logo

Markaziy Osiyo – Jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.Markaziy Osiyoda rivojlanish bosqichlari sanoatning rivojlanishi fan va texnikaning rivojlanishi,atrof muhitga tasiri.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

590.4521484375 KB
Mavzu: Markaziy Osiyo – Jahon 	
sivilizatsiyasining ajralmas 	
qismi.Markaziy Osiyoda rivojlanish 	
bosqichlari sanoatning rivojlanishi fan 	
va texnikaning rivojlanishi,atrof 	
muhitga tasiri. 	
 
 	
Reja: 	
1. Kirish. Ekologiya fanining predmeti va 	
vazifalari.	 	
2. Ekologik tushunchalarning rivojlanish 	
tarixi.	 	
3. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat 	
muhofazasiga oid qarashlari.	 	
4. Ekologiyaning bo'limlari va fanlararo 	
aloqadorlik.	 	
  	
 
 
 
 
 
 
  Kirish.	 Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. 	
Bizni o'rab turgan barcha o'rmonlar, muzliklar, tog'u-
dashtlar, havo-yu suvlar, xullas tabiatning har bir 
shahobchasi odamning a'zolari kabi bir-biri bilan uzviy 
tarzda bog'langandir. Tabiatning biror-bir jabhasida 
sodir bo'ladigan o'zgarish o'z navbatida, uning 
muvozanatiga qandaydir ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. 	
Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari 	
insonning atrof muhitga bo'lgan munosabatlari ham 
faollashib, u tabiat boyliklaridan ko'proq olishi va 
ularni insoniyat ehtiyojiga sarf qilishi kuchaygan sari, 
ming yillar davomida barqaror bo'lib kelgan ekologik 
muvozanat buzilib, inson va tabiat o'rtasidagi 
munosabat murakkablashib, tabiiy muhit falokat 
yoqasiga kelib qoldi. Insonning tabiiy boyliklardan 
haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida 
sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda.  	
Ekologiya - tirik organizimlarning o'zaro va ular 	
yashaydigan tabiiy muhit bilan bo'lgan 
munosabatlarini, ularning ta'sirini va yashash shart-
sharoitlarini o'rganadi. 	
Ekologiya so'zi (grekcha tildan olingan bo'lib, 	
oykos-uy, yashash joyi va logos-fan, ta'limot) degan 
ma'noni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis olimi 
biolog, darvinist Ernst Gekkel (1831-1919) fanga 
kiritgan. U o'zining "Organizmlarning umumiy 
morfologiyasi" nomli asarida birinchi marta ekologiya 
atamasini qo'lladi. Atamaning mazmuni ushbu fanning  asl mohiyatini to'la tushunish imkonini bermaydi. 
Ekologiya hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda 
tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya 
aslida biologiya fanlari turkumiga kiradi va hozirgi 
kunda bu fanning ijtimoiy hayot bilan bevosita 
bog'langan tarmoqlari ham rivojlangan.  	
Ekologiyaning juda ko'p ta'riflari mavjud. Ulardan 	
birida  shunday  deyiladi:  “Ekologiya  organizmlarning 
hayot  faoliyati  qonuniyatlarini  ular  hayoti  kechadigan 
tabiiy  muhitda  inson  omilining  ta'sirini  hisobga  olgan 
holda o'rganadigan fandir. 	
Demak  tirik  organizmlarning  yashash  sharoiti  va 	
shu  organizmlarning  yashab  turgan  muhit  bilan  o'zaro 
murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan 
qonuniyatlarni o'rganadi. Ya'ni, tirik mavjudot va uning 
ma'lum  hudud  va  ekvatoriyalarga  to'g'ri  keladigan 
muhitlaridan  iborat  tizimlari  tabiatini  tadqiq  etadi.  Bu 
esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb aytiladi. 	
Tirik  tabiat  qanday  tuzilgan,  qaysi  qonunlar 	
asosida  mavjud  va  rivojlanadi,  inson  ta'siriga  qanday 
javob  beradi.  Bularning  barchasi  ekologiyaning 
predmeti hisoblanadi. 	
Hozirgi  kunda  ekologiyaning 	asosiy 	
vazifalari	 qo'yidagilardir	: 	
-  Hayotning  tashkil  topish  qonuniyatlarini  inson 	
ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish;  -  Biosferadagi  jarayonlarni  o'rganish,  boshqarish, 	
bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash; 	
-  Biologiya  resurslaridan  oqilona  foydalanishning 	
ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.  	
Ekologik tushunchalarning rivojlanish 	
tarixi.	 Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon 	
olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta 
Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso 
al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), 
Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-
1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta 
hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga 
kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va 
hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan 
bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar 
aytganlar. 	
XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda 	
A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel 
asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida 
shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, 
o'simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-
yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi 
rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i 
hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning 
asoschisi Ch.Elton hisoblanadi. 	
Evolyusion va ekologik masalalarni o'z ichiga 	
qamrab olgan ekologiya, ya'ni tabiatda turning yashashi 
uchun zarur bo'lgan muhitning barcha omillari yig'indisi 
haqidagi tushunchalar g'arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton,  R.Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati 
tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy 
sistemalari o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib 
chiqdi, 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 
1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeosenozlar haqidagi 
ta'limotni ilgari surdilar. 	
20 – 30 yillarda o'rta Osiyo Davlat universitetida 	
D.N.Kashkarov va YE.N.Korovinlarning ekologiya – 
gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini 
ekologik tadqiq qilish boshlanadi. 	
Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan 	
O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida 
V.A.Burigin rahbarligida o'simliklar ekologiyasi 
laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va 
boshqalar tomonidan ko'pchilik o'simliklarning ekologik – 
biologik xususiyatlari o'rganildi. 	
Zoologiya tadqiqotlari O'zbekiston Fanlar 	
Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti 
faoliyati bilan bog'liqdir. D.N.Kashkarovdan so'ng 
O'zbekistonda ekologik yo'nalish uning davomchilari 
V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikov, 
A.M.Muhammadiev, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov va 
boshqalarning ishlarida rivojlandi. 	
Qarshi cho'lini o'rganish natijasida D.Kashkarov, 	
A.Zokirov, A.Petrovalar birgalikda. “Qarshi cho'lining 
umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu asarda 
sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, 
ekologiyasi va ulardan foydalanish yo'llari ishlab 
chiqilgan.  Shuni ta'kidlash lozimki, respublikamizdagi 	
iqtisodiy tanglikdan chiqish ekologik tanazzulning oldini 
olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma'lum bo'lgan 
ekologik madaniyatni tiklashimiz, undan hozirgi sharoitda 
foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. 	
1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik 	
bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati 
tez o'zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib 
ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo'nalishlari 
vujudga keldi. 	
Ekologiyaning bo'limlari.	 	
Ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi. 
1. 	Autekologiya	  (“autos”-yunoncha  so'z  bo'lib,  “o'zi” 	
degan  ma'noni  bildiradi)  ayrim  turlarning  ular  yashab  turgan 
muhit  bilan  munosabatlarini,  turlarning  qanday  muhitga 
ko'proq va uzviy moslashganligini yoritadi. 	
2.   	Populyasion  ekologiya	  (“populyatsion”  fransuzcha 	
so'z  bo'lib  “aholi”  degan  ma'noni  bildiradi) 
populyasiyalarning  tuzilishi  va  dinamikasini  o'rganadi, 
ma'lum  sharoitlarda  turli  organizmlar  sonini  o'zgarishi 
sabablarini tekshiradi. 	
3.   	Sinekologiya	  (“sin”-yunoncha  so'z  bo'lib,  uning 	
ma'nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va 
xossalarini  ayrim  o'simlik  va  hayvon  turlarining  o'zaro 
aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini 
o'rganadi. 	
4.    Ekosistemalarni  tadqiq  qilishning  rivojlanishi 	
ekologiyaning  yangi  bir  bo'limi,  ya'ni 	biosfera	  (yunoncha 	
“bio”-  hayot,  “sfera”  shar)  haqidagi  ta'limotni  vujudga  keltiradi.  Ushbu  ta'limotning  asoschisi  V.I.Vernadskiy 
hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning 
ta'sirida  o'zgargan  hayot  qobig'i  “biosfera”  deb  aytiladi. 
Biosfera  atmosferaning  qo'yi  troposfera  qismini,  butun 
gidrosferani  va  litosferaning  ustki  qismi  bo'lgan  nurash 
qobig'ini  o'z  ichiga  oladi.  Organizmlar  hosil  qilgan  yoki 
o'zgartirgan  barcha  jonsiz  jinslarni  ham  hisobga  olganda 
biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi. 	
              Biosferadagi  barcha  tirik  organizmlar  yig'indisini 	
V.I.Vernadskiy  “jonli  modda”  deb  ataydi  va  uning  tarkibiga 
insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi 
butunlay  yangi,  qudratli  omil  ekanligini  ta'kidlaydi.  Aqlli 
inson  paydo  bo'lganidan  beri  biosferani  o'zgartirib  keladi. 
Biosferaning  o'z  taraqqiyotida  inson  tomonidan 
boshqariladigan  yangi  sifat  holati  –  noosfera  (aql,  tafakkur 
qobig'i)ga  o'tishi  muqarrardir.  V.I.Vernadskiyning  fikricha 
noosfera  bizning  sayyoramizdagi  yangi  geologik  xodisadir. 
Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. 
U o'z aqli va  mehnati bilan yashash  makonini  o'zgartiradi  va 
qaytib bunyod qiladi. 	
Ekologiyani o'rganish uslublari va fanlararo 	
aloqadorlik.	 Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko'pincha 	
tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning 
modellashtirish  uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, 
taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar 
foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi 
biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan 
hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, 
fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik 
jarayonlarni va shunga o'xshashlarni soddalashtirish yo'li 
bilan o'xshatish ma'nosida umumlashtirish, dinamik yoki 
statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil  qiluvchi tadqiqot uslubidir. Hozirgi kunda ekologiyaning 
ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko'p tarmoqlari mavjud. 
Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, 
evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, 
paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya 
va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar 
vujudga keldi. 	
Ekologiya tabiatdagi muvozanatni, tabiiy xodisalarni 	
o'rganuvchi istiqboli keng fan hisoblanadi. Tabiat va uning 
mahsulotlari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona 
foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlar va o'simliklarga 
bo'lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina Ona 
tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. 	
Endilikda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan fan-	
texnika va uning yutuqlari ekologik nuqtai nazardan ko'rib 
chiqilishi lozim. Atrof muxitni muhofaza etish va tabiat 
ehsonlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish har bir insonga 
ta'lluqlidir.

Mavzu: Markaziy Osiyo – Jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.Markaziy Osiyoda rivojlanish bosqichlari sanoatning rivojlanishi fan va texnikaning rivojlanishi,atrof muhitga tasiri. Reja: 1. Kirish. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. 2. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. 3. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat muhofazasiga oid qarashlari. 4. Ekologiyaning bo'limlari va fanlararo aloqadorlik.

Kirish. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. Bizni o'rab turgan barcha o'rmonlar, muzliklar, tog'u- dashtlar, havo-yu suvlar, xullas tabiatning har bir shahobchasi odamning a'zolari kabi bir-biri bilan uzviy tarzda bog'langandir. Tabiatning biror-bir jabhasida sodir bo'ladigan o'zgarish o'z navbatida, uning muvozanatiga qandaydir ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof muhitga bo'lgan munosabatlari ham faollashib, u tabiat boyliklaridan ko'proq olishi va ularni insoniyat ehtiyojiga sarf qilishi kuchaygan sari, ming yillar davomida barqaror bo'lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson va tabiat o'rtasidagi munosabat murakkablashib, tabiiy muhit falokat yoqasiga kelib qoldi. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Ekologiya - tirik organizimlarning o'zaro va ular yashaydigan tabiiy muhit bilan bo'lgan munosabatlarini, ularning ta'sirini va yashash shart- sharoitlarini o'rganadi. Ekologiya so'zi (grekcha tildan olingan bo'lib, oykos-uy, yashash joyi va logos-fan, ta'limot) degan ma'noni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis olimi biolog, darvinist Ernst Gekkel (1831-1919) fanga kiritgan. U o'zining "Organizmlarning umumiy morfologiyasi" nomli asarida birinchi marta ekologiya atamasini qo'lladi. Atamaning mazmuni ushbu fanning

asl mohiyatini to'la tushunish imkonini bermaydi. Ekologiya hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya aslida biologiya fanlari turkumiga kiradi va hozirgi kunda bu fanning ijtimoiy hayot bilan bevosita bog'langan tarmoqlari ham rivojlangan. Ekologiyaning juda ko'p ta'riflari mavjud. Ulardan birida shunday deyiladi: “Ekologiya organizmlarning hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitda inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o'rganadigan fandir. Demak tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi. Ya'ni, tirik mavjudot va uning ma'lum hudud va ekvatoriyalarga to'g'ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb aytiladi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi. Bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari qo'yidagilardir : - Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish;

- Biosferadagi jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash; - Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980- 1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o'simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20- yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi. Evolyusion va ekologik masalalarni o'z ichiga qamrab olgan ekologiya, ya'ni tabiatda turning yashashi uchun zarur bo'lgan muhitning barcha omillari yig'indisi haqidagi tushunchalar g'arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton,

R.Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy sistemalari o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi, 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeosenozlar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. 20 – 30 yillarda o'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va YE.N.Korovinlarning ekologiya – gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlanadi. Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o'simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va boshqalar tomonidan ko'pchilik o'simliklarning ekologik – biologik xususiyatlari o'rganildi. Zoologiya tadqiqotlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti faoliyati bilan bog'liqdir. D.N.Kashkarovdan so'ng O'zbekistonda ekologik yo'nalish uning davomchilari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikov, A.M.Muhammadiev, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov va boshqalarning ishlarida rivojlandi. Qarshi cho'lini o'rganish natijasida D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovalar birgalikda. “Qarshi cho'lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo'llari ishlab chiqilgan.