logo

«O’ZBEK TERMINOLOGIYASI» FAN SIFATIDA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.5029296875 KB
« O’ZBEK TERMINOLOGIYASI »  FAN SIFATIDA
Reja:
1. « O’zbek terminologiyasi »  fan sifatida.
2. Termin va terminologiya haqida tushuncha .
3. O’zbek terminologiyasi ning  o’rganish ob’yekti .
  Tilda   shunday   so’zlar   borki,   ular   fan,   texnika,   adabiyot,   san’at   va
madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma’noda ishlatiladi. Bunday so’zlar
terminlar  deb ataladi. 
Termin   (lot.   terminus -   chek,   chegara,   chegara   belgisi).   Fan,   texnika   va
boshqa   sohaga   oid   narsa   haqidagi   tushunchani   aniq   ifodalaydigan,   ishlatilish
doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so’z yoki so’z birikmasi; atama. Terminlar
bir ma’noli bo’lishi, ekspressivlik va emosionallikka ega bo’lmasligi kabi belgilari
bilan ham umumiste’moldagi so’zlardan farqlanadi. Mas, lingvistik terminlar: gap,
ega, ot, son, tovush...; geometriyaga oid terminlar: aylana, uchburchak...; fizikaga
oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv, kumush,
ishqor, tuzlar va b. 
Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda maxsus sohalarda qo’llanuvchi so’z va so’z
birikmalari   termin   sifatida   talqin   qilinadi.   Aksariyat   tilshunoslar   to’liq   asos   bilan
termin,   eng   avvalo,   til   lug’aviy   tizimining   teng   huquqli   a’zosi   ekanligini
ta’kidlaydi 1
.
Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib  terminologiya  deb yuritiladi. 
Terminologiya  (termin+logos - so’z, ta’limot) ikki xil ma’noda qo’llaniladi.
1.   Biror   ilm,   kasb   va   boshqa   sohaga   oid   terminlar   majmui.   Mas,   grammatik
terminologiya, san’at terminologiyasi va b.
1. Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi. 
Ayrim   olimlar   mazkur   terminni   3   xil   ma’noda   qo’llanilishini   ta’kidlab
o’tadi:   1)   Biror   ilm,   kasb   va   boshqa   sohaga   oid   terminlar   majmui.   2)   Tildagi
barcha terminlar majmui. 3) Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi 2
. 
Demak,   terminologiya   deganda   uch   ma’no   anglashiladi:   terminologiya
muayyan   fanning   tushunchalar   tizimi   bilan   bog’liq   bo’lgan   terminlar   tizimi,   til
tizimidagi   barcha   terminlar   hamda   tilshunoslikda   terminlarni   o’rganuvchi   bo’lim
sifatida   qo’llaniladi.   Ammo   keyingi   paytlarda   bu   terminologiya   ko’proq   nazariy
1
 Виногравдов В.В. Вступительное слово ва Всесоюзном терминологическом совещании // Вопросы  
терминологии. – Москва, 1961. – С.3-10.
2
  Гринев   С.В.   Введение   в   терминоведение.   –   М.,   1993.   –   С.   309;   Шелов   С.Д.   Терминология,
профессиональная   лексика   и   профессионализмы   (к   проблеме   классификации   специальной   лексики)   //
Вопросы языкознания. – 1984. – № 5. – С. 76-87. aspektda   qo’llanmoqda.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   terminologiyaning
predmeti   muayyan   sohaning   tushunchalar   bilan   bog’liq   bo’lgan   terminlar   tizimi
bo’lib,   uning   vazifasi   soha   terminlarining   nazariy-metodik   asoslarini   ishlab
chiqish dan iborat.
Terminologiya   maxsus   so’zlar,   maxsus   leksika   deb   ham   ataladi.   Maxsus
leksika   deganda ma’lum bir  sohaga tegishli  lug’aviy birlik va ularga tenglashgan
birikma   tushuniladi.   M:   lingvistik   terminologiya,   fizik   terminologiya 3
.
A.Reformatskiy   bu   xususda   shunday   yozadi:   ‘‘...   terminlar   -   bu   maxsus
so’zlardir’‘. 
Xullas, terminologiyaga oid adabiyotlarda   terminologiya - maxsus so’zlar -
atamashunoslik  -  terminologik tizim  kabi terminlar parallel qo’llaniladi.  
Terminologiyadagi     tizimlilik,   birinchi     navbatda,   ilmiy   bilimning   o’zi
tizimli   ekanligi   va   iyerarxik   tarzda   tuzilganligi   bilan   aloqador.   Keltirilib   o’tilgan
fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ‘‘terminologiya ‘‘ va terminologik tizim’‘
tushunchalarini farqlash lozim.
Lekin   B.N.Golovin   ‘‘terminologiya’‘   va   ‘‘terminologik   tizim’‘   ifodalarini
‘‘professional   faoliyat   sohalariga   aloqador   bir   -   biri   bilan   tushunchaviy,   leksik   -
semantik, so’z yasalishi va grammatik darajalarda bog’langan terminlar majmui’‘ni
bildiruvchi   sinonimlar   sifatida   ishlatishni   taklif   qiladi.   Boshqa   mualliflar   esa,
aksincha,   ‘‘terminologiya’‘   va     ‘‘terminologik   tizim’‘   tushunchalarini   farqlash
lozimligini uqtirishadi, ya’ni ‘‘terminologiya’‘ tushunchasi  ostida   stixiyali tarzda
to’planib   boruvchi  terminlar  majmuini, ‘‘terminologik tizim’‘  deganda  esa  inson
bilimlari   yoki   faoliyatining   ma’lum   bir   ixtisoslashgan   sohasini   tasvirlovchi
tushunchalar   tizimini   adekvat   ifodalovchi   tartibga   solingan   terminlar   majmui’‘ni
tushunishni   taklif   etishadi.   Umuman   olganda,   terminologik   tizimlar   boshqa   til
tizimlaridan   farqli   ravishda   ilmiy   tushunchalarni     tasniflash,   sistemalashtirish   va
belgilash   jarayonlarida   yuzaga   keladi.   Terminologiyaning     tizimli   ekanini   til
doirasidan chiqmay turib asoslab bo’lmaydi.
3
 Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент,  Xulosa  qilib aytganda,  olimlar bu tushunchalar o’rtasidagi prinsipial farqni
terminlar   majmuining   tartibga     solingan   yoki   solinmaganligida,   deya
belgilashmoqda.   Boshqacha     aytganda,   terminologiyaning   terminologik   tizimga
aylanishida uning tartibga solinganlik omili muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan   tashqari ,   termin   -   atama-so’z   termin,   terminologiya   -
atamashunoslik   kabi tushunchalar adabiyotlarda yonma-yon qo’llanilib kelmoqda.
«O’zbek tilining izohli lug’ati»da quyidagicha ta’rif keltirilgan:
Atama -  1.  ayn.  termin. 2. Umuman, nom.  Pekin shamanni har bir xalq o’z
tilidagi   nom,   atama   bilan   yuritib   kelgan.   «Fan   va   turmush».   Respublikamizning
o’zidagina   400   dan   ortiq   turli   tuman   qovun   atamalari   mavjud   ekan.   «Fan   va
turmush».
Atamashunos -  atamalar bilan shug’ullanuvchi mutaxassis.
Atamashunoslik   -   atamalarga   oid   ilm;   atamalarga   oid   masalalar   bilan
shug’ullanuvchi   soha.   Shu   munosabat   bilan   mamlakatda   Atamashunoslik
qo’mitasi tuzildi.  Gazetadan 4
.
Ayrim olimlarning fikricha:  ‘‘ Termin ’‘  so’z ini belgilash uchun  uni  “ atama ’‘
so’zidan   farqlash   hamda   bu   ikki   til   birligini   bir-biridan   chegaralash   maqsadga
muvofiqdir.   ‘‘Atama’‘   bu   har   qanday   predmet,   belgi   xususiyat n i   atash   mumkin
bo’lgan   umumiy tushunchadir. Adabiyotlarda bu ikki so’zni biri o’rnida ikkinchisi
qo’llanaveradi.   Ammo   olimlar   tomonidan   professional   so’zlarning   terminologik
leksikadan   ajratib   o’rganish   lozimligi   tavsiya   qilinganligi 5
  masalaning   o’ziyoq
terminologik tadqiqot ishlarining murakkabligidan dalolat beradi 6
.
Keyingi   yillarda   terminologiya   (atamashunoslik) ning   shakllanishi   va
rivojlanishi   (terminlar   haqidagi   bilimlar,   fan-texnika   rivojlanishi   tufayli
o’zlashayotgan   terminlar   va   boshqalar)   natijasida   terminologiya   hamda
tilshunoslikda   terminlarni   o’rganuvchi   bo’lim   o’rtasida   har   xil   qarashlarning
yuzaga kelishi fanni mutaxassislari va bilimlarni yetkazishda qarama-qarshi fikrlar
4
  O’zbek tilining izohli lug’ati. –  То shkent, 2006.  4- tom . –Б.113.
5
 Усмонов С. Ўзбек тили терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1962.- Б.17.
6
 Жўрабев А., Собиров А. Халқ томоша санъати терминларини тартибга солишнинг айрим масалалари / 
Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент, 1986. – Б.82. paydo bo’ldi.   Bunday muammolarning kelib chiqishi terminologiya fanini yuzaga
kelishi va terminologiya sohasini tizimlashtirishga olib keldi.
Terminologiyaga   kirish   -   tilshunoslikda   til   tizimining   terminlarini
o’rganuvchi soha. 
Terminologiyani   o’rganish   bo’lajak   filolog   mutaxassislar   uchun   lingvistik
dunyoqarashni   shakllantirish,   o’z   ishiga   ijodiy   munosabatda   bo’lishda   katta
yordam beradi, chunki terminologik tizimning o’rganilishi tarixi, uning o’ziga xos
qonuniyatlarini bilish talabalarning lingvistik bilim doirasini kengaytiradi.
Jahon   terminologiya   tizimini   ko’zdan   kechirish,   undagi   eng   qimmatli
lingvistik   qarashlarni   tanqidiy   o’rganish,   o’tmishning   eng   yaxshi   lingvistik
an’analarini rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq:
a) terminologiya sohasi yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatga
barham berildi;
b) termin, terminologiya, terminografiyaga ijodiy yondashish vujudga keldi;
v)   hozirgi   zamon   terminologiyasining   ko’pgina   hal   qilinmagan
muammolarini   o’rganish   uchun   o’tmish   terminologiyasi   yutuqlarini   tanqidiy
nuqtai-nazardan ko’zdan kechirish zarurligi amaliy jihatdan isbotlandi.
Bundan   tashqari,   b ugungi   kunda   dunyoda   20   mingdan   ortiq   terminologik
standartlar mavjud. Terminologik tizimlarni tashkil qilish uchun maxsus standartlar
nafaqat davlat va xalqaro miqyosda, balki ayrim kompaniyalar va firmalarda ishlab
chiqilgan.   Bunday   sharoitda   atamalar   va   terminologik   tizimlarni   birlashtirish
nafaqat ilmiy, balki  amaliy vazifadir. Tizim  atamalarining noaniqligi, omonimiya,
tizimlar   o'rtasida   muvofiqlikning   yo'qligi   ilmiy   va   texnologik   taraqqiyot,   ishlab
chiqarishni rivojlantirishga jiddiy to'siqdir.
Shunga   ko’ra,   terminologiya   sohasi   muammolarining   takomilini   o’rganish
fan   tarixidagi   qarashlarni   chuqur   tushunishga,   terminlarni   o’rinli   qo’llay   olishga,
ularning izohini bilishga, to’g’ri izohlay olishga olib  keladi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Ahmedov,   Bektemirov   H.   Ruscha-o’zbekcha   yuridik   atamalar
lug’ati.
- Toshkent: Adolat, 2002.
2.   Bekmuhamedov   X.Yu.   Tarix   terminlari   izohli   lug’ati.   -   Toshkent:
O’qituvchi, 1978.
3. Dadaboyev H. Tarixiy harbiy terminlar lug’ati. - Toshkent, 2007.
4.   Ismoilov   M.,   Sharopov   A.   Tarix   atamalari   lug’ati.   -   Toshkent,
Akademnashr, 2013.
5.   Muqimov   Z.,   Tursunova   O.   O’zbek   davlatchiligida   qo’llangan
tarixiy-huquqiy atamalar. - Samarqand 2007.
6.   Usmon   O.,   Doniyorov.   Ruscha-internasional   so’zlar   izohli   lug’ati.
- Toshkent: o’zbekiston, 1972.
7.   Xudayberganova   D.   Lingvokulturologiya   terminlarining   qisqacha
izohli lug’ati.  - Toshkent, 2015.
8.   Hojiyev   A.   Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug’ati.   -   Toshkent:
Fan, 2012.

« O’ZBEK TERMINOLOGIYASI » FAN SIFATIDA Reja: 1. « O’zbek terminologiyasi » fan sifatida. 2. Termin va terminologiya haqida tushuncha . 3. O’zbek terminologiyasi ning o’rganish ob’yekti .

Tilda shunday so’zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san’at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma’noda ishlatiladi. Bunday so’zlar terminlar deb ataladi. Termin (lot. terminus - chek, chegara, chegara belgisi). Fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so’z yoki so’z birikmasi; atama. Terminlar bir ma’noli bo’lishi, ekspressivlik va emosionallikka ega bo’lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so’zlardan farqlanadi. Mas, lingvistik terminlar: gap, ega, ot, son, tovush...; geometriyaga oid terminlar: aylana, uchburchak...; fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv, kumush, ishqor, tuzlar va b. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda maxsus sohalarda qo’llanuvchi so’z va so’z birikmalari termin sifatida talqin qilinadi. Aksariyat tilshunoslar to’liq asos bilan termin, eng avvalo, til lug’aviy tizimining teng huquqli a’zosi ekanligini ta’kidlaydi 1 . Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Terminologiya (termin+logos - so’z, ta’limot) ikki xil ma’noda qo’llaniladi. 1. Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. Mas, grammatik terminologiya, san’at terminologiyasi va b. 1. Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi. Ayrim olimlar mazkur terminni 3 xil ma’noda qo’llanilishini ta’kidlab o’tadi: 1) Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. 2) Tildagi barcha terminlar majmui. 3) Tilshunoslikning terminlarni o’rganuvchi bo’limi 2 . Demak, terminologiya deganda uch ma’no anglashiladi: terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan bog’liq bo’lgan terminlar tizimi, til tizimidagi barcha terminlar hamda tilshunoslikda terminlarni o’rganuvchi bo’lim sifatida qo’llaniladi. Ammo keyingi paytlarda bu terminologiya ko’proq nazariy 1 Виногравдов В.В. Вступительное слово ва Всесоюзном терминологическом совещании // Вопросы терминологии. – Москва, 1961. – С.3-10. 2 Гринев С.В. Введение в терминоведение. – М., 1993. – С. 309; Шелов С.Д. Терминология, профессиональная лексика и профессионализмы (к проблеме классификации специальной лексики) // Вопросы языкознания. – 1984. – № 5. – С. 76-87.

aspektda qo’llanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, terminologiyaning predmeti muayyan sohaning tushunchalar bilan bog’liq bo’lgan terminlar tizimi bo’lib, uning vazifasi soha terminlarining nazariy-metodik asoslarini ishlab chiqish dan iborat. Terminologiya maxsus so’zlar, maxsus leksika deb ham ataladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir sohaga tegishli lug’aviy birlik va ularga tenglashgan birikma tushuniladi. M: lingvistik terminologiya, fizik terminologiya 3 . A.Reformatskiy bu xususda shunday yozadi: ‘‘... terminlar - bu maxsus so’zlardir’‘. Xullas, terminologiyaga oid adabiyotlarda terminologiya - maxsus so’zlar - atamashunoslik - terminologik tizim kabi terminlar parallel qo’llaniladi. Terminologiyadagi tizimlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning o’zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqador. Keltirilib o’tilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ‘‘terminologiya ‘‘ va terminologik tizim’‘ tushunchalarini farqlash lozim. Lekin B.N.Golovin ‘‘terminologiya’‘ va ‘‘terminologik tizim’‘ ifodalarini ‘‘professional faoliyat sohalariga aloqador bir - biri bilan tushunchaviy, leksik - semantik, so’z yasalishi va grammatik darajalarda bog’langan terminlar majmui’‘ni bildiruvchi sinonimlar sifatida ishlatishni taklif qiladi. Boshqa mualliflar esa, aksincha, ‘‘terminologiya’‘ va ‘‘terminologik tizim’‘ tushunchalarini farqlash lozimligini uqtirishadi, ya’ni ‘‘terminologiya’‘ tushunchasi ostida stixiyali tarzda to’planib boruvchi terminlar majmuini, ‘‘terminologik tizim’‘ deganda esa inson bilimlari yoki faoliyatining ma’lum bir ixtisoslashgan sohasini tasvirlovchi tushunchalar tizimini adekvat ifodalovchi tartibga solingan terminlar majmui’‘ni tushunishni taklif etishadi. Umuman olganda, terminologik tizimlar boshqa til tizimlaridan farqli ravishda ilmiy tushunchalarni tasniflash, sistemalashtirish va belgilash jarayonlarida yuzaga keladi. Terminologiyaning tizimli ekanini til doirasidan chiqmay turib asoslab bo’lmaydi. 3 Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент,

Xulosa qilib aytganda, olimlar bu tushunchalar o’rtasidagi prinsipial farqni terminlar majmuining tartibga solingan yoki solinmaganligida, deya belgilashmoqda. Boshqacha aytganda, terminologiyaning terminologik tizimga aylanishida uning tartibga solinganlik omili muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari , termin - atama-so’z termin, terminologiya - atamashunoslik kabi tushunchalar adabiyotlarda yonma-yon qo’llanilib kelmoqda. «O’zbek tilining izohli lug’ati»da quyidagicha ta’rif keltirilgan: Atama - 1. ayn. termin. 2. Umuman, nom. Pekin shamanni har bir xalq o’z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelgan. «Fan va turmush». Respublikamizning o’zidagina 400 dan ortiq turli tuman qovun atamalari mavjud ekan. «Fan va turmush». Atamashunos - atamalar bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Atamashunoslik - atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar bilan shug’ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda Atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Gazetadan 4 . Ayrim olimlarning fikricha: ‘‘ Termin ’‘ so’z ini belgilash uchun uni “ atama ’‘ so’zidan farqlash hamda bu ikki til birligini bir-biridan chegaralash maqsadga muvofiqdir. ‘‘Atama’‘ bu har qanday predmet, belgi xususiyat n i atash mumkin bo’lgan umumiy tushunchadir. Adabiyotlarda bu ikki so’zni biri o’rnida ikkinchisi qo’llanaveradi. Ammo olimlar tomonidan professional so’zlarning terminologik leksikadan ajratib o’rganish lozimligi tavsiya qilinganligi 5 masalaning o’ziyoq terminologik tadqiqot ishlarining murakkabligidan dalolat beradi 6 . Keyingi yillarda terminologiya (atamashunoslik) ning shakllanishi va rivojlanishi (terminlar haqidagi bilimlar, fan-texnika rivojlanishi tufayli o’zlashayotgan terminlar va boshqalar) natijasida terminologiya hamda tilshunoslikda terminlarni o’rganuvchi bo’lim o’rtasida har xil qarashlarning yuzaga kelishi fanni mutaxassislari va bilimlarni yetkazishda qarama-qarshi fikrlar 4 O’zbek tilining izohli lug’ati. – То shkent, 2006. 4- tom . –Б.113. 5 Усмонов С. Ўзбек тили терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1962.- Б.17. 6 Жўрабев А., Собиров А. Халқ томоша санъати терминларини тартибга солишнинг айрим масалалари / Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент, 1986. – Б.82.

paydo bo’ldi. Bunday muammolarning kelib chiqishi terminologiya fanini yuzaga kelishi va terminologiya sohasini tizimlashtirishga olib keldi. Terminologiyaga kirish - tilshunoslikda til tizimining terminlarini o’rganuvchi soha. Terminologiyani o’rganish bo’lajak filolog mutaxassislar uchun lingvistik dunyoqarashni shakllantirish, o’z ishiga ijodiy munosabatda bo’lishda katta yordam beradi, chunki terminologik tizimning o’rganilishi tarixi, uning o’ziga xos qonuniyatlarini bilish talabalarning lingvistik bilim doirasini kengaytiradi. Jahon terminologiya tizimini ko’zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik qarashlarni tanqidiy o’rganish, o’tmishning eng yaxshi lingvistik an’analarini rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq: a) terminologiya sohasi yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatga barham berildi; b) termin, terminologiya, terminografiyaga ijodiy yondashish vujudga keldi; v) hozirgi zamon terminologiyasining ko’pgina hal qilinmagan muammolarini o’rganish uchun o’tmish terminologiyasi yutuqlarini tanqidiy nuqtai-nazardan ko’zdan kechirish zarurligi amaliy jihatdan isbotlandi. Bundan tashqari, b ugungi kunda dunyoda 20 mingdan ortiq terminologik standartlar mavjud. Terminologik tizimlarni tashkil qilish uchun maxsus standartlar nafaqat davlat va xalqaro miqyosda, balki ayrim kompaniyalar va firmalarda ishlab chiqilgan. Bunday sharoitda atamalar va terminologik tizimlarni birlashtirish nafaqat ilmiy, balki amaliy vazifadir. Tizim atamalarining noaniqligi, omonimiya, tizimlar o'rtasida muvofiqlikning yo'qligi ilmiy va texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarishni rivojlantirishga jiddiy to'siqdir. Shunga ko’ra, terminologiya sohasi muammolarining takomilini o’rganish fan tarixidagi qarashlarni chuqur tushunishga, terminlarni o’rinli qo’llay olishga, ularning izohini bilishga, to’g’ri izohlay olishga olib keladi.