MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TINGLASHNING AHAMIYATI
MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TINGLASHNING AHAMIYATI Reja: 1. Musiqa mashg‘ulotining bolalar hayotidagi o‘rni . 2. musiqa tunglash faoliyati haqida tushuncha . 3. Bolalar ijodida musiqa tinglash faoliyati .
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiyati. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish; 2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berishni o‘rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rgatish. Yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan musiqa haqida o‘z ta’surotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. 5–6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi. Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayoni yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy
obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. Asarni 2– 3 mashg‘ulot davomida takroran tinglash i shart. C h unki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi - yangi qirralari namoyon bo‘ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog‘chaning tayyorlov guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim za x irasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‘zda tutilgan va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga oshadi. 1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash, olingan taassurotlarni o‘ylash. 2. Musiqa tinglashga turg‘un diqqat-e’tiborni va tinglash madani yati boshlang‘ich elementlarining shakllanishi. 3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish. Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari: 1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish. 2. Boshlang‘ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish. Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o‘tkaziladi. Musiqa orqali bog‘lash Musiqa jarayonini mustahkamlash Musiqa tinglash Musiqa orqali kayfiyat oshirish Musiqiy his-tuyg‘u larni rivojlantirish
MTMgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur qo‘llanma MTMgacha ta’lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bolalar bog‘chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: – musiqa tinglash; – vokal ijrochilik; – milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish; – bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish; – musiqa turlari bilan tanishtirish; – ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish; – bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; – musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish; Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‘z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar;– Musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi); – bayram ertaliklari; – ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar; – nafosat soatlari; – badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar; – musiqiy teatr dramatizatsiyalari; – yakka hol ish turlari; – to‘g‘arak ishlari; Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasuda unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng
qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. MTMgacha ta’lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lmog‘i zarur. Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bola, musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyatlari jarayonida, musiqani tinglab, uni idrok etadi. Ammo musiqa darslarining musiqa tinglash qismi oldida, o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo, shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoni yatlariga ko‘ra, tinglash imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi. Masalan: milliy cholg‘u asboblar ansambli, orkestr, xor, yakka cholg‘u, cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab idrok etish mumkin. Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Musiqa madaniyati mashg‘ulotlarida musiqa tinglash uchun quyidagi talablarga ko‘ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi: -tarbiyalanuvchilarning idrokiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash. tarbiyalanuvchlarning musiqani idrok etish va musiqiy asarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. - musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berish, tinglangan asarlar nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma’lum darajada baho bera olish. - musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan ta’surotlar haqida o‘ylash va fikr bildirish. - musiqa tinglashda turg‘un diqqat-e’tiborni va tinglash madaniyatini, boshlang‘ich elementlarni shakllantirish. Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarlarni tinglash. Bog‘cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e’tibori uncha barqaror bo‘lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo‘ladilar. Ular, ayniqsa, kichik hajmdagi qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar, chunonchi, so‘z va ohang birligi musiqaning mazmunini oson idrok etishga