O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT PATENT IDORASI. SANOAT MULKI OB’YEKTLARINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISH.
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT PATENT IDORASI . SANOAT MULKI OB ’ YEKTLARINI H U Q U Q IY JI H ATDAN MU H OFAZA Q ILISH. R Е J А : 1. O’zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. 2. Sanoat mulki obyektlarini xukukiy jixatdan muxofaza kilish. 3. Sanoat mulki subyektining muallifi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik asosda rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimida yangi malakaga ega kasbiy ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ma’noda tadqiqot ishida kasbiy ijodkorlik tushunchasi mutaxassislik ko‘nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyatini ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ijodkorlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari kasbiy ijodkorlik sifatlarining shakllantirilishi ularni iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojidan kelib chiqib innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni yarata oluvchi, innovatsion tadbirkorlik sifatlariga ega mutaxassis etib tarbiyalash imkonini beradi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari tahlili ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan tasniflar va tamoyillar orqali mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalari hamda o‘quv topshiriqlari tizimi zarurligini ko‘rsatdi. O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o‘rin tutadi. Bunda axborotnomalar, ilmiy atamalar bo‘yicha ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari muhim manba vazifasini o‘taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o‘zining ijobiy natijalarini beradi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi)
«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq sanoat mulki ob’ektlarini muhofaza qilish soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Patent idorasi sanoat mulk ob’ektlarga talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo‘llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. Patent idorasining faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashning manbai Davlat byudjeti mablag‘idan patent bojlaridan, shuningdek Patenti dorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan xaqdan iboratdir. Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jixatdan muhofaza qilish . Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’ektini yaratgan bo‘lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo‘lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. Ob’ekt muallifi, basharti o‘zining ob’ektiga nisbatan g‘ayri huquqiy ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yohud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo‘lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o‘ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilganidan keyin, patent esa, ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng beriladi.
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq xuquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patentning huquqiy muxofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko‘ra Patenti dorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’ekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgadan so‘ng berilishi mumkin. Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza
hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi. Sanoat mulki sub’ektining muallifi. Sanoat mulki ob’ektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu ob’ektning muallifi deb e’tirof etiladi. Basharti, sanoat mulkining ob’ekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikda ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning barchasi bu ob’ektning teng huquqli muallifi deb e’tirof etiladi. Mualliflik huquqiy begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq bo‘lib, qonun bilan muhofaza qilinadi. Patent egasi. Sanoat mulkining ob’ektiga patent va dastlabki patent yoki guvohnoma quyidagilarga beriladi: Sanoat mulki ob’ektining muallifiga yoki uning merosxo‘riga: Muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar topshirilgan arizada ko‘rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan): Mazkur modda nazarda tutulgan hollarda ish beruvchiga. Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish bilan bog‘liq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki huquqiga ish beruvchiga ega bo‘ladi. Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquqni o‘zgacha o‘tkazish muallif va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi. Basharti ish beruvchi sanoat mulki ob’ekti yaratilganligi haqida muallif ma’lum qilgan sanadan e’tiboran to‘rt oy mobaynida Patenti dorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o‘zga shaxsga o‘tkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli