logo

O’zbekistonda mustabid tuzumning 30 yillaridagi qatag‘onlik siyosati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.3076171875 KB
O’zbekistonda mustabid tuzumning 30 yillaridagi qatag‘onlik siyosati
Reja
1. XX   asrning   20-30   yillaridagi   O‘zbekistondagi   ijtimoiy   siyosiy
vaziyat.
2. O‘zbekistonda qatag‘onlik siyosatining avj oldirilishi
3. Qatag‘on yillarida milliy rahbar kadrlar faoliyati XX   asrning   20   -   30-yillarida   sovet   xokimiyatining   O‘zbekistondagi
katag‘on   siyosati   nafaqat   O‘zbekiston   tarixchilari,   qolaversa,   xorij
tadqiqotchilarining ham diqqat markazidagi mavzulardan biri hisoblanadi.
XX   asr   20-yillarining   o‘rtalaridan   boshlab   totalitar   jamiyatning
xususiyatlari   tabora   oshkora   ko‘rina   boshladi.   Bu   holat,   ayniqsa,   milliy
respublikalardagi   rahbar   xodimlarga   munosabatda   yaqqol   namoyon   bo‘ldi.
Qaror   topgan   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimi   va   uning   rahbar   o‘zagi
xisoblangan   Butunittifoq   kommunist   (bolshevik)lar   partiyasi   -   VKP(b)   bu
paytga   kelib   yangi   iqtisodiy   siyosatdan   butunlay   yuz   o‘girdi   va   «sotsializm
asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi.
Mustabid   sovet   rejimi   o‘zgacha   fikrlashga   mutlako   toqat   qila   olmas   edi.
Lenin tomonidan allaqachon e’lon qilingan «Kim biz bilan birga bo‘lmasa, u
-   dushmanimiz!»   shiorini   Stalin   shafkatsizlik   bilan   amalga   oshirishga
kirishdi.   Sovet   rejimi   dastavval   mavjud   tuzumga   muxolifatda   turganlarga
qarshi   qatag‘on   siyosatini   amalga   oshirgan   bo‘lsa,   30-yillardan   boshlab   o‘z
xalqiga nisbatan ommaviy terror qo‘lladi.
«Qatag‘on»   va   «repressiya»   so‘zlari   o‘zbek   tilida   bir   xil   ma’noda
ishlatiladi.   Sovet   hokimiyatining   qatag‘on   siyosati   siyosiy,   iqtisodiy   va
ma’naviy-mafkuraviy   sohalarda   o‘tkazildi.   Siyosiy   qatag‘onlar   qizil   terror,
saylov huquqidan mahrum qilish, mehnat lashkarligiga olish, quloqlashtirish,
surgun, katta qirg‘in va deportatsiyalar; iqtisodiy qatag‘onlar soliq, majburiy
to‘lovlar, iqtisodiy faoliyatni cheklash shaklida bo‘lsa, ma’naviy-mafkuraviy
qatag‘onlar milliy, diniy qadriyatlarni cheklash, madaniy merosni yo‘q qilish,
senzura va boshqa shakllarda amalga oshirildi.
O‘zbekistondagi   siyosiy   qatag‘onlarning   ildizlari   Oktabr   to‘ntarishidan
so‘ng   hokimiyat   tepasiga   kelgan   bolsheviklarning   mafkuraviy   qarashlari   va
proletariat   diktaturasi   g‘oyalariga   borib   taqaladi.   Bu   muammoni   nafaqat tarixiy,   mafkuraviy,   balki   huquqiy,   falsafiy,   ma’naviy   va   iqtisodiy   jihatdan
tahlil qilganimizdagina uning tub mohiyatini anglash mumkin bo‘ladi.
Bolsheviklar   «sinfiy   diktatura»,   xususan,   proletariat   diktaturasi
tushunchasining   mazmunini   hokimiyat,   zo‘ravonlik   va   har   qanday
qonunchilik   cheklovlaridan   holi   bo‘lgan   uchta   asosiy   belgi   orqali   ochib
berganlar.   «Diktatura   degan   ilmiy   tushuncha,   -   deb   yozadi   V.   Lenin   1920
yildagi   «Diktatura   haqidagi   masala   tarixiga   doir»   asarida,   -   hech   bir   narsa
bilan   chegaralanmagan,   hech   qanday   qonun,   mutlaqo   hech   qanday   qoidalar
bilan chegaralab qo‘yilmagan va bevosita zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyatdan
iborat   narsadir.   «Diktatura»   degan   narsaning   ma’nosi   bundan   boshqa   narsa
emas». Davlat hokimiyatini bunday tushunish har qanday huquq va qonunlar
ustuvorligini   inkor   etdi,   o‘zboshimchalikni   davlat   hayotining   me’yoriga
aylantirdi, zo‘ravonlikni esa davlat siyosati darajasiga ko‘tardi.
V.I.   Lenindan   keyin   bolsheviklar   bosh   mafkurachisi   sifatida   tan   olingan
N.I.Buxarinning   proletariat   diktaturasiga   «hokimiyatning   sinfiy   -qatag‘on
xarakterini eng qat’iy namoyon qiladigan davlat shakli» degan mulohazalari
qatag‘on siyosatining nazariy asosi bo‘lib xizmat qildi.
Ma’lumki, har kanday jamiyat turli ijtimoiy qatlamlar, sinflar, guruhlardan
tashkil   topadi   va   ular   turfa   manfaatlar   va   intilishlarga   ega   bo‘ladi.   Bu
manfaatlar   va   intilishlar   g‘oyaviy-mafkuraviy   karashlarda   ifodalanadi.   1917
yil   Oktabr   to‘ntarishidan   keyin   shakllangan   sovet   jamiyatida   bolsheviklar
partiyasi   markscha-lenincha   ta’limot   asosida   yuritgan   siyosatida   sinfiy
jihatdan bir tomonlama yondashuv hukmronlik qildi. Bolsheviklar bu sohada
o‘zlarining   alohida   qarashlari   va   nazariyasini   yaratdi.   Bularning   barchasi
sovet qatag‘on siyosatining huquqiy bazasida o‘z qiyofasini topdi.
Sovet   hokimiyatining   dastlabki   kunlaridanoq   huquqiy   jihatdan   noaniq
bo‘lgan   «aksilinqilobiy»   deb   nomlangan   ayblov   yuzaga   keldi.   Siyosiy
muxolifatga   nisbatan   sovet   davlatining   majburlov   choralari   keng   qo‘llanila boshlandi.   Bolsheviklar   doktrinasida   «aksilinqilobga   qarshi   kurash»   organi
nazarda   tutilmagan   bo‘lsa   ham,   sinfiy   kurash   nuqtai   nazaridan   va   siyosiy
kuchlarning holatidan kelib chiqib, 1917 yil 7 dekabrda RSFSR XKS qoshida
aksilinqilob   va   sabotajga   qarshi   kurash   bo‘yicha   Butunrossiya   favqulodda
komissiyasi   (VCHK)   tashkil   qilindi.   Keyinchalik,   bu   organning   vakolatlari
kengayib,   bolsheviklarning   tom   ma’nodagi   «qilich   va   qalqon»iga   aylanib
bordi.   1918   yil   21   fevralda   VCHKga   ishni   sudda   ko‘rmasdan   turib   jazo
chorasini   belgilash   huquqi,   ya’ni   nosudlov   vakolati   berildi.   VCHK
yordamida   bolsheviklar   nafaqat   sovet   hokimiyatini   saqlab   qoldilar,   balki
o‘zlarining   mafkuraviy   maqsadlari,   proletariat   diktaturasini   o‘rnatishga   ham
erishdilar.
1918   yil   yozidan   boshlab   siyosiy   sabablarga   ko‘ra   qatag‘onlar   ommaviy
tus   olib,   ochiqdan-ochiq   qizil   terrorga   aylandi.   Bolsheviklar   hokimiyatni
qo‘ldan   chiqarishdan   qo‘rqib,   o‘z   dushmanlariga   nisbatan   har   qanday
noqonuniy   vositalarni   ishga   soldilar.   Vaziyat   keskinlashib,   bolsheviklar
ahvoli og‘irlashgan sari ularning shafqatsizligi ham ortib bordi.
«Qizil terror» atamasi birinchi marotaba 1918 yil 2 sentabrda VCHKning
idoraviy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   maxfiy   direktivasida   ko‘llanildi.   Uch   kun
o‘tib,   1918   yil   5   sentabrda   RSFSR   XKSning   «Qizil   terror   to‘g‘risida»   gi
dekreti   qabul   qilindi.   1918   yil   10   sentabrda   «Izvestiya»   gazetasida   e’lon
qilingan   mazkur   dekret   ommaviy   qatag‘onlarning   «qonuniy»   asosini
belgilagan   hamda   siyosiy   terrorni   rasman   e’tirof   etgan   birinchi   huquqiy-
me’yoriy hujjat hisoblanadi.
1922   yil   6   fevralda   Butunrossiya   Markaziy   Ijroiya   Komiteti   qarori   bilan
VCHK   tugatilib,   uning   vazifalari   Ichki   ishlar   xalq   komissarligi   (NKVD)ga
yuklatildi.   Shu   qaror   bilan   NKVD   qoshida   Davlat   siyosiy   idorasi   (GPU),
joylarda   esa   uning   siyosiy   bo‘limlari   tashkil   etildi.   GPUga   zaruriyat
tug‘ilganda tintuv o‘tkazish va hibsga olish vakolatlari ham berildi. 1922 yil 16   oktabrda   Butunrossiya   Sovetlari   Markaziy   Ijroiya   Komiteti   jinoiy   va
fuqarolik ishlarini faqat sud tartibida ko‘rish tamoyiliga zid ravishda GPUga
«otib o‘ldirishgacha bo‘lgan nosudlov jazosini qo‘llash huquqi»ni berdi.
Sovet   Ittifoqi   tashkil   topgandan   so‘ng   «ittifoqdosh   respublikalarning
siyosiy   va   iqtisodiy   aksilinqilobga   qarshi   inqilobiy   kurashini   birlashtirish
maqsadida»   1923   yil   6   iyulda   SSSR   MIKning   2-sessiyasida   SSSR   XKS
qoshida Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) tashkil etildi. OGPU
ittifoqdosh   respublikalar   XKS   qoshidagi   GPUning   mahalliy   organlari
faoliyatiga   rahbarlik   qilgan.   SSSR   MIK   1923   yil   15   noyabrda   tasdiqlagan
«Birlashgan   Davlat   siyosiy   boshqarmasi   va   uning   organlari   haqidagi
Nizom»ga   muvofiq   OGPUning   Butunittifoq   miqyosidagi   huquqiy   maqomi
belgilandi.
1924   yilga   kelib,   bolsheviklarning   1917   -   1920   yillardagi   jamiyatni
rivojlantirish haqidagi rasmiy qarashlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Marksizm-
leninizm   nazariyasidagi   sotsializmning   kapitalizmdan   afzalligi   to‘g‘risidagi,
hayotni tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir ijtimoiy tuzum haqidagi fikrlarni
bolsheviklar   zo‘r   berib   asoslashga   urindilar.   Haqiqiy   voqelik   esa   moddiy
boyliklarni   bir   tekis   taqsimlash,   ishlab   chiqarish   vositalarining
umumiylashtirilishi,   xususiy   mulkning   bekor   qilinishi,   bozor
munosabatlaridan   voz   kechish   siyosati   mavjud   ziddiyatlarni   yanada
kuchaytirganligidan dalolat berar edi.
XX   asrning   20-yillarida   O‘zbekistonda   ro‘y   bergan   tarixiy   voqealar
rivojiga   Ittifoq   markazidagi   siyosiy   jarayonlarning   ta’siri   kuchli   bo‘ldi.
«Proletariat   dohiysi»   V.   Leninning   vafotidan   so‘ng   vorislikka   da’vogarlar
I.Stalin,   L.Trotskiy,   G.Zinovev,   L.Kamenev,   N.Buxarin   va   boshqa   sovet-
partiya   rahbarlari   o‘rtasidagi   siyosiy   kurash   keskinlashdi.   Jamiyatni
rivojlantirish   va   taraqqiyot   yo‘lini   tanlashdagi   turli   qarama-qarshi   fikrlar
murosasiz   ziddiyatga   aylandi.   Aynan   shu   ziddiyatlar   zamiridagi   siyosiy   fikr talashuvlari   bahs-munozara   doirasidan   chiqib,   amaliy   qiyofa   kasb   etdi   va
stalincha qatag‘on siyosati shakllanib bordi.
Sovet   davlatining   yakka   hukmroniga   aylangan   Stalinning   «Sotsializm
mustahkamlanib   borgan   sari   sinfiy   dushman   qarshiligi   ham   shunchalik
kuchayib   boradi»   degan   g‘oyasi   yangi   nazariy   qarash   sifatida   ilgari   surildi.
Bu   o‘rinda   Stalinning   fikrlari   attraktor   (jalb   qiluvchi)   vazifasini   bajardi.
Muqobil   g‘oya   bilan   chiqqan   partiya   va   sovet   arboblarining   e’tirozlari
inobatga   olinmadi.   Beqarorlik,   tartibsizliklarni   bartaraf   etishning   bir   qancha
muqobil   yo‘llari   bo‘lishiga   qaramay,   bolsheviklar   o‘zlarining   siyosiy
maqsadlariga   erishishning   eng   yaqin,   qulay   va   o‘ta   shafqatsiz   usuli   bo‘lgan
siyosiy   qatag‘on   yo‘lidan   bordilar.   Ijtimoiy   hamkorlikka   emas,   aksincha,
kommunistik mafkura ta’sirida murosasizlikka asoslangan bu g‘oya ommaviy
qatag‘onlarga asos bo‘ldi.
Mamlakat   markazida   shakllangan   stalincha   totalitar   tuzum   barcha   milliy
sovet   respublikalari   kabi   O‘zbekiston   SSRdagi   hokimiyat   boshqaruvining
hamma   bo‘g‘inlarini   to‘liq   bo‘ysundirdi.   VKP(b)ning   qabul   qiladigan   har
qanday   qaroru   farmoyishlari,   ko‘rsatmalar   O‘zbekiston   Kompartiyasi   va
uning   barcha   partiya   tashkilotlari   tomonidan   bajarilishi   majburiy   va   shart
qilib qo‘yildi.
XX   asrning   20   -   30-yillarida   O‘zbekistonda   siyosiy   qatag‘onlar   ob’ektga
yo‘naltirilishi   bo‘yicha   ayrim   shaxs   yoki   butun   ijtimoiy   guruhga   qaratildi.
O‘zbek qishloqlarida katta nufuzga ega bo‘lgan boy dehqonlar, ruhoniylar va
boshqa mulkdorlar bilan bir qatorda, kolxoz tuzumi va sovet hokimiyatining
boshqa   agrar   sohadagi   tadbirlariga   ochiq-oshkora   qarshi   chiqqan   kambag‘al
va o‘rtahollarga nisbatan ham qo‘llanildi.
Siyosiy qatag‘onlar qo‘llanilish xususiyatiga ko‘ra, mo‘’tadil va shafqatsiz
bo‘ldi.   Mo‘’tadilda   shaxsning   hayoti   va   sog‘lig‘iga   xavf   tug‘dirmaydigan darajada   ma’muriy   tartibda   ruhiy   bosim   o‘tkazildi.   Shafqatsizlikda   esa
qatag‘on qilinuvchi ozodlikdan mahrum etildi yoki jismonan yo‘q qilindi.
Siyosiy   qatag‘onlar   qo‘llanilishiga   ko‘ra,   yakka   va   ommaviy   turga
bo‘lindi.   Bolshevistik   rejim   va   uning   agrar   siyosatiga   qarshi   faol   qarshilik
qilayotgan   ayrim   shaxslar   yoki   barcha   ishtirokchilar   ommaviy   qatag‘on
qilindi.
Siyosiy   qatag‘onlar   ko‘zlangan   maqsadi   bo‘yicha   profilaktik   va   jazolash
turlariga   bo‘lindi.   Xullas,   qatag‘on   sovet   hokimiyatiga   xavf   tug‘dirishi
mumkin   bo‘lgan   ayrim   shaxslar   va   ijtimoiy   guruhlarning   u   yoki   bu
harakatlarining   oldini   olish   maqsadida   o‘tkazildi   hamda   sovet   hokimiyatiga
qarshi chiqishlarni shafqatsizlik bilan bostirishga va uni jazolashga qaratildi.
Siyosiy qatag‘on funksiyalari ijtimoiy tabiatiga ko‘ra ikki guruhga - butun
jamiyatga va muayyan shaxsga yo‘naltirildi. Birinchisida sovet jamiyatining
ma’naviy   hayoti   va   erkinligiga   kuchli   bosim   o‘tkazish   orqali   qishloqda
ijtimoiy   qo‘rquv,   majburiy   itoatkorlik   yuzaga   keltirildi.   Mehnatga   yoki
boshqa   faoliyatga   noiqtisodiy   majburlov   kuchaydi,   zo‘ravonlik   mehnatni
tashkil   etishning   asosiy   omiliga   aylandi.   Jamiyatning   barqarorligiga   xavf
tug‘dirishi   mumkin   bo‘lgan   g‘oyalar,   hatti-harakatlar   ustidan   nazorat
o‘rnatildi.   Ijtimoiy   guruhlar   o‘rtasida   o‘zaro   adovat   qo‘zg‘atildi,   bir-biriga
dushmanlik   kayfiyati   kuchaytirildi.   Jamiyat   axloqining   buzilishi,   milliy   va
diniy qadriyatlar inqirozi, ommaning ruhiy zo‘riqishi va ijtimoiy qo‘rquvning
yoyilishiga olib keldi.
Ikkinchisi,   ya’ni   shaxsga   yo‘naltirilgan   siyosiy   qatag‘onlar   qishloq
axolisini   bolsheviklarning   mavjud   siyosiy   rejimiga   moslashishga   majbur
qildi. Dehqonlar turli cheklash va qistovlardan, ta’qibdan xalos bo‘lish uchun
bolshevistik   siyosiy   rejimning   talablariga   moslashishga   majbur   bo‘ldilar.
Sotsializm g‘oyalari, shiorlari va nazariyasiga ishonch bog‘ladilar. Keng xalq
ommasi   ongi   va   tafakkuriga   ta’sir   o‘tkazuvchi   barcha   mavjud   usullar, vositalar   orqali   marksizm-leninizm   g‘oyalari   singdirib   borildi.   Rasmiy
kommunistik   mafkura   aqliy   faoliyat   va   ijod   erkinligini   cheklagan   holda
informatsion vakuum hosil qildi. Turli ijtimoiy guruhlar yakdilligi va olomon
hamfikrliligini qaror toptirish amaliyoti qo‘llanildi.
Mafkuraviy   bosim   o‘tkazish   maqsadida   jamiyatda   sun’iy   tarzda
«mushtumzo‘r»,   «xalq   dushmani»,   «zararkunanda»   obrazlari   shakllantirildi.
Siyosiy   qatag‘on   ob’ekti   bo‘lgan   boy   dehqonlar,   mulkdorlar,   ishbilarmon,
tadbirkor   va   boshqalarga   nisbatan   salbiy   munosabat   hamda   ularga   zarar
yetkazishga   intilish   kayfiyati   yuzaga   keldi.   Bu   yillarda   «biznikilar   -   yot
unsurlar»   atamalarining   keng   ko‘lamda   qo‘llanilishi   shaxsiy
munosabatlardagi   ziddiyatlarni   kuchaytirishning   yorqin   ifodasi   bo‘ldi.
«Biznikilar» deb hisoblangan bolsheviklar tomonidan «yot unsur»ga nisbatan
qo‘llanilgan zo‘ravonliklarni adolatli chora sifatida asoslashga xizmat qildi.
Shu   o‘rinda   «haqsizlar»,   ya’ni   saylov   huquqidan   mahrum   qilinganlar
masalasiga   alohida   to‘xtalib   o‘tish   lozim.   Chunki   sovet   hokimiyati
tomonidan kollektivlashtirish jarayonida eng ko‘p qo‘llangan qatag‘on shakli
aholining   ayrim   qatlamlarini   saylov   huquqidan   mahrum   qilish   siyosati   va
amaliyoti bo‘ldi.
Saylov   demokratiyaning   asosiy   belgilaridan   biri   sifatida   xalqning   o‘ziga
tegishli   davlat   hokimiyatini   bevosita   amalga   oshirish   shakli   bo‘lib,   ayni
vaqtda   xalq   vakillariga   saylovlar   yo‘li   bilan   barcha   darajadagi   davlat
organlari   va   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlariga   shu   hokimiyatni   amalga
oshirish vakolatini beradi.
XX   asrning   20   -   30-yillaridagi   o‘zbek   tilidagi   rasmiy   hujjatlar,   yuridik
adabiyotlar   va   turli   matbuot   materiallarida   saylov   huquqidan   mahrum
qilinganlar   «sho‘roga   haqsizlar»,   «huquqdan   mahrumlar»,   «xaqsizlar»   deb
yuritilgan.   Saylov   huquqidan   mahrum   qilish   sovet   hokimiyatining   eng
ommaviy   siyosiy   cheklash   usuli   hisoblanib,   uning   huquqiy   asosi Butunrossiya   Sovetlarining   1918   yil   10   iyuldagi   V   s’ezdida   qabul   qilingan
Konstitutsiyasi hisoblanadi.
1927   yildagi   O‘zbekiston   SSR   Konstitutsiyasida   saylash   va   saylanish
huquqi   «Sho‘roga   saylash   to‘g‘risida»gi   6-bo‘limining   13-bobi   92   -   93-
moddalarida belgilangan. O‘zbekiston SSR MIQning 1927 yil 12 dekabrdagi
«Sho‘rolarga   saylovlar   to‘g‘risida   dasturilamal»ida   esa   saylov   huquqidan
foydalanmaydiganlarga   tavsif   berilgan.   Unga   ko‘ra,   foyda   olish   maqsadida
yollanma   mehnatdan   foydalanuvchi,   mehnatsiz   topilgan   daromadlar
(sarmoyadan   kelgan   foizlarga,   savdo   korxonalaridan   kelgan   daromadga,
mulkdan   kelgan   unumlar)   hisobiga   yashovchilar,   savdogarlar,   diniy
xizmatchilar, sobiq mirshablar va boshqa toifadagilar qonun bo‘yicha saylov
huquqidan mahrum qilinishi ko‘rsatilgan.
Keyinchalik,   dasturilamalga   mamlakatdagi   siyosiy   vaziyatga   qarab   sovet
hokimiyati   olib   borayotgan   tadbirlarga   nisbatan   norozilik   kayfiyatida
bo‘lganlarni yo‘q  qilish  maqsadida ayrim  o‘zgartirishlar  va  sharhlar kiritilib
borildi.
Samarqandda   1929   yilda   18   yoshga   to‘lgan   saylovchilarning   soni   86   981
kishini   tashkil   etgan   bo‘lib,   shundan   8772   kishi   saylov   hukuqidan   mahrum
qilingan. Bu saylovchilar umumiy sonining 11,2 foizini tashkil etadi. Saylov
huquqidan   mahrum   qilinganlardan   471   nafari   tadbirkorlar   va   419   nafari
mehnatsiz daromad hisobiga yashayotganlar deb topilgan, 621 nafari imomlar
va  boshqa ruhoniylar, 4464  nafari  savdo-sotiq  bilan shug‘ullanuvchilar,  150
nafari   sobiq   mirshablar   hamda   Rossiya   imperiyasi   hukumati   va   amirning
amaldorlari bo‘lgan.
1920   yillardagi   sovet   saylov   qonunchiligida   huquqdan   mahrum   qilishda
aholining ijtimoiy kelib chiqishiga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoro amirlari
va   Xiva   xonlarining   oila   a’zolari,   amir   va   xon   hukumatlari   amaldorlari,
chunonchi, dahboshi, mirzaboshi, qo‘rboshi, jevachi, qorovulboshi, miroxo‘r, to‘qsoba,   beklar,   biy   dodhoh,   inoq,   parvonachi,   devonbegi,   biy   qo‘shbegi,
qo‘shbegi,   otaliq,   og‘alik,   eshik   og‘asi,   kozikalon,   raisi   kalon,   mirshab,
zakotchi,   udaychi,   qozi,   biy   qo‘rg‘onbegi,   hakim,   xazinachi,   shabgar,
yuzboshi,   sarkarda,   to‘pchiboshi,   lashkarboshi,   jallod,   zindonboshi,
amlokdor,   qulli   qo‘shbegi,   miripoyon   (zakotchi),   darvozaboni   ark,
yasovulboshi, qoriboshi, amir tarafidan tayinlangan oqsoqollar, to‘pchiboshi-
askar,   mingboshi;   xonlar   va   ularning   oila-xonadon   a’zolari,   xonlikni   idora
qilishga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   munosabatda   bo‘lgan   bek   xo‘jalar,   vaziri
mehtarlar, devonbegi, eshik og‘asi hamda xonlikni idora qilishga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   munosabatda   bo‘lgan   oilaning   a’zolari,   mirshablar   va   mirshab
boshliqlari,   xonning   marhamlari,   mushriblar,   katta   ariqlarga   xon   tarafidan
tayinlangan   miroblar,   xon   mahkamasining   bosh   devonlari,   mirzaboshilar,
xonning oqsoqollari, volostnoylar, Madrasa mutavallilari va boshqalar saylov
huquqidan mahrum qilinishi belgilangan.
1929   yil   oxiriga   kelib,   Sovet   Ittifoqida   qishloq   ho‘jaligini   yoppasiga
kollektivlashtirish   jadallashdi.   Qishloq   aholisining   sovet   xokimiyatining
agrar   siyosati   va   amaliyotiga   qarshi   chiqishlarida   «Xaksizlar   hukuqi
tiklansin»,   «Haqsizlar   ro‘yxati   yo‘q   qilinsin»,   «Sho‘rolarga   qayta   saylov
o‘tkazilsin»   degan   talablar   juda   ko‘p   bo‘lgan.   Bu   hol   nafaqat   sovetlarning
majburiy   kollektivlashtirish   siyosatiga,   balki   fuqarolik   va   siyosiy
huquqlardan cheklash siyosatiga nisbatan ham norozilik ifodasi edi. Qishloq
xo‘jaligini   yoppasiga   kollektivlashtirish   jarayonida   saylov   qonunchiligining
buzilish   holatlari   ko‘paydi.   Kollektivlashtirish   jarayonidagi   ixtiyoriylik
tamoyili   qo‘pol   ravishda   buzilib,   qonunbuzarlik,   zo‘ravonlik   avj   oldi.   O‘z
yeridan,   mol-mulkidan   ajralishni   istamagan,   kollektivlashtirishga   qarshi
bo‘lgan   qishloq   aholisining   ishbilarmon,   tadbirkor   va   siyosiy   jihatdan   faol
qismiga   nisbatan   soliq   va   kredit   (qarz)   siyosatidagi   cheklovlar,   suvdan
mahrum qilish choralari bilan bir qatorda, saylov huquqidan mahrum qilish, mol-mulkini   musodara   qilib,   butun   oilasi   bilan   majburiy   ko‘chirish   siyosati
amalga oshirildi.
«Sho‘rolarga   saylovlar   to‘g‘risida   dasturilamal»da   dehqonlarni   saylov
huquqidan   mahrum   qiladigan   iqtisodiy   jihatlar   ta’riflangan   bo‘lsa-da,
yoppasiga   kollektivlashtirish   rayonlarida   quloq   xo‘jaliklarini   belgilashda
aynan   shu   ko‘rsatkichlar   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   O‘zSSR
XKSning   1930   yil   6   apreldagi   «Mehnat   to‘g‘risidagi   qonun   kodeksi   tatbiq
etilishi lozim bo‘lgan quloq xo‘jaliklarining belgilari va ularni hisobga olish
tartibi»   to‘g‘risidagi   qarorida   «quloq»   qilinadigan   dehqon   xo‘jaliklarining
belgilari   ko‘rsatildi.   Ammo   amaliyotda   qo‘llash   jarayonida   qarordagi
me’yorlar   buzib   talqin   qilindi.   Kolxoz   tuzumiga   qarshi   bo‘lgan   o‘rtahol   va
kambag‘al dehqonlar ham saylov huquqidan mahrum qilinib, quloq qilinishi
odatiy holga aylandi.
Saylov   huquqidan   mahrum   qilinganlar   nafaqat   siyosiy,   balki   fuqarolik
huquqlaridan   ham   mahrum   qilindilar.   Ular   ish   joylaridan   bo‘shatildilar,
kasaba   uyushmalari   va   kolxozlarga   a’zolikka   qabul   qilinmadilar,   tovar   va
oziq-ovqat   maxsulotlari   olish   kartochkalari   berilmadi,   biron-bir   lavozimga
tayinlanishi yoki oliy va o‘rta maxsus bilim yurtiga o‘qishga kirishi mumkin
bo‘lmadi.
Bu davrda  O‘zbekiston  qishloqlari  aholisining  sovet  hokimiyatining  agrar
siyosati va amaliyotiga qarshi norozilik chiqishlari va g‘alayonlari natijasida
siyosiy   vaziyat   o‘ta   keskinlashdi.   Hatto   jamiyat   ijtimoiy   hayotidan   nohaq
chetlashtirishlarga norozilik belgisi sifatida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari
ham yuz berdi. OGPU ma’lumotlarida Qo‘qon rayonidagi Tandir qishlog‘ida
saylov   huquqidan   mahrum   qilingan   fuqaro   kolxozga   qabul   qilinmaganligi
uchun o‘zini pichoqlab o‘ldirmoqchi bo‘lgan holatlar qayd qilingan.
O‘zSSR   MIQ 1930  yil  9  aprelda  «Fuqarolarni  saylov  huquqidan  mahrum
qilish ishida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish to‘g‘risida» qaror qabul qildi6. Qaror asosida tuzilgan komissiyalarning tekshirishlari natijasida «huquqsizlar
ro‘yxati»ni   tuzishdagi   qonun   buzilishlari   aniqlanib,   bu   ro‘yxatlarning
ko‘pchiligi   bekor   qilindi.   Ammo   joylarda   o‘zboshimchalik   davom   etdi,
shaxsiy   adovat   natijasida   fuqarolik   va   siyosiy   huquqlarni   cheklash
amaliyotini yo‘qotishning samarali mexanizmi ishlab chiqilmadi.
1931   yil   avgust   oyidan   «quloq»   oilalari   O‘rta   Osiyo   respublikalaridan
Ukraina,   Shimoliy   Kavkaz,   keyinchalik   Shimoliy   Qozog‘istonga   surgun
qilina   boshlandi.   Surgun   qilinganlarning   ko‘pchiligini   «sovet   hokimiyatiga
haqsizlar»   (saylov   huquqidan   mahrum   qilinganlar)   tashkil   etgan   bo‘lib,
ularning aksariyati fojiali qismatni boshidan kechirdilar.
Huquqbuzarliklardan   norozilarning   saylov   huquqini   tiklash   haqidagi
talablari   Ittifoq   mikyosida   keng   tus   oldi.   VKP(b)   va   sovet   hukumati   bu
masalani qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. 1936 yil 5 dekabrdagi SSSR
Konstitutsiyasining   135-moddasiga   asosan   barcha   haqsizlarning   saylov
huquqlari tiklandi.
Stalincha   ma’muriy   buyruqbozlik   tizimi   O‘zbekiston   SSRning   mahalliy
rahbariyati   tomonidan   respublikaning   iqtisodiy,   xo‘jalik,   madaniy-ma’naviy
hayotiga oid biror-bir masala va muammoni mustaqil tarzda hal etishiga yo‘l
qo‘ymadi.   Aksincha,   mahalliy   kadrlar   faoliyati   muntazam   kuzatilib,   qat’iy
nazorat ostiga olindi. O‘z yurti va xalqining milliy manfaatlarini himoya qilib
chiqqan yurt fidoyilari og‘machilik va buzg‘unchilikda ayblanib, millatchi va
aksilinqilobchi singari asossiz bo‘htonlar bilan ayblandilar.
XX   asr   20-yillarining   ikkinchi   yarmi   va   30-yillar   boshlarida   O‘zbekiston
SSRda   «o‘n   sakkizlar   guruhi»   (A.Hojiboyev,   N.Qoriyev,   I.Xidiraliyev,
M.Saidjonov,   A.Mukomilov,   R.Rafiqov,   B.Maqsumov,   R.Rahimboboyev,
I.Bozorboyev,   3.Hasanov,   M.Karimjonov,   M.O‘runxo‘jayev,   R.Muzaffarov,
U.Ashurov,   O.Maqsumov,   H.Eshonov,   A.Zokiriy,   N.Shirinov),
«inog‘omovchilik»   (R.Inog‘omov   va   boshq.),   «qosimovchilik»   (S.Qosimov, B.Sharipov   va   boshq.),   «badriddinovchilik»   (Sh.Badriddinov   va   boshq.),
«milliy   ittihodchilar»   va   «milliy   istiqlolchilar»   (Munavvar   Qori
Abdurashidxonov   boshchiligidagi   87   kishi),   «narkompros   ishi»   (Botu,
Mannon   Ramziy   va   boshq.),   «botir   gapchilar»   (Ashurali   Zohiriy
boshchiligidagi   19   kishi)   va   hokazo   kabi   siyosiy   ishlar   to‘qilishi   natijasida
o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi. XX asrning 30-
yillari   boshida   ulamolar,   ruhoniylar   va   dindorlarni   ta’qib   qilish   ham
kuchaydi.   Bu   davrda   partiya   saflarini   tez-tez   tozalab   turish   siyosiy
kampaniyaga   aylandi.   1929   -   1930   yillarda   o‘tkazilgan   navbatdagi   partiya
saflarini   «tozalash»   kampaniyasi   natijasida   O‘zbekiston   Kompartiyasi
a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi. Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

O’zbekistonda mustabid tuzumning 30 yillaridagi qatag‘onlik siyosati Reja 1. XX asrning 20-30 yillaridagi O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. 2. O‘zbekistonda qatag‘onlik siyosatining avj oldirilishi 3. Qatag‘on yillarida milliy rahbar kadrlar faoliyati

XX asrning 20 - 30-yillarida sovet xokimiyatining O‘zbekistondagi katag‘on siyosati nafaqat O‘zbekiston tarixchilari, qolaversa, xorij tadqiqotchilarining ham diqqat markazidagi mavzulardan biri hisoblanadi. XX asr 20-yillarining o‘rtalaridan boshlab totalitar jamiyatning xususiyatlari tabora oshkora ko‘rina boshladi. Bu holat, ayniqsa, milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga munosabatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Qaror topgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o‘zagi xisoblangan Butunittifoq kommunist (bolshevik)lar partiyasi - VKP(b) bu paytga kelib yangi iqtisodiy siyosatdan butunlay yuz o‘girdi va «sotsializm asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi. Mustabid sovet rejimi o‘zgacha fikrlashga mutlako toqat qila olmas edi. Lenin tomonidan allaqachon e’lon qilingan «Kim biz bilan birga bo‘lmasa, u - dushmanimiz!» shiorini Stalin shafkatsizlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi qatag‘on siyosatini amalga oshirgan bo‘lsa, 30-yillardan boshlab o‘z xalqiga nisbatan ommaviy terror qo‘lladi. «Qatag‘on» va «repressiya» so‘zlari o‘zbek tilida bir xil ma’noda ishlatiladi. Sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy sohalarda o‘tkazildi. Siyosiy qatag‘onlar qizil terror, saylov huquqidan mahrum qilish, mehnat lashkarligiga olish, quloqlashtirish, surgun, katta qirg‘in va deportatsiyalar; iqtisodiy qatag‘onlar soliq, majburiy to‘lovlar, iqtisodiy faoliyatni cheklash shaklida bo‘lsa, ma’naviy-mafkuraviy qatag‘onlar milliy, diniy qadriyatlarni cheklash, madaniy merosni yo‘q qilish, senzura va boshqa shakllarda amalga oshirildi. O‘zbekistondagi siyosiy qatag‘onlarning ildizlari Oktabr to‘ntarishidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklarning mafkuraviy qarashlari va proletariat diktaturasi g‘oyalariga borib taqaladi. Bu muammoni nafaqat

tarixiy, mafkuraviy, balki huquqiy, falsafiy, ma’naviy va iqtisodiy jihatdan tahlil qilganimizdagina uning tub mohiyatini anglash mumkin bo‘ladi. Bolsheviklar «sinfiy diktatura», xususan, proletariat diktaturasi tushunchasining mazmunini hokimiyat, zo‘ravonlik va har qanday qonunchilik cheklovlaridan holi bo‘lgan uchta asosiy belgi orqali ochib berganlar. «Diktatura degan ilmiy tushuncha, - deb yozadi V. Lenin 1920 yildagi «Diktatura haqidagi masala tarixiga doir» asarida, - hech bir narsa bilan chegaralanmagan, hech qanday qonun, mutlaqo hech qanday qoidalar bilan chegaralab qo‘yilmagan va bevosita zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyatdan iborat narsadir. «Diktatura» degan narsaning ma’nosi bundan boshqa narsa emas». Davlat hokimiyatini bunday tushunish har qanday huquq va qonunlar ustuvorligini inkor etdi, o‘zboshimchalikni davlat hayotining me’yoriga aylantirdi, zo‘ravonlikni esa davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. V.I. Lenindan keyin bolsheviklar bosh mafkurachisi sifatida tan olingan N.I.Buxarinning proletariat diktaturasiga «hokimiyatning sinfiy -qatag‘on xarakterini eng qat’iy namoyon qiladigan davlat shakli» degan mulohazalari qatag‘on siyosatining nazariy asosi bo‘lib xizmat qildi. Ma’lumki, har kanday jamiyat turli ijtimoiy qatlamlar, sinflar, guruhlardan tashkil topadi va ular turfa manfaatlar va intilishlarga ega bo‘ladi. Bu manfaatlar va intilishlar g‘oyaviy-mafkuraviy karashlarda ifodalanadi. 1917 yil Oktabr to‘ntarishidan keyin shakllangan sovet jamiyatida bolsheviklar partiyasi markscha-lenincha ta’limot asosida yuritgan siyosatida sinfiy jihatdan bir tomonlama yondashuv hukmronlik qildi. Bolsheviklar bu sohada o‘zlarining alohida qarashlari va nazariyasini yaratdi. Bularning barchasi sovet qatag‘on siyosatining huquqiy bazasida o‘z qiyofasini topdi. Sovet hokimiyatining dastlabki kunlaridanoq huquqiy jihatdan noaniq bo‘lgan «aksilinqilobiy» deb nomlangan ayblov yuzaga keldi. Siyosiy muxolifatga nisbatan sovet davlatining majburlov choralari keng qo‘llanila

boshlandi. Bolsheviklar doktrinasida «aksilinqilobga qarshi kurash» organi nazarda tutilmagan bo‘lsa ham, sinfiy kurash nuqtai nazaridan va siyosiy kuchlarning holatidan kelib chiqib, 1917 yil 7 dekabrda RSFSR XKS qoshida aksilinqilob va sabotajga qarshi kurash bo‘yicha Butunrossiya favqulodda komissiyasi (VCHK) tashkil qilindi. Keyinchalik, bu organning vakolatlari kengayib, bolsheviklarning tom ma’nodagi «qilich va qalqon»iga aylanib bordi. 1918 yil 21 fevralda VCHKga ishni sudda ko‘rmasdan turib jazo chorasini belgilash huquqi, ya’ni nosudlov vakolati berildi. VCHK yordamida bolsheviklar nafaqat sovet hokimiyatini saqlab qoldilar, balki o‘zlarining mafkuraviy maqsadlari, proletariat diktaturasini o‘rnatishga ham erishdilar. 1918 yil yozidan boshlab siyosiy sabablarga ko‘ra qatag‘onlar ommaviy tus olib, ochiqdan-ochiq qizil terrorga aylandi. Bolsheviklar hokimiyatni qo‘ldan chiqarishdan qo‘rqib, o‘z dushmanlariga nisbatan har qanday noqonuniy vositalarni ishga soldilar. Vaziyat keskinlashib, bolsheviklar ahvoli og‘irlashgan sari ularning shafqatsizligi ham ortib bordi. «Qizil terror» atamasi birinchi marotaba 1918 yil 2 sentabrda VCHKning idoraviy ahamiyatga ega bo‘lgan maxfiy direktivasida ko‘llanildi. Uch kun o‘tib, 1918 yil 5 sentabrda RSFSR XKSning «Qizil terror to‘g‘risida» gi dekreti qabul qilindi. 1918 yil 10 sentabrda «Izvestiya» gazetasida e’lon qilingan mazkur dekret ommaviy qatag‘onlarning «qonuniy» asosini belgilagan hamda siyosiy terrorni rasman e’tirof etgan birinchi huquqiy- me’yoriy hujjat hisoblanadi. 1922 yil 6 fevralda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Komiteti qarori bilan VCHK tugatilib, uning vazifalari Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD)ga yuklatildi. Shu qaror bilan NKVD qoshida Davlat siyosiy idorasi (GPU), joylarda esa uning siyosiy bo‘limlari tashkil etildi. GPUga zaruriyat tug‘ilganda tintuv o‘tkazish va hibsga olish vakolatlari ham berildi. 1922 yil

16 oktabrda Butunrossiya Sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti jinoiy va fuqarolik ishlarini faqat sud tartibida ko‘rish tamoyiliga zid ravishda GPUga «otib o‘ldirishgacha bo‘lgan nosudlov jazosini qo‘llash huquqi»ni berdi. Sovet Ittifoqi tashkil topgandan so‘ng «ittifoqdosh respublikalarning siyosiy va iqtisodiy aksilinqilobga qarshi inqilobiy kurashini birlashtirish maqsadida» 1923 yil 6 iyulda SSSR MIKning 2-sessiyasida SSSR XKS qoshida Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) tashkil etildi. OGPU ittifoqdosh respublikalar XKS qoshidagi GPUning mahalliy organlari faoliyatiga rahbarlik qilgan. SSSR MIK 1923 yil 15 noyabrda tasdiqlagan «Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi va uning organlari haqidagi Nizom»ga muvofiq OGPUning Butunittifoq miqyosidagi huquqiy maqomi belgilandi. 1924 yilga kelib, bolsheviklarning 1917 - 1920 yillardagi jamiyatni rivojlantirish haqidagi rasmiy qarashlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Marksizm- leninizm nazariyasidagi sotsializmning kapitalizmdan afzalligi to‘g‘risidagi, hayotni tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir ijtimoiy tuzum haqidagi fikrlarni bolsheviklar zo‘r berib asoslashga urindilar. Haqiqiy voqelik esa moddiy boyliklarni bir tekis taqsimlash, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashtirilishi, xususiy mulkning bekor qilinishi, bozor munosabatlaridan voz kechish siyosati mavjud ziddiyatlarni yanada kuchaytirganligidan dalolat berar edi. XX asrning 20-yillarida O‘zbekistonda ro‘y bergan tarixiy voqealar rivojiga Ittifoq markazidagi siyosiy jarayonlarning ta’siri kuchli bo‘ldi. «Proletariat dohiysi» V. Leninning vafotidan so‘ng vorislikka da’vogarlar I.Stalin, L.Trotskiy, G.Zinovev, L.Kamenev, N.Buxarin va boshqa sovet- partiya rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy kurash keskinlashdi. Jamiyatni rivojlantirish va taraqqiyot yo‘lini tanlashdagi turli qarama-qarshi fikrlar murosasiz ziddiyatga aylandi. Aynan shu ziddiyatlar zamiridagi siyosiy fikr