G‘arb va Sharqda ijtimoiy nazoratning o‘ziga xosligi
G‘arb va Sharqda ijtimoiy nazoratning o‘ziga xosligi Reja 1.G‘arb va Sharqda ijtimoiy nazoratning o‘ziga xosligi. 2.G‘arb va Sharqning o‘ziga xosligi sabablari 3.Sharqda ijtmioiy nazoratning zaifligi sug‘orma dehqonchilik va davlatning suv taqsimotiga bog‘liqligi.
1.G‘arb va Sharqda ijtimoiy nazoratning o‘ziga xosligi. Davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan ijtimoiy nazoratning kuchliligi jamiyatning kuchliligi bilan belgilanadi. Tarix taqozosi bilan bilan G‘arbda kuchli jamiyat va Sharqda esa kuchsiz jamiyat shakllangan. Bugungi kunda Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy nazoratning kuchsizligi aynan ana shu jamiyatning kuchsizligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy nazoratning kuchliligi jamiyatning kuchliligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tib borilmoqda. Jamiyatni kuchli qilish esa demokratlashtirish jaryonini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq. Bu jarayonda bizlar G‘arb mamlakatlarini tarixiy tajribasini o‘rganib o‘zimizda ijodiy qo‘llashimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun eng avvalo G‘arb va Sharqda demokratlashtirish jarayonini o‘ziga xosliklarini keltirib chiqargan sabablarni aniqlash kerak bo‘ladi. O‘zbekiston umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarni tan olgan holda dunyoning rivojlangan davlatlarining demokratik taraqqiyoti tarixiy tajribasini mamlakatimizda ijodiy qo‘llab kelmoqda. Ijtimoiy nazoratning ob’ekti bo‘lgan qonunniylik tamoyilini, huquq va axloqqa rioya qilishning xalqaro tarixiy tajribasini o‘rganish va ijodiy qo‘llash Sharq va G‘arb taraqqiyotining o‘ziga xosligini tahlil qilishni talab etadi. Barcha vaqtlarda eng murakkab va eng dolzarb muammo bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish va barqarorligini ta’minlash bugungi kunda o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Insoniyat jamiyatida ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun ikkita ijtimoiy regulyator, ya’ni huquq va axloqqa tayanib kelingan. Bugungi kunda ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik siyosiy tartibot tan olingan. Huquq va axloqqa rioya qilishni ta’minlashda eng maqbul yo‘l deb tan olingan demokratik tartibot milliy mentalitetni hisobga olgan holda joriy qilinmoqda. G‘arbda ijtimoiy tartibni o‘rnatishda huquq ustuvorlik qilgan bo‘lsa, Sharqda esa axloq muhim rol o‘ynagan. Sharq taraqqiyot y o‘ lining har bir hususiyati , jumladan huquq va axloqqa rioya qilish borasidagi o‘ziga xosligi ishlab chiqarish usulining, aniqroq
aytganda s u g‘orma deh q onchilikning biror bir xususiyati talabidan kelib chi qadi . Masalan, Sharqda davlatlarning bir daryo havzasidan kam bo‘lmagan hududda markazlashganligini olaylik. Bir daryo suviga ikki davlat egalik qilishi suvdan foydalanishni murakkablashtirib yuborib, o‘rtada ixtilof paydo bo‘lishiga olib keladi. Ixtilof natijasida esa, oxir oqibatda ertami-kechmi ikki davlat o‘rniga bitta davlat paydo bo‘ladi. Bu davlat o‘zini hukmronligini saqlab qolishi uchun huquqni o‘ziga bo‘ysundiradigan despotik xarakterda bo‘lishi zarur bo‘ladi. G‘arbda yer egaligining asosiy shakli xususiy mulkchilik bo‘lgani holda, Sharqda yer asosan davlat mulki hisoblangan. Ma’lumki, Sharqda, ayniqsa, sug‘orma dehqonchilik iqtisodda muhim o‘rin tutgan mamlakatlarda ye r suv bilangina haqiqiy qiymatga egadir, ya’ni yer suv bilan ajralmasdir. Suv xo‘jaligi esa o‘z-o‘zidan ma’lumki, davlat qo‘lidadir. Boshqacha qilib aytganda, sug‘orma dehqochilik bir daryodan sug‘oriladigan yerlarni yaxlit xo‘jalikka aylantiradi va o‘z-o‘zidan tushunarliki bu xo‘jalikning egasi davlatdir. Xuddi shuningdek, Sharqda huquqdan ko‘ra urf-odat, an’analar axloqning kengroq va muhimrorq o‘rin egallashi ham sug‘orma dehkonchilikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Qiyosiy huquqshunoslik fani namoyandalari Sh arq mamlakatlaridan ko‘pchiligida huquqqa munosabat o‘xshash ekanligini tan olsalar- da, butu n Sh arq mamlakatlari haqida yaxlit fikr yuritmaydilar, balki huquqqa munosabat masalasida Sharq mamlakatlarini bir necha guruhga bo‘ladi lar : Musulmon huquqi, Xinduizm huquqi va Uzoq Sharq huquqi. Mualliflarning fikricha musulmon huquqi to‘rt manbaga suyanadi: Qur’on, Sunnat, I j mo va Qiyos. Hinduizm huquqining asosi esa hinduizm dinidir. Uzoq Sharq huquqi esa asosan konfutsiychilikka asoslanadi. Ko‘rinib turibdiki, b u uch mintaqada huquqning asoslari har xil, ammo natija deyarli bir xil, ya’ni bu mamlakatlarning har birida huquq asosiy rol o‘ynamaydi. M o domiki, butun Sh arq mamlakatlarida huquqqa bo‘lgan munosabat mohiyatan olganda, umuman, deyarli bir xil ekan. Buni qanday izohlash mumk i n? Sharqshunos olim larning fikricha , butun Sharq mamlakatlarida hu q uqqa b o‘ lgan munosaba t mo h iyatan olganda o‘ xshash, ma’lum tafovutlar esa asosan diniy,
mafkuraviy, madaniy, axloqiy qadriyatlar o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, G‘arb mamlakatlaridagi huquqqa bo‘lgan munosabat umumiyligini ham falsafiy, axloqiy, madaniy tamoyillarning umumiyligiga asoslanadi, deb tushuntiradilar. Bu fikrni ma’lum darajadagina to‘g‘ri deyish mumkin, chunki chuqurroq fikr yuritilsa, bu fikr tanqidga bardosh bera olmaydi. G‘arb davlatlari ana shu falsafiy, axloqiy, madaniy qadriyatlarning umumiyligini qaerdan olishgan? 2.G‘arb va Sharqning o‘ziga xosligi sabablari Bizning fikrimizcha, G‘arb mamlakatlaridagi huquqqa bo‘lgan munosabat ana shu mamlakatlarga xos bo‘lgan ishlab chikarish usulidan, ya’ni lalmikor dehqonchilikdan kelib chiqadi. Lalmikor dehkonchilik har bir xo‘jalik sub’ektining mustaqilligini ta’minlovchi omildir. Har bir xo‘jalik sub’ektining iqtisodiy erkinligi G‘arb xalqlariga xos bo‘lgan individualistik kayfiyatni rag‘batlantiruvchi omil dir. Huquqning G‘arb mamlakatlarida o‘zaro munosabatlarini tartibga solishning asosiy vositasiga aylanishi ana shu individualizmga asoslangan ijtimoiy xarakter bilan bog‘liqdir deyishimiz mumkin. Qiyosiy huquqshunoslik fani namoyandalari nazarda tutayotgan falsafiy, madaniy, axloqiy kadriyatlar umumiyligining asosi ham ana shu ishlab chiqarish usuli, ya’ni lalmikor dehqonchilikdir. Sharq mamlakatlarida huquqqa b o‘ lgan munosabatning sug‘orma dehqonchilikning o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqishini isbotlovchi birinchi dalil G‘arb mamlakatlari ishlab chiqarish usuli dir. Iqtisodi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan Sharqda huquq asosiy rol o‘ynamaydi, iqtisodi lalmikorlikka asoslangan G‘arbda esa, huquq o‘zaro munosabatlarni tartibga solishning asosiy vositasidir. Ikkinchi yana bir dalil Sharq mamlakatlarining huquqqa munosabat jihatidan tasniflashga asoslanganligi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat iqtisodida sug‘orma dehkonchilikning ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lsa, huquq mamlakat hayotida shunchalik kamroq o‘rin
egallaydi. Bunda geografik muhit, ya’ni daryolarning sersuvligi, relef va boshqalar ham ma’lum ahamiyatga egadir. Agarda Sharq mamlakatlarining deyarli barchasida sug‘ o rma dehqonchilik iqtisodda yetakchi o‘rin egallashini nazarga oladigan bo‘lsak huquqqa bo‘lgan munosabat ana shu ishlab chiqarish usuli asosida shakllanadi, degan gipotezani ilgari surishga haqlimiz. Chunki birinchidan, Sharq mamlakatlarining ko‘pchiligida sug‘or ma dehqonchilik iqtisodda yetakchi o‘rin egallaydi. Ikkinchidan, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sug‘orma dehqonchilik jamiyat iqtisodida qanchalik muhim o‘rin egallasa, huquq jamiyat hayotida shu qadar kam ahamiyatga ega bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, hokimiyat shu qadar mustabid bo‘ladi, ya’ni fuqorolar hokimiyat egalari oldida shu qadar huquqsiz bo‘ladilar yoki davlat despotik davlatga aylanib boradi. Yuqorida aytilganlardan despotiyaning asosiy sifati, belgisi haqida qanday xulosa chiqarish mumkin? Bizningcha, despotiyaning quyidagi asosiy belgilari mavjud: davlat boshlig‘i - podshoning ilohiylashtirilishi (ulug‘lanishi), fuqorolarning davlat amaldorlari hokimiyat egalari oldida itoatkorligi va jamiyat a’zolarining o‘zaro munosabatlarda andishaga rioya etishi. Mana shu xususiyatlarni jamlab, despotiyaning eng asosiy belgisini shunday ta’riflash mumkin: desp o ti k davlatning eng muh i m belgisi davlat bilan fuqaro o‘rtasidagi munasabat an i q belgilangan tartib, qonun-qoidaga asoslanmaydi, balki faqat va f a qat bir yo‘l bilan - u ham bo‘lsa, davlat amaldorlari - hokimiyat egasining xohish irodasiga asoslanadi. Modomiki, biz despotiyaning asosi sug‘orma dehqonchilikdir, degan tezisni ilgar surar ekanmiz, shunday savol tug‘iladi: sug‘o r ma dehqonchilik nima sababdan despotiyani talab etadi? Sug‘o r ma dehqonchilikning qaysi jihati, qaysi xususiyati despotiyaning manbai bulib xizmat qiladi? Ushbu masala bilan shug‘ullanganlardan biri K.A.Vittfogel o‘zining mashhur “Sharq despotizmi” nomli asarida despotiyaning asos i sifatida yirik irrigatsiya va boshqa qurilishlarni ko‘rsatadi. Bizning fikrimizch, ushbu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Agarda K.A. Vittfogelning fikridan kelib chiqadigan bo‘lsak, N iderlandiyada eng ku ch li