logo

O’ZBEKISTON REDPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI. KADRLAR RAYYORLASH MILLIY MODELI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.419921875 KB
O’ZBEKISTON REDPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI. KADRLAR
RAYYORLASH MILLIY MODELI 
Reja:
1.  Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni.
2.  Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
3.  Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim. 
4.  O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuni. 
5.  Oliy o’quv yurtidan keyingi  ta’lim  va kadrlar  malakasini  oshirish  va ularni
qayta tayyorlash.
6.  Maktabdan tashqari ta’lim. Ta’lim   tizimi   deb   muayyan   mamlakatning   ichki   va   tashqi   siyosatiga   ta’sir
ko’rsatuvchi   hamda   ma’lum   bir   qoidalar   asosida   tashkil   etilgan   barcha   ta’lim-
tarbiya   muassasalarining   tuzilishiga   aytiladi.   O’zbekistonda   ta’lim   tizimi
mamlakatning  barcha  fuqarolariga  ta’lim,  tarbiya  berish  kasb-hunar  o’rgatishning
asoslarini   belgilaydi   hamda   har   kimning   bilim   olishdan   iborat   konstitusiyaviy
huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim   tizimi   asosida   barcha   fuqarolar   o’zlarining   xohishlariga   qarab,
umumiy, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim va mutaxassisliklarni egallashlari
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Davlat   ta’limi   standartlariga   muvofiq   ta’lim   dasturini   amalga   oshiruvchi
davlat va nodavlat  ta’lim muassasalari;
Ta’lim   tizimining   faoliyat   ko’rsatishini   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun
zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;
Ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruv   organlari,   shuningdek,   ularga   qarashli
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi  ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
I. Barcha ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etiladi
va   nazorat   qilinadi.   Ta’lim   standartlariga   muvofiq   ta’lim   dasturlarini   amalga
oshiruvchi   davlat   va   nodavlat   muassasalari   shaklida   olib   boriladi.   Davlat
muassasalari   O’zbekiston   xukumatining   mablag’i   hisobidan   tashkil   qilinadi   ya’ni
barcha   amalga   oshiriladigan   o’quv   ishlari,   amaliyotlar,   o’quv-moddiy   baza,
kadrlarga   tulanadigan   va   boshqa   mablag’lar   davlat   tomonidan   ta’minlanadi.
O’qiydigan   o’quvchi   talabalarga   stipendiya,   yotoqxona   va   boshqa   tomondan
ijtimoiy himoyalanadi. 
Nodavlat   ta’lim   muassasalari   esa   nodavlat   tashkilotlar,   xo’jaliklar,   dehqon-
fermer, qo’shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan
tashkil   etaladi.   Barcha   o’quv-tarbiyaviy   ishlar,   kadrlar   tayyorlash   o’sha
homiylarning  mablag’i   hisobidan  tashkil   qilinadi. Ammao  ta’lim   mazmuni  davlat
ta’lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi.  II.   Ta’lim   tizimining   faoliyat   ko’rsatish   va   rivojlanishni   ta’minlash   uchun
zarur   bo’lgan   tadqiqot   ishlarini   bajaruvchi   ilmiy-pedagogik   muassasalarga   esa
quyidagilar: ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari,
laboratoriyalar,   oliy   o’quv   yurtlarining   ilmiy   ishlarini   muvofiqlovchi   xodimlar,
ilmiy-pedagogik   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi   pedagoglar,   professorlar   va
boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va
hokazo.   Bu   muassasalarxalq   xo’jaligining   qaysi   sohalari   bo’lishidan   qat’iy   nazar
shu   sohalar   bo’yicha   tadqiqot   ishlari   bilan   shug’ullanadi.   Oqibatda   ta’lim   tizimi
rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi. 
III.   Ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruv   organlari,   shuningdek   ularga
qarashli   korxonalar, muassasalar   va tashkilotlarga  esa  quyidagilar  kiradi:  Tarmoq
sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta’limi
bo’limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog’chalari, uylari, dam olish
sanatoriyalar,   kutubxona,   texniklar,   tabiatshunoslar,   temiryo’l   stansiyalar   va
hokazo.
IV.   O’zbekiston   Respublikasining   ta’lim   tizimi   yagona   va   uzluksizdir   talabi   esa
O’zbekistonda ta’lim tizimi bitta, o’ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan
ma’no   tushunilishi   kerak.   O’zbekiston   ta’lim   tizimi   boshqa   davlatlardan   nusxa
olmasdan,   o’z   tajribasi   va   boshqa   rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan
foydalangan   holda   ishlab   chiqilgan   va   hayotda   qo’llanilmoqda.   O’zbekiston
Respublikasi   ta’lim   tizimining   uzluksizligi   deyilganda   barcha   fuqarolarga
ma’lumot   ixtisoslik   berilishida   uzluksizlik,   o’zaro   bog’liklik   saqlangan   bo’lib   u
darajasiga   qarab   biror   mutaxassislikni   tayyorlashni   nazarda   tutadi.   Barcha   ta’lim
muassasalari o’zaro uzviy uyg’unlikda bog’langan. Masalan, Umumiy o’rta ta’lim
bilan   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limning   bog’lanishini   ko’rsatish   mumkin.
O’quvchi   avval   umumiy   o’rta   ta’limni   oladi,   so’ng   esa   o’rta   maxsus   kasb-hunar
ta’limida davom ettiradi va hokazo.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari Ta’lim   O’zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy   taraqqiyoti   sohasida   ustvor   deb
e’lon qilinadi.
Ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   prinsiplari   quyidagilardan
iborat: 
 ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
 ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
 umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
 o’rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   yo’nalishini:   akademik   lisey   yoki   kasb-
hunar kollejda o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
 ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
 davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
 ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
 bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
 ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
O’zbekistonda   ta’lim   ¤zbekistonning   ijtimoiy   taraqqiyotini   ta’minlovchi
ustvor   sohasi   deb   e’lon   qilingan.   Haqiqatan   ham   davlatning   rivojlanishida   ta’lim
sohasi   ustuvordir.   Chunki   O’zbekistonning   jahon   hamjiyatida   o’z   obro’li   o’rnini
egallash   vazifasini   faqat   ta’lim   sohasi   hal   etadi.   Xalq   xo’jaligining   qaysi
yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi kadr ta’lim olmog’i shart. Shuning uchun u kim,
qayerda,   qanday   sohada   ishlashidan   qat’iy   nazar   ta’lim   olish   orqaligina   shunday
mutaxassislikni   egallashi   mumkin.   Shuning   uchun   hukumatimiz   ta’lim   tizimiga
milliy   daromadning   10%   ni   sarflamoqda.   Bu   haqda   bobomiz   M.   Behbudiyning
“Dunyoda   turmoq   uchun   dunyoviy   fan   va   ilm   lozimdir,   zamona   ilmi   va   fanidan
bebahra   millat   boshqalarga   paymol   bo’lur”,   -   deb   aytgan   so’zlari   bag’oyat
qimmatli.   Ta’limning   inson,   jamiyat   rivojlanishidagi   ahamiyati   haqida   Imom   Al-
Buxoriy   “Dunyoda   ilmdan   boshqa   najot   yo’q   va   bo’lmag’ay”,   -   deb   bejiz
ta’kidlamagan.
Ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   har   bir   prinsipi   barkamol   insonni
shakllantirishda   ta’lim   xodimlari,   muassasalar   oldiga   oshirilgan   talablar   quyiladi, oqibatda   malakali   kadrlar   tayyorlash   maqsadi   uchun   xizmat   qiladi.   Ularning   har
birini qisqacha tahlil qilib o’rganamiz. 
Birinchi prinsipda ta’lm-tarbiyada insonparvarlik ya’ni u odamning manfaati
uchun tashkil qilinadi, uning huquqlarini demokratik qoidalarga rioya qilgan holda
amalga oshirilish nazarda tutiladi. 
Ikkinchi   prinsipda   barcha   ta’lim   turlarining   uzluksizligi   va   izchil   olib
borilishi nazarda tutilgan. Ta’limda maqsad asosida o’zi tanlagan sohani u yoki bu
darajaga erishishda bu prinsipga amal qilib erishish mumkinligi nazard tutilgan. 
Uchinchi   prinsipda   har   bir   fuqaroning   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   kasb-
hunar   ta’limi   olishda     majburiyligi   qonun   bilan   asoslangan   va   uni   bajarishi
ta’minlangan.
To’rtinchi   prinsipda   yuqoridagi   ta’limda   ta’lim   olishni   tanlashning
ixtiyoriyligi   belgilangan.   Hyech   kim   birovning   qistovi   bilan   emas,   balki   o’z
ixtiyori bilan tanlash huquqi kafolatlangan. 
Beshinchi prinsipda ta’lim tizimining  dunyoviy bilimlarni o’qitish, o’rgatish
g’oyasi   ilgari   surilgan.   Faqat   inson   manfaati   uchun   kerakli   dunyoviy   bilimlar
o’quvchilarg o’qitilishi asoslangan.
Oltinchi   prinsipda   o’rgatiladigan   ta’lim   davlat   standartlari   doirasida   ta’lim
olishning   hamma   uchun   ochiqligi   huquqiy   kafolatlangan.   Fuqarolarga   foydasi
tegmaydigan bilimlar o’qitish cheklangan.
Yettinchi   prinsipda   o’quvchilarga   ta’lim   berishda   dasturlarni   tanlashga
yagona yondashuv nazarda tutilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim yoki oliy ta’lim
dasturlari   bir   yagona   maqsadni   nazarda   tutadi,   ya’ni   o’qish   vaqti,   mazmuni,
soatlari,   yagona   tarzda   belgilangan.   Yana   mazkur   ta’limni   amalga   oshirishda
tabaqalashtirilgan   yondashuv   deyilganda   ba’zan   o’quvchilarning   xohishlari
hisobga   olinib   kuchaytirib   o’qitiladigan   muassasalar   faoliyati   asoslanib   shunday
imkoniyat   yaratish   nazarda   tutilgan.   Yuqoridagi   har   ikki   talab   O’zbekistonning
barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi ta’minlanadi. 
Sakkizinchi   prinsipda   ta’lim   olishda   qatnashuvchi   o’quvchilarning   bilimli
bo’lishi va iste’dodini taraqqiy ettirishi, rag’batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan, a’lo   bahoga   o’qiydigan   o’quvchilar,   talabalar   xukumat   tomonidan   moddiy   va
ma’naviy   rag’batlantirishi   amalga   oshirilishi   belgilab   berilgan.   Stipendiya,
yo’llanmalar va boshqa mukofot shakllari asoslab ko’rsatilgan. Uni bajarishi davlat
siyosatligi belgilangan.
To’qqizinchi   prinsipda   tizimini   boshqaruvining   davlat   va   jamoat   tajribasi
uyg’un uzviy bog’liq holda joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu prinsip o’z navbatida
davlatni   demokratik   tamoyillar   asosida   huquqiy   boshqarishga   fuqarolarni
tayyorlashni nazarda tutadi.
Umuman, ta’lim sohasidagi barcha prinsiplar inson, jamiyat, umumbashariy
manfaatlarini   birlashtirib,   barkamol   malakali   mutaxassilarni   tayyorlashni   nazarda
tutgan.   Bunday   kadrlar   O’zbekistonning   bundan   keyingi   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
madaniy rivojlanishni ta’minlashga yo’naltirilgan deb xulosalash mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz   ta’lim   tizimining   faoliyat   olib   borishi   davlat   ta’lim   standartlari
asosida,   turli   darajadagi   ta’lim   dasturlarining   izchilligi   asosida   ta’minlanadi   va
quyidagi turlarini o’z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim;
Umumiy o’rta ta’lim;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
Oliy ta’lim;
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta’lim;
Biz   faqat   ta’lim   turlarinigina   bilib   qolmasdan,   balki   har   bir   turining
mazmuni,   maqsadi   va   vazifalari   haqida   ilmiy   pedagogik   ma’lumotga   ega
bo’lishimiz darkor. 
Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   o’ziga   xos   xususiyati   mustaqil
ravishdagi   to’qqiz   yillik   umumiy   o’rta   hamda   uch   yillik   o’rtamaxsus,   kasb-hunar
ta’limini   joriy   etishdan   iboratdir.   Bu   esa,   umumiy   o’rta   ta’lim   dasturidan   o’rta maxsus,   kasb-hunar   dasturlariga   izchil   o’tilishini   ta’minlaydi.   Umumiy   ta’lim
dasturlari:   maktabgacha   ta’lim,   boshlang’ich   ta’lim   (I-IVsinflar),   umumiy   o’rta
ta’lim (I-IX sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar   ta’limi   dasturlari   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi,   oliy
(bakalavriant, magistratura) ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. 
Maktabgacha ta’lim.
Mazkur   ta’lim   bola   shaxsini   sog’lom   va   yetuk,   maktabda   o’qishga
tayyorlangan   tarzda   shakllantirish   maqsadini   ko’zlaydi.   U   o’quvchilikka   intilish
hisi uyg’otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga
oilada,   bolalar   bog’chasida,   mulk   shaklidan   qat’iy   nazar   boshqa   ta’lim
muassasalarida   olib   boriladi.   Maktabgacha   ta’limning   maqsadi   va   vazifalarini
ro’yobga chiqarishda    mahallalar, jamoat  va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar
va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.       
Maktabgacha   ta’limi     yaxshilash   uchun   tarbiyachi,   pedagog   kadrlarni
tayyorlash,   maktabgacha   ta’limning   samarali   pedagogik   -   psixologik   uslublarini
izlash,   bolani   oilada   tarbiyalashda   psixologik,   pedagogik   va   uslubiy   jihatdan
ta’minlash;zamonaviy   o’quv   uslubiy   qo’llanmalar,   texnik   vositalar,   o’yinchoqlar
maydonlar   yaratish   va   hayotga   tadbiq   qilish;   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni
halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida  tarbiyalashga shart-sharoit yaratish
hamda   ularning   sog’ligini   ta’minlash   va   chiniqtirish   bo’yicha   qulay   sharoit
yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga
solish,   axloq-odob   xulq-atvor   tarbiyalash,   rasm   chizish,   harf   elementlarini   mashq
qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish
kabi   vazifalar   amalga   oshiriladi.   Ulardan   madaniy   xulq-atvor,   sodda   mehnat
ko’nikmalari, gigiyena qoidalari o’rgatiladi.
Umumiy o’rta ta’lim.
Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari quyidagilar: Boshlang’ich   ta’lim(I-IV   sinflar).   Umumiy   o’rta   ta’lim(I-IX   sinflar).   Bu
ta’lim   umumiy   o’rta   ta’lim   olish   uchun   zarur   bo’lgan  bilim,  ko’nikma   asoslarini,
savodxonlik   tartib   toptirishga   qaratilgandir.   Boshlang’ich   ta’limga   bolalar   6-7
yoshdan   qabul   qilinadi.   Bu   masalani   tibbiyot,   ruxshunos   va   o’qituvchilardan
tashkil topgan hay’at hal qiladi. Agar bolaning jismoniy, aqliy va ruxiy tomondan
rivojlanishi   o’qish   faoliyatini   davom   ettirishga   imkoni   bo’lsa,   unday   bolani   6
yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni maktabda o’qishning ilk
tayyorgarligini amalga oshiradi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   bilimlarning   zarur   hajmini   (boshlang’ich   ta’limda
o’qish,   yozish,   hisoblash,   hikoya   qilish,   rasm   chizish,   ko’nikmalarini   bajarishga
o’rgatish   bilan   umumiy   ta’limda   o’qishga   tayyorlaydi)   beradi,   mustaqil   fikrlash,
tashkilotchilik   qobiliyati   va   amaliy   tajriba   ko’nikmalarini   rivojlantiradi,   dastabki
tarzda   kasbga   yo’naltirishda   va   talimning   navbatdagi   o’rta   maxsus,   kasb-hunar
bosqichini  tanlashga  yordam  beradi.  To’qqiz yiliik (I-IX sinflar)  o’qishdan iborat
umumiy o’rta ta’lim majburiydir.
Bolalarning   qobiliyatini   rivojlanitrish   uchun   ixtisoslashtirlgan   maktablar
tashkil etilishi mumkin. Masalan:  sport, san’at, musiqa va boshqa fanlar bo’yicha
ham maktablar tashkil etilish mumkin. 
Umumiy o’rta ta’limning vazifalari:    
O’quvchilar   tomonidan   muntazam   bilimlar   olinishini   ta’minlash,   ularda
bilim   olish   ehtiyojini   rivojlantirish,   tarbiyalash,   kasb   tanlashga   va   atrof-olamga
ongli munosabat hosil qilish;
milliy va umubashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o’quvchilarda
yuksak   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   tarbiyalash,   o’z   Vataniga   va   xalqiga   sodiq
fuqarolarni shakllantirish;
ta’limning   uzluksizligini   va   izchilligini,   maktab   o’quv   dasturining   keyingi
bosqichdagi o’quv dasturlari bilan uzviy o’zaro bog’lanishni ta’minlash va hokazo. Davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   o’quvchilarni   o’qitish   va   tarbiyalash
hamda   shaxsning   ta’lim   olish   huquqini   ro’yobga   chiqarish   umumiy   o’rta
ta’limning maqsadi hisoblanadi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   bilimlar   zarur   hajmiga   asos   soladi,   o’quvchilarda
tashkilotchilik   qobiliyatlari   va   amaliy   tajriba   ko’nikmalarini   rivojlantiradi,
dastlabki   kasb   yo’nalishiniva   ta’limning   keyingi   bosqichini   tanlashga
ko’maklashadi.   Umumiy   o’rta   ta’lim   tugallagandan   keyin   ta’lim   fanlari   va   ular
bo’yicha   olgan   baholar   ko’rsatilgan   holda   davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi attestat beriladi. 
Umumiy   o’rta   ta’limning   yangi   tizimi   va   mazmunini   shakllantirish   uchun
quyidagilar zarur:
yuqori malakali pedagogik va kadrlar tayyorlash;
hududlarning   jo’g’rofiy   va   demografik   xususiyatlariga   mos   ta’lim
muassalari tarmoqlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning   qobiliyat   imkoniyatlariga   muvofiq   ravishda
tabaqalashtirilgan  yondoshuvni joriy qilish;
ilg’or   pedogog   texnologiyalarini,   o’quv-uslubiy   majmualarni   didaktik
talablar asosida yaratish;
o’quvchilar   kasb-hunar   tanlaydigan   va   psixologik-pedagogik   maslahatlar
oladigan markazlar tarmog’ini tashkil etish va hokazo.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
O’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   olish   maqsadida   har   kim   umumiy   o’rta
ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik  liseylar  va  kasb-hunar  kollejlari   egallangan  kasb-hunar  bo’yicha
ishlash   huquqini   beradigan   hamda   bunday   ish   yoki   ta’limning   navbatdagi
bosqichida davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
beradi. Akademik   lisey   o’quvchilarning   intellektual   qobiliyatlarini   o’stirshni,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirlgan bilim olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus yurtidir.
Kasb-hunar   kolleji   o’quvchilarning   kasb-hunarga   moyilligi,   mahorat   va
malakasini   chuqur   rivojlantirishni,   tanlagan   kasblar   bo’yicha   bir   yoki   bir   necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Akademik
lisey   davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   o’rta   maxsus   ta’lim   beradi.
O’quvchilarning   imkoniyatlari   va   qiziqishlarini   hisobga   olib,   ularning   jadal
intellektual   rivojlanishi   chuqur,   sohalashtirlgan,   tabaqalashtirilgan   kasbga
yo’naltirlgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik   liseylarda   o’quvchilar   o’zlari   tanlagan   yo’nalishi   bo’yicha
(gumanitar,   texnika,   agrar   va   boshqa   sohalar)   bilim   saviyalarini   oshirish   hamda
fanni   chuqur   o’rganishga   qaratilgan   maxsus   kasb-hunar   ko’nikmalarini   o’zlarida
shakllantirsh imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy
ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari
mumkin. 
Kasb-hunar   kolleji   davlat   ta’lim   standartlari   doirasida   o’rta   maxsus,   kasb-
hunar ta’limi beradi.
Kasb-hunar   kollejlari   jihozlanganlik   darajasi,   pedagogik   tarkibning
tanlanganligi,   o’quv   jarayonining   tashkil   etilishi   jihatidan   yangi   tipdagi   ta’lim
muassalari   hisoblanadi.   Ular   bir   yoki   bir   necha   zamonaviy   kasb-hunarni   egallash
hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat   ta’lim   standartlari   doirasida   umumta’lim   va   kasb-hunar   dasturlarini
bajarish;
o’quvchilarning   uzluksiz   ta’limining   keyingi   bosqichida   o’qishni   davom
ettirishni   tanlagan   mutaxassisliklar   bo’yicha   mehnat   faoliyati   bilan   shug’ullanishi
uchun   zarur   va   yetarli   bo’lgan   bilimlar   hamda   kasb   tayyorgarligi   darajasini
chuqurlashtirish; respublika   iqtisodiyotining   malakali   kichik   mutaxassis   kadrlarga   bo’lgan
ehtiyojini qondirish.
Akademik   lisey   va   kasb-hunar   kollejlarining   bitiruvchilariga   davlat
tomonidan     tasdiqlangan   namunadagi   diplomlar   beriladi.   U   ta’limning   keyingi
bosqichlarida   o’qishni   davom   ettirish   va   egallagan   kasb-hunar   bo’yicha   mehnat
faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.
Oliy ta’lim
Oliy   ta’lim   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlashni   ta’minlaydi.   Oliy
ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   oliy   o’quv   yurtlarida   (universitetlar,
akademiyalar,   institutlar   va   oliy   maktabning   boshqa   ta’lim   muassasalarida)   o’rta
maxsus   kasb-hunar   ta’limi   asosida   amalga   oshiriladi.   Oliy   ta’lim   ikki   bosqichga
bo’linadi:  davlat  tomonidan tasdiqlangan  namunadagi  oliy ma’lumot  to’g’risidagi
hujjatlar bilan dalillanuvchi  bakalavriat va magistraturaga  ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan
o’qish muddati kamida 4 yil bo’lgan tayanch oliy ta’limidir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriyat negizida kamida 2 yil
davom   etadigan   oliy   ta’limdir.   Fuqarolar   ikkinchi   va   undan   keyingi   oliy
ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy   o’quv   yurtlariga   talabalar   qabul   qilish   davlat   grantlari   negizida   va
pullik shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat   dasturi   tugallangandan   so’ng   bitiruvchilarga   davlat   attestasiyasi
yakunlariga binoan kasb bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan   namunadagi,   kasb-hunar   faoliyati   bilan   shug’ullanish   huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
Magistr   darajasini   beradigan   davlat   malaka   attestasiyasi   magistrlik
dasturining intihosidir.
Oliy   ta’limni   rivojlantirish   uchun   quyidagilarni   amalga   oshirish   kerak:
bakalavr va magistr darajasi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish; professor-o’qituvchi   kadrlar   tayyorlashni   chet   ellardagi   yetakchi   o’quv
yurtlarida tashkil etish;
oliy ta’limda tarkibiy o’zgarishlar o’tkazish;
oliy   ta’lim   boshqaruvini   takomillashtirish,   mustaqilligini   kuchaytirish,
jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini tashkil etish;
ta’limning   fan   va   ishlab   chiqarish   bilan   integrasiyasini   ta’minlash   va   joriy
etish;
o’qishni   individuallashtirish   va   distansion   ta’lim   texnologiyasi   vositalarini
ishlab chiqish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash va hokazo.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy
pedagogik   kadrlarga   bo’lgan   ehtiyojlarni   ta’minlashga   qaratilgandir.   Oliy   o’quv
yurtidan   keyingi   ta’lim   oliy   o’quv   yurtlari   va   ilmiy   tadqiqot   muassasalarida
(aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U   jamiyatning   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy   pedagogik   kadrlarga   bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy o’quv yurtidan keyinga ta’lim bosqichlari
(aspirantura, doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi. 
Yakuniy   davlat   attestasiyasi   natijalariga   ko’ra   fan   nomzodi   va   fan   doktori
ilmiy   darajasi   berilib,   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi     diplomlar
topshiriladi.   Bu   ishni   takomillashtirish   uchun:   kasb   ta’limi   tizimi   uchun   oliy
malakali   ilmiy   pedagogik   kadrlarni   ustivor   tayyorlash;   chet   ellar   tajribasidan
foydalanishga   sharoit   yaratish;   fan,   texnologiya   va   ta’lim   sohasida   rivojlangan
mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.
Kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   kasb   bilimlari   va
ko’nikmalarini     chuqurlashtirish   hamda   yangilashni   ta’minlaydi.   Kadrlar
malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   mutaxassislarning
kasb bilimlarini va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni
bitirganlarga guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:
kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   tizimi   faoliyatida
yangicha tarkib, mazmun va boshqarishni shakllantirish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini
davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’tkazish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka
oshirish bo’yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh
vaqti   va   dam   olishini   tashkil   etish   uchun   davlat   organlari,   jamoat   birlashmalari,
shuningdek,   boshqa   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   madaniy-estetik,   ilmiy,
texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda   maktabdan   tashqari   ta’lim
muassasalarini   tashkil   etishlari   mumkin.   Maktabdan   tashqari   muassasalariga
bolalar   ijodiyoti   saroylari,   uylar,   klublar,   markazlar,   bolalar   o’smirlar   sport
maktablari,   san’at   maktablari,   musiqa   maktablari,   studiyalar,   kutubxonalar,
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini
qondirish,   ularning   bo’sh   vaqtini   va   dam   olishini   tashkil   etish   uchun   davlat
organlari,   jamoat   tashkilotlari,   shuningdek   boshqa   yuridik   va   jismoniy   shaxslar,
madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda   maktabdan
tashqari   davlat   va   nodavlat   ta’lim   muassasalarini   tashkil   etadilar.   Uni
takomillashtirish uchun:
  ta’lim   berish   va   kamol   toptirishga   yo’naltirilgan   xizmatlar   ko’rsatuvchi
muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko’paytirish;
o’quvchilar   bo’sh   vaqtini   tashkil   etishning;   ommaviy   sport,
sog’lomlashtirish   tadbirlarining,   bolalar   turizmining,   xalq   hunarmandchiligining
mavjud turlari  va shakllarini  takomillashtirish, milliy turlari  va shakllarini  tiklash
hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo. Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.
Davlat   oilada   ta’lim   olishga   va   mustaqil   ravishda   ta’lim   olishga
ko’maklashadi. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim tegishli ta’lim
muassasalarining   dasturlari   bo’yicha   amalga   oshiriladi.   Ta’lim   oluvchilarga
vakolatli   davlat   muassasalari   tomonidan   uslubiy,   maslahat   va   boshqa   yo’sinda
yordam ko’rsatiladi.
Bo’lajak bakalavr va magistr mutaxassislar O’zbekistonda ta’lim tizimi turlari
va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma’lumotga ega bo’lishlari darkor. Chunki
bo’lajak   mutaxassislar   har   bir   ta’lim   turining   tuzilishi,   mazmuni,   maqsad   va
vazifalarini   aniq   tasavvur   etishlari   shart.   Bunday   mas’uliyat   egallayotgan
ixtisosligi bo’yicha kasb ko’nikmalarini o’z vaqtida tarkib toptirishga yo’naltiradi.
O’z  ixtisosliklari  yuzasidan  chuqur  ilmiy pedagog ma’lumot  olishga da’vat  etadi.
Eng   muhimi   har   bir   ta’lim   tizimi   haqida   ilmiy   ma’lumotga   ega   bo’lmay   shu
sohadagi   vazifalarni   bajarish   mumkin   emasligini   tushunib   yetmoqlari   lozim.
Shuning   uchun   bo’lajak   mutaxassislar   ta’lim   tizimi   va   uning   ish   mazmuni
to’g’risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini o’zlarida shakllantirmog’i
zarur bo’ladi.
KADRLAR TAYYoRLAShNING MILLIY MODELI
1. Shaxs
2. Davlat va jamiyat
3. Uzluksiz ta’lim
4. Kadrlar tayyorlash tizimida fan
5. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chi q arish
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy   q ismlari   q uyidagilardan
iboratdir:
shaxs   -   kadrlar   tayyorlash   tizimining   bosh   subyekti   va   obyekti,   ta’lim
so h asidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;  davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish   va   nazorat   q ilishni   amalga   oshiruvchi   kadrlar   tayyorlash   va   ularni   q abul
q ilib olishning kafillari;
uzluksiz   ta’lim   malakali   ra q obatbardosh   kadrlar   tayyorlashning   asosi   bo’lib,
ta’limning   barcha   turlarini,   davlat   ta’lim   standartlarini,   kadrlar   tayyorlash   tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish mu h itini o’z ichiga oladi;
fan   yu q ori   malakali   mutaxassislar   tayyorlovchi   va   ulardan   foydalanuvchi,
il g’ or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chi q uvchi;
ishlab chi q arish kadrlarga bo’lgan e h tiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik
sifati   va   saviyasiga   nisbatan   q o’yiladigan   talablarni   belgilovchi   asosiy
buyurtmachi,   kadrlar   tayyorlash   tizimini   moliya   va   moddiy-texnika   ji h atidan
ta’minlash jarayonining  q atnashchisi. 
Davlat   va   jamiyat   uzluksiz   ta’lim   va   kadrlar   tayyorlash   tizimi   barcha   uchun
ochi q  bo’lishini va  h ayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
O’zbekiston   Respublikasi   tomonidan   inson   h u q u q lari,   ta’lim,   bola   h u q u q i
so h asidagi   shartnomalar   va   konvensiyalarning   bajarilishi,   kadrlar   tayyorlash
so h asida ja h on il g’ or tajribasini  h isobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha ji h atlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.

O’ZBEKISTON REDPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI. KADRLAR RAYYORLASH MILLIY MODELI Reja: 1. Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni. 2. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari. 3. Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim. 4. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuni. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim va kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 6. Maktabdan tashqari ta’lim.

Ta’lim tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim- tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O’zbekistonda ta’lim tizimi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’lim, tarbiya berish kasb-hunar o’rgatishning asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Ta’lim tizimi asosida barcha fuqarolar o’zlarining xohishlariga qarab, umumiy, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim va mutaxassisliklarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta’limi standartlariga muvofiq ta’lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. I. Barcha ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari shaklida olib boriladi. Davlat muassasalari O’zbekiston xukumatining mablag’i hisobidan tashkil qilinadi ya’ni barcha amalga oshiriladigan o’quv ishlari, amaliyotlar, o’quv-moddiy baza, kadrlarga tulanadigan va boshqa mablag’lar davlat tomonidan ta’minlanadi. O’qiydigan o’quvchi talabalarga stipendiya, yotoqxona va boshqa tomondan ijtimoiy himoyalanadi. Nodavlat ta’lim muassasalari esa nodavlat tashkilotlar, xo’jaliklar, dehqon- fermer, qo’shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan tashkil etaladi. Barcha o’quv-tarbiyaviy ishlar, kadrlar tayyorlash o’sha homiylarning mablag’i hisobidan tashkil qilinadi. Ammao ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi.

II. Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish va rivojlanishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarga esa quyidagilar: ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy o’quv yurtlarining ilmiy ishlarini muvofiqlovchi xodimlar, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchi pedagoglar, professorlar va boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va hokazo. Bu muassasalarxalq xo’jaligining qaysi sohalari bo’lishidan qat’iy nazar shu sohalar bo’yicha tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi. Oqibatda ta’lim tizimi rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi. III. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga esa quyidagilar kiradi: Tarmoq sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta’limi bo’limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog’chalari, uylari, dam olish sanatoriyalar, kutubxona, texniklar, tabiatshunoslar, temiryo’l stansiyalar va hokazo. IV. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir talabi esa O’zbekistonda ta’lim tizimi bitta, o’ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan ma’no tushunilishi kerak. O’zbekiston ta’lim tizimi boshqa davlatlardan nusxa olmasdan, o’z tajribasi va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va hayotda qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining uzluksizligi deyilganda barcha fuqarolarga ma’lumot ixtisoslik berilishida uzluksizlik, o’zaro bog’liklik saqlangan bo’lib u darajasiga qarab biror mutaxassislikni tayyorlashni nazarda tutadi. Barcha ta’lim muassasalari o’zaro uzviy uyg’unlikda bog’langan. Masalan, Umumiy o’rta ta’lim bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning bog’lanishini ko’rsatish mumkin. O’quvchi avval umumiy o’rta ta’limni oladi, so’ng esa o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida davom ettiradi va hokazo. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustvor deb e’lon qilinadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:  ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;  ta’limning uzluksizligi va izchilligi;  umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi;  o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik lisey yoki kasb- hunar kollejda o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;  ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;  davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;  ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;  bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;  ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. O’zbekistonda ta’lim ¤zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustvor sohasi deb e’lon qilingan. Haqiqatan ham davlatning rivojlanishida ta’lim sohasi ustuvordir. Chunki O’zbekistonning jahon hamjiyatida o’z obro’li o’rnini egallash vazifasini faqat ta’lim sohasi hal etadi. Xalq xo’jaligining qaysi yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi kadr ta’lim olmog’i shart. Shuning uchun u kim, qayerda, qanday sohada ishlashidan qat’iy nazar ta’lim olish orqaligina shunday mutaxassislikni egallashi mumkin. Shuning uchun hukumatimiz ta’lim tizimiga milliy daromadning 10% ni sarflamoqda. Bu haqda bobomiz M. Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo’lur”, - deb aytgan so’zlari bag’oyat qimmatli. Ta’limning inson, jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati haqida Imom Al- Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay”, - deb bejiz ta’kidlamagan. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining har bir prinsipi barkamol insonni shakllantirishda ta’lim xodimlari, muassasalar oldiga oshirilgan talablar quyiladi,

oqibatda malakali kadrlar tayyorlash maqsadi uchun xizmat qiladi. Ularning har birini qisqacha tahlil qilib o’rganamiz. Birinchi prinsipda ta’lm-tarbiyada insonparvarlik ya’ni u odamning manfaati uchun tashkil qilinadi, uning huquqlarini demokratik qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilish nazarda tutiladi. Ikkinchi prinsipda barcha ta’lim turlarining uzluksizligi va izchil olib borilishi nazarda tutilgan. Ta’limda maqsad asosida o’zi tanlagan sohani u yoki bu darajaga erishishda bu prinsipga amal qilib erishish mumkinligi nazard tutilgan. Uchinchi prinsipda har bir fuqaroning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi olishda majburiyligi qonun bilan asoslangan va uni bajarishi ta’minlangan. To’rtinchi prinsipda yuqoridagi ta’limda ta’lim olishni tanlashning ixtiyoriyligi belgilangan. Hyech kim birovning qistovi bilan emas, balki o’z ixtiyori bilan tanlash huquqi kafolatlangan. Beshinchi prinsipda ta’lim tizimining dunyoviy bilimlarni o’qitish, o’rgatish g’oyasi ilgari surilgan. Faqat inson manfaati uchun kerakli dunyoviy bilimlar o’quvchilarg o’qitilishi asoslangan. Oltinchi prinsipda o’rgatiladigan ta’lim davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi huquqiy kafolatlangan. Fuqarolarga foydasi tegmaydigan bilimlar o’qitish cheklangan. Yettinchi prinsipda o’quvchilarga ta’lim berishda dasturlarni tanlashga yagona yondashuv nazarda tutilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim yoki oliy ta’lim dasturlari bir yagona maqsadni nazarda tutadi, ya’ni o’qish vaqti, mazmuni, soatlari, yagona tarzda belgilangan. Yana mazkur ta’limni amalga oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv deyilganda ba’zan o’quvchilarning xohishlari hisobga olinib kuchaytirib o’qitiladigan muassasalar faoliyati asoslanib shunday imkoniyat yaratish nazarda tutilgan. Yuqoridagi har ikki talab O’zbekistonning barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi ta’minlanadi. Sakkizinchi prinsipda ta’lim olishda qatnashuvchi o’quvchilarning bilimli bo’lishi va iste’dodini taraqqiy ettirishi, rag’batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan,