O’RTA OSIYONING O’RTA ASRLARDAGI TA’LIM-TARBIYA MUASSASALARI
O’RTA OSIYONING O’RTA ASRLARDAGI TA’LIM-TARBIYA MUASSASALARI Reja 1. Qadimgi va islom davrigacha bulgan ta’lim-tarbiya shakllari. 2. O’rta asr maktablari va ularga xos xususiyatlar. 3. Madrasalar va ularning turlari. 4. Madrasalarning me’moriy-rejaviy yechimlari. 5. Samarqand madrasalari.
Eramizdan oldingi IV-II asrlardagi oromiy va mixxat yozuviari, eramiz boshlaridagi Kushon yozuviari, Turkiston hududidan topilgan VI-VII asriarga doir O'rxin-Enasoy alifbosidagi qator bitiklar ham bu e r l i k xalqlarning qadimdan savodxon bo'lganIigidan dalolat beradi. Tarixchi olim I.To'xliyevning yozishicha, Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo xalqlarida islom dinigacha (VII-VIII asrlarga qadar) keng tarqalgan budda ibodatxonalarida ilohiy bilimlar bilan birga matematika, tabobat, grammatika, musiqa, yer, shamollar va yulduzlar harakatiga doir bilimlar ham o'qitilgan {28, b . l 1} Shunisi q i z i q k i , biddaviylik keng tarqalgan davrlarda Sharqiy Turkistonda katta yoshdagi erkaklarning uchdan bir qismi savodxon bo'lgan [28. b.l }. Isl omga qadar Samarqandda bolalarni besh yoshligidan o'qishga berish odati bo'lgan. O'rta Osiyoda islomga o’tilgandan keyingi ta'lim muasasalarining tarkibi asosan maktablar, madrasalar va madrasayi-oliya lardan tashkil topgan. Ilk o'rta va o'rta asrlarning ta'lim-tarbiva muassasalari Maktablar "Maktab" deb ataluvchi ta’lim shakli dastlab VII-VIII asrlarda arab mamlakatlarida paydo bo'lgan. Dastlab maktablar masjidlar qoshida shakllangan. VIII-IX asrlarda ular O'rta Osiyoda ham keng ta rqalgan . Maktablar bolalarga boshlang'ich t a ' l i m berishga asoslanib, ularda yoshlar asosan o'qish va yozishni, husnixatni o'rganganlar. O’qish va yozishni bilgan yoshlar Qur'onni, nomozni va turkiy tildagi be'riy asarlarni yod olganlar. Maktablarda ta'Iimning asosiy shakli bo'lib, bolalar odatda 5-7 yoshdan o'qiy bosh lagan. Bolalarning necha yoshgacha maktabda o'qish zarurligi ularning iqtidoriga qarab belgilangan. Aksariyat maktablar mahallalarning jamoat markazlari guruhlarda joylashib, guzar masjidlari, madrasalar va boshqa vazifadagi jamoat binolari tarkibiga kirgan. Ayrim hoillarda maktablar uchun alohida joylashgan binolar qurilgan. Islomiy an'analarga ko'ra, q iz va o'g'il bolalar ajratib o'qitilgan: qizlar odatda muallimaning uyida, o'g'il bolalar esa maktabda o'qishgan. Boy xonadoniarning farzandlari; odatda o'z uylarida o'qituvchi yollanib o'qitilgan.
Jamoat binolari tarkibiga kirgan maktablar uchun xonalar tanlashda O'rta Osiyoning issiq iqlim sharoiti e'tiborga olingan. Masalan, Samarqand viloyatining Uxum qishlog'idagi maktabda rquv xonalar uchun qishloq masjidiga yondosh joylashgan ayvonli xonalar va ochiq ayvonlar tanlangan. Arxitektura doktori L.Y.Mankovskayaning ma'lurn qilishicha, Buxorodagi mahallalardan birining masjidi qoshida qurilgan maktab 2 qavatli bo’lib, uning birinchi qavatida qishda, ikkinchi qavatidagi boloxonada esa yoz faslida dars o'tilgan. Alohida binoda qurilgan maktablar odatda yog'och sinchli, ustunli- to'sinli qurilmalar yordamida yoki pishiq g'ishtdan peshtoqli-gumbazli shakllarda ishlangan. Buxorodagi Chashma-Ayub mahallasida ana shunday alohida binoga ega gumbazli katta maktab bo'lib, u tarhda 29x30 metr, o'rtada joylashgan katta gumbazli zali esa 1 0 , 5 x 1 0 , 5 metrga teng bo'lgan. Maktab tarkibida o'qituvchilar xonasi yoki jamoatxona vazifasini bajargan katta zaldan tashqari dahliz, bir necha darsxonalar, ayvonlar va ravoq tomli hujralar bo'lgan. Binoning rejaviy yechimi asimmetrik kompozisiyada ishlangan. Biroq, o'rta asrlarda alohida bino tarzida qurilgan maktablar soni deyarli ko'p bo'lmagan. Maktablarning asosiy qismi boshqa jamoat (guzar, mahkama, madrasa) yoki ibodat (masjid, xonaqoh) binolari bilan birgalikda qurilgan. Arxitektura doktori T.A.Hidoyatovning aniq lashicha, bunday maktablarning me'moriy-rejaviy yechimlarida x onalar soni, tarkibi va ularning funksional bog'lanishida muqim tartiblar kuzatilmaydi . Biroq, maktablarni qurishda me'morlar O'rta Osiyoning noqulay issiq va quruq iqlim sharoitini e'tiborga olib xonalarni baland qilish, deraza yuzalarini kamaytirish va bino tarkibiga yozgi ochiq ayvonlar kiritishga harakat qilganlar.
XVI-XVII asrlarda Balx shahri Shayboniylarning yirik siyosiy markaziga aylanib, shaharda 200 ming aholi istiqomat qilgan va ularga 900 ta maktab to'g'ri kelgan. Tarixchi olim K.Kattayevning "Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji" kitobida ko'rsatilishicha, 1864-1868 yillarda Samarqand shahri mahallalarida madrasalar qatorida bir nechta maktablar ham qurilgan. Abulxayrboy, So'fi Roziq, Shohskashon, Toshkandiy, Qozi Abdurasul kabi mahalla maktablari shular jumlasiga kirgan. 1876 yilgacha Turkistonda 300 ga yaqin madrasa, 7 mingga maktablar faoliyat ko'rsatgan, deb yozadi tarixchi olim Sh.G’ afforov. Uning ta'kidlashicha bu davrlarda ayrim manbaiarnmg q ayd qilganidek Turkiston aholisining 2 foizigina savodli, qolganlari sav odsiz bo'lgan degan fikrlar butkul noo'rindir. Sh.G'afforov tarix fanlari doktori P.G.Kimning tadqiqotlariga asoslanib 1897 yildagi Turkiston aholisi, bu o'Ikadagi maklablar va ulardagi o'quvchilar soni, u l a r n i n g aholi umumiy soniga nisbati va aholining savodxonligini o'sha davr Rossiya va Belorussiya ahjli sining ana shunday ko'rsatkichlariga asoslanib, bu mamlakatlar aholisining savodxonligi haqida a n i q tasavvur beradigan quyidagi jadvalni tuzgan: Mamlakatlar Aholisining soni Maktablar soni O'quvchilar soni Aholining Limumiy soniga Aholining savodxonligi Rossiya 126.368.80 0 33.401 2.318.100 1,8% 21% Belorussiya 6.492.857 2.263 1 2 5 . 4 1 8 1,9% 24.7% Turkiston 3,792.774 6.027 6 4 . 0 1 5 1,7% 19,55% Albatta, bu ma'lumotlarni ham so'nggi d a l i l l a r deb qaramaslik deb yozadi Sh.G'afforov . Sharq olimlari va mutafakkiriari nafaqat ilmu-fanni o'rganish va r i v o j l a n t i r i s h , balki ta'lim-tarbiva tizimi va usliblarinu takomllashtirish bobida ham i s h o i i b borganlar. Jumladan, Ibn Sino Sharq olimlari ichida birinchilardan b o ' l i b tarbiya u s l u b l a r i n i n g mukammal tizimini yozib qoldirgan va ularning mohiyatini tishuntirib bergan. Uning bir nechta asarlari shu
masalaga bag’ ishlangan. Masalan, "Tadbir ul- manzil" r i s o l a s i n i n g bir bobi qanday qilib ma'lumotli q i l i s h haqidadir. "Tib qonunla i r i " n i n g to'itta bobi bolalar sog'Iigi va j i s m o n i y tarbiyasi muammolariga bag'ishlangan. "Ash-Shifo" asarida ham bolalar tarbitasiga oid turli usullar to'g'risida maxstis boblar mavjud. Ibn Sinoning flkricha, bolaga o ' z vaqtida xat-savod, eng kerakli hunarlarni o'rgatish va uni san'at asoslari b i l a n t a n i s h t i r a borisli zarurdir. X asr oxiri - XX asr boshlarida ayrim ziyoli k i s h i l a r xususiy – maktablar ochib, ularda daromadli oilalarning farzandlarini o'zlari joshlaydilar. Bunday z i y o l i l a r "maktabdor" deb a t a l i b , ular bolalarga o ' q i s h va husnixatni o'rgatishdan tashqari og'zaki hisobni ham o'rgatganlar. Maktabdorning savodli xotinlari esa "otinoyi" deb atalib, ular o'z uylarida davlatmand kishilarning qizlarini o'qitgan. Bu davrga kelib qizlar ham o ' g ' i l bolalar kabi boshlang'ich maktablarda o'qiy boshlagan. Biroq, ular uchun alohida «qizlar maktabi» - belgilangan. Bunday maktabdagi o'quvchilar soni 10-20 tagacha bo'lgan. Ularga bir muallim dars bergan, katta yoshdagi bolalardan biri guruh boshlig'i, xalfa esa o'qituvchining yordamchisi vazifasini bajargan. Maktabning dasturida Qur'oni karim oyatlari, hadislarni yodlash, shariat asoslarini o'rgatish, arab yozuvi bilan tanishish, abjad usulidagi hisobdan xabardor b o ' l i s h (shuning uchun boshlang'ich bosqich talabalari abjadxon deb ham tilga olinadi), odob-axloq mavzusidagi pandnoma, she'riy asarlarni o'qish va yodlash nazarda tutilgan. Tarixchi A.Abdurasulovning yozishicha, XX asr boshida (1909 y .) Xiva shahrida jami 1500 ta maktab bo'lib, ularda 45 ming bola tahsil olgan. Xivada qizlar o ' g ' i l bolalar bilan qo'shib o'qitilgan. Bu davrda Farg'ona viloyatida ham anchagina o'quv maskanlari bo'lib, bularning soni 2316 ta maktabni tashkil qilgan. Ulardan 1749 tasi o'g'il bolalarga, 567 tasi esa q i z bolalarga mo'ljallangan. Ularda 24690 ta o'g'il bola va 6559 ta qiz bolalar t a ' l i m olgan.