logo

O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI. QO‘LLANILISHI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN LEKSIKA.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.404296875 KB
O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI .
QO‘LLANILISHI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN
LEKSIKA. 
Reja:
1. Leksik   ma’no   taraqqiyotiga   olib   keluvchi
nolisoniy va lisoniy omillar. 
2. Hosila   sememaning   vujudga   kelish   yo‘llari:   1)
metafora, 2) metonimiya, 3) sinek d oxa, 4) vazifadoshlik.
3. Hosila  lug’aviy  ma’nolarning  lisoniylashuvi.
4.   Leksik-semantik   munosabatlar:   1)   sinonimiya.   2)   omonimiya.   3)
antonimiya. 4) graduonimiya. 5) giponimiya. 6) partonimiya. 
5. Leksik birliklarning qo’llanilishi chastotasiga ko’ra farqlanishi.
6 .   Qo’llanilish   doirasi   chegaralangan   leksika:   dialektal   leksika,terminologik
leksika, jargon va argolar. Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari.  Hosila ma’no bir necha yo‘l bilan
vujudga   keladi:   metafora,   metonimiya,   sinekdoxa   va   vazifadoshlik   kabi.   Hosila
ma’nolar to‘g‘ri, bosh ma’no asosida paydo bo‘ladi.
Metafora   (gr.   metaphora   –   ko‘chirish)   –   nutq   mexanizmi,   biror   leksema
denotatining tashqi,  zohiriy o‘xshashligi  asosida  boshqa  ma’noni  ifodalash  uchun
ishlatilishi.
Metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun quyidagidan biri sabab bo‘ladi:
1)   bir   so‘z   boshqa   so‘zga   nisbatan   so‘zlovchining   ifoda   maqsadiga   ko‘proq
mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llaniladi;
2)   biror   denotatning   ifodalovchisi   bo‘lmaydi   va   ma’lum   bir   so‘z   boshqa
denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi.
Demak,   birinchi   holda   ko‘chirilayotgan   so‘z   denotatning   ikkinchi   atamasi
bo‘lsa,   ikkinchi   holda   birinchi   atamasidir.   Masalan,   quyi   so‘zi   anglatadigan
ma’noni  etak  so‘zi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga
nisbatan   etak   so‘zi   ishlatilgan.   O‘zbek   tilida   dengizdagi   o‘ziga   xos   jo‘g‘rofiy
o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois  qo‘ltiq  so‘zi unga nisbatan ham qo‘llanadi.
Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi:  Qush
uchdi.   Samolyot   uchdi   qurilmalarining   ikkinchisida   uchmoq   fe’li   ifodalagan
harakat   qushning   havodagi   qanotlarini   silkitib   qilgan   parvoziga   o‘xshaydi.   Shu
boisdan  uchmoq  fe’li ifodalagan keyingi ma’no metaforik ma’no.
Metafora   hosila   ma’no   hosil   qilishning   keng   tarqalgan   usuli   sifatida   badiiy
uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi.
Metaforik   hosila   ma’no   nutqda   juda   ko‘p   uchraydi.   Ammo   ularning
lisoniylashgani   –   sememaga   aylangani   nisbatan   kam.   Qanot   (samolyot),   uchmoq ,
og‘iz  (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik semema.
Metaforik   yo‘l   bilan   hosil   bo‘lgan   semema   davrlar   o‘tishi   bilan   o‘ziga   xos
atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga
kelishi,   omonimik   tabiatga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   adabiyotshunoslik
termini   sifatidagi   fojia   umumiste’mol   qo‘llanishdagi   fojia   so‘zidan   ma’noviy
jihatdan   uzilib,   ularning   nomemalari   omonimik   munosabatga   ega   bo‘lgan. Shuningdek,   jo‘g‘rofiy   termin   bo‘lgan   qo‘ltiq   umumiste’moldagi   qo‘ltiq
leksemasining omonimiga aylangan. 
Sinekdoxa   (gr.   synekdoche   – “nisbatlash”) yo‘li bilan hosil qilingan ko‘chma
ma’no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha,
biror   narsaning   qismi   bilan   u   mansub   butunni   atash   tushuniladi:   1.   Besh   qo ‘ l ini
og‘ziga tiqadi. 2. Ochildiboy  tirnoq qa zor edi.  Sinekdoxik yo‘l bilan hosil qilingan
ma’noni ham lisoniy va nutqiy ma’noga bo‘lish mumkin. Masalan, keltirilgan  qo‘l ,
tirnoq   leksemalarining   sinekdoxik   ma’nosi   sememalashgan.   Stol   sindi ,   eshik
buzildi   gaplaridagi   stol   so‘zining « oyoq»   (stolning oyog‘i),   eshik   so‘zining « qulf»
(eshikning   qulfi)   hosila   ma’nolari   nutqiy   sinekdoxik   ma’noga   misol.   Ammo   har
qanday butunlik nomi bilan qismni, qismning nomi bilan butunni atab bo‘lmaydi.
Masalan,   daraxt   va   shox,   barg,   tana,   ildiz,   meva   butun   va   qismdir.   Lekin   barg
deganda hech qachon daraxt anglashilmaydi. Ammo   meva   masalan,   olma   atamasi
orqali daraxt ham ifodalanadi. 
Metonimiya   (grekcha:   metonymia   –   “qayta   nomlash”)   ifodalan-mishlarining
o‘zaro   bog‘liqligi,   aloqadorligi   asosida   bir   ifodalovchining   boshqa   ifodalovchi
uchun ishlatilishi.
Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining
barqarorligiga   ko‘ra   lison   va   nutqqa   daxldor   hodisa.   Boshqacha   aytganda,
metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy(lashgan) bo‘lishi mumkin.
Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz:
1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi:
a)   stakan   –   1- ichimliklar   uchun   ishlatiladigan   silindr   ko‘rinishdagi   shisha
idish;  2- bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv);
b)   dasturxon   –   1- o‘rtaga   yozilib   ustiga   oziq-ovqat   qo‘yiladigan   mato
materialli ro‘zg‘or buyumi;  2- yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat.
2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi:
a)   kumush   –   1- oq-ko‘kish   rangli   yaltiroq   tusli   asl   metall;   2- kumushdan   zarb
qilingan pul, tanga; b)   qog‘oz   –   1- yozish,   chizish,   kitob,   gazeta,   jurnal   boshqa   hamda   boshqa
shunga   o‘xshash   maqsadda   ishlatiladigan   yog‘och,   eski   latta-putta   va   shular
kabidan tayyorlangan yupqa material; 2- varaq, bet.
3) joy nomi bilan shu joyda  yashovchi kishilar ataladi:
a)   qishloq   –   1- aholisi   ko‘proq   qishloq   xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanuvchi   aholi
punkti;  qishloq –   2- qishloqda yashovchi kishilar ( Qishloq nima deydi? ).
1) harakat ifodalovchisi  bilan uning natijasi  yoki  unga aloqador  bo‘lgan
jarayon nomlanadi:
to‘y   –   1- yeb-ichish   natijasida   nafsni   qondirmoq;     2- bazm-tomosha   bilan
ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim.
4) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi:
a)   til   –   1- og‘iz   bo‘shlig‘ida   harakatlanuvchi   nutq   a’zosi;   2 -shu   nutq   a’zosi
harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq;
b)  Navoiy –  1  o‘zbek mutafakkir shoiri;  2- Alisher Navoiy asari.
Ko‘rinadiki,   metonimik   hosila   ma’noning   ayrimi   sof   lisoniy   mohiyat   kasb
etgan   bo‘lsa,   ayrimi   nutqiy   sathdagina   mavjud.   Masalan,   Navoiyni   o‘qidim
gapidagi   Navoiy   so‘zi   ellipsis   natijasida   tushib   qolgan   asar   so‘zining   ma’nosini
ifodalamoqda va u sof nutqiy xarakterga ega. Ammo keltirilgan   dasturxon   2,   to‘y
2,   qog‘oz   2,   kumush   2   ma’nolari   lisoniylashgan,   sememaga   aylangan   metonimik
ma’no. 
Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy bog‘lanish emas,
balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan.
Vazifadoshlik   –   semema   vujudga   kelishining   asosiy   yo‘llaridan   biri.
Vazifadoshlik   asosida   semema   vujudga   kelishi   ham,   metaforada   bo‘lgani   kabi,
o‘xshashlikka   asoslanadi.   Biroq   metaforada   tashqi   ko‘rinishdagi   o‘xshashlikka
asoslanilsa,   vazifadoshlikda   bajariladigan   vazifaning   o‘xshashligi   asosida   yangi
ma’no   vujudga   keladi.   Masalan,   dastlab   kamonning   paykoni   o‘q   deb   atalgan.
Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi
vazifa (ya’ni o‘ldirish)ni bajarganligi  bois   o‘q   deb ataladi. Rus tilidagi   pero   (pat)
so‘zining   bugungi   ma’nosi   ham   shunday   ma’noviy   taraqqiyotga   ega.   Ma’lum bo‘ladiki,   vazifadoshlik   asosida   vujudga   kelgan   hosila   ma’no   nafaqat   mustaqil
semema  darajasiga  etadi, balki  o‘ziga asos  bo‘lgan bosh,  asosiy  sememadan  ham
ko‘ra   faollashib,   qo‘llanish   doirasi   kengayib   ketadi.   Masalan,   ilgari   ko‘mir   so‘zi
«ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» sememasiga ega edi.
Bugungi  kunda  bu  semema  tarixiylashib,  u  «yer   qatlamida  tabiiy  yo‘l  bilan  hosil
bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» hosila sememasi bilan nutqimizda yashaydi.
Ma’lum   bo‘ladiki,   leksema   semantikasidagi   lisoniy   o‘zgarish   quyidagi
natijalarga olib keladi:
1.   Leksema   nutqiy   ma’nosining   ixtisoslashuvi   natijasida   yangi   sememaning
vujudga   kelishi.   «Qushning   ikki   yonida   harakatlanib   uchish   vositasi»
sememasigagina   ega   bo‘lgan   qanot   leksemasi   bugungi   kunda   «samolyotning   ikki
yonidan chiqib turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi» sememasiga ham
ega polisemantik leksemaga aylangan.
2. Aniq ma’noning mavhum ma’noga aylanishi natijasida ixtisoslashuvga zid
ma’noviy   kengayish   yuz   berib,   yangi   sememaning   vujudga   kelishi.   Masalan,
otlanmoq   leksemasining dastlabki sememasi «otga minish» bo‘lib, bugungi kunda
bu   semema   o‘ta   kuchsizlanib,   leksema,   asosan,   «biror   joyga   borish   uchun
hozirlanish» sememasi bilan yashaydi.
3. Leksema semantik imkoniyatining torayishi.   Leksema sememasining biror
tomondan   ixtisoslashuvi   boshqa   sememaning   butkul   so‘nishiga   olib   keladi.
Masalan,   keng   qamrovli   tushunchani   ifodalovchi   so‘zlarning   qamrovi   torayib
ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik
mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Hosila  lug’aviy  ma’nolarning  lisoniylashuvi. B ugungi kunda tilda lison va
nutqning   izchil   farqlanayotganligi,   shuningdek,   o’zbek   tilshunosligida   lisoniy
qiymat   tushunchasining   olib   kirilayotganligi   ko’p   ma’noli   so’zlar   hosila
ma’nolarining va nutqqa munosabatini belgilashni zarur qilib qo’yadi.
Avvalo,   «ma’no   ko’chishi»   atamasi   munozarali   ekanligiga   diqqatni
qaratmoqchimiz.   [ko’chmoq]   fe’li   umumiste’mol   qo’llanishda   biror   narsaning   bir
nuqtadan   ikkinchi   bir   nuqtaga   o’tishi   ma’nosida   tushuniladi   va   bunda   narsaning tubdan o’zgarishi va yangi narsa vujudga kelishi nazarda tutilmaydi. Biroq mazkur
so’z   tilshunoslikda   hosila   ma’no   vujudga   kelishi,   yangi   ma’no   hosil   bo’lishi
ma’nosida qo’llanadi va umumiste’mol qo’llanishdagi fe’l bilan mutlaq omonimlik
kasb   etadi.   Biroq   bu   so’zni   ushbu   o’rinda   mutlaq   omonim   sifatida   qo’llashga
ijtimoiy zarurat yo’q bo’lganligi bois, buning sababi  sifatida hodisaning noto’g’ri
baholanayotganligi   tushuniladi.   Aslida   ko’p   ma’noli   so’zlarda   bir   ma’noning
ko’chishi   emas,   balki   birinchisidan   o’sib   chiqqan   turli   ma’nolar   kuzatiladi.
Masalan,   [qo’ltiqj   leksemasining   birinchi   [«qo’lning   yelka   bilan   tutashgan   yerida
hosil   bo’lgan   burchak,   qo’l   osti»J   ma’nosining   ikkinchi   [«quruqlik   ichiga   suqilib
kirgan   suv»]   ma’nosidan   tarkibiga   ko’ra   jiddiy   farqlanib   turadi.   Ximiyaviy
birikmada   bir   yelement   (atom)   o’rnini   boshqa   xil   yelement   egallashi   natijasida
yangi   modda   vujudga   kelganligi   (masalan,   N
2 O   va   N
2   S)   kabi   leksema   ma’no
bo’lakchasining   almashishi   hanr   yangi   ma’no   vujudga   kelganligini   dalillaydi.
Yuqorida aytilgan birinchi ma’nodagi «odamning» ma’no bo’lakchasining o’rnini
ikkinchi   bir   («dengizning»)   ma’no   bo’lakchasining   egallashi   ham   yangi   nutqiy
ma’no   vujudga   kelganligini   ko’rsatadi.   Demak,   hodisani   «ma’no   ko’chishi»   deb
emas,  «so’z yoki  nomema ko’chishi»,  mahsulni  esa  «ko’chma ma’no» deb emas,
balki «hosila ma’no» deb atash uning mohiyatini to’g’riroq aks yettiradi.
Hosila   ma’nolarning   lison   va   nutqqa   munosabatini   yoritishda   F.de   Sossyur
davridan   boshlab   amal   qilib   kelinayotgan   lisoniy   birliklarni   belgilashning
tayyorlik,   ijtimoiylik,   majburiylik,   barqarorlik   kabi   ijtimoiy   –lisoniy   omillarga
tayanmoq   lozim   bo’ladi.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   ma’nolarning   lison   va
nutqqa   munosabatini   ochishda   til   birliklarining   turlicha   qo’llanishlarida   namoyon
bo’luvchi   lisoniy   xususiyatlarni   belgilaydigan   ijtimoiy   –   psixologik   omillarning
ham   ahamiyati   katta.   So’zning   hosila   ma’no   bilan   jamiyat   a’zolari   uchun
umumiylik   va   majburiylik   xossasiga   ega   bo’lishini   bir   necha   bosqichda   kuzatish
mumkin   va   bu   bevosita   uning   paradigmatik   –   sintagmatik   munosabatlarida
namoyon bo’ladi.
Nutqda   shunday   so’zlar   kuzatiladiki,   ular   bilan   bir   vaqtning   o’zida   birdan
ortiq   denotat   ifodalanadi   va   ma’nolardan   qaysi   biri   bosh   yoki   hosila   ma’no ekanligini   anglash   mushkul   bo’lib   qoladi.   Misol   sifatida   [olma]   leksemasining
ikkita [«daraxt», «meva», [til]  so’zining ikkita [«a’zo», aloqa vositasi» ma’nosini
ko’rsatishining o’zi yetarli. Tilshunoslikda ba’zan ular ko’chma ma’no, ba’zan har
ikkalasi   ham   nominativ   ma’no   sifatida   baholanadi.   Shunday   bo’lsa   –da,   hosila
ma’nolar   asosidagi   denotatlarning   o’z   xususiy   atamalariga   ega   emasligi,
shuningdek,   so’zning   shu   ma’nolar   asosida   lisoniy   tizimdan   o’ziga   xos   o’rin
egallashlari ularning sof lisoniy hodisa sifatida qaralishiga asos bo’ladi.
Ikkinchi   tur   ma’nolarning   hosilaligi   ayon   bo’lsa   –da,   ular   denotatlarning
xususiy nomemalariga ega emasligi va shu bois qo’llanishda majburiylik xossasiga
ega   bo’lishdek   ijtiraoiy   omil   ma’noga   barqarorlik   baxsh   etadi.   So’z   shu   ma’nosi
bilan lisoniy tizimda maxsus o’ringa ega bo’ladi. Masalan, [qanot] leksemasining
«samolyotning   yerdan   ko’tarilish   va   uchish   moslamasi»   ma’nosi   «qush   va
hasharotlarning uchish a’zosi» bosh ma’nosidan o’sib chiqqan hosila ma’no bo’lib,
bu ma’no ham o’zida lisoniylik belgisini tashiydi va hosila semema sifatida lisoniy
tizimdan   joy   olgan.   Ko’rinadiki,   bu   tipdagi   ma’nolar   lisoniylashganligi   bilan
yuqorida   zikr   etilgan   ma’nolar   sirasiga   kirishga   loyiq   bo’lsa   –da,   hosilaviylik
xossasiga ega ekanligi ularni bir pog’ona quyida tutib turadi.
Uchinchi tip hosila ma’nolar sof lisoniy mohiyat kasb etgan ma’nolar bilan
qo’llanilishi   nutq   sharoitiga   bevosita   bog’liq   bo’lgan   hamda   maxsus   sintagmatik
qurshovlarda namoyon bo’luvchi sof nutqiy ma’nolar orasidagi vaziyatni egallaydi
va ularni shartli ravishda lisoniylashmagan hosila ma’nolar sifatida berish ma’qul.
[ish]   leksemasining   «mehnat,   yumush»   ma’nosi   bosh   ma’no   bo’lsa,   davozim,
xizmat» ma’nosi lisoniylashayotgan ma’no sifatida qaralishi mumkin.
Sof nutqiy hosila ma’nolarning lisonga intilishini ochish ham qator ijtimoiy-
lisoniy   omillarga   tayanadi.   Aytilganlardan   kelib   chiqqan   holda,   hosila
ma’nolarning   lison   va   nutqqa   munosabati   jihatidan   quyidagi   tasnifini   berish
mumkin:
1) lisoniylashgan va hosilaviyligini yo’qotgan ma’no;
2) lisoniylashgan hosila ma’no;
3) lisoniylashayotgan hosila ma’no; 4) nutqiy hosila ma’no.
So’zlaming   umumiy   lisoniy   qiymatlni   tiklash   bilan   birgalikda   ulaming
leksikografik   tavsifini   berish   va   zamonaviy   izohli   lug’atlar   yaratishda   ham   ko’p
ma’nolilikning   lison   va   nutqqa   munosabatini   aniq   va   qafiy   belgilab   olish   muhim
ilmiy– metodologik ahamiyatga ega.
Leksik-semantik   munosabat lar.   Leksik   birliklar   lisonda   turli   semantik
munosabat   asosida   har   xil   paradigma   hosil   qilgan   holda   mavjud   bo‘ladi.
Sinonimik,   antonimik,   graduonimik,   partonimik,   giponimik   munosabat   ana
shunday lisoniy munosabatlardir.
Sinonimiya.   Shaklan   har   xil,   ammo   bir   tushunchani   turli   bo‘yoq   va   ottenka
tusi bilan ifodalaydigan leksemalar  sinonim  deyiladi (gr.  synonymos  – “bir nomli”).
Sinonim  leksema  orasidagi  munosabat   sinonimiya   yoki   sinonimik  munosabat   deb
yuritiladi.
Sinonim   leksemalar   sememalaridagi   atash   va   vazifa   semasi   aynan   bir   xil
bo‘lib,   ifoda   semasi   farqlanadi.   Misol   sifatida   yuz   –   bet   –   aft   –   bashara   –   turq
qatorini   keltirish   maqsadga   muvofiq.   Ma’nodoshlik   qatoridagi   mazkur
leksemalarning   barchasida   atash   semalari   bir   xil:   «odam   boshi   old   tomoni»,
«peshonadan   iyakkacha».   Ammo   ifoda   semalari   har   bir   leksemada   o‘ziga   xos.
Aniqrog‘i,   «shaxsiy   munosabat»   har   bir   leksemada   boshqa-boshqa   namoyon
bo‘lgan. U   yuz   leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa,   turq
leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   leksemalarning   ifoda   semasi   turli-tuman.   Ulardan
ayrimlari quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi; 
2)   leksemaning   qo‘llanish   davrini   ko‘rsatuvchi   sema:   «eskirgan»,   «yangi»,
«o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy»;
3)   leksemaning   qo‘llanilish   doirasini   ko‘rsatuvchi   sema:   «shevaga   xos»,
«so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.k.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   leksemaning   bittasi   dominanta   (bosh)   leksema
bo‘lib,   boshqalari   shu   leksema   atrofida   birlashadi,   ma’nodoshlik   qurshovi   hosil qiladi.   Dominanta   leksemaning   yuqorida   sanalgan   barcha   ifoda   semasi   neytral,
betaraf.   Masalan,   katta   –   ulkan   –   bahaybat   sinonimik   qatori   «kitobiylik»,
«ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida
bu   sema   belgilanmagan   (neytral) ,   ulkan   va   katta   leksemalarida   ifodalangan,
oydinlashtirilgan.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   dominanta   leksemaning   bir   qancha   o‘ziga   xos
xususiyati bor:
1)   dominanta   leksemaning   mazmuni   boshqa   leksemalarnikiga   nisbatan
«kambag‘alroq»   bo‘ladi.   Qiyoslang:   chiroyli,   go‘zal   va   suluv.   Qatordagi   chiroyli
leksemasida  go‘zal  va  suluv  leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i yo‘q; 
2)   dominanta   leksemaning   qo‘llanish   doirasi   va   miqdori   boshqa
ma’nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;
3)   dominanta   leksema   belgilanmagan   ifoda   semasiga   ega   bo‘lganligi   bois
istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi;
4)   ma’nodoshlik   qatori   mansub   bo‘lgan   katta   tizimga   faqat   dominanta
leksema   kiradi.   Masalan,   «kishi   tanasi   a’zolari»   lug‘aviy   ma’noviy   guruhiga   yuz
dominanta   leksemasi   kirib,   quloq,   burun,   lab,   qosh,   peshona   leksemalari   bilan
paradigma   hosil   qiladi.   Boshqa   ifoda   semasi   belgilangan   leksema   «betaraf»
bo‘lolmaganligi  bois yuqori  paradigmaga kira olmaydi  va uning betaraf  vakili bu
huquqqa ega bo‘la oladi, xolos.
Ma’nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida keraksizi
iste’moldan   chiqib,   qator   yangilari   bilan   boyib   boraveradi.   Nutqda   ma’nodoshlik
qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema sememalarining turi,
yasama   so‘z,   so‘z   birikmasi,   nutqiy   ko‘chma   so‘z   bilan   to‘lib,   kengayib   boradi.
Bular   kontekstual   sinonim   sifatida   nutqning   go‘zalligi   va   boyligini   ta’minlovchi
vosita sanaladi.
Antonimiya   (gr.   antionymo   –   “zid   nom”)   leksemalar   orasidagi   zidlik
munosabatidir:   katta   –   kichik,   yosh   –   qari,   mitti   –   ulkan,   oq   –   qora   va   hokazo.
Antonim   leksemalarning   umumiy,   birlashtiruvchi   semasi   bilan   bir   qatorda,
qarama-qarshi   semasi   ham   bo‘lishi   lozim.   Masalan,   katta   va   kichik   leksemalari umumiy – «sifat», «ko‘lam» semasi  bilan birga, qarama-qarshi – «nisbatan ortiq»
( katta )   va   «nisbatan   katta   bo‘lmagan»   ( kichik )   semasiga   ham   ega.   Yoki   qish   –
«yilning   eng   sovuq   fasli»,   yoz   –   «yilning   eng   issiq   fasli»,   kirmoq   –   «ichkariga
harakatlanmoq»,   chiqmoq   –   «tashqariga   harakatlanmoq».   Antonim   leksemalar
asosida   borliqdagi   qarama-qarshi   hodisaning   in’ikosi   bo‘lgan   qarama-qarshi
tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar:  issiq
– sovuq  (harakat),  katta – kichik  (hajm),  erkak – ayol  (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: 
a) kontrar qarama-qarshilik; 
b) komplementar qarama-qarshilik.
Kontrar   qarama-qarshilik   –   darajalanuvchi   leksema   qatoridagi   tafovutning
farqlarga,   farqning   ziddiyat,   ya’ni   qarama-qarshilikka   o‘sib   borishi   natijasida
birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan,  kichik – o‘rta  –  katta ,
yosh   –   o‘smir   –   o‘rta   yosh   –   qari   kabi.   Bunda   kichik   va   katta ,   yosh   va   qari
leksemalari   daraja   qatorining   ikki   qarama-qarshi   qatori   a’zolari   o‘rtasida   ikki
antonim   a’zo   belgilarini   o‘zida   mujassamlashtirgan   bog‘lovchi   bo‘g‘in   bor.
Yuqoridagi   o‘rta   leksemasida   kichik   va   katta   leksemalarining   qarama-qarshiligi
so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar  qarama-qarshiligini  ularning darajalanish
(graduonimik) qatoridan izlash lozim.
Komplementar   antonimiyada   qarama-qarshilik   uchinchi,   oraliq   bo‘g‘insiz
bo‘ladi:  rost – yolg‘on, arzon – qimmat, oson – qiyin . Bu leksemalar orasida oraliq
uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) har xil o‘zakli antonim:  katta  –  kichik ,  kirmoq  –  chiqmoq ,  muhabbat  –
nafrat ;
2) bir   xil   o‘zakli   antonim:   madaniyatli   –   madaniyatsiz ,   aqlli   –   aqlsiz ,
ongli  –  ongsiz .
Graduonimiya   (gr.   gradatio   –   “ko‘tarilish”,   “o‘sish”,   onymo   –   “nom”).
Lug‘aviy   birliklar   o‘zaro   ma’noviy   munosabatiga   ko‘ra   ma’lum   bir   darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi –  o‘rta
so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan:
Katta  –  o‘rta  –  kichik
Yosh  –  o‘rta  –  qari
Uzoq  –  o‘rta  –  yaqin
Baland  –  o‘rta  –  past
Uzun  –  o‘rta  –  qisqa .
Ma’lumki   o‘rta   so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik,
oraliq,   ya’ni   ikki   bir-biriga   zid   belgi   oralig‘idagi   holatni   ko‘rsatadi.   O‘rta
leksemasi   antonimlar   oralig‘idan   o‘rin   olsa,   katta   –   o‘rta   –   kichik   darajalanishi
kam seziladi. Lekin   o‘rta   leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir
belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol
anglashiladi.
Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi.
Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini: 
a) g‘ayrilisoniy asos;
b) sof lisoniy asosga   tayanib ajratish mumkin.
G‘ ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-xususiyatda
sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson go‘daklik, yoshlik,
navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik,
quriganlik davrini boshidan kechiradi – o‘sadi. Tabiatdagi rang va boshqa belgilar
shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini
ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til
ongning ifodasi  bo‘lganligi  bois  u ongdagi  aks ettirilgan mana shunday  miqdoriy
farqlarni   ham   ifodalashi   lozim.   Bunday   miqdoriy   farq   turli   usul   bilan,   jumladan,
alohida-alohida   leksema   bilan   ham   ifodalanadi.   Chunonchi,   nihol   –   ko‘chat   –
daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak –bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir  kabi.
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar:
a) ma’noviy omil; 
b) so‘zlararo paradigmatik munosabat. Graduonimik   qatorni   ajratishdagi   ma’noviy   omilning   mohiyati   shundaki,   bir
qator   leksemalar   sememasida   ma’lum   bir   belgining   oz-ko‘pligiga,   turli   xil
darajalariga   ishora   mavjud.   Masalan,   darcha   –   eshik   –   darvoza   leksemasining
«O‘zbek tili izohli lug‘ati»dagi izohini kuzataylik:
1. Darcha   – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki qo‘sh tavaqali,
eshik yoki devorga o‘rnatilgan  kichkina eshikcha  (O‘TIL, I, 212.) 
2. Eshik  – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochib-yopib
turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).
3. Darvoza  – hovli, qo‘rg‘on, qal’a, zavod va shu kabilarga kiriladigan, ochib-
yopiladigan  katta  eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209).
Ajratilgan   so‘zlar   miqdoriy   ko‘rsatkichlarni   ifodalovchi   leksemalardir.   Bu
darcha   leksemasi   izohidagi   kichkina   va   eshikcha   so‘zlari,   darvoza   leksemasi
izohidagi  katta  so‘zi .  
Boshqa bir leksema qatorini olamiz:   gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil  – ol –
qirmizi.
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan:
1.  Gulobi  – gulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197).
2.  Pushti  – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608).
3 . Qizg‘ish  – qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi, qizg‘imtir (O‘TIL, II, 573)
4.  Qizil  – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570).
5.  Ol  – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529).
6.  Qirmizi  – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581).
Bu   tavsif,   albatta,   mukammal   emas.   Chunki   ular   o‘zining   graduonimik
tizimidan   uzib   tavsiflangan.   Agar   ular   bir   sistema   a’zolari   sifatida   tahlil   etilsa,
quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi:
1.  Gulobi  – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang.
2.  Pushti  – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq.
3.  Qizg‘ish  – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang.
4.  Qizil  – qon rang.
5.  Ol –  qizildan to‘qroq rang. 6.  Qirmizi  – to‘q qizil rang.
Bu   leksemalar   denotativ   ma’nolaridagi   rangning   miqdoriy   semasi   asosida
quyidagicha darajalanadi:
« qizillik »
                                                                                  
 -3              -2              -1                 0                  1                   2
gulobi      pushti      qizg‘ish        qizil                  ol              qirmizi
Demak,   lug‘aviy   graduonimik   qatorni   ajratish   uchun   ma’noviy   omil   o‘zaro
yaqin tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir leksemada ma’lum bir belgining
turlicha   darajalanishiga   ishora   mavjudligida   namoyon   bo‘ladi.   Shu   asosda
ma’noviy omilning o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi;
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi.
Graduonimik   qator   lug‘aviy   paradigmaga   qo‘yiladigan   quyidagi   talabning
barchasiga javob berdi:
1)   lug‘aviy   paradigmaning   bitta   yetakchi   leksema   (dominanta)   atrofida
birlashishi;
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi;
3)   lug‘aviy   paradigmaning   boshqa   kattaroq   paradigma   tarkibiga   yetakchi
leksema bilangina kirishi;
4)   lug‘aviy   paradigmadagi   qurshov   leksemaning   dominant   leksema   bilan
osonlikcha almashtirila olishi.
Demak,   leksemalararo   lisoniy   munosabat   sanaluvchi   graduonimiya   hodisasi
bir   necha   leksemaning   ma’lum   bir   belgining   oz-ko‘pligiga   qarab,   lug‘aviy
ma’noviy qatorda, tizimda namoyon bo‘lishi bo‘lib, bunda dominanta va qurshov
leksema farqlanadi.
Lug‘aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy qonunlari mavjud:
a) graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki  kengayib borishida
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni tajallilanadi; b)   graduonimik   zanjirning   ikki   chekka   uchi   ma’lum   bir   belgining   tasdig‘i
bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‘ladi;
d) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) leksemalarning bir
yetakchi   leksema   (dominanta)   atrofida   birlashib,   bir   lug‘aviy   ma’noviy   qatorni   –
paradigmani, butunlikni tashkil etishda qarama-qarshilik birligi va kurashi  qonuni
voqelanadi. 
Giponimiya . Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya
(aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati.
Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Giperonim   jins   belgisini   bildirgan   predmetning   nomini   ifodalovchi   ko‘pgina
ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi,
dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins
turining   nomini   hamda   o‘zining   semantik   tarkibida   implisit   tarzda   jins   ma’nosini
ham   ifodalovchi,   semantik   jihatdan   giperonimga   nisbatan   boy   bo‘lgan   lug‘aviy
birlik.
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa obyektiv
borliqdagi   umumiylik   tushunchasi   bilan   bog‘liq.   Masalan,   daraxt   giperonimi   jins
ma’nosini   ifodalovchi   leksema   sifatida   daraxtning   barcha   turini   ifodalovchi
leksemalarni   leksik-semantik   munosabat   asosida   birlashtirib,   leksik-semantik
guruh hosil qiladi. Shu boisdan  daraxt  leksemasi giperonim sifatida giponimi bilan
leksik-semantik   aloqaga   kirisha   oladi.   Masalan,   daraxt   –   qayin,   daraxt   –   terak,
daraxt – dub, daraxt – archa .
Giponimlar   teng   huquqli   bo‘lib,   giperonimga   munosabati   bir   xil.   O‘z
navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi.
Masalan, o‘zbek tilidagi  daraxt  nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi:  mevali daraxt
va   manzarali   daraxt .   Mevali   daraxt   o‘z   mevasining   nomi   bilan   ataladi.   Shuning
uchun   bu   leksema   ko‘p   ma’noli   bo‘lganligi   bois   bir   tomondan   meva ,   ikkinchi
tomondan  daraxt  giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi: 
Meva : olma – o‘rik – shaftoli – behi. 
Daraxt : olma – o‘rik – shaftoli – behi. Daraxt   giperonimi   jins   tushunchasini   ifodalovchi   leksema   sifatida,   birinchi
navbatda,   shu   jinsning   turini   bildiruvchi   so‘z   bilan   bog‘lanadi.   Daraxt   leksemasi
uning turi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida
qo‘llanganda   uning  mohiyatini  yorqin  ifodalay   olmaydi.   Shu  boisdan   o‘z  oldidan
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi:  o‘rik daraxti, shaftoli daraxti  kabi.
Giponim   leksemaning   sememasi   giponim   leksemalar   uchun   birlashtiruvchi
sema   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Masalan,   daraxt   giperonim   leksemasining   sememasi
«tanasidan   shoxlanuvchi   o‘simlik»   bo‘lib,   «qizil,   yashil,   yoki   sariq   rangli
yong‘oqdan   piyolagacha   bo‘lgan   hajmdagi   sersuv   meva   beruvchi   daraxt»
sememasiga ega   olma   leksemasining «daraxt» semasi   daraxt   giperonim leksemasi
semasining sememalashgan ko‘rinishi.
Giperonimning   ma’nosi   giponim   leksemanikiga   nisbatan   kengroq   va
«xiraroq»   (noaniqroq),   giponim   leksemaning   ma’nosi   esa   giperonimnikiga
nisbatan   torroq   va   «yorqinroq».   Shu   boisdan,   aytish   mumkinki,   giperonimning
ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng.
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak, borliqdagi
bu   bo‘linish   giponimiya   hodisasi   sifatida   tilda   ham   aks   etadi.   Lekin   daraxtning
mevali   va   mevasiz   turini   ataydigan   alohida   leksema   o‘zbek   tilida   yo‘q.   Demak,
giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘sh xona) hosil qiladi. Leksik
lakunani   turli   nutqiy   nominativ   birlik   to‘ldiraverishi   mumkin   (Masalan:   mevali
daraxt  va  mevasiz daraxt  so‘z birikmalari).
Har   bir   gipo-giperonimik   qator   cheklanmagan   miqdorda   lug‘aviy   lakunaga
ega   bo‘ladi.   Bu   bo‘sh   xona   ayni   bir   jinsning   turli   belgisi   bilan   chegaralanmagan
miqdorda   to‘lib   borish   imkoniyatiga   ega.   Masalan,   10   ta   uzum   nomini   biluvchi
odam   uchun  o‘zbek  tilidagi   600  ta  uzum   navi   nomining  590  tasi  lug‘aviy  lakuna
hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham («mevali daraxt» va «mevasiz daraxt»
tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma’lum
bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin. Leksik   birliklar   qo’llanilish   chastotasiga   ko’ra   farqlanadi.   Ko’pgina
leksemalar   cheklanmagan   qo’llanishga,   ba’zilari   esa   tor   qo’llanishga   ega   bo’ladi.
Shu jihatdan o’zbek tili leksikasi ikki qatlamga bo’linadi:
a) qo’llanilishi chegaralanmagan leksika; 
b) qo’llanilishi chegaralangan leksika.
Qo’llanilishi   chegaralanmagan   (umumiste’mol)   leksika.   O’zbek   tili   lug’at
tarkibining asosini ana shu qatlam tashkil etadi.
Qo’llanilishi chegaralanmagan leksemalarni shu tilda so’zlashuvchi kishilar,
qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo’lishidan qat’ iy
nazar, cheklanmagan darajada ishlatadilar.
Qo’llanilishi   chegaralanmagan   leksemalar   barcha   so’z   turkumlarida
mavjuddir. 
1.Fe’l:  ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko’rsatmoq, buyurmoq, saylamoq va h.
2.Ot:  ota, ona, non, suv, stol, yeshik, tog’, yer, shamol. 
3.  Sifat:  shirin, achchiq, qizil, ko’k,  xunuk, go’zal.  
4.Son:  bir, o’n, yuz, ming.   
5.Ravish:  hamisha ,  ba ` zan, ataylab, hozir, ilgari.  
6.Olmosh:  kim, nima, qanday,  qancha, shu, biz. 
7.So’z – gaplar:  xo’p, mayli, rahmat .
8.  Ko’makchi:  uchun, bilan, singari.  
9. Bog’lovchi:  ham, va bilan, ammo . 
10. Yuklama:  faqat, xuddi, hatto .
Qo’llanilishi   chegaralanmagan   leksemalarning   aksa - riyati   umumturkiy   va
o’zbekcha so’zlardir. Ammo, shu bilan birgalikda, ular orasida o’zlashmalari ham
ko’p. Masalan :
Tojikcha:  go’sht, non, dard, bobo, dugona, do’st . 
Arabcha:  avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya .
Yevropa tillaridan o’zlashgan leksemalar o’z   qatlamga oid ham, o’zlashgan
qatlamda ham bo’lishi mumkin. 
Qo’llanilishi chegaralangan leksemalarni ikki tipga bo’lish mumkin: a) qo’llanilishi davrga ko’ra chegaralangan leksika:
b) qo’llanilish doirasi chegaralangan leksika.
Qo’llanilish davriga ko’ra chegaralangan leksika. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy
hayotdagi   o’zgarishlar   tilning   barcha   sohalarida   u   yoki   bu   darajada   o’zgarishlar
bo’lishiga   olib   keladi.   Bunday   o’zgarish   tilning   leksik   sathida   ancha   sezilarli
kechadi.  
Bunda   to’rt   holat   kuzatiladi.   Birinchidan,   ayrim   so’zlarning   eskirib,
istemoldan chiqib ketishi  kuzatilsa, ikkinchidan,  allaqachonlar  iste’moldan chiqib
ketgan   so’zlar   qayta   «jonlanadi»,   «tiriladi»,   uchinchidan,   yangi   –yangi   so’zlar
paydo bo’ladi, to’rtinchidan, nofaol so’zlar faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi,
ma’noviy tabiatida o’zgarishlar yuz beradi. Bu hodisalarning barchasi ma’lum bir
obyektiv sabablar asosida ro’y beradi.  
Hozirgi   adabiy   tildagi   eskirgan   so’zlar   eski   leksika,   yangi   so’zlarning   jami
yangi   leksika,   na   eskirgan,   na   yangilik   bo’yog’iga   ega   bo’lgan   so’zlar   neytral
leksika   deb   yuritiladi.   Demak,   o’zbek   tili   leksikasini   tarixiylik   nuqtai   nazaridan
uchta asosiy qatlamga bo’lib mumkin:
1. Neytral leksika. 
2.  E skirgan leksika.
 3.Yangi leksika. 
Neytral   leksika.   HOZIRGI   O’ZBEK   TILI   leksi - kasining   asosini   neytral
leksika   tashkil   etadi.   Bu   leksika   umumiste’mol   leksika,   qo’llanilishi
chegaralanmagan   leksika,   faol   leksika   kabi   atamalar   bilan   ham   yuritiladi.   Ammo
bulardan   neytral   leksika   atamasini   ishlatish   leksemalarni   tarixiylik   omili   asosida
tas-niflash nuqtai nazaridan to’g’riroqdir. Zero, na eskilik, na yangilik bo’yog’iga
ega bo’lgan so’zlar faol yoki umum-iste’mol bo’lmasligi mumkin. Masalan,  sinus,
kosinus,   zarad   kabi   leksemalar   neytral   leksika   tarkibiga   kiradi.   Biroq   ular   faol
ham,   umumiste’mol   so’zlar   ham   emas.   Demak,   faol   yoki   nofaol,   umumiste’mol
yoki   qo’llanishi   chegaralangan   bo’lishidan   qat’iy   nazar,   eskilik   va   yangilik
bo’yog’iga   ega   bo’lmagan   adabiy   tilimizga   mansub   barcha   leksemalar   HOZIRGI
O’ZBEK TILIning neytral leksikasi deyiladi.   Eskirgan leksika . Eski qatlamga oid leksemalar  o’ziga xos xususiyatlariga
ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1) tarixiy leksemalar; 
2) arxaik leksemalar; 
3) o’lik leksemalar.
Tarixiy leksemalar  HOZIRGI O’ZBEK TILIda qo’llanuvchi o’tmishga oid,
iste’moldan chiqib ketgan narsa – xodisalarni  bildiruvchi  leksemalardir. Masalan,
sovut, qozi, qalqon, dubulg’a, amir, bek, qul, xon, vazir, kashkul  kabi.
Tarixiy   leksemalar   bildiradigan   narsa   –   hodisalar   iste’moldan   chiqib,
o’tmish   voqyeligiga   aylanganligi   sababli,   bu   leksemalarning   ko’pchiligi   hozirgi
davr kishisi uchun notanish bo’lishi mumkin.
