Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi
Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi Reja: 1.Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar. 2.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida.
Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar. Musiqiy faoliyat turlari. Tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, cholg’u asboblar bilan tanishtirish va ularga jo’r bo’lish, musiqiy didaktik o’yinlardan foydalanish. Mashg’ulotning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va ularning davlat ta’lim standartlari va kompetensiyalar bilan bog’liqligini ko’rish mumkin. O’quv maqsadi: Tinglovchilarni musiqiy ta’limning mohiyati va musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirish. Musiqiy ta’lim orqali bolalarning estetik idrokini shakllantirish yo’llari bilan tanishtirish. Musiqiy ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va ushbu ta’lim shaklining afzallik jihatlari, bolalarni jismonan sog’lom bo’lib o’sishlarida jismoniy tarbiyaning o’rni haqida ma’lumotlar berish. Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar: Zamonaviy pedagogikata’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Har qanday pedagoglik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo’lmasin, musiqa rahbari oldiga ko’pgina talablarni qo’yadi. Ta’lim – tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyasidir. Lekin bu borada MTMgacha ta’lim muassasalaridagi estetik turkumga kiruvchi fanlar – musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va ularning o’zaro aloqadorligi asosiy rolni o’ynaydi. Jumladan, MTMgacha ta’lim muassasalaridagi «musiqa» mashg’ulotlarini o’tishda, musiqa rahbarlari ham maxsus bilimlar, ko’nikma – malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo’lmoqlari lozim. Ma’lumki, «musiqa» mashg’ulotlari beshta musiqiy jarayonni o’z ichiga oladi. 1. Qo’shiq va ashulla kuylash. 2. Musika savodi. 3. Musi q a tin g lash. 4. Musikaga mos xarakatlarni bajarish.
5. Bolalar chol g’ u asboblarida jur b o’ lishdan iborat. Mana shu jarayon bir – biri bilan uzviy bog’langan holda o’tilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarda yuqori natijalarga erishish uchun musiqa rahbari musiqiy bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili va yana birorta musiqiy asbobni chalishni bilishi zarurdir. Lekin yuqorida aytilgan bilimlarni egallashning o’zi yetarli emas. Musiqa rahbari mashg’ulot jarayonida musiqa haqida bolalarga juda qiziqarli, savodli va obrazli qilib, har xil illyustrasiyalarni qo’llagan holda gapirib bera olishi kerak. Biror bastakorning asarini o’rganish jarayonida, shu asar haqida, asarning mualliflari haqida, asar yaratilgan davr haqida to’liq ma’lumot bera olishi zarur. Asarning ladi, tonligi, tuzilishi, akkordlar funksiyasini va hokazolarni bilishi lozim. Bulardan tashqari musiqa rahbari oldiga amaliy vazifalar ham qo’yiladi: 1. Berilgan qo’shiqni kuylab bera olishi ; 2. Kuyga akkomponiment chala bilishi ; 3. Bemalol transpozisiya qila olishi ; 4. Dirijyorlik qila olishi kerak va boshqalar. .. Musiqa rahbari nafaqat o’z predmetini, balki falsafa, estetika, psixologiya, pedagogikani yaxshi bilishi va o’z ish faoliyati davomida qo’llay olishi shart. Musiqaning ta’sirchanligini, uning mohiyatini to’liqligicha bolalar ongiga yetkazish pedagogikaning eng qiyin muammolaridan biridir. Musiqa rahbari «Musiqa mashg’uloti»da bolalarda quyidagi fazilatlarni shakllantirishi lozim:
Do’stlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr – shavqat, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va hokazo. Bolalarda yuqorida sanab o’tilgan fazilatlarni shakllantirish uchun musiqiy rahbar bir qator vazifalarni bajarishi kerak: 1) Bolalarni musiqani sevish va tushunishga o’rgatish; 2) Bolalarning badiiy va estetik didlarini shakllantirish; 3) Bolalarda musiqiy qobiliyatni rivojlantirish; 4) Bolalarning musiqa savodi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, qo’shiq kuylash kabi musiqiy bilimlarini hamda tushunchalarini kengaytirish. Sanab o’tilgan fazilatlarni shakllantirish uchun, avvalam bor musiqa rahbari mashg’ulotlarni yuqori professional darajada o’tishi zarurdir. Mashg’ulotdan kutilgan natijalarni olish uchun mashg’ulotlarda ta’lim tamoyillariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi rivojlanish jarayonida ko’pchilik MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy markazlar, televizor, radio kabi bir qator yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu texnologiyalardan musiqa madaniyati mashg’ulotlarida foydalanish yuqorida keltirilgan shaxsiy fazilatlarni shakllantirishda juda qo’l keladi. Musiqa mashg’ulotlari bolalarga o’z milliy musiqiy tarixlari, musiqaning elementar nazariyasi, jahon musiqa san’ati namoyondalarining ijodi haqida tushunchalar berish, ularda musiqiy madaniyatni, odobni va nafosatni tarbiyalashda asos soladi. Musiqa mashg’ulotlari xoh u qo’shiq kuylash bo’lsin, xoh tinglash bo’lsin, xoh nazariy bilimlar bo’lsin – yosh avlodni axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan har tomonlama yetuk shaxs qilib shakllantirishga asos solar ekan. Pedagoglar musiqa markazini jixozlashda, undan joy olgan barcha jihozlarning imkon qadar yorqin, tabiiy ranglarda
bo’lishi, bola e’tiborini tortishi, shuningdek yoshlikdan bolada go’zallikka intilish va muhabbat uyg’otishi, badiiy va estetik didni shakllantirib va taraqqiy ettirib borishiga xizmat kilishiga e’tiborlarini qaratishlari lozim. Bolani o’rab turgan barcha narsa-xonani jihozidan tortib to musika raxbari va tarbiyachining tashqi ko’rinishigacha bolani tarbiyalashini doimo yodda tutish lozim. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, musiqa mashg’ulotlari orqali musiqa rahbari bolalarda yuksak ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatni, milliy g’urur, vatanparvarlik tarbiyasini, nafosat va badiiy didni o’stirishga, tafakkurlarini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida. Bolalarni shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim, jismoniy va ongli tarbiya uyg’unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to’g’ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya MTMgacha yoshdagi bolalarda go’zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo’naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko’zga ko’ringan omillaridan biri bu – musiqadir. Bu maqsadlarga erishish uchun MTMgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo’ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga go’zallikni qabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni hal etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir. Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo’linadi: 1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emosional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo’lishiga erishish kerak. 2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati