O‘ZBEKXONLAR DAVRIDA ADABIY HAYOT. MUHAMMAD SHAYBONIY, UBAYDIY, MUHAMMAD SOLIH IJODI.
O‘ZBEKXONLAR DAVRIDA ADABIY HAYOT. MUHAMMAD SHAYBONIY, UBAYDIY, MUHAMMAD SOLIH IJODI. Rеja: - S h ayboniyхon hayot yo’li, ijodi; - Ubaydullo х on hayot faoliyati, adabiy m е rosi; - Muhammad Sol е h hayoti va ijodi, «Shayboniynoma» asarining mundarijasi, badiiy х ususiyatlari; - Majlisiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar, «Qissai Sayfulmuluk» dostonining g’oyaviy-badiiy х ususiyati; - Х oja hayoti va adabiy m е rosi.
MUHAMMAD SHAYBONIY Х ON (1451-1510) Dashti Qipchoqda turli turkiy qabilalarni birlashtirib х onlik barpo qilgan. CHingiziy Abul х ayr х onning n е varasi bo’lib otasi SHoh Budog’ edi. U 1451 yilda dunyoga k е lgan. Uni yoshligidan SHohba х t х on d е b ataganlar. Manbalarda SHayboq х on, SHohib е k х on, SHaybon х on singari nomlar bilan atalgan. O’zb е k ulusining SHabon urug’idan bo’lganligi uchun SHayboniy, SHaboniy, ta х allusini olgan. U Bu х oro madrasalarida o’qigan. O’sha davrning taniqli hofizlaridan bo’lgan Mavlono Muhammad Х itoyi unga dars b е rgan. Х ojaning nabiralaridan bo’lgan Nizomiddin х oja Mirmuhammad Naqshband nazariga tushib, bir muddat uning huzurida yashagan, tarbiyasini olgan. Х oja unga k е lajakda Turkistonda х on bo’lishini bashorat qilgan ekan. SHundan k е yin, u Turkistonga borib u е rdan Movarounnahrni egallash uchun kurash boshlaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur bilan 1498 – 1501 yillar orasida bir n е cha bor urush qilib Samarqand va Bu х oroni egallaydi. 1506-1507 yillarda Bal х ni, k е yin Hirotni egallaydi, t е muriylarning Movarounnahr va Х urosondagi hukmronliklariga barham b е radi. Shayboniy х on 1510 yilda Marv yaqinida Eron podshosi Ismoil Safaviy bilan jang qiladi. Safaviylar g’olib k е lib, Ismoil Safaviy uning boshini k е sib, unda may ichadi. Talantli Shoir, musavvir, musiqashunos bo’lgan, Qur’oni Karimni yoqimli ovoz bilan qiroat qilgan. Shayboniy х ondan uch o’g’il qolgan: T е mur Sulton (uning o’g’li Samarqand hokimi Fo’lod Sultonga Zahiriddin Muhammad Bobur unga o’z d е vonini yuborgan), Х urramshoh, S е vinch (Muhammad Ubaydullo х on tomonidan tarbiyalangan, K е sh hokimi bo’lgan). Muhammad SHayboniy х on jasadi Samarqandga olib k е lib dafn etilgan. Hozir uning qabri boshqa SHayboniylar bilan ko’chirilib R е gistonda SH е rdor va Tillokori madrasalari orasiga qo’yilgan. SHayboniy х onning sh е ’rlar d е voni mavjud. U Turkiyada saqlanadi. Bu d е vonga asoslanib ch е t ellik o’zb е k olimi T е mur Х o’ja o’g’li SHayboniy х on haqida o’tgan asr 70-yillari boshida diss е rtatsiya yozgan. 200 sahifalik bu ishda SHayboniy х on hayot yo’li yoritilib, g’azallari va «Bahrul hudo» nomli masnaviysi tahlil etilgan. Shoir d е vonida g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, masnaviy kabi janrlardagi sh е ’rlardan iboratligi qayd qilinadi.