Tarixiy leksemalar HOZIRGI O’ZBEK TILIda ham zarurat taqozasiga ko’ra
qo’llaniladi.   Xususan,   tarixga   oid   ilmiy   asarlar   va   darsliklarda,   o’tmish
voqyealarini   aks   ettiruvchi   badiiy   asarlarda   bunday   leksemalar   cheklan-magan
darajada   ishlatilishi   mumkin.   Misollar:   Dehqonlarning   so’nggi   hisoblariga   ko’ra,
bug’doylari   besh   botmon   chiqishi   kerak   edi   (S.A)   2.Bir   chekkada   bizning
chilimga   o’xshagan,   lekin   nay   o’chiga   uzun   rezinka   o’rnatilgan   bir   balo
(M.Ismoiliy).   3.   U   qishloqlarda   faqat   qiz   cho’rilardan   qirq   nafar   bo’lib,   ularga
egalari   ko’p   zulm   qilar   ekanlar   (Ayniy).   4.Xo’jayin   podshoga   o’lpon   to’laganda
biz to’lamaymizmi? (N.Safarov). 5. Said Abdullaxon   to’ra   ot ustida turgan holda
o’zining ingichka ovozi bilan biyga savol qildi. (Mirmuhsin). 6 Choyxonada uzun
bo’yli,   uzun   quloqli   qalandar   ko’zlarini   yumib...   Mashrabdan   g’azallar   o’qiydi.
(O).
Ayrim   polisemantik   leksemalarning   ba’zi   ma’no-lari   tarixiylashib,   boshqa
ma’nosi umumiste’molda saqlanib qolishi mumkin. Masalan,  millat  leksemasining
quyidagi   gaplardagi   ma’nolariga   diqqat   qiling:   1.   Yoshlar,   keksalar,   qizlar,
juvonlar   orasida   turli   millat   vakillari   –   qozoq,   qirg’iz,   arman   va   yahudiylar   ham
ko’rinar   edilar   (P.Tursun)   2.   Millatingni   ayt :   Ibrohim   Xalilulloh   millati   («Diniy
rivoyatlar»dan).   Birinchi   gapda   millat   leksemasining   «tarixan   tashkil   topgan
madaniyati,   tili,   huquqi,   iqtisodiy   hayoti   va   ruhiy   xususiyatlarining   umumiyligi asosida   vujudga   kelgan   kishilar   guruhi»   sememasi   voqyelangan   bolib,   leksema
neytral   leksika   tarkibida   ushbu   sememasi   bilan   yashasa,   ikkinchi   gapda   uning
«biror   dinga   mansublik»   tarixiy   sememasi   voqyelangan-ligi   kuzatiladi.   Demak,
ko’p   sememali   leksemalarning   ayrim   sememalari   eskirib,   boshqasi   yashovchan
bo’lishi mumkin.
Arxaizmlar   o’z   o’rnini   boshqa   leksemalarga   bo’shatib   bergan   leksik
birliklardir.   Ijtimoiy   taraqqiyot   natijasida   ayrim   narsa   –   hodisalar   boshqa
leksemalar   bilan   ata-lib,   avvalgilari   iste’moldan   chiqib   ketadi.   Misollar:   ulus
(xalq),   lang   (cho’loq),   tilmoch   (tarjimon),   Arxaik   leksemalar   o’zlarining   neytral
leksika   tarkibidagi   «o’rinbosar»larining   «tarixiylik   bo’yog’i»   ifoda   semasi   bilan
farqlanuvchi   sinonimlaridir.   Ular   atash   va   vazifa   semalari   mushtarak   birliklar
hisoblanadi.
Tilda  bo’ladigan  o’zgarishlar   uzoq  davom   etadigan  tadrijiy  jarayondir.  Shu
boisdan   yangi   leksemalar   tilga   birdan   kirib   kelmaganligi   kabi   leksemalarning
tarixiylashuvi   va   arxaik-lashuvi   asta   –   sekinlik   bilan   yuz   beradi.   Shu   boisdan
tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin.
Tarixiylashish   yoki   arxaiklashishning   quyi   darajasidagi   leksemalar   adabiy
tilning   bugungi   bosqichida   kam   bo’lsa   ham   iste’molda   bo’lsa,   yuqori   darajadagi
eskirish natijasida  leksema butkul iste’moldan chiqib ketadi. o’lik leksemalar  ana
shunday   birliklardir.   Tilimizning   qadimgi   davrida   iste’mol-da   bo’lib,   bugun
mutlaqo   iste’moldan   chiqib   ketgan   leksemalar   o’sha   davr   yozma   manbalarida   va
ularga   doir   tadqiqotlarda   ilmiy   dalil   sifatida   ishlatiladi.   Budun   (xalq),   ardam
(yutuq),   o’klalim   (maqtanaylik),   o’miz   (ko’krak),   bilga   (dono),   emgak   (mehnat),
qag’an   (hoqon),   tabg’ach   (etnonim) va boshqa leksemalarni o’lik lisoniy birliklar
sifatida baholash mumkin. O’lik leksik birliklar bugungi kunda iste’molda bo’lgan
muqobillari   uchun   sinonim   bo’la   olmaydi.   Chunki   ular   bugungi   o’zbek   tili
egalarining ijtimoiy ongida mavjud emas.
Yangi   leksika .   Tilda   yangi   paydo   bo’lgan   va   yangilik   bo’yog’i   sezilib
turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizmlar ham deb yuritiladi.
Yangi   leksemalar   va   yangi   so’zlarni   farqlash   lozim.   (Masalan,   kitobchi, kompyutershunos,   zakovatchi   birliklari).   Yangi   leksika   esa   tilimizdan   joy   olgan
yangi leksemalardan tarkib topadi. Yangi leksikani ikkiga bo’lishadi: 
a)   sof   yangi   leksemalar   tilimiz   uchun   aslida   begona,   lekin   unga   endigina
kirib kelib o’rnashgan  boshqa tilga xos leksik birliklardir. Misollar:   lizing, audit,
market, test, internet  va h. Yangi leksemalar asosan, terminologik birliklardir.
Yangi   leksemalar   davr   o’tishi   bilan   neytral   leksika   tarkibiga   o’tib   ketadi.
Masalan,   yaqin   vaqtgacha   neologizm   sifatida   qaralgan   kosmos,   televideniye
leksemalari bugungi kunda yangilik bo’yog’ini yo’qotdi.
b)   faollashgan   leksemalar   yangi   leksikaning   turla-ridan   bo’lib,   ular
iste’moldan   chiqib   ketgan   va   bugungi   kunda   qayta   qo’llanila   boshlagan
birliklardir.   Hokim,   viloyat,   tuman,   oqsoqol,   sardor   kabi   leksemalar   shular
jumlasidandir.   Shuningdek,   yangi   ma’no   kasb   etgan   birlik-lar   ham   yangi   leksika
tarkibida qaralishga haqli:  savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes  va h.
Faollashgan, tirilgan leksemalar  sof yangi  leksemalardan farqli  o’laroq, o’z
qatlamga   oid   ham,   o’zlashma   qatlamga   oid   ham   bo’lishi   mumkin.   Tirilgan
leksemalarning   umumiste’mol   leksemalari   sirasiga   o’tib   ketishi   juda   tez   yuz
beradi.
Qo’llanilish   doirasi   chegaralangan   leksikani   uchga   bo’lib   o’rganish
mumkin:
1. Dialektal leksika.
2. Terminologik leksika.
3. Argo va jargonlar.
Dialektal   leksika .   Malum   bir   hududda   yashovchi   kishilar   tiliga   xos
leksemalar   dialektal   leksika   deyiladi.   Ular   ilmiy   terminologiyada   dialektizmlar
ham   deb   yuritiladi.   Misollar:   kalapush   (Buxoro)   –   do’ppi,   g’o’z   (Xorazm)–
yong’oq, tishiq  (Farg’ona) –  tushun, poku  (Samarqand) –  ustara.
Badiiy   adabiyotda   va   kinofilmlarda   mahalliy   koloritni   aks   ettirish,   asar
qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan foydalaniladi. (Lekin
bu   bilan   dialektal   leksema   adabiy   tilda   o’rnashdi   degani   emas,   albatta.   Badiiy adabiyot va kinofilmlarda shevaga xos unsurlarni ishlatishda quyushqondan chiqib
ketish yaxshi emas. Ularni qo’llash me’yor doirasida bo’lmog’i lozim).
Ayrim leksemalar adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi.
Masalan,   [ pashsha   leksemasi   sememasi   lug’atda   « yozgi   qo’sh   parda   qanotli
hashorat »   deb   berilgan.   Biroq   ayrim   shevalarda   u   [ chivin ]   leksemasi   o’rnida
ishlatiladi.   «Ikki   qanotli,   uzun   mo’ylovli   qon   so’ruvchi   mayda   hashorat»
sememasiga   ega   bo’lgan   [chivin]   leksemasi   esa   [pashsha]   leksemasi   o’rnida
ishlatiladi.   Masalan:   Ajal   yetmay   o’lmas   Boysunning   xoni,   Besabab   chiqmaydi
chivinning   joni   [«Alpomish»]   gapidagi   [chivin]   leksemasi   kunduzi   uchadigan
qo’ng’ir   –   qora   tusli   mayda   hashoratni   ifodalasa,   atrofda   g’uv   –g’uv   pashsha:
oyoqlarga   yetishadi,   burun   kataklariga   suqiladi,   quloqni   uzadi   (Oybek)   gapidan
[pashsha]  leksemasi  mazkur hashoratning atamasidir. Yoki   irkit   leksemasi  abadiy
tilda   «kir,   iflos»   degan   ma’no   bilan   qo’llansa,   ayrim   shevalarda   «ayron   xalta »,
boshqasida   esa   «beo’xshov,   qo’pol   ko’rinishli»   ma’nosiga   ega.   Demak,   ba’zan
leksemalar   umumiste’mol   birlik   bo’lsa,   uning   ayrim   ma’nosi   shevaga   xos
hisoblanadi.
Dialektal   leksemani   ham   uning   adabiy   tildagi   muqobiliga   sinonim
sanamaslik   lozim.   Chunki   ular   ham   adabiy   tilda   so’zlashuvchi   barcha   kishilar
uchun ijtimoiy qiymat kasb yetmagan.
Terminalogik leksika.  Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin. 
1) adabiy tilga mansub terminologik leksika:
2) dialektal terminologik leksika
Fan   –texnika,   qishloq   xo’jaligi,   san’at   va   madaniyat   sohalariga   xos   leksik
birliklar  va  so’z  birikmalari  termin deyiladi.  Maxsus  leksika  deganda  ma’lum  bir
sohaga   tegishli   lug’aviy   birliklar   va   ularga   tenglashgan   birikmalar   tushuniladi.
Bunday   maxsus   leksika   termino-logiya   ham   deb   yuritiladi:   lingvistik
terminologiya, fizik terminologiya.
Terminlarning   chegaralangan   qo’llanishga   egaligi   ularning   boshqa   soha
vakillari uchun tushunarsiz bo’lishi degani emas. Masalan, to’g’ri chiziq, gap, so’z turkumi,   tezlik   atamalari   ko’pchilik   uchun   tushunarli.   Ammo   ular   boshqalar
nutqida kam iste’mollidir.
Terminlar   ko’pincha   umumiste’mol   leksikadan   ma’lum   bir   ma’nolarining
maxsuslashuvi   asosida   hosil   bo’ladi.   Masalan,   fojia,   ega,   ot,   termik,   qo’nish,
ayirish  leksemalari umumiste’mol birliklardir. Ammo ilmiy termi-nologiyada ham
shunday   leksemalar   mavjud.   Xo’sh,   ko’p   sememali   leksemaning   ma’lum   bir
ma’nosida   qo’llanishi   deyish   kerakmi   yoki   alohidami?   Agar   atamalar   alohida
leksemalar   deb   qaraladigan   bo’lsa,   ular   umumis’moldagi   leksemalar   bilan
omonimik munosabatdami?
Malumki,   ko’pgina   omonim   leksemalar   aslida   ko’p   ma’noli   leksemalar
ma’nolaridan birining boshqalaridan uzilishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, yoz
(fasl),   yoz   (tasvirlamoq)   va   yoz   (yoymoq)   leksemalari   aslida   bir   polisemantik
leksemaning turli ma’nolari asosida hosil bo’lgan omonimik birliklardir. Ularning
etimologik  ildizlari   bittadir.   Bunga   Qoshg’ariy  lug’atidan   olingan   «Yoy   qish   bila
qarishti»   misrasini   keltirish   asosida   amin   bo’lish   mumkin.   Xat   yozmoq
birikuvidagi   yozmoq   fe’lining   asl   etimologik   ma’nosi   «fikrni   qog’ozga
yoymoq»dir.
Shunday   ekan,   terminlami   ham   asl   zotidan   uzilgan   mustaqil   leksemalar
sifatida   qarash   lozim.   Bunga   terminlarga   qo`yiladigan   bir   ma’nolilik   talabi   ham
asos bo’ladi. Demak, termin va umumiste’mol  leksema  bir narsaning ikki qirrasi,
bir leksemaning ikki ma’noda qo’llanilishi emas.
Kasb-hunar   terminlari   turli   kasb-hunar   egalari   nutqida   qo’llanuvchi
leksemalardir. Kasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo’lsa, shu
sheva   leksikasi   tarkibiga   kiradi.   Masalan,   Shahrisabz   shevasiga   mansub
hunarmand   ishlatadigan   atama   Buxoro   shevasida   bo’lmasligi   mumkin,   Shuning
uchun kasb-hunar leksemalari ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu
leksika, birinchidan, ma’lum bir  sheva doirasida  bo’lsa, ikkinchidan, shu shevada
so’zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xosdir. Iimiy terminlar ko’p hollarda tarjimasiz bo’lganligi tufayli dunyo fanini bir
butunlik   sifatida   ushlab   turadi.   Masalan,   fonetika,   morfologiya,   sintaksis   kabi
terminlar dunyo tilshunosligi uchun mushtarakdir.
Turli   soha   terminlari   o’xshash   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   morfologiya
atamasi   tilshunoslikda   ham,   zoologiyada   ham   ishlatiladi.   Ammo   ularni   omonim
leksemalar sifatida qarash maqsadga muvofiq. Terminlar ma’lum bir tilga xos yoki
baynalmilal bo’lishi mumkin. Masalan, tilshunosligimizdagi gap kengaytiruvchisi,
gap markazi atamalari faqat o’zbek tiliga xosdir, atom, vodo-rod, natriy, leksema,
semema  atamalari   baynalmilaldir.  Baynalmilal   atamalarni  tarjima  qilishga,  ularga
muqobil variant qidirishga urinish yaramaydi.
Jargon   ham   qo’llanishi   chegaralangan   leksika   tarkibiga   kiradi   (frans.
jargon). Kasbi, jamiyatdagi o’rni, qiziqishlari, yoshiga ko’ra alohida sosial guruhni
tashkil   etgan   kishilarning,   asosan,   og’zaki   nutqida   ishlatiladigan   va   ma’nosini
boshqalar   ko’p   hollarda   anglab   yetavermaydigan   birliklar   jargon   deyiladi.
Masalan,   programmistlar   jargoni,   talabalar   jargoni,   aslzodalar   jargoni,   o’g’rilar
jargoni, artistlar jargoni va h.
Jargon   umumxalq   tilidan   maxsus   leksikasi   va   frazeo-logiyasi   hamda
yasovchi vositalarining o’ziga xos tarzda qo’llanishi bilan farqlanadi:
1)  otarchilar jargoni:  yakan (pul),hasut (non);
2)  o’g’rilar jargoni:  xurmo (buxoro tillo tangasi);
3)   mahbuslar  jargoni:   maymun (oyna), timsoh (qaychij, oq kaptar (geroin),
yashil (milisioner);
4)   talabalar   jargoni:   yopmoq   (sessiyani   tugatmoq),   vozdux   (stipendiya),
yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), stukach (chaqimchi);
5)   yoshlar   jargoni:   g’isht   (xunuk),   sindirmoq   (lol   qilmoq),   krutoy
(ketvorgan), risovka (ko’z-ko’z qilmoq), uxlatib ketmoq (aldamoq).
Jargonlarning tarkibi boshqa tillarda olingan o’zlashma birliklar bilan boyib
boradi.
Jargonga   xos   leksemalar   tez - tez   yangilari   bilan   almashib   turadi.   Jargonlar
ochiq va yopiq turga bo’linadi. Agar sosial guruh o’z xatti – harakati, qarashlari va maqsadini yashirish uchun jargon ishlatsa, bunday jargonlar yopiq jargon deyiladi.
Bunga o’g’rilar, mahbuslar va bezorilarning jargonlari  misol  bo’ladi. Ayrim  soha
vakillari   va   soha   guruhlari   nutqiy   tejamkorlik   uchun,   ba’zan   o’zlarini   ajratib
ko’rsatish uchun jargon qo’llaydilar.
Adabiy tilga jargonlar badiiy adabiyot orqali kirib boradi. 
Jargonlarning   kelib   chiqishi,   qo’llanilishi,   turlari   kabi   masalalar
sosiolingvistikaning o’rganish manbaidir.    
«Nutq   madaniyati»   fani   adabiy   tilga   jargonlarning   kirib   kelishiga   yo’l
qo’ymaslik uchun kurash olib boradi.
Argo   ( fransuz.   argot)   ayrim   professional   yoki   sosial   guruhning   o’ziga   xos
tilidir.   Argo   bir   necha   til   unsur-laridan   iborat   qorishiq   va   ko’p   hollarda,
boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo’ladi. Argo tili o’z grammatikasiga
ega   emas.   Unda   umumxalq   tili   grammati-kasiga   tayaniladi.   Argo   nutqda   ikki
maqsadning biri uchun qo’llaniladi:
1) kommunikasiya predmetini sir tutish;
2) o’zini boshqalardan ajratib ko’rsatish,
Misollar: 1.Bizga ziyofat   malhuz   emas.   Ne’mati jannatni   keltir (Hamza.) Malhuz
emas   –   o’ylangan   emas,   ne’mati   jannat   –   yor,   mahbuba.   2. Tanzil   deng,   taqsir.
(Hamza.) Tanzil – foyda. 3. Tavajjuh  aylang.  Shovaqquh  qiling.
Argolar  ham  jargonlar kabi so’zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sosial  –
ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek tili.  1-qism. –T.: O‘qituvchi,  2005. 
2. Sayfullayeva   R.   va   boshqalar.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   –T.:   Fan   va
texnologiya, 2010. 
Qo‘shimcha  adabiyotlar
3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: O‘qituvchi, 2003. 
4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004.
5. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek  adabiy tili. –Buxoro, 1999.
6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1981. 
7. Qo‘chqortoev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi.  – T.: Fan, 1977.
8. Mirtojiev M.M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‘z, 2010. 
9. Ne’matov H., Bozorov O. Til va  nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
10. Ne’matov   H.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili   sistem   leksikologiyasi   asoslari.   –T.:
O‘qituvchi, 1995. 
11. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari. –T., 1990-2015.
12. “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari. –T.,   1990-2015.

O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI . QO‘LLANILISHI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN LEKSIKA. Reja: 1. Leksik ma’no taraqqiyotiga olib keluvchi nolisoniy va lisoniy omillar. 2. Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari: 1) metafora, 2) metonimiya, 3) sinek d oxa, 4) vazifadoshlik. 3. Hosila lug’aviy ma’nolarning lisoniylashuvi. 4. Leksik-semantik munosabatlar: 1) sinonimiya. 2) omonimiya. 3) antonimiya. 4) graduonimiya. 5) giponimiya. 6) partonimiya. 5. Leksik birliklarning qo’llanilishi chastotasiga ko’ra farqlanishi. 6 . Qo’llanilish doirasi chegaralangan leksika: dialektal leksika,terminologik leksika, jargon va argolar.

Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari. Hosila ma’no bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Hosila ma’nolar to‘g‘ri, bosh ma’no asosida paydo bo‘ladi. Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) – nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi, zohiriy o‘xshashligi asosida boshqa ma’noni ifodalash uchun ishlatilishi. Metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun quyidagidan biri sabab bo‘ladi: 1) bir so‘z boshqa so‘zga nisbatan so‘zlovchining ifoda maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llaniladi; 2) biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir so‘z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi. Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan so‘z denotatning ikkinchi atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, quyi so‘zi anglatadigan ma’noni etak so‘zi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga nisbatan etak so‘zi ishlatilgan. O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq so‘zi unga nisbatan ham qo‘llanadi. Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida uchmoq fe’li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o‘xshaydi. Shu boisdan uchmoq fe’li ifodalagan keyingi ma’no metaforik ma’no. Metafora hosila ma’no hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi. Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam. Qanot (samolyot), uchmoq , og‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik semema. Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojia umumiste’mol qo‘llanishdagi fojia so‘zidan ma’noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo‘lgan.

Shuningdek, jo‘g‘rofiy termin bo‘lgan qo‘ltiq umumiste’moldagi qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan. Sinekdoxa (gr. synekdoche – “nisbatlash”) yo‘li bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi: 1. Besh qo ‘ l ini og‘ziga tiqadi. 2. Ochildiboy tirnoq qa zor edi. Sinekdoxik yo‘l bilan hosil qilingan ma’noni ham lisoniy va nutqiy ma’noga bo‘lish mumkin. Masalan, keltirilgan qo‘l , tirnoq leksemalarining sinekdoxik ma’nosi sememalashgan. Stol sindi , eshik buzildi gaplaridagi stol so‘zining « oyoq» (stolning oyog‘i), eshik so‘zining « qulf» (eshikning qulfi) hosila ma’nolari nutqiy sinekdoxik ma’noga misol. Ammo har qanday butunlik nomi bilan qismni, qismning nomi bilan butunni atab bo‘lmaydi. Masalan, daraxt va shox, barg, tana, ildiz, meva butun va qismdir. Lekin barg deganda hech qachon daraxt anglashilmaydi. Ammo meva masalan, olma atamasi orqali daraxt ham ifodalanadi. Metonimiya (grekcha: metonymia – “qayta nomlash”) ifodalan-mishlarining o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi. Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa daxldor hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy(lashgan) bo‘lishi mumkin. Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz: 1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi: a) stakan – 1- ichimliklar uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi shisha idish; 2- bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv); b) dasturxon – 1- o‘rtaga yozilib ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; 2- yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat. 2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi: a) kumush – 1- oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metall; 2- kumushdan zarb qilingan pul, tanga;

b) qog‘oz – 1- yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal boshqa hamda boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material; 2- varaq, bet. 3) joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi: a) qishloq – 1- aholisi ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholi punkti; qishloq – 2- qishloqda yashovchi kishilar ( Qishloq nima deydi? ). 1) harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador bo‘lgan jarayon nomlanadi: to‘y – 1- yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq; 2- bazm-tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim. 4) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi: a) til – 1- og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi; 2 -shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq; b) Navoiy – 1 o‘zbek mutafakkir shoiri; 2- Alisher Navoiy asari. Ko‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy mohiyat kasb etgan bo‘lsa, ayrimi nutqiy sathdagina mavjud. Masalan, Navoiyni o‘qidim gapidagi Navoiy so‘zi ellipsis natijasida tushib qolgan asar so‘zining ma’nosini ifodalamoqda va u sof nutqiy xarakterga ega. Ammo keltirilgan dasturxon 2, to‘y 2, qog‘oz 2, kumush 2 ma’nolari lisoniylashgan, sememaga aylangan metonimik ma’no. Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy bog‘lanish emas, balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan. Vazifadoshlik – semema vujudga kelishining asosiy yo‘llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo‘lgani kabi, o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi ma’no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o‘q deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifa (ya’ni o‘ldirish)ni bajarganligi bois o‘q deb ataladi. Rus tilidagi pero (pat) so‘zining bugungi ma’nosi ham shunday ma’noviy taraqqiyotga ega. Ma’lum

bo‘ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema darajasiga etadi, balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra faollashib, qo‘llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgari ko‘mir so‘zi «ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u «yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» hosila sememasi bilan nutqimizda yashaydi. Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish quyidagi natijalarga olib keladi: 1. Leksema nutqiy ma’nosining ixtisoslashuvi natijasida yangi sememaning vujudga kelishi. «Qushning ikki yonida harakatlanib uchish vositasi» sememasigagina ega bo‘lgan qanot leksemasi bugungi kunda «samolyotning ikki yonidan chiqib turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi» sememasiga ham ega polisemantik leksemaga aylangan. 2. Aniq ma’noning mavhum ma’noga aylanishi natijasida ixtisoslashuvga zid ma’noviy kengayish yuz berib, yangi sememaning vujudga kelishi. Masalan, otlanmoq leksemasining dastlabki sememasi «otga minish» bo‘lib, bugungi kunda bu semema o‘ta kuchsizlanib, leksema, asosan, «biror joyga borish uchun hozirlanish» sememasi bilan yashaydi. 3. Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi so‘zlarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hosila lug’aviy ma’nolarning lisoniylashuvi. B ugungi kunda tilda lison va nutqning izchil farqlanayotganligi, shuningdek, o’zbek tilshunosligida lisoniy qiymat tushunchasining olib kirilayotganligi ko’p ma’noli so’zlar hosila ma’nolarining va nutqqa munosabatini belgilashni zarur qilib qo’yadi. Avvalo, «ma’no ko’chishi» atamasi munozarali ekanligiga diqqatni qaratmoqchimiz. [ko’chmoq] fe’li umumiste’mol qo’llanishda biror narsaning bir nuqtadan ikkinchi bir nuqtaga o’tishi ma’nosida tushuniladi va bunda narsaning