logo

Oilani mustahkamlashda ijtimoiy nazoratning o‘rni

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.08984375 KB
Oilani mustahkamlashda ijtimoiy nazoratning o‘rni
Reja
1.O‘zbekistonda   oilaga   nisbatan   yo‘naltirilgan   ijtimoiy   himoya   tizimini
shakllanishi.
2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar.
3.Oilani   mustahkamlashga   xizmat   qiladigan   sog‘lom   ijtimoiy   muhitning
nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.
                                                                Ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   munosabatlari   yo‘lini   tanlagan   O‘zbekistonda
ijtimoiy   himoya   masalasi,   jumladan   oila   institutini   himoya   qilish   va
mustahkamlash masalasi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kunning eng dolzarb
muammolardan   biri   sanaladi.   Ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   guruhdagi   ahaoliga,
jumladan,   bolalarga   majmuaviy   yordam   ko‘rsatib   ularni   jamiyatga
ijtimoiylashuvida   oila   institutini   muhim   rol   o‘ynaydi.   Buning   uchun   oila
institutining bugungi kundagi holati qanchalik   sog‘lom va mustahkam  ekanligini
ilmiy   jihatdan   tahlil   qilish   kerak   bo‘ladi.   Oila   muammosi   bugungi   kunda
insoniyatni   o‘ylantirib  kelayotgan   eng   dolzarb   va   eng  murakkab   global   muammo
hisoblanadi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   “2017-
2021yillarda  O‘zbekiston  Republikasini  rivojlantirishning  besh  ustuvor   yo‘nalishi
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi”da   oila   institutini   mustahkamlash   to‘g‘risida
gapirib,   oila   asoslarini   yanada   mustahkamlash,   oilani   yanada   sog‘lomlashtirish
borasida   kompleks   chora-tadbirlarni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirishni   ustuvor
vazifa sifatida belgilab bergan. 1
 Insoniyat jamiyati sivilizatsiyasining kelib chiqishi
oila   institutining   shakllanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   sababli   oila   institutining
barbod bo‘lishi insoniyat sivilizatsiyasining halokatini keltirib chiqarishi mumkin. 
Bugungi  kunda inson  zotini  keyingi  mavjud bulishini  gumon qilib qo‘ygan
muammolar   ichida   oilaning   global   inqirozi   ham     bor.   Oila   inqirozi   muammosi
xuddi   yadro   qirg‘in   quroli   taxdidi,   terrorizm   taxdidi   va   ekologik   taxdid   singari
insoniyani keyingi mavjud bo‘lishini gumon qilib qo‘ydi. Chunki oila ming yillar
davomida   hayot   mazmuni   bo‘lgan   xayotni   davomiyligini   ta’minlab   keldi.   Lekin
bugungi kunga kelib oilaning o‘z funksiyasini bajarishi muammo bo‘lib qolmoqda.
Oila   funksiyasini   bajarilmasligi   insoniyatni   yo‘q   bulib   ketishi   darajasidagi
depopulyatsiya   jarayonini   keltirib   chiqarishi   mumkin.     Oila   muammosi   bugungi
kunda   insoniyatni   o‘ylantirib   kelayotgan   eng   dolzarb   va   eng   murakkab   muammo
deb   aytishimiz   mumkin.   Ushbu   muammo   nafaqat   jamiyatshunos   olimlarni,   balki
barchani,   hatto   oddiy   odamlarni   xam   o‘ylantirmokda.   Shuning   uchun   biz   quyida
oila   muammosi   masalasini   tarixiy,   sotsiologik   tahlil   qilishga   harakat   qilib   ushbu
1
 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент. 2017 йил. 4-бет muammoni keltirib chiqargan sabablarni topish va ularni bartaraf  qilish yo‘llarini
topishga harakat qilamiz.
Oila muammosi to‘g‘risida gapirishdan oldin oila o‘zi nima ekanligini ya’ni
uni aniq bir ilmiy  ta’rifini berishimiz kerak. Jamiyatshunos olimlar oilaga shunday
ta’rif   berishadi:   Oila   nikoh   asosida   shakllangan,     er-xotinlik,   ota-onalik   va
qarindoshchilik   rishtalari   bilan   bog‘langan     odamlar   guruhi   bo‘lib   u   bolani
dunyoga   keltirish,   boqish   va   hayotga   tayyorlash     funksiyalarini   bajaradi.   Demak
oila   to‘laqonli   oila   bo‘lishi   uchun   u   uch   elementni   yaxlitligidan   va   uchta   asosiy
funksiyani bajarishi lozim ekan. Agar oilaning bu uch elementlaridan biri bo‘lmasa
va   uchta   asosiy   funksiyalardan   birini   bajarmasa   bu   oilaning   inkirozini   alomati
bo‘lib hisoblanadi.  
Xo‘sh   oila   inqirozining   qanday   alomatlari   namoyon   bo‘lmokda?   Bugungi
kunda   nikohsiz   oilalar   ko‘payib   bormoqda,   vaholanki,   oila   nikoh   asosida
shakllanishi   lozim.   Shuning   uchun   nikohsiz   oilalarni   paydo   bo‘lishi   oila
inqirozining   bir   ko‘rinishi   deb   aytishimiz   mumkin.   Oiladagi   ajralishlar   ko‘payib
bormoqda, bir bolali yoki bolasiz oilalar paydo bo‘lmoqda hatto bir jinsli nikohlar
geylar va lesbiyankalar paydo bo‘lmoqda.  Bularning barchasi bugungi kunda oila
o‘z   boshidan   inqirozni   kechirayotganligini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   To‘g‘ri
oilaning   global   inkirozi   G‘arb   mamlakatlarida   kuchliroq   namoyon   bo‘lmoqda,
bizlarda   esa   endigina   kirib   kelmoqda.   Lekin   biz   oila   inqirozi   bizlardan   ancha
uzoqlarda ro‘y berayapdi deb xotirjam bo‘lishimiz kerak emas, chunki globallashib
borayotgan   dunyoda   oilaning   inkirozi   barcha   mamlakatlarda   osonlik   bilan   kirib
kelmoqda.   Shuning   uchun   dunyoning   barcha   malakatlari   o‘z   xududlarida   oila
inqiroziga   qarshi   kurash   olib   borishlari   lozim.   Buning   uchun   eng   avvalo   oila
inqirozi sabablarini topishga harakat qilish kerak.
Oila   inqirozining   sababi   oilaning   muqaddasligini   unutib   quyishda   va
odamlardagi   egoizmning   kuchayib   borishida   deb   aytish   mumkin.     Buning   sababi
esa   global   miqyosda   ma’naviyatning   qashshoqlashuvi   bilan   bog‘liqdir.   Umuman
bugungi   kunda   mavjud   bo‘lgan   barcha   muammolar   oxir   oqibatda   ma’naviyatga bog‘lik. Chunki inson oila oldida mas’uliyatni his qilishi uchun va oila to‘g‘risida
qayg‘urishi   uchun   u   o‘zini   oila   oldida   tiyib   tura   olishi   kerak.   Boshqacha   qilib
aytganda   inson   oila   manfaati   oldida   o‘z   manfaatini   tiya   olishi   kerak,   oila
manfaatini   o‘z   shaxsiy   manfaatidan   ustun   qo‘ya   olishi   kerak.   Buning   uchun   esa
inson o‘z ustidan hokimiyatga ega bo‘lishi kerak va bunday hokimiyat ma’naviyat
orqali   ta’minlanadi,   chunki   ma’naviyat   odamga   oila   oldida   o‘zini   tiyish
imkoniyatini beradi.
2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar.
Oilani   inqirozdan   olib   chiqish   va   uni   mustahkamlash   uchun   inson   oilaning
muqaddasligini   anglab   olishi   kerak.   Oila   nima   uchun   muqaddas   deyiladi?   Oila
shuning   uchun   muqaddas   deyiladiki,   chunki   oila   hayot   mazmunini   ifodalaydi.
