Musiqa mashg’ulotlarida integrallashgan mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi
Musiqa mashg’ulotlarida integrallashgan mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi Reja: 1.Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va vazifasi 2. Musiqaning boshqa sohalar bilan integrasiyasi 3. Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda musiqali didaktik o’yin psixologiyasi
Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va vazifasi. Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon MTMgacha ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nan boy va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ilg’or pedagogik texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq qilish borasida to’xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan xarakterlanadi. E’tirof etilayotgan jihatlar pedagogning, ayniqsa bolalarda ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadigan musiqa rahbarining faoliyati samaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Ishning natijaviyligini ta’minlash–bu har bir rahbar xodimning burchi va majburiyatidir». Bu so’zlarni MTMgacha ta’lim muassasalari barcha bosqich xodimlari faoliyatiga taalluqli ekanligini to’la asos bilan aytish mumkin. MTMgacha ta’lim muasssalari ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlashning muxim yo’nalishlaridan biri globallashgan davr axborot oqimlarini faol o’zlashtirish sharoitda xilma-xil san’at turlari asosida bolalar ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda integrallashgan mashg’ulotlarni o’tkazish hisoblanadi. Amaliyot bolalarga berilayotgan ma’lumotlar har doim ham sifatli qabul qilinmayotganligini ko’rsatmoqda va o’z-o’zidan MTMgacha ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovasion metod va yondashuvlarni ishlab chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining « 2017 — 2021 yillarda MTMgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar to’g’risida»gi Qarori MTM o’qituvchi va tarbiyachilarini mazkur
muammoni bartaraf etish, MTMgacha ta’lim sifatini ko’tarishda yanada faol bo’lishida huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Integralashgan musiqa mashg’ulotlarida fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki,dunyo ta’lim-tarbiya amaliyotida integrallashgan mashg’ulotlarda fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish juda keng yoyilgan . Tabiiy tarzda har bir pedagog o’z xususiy metodikasini ishlab chiqish asnosida integrallashgan mashg’ulotlarga kichik bo’lsa ham qandaydir yangilik kiritishga harakat qiladi . Integrallashgan mashg’ulotlarda bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o’stirishda quyidagi vositalardan foydalananish tavsiya etiladi : Musiqa Tasviriy san’at Nutq o’stirish Teatrlashtirish Jismoniy tarbiya Integrallashgan mashg’ulotlar MTMgacha ta’lim muassasalarida bola ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiyaning o’ta muhim va istiqbolli metodologik yo’nalishlaridan biri sanaladi. Integrallashgan mashg’ulotlarning bosh maqsadi rang-barang san’at turlari vositasida bola ongi va shu urida dunyoning go’zal va betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. Yuksak ijodiy natija beradigan integrallashgan musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish ularni samarali qo’llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi. mu siqa – tarona , ritm, uyg’unlik , dinamika, intonasiya tasviriy san’at – rasm ( shakl , hajm , umumiy kompozisi yada turli predmetlar uyg’unligi ) nutq o’stirish - ertak, she’r , hikoyalar , suhbat , tomishmoqlar, maqollar , hikmatlar ,
teatr lashtirish – dramalashtirishning ifodali vositalari : harakatlar , jest lar , imo-ishoralar , ovoz , intonasiya, holatlar ; jismoniy tarbiya -gimnastika, mu siqiy – ritmik harakatlar , mashqlar Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integrallashgan mashg’ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari bolalarning psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to’la mos bo’lishi inobatga olinishi o’ta muhim.Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan o’tkazadigan integrallashgan mashg’ulotlarimda quyidagi faoliyat turlaridan kompleks tarzda qo’llashda: nutq o’stirish - ertak, she’r, qo’shiq jismoniy tarbiya -mu siqiy – ritmik harakatlar , mashqlar O’rta yoshdagi MTM guruhlarida e’tirof etilayotgan talablar musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi: mu siqa – ohang , ritm, uyg’unlik - garmoniya, dinamika, intonasiya teatr lashtirish - dramalashtirishning ifodali vositalari : harakatlar , jest lar , imo-ishoralar , ovoz , intonasiya, holatlar ; Katta yoshdagi MTM guruhlarida o’tkazadigan integrallashgan mashg’ulotlarimda e’tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san’at, nutq o’stirish, jismoniy tarbiya hamda teatrlashtirish vositalaridan foydalaniladi . Integrallashgan mashg’ulotlarni katta guruhlarda amalga oshirishda « Moychechak » metodini qo’llashni tavsiya qilaman . Bu metod ni men bolalarni o’zbek milliy cholg’ularida ixro etishda individual tarzda talqin qilaman . masalan , moychechak gulining har bir yaprog’i bilan biror o’zbek milliy cholg’usini belgilayman . Yaproqlardan birini tanlagan bola belgilangan xalq cholg’uning nomi, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish bilan birga o’sha cholg’uda ijro mahoratini ham namoyish etishga, ya’ni uni chalishga harakat qiladi.
Tayyorlov guruhlarida sanab o’tilgan faoliyatlarning barchasidan to’laqonli foydalaniladi, masalan, «Flomasterlar» metodiga murojat qilamiz. MTMda bolalari musiqa eshitish asnosida qo’llaridagi flomasterlari bilan doska yoki daftarlarida musiqa xarakteriga mos tuyg’ularini ranglar vositasida ifodalashga harakat qiladilar. Bunda mayin va mahzun ohanglarni to’lqinli chiziqlar, o’ynoqi ritmlarni esa qisqa yoki uzun to’g’ri chiziqlar bilan chizishadi, shuningdek, jamoaviy tarzda musiqa xarakteriga mos ertak aytishlari, qo’shiq kuylashlari hamda turli jismoniy mashqlarni bajarishlari mumkin bo’ladi. «Flomaster lar » metodi bolalarning tassavur va obrazli tafakkurlarini rivojlantirishda katta samara beradi. MTMgacha ta’lim muassasasi barcha yosh guruhlaridagi integrasilashgan mashg’ulotlar samarali hisoblanadi va yuqori natijalar beradi hamda bolalarning mahsuldor faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ular yordamida MTMgacha ta’lim yoshidagi bolalar musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini o’stirish bilan bog’liq quyidagi vazifalar ijobiy yoki samarali hal etiladi : 1. Musiqani tushunish-anglash, ritmni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, atrofdagi hodisalar mohiyatini teran idrok etish, go’zal tasavvurlarni tuyishlarini ta’minlash orqali bolaning musiqaga bo’lgan qiziqishini o’stirish. 2. Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o’stirish . 3. Bolalarga mos ijodiy faoliyat turlarida ularning ijodiy faolligini rivojlantirish : ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish ; o’zlashtirgan raqs harakatlarini ifodalay bilish, o’zi mutaqil tarzda yangi harakatlar uyg’unligini kashf etish, kichik hajmdagi qo’shiq yoki naqoratlarni improvizasiya qilish . 4. Mustaqilligini shakllantirish , tashabbuskorlik, kundalik hayotlarida o’zlashtirilgan ko’nikmalarini amaliyotda qo’llash, kuy ijro etish, raqsga tushish, hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish . Integrallashgan jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalar o’zaro yangi munosabatlari va vazifalarida aks etadigan yakuniy mahsulot bilan xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy