Orol bo’yi regionidagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yollari.
Mavzu: Orol bo’yi regionidagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yollari. Reja: 1.Orol daryosi asr muammosi. 2.Orol bo’yi ekologik muammolari. 3.Ularni bartaraf etish yollari va chora tadbirlari.
Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km 3 suv sathi maydoni 4000 km 2 ni tashkil etadi. Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi. Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km 2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz
qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km 2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km 2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi. Orol va Orol bo`yida sodir bo`layotgan jadal ravishdagi cho`llanish xodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Dengiz tubini ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 4mln gektar maydon yuzasi mayday tuz zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakildahi qum qoplamlari hosil qiladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko`chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, yiliga atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang-to`zon ko`tarilishi mumkin. Dengiz tubidan ko`tarilgan chang tuz to`zoni atmosferani ifloslanishini 5 foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to`zonlarini atmosferaga ko`tarilishini birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to`zonlar yilning uch oy davomida kuzatiladi. Chang-tuz to`zonlarining
uzunligi 400 km eni esa 40 km bo`ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi. Tuzlarning yer yuziga yog`ilishi paxtaning hosildorligi 5-15 foiz, sholining esa 3-6 foizga pasayib ketdi. Orol bo`yida yog`ilayotgan chang-tuz zarrachalarning umumiy miqdori o`rtacha 52 kg ni tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchialridan biri bo`lib qoldi. Qoraqalpog`iston respublikasining sug`oriladigan maydonlari chang- tuz fraksiyalari 250 kg dan, Chomboy tumanida 500 tonnagacha boradi. Sho`rlangan qum-to`zonlari yiliga Orol bo`yidagi 15 mingga yaqin yaylovlarni egallab bormoqda. G`o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo`zg`atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo`jalik mahsulotlarning hosili pasayib ketmoqda. Amudaryoning yuqori oqimidagi hududlarida meliorativ holati yomonlashishi (Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyadagi yerlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta oqimiga joylashgan Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ aholi bilan III va IV kategoriyaga mansub yerlar hisoblanadi. Sho`rlangan, kuchli sho`rlangan maydonlar 35-70 foizni tashkil etadi.
Tuproqlarning sho`rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda 30 foiz, Turkmanistonda 40 foiz, Qozog`isotnda 30-33 foiz, Tojikistonda 19 foiz, Qirg`izistonda 20 foizga pasayib ketdi. Markaziy Osiyoda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko`payishi sezilmayapti. O`simliklar qatlamining o`zgarishi bilan umumiy yem-xashak zaxirasi 1200 dan 500000 tonnagacha kamaydi. Boshoqli har yil o`tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o`simliklar zaxirasi kamayib siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi chorva molla;riga o`z ta’sirini ko`rsatmoqda. Sho`rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg`oqchilik tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o`rtasidagi haroratni o`zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to`lqinlanish xodisasini kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni doimo ushlab turishiga cho`l o`simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi. Kuchli sho`rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho`llanish jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o`z navbatida to`qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari