilishda malakutiy, ya’ni farishtasifat bo‘lib, nuroniy va pokiza tabiati bilan qalb uyini nopoklikdan muhofaza qilib turadi. Agar inson xilqatini tashkil etuvchi to‘rt unsur mutanosibligi buzilib, tanda illat paydo bo‘lsa - buning natijasida nurdan iborat bo‘lgan aql xira tortadi. Qo‘riqchisi sust bo‘lgan qalb uyiga esa nosog‘lom tafakkur yo‘l topadi. Mirzo Abdulqodir Bedil “CHor unsur” asarida insonda uch quvvat – jismoniy quvvat, aql-idrok quvvati va ruhiy quvvat mujassam bo‘lsagina, u oliy maqsadga erisha oladi, deb ta’lim beradi. Go‘dak ulg‘aya borgan sari o‘zi yashayotgan olamni, atrof-muhitni yaxshiroq idrok etar ekan, aqli kamolga etganda uni dunyoga keltirgan ota-onasini, ularning fazilatlarini, ixlosu e’tiborlarini chuqurroq his etadi va ularga mehr qo‘yadi. Farzandi uni tushunganini, qadrlaganini va mehr qo‘yganini ko‘rish ota-onaning oliy maqsadlaridan biri. Butun olamlarning yaratuvchisi bo‘lmish Parvardigori oliyning insonni mehr bilan yaratishdan maqsadi ham unga o‘zini tanitish, undan buyuk ixlos va sadoqat ko‘rishdan iboratdir. Shu ma’noda, xususan, Qur’oni Karimning “Vaz-z-zoriyot” surasi, 56-oyati karimasida shunday marhamat qilinadi: “Mo xalaqtul jinna val insa illa liya’buduni” (Mazmuni: “Men jinlarni va odamlarni o‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim”) 1 . Demak, muvaqqat hayot berilgan inson ham o‘zini mehr bilan parvarishlagan ota-onasiga qanchalik vafo va sadoqat ko‘rsatsa, uning uchun butun olamlarni yaratgan, hayot va rizq bergan, to‘g‘ri yo‘l va ilm bergan, azaldan mavjud va abadiy bor bo‘lgan Parvardigori olamga undan-da buyuk va ta’rifga sig‘mas sadoqat va muhabbat namunasini ko‘rsatmog‘i lozim. Binobarin, aqli kamolot darajasida bo‘lgan etuk insonlarning oliy maqsadlari ham muhabbat, qurbat edi. Bu muhabbat ko‘zni quvontiruvchi go‘zal ko‘zaga emas, balki uni yasagan ko‘zagarga, qalbga zavq- 1 Қуръони карим.-Тошкент: “Маънавият”, 2002. 4

shavq beruvchi mukammal olam ashyolariga emas, balki ularni buyuk hikmat va betimsol san’at bilan yaratgan Yaratguchiga yo‘nalgan edi. Pokiza muhabbat esa ibodatlarning eng afzalidir. Hazrat Xoja Ahrori Vali o‘zlarining “Volidiyya” asarlarida yuqorida keltirilgan oyati karima tafsirida shunday yozadilar: “Mufassirlarning aytishlaricha, oyatdagi ibodatdan murod ma’rifatdir, chunki, ibodat zohiriy amallarga taalluqlidir. Ammo, uni zohirga ta’yin qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki, xilqat (yaratish)dan murod faqat zohir amallar emas, balki zohiriy amallar ma’rifatga tobe’dur va maqsud aslida shudur”. 2 Ma’rifat – dildagi ilm, mushohada va maqsad yo‘lidagi kuchli iroda majmuidir. Bu Haqni tanish yo‘lidagi eng yuksak daraja va eng yaqin yo‘l. Ammo bu maqom Haqni tanishdagi quyi darajalar – ibodat (shariat ilmi), aql-idrok (zohiriy, naqliy ilm) tufayli hosil bo‘ladi. Boshqacha aytgana, dildagi – ichkaridagi ma’rifatning tashqaridagi qo‘riqchilari ibodat va zohiriy ilm qudratidir. Ammo, so‘fiylar YAratguchining ularga marhamati bo‘lmish ma’rifatni qanchalik pinhon saqlamasinlar, uning nuri ularning yuzlarida, ko‘zlarida, so‘zlarida aks etib turadi. Dildan tashqaridagi bu in’ikosni (oshkoralikni) yana aql nurlari ihota etadi va muhofaza qiladi. Shuning uchun ma’rifatli inson yuzidagi nurni hamma ham ko‘ra olmaydi. Xalq bo‘lishdan (yaratilishdan) murod ma’rifat ekan, Hazrat Xoja Ahrori Vali (r.a.) juda yoshliklaridanoq o‘zlarini dil qo‘riqchilarining tabibi emas, balki dil uyining tabibi sifatida bashorat etadilar. Hikoya qilishlaricha, yosh vaqtlarida Shayx Abu Bakr Qaffoli Shoshiy mozorlarida Hazrati Iso (a)ni tushlarida ko‘radilar va o‘zlarini ularning qadamlari (izlari)ga tashlaydilar. Ul zot (a) Hazratning boshlarini tuproqdan ko‘tarib, “G‘am emagil, biz seni tarbiyat eturmiz”, deydilar. Bu tush ta’biri haqida ba’zi do‘stlariga so‘zlaganlarida, ular “senga tib ilmidan nasiba bo‘ladi”, deydilar. Hazrat bu ta’birga rozi bo‘lmaydilar va shunday deydilar: “Sizlarning ta’biringizga roziligim yo‘qtur, man vajhi digar bila ta’bir etdim, va ul ta’bir ul tururkim, Hazrati Iso (a) mazhari ihyo bila zohir 2 Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор. Рисолаи волидиййа (Отага аталган рисола). – Т.: Янги аср авлоди, 2004. 8-бет. 5