Hayotning   mazmuni   inson   hayotining   davomiyligini   ta’minlashdan   iborat   va   uni
ta’minlash   oila   orqali   amalga   oshiriladi.   Inson   zoti   abadiy   mavjudot   emas   u
qachonlardir paydo bo‘lgan va demak qachonlardir uni yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli
bor va uni keyingi mavjud bo‘lishi oilaga bog‘lik bo‘lib kelgan. Oila insoniyatning
shunday noyob evolyusion kashfiyotiki u ming yillar davomida insoniyatni keyingi
mavjud   bo‘lishini   ta’minlab   keldi,   lekin   bugungi   kunga   kelib   oila   o‘z
funksiyalarini   bajarib   insoniyatni   ertaga   mavjud   bo‘lishini   ta’minlashi   gumon
bo‘lib qolmoqda.
  Oilani   mustahkamlashda   asosiy   e’tibor   nikohga   jiddiy   munosabat
o‘rnatilishi   bilan   bog‘liq,   chunki   nikoh   odamda   oila   oldida   mas’uliyatni
shakllantiradi.   Nikoh   ham   zamon   qonunlari   va   ham   shariat   qonunlari   asosida
amalga   oshirilishi   muhim   ahamiyatga   ega.   Zamon   qonunlari   asosida   davlat
ruyxatidan   o‘tish   odamda           davlat   oldida   mas’uliyatni   shakllantirsa,   shariat
konunlari   asosida   nikohdan   o‘tish   esa   Xudo   oldida   mas’uliyatni   shakllantiradi.
Odamzot   shunday   mavjudotki   u   to‘g‘ri   yo‘ldan   yurishi   va     oila   manfaati   oldida
o‘zini   tiyib   turishi   uchun   u   nimadandir   qo‘rqib   turishi   lozim.   Odam   zamon
qonunlarini   buzmasligi   uchun davlatdan  qo‘rqib  turishi  kerak,  shariat  qonunlarini
buzmasligi   uchun   esa   oxirat   azobidan   qo‘rqishi   kerak.   Oila   shunday   noyob evolyusion kashfiyotki uni avaylab asrash uchun zamon qonunlaridan xam, shariat
qonunlaridan ham foydalanish mumkin.
Oilani   mustahkamlashda   oilaning   asosi   bo‘lgan   eru-xotinlik   mustahkam
bo‘lishi   muhim   ahamiyatga,   chunki   eru-xotinlik   oilaning   yadrosini   tashkil   qiladi.
Yadro qanchalik mustahkam  bo‘lsa  oila shunchalik kuchli  bo‘ladi. Buning uchun
ya’ni   oilaning   asosi   bo‘lgan   yadro   kuchli   bo‘lishi   eru-xotin   bir   birini     tushunishi
lozim.   Ular   nimani   tushunishi   kerak   deganda   ularning   birini   baxtli   bo‘lishi
ikkinchisining   baxtli   bo‘lishi   bilan   bog‘liqligini   tushunishi   kerak.   Buni   anglagan
eru-xotin   hayotda   uchraydigan   har   qanday   qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishga   qodir
bo‘ladi.   Va   aksincha   buni   tushunmagan   eru-xotin   arzimagan   bir   muammoni
bartaraf   qila   olmay   oiladek   bir   muqaddas   institutni   barbod   qilishi   mumkin.
Shuning   uchun   oilani   mustahkamlashda   eru-xotinni   oila   oldidagi   mas’uliyatini
oshirishga va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Oila oldida mas’uliyat kuchli bo‘lishi uchun inson bir oddiy haqiqatni bilishi
kerak   ya’ni   nikoh   tuzilishi   bilan   odam   faqat   o‘zini   o‘ylash   huquqidan   mahrum
bo‘lishini,   endi   ular   bir   birini   o‘ylashi   kerak   bo‘ladi.     Oilada   bolaning   tug‘ilishi
bilan   esa   eru-xotin   endi   o‘zlarini   o‘ylash   huquqidan   mahrum   bo‘lishini   anglab
olish kerak, chunki endi ular bolani manfaati oldida o‘zlarini tiyib turishlari kerak
bo‘ladi.   Chunki   farzand   ularning   naslini   davomchisi   ya’ni   ularning   hayotini
mazmuni   bo‘lib   hisoblanadi.   Ota-ona   bolaga   g‘amxo‘rlik   qilib   uni   parvarishlab
hayotga   tayyorlash   barobarida     o‘ziga   keksalikka   sharoit   yaratgan   bo‘lishini
unutmasligi kerak. Buning uchun inson yana bir oddiy haqiqatni bilishi kerak ya’ni
odamning baxtli  bo‘lishi  eng avvalo oilaga bog‘liqligini  va inson zoti  bor  ekan u
tug‘ilib   to   dunyoni   tark   etgungacha   oila   doirasida     himoyalangan   bo‘lishi   kerak.
Faqat oila inson zotiga beminnat xizmat qilishi va uni baxtli bulishini ta’minalshi
mumkin. 
Oilaning   inqirozining   sabablaridan   yana   biri   bu   oiladagi   ayol   mehnatini
qadrsizlanishi bilan bog‘lik. Uzoq tarixiy jarayonda asta sekinlik bilan ayol oiladan
tashqariga   ijtimoiy   faoliyatga   jalb   qilina   boshlandi   va   ayni   paytda   ayolning oiladagi   roli   uni   yelkasida   saqlanib   qolaverdi.   Natijada   ayol   ham   oilada,   ham
ijtimoiy hayotda mehnat qila boshlaydi va bu jarayonda ayolning oiladagi mehnati
e’tibordan   chetda   qolib   qadrlanmay   qoladi.   Buning   natijasida   ayolning   oila
oldidagi mas’uliyati pasaya boshlaydi va oilaning mustahkamligiga salbiy ta’sir eta
boshlaydi. Vaholanki oilani ayolsiz va uning mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi,
chunki tabiat oilani shunday yaratganki  unda asosiy rolni  ayol  o‘ynaydi. Shuning
uchun bugungi kunda oilani inqirozdan olib chiqish va uni mustahkamlash   uchun
ayolning   oiladagi   rolini   va   mavqeini   yanada   musahkamlash   lozim.     Boshqacha
qilib aytganda ayolning oiladagi uy bekaligini ishsiz, bekorchi deb emas balki eng
kerakli va eng sharafli kasb deb qabul qilish lozim. 
Muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   xalq   manfaatini
ifoda   qilinishi   mamlakatimizda   ijtimoiy   himoya   muammolari   davlat   ijtimoiy
siyosatining   ustuvor   vazifalaridan   ekanligini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   Mustaqillik
davrida   yillarga   nom   berish   an’anasi   shakllangan   bo‘lib   bunda   asosiy   e’tibor   u
yoki   bu   ijtimoiy   himoya   muammosiga   qaratilmoqda.   Bunday   jarayon   1997   yilda
“Inson manfaatlari yili”dan boshlanib keyingi yillar bilan mantiqan bog‘liq bo‘lib
tizimli xarakterga ega bo‘ldi. Masalan, 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” bo‘lsa
2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”, 2017 yilga “Xalq bilan muloqot va
inson   manfaatlari   yili”   va   2019   yilga   “Faol   investitsiyalar   va   ijtimoiy   rivojlanish
yili”   deb   e’lon   qilinishida   ham   mantiqiy   bog‘liqlikni   ko‘rish   mumkin.   Chunki,
keksalarni   e’zozlash   ularni   hayotini   mazmunli   qilish   sog‘lom   bolani   tarbiyalash
bilan bog‘liq. Inson bolalik paytida qanchalik sog‘lom bo‘lsa uning keksalik davri
ham o‘shanga munosib tarzda sog‘lom bo‘ladi. Umuman inson bolalik va keksalik
paytida   ko‘ngilchang   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi   va   bu   ularni   ijtimoiy   himoya
qilishni umumiy jihatlarini belgilab beradi.
3.Oilani mustahkamlashga xizmat qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitning
nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.
Sog‘lom   bolani   tarbiyalash   sog‘lom   jamiyatga   yoki   ijtimoiy   sog‘lom
muhitga   bog‘liq   ekan   asosiy   e’tiborni   aynan   ana   shu   sog‘lom   ijtimoiy   muhitni shakllantirish   masalalariga   qaratish   lozim.   Buning   uchun   eng   avvalo   ijtimoiy
sog‘lom   muhit   nima   ekanligini   aniqlab   olishimiz   lozim.   Ijtimoiy   sog‘lom   muhit
deganda   adolat   bilan   razolat   o‘rtasidagi   kurashda   adolat   ustunlik   qiladigan   muhit
tushuniladi,   va   aksincha   razolat   g‘alaba   qiladigan   muhit   nosog‘lom   muhit   deb
aytiladi. Ijtimoiy sog‘lom muhit  inson baxtliligi  uchun ham, oila mustahkamliligi
uchun   ham   va   umuman   jamiyat   farovonligi   uchun     ham   eng   muhim   omil   bo‘lib
hisoblanadi. Chunki insonning baxtliligini muhim sharti bu nafaqat uning moddiy
va   ma’naviy   ehtiyojlarining   to‘liq   qondirilganlik   holati   balkim   undagi   qo‘rquvsiz
erkin   yashash   xissining   mavjudligidir.   Va   bu   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissining
mavjudligi   eng   avvalo   ijtimoiy   sog‘lom   muhit   o‘rnatilganligiga   bog‘lik.   Ijtimoiy
sog‘lom   muhit   deganda   insonning   baxtliligini   muhim   sharti   bo‘lgan   adolat   qaror
topgan muhit tushuniladi. Adolat tamoyili buzilgan joyda hech kim va hech qachon
erkin va demak baxtli bo‘la olmaydi. Nosog‘lom muhitda ya’ni razolat hukmronlik
qilgan muhitda bolani ham, onani ham, oilani ham va jamiyatning ham huquqlari
paymol qilinishi mumkin. Bunday muhitda sog‘lom bolani tarbiyalashga qaratilgan
chora   tadbirlar   ham     to‘liq   amalga   oshirilmay   qog‘ozda   qolib   ketadi.   Xuddi
shunday   sog‘lom   bolani   tarbiyalashda   muhim   rol   o‘ynaydigan   sog‘lom   ona   va
sog‘lom oilani shakllantirishga qaratilgan tadbirlar ham yarim yo‘lda qolib ketadi.
Sog‘lom   bolani   tarbiyalashning   muhim   sharti   bo‘lgan   sog‘lom   jamiyatni
shakllantirish   nimaga   bog‘liq?   Sog‘lom   jamiyat   adolat   qaror   topgan   muhit   ekan,
biz   eng   avvalo   adolat   qaror   topishi   nimaga   bog‘liqligini   aniqlab   olishimiz   kerak.
Adolat   qaror   topishi   qonun   ustuvorligi   va   jazoning   muqarrarligi   amalda
ta’minlangan bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda adolatli ijtimoiy tartibning
barqarorligi   ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Buning   uchun   esa   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   huquq   va   axloq   normalariga   rioya     qilinishini
ta’minlashga qodir bo‘lgan nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi lozim.   Bunday
nazorat   tizimi   davlat   va   jamiyatning   nazorat   borasidagi   ijtimoiy   sherikligi
orqaligina ta’minlanishi mumkin.  Mamlakatimizni  modernizatsiyalash  konsepsiyasi  va Harakatlar strategiyasi
talablaridan   kelib   chiqib   qabul   qilingan   va   2015   yil   1   yanvardan   kuchga   kirgan
“Ijtimoiy   sheriklik”   to‘g‘risidagi   qonun,   2017   yil   3   yanvarda   qabul   qilingan
“Korrupsiyaga   qarshi   kurash   to‘g‘risida”gi   qonun     va   2018   yil   12   aprelda   qabul
qilingan   “Jamoatchtlik nazoarti to‘g‘risida”gi qonun sog‘lom bolani tarbiyalashni
muhim sharti  bo‘lgan   adolatli  ijtimoiy tartibni  barqarorligini  ta’minlash  borasida
davlat   va   jamiyatning   ijtimoiy   sherikligini   huquqiy   asosi   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Bundan tashqari adolatni qaror topishida odamlardagi befarqlik kayfiyati jilovlanib
daxldorlik xissi shakllangan bo‘lishi lozim. Inson nimaga befarq bo‘lsa o‘shandan
mahrum bo‘ladi, ya’ni adolat tamoyiliga befarqlik adolatsizlikni keltirib chiqaradi.
Befarqlikni   sababi   ma’naviy   qashshoqlik   bilan   bog‘liq,   shuning   uchun   axloqiy
tarbiya   negizida   ma’naviyatni   yuksaltirish   borasida   ham   ijtimoiy   sheriklik
kuchayib   borishi   maqsadga   muvofiqdir.   Ijtimoiy   sheriklik   o‘rnatilishi   uchun
tomonlarning   umumiy   maqsadi   bo‘lishi   lozim.   Sog‘lom   bola   va   adolat   tamoyili
davlat   uchun   ham,   jamiyat   uchun   ham   bir   xil   kerak   bo‘lganligi   uchun   umumiy
maqsad bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Xulosa   kilib   aytganda   oilaning   bugungi   kundagi   inqirozli   holatidan   olib
chiqib uni yanada mustahkamlash uchun eng avvalo oila institutini muqaddasligini
angalab   olish,   oiladagi   ayolning   rolini   yanada   oshirish   va   qadrlash,   ota-onaning
bola tarbiyasi oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish hamda oila o‘z funksiyalarini
bajarishi   uchun   zarur   bo‘lgan   barcha   sharoitlarni   yaratish   kerak.   Bunda   kadrlarni
tanlash   va   rag‘batlantirish   tizimida   oiladagi   muhitning   sog‘lomlik   darajasi   asosiy
mezon sifatida beligilab qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega. Oilani mustahkamlash
davlat va jamiyatning hamkorlik va sheriklikda amalga oshiradigan eng muhim va
dolzarb   vazifa   sifatida   qabul   qilinishi   lozim.   Mamlakatimizda   amalga
oshirilayotgan   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   munosabatlari   yo‘lini   oilaga   nisbatan
ijtimoiy yo‘naltirilagn   bozor  munosabatlari  yo‘li  deb takomillashtirish maqsadga
muvofiq   bo‘lar   edi.   Ushbu   takliflarni   amalga   oshirilishi   oila   institutini   inqirozli
holatdan   olib   chiqib   va   uni   mustahkamlab   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan
bolalarni ijtimoiylashuvini samarali qilishga xizmat qiladi.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Oilani mustahkamlashda ijtimoiy nazoratning o‘rni Reja 1.O‘zbekistonda oilaga nisbatan yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya tizimini shakllanishi. 2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar. 3.Oilani mustahkamlashga xizmat qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitning nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya masalasi, jumladan oila institutini himoya qilish va mustahkamlash masalasi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhdagi ahaoliga, jumladan, bolalarga majmuaviy yordam ko‘rsatib ularni jamiyatga ijtimoiylashuvida oila institutini muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun oila institutining bugungi kundagi holati qanchalik sog‘lom va mustahkam ekanligini ilmiy jihatdan tahlil qilish kerak bo‘ladi. Oila muammosi bugungi kunda insoniyatni o‘ylantirib kelayotgan eng dolzarb va eng murakkab global muammo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “2017- 2021yillarda O‘zbekiston Republikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da oila institutini mustahkamlash to‘g‘risida gapirib, oila asoslarini yanada mustahkamlash, oilani yanada sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab bergan. 1 Insoniyat jamiyati sivilizatsiyasining kelib chiqishi oila institutining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli oila institutining barbod bo‘lishi insoniyat sivilizatsiyasining halokatini keltirib chiqarishi mumkin. Bugungi kunda inson zotini keyingi mavjud bulishini gumon qilib qo‘ygan muammolar ichida oilaning global inqirozi ham bor. Oila inqirozi muammosi xuddi yadro qirg‘in quroli taxdidi, terrorizm taxdidi va ekologik taxdid singari insoniyani keyingi mavjud bo‘lishini gumon qilib qo‘ydi. Chunki oila ming yillar davomida hayot mazmuni bo‘lgan xayotni davomiyligini ta’minlab keldi. Lekin bugungi kunga kelib oilaning o‘z funksiyasini bajarishi muammo bo‘lib qolmoqda. Oila funksiyasini bajarilmasligi insoniyatni yo‘q bulib ketishi darajasidagi depopulyatsiya jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Oila muammosi bugungi kunda insoniyatni o‘ylantirib kelayotgan eng dolzarb va eng murakkab muammo deb aytishimiz mumkin. Ushbu muammo nafaqat jamiyatshunos olimlarni, balki barchani, hatto oddiy odamlarni xam o‘ylantirmokda. Shuning uchun biz quyida oila muammosi masalasini tarixiy, sotsiologik tahlil qilishga harakat qilib ushbu 1 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент. 2017 йил. 4-бет

muammoni keltirib chiqargan sabablarni topish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini topishga harakat qilamiz. Oila muammosi to‘g‘risida gapirishdan oldin oila o‘zi nima ekanligini ya’ni uni aniq bir ilmiy ta’rifini berishimiz kerak. Jamiyatshunos olimlar oilaga shunday ta’rif berishadi: Oila nikoh asosida shakllangan, er-xotinlik, ota-onalik va qarindoshchilik rishtalari bilan bog‘langan odamlar guruhi bo‘lib u bolani dunyoga keltirish, boqish va hayotga tayyorlash funksiyalarini bajaradi. Demak oila to‘laqonli oila bo‘lishi uchun u uch elementni yaxlitligidan va uchta asosiy funksiyani bajarishi lozim ekan. Agar oilaning bu uch elementlaridan biri bo‘lmasa va uchta asosiy funksiyalardan birini bajarmasa bu oilaning inkirozini alomati bo‘lib hisoblanadi. Xo‘sh oila inqirozining qanday alomatlari namoyon bo‘lmokda? Bugungi kunda nikohsiz oilalar ko‘payib bormoqda, vaholanki, oila nikoh asosida shakllanishi lozim. Shuning uchun nikohsiz oilalarni paydo bo‘lishi oila inqirozining bir ko‘rinishi deb aytishimiz mumkin. Oiladagi ajralishlar ko‘payib bormoqda, bir bolali yoki bolasiz oilalar paydo bo‘lmoqda hatto bir jinsli nikohlar geylar va lesbiyankalar paydo bo‘lmoqda. Bularning barchasi bugungi kunda oila o‘z boshidan inqirozni kechirayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. To‘g‘ri oilaning global inkirozi G‘arb mamlakatlarida kuchliroq namoyon bo‘lmoqda, bizlarda esa endigina kirib kelmoqda. Lekin biz oila inqirozi bizlardan ancha uzoqlarda ro‘y berayapdi deb xotirjam bo‘lishimiz kerak emas, chunki globallashib borayotgan dunyoda oilaning inkirozi barcha mamlakatlarda osonlik bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun dunyoning barcha malakatlari o‘z xududlarida oila inqiroziga qarshi kurash olib borishlari lozim. Buning uchun eng avvalo oila inqirozi sabablarini topishga harakat qilish kerak. Oila inqirozining sababi oilaning muqaddasligini unutib quyishda va odamlardagi egoizmning kuchayib borishida deb aytish mumkin. Buning sababi esa global miqyosda ma’naviyatning qashshoqlashuvi bilan bog‘liqdir. Umuman bugungi kunda mavjud bo‘lgan barcha muammolar oxir oqibatda ma’naviyatga

bog‘lik. Chunki inson oila oldida mas’uliyatni his qilishi uchun va oila to‘g‘risida qayg‘urishi uchun u o‘zini oila oldida tiyib tura olishi kerak. Boshqacha qilib aytganda inson oila manfaati oldida o‘z manfaatini tiya olishi kerak, oila manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘ya olishi kerak. Buning uchun esa inson o‘z ustidan hokimiyatga ega bo‘lishi kerak va bunday hokimiyat ma’naviyat orqali ta’minlanadi, chunki ma’naviyat odamga oila oldida o‘zini tiyish imkoniyatini beradi. 2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar. Oilani inqirozdan olib chiqish va uni mustahkamlash uchun inson oilaning muqaddasligini anglab olishi kerak. Oila nima uchun muqaddas deyiladi? Oila shuning uchun muqaddas deyiladiki, chunki oila hayot mazmunini ifodalaydi. Hayotning mazmuni inson hayotining davomiyligini ta’minlashdan iborat va uni ta’minlash oila orqali amalga oshiriladi. Inson zoti abadiy mavjudot emas u qachonlardir paydo bo‘lgan va demak qachonlardir uni yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli bor va uni keyingi mavjud bo‘lishi oilaga bog‘lik bo‘lib kelgan. Oila insoniyatning shunday noyob evolyusion kashfiyotiki u ming yillar davomida insoniyatni keyingi mavjud bo‘lishini ta’minlab keldi, lekin bugungi kunga kelib oila o‘z funksiyalarini bajarib insoniyatni ertaga mavjud bo‘lishini ta’minlashi gumon bo‘lib qolmoqda. Oilani mustahkamlashda asosiy e’tibor nikohga jiddiy munosabat o‘rnatilishi bilan bog‘liq, chunki nikoh odamda oila oldida mas’uliyatni shakllantiradi. Nikoh ham zamon qonunlari va ham shariat qonunlari asosida amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Zamon qonunlari asosida davlat ruyxatidan o‘tish odamda davlat oldida mas’uliyatni shakllantirsa, shariat konunlari asosida nikohdan o‘tish esa Xudo oldida mas’uliyatni shakllantiradi. Odamzot shunday mavjudotki u to‘g‘ri yo‘ldan yurishi va oila manfaati oldida o‘zini tiyib turishi uchun u nimadandir qo‘rqib turishi lozim. Odam zamon qonunlarini buzmasligi uchun davlatdan qo‘rqib turishi kerak, shariat qonunlarini buzmasligi uchun esa oxirat azobidan qo‘rqishi kerak. Oila shunday noyob

evolyusion kashfiyotki uni avaylab asrash uchun zamon qonunlaridan xam, shariat qonunlaridan ham foydalanish mumkin. Oilani mustahkamlashda oilaning asosi bo‘lgan eru-xotinlik mustahkam bo‘lishi muhim ahamiyatga, chunki eru-xotinlik oilaning yadrosini tashkil qiladi. Yadro qanchalik mustahkam bo‘lsa oila shunchalik kuchli bo‘ladi. Buning uchun ya’ni oilaning asosi bo‘lgan yadro kuchli bo‘lishi eru-xotin bir birini tushunishi lozim. Ular nimani tushunishi kerak deganda ularning birini baxtli bo‘lishi ikkinchisining baxtli bo‘lishi bilan bog‘liqligini tushunishi kerak. Buni anglagan eru-xotin hayotda uchraydigan har qanday qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qodir bo‘ladi. Va aksincha buni tushunmagan eru-xotin arzimagan bir muammoni bartaraf qila olmay oiladek bir muqaddas institutni barbod qilishi mumkin. Shuning uchun oilani mustahkamlashda eru-xotinni oila oldidagi mas’uliyatini oshirishga va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Oila oldida mas’uliyat kuchli bo‘lishi uchun inson bir oddiy haqiqatni bilishi kerak ya’ni nikoh tuzilishi bilan odam faqat o‘zini o‘ylash huquqidan mahrum bo‘lishini, endi ular bir birini o‘ylashi kerak bo‘ladi. Oilada bolaning tug‘ilishi bilan esa eru-xotin endi o‘zlarini o‘ylash huquqidan mahrum bo‘lishini anglab olish kerak, chunki endi ular bolani manfaati oldida o‘zlarini tiyib turishlari kerak bo‘ladi. Chunki farzand ularning naslini davomchisi ya’ni ularning hayotini mazmuni bo‘lib hisoblanadi. Ota-ona bolaga g‘amxo‘rlik qilib uni parvarishlab hayotga tayyorlash barobarida o‘ziga keksalikka sharoit yaratgan bo‘lishini unutmasligi kerak. Buning uchun inson yana bir oddiy haqiqatni bilishi kerak ya’ni odamning baxtli bo‘lishi eng avvalo oilaga bog‘liqligini va inson zoti bor ekan u tug‘ilib to dunyoni tark etgungacha oila doirasida himoyalangan bo‘lishi kerak. Faqat oila inson zotiga beminnat xizmat qilishi va uni baxtli bulishini ta’minalshi mumkin. Oilaning inqirozining sabablaridan yana biri bu oiladagi ayol mehnatini qadrsizlanishi bilan bog‘lik. Uzoq tarixiy jarayonda asta sekinlik bilan ayol oiladan tashqariga ijtimoiy faoliyatga jalb qilina boshlandi va ayni paytda ayolning