MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOSLIGI VA MAZMUNI. TARBIYA METODLARI.
MILLIY TARBIY A NING O’ZIGA XOSLIGI VA MAZMUNI. TARBIY A METODLARI. R E J A : 1. Milliy tarbiyaning o’ziga xosligi. 2. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 3. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. 4. Tarbiya metodlari. 5. Tarbiyaning tarkibiy qismlari.
Ona tili milliy iftixorni,milliy fikrlashni asosidir.Barcha milliy qadriyatlar,an’analar zamirida ona tili yotadi.Shu bois O’zbek tilin,uning barcha boyliklarini ,go’zalligini maktablarda chuqur,atroflicha o’rganishni yo’lga qo’ymoq darkor.Aks xolda milliy maktab yaratish borasidagi hamma harakatu niyatlarimiz bekor ketishi hyech gap emas.Uning uchun tilimizning ildizlari-yu go’zal va beqiyos imkoniyatlarini-yu kuz-kuz qiladigan ommabop risolalar chop yotib borishni xam unutmaslik kerak. Milliy maktab xar bir o’quvchining qalbi va shuuriga O’zbek xalqi tarixi madaniy merosining butun ulug’vorligi xamda go’zalligini olib kirishi bilan birga milliy an’anaviy axloq qoidalarini o’quvchi hayotining mazmuniga aylantirmoq kerak.Bu esa maktabdagi juda ko’plab qoida va mezonlarni qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.O’quv dasturlari,o’qitish usullari,darsliklar mazmuni va boshqa juda ko’p narsalar o’zgarishi kerak.Masalan,jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar ko’proq uz milliy o’yinlari bilan mashg’ul bulmoqlari zarur. Xar bir milliy,xalqning o’ziga xos tafakkur tarzi mavjud. Xar bir til vakili dunyoni o’zicha kuradi.Shunday ekan faqat ona tili, a dabiyot va tarixdagina emas,balki tabiiy fanlardan xam umumjahon xamda mahalliy fan yutuqlariga asoslangan ona tilidan original darsliklar yaratish zarur.Darsliklarda Al Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy,Ulug’bekdan tortib Habib Abdullayev, Kori Niyoziy, Obid Sodi - kov, Sobir Yunusov, Toshmuhammad Sarimsokov, Maxmud Saloxiddinov va boshqa zamondosh olimlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissalari uz aksini topish kerak.Milliy maktabning o’quv rejalari, dasturlarida,jumladan,mehnat darslari zamonaviy ixtisosliklar bilan birga kulolchilik,ganch o’ymakorligi,miskarlik,naqqoshlik,zargarlik kabi milliy kasb hunarlar xam hisobga olingan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bizning buyuk ajdodlarimiz asarlari qilgan savob ishlari va ajoyib tarifga ega hunarpesha, usta-olimu fozil kishilar bizning ajdodlarimizdir. Ulardan bizgacha juda kup hunarlar yetib kelgan. Turkiston xalqining qullari qadoq,qalbi sof,nigohlari mehr bilan olamga nazar tashlagan va undan ma’naviy ozuqa ololgan kishilar yashagan.Bunga misol qilib
butun jahonga dongi ketgan Buxo ro,Samarqand obidalari,Rishton kulolchiligi,Chust,Marg’ilon dup pi-do’zligi bizni madaniyat va ma’naviyatimiz bo’lib,ular qadriyatlarimiz asosidir.Xalqimiz xotira si ajoyib nomlarga boy,butun jahonga dongi ketgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, At-Termiziy, Navoiy, Ahmad Yassaviy, Al-Farg’oniy kabi kup allomalar ma’naviyati keng ,Ulug’ qadriyatlarimiz siymosidir.Biz uchun ular kadrli bo’lgan qadriyat hisoblanadi. Qadriyatni o’zi ikkiga bo’linadi. Moddiy va ma’na viy qadriyat. Qadriyat nomanfiy tushuncha bo’lib,u tushunchalar qatoridan urin tutadi. Qadriyat tarixiy amaliyot jarayonida kishilar tomonidan yoyilgan. Ajdodlarimiz buyuk qalb egalari bo’lganlar. Bizga ulardan meros qolgan (Rasadxona,maqbarai masjid, ku tubxonalaru madrasalar va uz zamonasining yetuk avlodlari yozib qoldirgan noyob kitoblar) misolida ko’rishimiz mumkin.Bularning ba ri O’tmish madaniyati va ma’naviyatimizni belgilab beruvchi qadriyatlarimizga asos bula oluvchi meros hisoblanadi.bu tabarruk merosimizni o’rganish,uni kuz qorachig’iday asrash,kelgusi avlodga yetkazish biz uchun xam qarz,xam farzdir.Biz yosh avlod bobolardan qolgan merosdan bugungi kunda juda ko’p foydalanmoqdamiz. Ular yaratgan kashfiyotlar,buyuk asrlar biz olayotgan,o’rganayotgan bilimning asosi xamda mustahkam poydevoridir. Masalan:Ibn Sinoning "Tib qonunlari "asari bugungi tibbiyotimizda keng foydalanilmoqda. Beruniyning yer shari aylanma shaklida ekanligini kashf etishi esa hozirgi kundagi astronomlarning olib borayotgan ishlarida poydevor bo’lib xizmat qiladi. Olamga dongi ketgan Samarqand, Shahrisabz, Xi va, Qo’qon singari azim shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug’ ajdodlarimizning ijodiyoti o’zini ulug’vorligi va go’zalligi bilan hozir xam in sonni lol qoldirmoqda. Ulug’bek qurdirgan rasadxona nafaqat O’zbeklar,balki butun il m-fan olamiga ulkan merosdir.She’riyat va ma’rifat dunyosining ulug’i bo’lmish Navoiy yozgan dilkusho g’azallar ruboiylar xar xil millat qalbidan joy olgan.Milliy maktabni yaratish uchun hozirgi ta’lim mazmuni va o’qitish jarayonidagi ko’pgina
kamchiliklarni tuzatish,muammolarni hal qilish zarur.Buning uchun kuyidagi tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarni hayotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir: -Xar bir fan o’qituvchisi o’z sohasi bo’yicha madaniy va tarixiy merosni chuqur bilishga e’tiborni kuchaytirish,qayta tayyorlash kurslarida ularni malakasini oshirish: -Birinchi sinfdan boshlab milliy zamin,xalq turmush tarzi bilan bog’lanmagan materiallarni darslikdan chiqarib tashlash,ular o’rniga xalq pedagogikasi,tarixiy hikoyatlardan kiritish: -Boshlang’ich sinfdan boshlab ona tili bilan bir qatorda xorijiy(arab,Fors,ingliz,ispan,nemis va boshqa) tillarni o’qitishni,qiroatxonlikni o’rgatishni yo’lga kuyish: - Maktabda milliy kasb hunarni o’rgatadigan to’garaklar birlashmalar tashkil etish(masalan:o’ymakorliklik,ganchkorlik,sopol va chinni idishlar yasash,gilam to’qish,milliy chevarchilik,kosibchilik va hakazo): - Maktabda barcha uchun ta’limning uch bosqichini qo’llash,behuda mablag’ sarflanishiga yo’l kuymaslik,o’qish istagi bo’lmagan yoki fan asoslarini o’zlashtirishga qiynalayotganlar boshlang’ich ma’lumot bilan cheklangan xolda ularni kasb hunarga o’rgatish masalasini hal etish: - iqtidorli o’quvchilarda iborat sinflar tashkil etish: - Xar bir maktabda "Meros muzeyi"ni tashkil etish.Ushbu muzeyda ilm- fan,san’at,O’tmish tarix haqidagi materiallarini joylashtirish. - Xar bir sinfda "Madaniy va tarixiy merosimizni o’rgana miz" rukni asosida qiziqarli burchak tashkil etish: - Xar bir maktab binosining zalini milliy,madaniy va tarixiy me6rosni aks ettiruvchi ko’rgazmali materiallar bilan bezash. - Sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda milliy urf- odat,an’analarga e’tiborni kuchaytirish: - "Xalq pedagogikasi" fakultativ kursini joriy etish. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki,xar bir inson bolalikdan uz xalqini,millatini qadriyatlarini,og’zaki va yozma adabiyotini xamda san’atini, urf-
odatlarini, ilg’or an’analarini, xalqchil, ruhiy, ma’naviy merosini o’rgansagina, o’sha xalqqa va millatga mansub bula oladi. Shu sababli oila,bolalar yaslilari,bog’chalari va boshlang’ich sinfdan boshlab maktabni tugatguncha bolalarga xalqni g’ururi,milliy qarashlari,erka xamda qadriyatlarini singdira olmasak,bu borada ko’zlangan maqsadga erisha olmaymiz.Farzandlarimizning barkamolligi va yuksak odobliligiga erishish uchun esa milliy ta’lim tarbiyaga asoslangan maktabning bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shuni ta’kidlash kerakki,milliy maktabni yaratish xususiyatida gi dastlabki harakatlar ijobiy natija bermoqda.Mazkur ezgu ishga ko’pgina iqtidorli olim va O’qituvchilar,xalq ta’limining tashkilot lari uz hissalarini qo’shmoqdalar. 1996-19976 yildan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi alifboda olib boriladi.Yangi imlo,alifboda o’qitish uchun zarur dastur,qo’llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasa lari ochildi.Oliy o’quv yurtlari qoshida 46ta lisey tashkil etil di, 800ga yaqin o’quvchi chet ellarda ta’lim oldi.Ko’pgina O’qituvchilar xorijiy davlatlarining tajribalarini o’rganish maqsadida chet mamla katlariga borib qaytdi. Joylarda maktablarga va O’qituvchi murabbiylarga,moddiy va ma’naviy rag’batlantirish,yordam berish masalalariga e’tibor ancha ku chaytirildi. Shu urinda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oldiy majlisi IX sesiyasida 1999 yil 29 av gustda so’zlagan nutki va uning asosida qabul qilingan "Ta’lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida" qonun lar qabul qilingach,uzluksiz ta’lim tarbiya tizini joriy etish va uning asosini tashkil etuvchi milliy maktabning shakllantirish borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan: maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli unumli o’rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib joriy etilmoqda. O’zbekiston mustakqilligi prinsiplariga sadoqatli xamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga qodir shaxsning shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari,ota-onalar,oila,mahalla qo’mita lari, "Ma’naviyat va ma’rifat"