O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati
![O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va
erkinligi.
2.Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi
qonunlarning qabul qilinishi.
3.Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va
tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
4.Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_1.png)
![O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib
borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi. jamiyat hayotining barcha sohalarida
boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha
olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga
bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli
jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.
aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat
rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali
ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini
yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston
respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy
axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati
to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi
to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi,
(1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002
yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining "
o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish
chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye
kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan
kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot
vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda
katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
«Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot
vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar,](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_2.png)
![bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va
radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy
nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy
nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar
erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq
etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining
o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar
o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi
shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot
vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat
darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni
axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai
nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga
oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha
qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan
bayon etib berilgan. xususan, o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-
moddasida “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga
ega” deyilgan. shuningdek o’zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va
erkinligi to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot
olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish
va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda
mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta
e’tibor qaratilmoqda. o’zbekiston aholisining ko’p millatli ekanligi inobatga
olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko’rsatuv
va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha
rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi –
matbuot, radio, televideniye va internet bo’lib qolaveradi. shu bilan birgalikda
demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy
sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_3.png)
![nazorati to’g’risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida
e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy
axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot
(gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot
agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini
o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi
sifatida namoyon bo’layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda
tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni
shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro
ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. shu
nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning
foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman
yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar,
loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi,
fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga
xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat
qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning
faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning
suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot
vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning
to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud
konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat
qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni
targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor
etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib
qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini
tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_4.png)
![yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari
erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu
cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy
davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik
bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir
qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek,
rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar , oladilar va
ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini
ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini
himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga
keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi,
unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish
to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot
vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_5.png)
![mavzudagi axborotni to`plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug`ullanuvchi
shaxsdir. qonunning 5-moddasida aytilishicha:
"Jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida:
-Axborot to`plash, uni tahlil etish va tarqatish;
-Axborot olish uchun davlat organlari , fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish
organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar , muassasalar va tashkilotlarga murojaat
etish;
- Davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda
hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalanish;
-Jurnalist tekshiruvi o`tkazish;
-O`zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari
orqali imzosini yoki taxallusini qo`yib tarqatish, ularda o`z fikr-mulohazasini
ifodalash;
-Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida
bo`lish;
-Ma'lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika
vositalaridan foydalangan holda yozib olish ;
-Sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz
bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo`lish;
-E'lon qilishga tayyorlangan ma'lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga
murojaat qilish;
-Basharti qonunni buzishga olib keladigan bo`lsa, ommaviy axborot vositasi
tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_6.png)
![-O`zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan
degan fikrga kelsa, unga imzo qo`ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga
bermaslikni) talab etish;
-Axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
-Taqdim etgan xabarning mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e'lon qilishi
oqibatida o`ziga yetkazilgan ma'naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali
talab qilish;
-Jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish
huquqlariga ega.
Jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham
foydalanadi."6-moddada jurnalistning majburiyatlari quyidagicha bayon qilingan:
"O`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida jurnalist:
-Qonun hujjatlari hamda o`zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalari
talablariga rioya etishi;
-O`zi tayyorlayotgan material-larining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini
tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
-Aybsizlik prezumpsiyasi prin-sipiga amal qilishi;
-Shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi
shart.
Jurnalist o`z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi,
axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga
taalluqli ma'lumotlarni e'lon qilishi mumkin emas.
Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham
bajarishi shart."](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_7.png)
![Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog`ida u konstitutsiyada belgilab
qo`yilgan shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar e'lon qilganligi uchun , agar ular haqqoniy bo`lsa,
jurnalistni ta'qib qilishga yo`l qo`yilmaydi.
Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan ixtiyoriy ravishda
ma'lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika
sohasining siri hisoblanadi.
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma'lumotlarni bu
ma'lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o`zining
g`arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab foydalanishi
taqiqlanadi.
Jurnalist axborot to`plash va jurnalist tekshiruvi o`tkazish huquqiga ega. o`z
tekshiruvlarining natijalarini u ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi, ularni
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga
ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. jurnalist tekshiruvi davrida u qo`lga
kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin
emas.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_8.png)
![Jurnalistning kasbiga doir faoliyati qonunning 10-moddasida shunday
kafolatlangan:
Jurnalistning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo`riqlanadi.
Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o`z
kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta'minlaydi.
Jurnalistning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o`z kasbiga doir
vazifalarni bajarish chog`ida olgan biror bir ma'lumotni talab etish taqiqlanadi."
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
-Senzura qilganlik;
-Jurnalist o`z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga
akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo`rin
bekor qilish yo`li bilan to`sqinlik qilganlik;](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_9.png)
![-Jurnalistning so`rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini
buzganlik ;
-Jurnalistga tazyiq o`tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
-Jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda
olib qo`yganlik;
Axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik
uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning
kasbiga doir faoliyati bilan bog`liq holda sha'ni va qadr-qimmatini haqorat
qilganlik, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz
qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
Jurnalistning javobgarligi qonunda shunday ta'riflangan:
"Jurnalist o`zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda
materiallarning haqqoniy bo`lishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
javobgardir.
Jurnalist rasmiy xabarlarda bayon etilgan axborotni tarqatganlik uchun
javobgar bo`lmaydi."
Yurtimizda ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlashga, jurnalistlar
faoliyatini har tomonlama rag`batlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. shu
maqsadda 1997 yilda ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-
quvvatlash fondi tashkil etilgandi. jurnalistlar huquqlariga doir qonunlar qatorida
o`zbekiston respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari, ma'muriy
javobgarlik to`g`risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy huj-jatlarni keltirish
mumkin.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_10.png)
![Ularda qonun va huquq nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositalaridan
qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog`liq jinoiy harakatlar va
huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero "inson huquqlarini va
asosiy erkinliklarini himoya qilish to`g`risida"gi yevropa konvensiyasining 10-
moddasida aytilganidek "so`z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatda milliy
xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo`lida, tartibsizliklarning oldini olish,
axloqni himoya qilish, boshqa shaxslarning obro`-e'tibori va huquqlarini himoya
qilish yoxud odil sudlovni ta'minlash maqsadlarida majburiyat va javobgarlik
yuklash imkoniyatini keltirib chiqaradi." chop etilgan axborotning xolisligi va
ishonchliligi prinsipi buzilgan taqdirda, uni buzgan shaxslar javobgarlikka
tortiladilar.
O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura
qilishga yo`l qo`yilmaydi. e'lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan
kelishib olinishi, shuningdek, ularning matni o`zgartirilishini yoki butunlay
nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi
yo`q. senzura, oddiy qilib aytganda, bu muayyan axborot berilishiga (nashr
qilinishiga) to`sqinlik qilish, unga nisbatan ta'qib va cheklov o`rnatishdir. so`z
erkinligi fikr bildirish erkinligini har qanday cheklash demokratiyaga xilofdir. va
aksincha, senzuraning olib tashlanganligi jurnalistlar , ommaviy axborot vositalari
orqali istagan xabar, ma'lumot va materialni E'lon qilaveradi degan gap emas,
albatta. masalan, «jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 5-
moddasiga muvofiq jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida
davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda
hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositalari «davlat sirlarini saqlash to`g`risida»gi qonun 1[16]
bilan taqiqlangan hamda vazirlar mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan
davlat sirlari hisoblangan obyektlar ro`yxatidan tashqari masalalar xususida erkin
tarzda xabarlar e'lon qilishi mumkin. qonunga binoan, davlat tomonidan
qo`riqlanadigan va maxsus ro`yxatlar bilan chegaralab qo`yiladigan alohida](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_11.png)
![ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy
va o`zga xil ma'lumotlar o`zbekiston respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-
modda).
Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika
hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, davlat sirini oshkor
etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan boshqa hatti-harakatlarni sodir qilish
maqsadida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunda yana bir muhim jihat borki, u ham bo`lsa, jurnalist yoki ommaviy
axborot vositasi prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz
dastlabki tergov materiallarini e'lon qilishi, muayyan ish bo`yicha sud qarori
chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yohud hukmi qonuniy kuchga
kirmay turib, uning natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o`zgacha yo`l bilan ta'sir
ko`rsatishi taqiqlanadi.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_12.png)
![Mazkur taqiq fuqarolarning aybsizlik prezumsiyasi prinsipi buzilmasligi
uchun belgilangandir. zero, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan (gumon
kilinayotgan) hech bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmagunicha
u aybdor hisoblanmaydi. shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha
jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari ish bo`yicha oldindan xulosa
chiqarishlari, shaxsning hatti-harakatlariga baho berishlari joiz emas. aks holda,
shaxsning sha'ni va obro`si asossiz zavol topib qolishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonun talablarini buzishda aybdor
deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. muharrir yoki
jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan materiallarni
tarqatganligi uchun , agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo`lsa; axborot
agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo`lsa
yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, to`g`ridan-to`g`ri efirga berilayotgan
nutqlarida aytilgan bo`lsa, javobgar bo`lmaydi.
Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari « to`rtinchi hokimiyat »,
deb ta'riflanadi. bu «hokimiyat»ni ro`yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb
mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o`ynaydi. jurnalistlik
faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va
majburiyatlari tartibga solinishi «to`rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam
zamindir.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning
mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik
qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq
o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib
qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning
hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga
muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_13.png)
![O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning
axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997
yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish
kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga
oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va
qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash,
olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini
amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har
kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun
hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib
chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun
hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan
ta'minlanadi 2[17]
.
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat
siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi
mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish
organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va
mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini
kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
O`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi
oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta
ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini
chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim
sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_14.png)
![andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi.
ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy
mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
O`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son,
232-modda.
Demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan ayricha
holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini,
inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonu-niyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini omma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot
etishda matbuot, radio va televideniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan
o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohotlarni amalga
oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, bilim
saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish,
Onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida
ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayotganligini har birimiz
o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida aniq-ravshan ko‘rib-bilib,
chuqur his etib turibmiz. hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_15.png)
![jamoatchilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoatchilik
fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beriladi. “ommaviy
axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarda
erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining
faol va izchil himoyachisi bo‘lishi uchun professional jurnalistlar va ommaviy
axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot
olish, tahlil qilish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini
o‘zlashtirishda ularga yordam berish zarur”.
Ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosabatlarda sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, ularga o‘z munosabatini
bildiradi. ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va
roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni, barqaror inson
tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va aqliy axloqiy
kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etolmaymiz. davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi uchun ommaviy axborot
vositalarining faoliyatini va ularning samarali ishlashiga yordam beradigan
mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy
asosini yaratish muammosi dolzarbdir. asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi
“ommaviy axborot vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob
mazmunan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning to‘g‘riligi uchun
belgilangan tartibda javobgardirlar. tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan
(67-modda). “mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlanganligi,
birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, radio, televidenie
orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash huquqini kafolatlasa,
ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga berilgan benazir ahamiyat, yuksak
e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda uchta muhim prinsip: ommaviy axborot
vositalarining erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga
yo‘l qo‘ymaslik o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_16.png)
![mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. bundan
ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan ehtirosga berilish
oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish, ularga chek qo‘yishdir”.
qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin
bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining 1997
yil 26 dekabrda “O‘zbekiston respublikasining ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan qonunida ommaviy axborot vositalari
xodimlarining mustaqilligi, erkinligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun
asosida faoliyat yuritishlari mustahkamlab qo‘yilgan. ommaviy axborot
vositalarining erkinligiga erishish asosida:
– ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, inson
e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
– axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini nazarda
tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish; – aholini ommaviy axborot vositalari yordamida
demokratlashtirishni chuqurlashtirish , umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_17.png)
![ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash
jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzumning
mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi vositalardandir. O‘zbekiston respublikasining
qonunlar majmui ommaviy axborot vositalarining huquqlari va erkinliklari
kafolatlari bilan bir qatorda ular tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni
ham belgilaydi. konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta
qayd qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi
to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va
tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida alohida
ta’kidlangan. qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on
xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va
bo‘xtonlarni tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan
shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar
sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan mahrum
bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi jurnalist uchun juda katta
yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir. jurnalist hamisha va har doim, har
qanday vaziyatda ham yuz bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va
manbalarga tayanib, hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday
bo‘lsa o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda
prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon etish, dalillarni qanday
tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga hurmat bilan qaraymiz, lekin
barcha uchun birdek qat’iy bir qoida mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham
aniq dalillarga tayanishi lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani
turlicha talqin qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas
qoidasiga rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga, dalillarga va yana bir bor
dalillarga asoslanishingiz kerak”.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_18.png)
![Darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio-
televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. ommaviy axborot
vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda “to‘rtinchi hokimiyat” deb
ataladi. ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri
ma’noda emas, balki ko‘chma ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari
faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini
o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat
tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga, dolzarb
masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi, mamlakat
rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyat-ma’naviyat sohasida
to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab, xalq ommasi fikri va
harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l bilan aholi ommaviy axborot
vositalari orqali davlatni boshqarishda qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita
sifatida foydalanadi. ayni vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng
ommaga etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.](/data/documents/78751a16-633b-4ee6-a2da-880468d44e5f/page_19.png)
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati Reja: 1.O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi. 2.Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi. 3.Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 4.Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi. jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi. aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar,
bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. xususan, o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29- moddasida “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. shuningdek o’zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. o’zbekiston aholisining ko’p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va internet bo’lib qolaveradi. shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik
nazorati to’g’risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi sifatida namoyon bo’layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin. Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar
yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar , oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi. Jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum