logo

MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya mashg‘ulotlari, bayram tadbirlarini rejalashtirish (yillik o‘quv-reja, plan-konspekti yoki mashg‘ulot bayoni, tadbir senariysi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.3544921875 KB
MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya mashg‘ulotlari,
bayram tadbirlarini rejalashtirish (yillik o‘quv-reja, plan-konspekti yoki
mashg‘ulot bayoni, tadbir senariysi  
Reja:
1.   Bayram tadbirlar i ning tarbiyaviy ahamiyati.
2. MTMda bayram va tadbirlarni tashkil etish.
3.   Bayram tadbirlarining  s senariysini ishlab chiqish yo‘llari.
   MTMgacha yoshdagi  bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat
kasb   etib,   muntazam   ravishda   olib   boriladigan   tarbiya   jarayonining   bir   qismini
tashkil   etadi.   Mazkur   qo‘llanma   MTMgacha   ta’lim   musassalarida   musiqiy
tarbiyani   amalga   oshirish   dasturida   belgilangan   ertalik   va   bayramlarni
nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil  qilish jarayoniga qaratilgan.
Musiqa,   ayniqsa,   milliy   musiqa,   bola   tarbiyasiga   benihoya   katta   ta’sir   ko‘rsatib,
ularda   yuqori   darajadagi   badiiy,   estetik   zavq   va   didni   shakllantiradi,   go‘zallikni
musiqa   orqali   idrok   etishda   yetakchi   rol   o‘ynaydi.   Bolalar   bog‘chasida   musiqiy
tarbiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi:
– musiqa tinglash;
– vokal ijrochilik;
– milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;
– bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;
– musiqa turlari bilan tanishtirish;
– ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish;
– bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish;
–musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish.
Musiqa   rahbarlari   ushbu   vazifalarni   amalga   oishirar   ekanlar,   o‘z   ish
tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar.
–   Musiqa   mashg‘ulotlari   (vazifa   va   maqsadiga   qarab,   turli   mavzu   va
yo‘nalishda bo‘ladi):
– bayram ertaliklari;
– ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar;
– nafosat soatlari;
– badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;
– musiqiy teatr dramatizatsiyalari;
– yakka hol ish turlari;
– to‘g‘arak ishlari.
Bayram  ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar  ekan, avvalambor bu hammaning
bayrami   ekanligi,   bolalar   xotirasida   unutilmas   iz   qoldiri lishi,   ularga   zavq, xursandchilik   olib   kelishini   nazarda   tutish   zarur.   Bu   jarayonda   barcha   teng
qatnashishi   lozim.   Masalan,   pedagogik   jamoa,   ota-onalar   va   mahalla   ahli.
MTMgacha   ta’lim   muassasasida   tashkil   qilingan   bayram   ertaliklari   umumxalq
bayramlarining   bir   parchasi   bo‘lmog‘i   zarur.   Bolalar   bog‘chasida   musiqa   va
o‘yinlar bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‘yin va musiqa
bilan   harakat   katta   ahamiyatga   ega.   Musiqa   faoliyatining   bu   turlari   bolaning   har
tomonlama o‘sishiga katta yordam beradi.
Birinchidan,   uning musiqa uquvi, ayniqsa, ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi
yaxshi   rivojlanadi,   chunki   har   qanday   harakat   turi   musiqa   ritmi   va  taktlari   ostida
bajariladi   hamda   harakat   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   musiqa   ohanglari   bola   xotirasida
turg‘un   saqlanadi.   Ikkinchidan,   yuqorida   aytganimizdek,   raqs   va   musiqali
harakatlar   bolada   harakat chanlik,   chaqqonlikni   rivojlantirib,   badanni   chiniqtiradi,
qomatning   to‘g‘ri   o‘sishiga   yordam   beradi.   Uchinchidan,   musiqa   asarlari   bolada
turlicha emotsional hislar uyg‘otadi. Turlicha kayfiyatlar hosil qilib, uning ongida
o‘ziga   xos   obrazlar   yaratadiki,   bular   bolaga   harakat   sxemalarini   badiiy   ishoralar
bilan  ifodalashga  yordam   beradi.  Demak,  musiqa   bilan   harakat   bolaning   aqliy  va
estetik   qobiliyatini   hamda   irodasini   rivojlantirishda   ham   alohida   ahamiyatga   ega.
Masalan,   marsh   musiqalari   bolaga   g‘ayrat   va   tetiklik   bag‘ishlaydi.   Marsh
musiqalarisiz bayram ertaliklari, hatto bog‘chaning oddiy bir kunlik hayotini ham
tassavvur   qilish   qiyin.   Raqs   kuylari   esa   bolada   ajoyib   ichki   his-tuyg‘ular,
kechinmalar   hosil   etib,   beixtiyor   raqsga   tushishga   undaydi   va   uni   behad
zavqlantiradi.   Musiqa   mashg‘ulotlarida   bajariladigan   harakatlarni,   ya’ni   asosan
ikki turga bo‘lish mumkin 
1)   raqs   va   xorovodlar.   Musiqali   o‘yinlar:   o‘yin   bog‘cha   yoshidagi   bolalar
ijodiy   faoliyatining   eng   faol   shaklidir.   O‘yinlarga   mo‘lljallangan   musiqa
asarlarining   badiiy   mazmuni,   xarakteri   va   ifoda   vositalari   o‘yinning   sujetiga   mos
tushishi   shart.   O‘yinning   s y ujeti   esa   bog‘cha   hayotidan   olingan   bo‘lishi   lozim.
Unda bolaning ijtimoiy hayot va tabiat bilan munosabati o‘z aksini  topishi kerak.
Ayniqsa xalq bolalar o‘yinlari katta ahamiyatga ega.  Bog‘chadagi   musiqali   tarbiya   metodikasida   musiqali   o‘yinning   asosan   ikki
turi   tavsiya   etiladi:   1)   cholg‘u   musiqa   sadolari   ostida   o‘ynash;   2)   ashula   aytib
o‘ynash.   O‘z   navbatida   cholg‘u   muisiqali   o‘yin   syujetli   va   syujetsiz   o‘yinlarga
bo‘linadi.   Syujetli   oyinda   aniq   voqea   tasvir   etilib,   syujetsiz   o‘yinda   esa   turli
harakat   namunalari   vositasida   musiqa   asarining   xarakteri   va   badiiy   shakli   tasvir
etiladi.   Ashula   aytib   o‘ynash   ko‘proq   xorovodlar   va   insenirovkalar   bilan   bog‘liq.
Ular o‘yinning mazmuniga qarab tuziladi. Ba’zi o‘yinlarda bir bola o‘yin boshlab,
boshqalari unga ergashsa, boshqasida esa, guruh ikkiga bo‘linishi yoki juft bo‘lib
o‘yinga   tushilishi   mumkin.   O‘yinni   davra   tuzib,   ikki   guruhga   bo‘linib,   ijro   etish
kabi turli shakllarda o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Musiqa   madaniyati   darslarida   bajariladigan   o‘yinlar   asosan   ikki   turga
bo‘linadi:
1. Qo‘shiqning mazmuniga mos musiqali ritmik o‘yinlar.
2. Raqslar.
Shunday  qilib,   musiqiy   o‘yinlar   o‘z  maqsad   va   vazifalariga  ko‘ra,  didaktik
o‘yinlarga   mansub   bo‘lib,   asosan   ritmik   harakat   vositasida   ijro   etilishi   bilan
ifodalanadi.   Musiqa   ostida   jismoniy   tarbiyaning   ahamiyati   Jismoniy   tarbiya   –
sog‘lom avlod, sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat uchun bolalikdan qilinadigan amaliy
harakatdir.   Jismoniy   musiqiy   harakat,   o‘yinlar,   sport   bilan   shug‘ullanish   iroda,
chidam,   intizom   tuyg‘ularini   shakllantiradi.   Bola   o‘z   kuch-quvvati,   sog‘lomligi,
qaddi-qomatining   ixchamligi,   nafas   harakatlarining   tog‘rili gini   sezib   turadi   va   bu
bilan   faxrlanadi.   Bu   sifatlar   sezilmagan   holda   didni   tarbiyalay   boradi,   bolani
go‘zallik   dunyosiga   yetaklaydi.   Sportchi ning   har   tomonlama   uyg‘un   rivojlangan
qaddi-qomati haqiqatdan ham go‘zaldir.
Jismoniy   tarbiya   aslida   musiqa   tarbiyasi   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Bayram
ertaliklari   bog‘cha   hayotining   eng   muhim   va   tarkibiy   qismiga   aylangan   bo‘lib,
tantanavorlik,  xursandlik   va  shodlik   holatini   vujudga  keltiradi,  bolalarning  badiiy
didini   tarbiyalaydi.   Bayram   ertaliklaridan   maqsad,   bolalarni   nafosat   olamiga   olib
kirish,   ularda   ajoyib   yorqin   taassurotlar   qoldirish   va   shodlik   baxsh   etishdan
iboratdir.   O‘zbekiston   Mustaqillikka   erishdi.   Istiqlol   sharofati   tufayli qadryatlarimiz,   unutilgan,   lekin   bola   tarbiyasida   nihoyatda   zarur   bo‘lgan   urf-
odatlarimiz   tiklanmoqda.   Shu   sababli   bayram   ertaliklari   shaklan   va   mazmunan
o‘zgarmoqda.   Bolalar   bog‘chalarida   nishonlanadigan   asosiy   bayramlar
quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.
2. Rahbar va murabbiylar kuni.
3. Mehrjon bayrami.
4. Yangi yil bayrami.
5. Vatan himoyachilari kuni.
6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
7. Navro‘z bayrami.
8. Xotira va qadrlash kuni.
9. Gul va qushlar bayrami.
10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi.
11. Bolalarni MTM quchog‘iga kuzatish tadbiri.
Har   bir   bayramning   o‘z   ma’nosi   va   alohida   xususiyati   bor.   Masalan,   1-
sentabrda   nishonlanadigan   Mustaqillik   bayramida   vatanni   sevish   va   e’zozlash,
unga   munosib   farzand   bo‘lib   yetishish,   uning   yutuqlaridan   faxrlanish   hissi
tarbiyalanadi.   Bayram   katta   guruh   bolalari   bilan   o‘tkazilib,   ular   O‘zbekiston
Respublikasi   madhiyasini   kuylaydilar.   Kichik   va   o‘rta   guruh   bolalari   tomoshabin
sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, insenirovkalarda xalqimizning erishgan
yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-
oqibati,   qadriyatlarimiz   ko‘rsatilishi   kerak.   Musiqa   rahbari   bayram   dasturini
tuzishda ijodiy yondashib, zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek
xalq   qo‘shiqlarini   ham   dasturga   kiritishimiz   lozim.   Mehrjon   bayramida   mehnat
mavsumi   yakuniga   yetayotganligini   ifodalab,   «Quyosh   bobo»ga   minnatdorchilik
bildirib,   «Bobodehqon»   mehnatini,   «Ona   yer»   saxovatini,   mehr-muruvvatini,
«Kuzjon»ning   to‘kin-sochinligini   ramziy   obrazlar   orqali   chuqurroq   idrok
etishlariga   erishish   lozim.   Bu   bayramni   katta,   o‘rta   va   kichik   guruh   tarzida
o‘tkazish   mumkin.   Bayram   tantanalarida   iloji   boricha   o‘zbek   milliy   asboblarini (karnay,   sunray,   nog‘ora)   jalb   qilish   tavsiya   etiladi.   Imkoniyat   bo‘lmasa,
fonogrammadan  foydalanish   lozim.  Askiya lar  va   kichik  sahnalashtirilgan  ertaklar
ham   bo‘lishi   tavsiya   etiladi.   Qo‘shiq,   lapar   (aytishuv)   va   askiyalar   mazmuni
bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul
qilingan   bo‘lib,   jahon   oilalarining   eng   sevimli   bayramidir.   Unda   chiroyli   bezatil -
gan   archa,   quvnoq   kuy,   qo‘shiq   va   o‘yinlar   Qorbobo,   Qorqiz   va   turli   ertak
qahramonlari,   o‘rmon   hayvonlari   ishtirok   etib,   bolalar   bilan   xursandchilik
qiladilar.
Navro‘z  bayramida uyg‘onayotgan  borliq,  tabiat  ulug‘lanadi. Qadriyat,  urf-
odat,   udumlarni   aks   ettiruvchi   mazkur   bayram,   tabiat   uyg‘onishi,   yangi   mehnat
mavsumining   boshlanishi,   tabiat   go‘zalligidan   zavqlanish   va   uni   asray   bilish,
ko‘kalamzorlashtirish,  mehnatni   ulug‘ lash  kabi  g‘oyalarni  o‘zida  mujassam  etadi.
Qo‘shiq-yallalar   kuylanadi,   o‘lan   aytishuvlar   va   turli   xil   qiziqarli   o‘yinlar
o‘tkaziladi.   Bu   bayramni   bog‘cha   sharoitidan   kelib   chiqqan   holda   zalda   yoki
hovlida   o‘tkazish   mumkin.   Qadimda   sharq   xalqlari   o‘z   sayllariga   odamlarni
karnay-surnay   orqali   chorlaganlar.   Shuning   uchun   bayramning   tantanali   qismi da
milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda
quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.
8-mart  bayramida  bolalar  onalari, buvilari, opalari,  tarbiyachi lariga  bo‘lgan
mehrlari   va   ulkan   muhabbatlarini   qo‘shiq,   she’r,   raqs,   o‘yinlarida   ifodalaydilar.
Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchi lik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan
sovg‘alarini   taqdim  etadilar.  Ular  uchun  katta,  o‘rta   va  kichik  guruhlarda  konsert
uyushtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari
bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayram -
ning   umumiy   xarakteriga,   mazmuniga   mos   bo‘lishi   kerak.   Agar   bog‘chada   xalq
cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga
kiritish   kerak.   Buyuk   siymolar   tavallud   topgan   kunlar   uchun   badiiy   musiqiy
nafosat   soatlarini   tashkil   etish,   bolalarda   milliy   g‘urur   tuyg‘ularini   shakllantirib
boradi. Ularning rasm larini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish,
bolalar   yoshiga   mos   asarlari   bilan   tanishtirish   esa   bolalar   ma’naviyatini   oshira di. Shuningdek,   bayramlar   bolalarni   respublikamizda   yashaydigan   barcha   millat   va
xalqlarning   urf-odatlari,   qo‘shiq   va   o‘yinlari   bilan   tanishtirish   hamda   ularga
nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta o‘rin egallaydi.
 Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTMda olib
boriladigan   barcha   bayram   ertaliklari   vositasida   oliyjanob   fazilatlar   yosh   avlodga
bog‘cha   yoshidan   boshlab   shakillantiriladi.   Bayram   ertaliklari   jarayonida   bola
hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos
musiqa   asarlari   kichkintoylarda   unutilmas   taassurot   qoldiradi,   ularning   ruhiy
dunyo sini   boyitadi.   Bog‘cha   sharoitidagi   musiqaviy   tarbiya   badiiy   adabiyot   va
tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi.
O‘rta guruhlarda bayram ertaliklari
1.   Mustaqillik   bayrami.   Bu   bayram   tadbiri   1-sentabrda   o‘tkaziladi.   Tadbir
O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi  bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz
haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro etadilar.
2.  Mehrjon  bayrami   –  Bobodehqon  va  ona   zaminni   ulug‘lovchi  bayramdir.
U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi. 
3.   Archa   bayrami.   Bu   bayramda   Qorbobo,   Qorqiz   va   sevimli   ertak
qahramonlari ishtirok etadilar.
4. 8-mart – Onajonlar bayrami.
5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.
6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
1.   «1-sentabr   –   Mustaqillik   bayrami».   Bayram   tadbirlari   orqali   bolalarda
vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib toptiriladi. 
2. 1-oktabr – «Rahbarlar va Murabbiylar kuni».
3.   Til   bayrami.   Bu   bayram   «Til   –   dil   kaliti»,   «Ona   tilim   –   jonu   dilim»
nomlari ostida nishonlanadi 
4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami. 5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan «Qomusi miz – 
nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.
6. «Archa bayrami» ertaligi.
7. 14-yanvar – «Vatan himoyachilari kuni».
8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert uyushtiriladi.
9.   21-mart   –   Navro‘z   bayrami.   Bu   tadbirda,   asosan,   urf   odatlarimiz   va
qadriyatlarimiz haqidagi sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi.
10.   Gullar   va   qushlar   bayrami   may   oyida   o‘tkaziladi.   Bolalar   O‘zbekiston
gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar aydatilar.
11.   «Sog‘lomjon   va   polvonjon»,   «Sog‘lom   tanda   –   sog‘   aql»   tadbirlari   1-
iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli estafeta va bellashuvlar uyushtiriladi.
12. MTMga kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom,MTM
MTM da utkaziladigan bayram ertaliklari dasturlaridan namuna
         Istiqlol bayrami
           Bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy   hayotidan,   Respublika   Prezidentining   xorijiy   mamlakatlar   elchilari,
mahalla   ahli,   yozuvchilar,   ishchilar,   dehqonlar,   talabalar   bilan   uchrashuvlari   aks
etgan   foto-rasmlar   terib   qo‘yiladi.   Bog‘cha   musiqa   mehmonxonasi   to‘riga
O‘zbekiston   bayrog‘i,   gerbi   o‘rnatilgan.   Davlat   madhiyasining   matni   va   notaga
tushirilgan   musiqasi   bosilgan   plakat   ham   o‘ziga   munosib   o‘ringa   joylashtirilgan.
Quvnoq musiqa sadosi ostida bolalar kirib keladilar va joylariga o‘tiradilar.
Bog‘cha   mudirasi:–   Aziz   farzandlarim!   Ulug‘   bayramingiz   –   O‘zbekiston
Respublikasi   Mustaqillik   kuni   bilan   barchangizni   chin   qalbimdan   tabriklayman!
Xabaringiz bormi – bog‘chamizga chet ellik mehmonlar kelar ekan. Sizlar mezbon,
ularni kutib olasizlar.
Tarbiyachi: – Mehmon kutishni eplarmikanmiz? Qanday bo‘larkan? Biz bayramga
atab   raqs   va   qo‘shiqlardan   chiroyli   musiqali   guldasta   tayyorlagan   edik.   Shu
tomoshani namoyish etsak, degandik. Mudira: –   Juda   yaxshi!   Konsert   dasturingizni   mehmonlar   e’tiboriga   havola
etasizlar.   Respublikamiz   hayoti,   azim   shaharlari,   aziz   insonlari   haqida
bilganlaringizni aytib berasizlar. (Mudira chiqib ketadi).
Tarbiyachi: – Bolalar, sizlar nima deysizlar? 
1-Bola: – Opajon, men yod olgan she’rimni o‘qib bersam maylimi! (she’r o‘qiydi).
2-Bola: – Do‘stlarim bilan birga xalq laparini ijro etaman, keeling o‘rtaga jo‘ralar!
(«Yallalo-yallo» lapari ijro etiladi).
Mudira: – (kirib).Qani, mezbonlar, mehmonlarni kutib oling!
(Musiqa   mehmonxonasiga   arab,   turk,   fransuz   va   amerikalik   kichkintoylar   kirib
kelishadi.   Bolalar   chet   tillardan   birontasini   o‘rganishgan   bo‘lsa,   o‘sha   tilda
salomlashadilar. Mezbonlar ularga iltifot ko‘rsatib o‘tirg‘izadilar).
Tarbiyachi: – Hurmatli bolalar, ota-onalar, aziz mehmonlar!Bugun diyorimizning
turli burchaklarida, MTM-bog‘chalarda, mahalla-xonadonlarda tantanali bayram –
O‘zbekiston   Respublikasining   Mustaqillik   kuni   nishonlanmoqda.   Ishchi   va
dehqonlar,   olim   va   quruvchilar,   tikuvchi   va   shifokorlar   –   hammalari   bayramga
munosib   tayyorgarlik   ko‘rib,   sovg‘alar   hozirladilar.Do‘stlarimiz   ham   bayramga
tashrif   buyurdilar,   bu   nur   ustiga   nur   bo‘ldi.   Bugun   biz,   istiqlolimizni.   erkimizni,
Mustaqilligimizni sharaflaymiz!
«O‘zbekiston – quyoshli diyor» qo‘shig‘ini kuylaydilar. (K.Kenjayev musiqasi).
Mehmonxonaga zangori bantik taqqan, oq futbolka va yashil yubka kiygan qizlar
kirib kelishadi. Ular qo‘llarida yorug‘  yulduzchalar   tutib, milliy bayrog‘imizdagi
yulduzchalarni eslatib, qator bo‘lib turadilar.
Tarbiyachi: –   Rahmat,   sizlarga,   yulduzchalar.   Raqsingizni   maroq   bilan   tomosha
qildik. Endi o‘zingiz haqingizda to‘liqroq so‘zlab bering!
«Yulduzchalar»: –   Bizlar   –   o‘n   ikkitamiz.   O‘zbekiston   Respublikasi   milliy
bayrog‘ida   biz   ham   aks   etganmiz.   Bayrog‘imizdagi   uch   rangning   har   biri   o‘ziga
xos   teran   ma’no   tashiydi.   («Yulduzchalar»   davraga   tushib,   navbatma-navbat
gapirib beradilar).
Tarbiyachi: –   (bayroq   oldiga   kelib).«Yulduzchalar»   to‘g‘ri   aytishadi.   Bugungi
kunda   bayrog‘imizni   dunyodagi   aksariyat   davlatlar,   xalqlar   taniydi   va   biladi. Bayramimizga   ishtirok   etib,   shodligimizni   baham   ko‘rayotgan   mehmonlarimizni
qutlaymiz. («Mehmonlar» turib ta’zim qiladilar).
«Munojat» kuyi yangraydi.
Tarbiyachi: – (qadimgi kitobni qo‘liga olib, varaqlay boshlaydi). Bunday tantanali
kunda ota-bobolarimiz, o‘tgan davlat arboblari-yu ulug‘ sarkardalarning nomlarini
tilga olmaslikning iloji  yo‘q. Chunki  ular  bizning faravon hayotimizni  orzu qilib,
bunday   istiqlolga   erishishimiz   uchun   kurashib,   bu   yo‘lda   ijod   qilganlar.
(Tarbiyachi   nomlarini   eslagan   buyuk   siymolar   –   bolalar   birin-ketin   musiqali
mehmonxonaga   kirib   keladilar).Beruniy,   Al-Xorazmiy,   Farg‘oniy,   Forobiy,   Ibn
Sino,   Bobur,   Mashrab,   Ahmad   Yassaviy,   Bahovuddin   Naqshband,   Najmiddin
Kubro, imom Buxoriy, at-Termiziy... (bu   yerda shu hududda tug‘ilgan shaxslarni
yodga   olish   mumkin).   Bolalar   ularni   odob   bilan   o‘rinlaridan   turib,   ta’zim   bajo
keltirib kutib oladilar, hurmat ila davraga o‘tqazadilar.
1-bola: –   Bugun   biz   barcha   bayramlar   ichra   eng   e’zozlisi   –   O‘zbekiston
Mustaqilligini shodon nishonlaymiz!
2-bola: –  Farzand bo‘lib maqtayman, 
                Xursand bo‘lib maqtayman!
                Shu o‘lka suvin ichdim,      
                Dilband bo‘lib maqtayman!
                Onajon, O‘zbekiston!
                Jonajon, O‘zbekiston!
                                                                                        (P.Mo‘min)
(O‘zbekiston haqida she’rlar o‘qiladi. Qo‘shiq va raqslar ijro etiladi.)
Tarbiyachi: – Aziz mehmonlarimizni sayohat qildirsak bo‘lar edi, lekin ularni eng
avvalo qayerga olib borsak ekan?
Bolalar: –   Buxoroga,   Xivaga,   Samarqandga,   Surxondaryoga,   Toshkentga,
Qo‘qonga, Andijonga...
Tarbiyachi: –   O‘zbekistonning   eng   chiroyli   va   qadimiy   shaharlarini   tanladingiz-
ku.  ammo ularga qanday borishni aytmadingiz! Bolalar :– Sehrli «qo‘qon arava»da!
Tarbiyachi: –   Xayolimdan   ko‘tarilibdi,   to‘g‘ri   aytasiz,   sehrli   aravaga   chiqib,   biz
mehmonlar   bilan   bir   zumda   istagan   joyimizga   yetib   borishimiz   mumkin.   Qani,
ayting sehrli so‘zlarni! 
O‘rtaga «sehrli arava» chiqadi va bolalar mehmonlar bilan birga yo‘lga otlanadilar.
Bolalar:
                – Ezgulikdadir qudrat,
                   Dilda yo‘q gina-kudrat,
                   Yo‘l tanobin tortamiz,
                   Termizjonga boramiz!
Shu   tarzda   «sehrli   so‘z»larning   oxirgi   satri   o‘zgarib,   istalgan   viloyatga   borish
mumkin.   U   yerda   mehmonlarni   raqs   tushib,   qo‘shiqlar   aytib   –tantanali   ravishda
kutib olishadi. «Andijon polkasi», Xorazm «Lazgi»si ijro etiladi va hokazo.
Tarbiyachi: –   Bolalar,   men   mehmonlarimizning   bir   siridan   ogoh   bo‘ldim   –   ular
sizlarga   chiroyli   sovg‘a   tayyorlab   kelishgan   ekan.   U   nima   ekan   deb   o‘ylarsiz?
Mana,   ko‘ring!   (Mehmonlar   ijrosida   arabcha,   turkcha   va   zamonaviy   raqslar).
Sovg‘alar   sizlarga   ma’qul   bo‘ldimi?   Mehmonlarimizga   chin   dildan   «RAHMAT»
aytamiz-a?! Rahmat sizlarga, bizlarni juda xushnud etdingiz!
Bayramimiz yana davom etadi.
O‘zbek xalq kuylari sadosi ostida musiqa mehmon-xonasiga «Humo» qushi uchib
kirib, jozibali raqs ijro etadi. Unga milliy libosdagi qizlar jo‘r bo‘ladilar va o‘yin
so‘ngida tarbiyachi oldiga Humo qushini yetaklab keladilar.
Bolalar: –   Qarang,   bog‘chamizga   Humo   qushi   uchib   keldi!   Tarbiyachi:–   Bu
xushxabaringiz   uchun   rahmat!   Humo   qushi   gerbimizdan   joy   olib,   O‘zbekiston
yurtining   baxt-saodat   ramzini   bildiradi,   posboni   sanaladi.   Uni   sevib,   ardoqlang,
aziz   bolajonlar!   Mehr-oqibatli,   mehnatsevar   bo‘lib   kattalarni   hurmat   qilib,
yurtimizning   boyligiga   boylik   qo‘shib,   Humo   qushini   abadul-abadga   saqlang!
(Qo‘shiq ijro etiladi).
Barcha   bolalar   bayroq   oldiga   kelib,   tantanavor   holda   turib   O‘zbekiston
Respublikasi madhiyasiga jo‘r bo‘ladilar. Tarbiyachi: – Rahmat, dilbandlarim!  Sizlar porloq diyorimizning ertangi kunisiz!
O‘zbekiston   istiqlolining   baxtli   egasisizlar!   Bayram   davom   etadi,   bizni   bog‘   va
tomoshagohlar kutyapti! Yuring, shahar (qishlog‘imiz) ahliga qo‘shilib, umumxalq
sayliga   chiqaylik!   Quvnoq   musiqa   sadolari   ostida   mehmonlar   va   mezbonlar
chiqadilar.
1-oktabr – «Ustoz va Murabbiylar kuni».
Boshlovchi:   Assalomu   alaykum,   hurmatli   mehmonlar!   Sizlarni   umumxalq
bayrami – «Ustoz va murabbiylar kuni» bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizdan boshlanadi asl tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!
(Abdulla Oripov)
Bola:  Boshda fikr nuri – gavhar,
Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar,
Hamma:  Bu ustozlar, ustozlar!
Bola:  Ishimizda gar sezsa nuqson,
Yuragida turar to‘fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon,
Hamma:  Bu ustozlar, ustozlar!
Bola:  Ishi bilan dili birdir,
Do‘st-u yorga shirin tildir.
To‘lqin ursa Amu-Sirdir,
Hamma:  Bu ustozlar, ustozlar!
Bola:  Mustaqillik xush zamona,
Xush zamonga u parvona.
Yurtim, elim, deya yona,
Hamma:  Bu ustozlar, ustozlar!
«Bog‘cha opa, bo‘lmang xafa» qo‘shig‘ini kuylaydilar. Gul va sharlar bilan
«Bayramingiz   muborak»   raqsini   ijro   etadilar.Boshlovchi:   Prezidentimiz   Islom Karimov farmoniga binoan,1997-yil 1-oktabrni «Ustozlar  va murabbiylar kuni» –
umumxalq bayrami, deb ehlon qilindi. 
Bolajonlar,   ustoz   deganda   ko‘z   oldingizga   qanday   insonlar   namoyon
bo‘ladi? 
Bola:  Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola:  Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi opamiz.
Bola:  Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob-kitobni o‘rgatadilar.
Bola:  Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni e’zozlashni,
Ham qo‘ynida yayrashni,
Bulbul bo‘lib sayrashni,
O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi:   Barakalla,   juda   to‘g‘ri   topdingiz.   Ustoz   ana   shunday   ulug‘
zotdir.   Bugun   qalbimizdan   ona   kabi   joy   olgan   ustozlarga   qancha   shirin   so‘zlar,
she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola:  Assalom, aytamiz sizga azizlar!
Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‘ziday aziz bo‘lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.
Bola:  Bugun bayram tantana,
Bayramingiz muborak.
Aziz ustoz, murabbiy,
Ayyomingiz muborak!
Bola:  Tongda turib opajon,
Bizni deya shoshasiz,
Bizni ko‘rib uzoqdan,
Qaynoq quchoq ochasiz.
Bola:  Sizdan oldik ko‘p bilim,
O‘rgatingiz tolmasdan. Onalarni sevishni,
Unga ko‘mak berishni.
Bola:  Bu olamni asrashni,
Odam bo‘lib yashashni.
Bog‘da gulzor yaratib,
O‘rgandik bog‘bon bo‘lishni.
Bola:  Bog‘larimiz oralab,
Gullar terdik saralab.
Gullarning eng sarasin,
Sizga berdik dastalab.
«Qari navo»  o‘zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi:   Aziz   bolajonlar,   ustozlarning   burch   va   vazifalari   sizlarga
ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham o‘z ustozlari oldida burch va
vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida kin aytadi?
Bola:  Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlariga rioya qilish.
Bola:  Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola:  Ustozning qarindosh-urug‘larini hurmat qilish.
Bola:  Ustozning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish.
Bola:  Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola:  Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish.
Bola:  Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola:  O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi:   Barakalla,   bolajonlar,   javoblaringiz   meni   mamnun   etdi.   Men
buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman. (Rivoyat aytadi.)
Boshlovchi:  Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz?
Bola:  Ustoz – otangday ulug‘.
Bola:  Ustoz ko‘rmagan shogird, olam sirini bilmaydi.
Bola:  Ustozlar aqli – donolar naqli. Bolalar «Yurtim» qo‘shig‘ini kuylaydilar (G.Qo‘chqorova musiqasi).
Boshlovchi:   Mana   shunday   mashuliyatli   kasb   egalari   bo‘lmish   ustoz
murabbiylar,   jajji   bolajonlarga   bor   mehrini   berib,   sabr-toqat   bilan   mehnat
qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram bo‘lsin!
Mehrjon – bayram sayli
Zal   bayram   ko‘rinishida   be zatilgan.   Bolalar   musiqa   sadolari   ostida   zalga
kirib ke ladilar.
1-boshlovchi:
– Kuz ke ldi o‘lkam bo‘ylab,
Mardlik qo‘shig‘in kuylab,
Bizning go‘zal yurtimizda,
To‘kin-sochin yo‘lida.
Kuz bizga keldi.
Shirin-shakar me valar.
Sabzavot, qovun, tarvuz,
Oppoq paxta, bug‘doy kon.
Hadya qildi bizlarga,
To‘kin-sochin dasturxon.
2-boshlovchi:—   Aziz   mehmonlar   va   qadrli   bolajonlar,   sizlarni   Mehrjon   –   hosil
bayrami   bilan   tabriklaymiz!   M ehrjonning   fasllar   orasida   alohida   o‘rni   bor.
Yurtimiz noz-ne ’matlarga mo‘l-ko‘lligi paytida, ayni pishiqchilik pallasida bayram
qilinadi.   Bahorda   Navro‘z   bayramini   k eng   nishonladik.   Bugun   esa,   Navro‘zning
birodar ukasi, M ehrjon bayramini nishonlayapmiz. Ular zaminning ikki ko‘zidir.
Bola: –    Bugun, Navro‘zga esh to‘y,
               Hosil to‘ydir, Mehrjon.
               Me hrdan turilgandir,
               Hosil to‘yim, M ehrjon.       
 Bola:–    Navro‘z ila Mehrjon                Yetsin mangulik davom.
                Zamin qosh-ko‘zi ular,
                E’tiqod shudir mudom.
Bola:  –    Salom, sayri kuzimiz,
                Che tda qolmang odamlar.
                Bugun Navro‘zga esh to‘y,
                 Hosil to‘yim, M ehrjon.
Bolalar «Vatanim» qo‘shig‘ini kuylaydilar. (F.Nazarov musiqasi).
               Chaman-chaman bog‘larga,
               Sayroqi bulbullarga,
               Toshqin daryo ko‘llarga,
               Joydir go‘zal Vatanim.
               Ko‘kni quchgan kuylarga,
               Boydir go‘zal Vatanim.
               Yagonadir chiroying,
                El bag‘rid k bag‘ring k ng,
                Se n hayot, ilxom b erding,
                Yor bo‘l, go‘zal Vatanim.
                Porlar g‘olib bayrog‘ing,
                Kundi k yorug‘ chirog‘ing,
                Boylikka kon har yog‘ing,
                Bor bo‘l, go‘zal Vatanim.
      Katta   guruh   bolalari   qo‘llarida   barglar   bilan   doira   bo‘lib   turadilar.   «Oltin
barglar»   qo‘shig‘ini   kuylaydilar.   Qo‘shiqning   so‘z   va   musiqasiga   mos   harakatlar
bajaradilar.
Boshlovchi:   –   Bolalar,   me n   sizlarga   topishmoq   aytaman,   sizlar   esa   topishmoqni
qunt   bilan   tinglab,   o‘ylab   topishingiz   ke rak.   Topishmoqning   nomi,   «Bu   qanday
fasl?»   d b   nomlanadi.   Kunlar   borgan   sari   qisqaradi.   De hqonlar   y rga   ekkan   sabzi,
piyoz,   kartoshka,   karam   va   paxtalarni   yig‘ib-te rib   oladilar.   Qaldirg‘och,   turna,
mayna va boshqa qushlar issiq o‘lkalarga uchib ke tadilar. Olmaxonlar   yong‘oq   yig‘adilar.   Qani,   aytinglar-chi,   bu   o‘zgarishlar   qaysi   faslda
ro‘y b radi?
Bolalar: – Kuz faslida.
Boshlovchi: –   Juda   to‘g‘ri   topdingiz.   Xalqimiz   bu   faslda   sabzavot   va   mevalardan
mo‘l-hosil   yig‘ib-t rib   oladilar.   Shuning   uchun,   Mehrjon   bayrami   kuz   faslida
nishonlanadi.Shu   payt   eshik   taqillab,   «Kuz»   kirib   k ladi.   U   boshiga   kuzgi
barglardan   chambarak   taqqan,   egnida   yashil   ko‘ylak,   ko‘ylakka   kuz   barglari
qadalgan.
Kuz:–   Assalomu   alaykum,   hurmatli   mehmonlar.   Salom,   aziz   kichkintoylar!
(Bolalar salomi). Hammangizni ulug‘ ayyom M ehrjon bayrami bilan tabriklayman!
Bola:  –  Salom s nga oltin kuz!
              Se ni xushlab kutdik biz.
              Se n juda yaxshi ke lding,
              Sovg‘alarga nima keltirding?
Bola: –   K eldi kuz chog‘i,
              M evalar pishdi,
              Daraxtlar shoxi
              Egilib tushdi.
Bola:  –  Oldik ko‘p hosil,
              O‘rik, olma, nok.
              Shakard ek asal
              Uzum qildi tok.
Bola:  –  Bizning polizda
              Qovun-tarvuz ko‘p.
              Yetildi kuzda
              Suyib ye dik xo‘p.
Bola: —  Se n olma va asalni
               Ob k eldingmi ham donni?
               Sabzi, piyoz, karamni,
               Qovun, tarvuz, uzumni? Kuz: – Rahmat, sizga bolajonlar. Kuz faslini juda se var ekansizlar.
              M eni d erlar oltin kuz,
              Xirmonda hosil to‘kin.
              Tayyorlanar barcha xalq,
               Katta bayramga bu kun.
Turli sabzavotlarning atributlarini taqqan bolalar yarim doira bo‘lib, turib oladilar.
1-sabzi:–  O‘zim sariq,
                Bargim yashil.
                Osh bo‘lmaydi
                M ensiz asli.
2-sabzi:  – Uy ro‘zg‘orda te ngim yo‘q,
                 Sabzi tansiq, b eg‘ubor.
                 Shu palovni palov qilgan,
                 Vitamin ham d esangiz.
                 Arzigud ek karsillatib,
                 Non o‘rniga  yesangiz.
Tarvuz: – Yum-yumaloq tarvuzcha,
                 Yeb ko‘ringlar to‘yguncha.
Piyoz: –    Hamma me ndan qochishar,
                 To‘g‘rasang ko‘z achishar.
                 S en ko‘p qayg‘urma, ham kuy ma,
                 Biz chapak chalaylik, se n o‘yna.
Quvnoq musiqa sadosi va qarsak ostida «piyoz» raqsga tushadi.
1-karam:–  Qat-qat to‘nimiz bor,
                   Qarich-qarich bo‘yimiz bor,
                   Biz ham karam
                   To‘nimiz taram,
                   Rangimiz barikaram.
2-karam:–  Bizni hamma se vadi,
                   Karam sho‘rva qiladi. Sabzavotlar o‘yinga tushadilar va uch qator bo‘lib turib oladilar.
Boshlovchi:–  Bizning polizimizda,
                       Hosilimiz juda ko‘p.
                       Ammo har kim kirolmas,
                       Qorovuldan o‘tolmas.
                       U tartibni se vadi,
                       Har qatorni biladi.
Ke tmon ko‘targan Vali qorovul qo‘lini pe shonasiga qo‘yib, uzoqqa tikiladi «poliz»
tomon keladi. O‘z ekinlarining tagini yumshatib, t ekislab qarab qo‘yadi.
      Vali: –     Juda qiyin m ning ishim,
                      Og‘riyapti biqinim, b lim,
                      Endi ozroq dam olay,
                      Mana bu y rga yotaqolay.
                       Bir oz mizg‘igani yotadi.
Boshlovchi:–  Hozir Vali banddir juda.
                        Ishlaydi u tun-u kunda,
                       Uxlab qoldi charchab juda,
Shu payt xo‘roz paydo bo‘lib, ekinzorning ichiga kirib ke tadi.
Xo‘roz: –    Mana me n xo‘rozjon, xo‘roz,
                   Ku-ku-ku.
                   Qorovul yaxshi polizda,
                   Ovqat bo‘lsa yonida.
Xo‘roz tarvuzni olib k tadi, so‘ngra g‘oz kirib keladi.
G‘oz:–        Mana me n, g‘oz-g‘ozvoy,
                   He ch kim yo‘qmi, hoy-hoy?
                   Qanday yaxshi polizda,
                   Ovqat bo‘lsa yonimda.
G‘oz piyozni olib k tadi, so‘ngra echki kirib keladi.
Echki:  –   Mana me n echkijon, echki,
                  Me, me, me.                   Qanday yaxshi polizda,
                  Ovqat bo‘lsa yonimda.
Echki sabzini olib k tadi. Shu payt sakrab-sakrab quyoncha kirib keladi.
1-quyon :– Kelib qoldi omadim,
                  Polizga tushib qoldim.
                  Keling shalpang quloqlar,
                  Sabzi, karam ye b qoling.
Yana bir quyoncha kirib keladi.
1-quyon:   –   O‘rtoqjon   qaragin,   polizda   katta-katta,   s ersuv   karamlar   o‘sib   yotibdi,
kel mazza qilib y eymiz. Ular bittadan karamni ushlab, raqsga tushadilar, shu payt
Vali qorovul uyg‘onib qoladi.
Vali: –   Ha,   endi   qo‘lga   tushdinglarmi?   Endi   m endan   qochib   qutulolmaysizlar.
Quyonlar  tutqich b ermay  karamlarni  olib qochib k etadilar. Vali  jahli  chiqib kelib
to‘nkaga o‘tiradi.
Vali:   – Qani karam, qani sabzilar? Piyozlar yo‘q, ko‘katlar ko‘rinmaydi. Sho‘rim
quridi,   endi   nima   qilaman?   Polizda   he ch   nima   qolmabdi-ku?   Xo‘roz   bilan   echki
kirib keladi.
Xo‘roz:  – Qu-qu-qu! Xafa bo‘lma, azizim Vali. Sen hushyor  bo‘la   olmading.
O‘z ishingga bo‘sh qarading. Endi bunday qilmagin. Biz sening oldingga bayramni
birga o‘tkazgani keldik.
Echki:  – Ammo se n bilib qo‘ygin, 
                Bunday uxlab qolmagin.
                Qo‘riqlashmi istaging?
                Postingda hushyor turgin.
Vali: – Ko‘p rahmat, unutmayman. Endi sizlar bilan o‘ynayman. 
Boshlovchi:–   Voy,   qanday   yaxshi   bo‘ldi,   kelganlaringiz.   Biz   bolalar   bilan
Mehrjon bayramini nishonlayotgan edik. Marhamat, mehmonimiz bo‘linglar!
She ’r: «Kuz keldi»
           Kuz keldi bizlarga oltin kosada.
          Sharbat ola keldi, bol ola keldi.           Savat-savat qilib shirin mevalar,
          Omborlar liq to‘la don ola keldi.
          Ke ng vodiylar bilan, dala bilan bir,
          Paxta ola keldi, shon ola keldi.
«Oltin kuz» qo‘shig‘ini kuylaydilar.
           Qanday me hnat biz qildik,
           Hosilingni biz yig‘dik,
           Bog‘laringda mevalar
           Polizlarda qovunlar.
Naqorat:
          Oltin kuz, oltin kuz,
          Mevalaring hosil kuz.
          Sariq barglar to‘kildi,
          Xuddi oltin sochildi,
         Quyosh tillo nurlarin
        Dalalarga sochvordi.
Naqorat:
      Olma-gilos daraxtda,
      Asal-asal arida.
      Keling-keling, m xmonlar,
      Bor hosilga baraka.
Naqorat:
   – Kuzimizning guzalligin,
      Og‘aynilar ko‘rganmisiz?
      Tokdan husayni, y rdan qirqma,
      Shoxdan b hi uzganmisiz?
      Uzum uzib, sharbat siqib,
      Shinniga o‘t yoqqanmisiz?
      Gala, gala shoda-shoda,
      Duv-duv yong‘oq qoqqanmisiz? Sh e’r:
Bola :– Go‘zal me ning Vatanim,
           M ning aql-u boyligim.
           Paxtalarning konidir,
           Jonim uning jonidur.
«Paxtoy» qo‘shig‘ini kuylab, qizlar «Paxta» raqsini ijro etadilar.
Qiz:– Vatanimga boyliksan,
          Ochilganda oyd eksan,
           Muncha ham chiroylisan,
           Paxtajon, paxta!
Kuz:  – Bolajonlar, siz she ’rlarni, qo‘shiqlarni yaxshi aytar ekansizlar. Raqsga ham
chiroyli tushar ekansiz. Me n miriqib tomosha qildim. Qani aytinglarchi, topishmoq
aytsam topasizlarmi?
Boshlovchi:  – Bizning bolalar, juda topag‘on. Ayting topishmog‘ingizni.
Kuz:  – Agar me n sizga aytsam,
            To‘ni yashil be qasam.
            To‘ni ustida oq yo‘l,
            Hosili s ersuv, mo‘l-ko‘l
            Yulduzchade k guli bor,
            Urug‘i ichra qator
            Chanqoqni bosar biling.
Bola:  – Aytaymi, bu – bodring.
Kuz: –  Voy, birpasda topdingiz.
            Yana bitta topishmoq aytaman.
            Rangidir to‘g‘ gunafsha,
            Qovurilar hamisha.
            Tani silliq, uzunchoq,
            Ichi urug‘li oppoq.
            Lazzati o‘ziga xos,
        Bir dona ye dim paqqos.         De dim, d ehqonga jon-jon.
Bola:  – Nomi esa, – baqlajon!
Kuz:–  Bolajonlar, judayam topog‘on ekansizlar, m eni xursand qildinglar.
Boshlovchi:–   Oltin   kuz,   bizning   bolalar   raqs   ijro   etadilar.   Marhamat   tomosha
qiling!
Kuz:–  Voy, qanday yaxshi.
Katta guruh bolalari «Andijon polka» raqsini ijro etadilar.
Kuz:–   Aziz   bolajonlar,   sizlar   bilan   bayramni   juda   maroqli   o‘tkazdim.   Me n   yana
bog‘chalarga   borib,   jajji   do‘stlarimni   bayram   bilan   tabrikelashim   ke rak.
(Xayrlashib, chiqib k tadi).
1-boshlovchi:–  Dilimday baxtiyor, O‘zb ekistonim,
                         Yashnagan paxtazor, O‘zb ekistonim,
                         Ming yasha, bo‘lma xor, O‘zb ekistonim.
                         Qo‘lda baxtnomang bor, O‘zb ekistonim,
                         Hosil bayraming muborak, O‘zbe kistonim!
2-boshlovchi: –Ishs var qo‘llaring paxta ekadi,
                         Dovrug‘ing ch ki yo‘q, ko‘kka  tadi.
                         Quvonchdan yuragim irg‘ib t padi,
                         G‘alaba kuyin chal, O‘zb ekistonim,
                         Mo‘l hosilga to‘l, O‘zb ekistonim!
«Chamandagi   gullarmiz»   qo‘shig‘ini   kuylaydilar.   (P.Mo‘min,   N.Norxo‘ja v
musiqasi).
1-boshlovchi:–   Aziz   bolajonlar,   hurmatli   mehmonlar!   Mehrjon   bayramiga
bag‘ishlangan   ertaligimiz   ham   o‘z   nihoyasiga   y etdi.   Hammangizni   yana   bir   bor
bayram bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, quvnoq kayfiyat, bir-biringizga
nisbatan M ehr-oqibat tilaymiz.
Bolalar musiqa sadolari ostida zaldan chiqib k tadilar.
Bolalar bog‘chasida «Navro‘z» bayramini nishonlash Bayram   ertaliklari   bog‘cha   hayotining   eng   muhim   va   tarkibiy   qismiga
aylangan   bo‘lib,   tantanavorlik,   xursandlik   va   shodlik   holatini   vujudga   keltiradi,
bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq – tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-
odat, udumlarimizni aks ettiruvchi mazkur bayram tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat
mavsumining   boshlanishi,   tabiat   g‘ozalligidan   zavqlanish   va   uni   asray   bilish,
ko‘kalamzorlashtirish,mehnatni   ulug‘lash   kabi   g‘oyalarni   o‘zida   mujassam   etadi.
Qo‘shiq-yallalar   kuylanadi,   o‘lan   aytishuvlar   va   turli   xil   qiziqarli   o‘yinlar
o‘tkaziladi.   Bu   bayramni   bog‘cha   sharoitidan   kelib   chiqqan   holda,   zalda   yoki
hovlida   o‘tkazish   mumkin.   Qadimda   sharq   xalqlari   o‘z   sayllariga   odamlarni
karnay-surnay   orqali   chorlaganlar.   Shuning   uchun   bayramning   tantanali   qismida
milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish lozim. Badiiy qisimda quvnoq qo‘shiqlar
yangraydi.
«Navro‘z – bahor bayrami»
Zal   bayramona   bezatilgan.   «Chamanda   gul»   (o‘zbek   xalq   musiqasi)   kuyi
yangraydi. Zalga quvnab, o‘rta guruh bolalari kirib keladilar.
Boshlovchi: 
Maysa boshin ko‘tardi yerdan,
Gul bahordan bermoqda darak.
Qushlar qo‘shiq, soz, kuy bilan, 
Gul bahordan bermoqda darak.
(M Abdusamatova)
Assalomu alaykum, shirin shakar o‘g‘il-qizlarim! Atrofga bir nazar tashlang.
Qanday chiroyli!  Tabiat  yashil  libosga  o‘rangan. Yilning eng chiroyli  faslida qir-
adirlarda   chuchmoma,   boychechak,   lolaqizg‘aldoqlar   ochilgan.  O‘lkamizda   bahor
kezmoqda. Bu faslda qanday bayramni nishonlaymiz?
Bolalar:  Navro‘z bayramini nishonlaymiz. Boshlovchi:  Juda to‘g‘ri, Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik
bilan kutib  olish  elimizning  eng  yaxshi   odatlaridan  biri   bo‘lib  qolgan. Qo‘shiqlar
aytib, raqsga tushganlar. Xursandchilik qilganlar.
Karnay-surnay   sadosi   yangraydi.   Beqasam   chopon   kiyib,   beliga   qiyiqcha
bog‘lagan, oyog‘iga etikcha kiygan bola ot (butaforiya) minib zalga kiradi.
Bola:   Ho-oy   ,   bolalar-u,   bolalar!   Eshitmadim   demanglar!   Bugun
bog‘chamizda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta sayl  bo‘ladi. Hammangizni
saylga taklif etaman (  Jarchi chiqib ketadi ).
Boshlovchi:   Voy,   qanday   yaxshi   bolalar.   Mana,   biz   ham   saylda
qatnashadigan bo‘ldik. Endi navbat, sizlarga. Marhamat bolalar!
1-bola:  Biz bahorda chiqamiz,
Dalalarga, bog‘larga. 
Gul-lolalar ochilgan
Ko‘m-ko‘k maysazorlarga.
2-bola:  Bir tomonda qizchalar
Gullar terib o‘ynashar. 
Bir tomonda qushchalar 
Bizni qutlab sayrashar.
3-bola:  Dalalarda ochildi
Gunafshalar, lolalar. 
Bizga uchib kelishdi 
Mayna, bulbul, sahvalar.
4-bola:  Qo‘llarida soz bilan,
Gul-g‘uncha pardoz bilan. 
Uchib turna g‘oz bilan, 
O‘kamizga bahor keldi.
Bahorni kuting bog‘da,
Bog‘ emas, dala joyda. 
Qushlar sayragan chog‘da
Sevimli bahor keldi. Bolalar   «Gullar»   qo‘shig‘ini   kuylaydilar   (J.Najmiddinov   musiqasi)   qizlar
gullar bilan raqsga tushadilar.
Boshlovchi:  Rahmat, qizlar, juda chiroyli raqsga tushdingiz.
1-bola:  Bahor keldi.Gul bahor, Etagida gul tutib.
Bizga intiq lolazor, Qirlar bag‘rida kutib.
2-bola:  Atrof to‘la har xil gul, Chuchmoma-yu, binafsha.
Bizning ko‘klamlar butkul Chiroylidir hamisha.
3-bola:  Binafshaxon, binafsha,kulishlaring chiroyli. 
Bog‘imizda ochilib,  turishlaring chiroyli.  
Bolalar   tarafma-taraf   bo‘lib,   «Bizdan   sizga   kim   kerak?»   aytim   o‘yinini
aytishuv tarzida qo‘llaydilar. (Y.Qurbonov she’ri, M.Nasimov musiqasi).
Shu payt momoqaldiroq gumburlaydi.
Boshlovchi:  Bolajonlar, eshityapsizmi, momoqaldiroq gumburla yapti. Hozir
yomg‘ir quyadi. Tezroq panaga o‘tamiz.
«Yomg‘ir yog‘aloq» o‘zbek xalq bolalar qo‘shig‘ini kuylaydilar.
Boshlovchi:   Mana,   bolalar,   yomg‘ir   ham   yog‘ib   o‘tdi.   Qarang,   quyosh
charaqlab chiqdi. Voy, eshik taqillayapti. Qaray-chi, kim ekan?
(Kamalak   qizchani   boshlab   kiradi.)   Bolajonlar,   kamalakoy   mehmon   bo‘lib
kelibdi. Kiraver, kamalakoy!
Kamalak:  Assalomu alaykum, bolalar!
Hamma:  Vaalaykum assalom, kamalakoy.
Boshlovchi:   Kelganing   juda   yaxshi   bo‘ldi-da,   kamalakoy.   Bizning
bog‘chamizda Navro‘z sayli bo‘lyapti. Bolalar, kamalakning ko‘ylagiga qaranglar,
juda rang-barang ekanmi?
Bolalar:  Oq, qizil, sariq, yashil.  Lentasi ham turli rangda ekan.
Kamalak:   Sizlarni,   Navro‘z   –   bahor   bayrami   bilan   tabriklayman!   Sizlarga
gulchambarlar,  tol  bargidan  sochbargaklar  keltirdim, mana  taqib olinglar. Bolalar
boshlariga   gulchambarlar,   sochbargaklarini   taqadilar,   kamalaklar   bilan   birgalikda
qo‘shiq   kuylaydilar,   o‘rtada   ikkita   qiz   raqsga   tushadi.   «Qo‘shig‘imiz   avjida»
aytim-o‘yinini ijro etadilar. (F.Komilov she’ri, T.Azimov musiqasi.)  Qoshig‘imiz avjida, 
Laylum, lalalum. 
O‘rtaga tush Mayjuda, 
Laylum, lalalum.
Bizlarga jo‘r bo‘linglar,
Laylum, lalalum.
She’r: «Chuchmoma».
Bola:  Xipcha belli ey, ko‘kat,
Qaysi bog‘ning gulisan?
Ochig‘ini bizga ayt,
Qaysi fasl sunbulisan?
Men o‘tloqning qiziman,
Onam bahor, chuchmoma.
Men bahor, yulduziman,
Men chuchmoma, chuchmoma!
«Baxtiy erkatoy» hazil qo‘shig‘ini kuylaydilar (T.Toshmatov musiqasi).
Boshlovchi;  Bolalar, endi musobaqa o‘ynaymiz. Avval qizlar, so‘ngra o‘g‘il
bolalar musiqaga mos raqsga tushadilar. Marhamat, qizlar! Qizlar «Asp bo‘laman»
o‘zbek   xalq   musiqasiga,   o‘g‘il   bolalar   esa   «Chertmak»   o‘zbek   xalq   musiqasiga
raqsga tushadilar.
Boshlovchi:  Qani kamalak, ayt-chi, kim raqsga yaxshi tushdi?
Qizlarmi yoki o‘g‘il bolalar?
Kamalak:   Qizlar   ham,   o‘g‘il   bolalar   ham   musiqaga   mos   raqsga   tushdilar.
Rahmat,   do‘stlarim.   Endi   men   boray.   Shu   payt   patnisda   ko‘k   somsalar   ko‘tarib,
«Cho‘pon bola» kiradi.
Cho‘pon bola:  Assalomu alaykum!
Hamma:  Assalomu alaykum!
Cho‘pon bola:   Meni tanidingizlar-a? Men cho‘pon bola bo‘laman! Dadam,
oyim, akalarim bilan anavi qirda yashaymiz, o‘sha yerda qo‘y boqamiz. Uzoqdan sizni   saylga  chiqqaningizni   ko‘rib qoldik.  Oyimlar   ko‘k  somsalar  yopib, sumalak
pishirib, sizlarga berib yubordilar.
Boshlovchi:   Cho‘pon   bola,   sen   juda   vaqtida   kelding-da.   Mana,   kamalak
ham shu yerda.
Cho‘pon   bola:   Juda   yaxshi.   Hammamiz   birgalikda   ko‘k   somsa   yeymiz.
«Chamanda   gul»   kuyi   yangraydi.   Hammalari   gilamchaga   o‘tirib,   ko‘k   somsa   va
sumalakdan tanavvul qiladilar.
Kamalak:   Bolalar, sizlarga katta rahmat. Sayl  menga juda yoqdi. Endi har
yili Navro‘z bayramini sizlar bilan birga nishonlayman. Xayr, bolalar!
Cho‘pon bola ham xayrlashib, chiqib ketadi.
Hamma:  Xayr kamalak, xayr cho‘pon bola.
Bolalar   uchtadan,   to‘rttadan   bo‘lib,   to‘p-to‘p   bo‘lib,   qizlarning   boshida
gulchambar, sho‘x-shodon quvnashib, sayl haqida gaplashib, chiqib ketadilar.
       Bolalarning MTMda musiqiy faoliyatini tashkil etish va jihozlash MTMgacha
yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi va rivojlanishi mashg‘ulotlarda, kundalik
hayotda takomillashadi. Bolaning o‘zidagi musiqaga bo‘lgan qiziqishini tarbiyachi
yoki   guvernor   musiqani   bola ning   kundalik   hayotida   ertalabki   badantarbiyada,
mashg‘ulotda   aniq   qilib   beradi.   Tarbiyachi   yoki   bolalar   hayotini   shunday
tashkillashtirishi kerakki, ular turli xil qiziqarli bo ‘lishi shart. O‘qitish jarayonida
olgan   bilimlarini   esa   bolalar   hayotida   mustaqil   bajara   olsinlar.   Shu   maqsadda
pedagog,   musiqa   bolalar   hayotida   o‘z   o‘rnida   ishlata   olishni   yo‘llarini   o‘ylab
topishi kerak. Shunday lahzalarni ko‘rib chiqamiz:
1. Sayr vaqtida musiqa.
  Musiqa   har   xil   holatda   bolalarga   har   xil   ta’sir   qilishi   mumkin.   Masalan,
o‘rmon   yo‘laklarida   shodon   qadam   tashlab   kelayotgan   bolalar   o‘zlariga   tanish
bo‘lgan   sho‘x-shodon   kayfiyatda   kuylab   borishmoqda.   Atrofni   kuzatish   paytida
musiqa atrof-muhitni yanada   go‘zal qilib ko‘rsatadi, atrof-muhitga yanada qiziqish
uyg‘otadi.   Shunday   holatlarda   maydonchada   bolalar   chumchuqlarga   non ushoqlarini   berib   boqqanda,   ularning   diqqatini   sho‘x   bir   chumchuqcha   tortadi,   u
boshini   aylantirib,   oyoqlarida   u   yoq   bu   yoqqa   quvnoq   sakraydi.   Tarbiyachi
B.Giyenkonig   «Chumchuq»   ashulasini   aytadi.   «Chiriq-chiriq,   chirq-chiriq,
bog‘otda sayrar chumchuq». 
Musiqa mashg‘ulotlarining tarbiyaviy vazifa
va maqsadlari Musiqa   mashg‘ulotlarining
ta’limiy vazifa va maqsadlari
Bolalarda harakat uyg‘unligini oshirish, ritmga
mos   qadam   tashlash,   yengil   yugurish,   oyoq
to‘pillatish va qo‘llar bilan mashqlar bajarishga
o‘rgatish. Bolalarning   musiqiy-ritmik
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Asarni mazmuniga ko‘ra qismlarga ajrata olish
hamda   harakatda   ifodalash   malakalarini
oshirish. Musiqa   ohangini   his   etish   va
musiqa   tinglash   madaniyatini
shakllantirish.
Quvnoq   va   g‘amgin   musiqa   ohanglarini
farqlashga,   ketma-ket   tovushlarni   kuy lashga
o‘rgatish. Bolalarda   musiqani   his   etish,
kuylash va tinglash qobiliyat larini
rivojlantirish.
Davr   bilan   hamohang,  faslga  mos   qo‘shiqlarni
kuylashga o‘rgatish. Musiqa jo‘rligida ovozning sof va
jarangdorligini rivoj lantirish.
O‘zbek   xalq   raqs   elementlarini   musiqa
jo‘rligida   o‘rgatish   va   ijodiy   qobiliyatlarini
tarbiyalash. Raqs   san’atiga   bo‘lgan   qiziqishni
oshirish.
Bolalarni   milliy   cholg‘u   asboblari   bilan O‘zbek   milliy   cholg‘ulariga tanishtirish.   Zarbli   va   torli   asboblarda   ijroga
o‘rgatish. bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
O‘yin davomida harakat ijodkorligini oshirish. Bolalar   faolligi   hamda
jamoaviyligini oshirish.
Musiqa mashg‘ulotlari
o‘rta guruhda – 20-25;
katta guruhda –25-30;
tayyorlov guruhida – 30-35 daqiqa davomida olib boriladi. Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya mashg‘ulotlari, bayram tadbirlarini rejalashtirish (yillik o‘quv-reja, plan-konspekti yoki mashg‘ulot bayoni, tadbir senariysi Reja: 1. Bayram tadbirlar i ning tarbiyaviy ahamiyati. 2. MTMda bayram va tadbirlarni tashkil etish. 3. Bayram tadbirlarining s senariysini ishlab chiqish yo‘llari.

MTMgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur qo‘llanma MTMgacha ta’lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bolalar bog‘chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: – musiqa tinglash; – vokal ijrochilik; – milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish; – bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish; – musiqa turlari bilan tanishtirish; – ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish; – bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; –musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish. Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‘z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar. – Musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi): – bayram ertaliklari; – ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar; – nafosat soatlari; – badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar; – musiqiy teatr dramatizatsiyalari; – yakka hol ish turlari; – to‘g‘arak ishlari. Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldiri lishi, ularga zavq,

xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. MTMgacha ta’lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lmog‘i zarur. Bolalar bog‘chasida musiqa va o‘yinlar bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‘yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har tomonlama o‘sishiga katta yordam beradi. Birinchidan, uning musiqa uquvi, ayniqsa, ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi yaxshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlari ostida bajariladi hamda harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqa ohanglari bola xotirasida turg‘un saqlanadi. Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqali harakatlar bolada harakat chanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha emotsional hislar uyg‘otadi. Turlicha kayfiyatlar hosil qilib, uning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi. Demak, musiqa bilan harakat bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Masalan, marsh musiqalari bolaga g‘ayrat va tetiklik bag‘ishlaydi. Marsh musiqalarisiz bayram ertaliklari, hatto bog‘chaning oddiy bir kunlik hayotini ham tassavvur qilish qiyin. Raqs kuylari esa bolada ajoyib ichki his-tuyg‘ular, kechinmalar hosil etib, beixtiyor raqsga tushishga undaydi va uni behad zavqlantiradi. Musiqa mashg‘ulotlarida bajariladigan harakatlarni, ya’ni asosan ikki turga bo‘lish mumkin 1) raqs va xorovodlar. Musiqali o‘yinlar: o‘yin bog‘cha yoshidagi bolalar ijodiy faoliyatining eng faol shaklidir. O‘yinlarga mo‘lljallangan musiqa asarlarining badiiy mazmuni, xarakteri va ifoda vositalari o‘yinning sujetiga mos tushishi shart. O‘yinning s y ujeti esa bog‘cha hayotidan olingan bo‘lishi lozim. Unda bolaning ijtimoiy hayot va tabiat bilan munosabati o‘z aksini topishi kerak. Ayniqsa xalq bolalar o‘yinlari katta ahamiyatga ega.

Bog‘chadagi musiqali tarbiya metodikasida musiqali o‘yinning asosan ikki turi tavsiya etiladi: 1) cholg‘u musiqa sadolari ostida o‘ynash; 2) ashula aytib o‘ynash. O‘z navbatida cholg‘u muisiqali o‘yin syujetli va syujetsiz o‘yinlarga bo‘linadi. Syujetli oyinda aniq voqea tasvir etilib, syujetsiz o‘yinda esa turli harakat namunalari vositasida musiqa asarining xarakteri va badiiy shakli tasvir etiladi. Ashula aytib o‘ynash ko‘proq xorovodlar va insenirovkalar bilan bog‘liq. Ular o‘yinning mazmuniga qarab tuziladi. Ba’zi o‘yinlarda bir bola o‘yin boshlab, boshqalari unga ergashsa, boshqasida esa, guruh ikkiga bo‘linishi yoki juft bo‘lib o‘yinga tushilishi mumkin. O‘yinni davra tuzib, ikki guruhga bo‘linib, ijro etish kabi turli shakllarda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Musiqa madaniyati darslarida bajariladigan o‘yinlar asosan ikki turga bo‘linadi: 1. Qo‘shiqning mazmuniga mos musiqali ritmik o‘yinlar. 2. Raqslar. Shunday qilib, musiqiy o‘yinlar o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra, didaktik o‘yinlarga mansub bo‘lib, asosan ritmik harakat vositasida ijro etilishi bilan ifodalanadi. Musiqa ostida jismoniy tarbiyaning ahamiyati Jismoniy tarbiya – sog‘lom avlod, sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat uchun bolalikdan qilinadigan amaliy harakatdir. Jismoniy musiqiy harakat, o‘yinlar, sport bilan shug‘ullanish iroda, chidam, intizom tuyg‘ularini shakllantiradi. Bola o‘z kuch-quvvati, sog‘lomligi, qaddi-qomatining ixchamligi, nafas harakatlarining tog‘rili gini sezib turadi va bu bilan faxrlanadi. Bu sifatlar sezilmagan holda didni tarbiyalay boradi, bolani go‘zallik dunyosiga yetaklaydi. Sportchi ning har tomonlama uyg‘un rivojlangan qaddi-qomati haqiqatdan ham go‘zaldir. Jismoniy tarbiya aslida musiqa tarbiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bayram ertaliklari bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir. O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli

qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf- odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 2. Rahbar va murabbiylar kuni. 3. Mehrjon bayrami. 4. Yangi yil bayrami. 5. Vatan himoyachilari kuni. 6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 7. Navro‘z bayrami. 8. Xotira va qadrlash kuni. 9. Gul va qushlar bayrami. 10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi. 11. Bolalarni MTM quchog‘iga kuzatish tadbiri. Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1- sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, insenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr- oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondashib, zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim. Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo»ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr-muruvvatini, «Kuzjon»ning to‘kin-sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini