Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish. 1. Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya maskani. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari. 3. Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasini tashkil etish Tayanch tushunchalar: jamoat muassasalari, tarmoq normativlari, istiqbol reja , smeta, Maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, metodik qo’llanma, meyoriy hujjat. Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. Barcha turdagi maktabgach ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707- son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib , O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib , davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi , davolash- profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi , mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori- darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: I va II guruh nogironlari ; ko‘p bolali oilalarning bolalari; harbiy xizmatchilarning bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari ; chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi. Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi. 2.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda , hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi , ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi. Ota-onalar: o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini , davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash; bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish , bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida , davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;