logo

Oilaning rivojlanish tarixi

Загружено в:

09.12.2024

Скачано:

0

Размер:

100 KB
Mavzu: Oilaning rivojlanish tarixi
Reja:
 Insoniyat tarixida oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi
 Guruhiy nikohdan juftlik nikohigacha
 Gruppaviy yoki guruhiy oila 
 Juftlik oila 
 Patriarxal oila 
 Monogam oila 
 Oilaviy munosabat-lar rivojlanishida yangicha an’analar
 Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari
 Patriarxal monogam oila 
 Ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila 
 Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati 
 Nikohdan tashqari oila 
 Alternativ oila turlari 
 Aralash oilalar 
 Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo‘lgan ingliz sotsial-monarxi  Tarixan   oila   va   nikoh   masalalarining   qanday   bo‘lganligi,   ushbu   qadriyatlarga
olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo‘lganligi o‘ta muhim va amaliy
ahamiyatli hisoblangan.
Guruhiy nikohdan 
juftlik nikohigacha Oilaviy  munosabatlar   tizimining  rivojlanishi   nikohga
kiruvchilar sonining kamayishi va nikoq 
uchun   sherik   tanlash   tartiblarining   qat’iy   belgilanishi   yo‘nalishida   ro‘y   bergan.
Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug‘-qabila bo‘lib, u
bir   ayol   urug‘idan   tarqagan,   matriarxat   zotidan   kelib   chiqadigan   (uning   qizlari,
qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o‘zida birlashtirgan.
Shu   tariqa   urug‘   –   mohiyatan   matriarxal   oila   bo‘lib,   onaning   zotidan   tarqalgan
barcha   avlodni   bir-biriga   chatishtirib   boravergan.   Bunday   urug‘   shaklining
saqlanib   qolgan   andozalaridan   biri   ruslardagi   “matreshka”   o‘yinchog‘i   bo‘lib,   u
bizga ona avlodlarining o‘zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy   yoki   guruhiy   oila   –   bir   necha   opa-singillarning   boshqa   bir   toifa
erkaklar   guruhi   bilan   nikohga   kirishini   taqozo   etgan.   Bunday   ayollar   yo   o‘z
qavmidan   bo‘lgan   erkakka   yoki   tamoman   boshqa   –   begona   urug‘ning   vakili
bo‘lmish   erkakka   turmushga   chiqishi   mumkin   bo‘lgan.   Lekin   avlodning   kelib
chiqishi   onalik   urug‘iga   bog‘langan,   otalikni   belgilash   holatlari   inobatga
olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr
oxiri va XX asr boshlarida ham ko‘pgina xalqlarda saqlanib kelgan.
Juftlik   oila   –   alohida,   bir-biriga   unchalik   yaqin   bo‘lmagan   yoki   mutloq
begona   ikki   kishi   o‘rtasidagi   nikohni   nazarda   tutgan   bo‘lib,   ular   o‘rtasidagi
munosabatlar   har   doim   ham   mustahkam   bo‘lmagan   va   tomonlarning   xohish-
irodasiga ko‘ra u istalgan vaqtda barbod bo‘lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud
bo‘lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan.
Patriarxal   oila   –   bir   erkak   kishining   bir   yoki   bir   nechta   ayol   o‘rtasidagi
nikohiga   asoslangan   bo‘lib,   bunda   erkakning   huquqlari   xotinnikidan   ko‘proq
bo‘lgan,   nikohning   bu   shakli   ayni   xususiy   mulkchilik   rivojlangan   davrlarda   keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo‘lib, uning har qanday
oila masalalarini  yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan.
Shu   sababli   avlodlarning   kelib   chiqishi,   urug‘ning   tarqalishi   kabi   masalalar
erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham
erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan.
Monogam   oila   –   bir   erkak   va   bir   ayol   juftligi   o‘rtasidagi   nikoh
munosabatlarini   nazarda   tutadi.   Ularning   er-xotinlik   munosabatlari   ham   umrbod
hisoblangan   (qadimgi   grek   so‘zlaridan   olingan:   “monos”   –   bir,   yagona,   tanho;
“gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming
yillar   avval   paydo   bo‘lgan.   O‘z   mohiyatiga   ko‘ra   bu   –   patriarxal   oilaning   bir
ko‘rinishi   hisoblanib,   yaqin   yillardan   buyon   oilaning   bu   shakli   ayollar   va
ayollarning   teng   huquqliligi,   bolalar   tarbiyasidagi   muayyan   erkinlik,   ona   va
bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Lekin   biz   oila   va   nikoh   tushunchalarining   allomalar   va   taniqli   olimlar
izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz.
Ana   shunday   nikoh   tarixiga   qiziqqan   olimlardan   biri   qadimgi   grek   faylasufi
Platon   bo‘lgan.   Uning   fikricha,   barcha   zamon   va   makonlarda   patriarxal   oila
ijtimoiy   munosabatlarning,   jamiyat   hayotining   asosi   bo‘ladi,   davlat   esa   ana   shu
kabi   oilalarning   birlashuvidan   paydo   bo‘lgan.   Lekin   Platonning   o‘zi   o‘z
qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat” deb
nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar
birlashmalari   va   sarmoyalarning   umumiyligiga   erishish   lozim,   degan   fikrni   ilgari
surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi
Geradot o‘zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari
bir  qator qabilalar uchun o‘ziga xos xususiyat  ekanligini  ta’kidlagan edi. Bu kabi
ma’lumotlar antik davrga xos bo‘lgan qator manbalarda o‘z ifodasini topgan.
Aristotel   Platonning   izdoshi   sifatida   uning   “ideal   davlat”ga   oid   fikrlarini
rivojlantirib,   ustozining   patriarxal,   ya’ni,   erkak   kishi   yetakchi   bo‘lgan   oila modelini   yoqlab   fikr   bildirgan.   Uning   fikricha,   oilalar   birlashib,   “turar-joylarni”,
“turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. Platon va Aristotellarning shu
kabi   nuqtai   nazarlari   anchagina   davrgacha   hukmron   bo‘ldi   va   oila   jamiyatning
bo‘lagi   sifatida,   o‘ziga   xos   bo‘linmas   patriarxal   institut   sifatida   idrok   etildi.
Fransuz   ma’rifatparvari   Jan-Jak   Russo   o‘z   davrida   “Oila   –   eng   qadimiy   va   asli
tabiiy   bo‘lgan   jamiyat   bo‘lagidir.   Oila   –   kerak   bo‘lsa,   jamiyat   siyosiy   qiyofasini
belgilovchi   obraz,   bunda   yetakchi,   rahbar   –   go‘yoki   ota   misoli,   xalq   esa   –
farzandlar   kabidir”   deb   yozgan   edi.   Bu   aslida   insoniyat   tarixida   uzoq   vaqtgacha
ustivor bo‘lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik,
yetakchilik ma’nosini bildiradi).
Shunday   qilib,   antik   davrning   faylasuflari   ham,   ulardan   keyingi   o‘rta   asr,
hattoki, yangi davrga kelib ham ko‘plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga
alohida   ahamiyat   berib,   o‘z   asarlarida   ijtimoiy   munosabatlarning   tabiati   va
namoyon bo‘lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi
fikrini   yoqlab   keldilar.   Shu   kabi   fikrni   nemis   faylasuflari   Kant   va   Gegelning
mutloq   g‘oyaga   aloqador   asarlarida   ham   ko‘rish   mumkin.   Ular   avvalo   “oila”   va
“nikoh”   tushunchalari   o‘rtasida   bevosita   aloqa   mavjudligini   ta’kidlaydilar.   Shu
bois bo‘lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko‘pincha sinonimlarday o‘zrao
bog‘liqlikda   ishlatiladi.   Shunday   bo‘lsada,   oilashunoslar   bu   ikki   tushunchaning
o‘rtasida   nafaqat   farq   borligini,   balki   ular   aslida   tarixan   turli   davrlarda   paydo
bo‘lganligini ham isbot qila oldilar.
Masalan,   rus   olimi   A.G.   Xarchevning   kitoblarida   bu   ikki   tushunchani
farqlovchi   jihatlar   aniq   belgilangan.   Xususan,   uning   talqinida   “nikoh   –   erkak   va
ayol   o‘rtasidagi   tarixan   o‘zgaruvchan   o‘zaro   munosabatlarni   bildirib,   shu   orqali
jamiyat   ularning   jinsiy   hayotlarini   tartibga   soladi,   o‘zaro   er-xotinlik
munosabatlarini   hamda   farzandlari   bilan   shakllanadigan   munosabatlarni,   bu
boradagi   huquq   va   majburiyatlarni   belgilaydi,   yo‘naltiradi”.   Oila   esa   nikohga
nisbatan   murakkabroq   tabiatli   munosabatlarni   ifodalaydi,   chunki   u   nafaqat   er   va
xotinlarning o‘zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug‘lar, ikkalalari uchun yaqin bo‘lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi.
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveytsariyalik olim I.Baxoven
(1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan
tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga
nisbatan   evolyutsion   qarashlar   bayon   etilgan   bo‘lib,   “Qadimgi   jamiyat”   kitobi
buning   yaqqol   namunasi   hisoblanadi.   Bu   asarlarda   oila   institutining   bevosita
jamiyat   tarqqiyoti   bilan   bog‘liqligi,   jamiyatdagi   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog‘liq ekanligi g‘oyasi  o‘z
isbotini   topgan.   Bu   o‘zgarishlar   tarix   mobaynida   turli   jins   vakillari   o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarga bog‘liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan.
Shunday qilib, iilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan
o‘rganish an’analari tarixi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ayni shu davrdan
boshlab   jahonning   turli   burchaklaridagi   taniqli   sotsiologlar   va   antropologlar
(L.Morgan,   M.Kovalevskiy,   B.Malinovkiy,   P.Sorokin,   keyinchalik   A.Xarchev,
S.Golod   va   boshqalar.)   oila   muammolarini   o‘zlarining   aniq   tadqiqot   mavzulari
sifatida o‘rgana boshladilar.
Oilaviy munosabat-lar 
rivojlanishida yangicha 
an’analar Bir   qarashda   yangicha   tuyulgan   monogam   oiladagi
o‘zgarishlar XX asrning boshlaridayoq kuzatila 
boshlangan.   Olimlarning   ta’kidlashicha,   oila   institutining   o‘zi   tabiati   nuqtai
nazaridan ancha konservativ, ya’ni o‘zgarmas, turg‘un tizim bo‘lgani bois, jamiyat
miqyosida   ro‘y   beradigan   o‘zgarishlar   oila   doirasida   taxminan   10-30-yillardan
keyingina   aks   eta   boshlaydi.   Bundan   tashqari,   rus   sotsiologi   S.Golodning
yozishicha,   Yevropa   xalqlari   hayotida,   oilaviy   munosabatlarda   kuzatiladigan
barcha   ijobiy   jarayonlar   monogam,   patriarxal   oilaning   saqlanib   qolingani   sababli
ro‘y bergan bo‘lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro‘y berayotgan
salbiy,   yomon   jarayonlardan   kelib   chiqadi.   Bu   kabi   talqinlar   tabiiyki,   ko‘plab
tadqiqotchilarga   oila   va   uning   istiqbolini   tushunishga,   mazkur   yo‘nalishda   jiddiy tadqiqotlar olib borishga xalaqit beradi.
Shunga   qaramay,   oila   institutida   kuzatilayotgan   har   qanday   o‘zgarishlari
odatda   eng   avvalo,   ayolning   –   xotin-qizlarning   jamiyat   va   oilada   tutgan
maqomlarining   o‘zgarib   borayotganligi,   ular   malakalarining   oshib   borayotganligi
va kasb-hunar, lavozim  pog‘onalarida  erkaklardan qolishmaslikka  intilayotganligi
bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro‘y berayotgan turli xil
o‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo‘lmoqda.
Ikkala   jins   vakillari   xaq-huquqlarining   amalda   tenglashib   borayotganligi
xotin-qizlarning   erkaklar   –   yigitlar   oldida   o‘zini   tutishi   va   o‘z   navbatida
yigitlarning   qizlarga,   erkaklarning   ayoliga   bo‘lgan   munosabatlari,   xushomad
qilishlarida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik
instituti yo‘qolib, uning o‘rniga o‘z xohishi bilan o‘ziga nikoh sheriginini tanlashi
an’anasi   barqarorlashdi.   Lekin   ayni   holat   saqlanib   qolgan   mamlakatlarda,
jumladan,   O‘zbekistonda   oila   institutiga   munosabat   boshqacharoq,   ya’ni
an’analarga   sodiqlik   saqlanib   qolgan.   Sovchilikning   ahamiyati   shundaki,   bunda
o‘rtada   turganlar,   kelin-kuyov   oilasini   tanigan,   bilgan,   surishtirgan   odamlar
bo‘lgani   sababli   ham   ular   yosh   oilaning   mustahkam   bo‘lishidan   juda
manfaatdordirlar,   shuning   uchun   haqiqiy   o‘zbekona   mezonlar,   “teng-tengi   bilan”
tamoyili   asosida,   sovchilar   yordamida   qurilgan   nikohlar   aksariyat   holatlarda
mustahkam bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har bir davrda bo‘lgani kabi hozir ham yoshlarning
o‘z   ihtiyori   bilan,   bir-birlarini   yoqtirib   qolishlari   oqibatida   paydo   bo‘lgan   oilalar
mavjud.   Yoshlarning   ayrimlari   o‘z   ixtiyori   bilan   qalliq   tanlashni,   yoqtirib,   sevib
turmush   qurishni   oldindan   niyat   qiladi.   Shunisi   borki,   o‘z   ihtiyori   bilan   turmush
o‘rtog‘i   tanlashda   ota-ona   va   oilasi   manfaatlari,   ularning   istak-xohishlari   deyarli
inobatga olinmaydi. Odatda bu kabi yoshlar nikoh oldidan ota-otasining roziligini
olmaydi, shu sababli, ko‘pincha, bunday nikoh yengil-yelpi qarorlar oqibati bo‘lib,
uzoqqa   bormasligi   mumkin.   Respublika   “Oila”   ilmiy-amaliy   markazi   2003   yilda
o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ajralishib ketgan yosh oilalarning 90 foizidan ortig‘i nikoh motivi-sababi sifatida “sevish-sevilish”ni ko‘rsatganlar.
Xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi tufayli XX asrga kelib ayolning oila va
jamiyatda tutgan o‘rni va maqomi keskin o‘zgardi. Oxirgi paytlarda butun dunyoda
matriarxat   davridagi   kabi   oilaning   yetakchisi,   boshlig‘i   roliga   ko‘pincha   ayol
da’vogarlik   qila   boshlashi   kuzatildi.   Buning   oqibatida   erkak   kishining   oiladagi
yetakchilik roli, oilada resurslarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va farzandlarni
jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada pastladi.
Ikkinchi   tomondan,   ayol-onaning   oilasi   va   bola   tarbiyasi   uchun   bo‘sh
vaqtining   kamayib   borayotganligi,   reproduktiv   mas’uliyatning   jamiyatda
lavozimlar   pog‘onasida   yuqoriroq   o‘rin   egallash   istagiga   nisbatan   pastlab
borayotganligi   salbiy   oqibatlarga   olib   kelmoqda.   Shu   sababli   sanoati   rivojlangan
mamlakatlarda   tug‘ilishlar   sonining   kamayib   borayotganligi,   oqibatda   aholi
sonining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Afsuski, bunday holatlar O‘zbekistonning
shahar hududlarida ham kuzatilmoqda.
Oilaning   tarbiyalovchi   vazifasi   oila   a’zolaridan   tashqari   boshqa   insonlarga,
muassasalarga   –   enaga   va   guvernantkalarga,   yoki   davlat   tomonidan   to‘la
muhofazaga   olingan   tashkilotlar   –   Mehribonlik   uylari,   Muruvvat   uylari   va
boshqalar   zimmasiga   yuklatilmoqda.   Sobiq   totalitar   tuzum   davrida   ushbu
vazifaning   davlat   zimmasida   ekanligi,   individual,   oilaviy   tarbiyaning   gruppaviy
tarbiya   bilan,   tarbiyalanuvchi   shaxsiga   e’tiborning   keskin   kamayishi   bilan
o‘zgartirildi. Oqibatda hech kimga tegishli bo‘lmagan, psixik va aqliy rivojlanishi
o‘rtamiyona   bo‘lgan   bolalar   paydo   bo‘ldi.   Bu   ochiq   yoki   yashirin   onalik
deprivatsiyasi ni keltirib chiqardi.
YA’ni,   XX   asr   o‘rtalariga   kelib,   monogam   oilada   o‘zgacha   uyg‘unlik   kashf
etgan, yaxlit guruhday tasavvur etilgan oilaning vazifalari – nikohga kirish, jinsiy
hayotni   ta’minlash   va   o‘zidan   nasl   qoldirish   –   reproduksiya   bir-biri   bilan
bog‘lanmagan   vazifalar   tarzida   ayrocha,   alohida   funksiyalarday   tasavvur   etila
boshlandi.   Agar   XIX   asr   oxirlarigacha   oila   paydo   bo‘lishi   bilan   unda   farzandlar tug‘ilishini   kutish   odatga   aylangan   bo‘lsa,   yangi   davrga   kelib,   qachon   tashkil
bo‘lganligiga qaramay, bola tug‘ilishini rejalashtirmaydigan oilalar hamda boshqa
tomondan, oilasiz, nikohsiz ham tug‘iladigan bolalar ko‘paydi. Ochiqroq aytadigan
bo‘lsak, turmushga chiqmasa-da, bola tug‘adigan yolg‘iz onalar ham paydo bo‘ldi.
Shu tariqa nikoh bilan oilaning reproduktiv vazifasi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ldi.
Jinsiy   hayot   borasida   sodir   bo‘lgan   o‘zgarishlar   shuki,   agar   ilgari   bunday
munosabat   oiladan   tashqarida   ro‘y   bersa,   jamiyat   ham,   din   ham   uni   qoralar   edi.
So‘nggi   o‘n   yilliklarda   dunyo   miqyosida   erkaklar   ham,   ayollar   ham   erkin   jinsiy
hayotga   oddiy   munosabat   sifatida   qaraydigan   bo‘lishdi.   Ma’naviy   inqiroz
hisoblanmish   bunday   munosabatlarga   jamiyatning   befarqligi   ilg‘or   fikrlovchi
insonlarni   jiddiy   tashvishga   solmoqda.   Buning   asosiy   sababi   jamiyatda   ma’naviy
qadriyatlar   inqirozga   yuz   tutgani   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan,   bunga   ayollar
o‘rtasida   kontratseptiv   vositalardan   foydalanishning   urf   bo‘lishi   va   ular   o‘zlariga
berilgan ijtimoiy erkinliklarni noto‘g‘ri idrok etishlari, ommaviy axborot vositalari
orqali   u   yoki   bu   xalq   mentalitetiga   mos   kelmaydigan   axborotlarning   keng
tarqalishi sabab bo‘layotir.
Eng   achinarlisi,   ayrim   yoshlar   va   ularning   ota-onalari   uchun   “nikoh”   va
“ajrim”   tushunchalari   oddiy   narsaday,   ziddiyatsiz   qabul   qilinadigan   bo‘ldi.   Ular
o‘z   shaxsiy   mas’uliyatini   his   etmayaptilar.   Sanoat   rivojlangan   mamlakatlarda   51
foizgacha   bo‘lgan   nikohlar   muayyan   muddatdan   so‘ng   barbod   bo‘layotganligi
odatiy   holday   qabul   qilinadi.   Chet   el   axborot   vositalarining   ba’zi   taniqli   shaxs,
aktyor yoki millionerning har 3-4 yilda almashinib turiladigan nikohlari to‘g‘risida
yozilayotgan   maqolalari   eng   o‘qimishli,   qiziqarli   axborotday   talqin   etilmoqda.
Tabiiyki,   bu   ularni   o‘qiyotgan   yoshlar   ongiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ta’kidlash
joizki,   bunday   holatlarda   ajrimlarning   tashabbuskorlari   ko‘pincha   ayollar   bo‘lib,
bu   o‘z   navbatida   oila   ajrimlari   sonining   ortib   borishiga,   farzandlarning   aybsiz
aybdorlarday noto‘liq oilalarda tarbiyalanishiga olib keladi.
Yangi davr oilasi:  Oilani   turlarga   bo‘lganda,   turli   olimlar   turlicha tipologiyasi, tur-lari, 
xususiyatlari yondashadilar.  Masalan, Sank-Piterburg
lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan iborat
oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va rollari
nuqtai   nazaridan   oilani   toifalarga   bo‘lib   o‘rganishni   taklif   etadi.   Xususan,   u
monogam   oiladagi   munosabatlarni   oilaviy   tabaqalar   nuqtai   nazaridan   farqlashni
taklif   etgan.   Undan   tashqari,   Golod   o‘z   kitobida   oxirgi   yillarda   Rossiyada   keng
tarqab   borayotgan   o‘ziga   xos   tabaqali   oilalarga   ham   ilmiy   jamoatchilikning
diqqatini qaratadi.
Patriarxal monogam oila  – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra oiladagi erkak kishining
nufuzi,   yetakchilik   roli,   xotinning   unga,   farzandlarning   ota-onaga   tobeligini
nazarda   tutadi.   Bundany   oilada   o‘g‘il   bolalar   otaning   oilasini   sira   tark   etmaydi,
aksincha,   uylangan   taqdirda   ham   turmush   o‘rtog‘ini   shu   xonadonga   olib   keladi,
qizlar   esa   kimga   turmushga   chiqsa,   uning   familiyasiga   o‘tib,   o‘z   ota-onasining
uyini   tark   etadi.   Bunday   oilada   urug‘ning   atalashi   (familiya),   shajara   va   mulkka
egalik   otaning   yo‘lidan   amalga   oshiriladi,   oilaviy   rollar   esa   erkaklarniki   yoki
xotinlarniki   tarzida   aniq   tafovutlanadi.   Erkaklar   oilaning   moddiy   boyliklari,
resurslari,   ta’minoti   bilan   shug‘ullansalar,   ayollar   asosan   uy   ishlari   bilan   band
bo‘ladilar.
Oilaning   ijtimoiy   nufuzi,   obro‘si   otaning,   erning,   o‘g‘ilning   iqtisodiy
maqomidan   kelib   chiqadi,   ayolniki   esa   –   farzandlar   soni   bilan   belgilanib,   uning
professional   maqomi   ko‘p   hollarda   oilaning,   turmush   o‘rtog‘ining   ijtimoiy
maqomiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi,   farxzandlar   ko‘z   o‘ngida   otaning   avtoriterti
pastlaganday   bo‘ladi,   ayrim   holatlarda   erning   oila   ta’minotaidagi   ulushi   tushib
ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo‘ladi.
Monogam   oila   –   bola   manfaatiga   yo‘nalgan   oila   (detotsentrik)   XIX   asrning
oxiri – XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan hodisadir. U xotin-qizlarning ijtimoiy
hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi.
Bunday   holatlarda   gap   ko‘proq   oilada   farzandlar   soni   haqida   emas,   balki   oilada umuman   bola   borligining   qadrlanishi   to‘g‘risida   boradi.   Ota-onalar   bunday
sharoitda   ko‘proq   bolaning   kelajakda   kim   bo‘lishi,   u   egallashi   lozim   bo‘lgan
martabalar, uning istiqboli xususida qayg‘uradigan, shu bois ham oila budjetining
asosiy   qismi   uni   ta’minlash,   unga   zarur   ta’lim   va   tarbiyani   berish,   g‘amxo‘rlik
qilishga   sarflanadi.   Bolalar   bilan   bog‘liq   ehtiyojlarning   o‘sib   borishi   oqibatida
mamlakatda ham bolalar ta’minoti, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o‘yinchoqlar,
bolalarning   madaniy-ma’rifiy   maskanlarini   rivojlantirishga   ixtisoslashgan   sanoat
korxonalari   ko‘payadi,   rivojlanadi.   Bolalar   va   yoshlarning   turli   ma’rifiy
o‘choqlarining   kengayishi,   yangi   texnika   va   texnologiyalarning   asosan   bolalar
manfaatiga   bevosita   bog‘lanishi,   yoshlarning   kasb   ta’limini   takomillashtirish
ishlari,   ular   o‘qishi   va   bilim   olishi   muddatlarining   uzaytirilishi   ularning   mehnat
sohasiga   kechroq   kirib   borishiga   olib   keladi.   YA’ni,   ilgarigiga   nisbatan   bolalar
kechroq   mustaqil   hayotga   kirishadi.   Buning   oqibatida   nikoh   yoshi   ham   tobora
kattalashib   boradi.   Kattalar   tomonidan   bolaga   e’tiborning,   shu   bilan   bir   qatorda
tashvishlarning   ortishi,   o‘z   navbatida   bolalarning   tug‘ilish   soni   kamayishiga   olib
keladi.   Bolalar   erka   bo‘lib,   ular   erkinligi   ortib   boradi,   ota-onaning   butun   diqqat-
e’tibori ularga qaratiladi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki, ba’zan ona
faqat   bolani   o‘ylash,   unga   e’tibor   qilishni   afzal   bilganidan,   eridan   ham   voz
kechishi holatlari ham kuzatiladi.
Bola manfaatiga yo‘nalgan oilaning ham turli ko‘rinishlari bo‘lib, ulardan biri
avtoritar   tip dir.   Bunda   bola   soni   bittami   yoki   ikkitami   ota-onaning   cheksiz
g‘amxo‘rligi,   ular   obro‘si   bilan   parallel   tashkil   etiladi.   Masalan,   ko‘pgina
amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga
yetadigan,   shuning   uchun   bola   ham   xuddi   otasi   yoki   onasiday   bo‘lib   yetishish
motivatsiyasi kuchli bo‘ladi.
Ambivalent detotsentrik   oiladagi bola ko‘proq ota-onaning hissiy-emotsional
g‘amxo‘rligi ta’sirida bo‘ladi. Masalan, bu agar qiz bo‘lsa, u faqat otasi yoki onasi,
yoki   ikkisining   doimiy   erkalashlari   og‘ushida   katta   bo‘lib,   oxir-oqibat   shunday
holatga ko‘nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo‘lsa kerak, degan fikr ba’zan   o‘zi   mustaqil   oila   qurganda,   uning   yangi   xonadonga   ko‘nikishiga   jiddiy
xalaqit beradi.
Kvaziavtonom   detotsentrik   oila da   bola   huquqlari   kattalarniki   bilan   deyarli
tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki,
o‘z   holicha   qarorlar   qabul   qilish   huquqlari   berilgan   bo‘ladi.   Buning   albatta,   ham
ijobiy, ham salbiy jihatlari bor.
Er-xotin oilasi   XX asrning 60-chi yillarida paydo bo‘lib, u ham ayollar, ham
bolalar   emansipatsiya   jarayonlarining   oqibati   sifatida   qaraladi.   Bunday   oiladagi
o‘zaro   munosabatlar   asosan   erkak   va   xotin   o‘rtasidagi   muomalaga,   uning
qanchalik samimiy, iliqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayolga o‘z xohish-irodasini mumkin
qadar   namoyon   etish,   unga   ma’lum   ma’noda   mustaqil   erishish   imkoniyati
yaratiladi.   U   ko‘p   holatlarda   turmush   o‘rtog‘iga   suyukli,   erka   va   zarur   yor   rolini
o‘ynaydi.   Golod   er-xotinning   bir-birlariga   yaqin   bo‘lishlarining   4   xil   jihatini
farqlaydi:   simpatiya   (yoqtirish),   samimiyat,   minnatdorlik   va   erotik   jihatdan
bog‘liqlik.
Monogam   bo‘lmagan   oila   toifasi   chin   ma’noda   nikoh   munosabatlariga
tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko‘rinishi mavjud: 
Ajrimlar   tufayli   paydo   bo‘lgan   noto‘liq   oila   –   XX   asrning   oxirlarida
ko‘payib   ketgan   noto‘liq   oila   turi.   Golodning   ma’lumotlariga   ko‘ra,   Rossiyadagi
oilalar   ajrimi   shu   qadar   ko‘paydiki,   har   100   ta   nikohga   51   ta   oila   ajrimi   to‘g‘ri
keldi.   Bunga   sabablardan   biri   ota-onalik   rollarining   bajarilmasligi,   otaning   bola
tarbiyasidan   sovuqqonlik   bilan   chetlashishidir,   chunki   ko‘pgina   otalar
ajralishgandan   so‘ng   ma’lum   muddat   o‘tgach,   farzandlari   bilan   umuman   yuz
ko‘rmas   bo‘lib   ketishadi.   Afsuski,   O‘zbekistonda   oila   va   nikoh   nechog‘li
qadrlanmasin,   oilaviy   ajrimlar   ham   qayd   etiladi.   Statistik   ma’lumotlarga   ko‘ra,
oxirgi   yillarda   yiliga   o‘rtacha   14,5   mingdan   15   mingacha   oila   ajrimlari   qayd
etiladi,   ajrimlarning   sudlar   orqali   rasmiylashtiriladigan   turlari   FXDYO   orqali
rasmiylashtiriladiganidan   ko‘proqdir.   Ajrim   bo‘lgan   oialalrning   70   foizi   yosh oilalar   bo‘lib,   ularda   o‘rtacha   2,5   ta   bola   chala   yetim   bo‘lib   qoladi.   Bu   kabi
noto‘liq   oilalarda   o‘ziga   yarasha   ijtimoiy-iqtisodiy   muammolar   paydo   bo‘ldaiki,
shu   bois   ham   davlatimizning   oila   siyosatining   mazmuni   noto‘liq   oilalar   sonini
kamaytirishga   qaratilgandir.   Bunda   masalaning   moddiy   tomonidan   ham   uning
ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko‘proq tashvishga soladi.
Beva   bo‘lib   qolish,   yoki   turmush   o‘rtog‘ining   vafoti   munosabati   bilan
noto‘liq   bo‘lgan   oila   ham   ko‘proq   onaning   farzandi   bilan   yolg‘iz   qolishidir.
Bunday   oilalardagi   ma’naviy   muhit   ajrim   tufayli   paydo   bo‘lgan   noto‘liq
oilanikidan farq qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan
farzandlarida   yuksak   insoniy   fazilatlarni   tarbiyalashga   intiladi.   Bunday   o‘ziga
xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003).
Nikohdan   tashqari   oila   90-chi   yillarda   ko‘paygan   oila   turi,   unda   asosan
yolg‘iz   qolgan   ayol-ona   oilani   tebratadi.   Bunday   oilalar   o‘sha   davrda   Rossiyada
20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo‘lib,
ko‘proq   yoshgina   bo‘la   turib   ona   bo‘lganlar   (15-19   yoshlilar)   yoki   aksincha,
reproduktiv   yoshdan   o‘tib   qolganlar   –   40-44   yoshlilar   tashkil   etadi.   Bu   o‘rinda
ikkala   holatda   xotin-qizlarning   nikohga   kirmasdan   tug‘ish   motivlari   turlicha
bo‘ladi.
Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo‘lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola
yashagan   bo‘lsa,   bu   ko‘rsatgich   1994   yilda   5   millonga   yetdi   (A.G.Volkov,
YE.L.Soroko,   1999).   O‘zbekiston   sharoitida   bu   kabi   holatlar   favqulotda   holatlar
sifatida   qaraladi,   chunki   ayrim   udumlar   va   milliy   qadriyatlarimiz   farzandning
nikohdan tashqari paydo bo‘lishini qoralaydi, Shunday bo‘lsa-da, turli sabablar va
otag‘onalarning   vaziyatlar   qurboni   bo‘lishi   natijasida   mamlkataimizda   otalikni
belgilash   holatlari   ortib   bormoqdaki,   unda   ham   ko‘pincha   rasman   oila   nikohsiz
oiladay   tasavvur   etiladi.   Sha’riy   nikoh   o‘qilgani   bilan   rasmiy   ravishda   nikohning
o‘z   vaqtida   qayd   etilmasligi   mentalitetimizga   zid   bo‘lgan   shu   toifa   oilaalrning
rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Alternativ   oila   turlari   –   kam   uchraydigan   oila   turlari   bo‘lib,   ular   ayrim
jihatlari  bilan  boshqalardan   farqlanib  turadi   va  o‘z   navbatida  toifalarga  bo‘linadi.
Masalan,   ulardan   biri   –   fuqarolik   nikohi   deb   atalib,   unda   erkak   va   ayol   o‘z
ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga
ular   kutilmagan   homiladorlik   paydo   bo‘lganda   ham   kelishlari   mumkin.   Bunday
nikoh   bizning   sharoitimizga,   musulmonchilikka   sira   ham   to‘g‘ri   kelmaydi.
Alternativ   nkiohlar   ko‘proq   g‘arb   mamlakatlariga   xosdir.   Lekin   Golodning
ta’kidlashicha,   hozirda   Rossiyada   mavjud   oilalarning   7%   shunday   nikoh   asosida
tashkil   topgan.   Oilaning   muqaddasligini   tinimsiz   targ‘ib   etishimiz   azaliy
qadriyatlarni   ardoqlab   kelayotgan   yurtimizda   bunday   salbiy   holatlarning
bo‘lmasligiga xizmat qiladi.
Alternativ   nikohning   yana   bir   ko‘rinishi   qayta   nikohlar dir.   Odatda   bunday
nikoh   turi   beva   yoki   tul   qolgan   shaxslarda   uchraydi.   Aslida   ham   birinchi   qayta
nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar
odatda   beva   qolganlar   yoki   ajrashib   ketganlar   o‘rtasida   qayd   etilishi   mumkin.
Bunday oila turi ham ajrimlar ko‘payishiga mos tarzda ortib bormoqda.
Aralash   oilalar   yoki   begona   ota-onalar   bilan   yashaydiganlar   oilasi.   Bu   –
yetimlarni   boqib   olish   hisobiga   paydo   bo‘ladigan,   otalikka   olish,   o‘gay   ota   yoki
ona   bilan   yashaydiganlar   oilasidir.   Ming   afsuski,   turli   hayotiy   vaziyatlar   tufayli
shunday oila ham bor, ular nisbatan ko‘p bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda ham mavjud.
Godvin – nikohlar,   uning asoschisi  bo‘lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin
(1756-1836)   nomi   bilan   bog‘liq.   U   bunday   oilani   ideal   deb   hisoblagan,   chunki
bunday   oilalar,   asosan,   ota-onaning   xohish-irodasiga   ko‘ra   paydo   bo‘ladi,
yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik
ko‘zda  tutilmaganligi  sababli,   o‘zaro  hurmat   va bir  tom   ostida  alohida yashashga
mo‘ljallangan   bo‘ladi,   er   va   xotin   bir-birlarining   oldida   faqat   ma’naviy   jihatdan
majburiyatlarga   ega   xolos.   To‘g‘ri,   bir   qarashda   bunday   nikoh   bizdagi   sovchilik
yo‘li bilan quriladigan oilaga o‘hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga
yashash talab etiladi. Shuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo‘lsalar- da,   nikoh   o‘qilayotganda   ularning   rizochiliklari   so‘raladi,   javob   ijobiy   bo‘lgach,
ular   chimildiqqa   kiritiladi.   Godvin   tipidagi   nikohlar   ko‘pincha   O‘zbekistonda
keksalar o‘rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda
bo‘lgan   otaxon   o‘zaro   kelishuv   natijasida   o‘zga   bir   beva   ayolga   uylanadi,   ular
o‘rtasidagi   munosabatlar   o‘zaro   samimiyat,   hurmat,   qo‘llab-quvvatlov,   keksalikni
bezashga   yo‘naltirilgan.   Lekin   bu   oila   o‘zidan   zurriyod   qoldirish   kabi   haqiqiy
oilaga   xos   funksiyalarning   barchasini   bajarmaydi.   Bunday   oila   Islom   dini
arkonlariga   ham   mos   bo‘lib,   bu   ikki   keksa   odamning   bir-birlari   umrlarini
cho‘zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir.
Qo‘shxotinlilik   ham   alternativ   nikoh   turlaridan   biri   bo‘lib,   bunda   bir   erkak
ko‘pincha   hufyona   o‘z   qonuniy   nikohidagi   ayoldan   tashqari   yana   boshqasi   bilan
shar’iy   nikohda   yashaydi.   Qo‘shxotinlilik   ko‘proq   Osiyo   va   Sharq   mamlakatlari
aholisiga   xos   deb   hisoblansa-da,   hozirda   bunday   oilalar   hattoki,   Rossiyada   ham
kuzatilmoqda.  Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan.

Mavzu: Oilaning rivojlanish tarixi Reja:  Insoniyat tarixida oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi  Guruhiy nikohdan juftlik nikohigacha  Gruppaviy yoki guruhiy oila  Juftlik oila  Patriarxal oila  Monogam oila  Oilaviy munosabat-lar rivojlanishida yangicha an’analar  Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari  Patriarxal monogam oila  Ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila  Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati  Nikohdan tashqari oila  Alternativ oila turlari  Aralash oilalar  Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo‘lgan ingliz sotsial-monarxi

Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bo‘lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo‘lganligi o‘ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan. Guruhiy nikohdan juftlik nikohigacha Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining kamayishi va nikoq uchun sherik tanlash tartiblarining qat’iy belgilanishi yo‘nalishida ro‘y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug‘-qabila bo‘lib, u bir ayol urug‘idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o‘zida birlashtirgan. Shu tariqa urug‘ – mohiyatan matriarxal oila bo‘lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug‘ shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o‘yinchog‘i bo‘lib, u bizga ona avlodlarining o‘zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi. Gruppaviy yoki guruhiy oila – bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o‘z qavmidan bo‘lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug‘ning vakili bo‘lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug‘iga bog‘langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko‘pgina xalqlarda saqlanib kelgan. Juftlik oila – alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo‘lmagan yoki mutloq begona ikki kishi o‘rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bo‘lmagan va tomonlarning xohish- irodasiga ko‘ra u istalgan vaqtda barbod bo‘lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo‘lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan. Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o‘rtasidagi nikohiga asoslangan bo‘lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko‘proq bo‘lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng

tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo‘lib, uning har qanday oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan. Shu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug‘ning tarqalishi kabi masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan. Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so‘zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bo‘lgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu – patriarxal oilaning bir ko‘rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda. Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz. Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon bo‘lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bo‘ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo bo‘lgan. Lekin Platonning o‘zi o‘z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat” deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot o‘zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar uchun o‘ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos bo‘lgan qator manbalarda o‘z ifodasini topgan. Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi yetakchi bo‘lgan oila

modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo‘ldi va oila jamiyatning bo‘lagi sifatida, o‘ziga xos bo‘linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. Fransuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo o‘z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bo‘lgan jamiyat bo‘lagidir. Oila – kerak bo‘lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda yetakchi, rahbar – go‘yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir” deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bo‘lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, yetakchilik ma’nosini bildiradi). Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o‘rta asr, hattoki, yangi davrga kelib ham ko‘plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga alohida ahamiyat berib, o‘z asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va namoyon bo‘lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant va Gegelning mutloq g‘oyaga aloqador asarlarida ham ko‘rish mumkin. Ular avvalo “oila” va “nikoh” tushunchalari o‘rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta’kidlaydilar. Shu bois bo‘lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko‘pincha sinonimlarday o‘zrao bog‘liqlikda ishlatiladi. Shunday bo‘lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning o‘rtasida nafaqat farq borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bo‘lganligini ham isbot qila oldilar. Masalan, rus olimi A.G. Xarchevning kitoblarida bu ikki tushunchani farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va ayol o‘rtasidagi tarixan o‘zgaruvchan o‘zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartibga soladi, o‘zaro er-xotinlik munosabatlarini hamda farzandlari bilan shakllanadigan munosabatlarni, bu boradagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi, yo‘naltiradi”. Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va xotinlarning o‘zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug‘lar,

ikkalalari uchun yaqin bo‘lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi. Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveytsariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyutsion qarashlar bayon etilgan bo‘lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog‘liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog‘liq ekanligi g‘oyasi o‘z isbotini topgan. Bu o‘zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan. Shunday qilib, iilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o‘rganish an’analari tarixi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o‘zlarining aniq tadqiqot mavzulari sifatida o‘rgana boshladilar. Oilaviy munosabat-lar rivojlanishida yangicha an’analar Bir qarashda yangicha tuyulgan monogam oiladagi o‘zgarishlar XX asrning boshlaridayoq kuzatila boshlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, oila institutining o‘zi tabiati nuqtai nazaridan ancha konservativ, ya’ni o‘zgarmas, turg‘un tizim bo‘lgani bois, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan o‘zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-yillardan keyingina aks eta boshlaydi. Bundan tashqari, rus sotsiologi S.Golodning yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan barcha ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib qolingani sababli ro‘y bergan bo‘lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro‘y berayotgan salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko‘plab tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yo‘nalishda jiddiy