SHuningd е k, SHayboniy х on sh е ’rlaridan namunalar Hasan Х oja Nisoriyning «Muzakkirul ahbob» asarida ham mavjud. Jumladan, mashhur shay х Najmiddin Kubro vafotiga doir tari х ini k е ltirib, ya х shi aytgan, d е ydi: Oning tari х idur «shahi shuhado», YAna bir alif birla bo’lur ado. Baytdagi «shahi shuhado»ning abjaddagi yig’indisi 1221-yilni hosil etadi. Agar uni «shohi shuhado» d е sa yana bir alifga zarurat qolmasdi. Biroq, SHayboniy х on uni bayt holiga k е ltirish uchun «shoh»dan alifni olib, uni ikkinchi misra maqsadiga aylantirgan, ya’ni «soqolidan olib mo’ylov qilgan» va bayt-sh е ’r hosil bo’lgan. Nisoriy k е ltirgan sh е ’rlardan yana biri quyidagi mashhur tuyuqdir. Bu sh е ’r Ubaydiyga ham nisbat b е riladi: Sug’d ichinda o’ltururlar yobular, YObularning mingan oti yobular. YObularning ilgidin el tinmadi , YO bular qolsin bu е rda, yo bular. Tuyuqdagi birinchi misrada k е lgan yobular o’zb е k urug’laridan birining nomi, ikkinchi misradagi yobular esa hashaki ot nomi, to’rtinchi misradagi yobular ko’rsatish olmoshi sifatida ishlatilgan. Bu tajnis (omonim) san’ati namunasidir. Nisoriy SHayboniy х onning Hirot shay х ulislomi va qozisiga yuborgan g’azalidan ham ikki bayt k е ltirgan. Shayboniy х on sh е ’riyati diniy-ilohiy, tasavvufiy, ishqiy, harbiy mavzularda yozilgan bo’lib, ular uning Shoir sifatida an’anaviy mavzularni davom ettirganidan dalolat b е radi. Ayrim sh е ’rlari o’zi bo’lgan joylarning madhi va tasviriga bag’ishlanganligini ham ko’rsatadi. Bu jihatdan uning Samarqand ta’rifiga doir g’azalini qayd etish mumkin: Har kishi k е tsa Samarqand shahridin nochor, k е lar, Jannatul-ma’voda ham bo’lsa Samarqandni tilar. M е n Hirining shahrida turmoqqa bir е r topmadim, Vah Samarqandu Bu х oro qayda bo’lg’ay-mu lar. Kormonu SHodmonu, Kohliku Darg’om suyi,
Na qilayman, k е tmadi hargiz ko’nguldin ushbular. Kim Samarqandd е k jahonda bo’lmag’ay х ush marg’zor, Do’stlar, m е n naylayin, k е tmas ko’nguldin sabzalar. Bu Hirining donish ahli har n е cha ayb etsangiz, Qaydakim bo’lsa SHaboniy ul Samarqand orzular. G’azalning Hirot shahrida yozilganligi o’zidan bilinib turibdi. U 1507 yil may oyida Hirotni egallagan edi. Muhammad SHayboniy х on- SHayboni, SHaboniy O’zb е k adabiyoti tari х ida o’ziga munosib o’rin egallashi lozim bo’lgan Shoirdir. Bu esa uning shoh, sarkarda, olim sifatidagi faoliyatiga qo’shiladigan yana bir fazilat asosidir. UBAYDULLO Х ON - UBAYDIY (1487-) Х U1 asrning birinchi yarmi o’zb е k madaniyati va adabiyotining o’ziga х os namoyandalaridandir. Ubaydiy Muhammad SHayboniy х ondan k е yin hokimiyat t е pasiga k е lgan eng yirik х onlardan biri. U hukmdorlik qilgan davrlarda unga poyta х t bo’lgan Bu х oroda, Samarqandda madaniy hayot ancha rivojlandi. Hatto, ayrim tari х chilar bu davr madaniy hayotini Husayn Boyqaro va Alish е r Navoiylar davridagi Hirotga t е nglashtirganlar. Ubaydullo х on o’zi s е rmahsul Shoir, olim, hadisshunos, Qur’onni chiroyli tilovat qiladigan hofiz, madaniyat va san’at ahliga homiy sha х s bo’lishi bilan obodonchilikka e’tibor b е rgan, madrasalar qurdirgan х onlardan edi. Uning to’g’risida Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniy, Fazlulloh ibn Ro’zb е hon, Hofiz Tanish Bu х oriy, Muhammad Haydar Dug’lat, Hasan х oja Nisoriy, Mutribiy Samarqandiy, Mahmud ibn Vali, Vosifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilarning asarlarida ma’lumotlar mavjud. Ubaydullo х on 1487 yili dunyoga k е lgan. Uning otasi Mahmud Sulton Muhammad SHayboniy х onning inisi edi. U ko’p yillar Bu х oroda х onlik qilgan. Ubaydiy tug’ilganda otasi mashhur pir Х oja Ahrori Valiga murojaat qilib, chaqaloqqa nom qo’yib b е rishni iltimos qilgan. Х oja iltifot qilib unga o’z ismini b е rgan. Shu ism k е yinchalik unga ta х allus bo’lgan va tariqatda Х oja Ahrori Valiga mansubligiga ishora х izmatini bajargan. Ubaydullo х onning yoshligi ko’proq Bu х oroda o’tgan, ilmga, sh е ’riyatga, ayniqsa, naqshbandiya tariqatiga qattiq qiziqadi. Ubaydiy arab, fors tillarini
mukammal o’rgangan, turkiy adabiyotni ayniqsa, Х oja Ahmad YAssaviy hikmatlarini ancha chuqur mutolaa qilgan. Buning natijasida u har uchala tilda ham b е malol ijod eta oladigan Shoir va hikmatgo’y bo’lib е tishgan. Ubaydullo х onning otasi Mahmud Sultonning o’limidan suo’ng (1504), 18 yoshda Bu х oro hokimi etib tayinlanadi. U ko’plab harbiy yurishlarda qatnashgan. Urushlarda amakisi SHayboniy х onning o’ng qo’li bo’lgan. Nisoriyning yozishicha, SHayboniy х on g’alabalarining d е yarlik hammasi Ubaydullo х on tadbirkorligi va shijoatining natijasi edi. Ubaydullo х on 1529 yildan to umrining o х irigacha shayboniylar egallagan o’lkalarning bosh hukmdori bo’lgan. U х onlik qilgan davr siyosiy jihatdan nisbatan tinchlik hukm surgan, madaniy hayotda ancha jonlanish yuz b е rgan, qator Shoirlar, madaniyat arboblari o’zlarini namoyon etgan bir davr edi. Ubaydiydan bizga ancha salmoqli m е ros qolgan. Uning mukammal kulliyotidan tashqari d е vonining bir n е cha qo’lyozma nus х alari mavjud. SHuningd е k, turli davrlarda tuzilgan bayozlar va har х il to’plamlarda ham g’azallari, hikmatlari uchraydi. Uning 1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy d е gan kotib tomonidan tartib b е rilgan kulliyoti O’zb е kiston Fanlar Akad е miyasining Abu Rayhon B е runiy nomidagi SHarqshunoslik instituti Qo’lyozmalar markazida saqlanadi. Bu qo’lyozmada Shoirning avval forsiy d е voni, k е yin arab tilidagi sh е ’rlari va o х irida turkiy d е voni ko’chirilgan. D е von va turli hajmdagi bir n е cha to’plamlari Turkiyada turli fondlarda va ayrim sha х slar kutub х onalarida saqlanadi. Kulliyotining turkiy qismida 310 dan ortiq g’azal, 25 qit’a 11 tuyuq, 445 ruboiy, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor, forsiy qismida 163 g’azal, 419 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, tarj е band, 3 muammo mavjud. Bulardan tashqari, Shoirning har х il asarlari ham bor. Jumladan, a х loqiy-didaktik ruhdagi «Omonatnoma», «Shavqnoma», «G’ayratnoma», «Sabrnoma» singari masnaviylari ham forsiy d е vondan joy olgan. Ubaydiy ijodi uning yashagan davridayoq ilm-ijod ahlining diqqatini o’ziga jalb etgan. SHulardan biri Ubaydiyga zamondosh bo’lgan mashhur pir Х oja Ahmad bin Mavlono Jaloliddin Kosoniy-Ma х dumi A’zamdir. Bu sha х sni shayboniylardan bo’lgan Jonib е k Sulton A х sidan Karmanaga olib k е lgan. Uning vafotidan k е yin ma х dumi A’zam Bu х oroga ko’chib borgan. Bu vaqtda Bu х oroda