logo

OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.677734375 KB
OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ
Reja:
1.Og‘zaki nutq.
2.Yozma nutq. Nutq ikkiga – og‘zaki va yozma nutqlarga bo‘linadi. Og‘zaki nutq so‘zlash-
eshitishga qaratilgan bo‘lsa, yozma nutq yozish-o‘qishga qaratilgan bo‘ladi.
Nutqning yozma va og‘zaki shakllari muayyan ko‘rinishlarga ega . YOzma
nutq   ko‘rinishlari:   1)   badiiy   nutq,   2)   ilmiy   nutq,   3)   publitsistik   nutq,     4)   rasmiy
nutq,   5)   neytral   nutq.   Og‘zaki   nutqning   esa   turli   ijtimoiy   qatlamlar   nutqlari   dan,
turli sheva nutqlaridan tashkil topadi. U quyidagi ko‘rinishlar da namoyon bo‘ladi:
1) betaraf (neytral), 2) tantanali 3) ishqiy, 4) yumoristik va satirik, 5) rasmiy.
1.Og‘zaki nutq.  
Og‘zaki   nutq   bir   yoki   bir   necha   kishining   ovoz   chiqarib   so‘zlashi   asosida
yuzaga   keladi:   suhbat,   ma’ruza   va  b.   Og‘zaki   nutq   o‘z   navbatida   yana  ikki   turga
bo‘linadi:   dialogik   va   monologik.   Fikr   suhbat,   muhokama,   munozara   shaklidagi
nutqiy faoliyatlar davomida og‘zaki bayon qilinadi.
Og‘zaki nutqning xususiyatlari quyidagilar:  
Suhbat  
– ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo‘lib o‘tadigan
nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qo‘yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik .
2. Savollarga aniq, qisqa, to‘la javob berish.
3. Javob   berish   jarayonida   savolning   ahamiyatiga   e’tibor   berish,   dalil   va
misollarning ishonarli bo‘lishini ta’minlash.
4. Suhbat   jarayonida   tinglovchilar   holati,   vaqti   qiziqishlari,   mavzuning
dolzarbligini hisobga olish.
5. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.
6. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, to‘g‘rilik,
soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.
Muhokama
–   biror   masala   yuzasidan   ko‘pchilik   ning   fikrini   to‘plash,   ma’lum   to‘xtam
larga kelishini anglatadi. Muhokama nutqi oldiga qo‘yilgan talablar:
1. Muhokama mavzu s idan chetga chiqmaslik.
2. Fikrni ixcham, sodda, ta’sirli qilib ifodalash.
3. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.
4. Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo‘nda qilib keltirish.
5. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.
6. Fikrni   ifodalash   davomida   o‘zgalar   fikriga   hurmat   bilan   qarash,   o‘rinsiz
bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.
7. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik, o‘zini og‘ir tutish.
Munozara
–   biror   masala   yuzasidan   taraflarning   bahsini,   tortishuvini   anglatadi.   Bahs
jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Munozarada nutqqa qo‘yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik.
2. Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning etarli bo‘lishi.
3. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish.
4. Nutqning ifodali, tizimli, hayajonli bo‘lishi.
5. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo‘lishi.
6. Nutq egasining vazmin, og‘ir bo‘lishi.
Suhbatdoshni   hurmat   qilish,   uning   shaxsiga   tegadigan   so‘z   va   gaplarning
bo‘lmasligi.
Og‘zaki   nutqning   yuzaga   kelish   shart-sharoitlari   va   uning   oldiga
qo‘yiladigan   talablar.   So‘zlashuv   uslubi   kishilarning   kundalik   rasmiy-norasmiy,
erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. 
Bu   uslubning   o‘ziga   xos   xususiyati   nutq   jarayonida   til   va   tildan   tashqari
omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. 
So‘zlashuv nutqi elliptik xarakterda bo‘ladi:   qorami? ko‘kmi?   Agar biz uni
uy bekasi tilidan eshitsak,  qora choy damlaymi    yoki    ko‘k choy damlaymi?  degan
ma’noda   tushunishimiz   mumkin.   Xuddi   shu   savolni   do‘kon   sotuvchisi   tilidan eshitsak,   qora   choy   olasizmi     yoki   ko‘k   choy   sotib   olmoqchimisiz?   ma’nosida
tushunishimiz ham mumkin.
Ikkinchidan,   ekspressivlik   imkoniyatlarini   keng:     ulguramizmi?     degan
savolga   yo‘q,   ulgurmaymiz     deyishdan   ko‘ra   vaziyatdan   kelib   chiqib,   ulgurib
bo‘pmiz,   ulgurish   qayoqda,   ulgurib   ham   bo‘ldik     singari   javoblar   birmuncha
tabiiy va ekspressivroq bo‘lib chiqadi. 
Uchinchidan,   bu   uslubda   ohang   -   intonatsiyaning   ahamiyati   nihoyatda
kattadir. Ohang og‘zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal
qiluvchi vosita bo‘lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so‘z
va   gap   urg‘usi   kabi   ko‘rinishlari   ma’noni   farqlashda,   ottenkalarni   ajratib
ko‘rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi. 
2.  Yozma nutq .
Nutqning yozma turi orqali ma’lum fikr yozma ravishda bayon qilinadi.
YOzma nutq suhbatdoshsiz nutqdir. U oddiy maktub, ariza va ma’lumotnomadan
boshlanib, to qissa va romanga qadarbo‘lgan har xil yozma asarlarni o‘z ichiga
oladi. YOzma nutq tildan tashqari vositalar (ohang, pauza, mimika va b.)ga ega
bo‘lmydi. YOzma nutq og‘zaki nutqdan keyin shakllangan bo‘lib, asta-sekin
murakkablashib boradi. Uning asosiy xususiyati ma’lum orfografik, punktuatsion
va stilistik me’yorlarga amal qilinishidir.
YOzma   nutq   og‘zaki   nutqdan   quyidagi   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi:
nutqni   yozayotganda   muallif   vaqt   jihatidan   bemalol   fikrlash   imkoniyatiga   ega
bo‘ladi.   U   o‘z   nutqi   qismlarini   va   butun   nutqni   qayta-qayta   tahrir   qilishi,   fikr
uchun   eng   mos   imkoniyatlarni   tanlashi,   gap   tuzilishini   qulaylashtirishi   mumkin.
SHuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir.
Rasmiy,   ilmiy,   badiiy-publitsistik   matnlar   yozma   nutq   tarzida   shakllanadi.
Davlat   ma’muriy-huquqiy   muassasalari   da,   rasmiy   diplomatik   munosabatlari   da
rasmiy   matn lardan   foydalaniladi.   Qonun   matnlari,   farmonlar,   farmoyish   lar,
buyruqlar,   xullas   barcha   rasmiy   ish   qog‘ozlari   ana   shu   uslubda   yoziladi.   Bu
uslubning og‘zaki ko‘rinishlari va o‘z me’yorlari mavjud. Me’yorlari: aniqlik, qoliplilik, hujjatlarga xoslangan atamalar kabi.   huquqiy
hujjatlarga   xos:   ma’muriy   javobgarlik,   fuqarolik   holati,   fuqarolik   javobgarligi,
aybdor,   gumondor,   jabrlanuvchi,   sudlanuvchi,   guvoh,   jamoat   kafilligi,
surishtiruv,   jabrlanuvchi   bilan   yarashuv   va   boshqalar;   diplomatik
munosabatlarga xos:   ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi,
muxtor   vakil,   ishonchli   vakil,   nota,   ratifikatsiya,   shartnoma,   bayonot,   qo‘shma
bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh    kabilar.
Ilmiy   matn.   Ilmiy   asarlarning   yozilishi   o‘z   uslubiga   ega.   Til   birliklarining
fan sohasida,   ilmiy  bayon  jarayonida  ishlatilishi  mazkur  uslubning  shakllanishiga
asos bo‘ladi. Bunda faqatgina dalil va faktlarga tayaniladi. 
Xos xususiyatlar: aniqlik, ob’ektivlik, mantiqiy izchillik, qisqalik, 
Ommabop   uslub da   yozilgan   asarlar   mohiyatan   hozirjavob   va   ular   axborot
hamda   targ‘ibot-tashviqot   xarakterida   bo‘ladi.   YAngi   ijtimoiy-siyosiy
terminologiya tilimizga publitsistik matnlar orqali kirib keladi. 
Badiiy   uslub .     Til   materialini   qamrab   olish   imkoniyatining   kengligi,
umumxalq   tilida   mavjud   bo‘lgan   barcha   lingvistik   birliklarning,   shu   bilan   birga,
boshqa   vazifaviy   uslublarga   xos   bo‘lgan   elementlarning   ham   ishlatilaverishi   va
ularning   muhim   bir   vazifaga   –   badiiy-estetik   vazifani   bajarishga   xizmat   qilishi
badiiy   uslubning   asosiy   xususiyati   hisoblanadi.   Tabiiyki,   bunday   imkoniyatlar
boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.
Badiiy   uslub   leksikasi   ham   alohida   belgilarga   ega.   Abru,   armug‘on,
balqimoq, gulro‘, gulshan, debocha, durafshon, jahonbaxsh, lolagun, lo‘livash,
mardonavor,   mahvash,   mahpora,   moviy,   moh,   mujda     kabi     xoslangan   so‘zlar
lug‘atlarda poetizmlar nomi bilan yuritiladi.
Xulosa.  Nizomiddin Mahmudov : Go‘zal va nafis nutq sezgisi hamda unga
azaliy   ixlosu   ehtirom   an’anasi,   ayniqsa,   ko‘hna   SHarqda   juda   qadim   zamonlarga
borib   taqaladi.   SHu   donishmand   SHarq   bag‘rida   bundan   besh   ming   yillar   burun
dunyoga   kelgan   eng   «keksa»   muassasalardan   bo‘lmish   ilk   maktablarning   bosh
vazifalaridan biri ham bolani to‘g‘ri, aniq gapirish va yozishga o‘rgatishdan iborat bo‘lganligi,   ayni   vazifaning   bizning   kunlarimizga   qadar   ham   o‘sha   mavqeini
yo‘qotmay kelayotganligi  har  qanday jamiyatda   til  va nutq nufuzi ning nechog‘li
muhtasham o‘rin tutishining shahodatidir. 
Oldimizda   yangi   tafakkur   sohiblarini   tarbiyalash dek   mas’uliyat   li   vazifa
turibdi. Nutq madaniyatiga ega bo‘lish degan gap – yuksak milliy madaniyatga ega
bo‘lish   degan   gap.   Aslida   millatni,   elni,   xalqni   qadrlagan   kishigina   uning
madaniyatini qadrlaydi va o‘zi ham e’zoz topadi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.  Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ Reja: 1.Og‘zaki nutq. 2.Yozma nutq.

Nutq ikkiga – og‘zaki va yozma nutqlarga bo‘linadi. Og‘zaki nutq so‘zlash- eshitishga qaratilgan bo‘lsa, yozma nutq yozish-o‘qishga qaratilgan bo‘ladi. Nutqning yozma va og‘zaki shakllari muayyan ko‘rinishlarga ega . YOzma nutq ko‘rinishlari: 1) badiiy nutq, 2) ilmiy nutq, 3) publitsistik nutq, 4) rasmiy nutq, 5) neytral nutq. Og‘zaki nutqning esa turli ijtimoiy qatlamlar nutqlari dan, turli sheva nutqlaridan tashkil topadi. U quyidagi ko‘rinishlar da namoyon bo‘ladi: 1) betaraf (neytral), 2) tantanali 3) ishqiy, 4) yumoristik va satirik, 5) rasmiy. 1.Og‘zaki nutq. Og‘zaki nutq bir yoki bir necha kishining ovoz chiqarib so‘zlashi asosida yuzaga keladi: suhbat, ma’ruza va b. Og‘zaki nutq o‘z navbatida yana ikki turga bo‘linadi: dialogik va monologik. Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og‘zaki bayon qilinadi. Og‘zaki nutqning xususiyatlari quyidagilar: Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo‘lib o‘tadigan nutqiy muloqot. Suhbat oldiga qo‘yilgan talablar: 1. Mavzudan chetga chiqmaslik . 2. Savollarga aniq, qisqa, to‘la javob berish. 3. Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va misollarning ishonarli bo‘lishini ta’minlash. 4. Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini hisobga olish. 5. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish. 6. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, to‘g‘rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish. Muhokama – biror masala yuzasidan ko‘pchilik ning fikrini to‘plash, ma’lum to‘xtam larga kelishini anglatadi.

Muhokama nutqi oldiga qo‘yilgan talablar: 1. Muhokama mavzu s idan chetga chiqmaslik. 2. Fikrni ixcham, sodda, ta’sirli qilib ifodalash. 3. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik. 4. Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo‘nda qilib keltirish. 5. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik. 6. Fikrni ifodalash davomida o‘zgalar fikriga hurmat bilan qarash, o‘rinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish. 7. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik, o‘zini og‘ir tutish. Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada nutqqa qo‘yilgan talablar: 1. Mavzudan chetga chiqmaslik. 2. Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning etarli bo‘lishi. 3. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish. 4. Nutqning ifodali, tizimli, hayajonli bo‘lishi. 5. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo‘lishi. 6. Nutq egasining vazmin, og‘ir bo‘lishi. Suhbatdoshni hurmat qilish, uning shaxsiga tegadigan so‘z va gaplarning bo‘lmasligi. Og‘zaki nutqning yuzaga kelish shart-sharoitlari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar. So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. So‘zlashuv nutqi elliptik xarakterda bo‘ladi: qorami? ko‘kmi? Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi yoki ko‘k choy damlaymi? degan ma’noda tushunishimiz mumkin. Xuddi shu savolni do‘kon sotuvchisi tilidan

eshitsak, qora choy olasizmi yoki ko‘k choy sotib olmoqchimisiz? ma’nosida tushunishimiz ham mumkin. Ikkinchidan, ekspressivlik imkoniyatlarini keng: ulguramizmi? degan savolga yo‘q, ulgurmaymiz deyishdan ko‘ra vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bo‘pmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bo‘lib chiqadi. Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonatsiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang og‘zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal qiluvchi vosita bo‘lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so‘z va gap urg‘usi kabi ko‘rinishlari ma’noni farqlashda, ottenkalarni ajratib ko‘rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi. 2. Yozma nutq . Nutqning yozma turi orqali ma’lum fikr yozma ravishda bayon qilinadi. YOzma nutq suhbatdoshsiz nutqdir. U oddiy maktub, ariza va ma’lumotnomadan boshlanib, to qissa va romanga qadarbo‘lgan har xil yozma asarlarni o‘z ichiga oladi. YOzma nutq tildan tashqari vositalar (ohang, pauza, mimika va b.)ga ega bo‘lmydi. YOzma nutq og‘zaki nutqdan keyin shakllangan bo‘lib, asta-sekin murakkablashib boradi. Uning asosiy xususiyati ma’lum orfografik, punktuatsion va stilistik me’yorlarga amal qilinishidir. YOzma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir. Rasmiy, ilmiy, badiiy-publitsistik matnlar yozma nutq tarzida shakllanadi. Davlat ma’muriy-huquqiy muassasalari da, rasmiy diplomatik munosabatlari da rasmiy matn lardan foydalaniladi. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyish lar, buyruqlar, xullas barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda yoziladi. Bu uslubning og‘zaki ko‘rinishlari va o‘z me’yorlari mavjud.

Me’yorlari: aniqlik, qoliplilik, hujjatlarga xoslangan atamalar kabi. huquqiy hujjatlarga xos: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar; diplomatik munosabatlarga xos: ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh kabilar. Ilmiy matn. Ilmiy asarlarning yozilishi o‘z uslubiga ega. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Bunda faqatgina dalil va faktlarga tayaniladi. Xos xususiyatlar: aniqlik, ob’ektivlik, mantiqiy izchillik, qisqalik, Ommabop uslub da yozilgan asarlar mohiyatan hozirjavob va ular axborot hamda targ‘ibot-tashviqot xarakterida bo‘ladi. YAngi ijtimoiy-siyosiy terminologiya tilimizga publitsistik matnlar orqali kirib keladi. Badiiy uslub . Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan. Badiiy uslub leksikasi ham alohida belgilarga ega. Abru, armug‘on, balqimoq, gulro‘, gulshan, debocha, durafshon, jahonbaxsh, lolagun, lo‘livash, mardonavor, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda kabi xoslangan so‘zlar lug‘atlarda poetizmlar nomi bilan yuritiladi. Xulosa. Nizomiddin Mahmudov : Go‘zal va nafis nutq sezgisi hamda unga azaliy ixlosu ehtirom an’anasi, ayniqsa, ko‘hna SHarqda juda qadim zamonlarga borib taqaladi. SHu donishmand SHarq bag‘rida bundan besh ming yillar burun dunyoga kelgan eng «keksa» muassasalardan bo‘lmish ilk maktablarning bosh vazifalaridan biri ham bolani to‘g‘ri, aniq gapirish va yozishga o‘rgatishdan iborat