MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy tarbiya ishini tashkil qilishda, diagnostik tahlil va baholashning reyting tizimi
MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy tarbiya ishini tashkil qilishda, diagnostik tahlil va baholashning reyting tizimi 1 . MTMda musiqiy tarbiya ishini tashkil etish. 2. MTMda diagnostik tahlil. 3. MTMda ta’lim-tarbiyani tashkil etish. 1
MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiya sining asosiy maqsadi bog‘cha yoshidan boshlab bolalarning dunyo qarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o‘stirib, bolalarga musiqani o‘rgatish jarayonida unda hayot o‘z aksini topishini anglatishdir. Shuni qayd etish lozimki, musiqa mashg‘ulotlari oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish lozim. Kichkintoylarning musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat: -musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati); -tembr uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish); -ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bolalar bog‘chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -kichkintoylarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish; -musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsio nal his- tuyg‘ularni hosil qilish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; -bolalarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; -bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish va odatlantirish; -musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish; 2
-musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish; -musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlarimiz jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish; -musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish. Musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bog‘chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog‘langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini shakllantiradi, ijodiy flkrlash qobiliyati va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari musiqiy o‘yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini shakllantirib, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTMgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta’limiy, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllan tirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shiq har tomonlama bolani kamolga yetaklaydi. Bolalardagi musiqiy qobi lyatni rivojlantirishga hamda bolaning barkamol yetuk avlod kishisi sifatida o‘sishiga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida o‘rgatiladigan har bir qo‘shiq mazmuni va xarakterini ongli tushunishga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Avvalambor, tarbiyachi biror bir she’rni yod olishni dasturdan foydalangan holda o‘rgatadi. Har bir tanlangan she’r bolaning qiziqishlari, bolaning ishlari, guruhlari hamda fasllarga qarab bayramlarning turlariga qarab o‘rgatiladi. Qo‘shiq bolaning hayotida muhim rol o‘ynaydi. Qo‘shiq inson 3
tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda avval qo‘shiq kuyini, keyin she’rini misrama-misra o‘rgatamiz. Qo‘shiq kuyini o‘rgatganda to‘rt xil musiqa asboblari orqali chalib yoki bo‘lmasa, biror-bir jonivorning ovozlarini berib, o‘rgatishimiz mumkin. She’rni esa bo‘g‘inlarga ajratib yoki chapaklar orqali yod oldiradi. Bolalar she’rlarni tezroq yod olishlari uchun she’r matnlarini takror aytishimiz kerak. Agar bolaning xayoli bir joyda bo‘lmasa, musiqa tovushlarini va she’rni tez yod olishlari murakkab bo‘ladi. MTM yoshidagi bolalarning ongi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ular kuyni sekin va uzoq muddatda yod olishadi. Bolalarga musiqa tovushlarini tushuntirib o‘rgatish zarur. Bolalar tarbiyasida qo‘shiqning roli katta. Qo‘shiq lirikaning eng qadimgi turlaridan bo‘lib, kuylashga mo‘ljallangan bir necha modeli she’rdir. Qo‘shiqlar kuy va ohang bilan aytiladi. Ba’zan qo‘shiq o‘yin bilan birga ijro etiladi. Demak, qo‘shiq uchun she’r va kuy kerak. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biridir. Qo‘shiqlar xalq turmushi va mehnatning ijodiy mahsuli bo‘lib, unda xalqning orzu-tilaklari, qalb sadolari, turli-tuman hayotiy tuyg‘ulari ifodalangan. Qo‘shiqlar o‘quvchilarning nafosatini o‘rgatishga, ularni hayot va mehnatga, muhabbat, vatanparvarlik, do‘stlik, qahramonlik, baynalmilallik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalshga yordam beradi. Musiqalar mavzu jihatidan mehnat, ishqiy, lirik qahramonlik qo‘shiqlariga va shu kabi boshqa turlarga bo‘lishimiz mumkin. Hayot tajribalariga asoslangan rang-barang qo‘shiqlar orqali xalqning g‘am-hasrat, dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat kabi his-tuyg‘ulari izhor etiladi. Qo‘shiq bolani erkalatadi, o‘yinga boshlaydi, uning his qilish qobilyatini o‘stiradi, fikrlashga o‘rgatadi. Bola tug‘ilgan kunidanoq onaning mehr to‘la allasini tinglaydi. Bunda onaning bolaga bo‘lgan samimiy chuqur muhabbati bilan birga, farzandning 4
jamiyatga mos, yaxshi farzandlar egasi bo‘lib tarbiya lanishini ta’sirli, ohangdor qo‘shiq orqali ifodalaydi: Alla, bolam, alla, Jonim bolam, alla. Ikki ko‘zim, alla, Shirin so‘zim, alla. Alla bolam, baxti bor, Har narsaning vaqti bor. Jonim bolam, alla, Shirin so‘zim, alla. Ikki ko‘zim, alla, Jonim bolam, alla, Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y tomoshalarda, ota-onaning obro‘si, uning shuhrati sifatida ta’riflanadi. Alla bolani chaqaloqlik davridanoq ohanglar vositasida ezgulikka chorlaydi. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshli gidan rivojlana boshlaydi. Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda 5