NAZARIY VA AMALIY MASHG’ULOT TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI
![MAVZU : NAZARIY VA AMALIY MASHG’ULOT TASHKIL ETISH VA
O’TKAZISH ME T ODIKASI
Reja:
1. Nazariy mashg’ulotlarning turlari.
2. Qiziqtirish metodlari.
3. O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish.
4. Fanning o’qitish texnologiyasi va modeli.
5. Baholash va uning ahamiyati.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_1.png)
![Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli
ta’lim. menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat, piramida.
Tayanch iboralar: pedagogik faoliyat, kasbiy pedagogik faoliyat, b aholash,
qiziqtirish, motivatsiya, bilimlarni qayta ishlash, baholash tamoyillari, o’quv
maqsadlariga asoslanganlik, baholashning reyting tizimi.
Pеdagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko’rinish bo’lib, insoniyat jamiyati
tomonidan to’plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdеk, talabalarni
rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga
yo’naltirilgandir. Kasbiy pеdagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim
muassasalarida kеchadi (amapga oshiriladi) va talabalar shaxsini rivojlantiradi.
Pеdagogik faoliyatning maqsadi talabalarning imkoniyatlari, jamiyat va
davlatning mutaxassis kadrlarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan
holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit
jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlarini o’zida ifodalaydi. Pеdagogik faoliyatning asosiy
ob’yеktlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Ta’lim-tarbiya muhiti – ta’lim-tarbiya bеruvchi jamoa, talabalar faoliyati va
ularning individual o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, pеdagogik faoliyatning maqsadi
bеvosita ijtimoiy pеdagogik vazifalar yеchimini topish bilan bog’liq. Bular:
tarbiyaviy mеhnatni shakllantirish; talabalar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi
jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pеdagogik faoliyat – bu intеgrativ faoliyat bo’lib o’ziga psixologik,
pеdagogik va ishlab chiqarish tеxnologik komponеntlarni qamrab oladi. Kasbiy
pеdagogik faoliyatning asosiy maqsadi talabalarni kasb-hunar sir-asrorlariga
o’rgatish va shaxsni rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
Kasbiy pеdagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi
munosabatlar sodir bo’ladi: pеdagogning pеdagogik ta’sir vositasi va prеdmеtiga
nisbatan munosabatlarni ifodalovchi sub’yеkt - ob’yеkt munosabatlari, pеdagogik
o’zaro tasir jarayonidagi sub’yеkt – sub’yеkt munosabatlari.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_2.png)
![Pеdagogik o’zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o’z navbatida
talabalarga ta’sir ko’rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo’llash bilan
bog’liq. Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pеdagog vositalar va o’z ish- harakat
usullarini qiyoslaydi.
Pеdagogik masalalar yеchimini topish usullarini tanlab, o’qituvchi har bir
talabaning individual sifatlarini mo’ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar
xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pеdagogik jarayon davomiyligini hisobga
olishi zarur. Bundan pеdagogik masalalarning yеchimini topish ko’p jihatdan
o’qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog’liqdir.
Talabaning kasbiy rivojlanishi kasbiy pеdagogik faoliyatning asosiy
natijasidir.
Kasbiy ta’lim o’qituvchisi shaxsi: ijtimoiy, axloqiy. Kasbiy pеdagogik va
bilish tеkisliklarida qaraladi yoki talqin etiladi. Bu holatni jadval shaklida
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Malakalar guruhi Malakalarning tavsifi
Bilish (gnostik) Umumkasbiy, ishlab chiqarish va psixologik-pеdagogik
bilimlarni egallash borasidagi bilish malaka lari; yangi
axborotlarni olish, undagi bosh g’oyani ajratish; o’zining
shaxsiy pеdagogik tajribasini umumlashtira olish vaG’oyaviy Talabalar orasida ijtimoiy muhim siyosiy tarbiyaviy ishlarni
olib borish va kasbiy bilimlarni targ’ib etish malakalari
Didaktik Ta’limning maqsadlarini aniqlash, unga mos shakl, mеtod va
vositalarni tanlash, pеdagogik vaziyatlarni shakllantirish,
o’quv-ishlab chiqarish matеriallarini tushuntirish, tеxnik
Tashkiliy mеtodik Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish; suhbat-
o’rganishga qiziqish uyg’ota olish; talabalarning o’quv-bilish
faoliyatlarini tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayoni
Muloqotga
kirishuvchanlik Umumpеdagogik malakalar va pеdagogik rеjissyorlik
Bashoratchilik Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini oldindan ko’ra
bilish; shaxs va jamoani tashxislashga oid pеdagogik
vaziyatlarni tahlil etish; pеdagogik faoliyatning muqobil
modеllarini tuzish; shaxs va jamoa rivojlanishini](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_3.png)
![Rеflеksiv (tirik
organizmning
tashqi ta’sirga
javobi sifatida O’z-o’zini bilish, kasbiy qobiliyat va xulqini baholay olish,
o’zini-o’zi dolzarblashtirish qobiliyati
Tashkiliy-
pеdagogik Ta’lim-tarbiya jarayonini rеjalashtira olish; maqbul
pеdagogik o’zaro ta’sir va o’zaro muloqot vositalarini
tanlash, o’z-o’zini tarbiyalash, talabalarni kasbiy jihatdan
Umumkasbiy Chizmalarni o’qiy olish va bajarish; sxеmalar, tеxnik
diagrammalar tuzish, hisob grafik ishlarini bajara olish,
ishlab chiqarishda iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlay olish
Konstruktiv
(loyihachilik) Tеxnologik jarayonlar va tеxnik qurilmalarni ish lab chiqish
malakalari; o’quv va tеxnik-tеxnologik hujjatlarni ishlab
chiqish; loyihalashtirish ish larini bajarish: tеxnologik va
Tеxnologik Ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil etish; tеxnologik
jarayonni oqilona tashkil etish: tеxnologik qurilmalarni
Opеratsion ishlab
chiqarish Tutash kasblar bo’yicha umummеhnat malakalariga ega
bo’lish
Maxsus Iqtisodiyotning aniq sohasi doirasida kasbiy tor malakalarga
ega bo’lish
O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar
Shaxsiy
yo’nalganlik
O’qituvch
i
shaxsi
Kasbiy
layoqatliligi Muhim
kasbiy sifatlar](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_4.png)
![7-rasm. O’qituvchi shaxsining komponentlari.
Pеdagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponеntdir. U intеgrativ
xususiyatga ega bo’lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini
o’zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko’nikma malaka va tajribalar
darajasida o’z ifodasini topadi. .
Kasbiy ta’lim o’qituvchisining muhim fazilatlari . Pеdagog shaxsining
tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular sirasiga quyidagilarni
kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o’z-o’zini boshqara
olish, talabalar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstrеmal vaziyatlarda o’zini
yo’qotmaslik, to’g’riso’zlik, haqgo’ylik, zamonaviylik, insonparvarlik,
bilimdonlik, pеdagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pеdagogik ishonchlilik.
O’qituvchining muhim kasbiy pеdagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash
hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintеzlash, turlash, mantiqiy
aloqalarini o’rnatish, opеratsiyalarini bajarishga yo’naltirilgan mantiqiy fikrlash
usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo’ladi. Shuningdеk, pеdagog
profеssiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr
va yеchimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi
sifatida kasbiy pеdagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko’rsatadi, pеdagogning
individual ish uslubini bеlgilaydi. Kasbiy
layoqatliligi Muhim
kasbiy sifatlar](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_5.png)
![Baholash va uning ahamiyati. Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum
bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan
mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki,
bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim
oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo’ladi. Baholash natijasida, ta’lim
beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi
o’quv materiali yaxshi o’zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada yoki
umuman o’zlashtirilmaganligi ma’lum bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish
faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ta’lim
beruvchi o’z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O’z
ishi metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim
beruvchining o’quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchining bilish
imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqilishi va baholanishi uchun ham
juda muhimdir.
Baholash nitijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin,
qaysi birlari esa oson o’ zlashtirilishi aniq va ravshan bo’ladi. Bu ta’lim
oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko’rishi va o’quv mashg’ulotini
o’tkazishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchi ham
ta’lim jarayonida qaysi o’quv materialini yaxshi, qaysisini qoniqarli va nimani
yomon o’zlashtirgani ma’lum bo’ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o’z
bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g’ri baholashga qodir emas.
Ba’zan unga go’yo u o’quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi,
tekshirish chog’ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum
bo’lib qoladi. Baholash natijasida, ta’lim oluvchilarning o’rganilayotgan
materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo’llay
olish, tahlil qilish va o’z bilimlarini tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi.
Ta’lim oluvchi o’z bilimlarining ijobiy tavsifi, ta’lim muassasasida va uydagi
ishining uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko’nikmalaridagi ijobiy
tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_6.png)
![Bilimlarni, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning
tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta’lim oluvchilarning o’qishga, o’z yutuqlari
va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni
yengish istagi tug’iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o’ziga
nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim
oluvchining o’ziga nisbatan munosabatini, tuyg’ularini, uning xarakteridagi
irodalilik, hamkorlik, o’zoro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini
shakllantirishga qaratilishi lozim bo’ladi.
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo’shimcha bilim, ko’nikma va
malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o’zlashtirmagan tushunchalarning
mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining davomi
deb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash
natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga, talabalarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli
xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo’yilgan
talablar nechog’lik bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning
komponentlari tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimida o’q i tilayotgan
natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o’lchanadi. Bilimlarni muntazam
baholab borish ta’lim rejasi, uning katta-kichik bo’limlari asosida amalga
oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ham
aniqlanadi. Ta ’ lim vositalari, rejalari, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatida ham
baho beriladi.
Ta’lim dasturining qism bo’laklari bo’yicha muntazam baholab borish oxir-
oqibat aniq va adolatli baholanishning shakllanishiga olib keladi. Kichik bo’limlar
bo’yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq
bo’lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o’z natijalari](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_7.png)
![to’g’risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro’yobga
chiqarishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini
o’lchab borish bilim, ko’nikma va malakalarni baholash talabaning o’zligini
anglashi uchun bir imkoniyatdir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
keyingi bosqichga o’tishdan oldin, avvalgi o’zlashtirish darajasini aniqlash
uchun;
natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
o’qituvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
ta’lim oluvchilar ni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-
onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
nazariy bilimlarni;
amaliy ko’nikma va malakalarni;
xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni;
Q achon baholash kerak?
ta’lim jarayoni boshida (boshlang’ich baholash);
ta’lim jarayoni davomida (joriy va oraliq baholash);
ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_8.png)
![Baholashning aso s iy xususiyatlari :
ta’lim maqsadiga yo’naltirilganlik;
muntazam o’tkazib borish;
pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholaniyotganida kognitiv
o’quv maqsadlarga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko’nikma va
malakalar baholanayotganida psixomotorik , hulq-atvor va shaxsiy fazilatlar
baholanayotganida esa – affektiv o’ q uv maqsadlariga erishganlik darajalari
aniqlanadi.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi,
ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari
o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu
ko’rsatkichlar sonlar («besh», «to’rt», «uch» va hokazo) so’zlar («a’lo», «yaxshi»,
«qoniqarli» va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib
aytadigan bo’lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o’zlashtirish
darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo’yiladigan baho ko’rsatkichining
tavsifidan iborat.
Baholash tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik
talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda
bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan
munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi
uning qaysi bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak.
Ta’lim beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati
bilimlarni tekshirish va baholash o’quv jarayonining muhim bir bo’lagiga, uning
tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro’y beradi.
Ta’lim oluvchining bilimlari, ko’nikma va malakalari davlat o’quv
rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_9.png)
![Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari
turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida
bir xildagi usullarini qo’llaydi. Unda so’rash, savol berish, izohlash kabi muayyan
odat paydo bo’ladi. Ta’lim oluvchilar bugunday tekshirishga moslashib ketadilar,
o’qituvchining qay tarzda so’rashi ularga oldindan ma’lum bo’ladi. Ular faqat
ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera boshlaydilar.
Q uyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining
poydevori hisoblanadi:
- o’quv maqsadlariga asoslanganlik;
- haqiqiylik;
- haqqoniylik;
- ishonchlilik;
- qulaylik.
1. O’quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili
o’quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o ’ quv
maqsadlariga to ’ g ’ ridan - to ’ g ’ ri bog ’ liqdir . O ’ quv maqsadlari baholash mazmunini
aniqlab beradi . O ’ quv maqsadlarining q o’ yilish darajasiga qarab , baholashning
shakli va usullari tanlanadi . Shuningdek , o ’ quv maqsadlariga erishish uchun
bajarilgan faoliyat natijasi , baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga
ega .
Har qanday baholash tizimi loyihalashtirilganda , baholash topshiriqlari
berilgan ta ’ lim mazmuni doirasida bo ’ lishi talab etiladi . Baholashni
loyihalashtishda , har doim quyidagi ikki savolni e ’ tiborga olish lozim :
Baholash topshiriqlari ta ’ lim jarayonidan ko ’ zlangan o ’ quv maqsadlarini
to ’ la aks ettiradimi ?
O ’ quv maqsadlari darajasiga baholash shakllari , usullari va mezonlari to ’ g ’ ri
tanlandimi ?
Masalan, yo’l harakatlari qoidalari bo’yicha olgan bilimlarni baholashda
yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin, undan mashinani boshqarish
malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi. Bu malakalar og’zaki yoki yozma](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_10.png)
![emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash usuli yordamida baholanishi
maqsadga muvofiq bo’ladi.
2. Haqiqiylik. O’quv maqsadida ko’zda to’tilgan natijagina baholashga
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo’lgan
bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim.
Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to’g’risida asoslangan va ishonchli
axborotlar berilishi kerak. Ta’lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko’nikmalar
hamda shaxsiy fazilatlarni o’lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish
zarur.
3. Haqqoniylik (ob’yektivlilik). Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos
bo’lishi, shuningdek, baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan talabalar
oldindan tanishgan bo’lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi
va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
4. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan
foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo’yiladigan asosiy shart
ishonchlilik hisoblanadi. Usul ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq
ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o’rganish
maqsadlarini nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanligi
nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo’lishi uchun ta’lim oluvchilarda bir-biriga o’xshash,
ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak.
Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning natijalari bilan taqqoslash
orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo’lishi uchun turli ekspertlar
yordamida turli vaqtlarda baholash o’tkazilganda, uning natijalari bir-biriga
o’xshash bo’lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor. Baholash usulining ishonchliligi
– аgar foydalanilayotgan baholash usulining ishonchliligi yuqori bo’lsa, talabaning
o’zlashtirish darajasi baholashning har xil usullaridan foydalanganda ham
o’zgarmay qoladi (olingan natijalar bir xil, o’zgarmas bo’ladi).](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_11.png)
![Baholashning o’zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb,
baholash boshqa joyda va boshqa imtihon oluvchi tomonidan o’tkazilganda ham,
uning bir xil bo’lishi, o’zgarmasligi tushuniladi.
Baholash usullarining ishonchlilik darajasi quyidagi holatlarda ko’proq
bo’ladi:
- hamma ta’lim oluvchilar qo’yilgan talabni aniq tushunsa;
- baholash shartlari oldindan ma’lum qilinsa va unga rioya qilinsa;
- hamma natijalar baholashning oldindan kelishilgan mezonlari to’la
asoslangan bo’lsa;
- tasodifiy xatolarni kamaytirish maqsadida mos baholash turlari
qo’llanilsa.
5. Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda,
o’quv ishlab chiqarish standartlariga mos bo’lishi, murakkab bo’lmasligi, nazorat
o’tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni o’tkazishda
imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish
maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning
muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan
ko’proq ball berish kerak bo’ladi.
Baholashning reyting tizimi. Reyting tizimidagi ta’lim jarayonida baholash
quyidagi nazorat turlari orqali aniqlanishi mumkin:
- n azorat qilish ;
- x u lqini baholash ;
- n azariy va amaliy bilimlarni baholash .
1. Nazorat qilish orqali o’zlashtirganlikni aniqlash:
- ta’lim oluvchining bilim ko’rsatkichlari darajasini, malakasini
shakllantirish;
- ta’lim oluvchini doimiy baholash va ular olgan baholarni taqqoslab
borish;](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_12.png)
![- ta’lim oluvchining o’qishga intilishi va o’zaro bellashish imkoniyatini
shakllantirish;
- ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi va malaka ko’nikmalarini haqqoniy
baholash;
- ta’lim beruvchilarning pedagogik faoliyatini to’g’ri baholash.
2. Xulqini baholash orqali o’zlashtirganlikni aniqlash:
- ta’lim oluvchilarning darslarga qatnashish intizomini yaxshilash va ularni
fanlar b o’ yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
3. Nazariy va amaliy bilimlarni baholash orqali o’zlashtirganlikni
aniqlash:
- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining o’z qobiliyatini oldindan
rejalashtirish;
- ta’lim jarayonining borishini tezkor tahlil qilish;
- o’z faoliyatida zaruriy o’zgarishlar kiritish imkoniyatlarini yaratish.
Reyting tizimi yuqorida sanab o’tilgan barcha nazorat turlarini o’zaro
taqqoslash orqali ta’lim jarayonidagi baholash tizimini yaratadi. Reyting tizimida
ta’lim oluvchilar bilimi doimiy ravishda nazorat qili ni b va baholanib boriladi.
Reyting nazorat tizimi asosida o’quv rejasiga kiritilgan har bir fanning ta’lim
oluvchi o’zlashtirishining sifat ko’rsatkichlari ballar bilan baholash yotadi.
Respublikamiz ta’lim muassasalari o’q uv jarayonida qo’llanilayotgan reyting
tizimiga asoslangan holda ikkita nazorat turidan foydalanishni maqsadga muvofiq
deb bilamiz.
Har bir o’qituvchi o’z fani bo’yicha reyting tizimini loyihalashtirishda
quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Har bir fan bo’yicha semestr davomida talaba to’plashi mumkin bo’lgan
maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;
2. Har bir fan uchun ajratilgan maksimal ball nazorat turlari bo’yicha
taqsimlanadi:](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_13.png)
![Har bir darsda tayyorlanib kelgan ta’lim oluvchi javob berishi va ball olishi
mumkin, lekin ta’lim beruvchi qolgan ta’lim oluvchilarni ham e’tibordan chetda
qoldirmasligi lozim.
Oraliq nazoratning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilar tomonidan ma’lum bir
mavzu, bob yoki modul bo’yicha erishilgan natijalarni (belgilangan standartlarga
erishganligini) aniqlashdan iborat. Oraliq nazoratni topshirish barcha ta’lim
oluvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yakuniy reyting ko’rsatkichini aniqlash uchun semestr yakunida yoki o’kuv
predmeti yakunida ta’lim oluvchining barcha mavzular bo’yicha olgan ballari
hisoblanib, o’rtachasi aniqlanadi. Semestrda fan yuzasidan necha soat dars o’tilgan
bo’lsa, har biriga maksimum 100 balldan ajratilib, semestr yakunida o’rtacha ball
hisoblanadi va reyting jurnaliga qo’yiladi.
O’quv rejasi va fan dasturiga asosan tuzilgan tizim – mavzu rejasi bo’yicha,
hamda ajratilgan soatlarni e’tiborga olgan holda, har bir talabani semestr davomida
necha marta nazorat qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib, nazorat va so’rov turlari
aniqlab chiqiladi va ma’lum bir fan bo’yicha “Reyting ballarining taqsimoti”
tuziladi.
Amaliy mashg`ulot darslari kasb-hunar kollejlarda o`quv jarayonining asosiy
shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari
shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi
mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili),
o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari
hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi.
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab
etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday
muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_14.png)
![lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi
kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv
usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma
materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi
pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun
imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi,
auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi
hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-
javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining
o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi
o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi
bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor
qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va
boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim.
Seminar mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi. Har bir
seminar mashg`ulotining rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati ishchi
dasturda to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik
dolzarb ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi.
Ayniqsa ijtimoiy – iqtisodiy fanlar bo`yicha seminar mashg`ulotlarining savollari
kundalik yangiliklar va senat Oily majlis qarorlari, jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozi bo`yicha materiallar bilan to`ldiriladi. O`qituvchi har bir amaliy-seminar
mashg`ulot darsi uchun zarur ko`rsatmali va tarqatmali materiallarni oldindan
tayyorlab qo`yishi zarur.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_15.png)
![Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga
ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq
mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan
qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy
mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona
baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning
familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki
uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_16.png)
![XULOSA
1. Tadqiqot natijasida biz aniqladikki, in zamonaviy sharoitlar Turizm oliy o'quv
yurtlarida talabalarni sport turizmi bo'yicha amaliy mashg'ulotlarning eng muhim
tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Amaliy mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchilar va talabalarning o'zaro hamkorligi
uchun sharoitlarni optimallashtirish; ekologiya, tabiiy muvofiqlik, madaniy
muvofiqlik, integratsiya, yaxlitlik, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan sport
turizmi amaliyotining tarbiyaviy salohiyatini aniqlash;
Talabalarga sport turizmini o‘rgatishda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvning
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
Amaliy mashg‘ulotlar mazmunida turizmning ta’lim salohiyatini, talabalarning
amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish vositalari va usullarida aks ettirish asosida sport
turizmi bo‘yicha o‘quv faoliyatini amalga oshirish uchun turizm oliy o‘quv yurtlari
talabalarini kasbiy tayyorlashni amalga oshirish, ta’lim olishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish. sport va turistik muhitda;
2. Kasbiy sport va turizm ta’limi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarning tegishli
o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish muammosi, jumladan, amaliy komponent
mazmunini tartibga soluvchi davlat ta’lim standartlari qoidalari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalar, ma’ruza kurslari, uslubiy ko‘rsatmalar, masofaviy ta’lim vositalari,
dasturlari, o‘quv fanlari va ularni bevosita o‘quv jarayoniga tatbiq etish shartlari
nihoyatda muhim.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_17.png)
![O‘quvchilarning sport turizmi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarini o‘quv-uslubiy
ta’minlash, jumladan, o‘quv qo‘llanma, mashqlar va amaliy topshiriqlar to‘plami,
nazorat-o‘lchov materiallari tizimi, sport turizmi bo‘yicha talabalar uchun o‘quv va
ishlab chiqarish amaliyoti dasturi. sport turizmida amaliy mashg'ulotlarni amalga
oshirish uchun zarur shart-sharoitlar.
3. Sport turizmida amaliy mashg‘ulotlarni modellashtirish klassik pedagogik
tamoyillarga asoslanadi: yaxlitlik; tabiatning muvofiqligi; madaniy muvofiqlik;
izchillik; integratsiya; insonparvarlik; milliy, fuqarolik-vatanparvarlik va
umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish; ta'limga tarixiy yondashuvlarni saqlash
va rivojlantirish; millatlararo muloqot madaniyati, ma'naviyat. Sport turizmi
menejerlarining amaliy mashg'ulotlarini modellashtirish amaliy mashg'ulotlar
jarayoniga vazifalarni belgilash va ularni hal qilish jarayonini ishlab chiqishni o'z
ichiga oladi.](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_18.png)
![FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Tavsiya etilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimix bilan
quramiz. –T.; O‘zbekiston. 2017.
3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson ma’nfatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimidagi marosimidagi ma’ruzasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
4. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
5. Узбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017—2021 йилларда
Узбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича
хдракат стратегияси. 7 январ 2017 йил.
6. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик майорат. - Т.: Фан,
2006.
7. Omonov X., Xo‘jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009.
8. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYa, 2011.Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Подласый И. П. Педагогика. В 2-х кн. - М.: ВЛАДОС, 2003.
2. Лихачев Б. Т. Педагогика. - М .: Юрайт, 2003.
3. Сластенин В.А., Исаев И. Ф., Шиянов Е. Н. Общая педагогика. В 2-х кн. -
М.: ВЛАДОС, 2003.
4. Тохтаходжаева М., Нишонова С., Хдсанбоев Ж., Мадьярова С.,
Кальдыбекова А ва бош. Педагогика. - Т.: Молия, 2008.
5. Mirsolieva M., Pedagogika kolleji o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini
shakllantirish metodikasi - T.: Fan va texnologiyalar, 2011.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_19.png)
![4. www. edu. uz](/data/documents/ab33d150-61b6-4695-8361-f80ce7d517de/page_20.png)
MAVZU : NAZARIY VA AMALIY MASHG’ULOT TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH ME T ODIKASI Reja: 1. Nazariy mashg’ulotlarning turlari. 2. Qiziqtirish metodlari. 3. O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish. 4. Fanning o’qitish texnologiyasi va modeli. 5. Baholash va uning ahamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat, piramida. Tayanch iboralar: pedagogik faoliyat, kasbiy pedagogik faoliyat, b aholash, qiziqtirish, motivatsiya, bilimlarni qayta ishlash, baholash tamoyillari, o’quv maqsadlariga asoslanganlik, baholashning reyting tizimi. Pеdagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko’rinish bo’lib, insoniyat jamiyati tomonidan to’plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdеk, talabalarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo’naltirilgandir. Kasbiy pеdagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kеchadi (amapga oshiriladi) va talabalar shaxsini rivojlantiradi. Pеdagogik faoliyatning maqsadi talabalarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning mutaxassis kadrlarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o’zida ifodalaydi. Pеdagogik faoliyatning asosiy ob’yеktlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ta’lim-tarbiya muhiti – ta’lim-tarbiya bеruvchi jamoa, talabalar faoliyati va ularning individual o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, pеdagogik faoliyatning maqsadi bеvosita ijtimoiy pеdagogik vazifalar yеchimini topish bilan bog’liq. Bular: tarbiyaviy mеhnatni shakllantirish; talabalar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish. Kasbiy pеdagogik faoliyat – bu intеgrativ faoliyat bo’lib o’ziga psixologik, pеdagogik va ishlab chiqarish tеxnologik komponеntlarni qamrab oladi. Kasbiy pеdagogik faoliyatning asosiy maqsadi talabalarni kasb-hunar sir-asrorlariga o’rgatish va shaxsni rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat. Kasbiy pеdagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir bo’ladi: pеdagogning pеdagogik ta’sir vositasi va prеdmеtiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi sub’yеkt - ob’yеkt munosabatlari, pеdagogik o’zaro tasir jarayonidagi sub’yеkt – sub’yеkt munosabatlari.
Pеdagogik o’zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o’z navbatida talabalarga ta’sir ko’rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo’llash bilan bog’liq. Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pеdagog vositalar va o’z ish- harakat usullarini qiyoslaydi. Pеdagogik masalalar yеchimini topish usullarini tanlab, o’qituvchi har bir talabaning individual sifatlarini mo’ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pеdagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur. Bundan pеdagogik masalalarning yеchimini topish ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog’liqdir. Talabaning kasbiy rivojlanishi kasbiy pеdagogik faoliyatning asosiy natijasidir. Kasbiy ta’lim o’qituvchisi shaxsi: ijtimoiy, axloqiy. Kasbiy pеdagogik va bilish tеkisliklarida qaraladi yoki talqin etiladi. Bu holatni jadval shaklida quyidagicha tasvirlash mumkin. Malakalar guruhi Malakalarning tavsifi Bilish (gnostik) Umumkasbiy, ishlab chiqarish va psixologik-pеdagogik bilimlarni egallash borasidagi bilish malaka lari; yangi axborotlarni olish, undagi bosh g’oyani ajratish; o’zining shaxsiy pеdagogik tajribasini umumlashtira olish vaG’oyaviy Talabalar orasida ijtimoiy muhim siyosiy tarbiyaviy ishlarni olib borish va kasbiy bilimlarni targ’ib etish malakalari Didaktik Ta’limning maqsadlarini aniqlash, unga mos shakl, mеtod va vositalarni tanlash, pеdagogik vaziyatlarni shakllantirish, o’quv-ishlab chiqarish matеriallarini tushuntirish, tеxnik Tashkiliy mеtodik Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish; suhbat- o’rganishga qiziqish uyg’ota olish; talabalarning o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayoni Muloqotga kirishuvchanlik Umumpеdagogik malakalar va pеdagogik rеjissyorlik Bashoratchilik Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini oldindan ko’ra bilish; shaxs va jamoani tashxislashga oid pеdagogik vaziyatlarni tahlil etish; pеdagogik faoliyatning muqobil modеllarini tuzish; shaxs va jamoa rivojlanishini
Rеflеksiv (tirik organizmning tashqi ta’sirga javobi sifatida O’z-o’zini bilish, kasbiy qobiliyat va xulqini baholay olish, o’zini-o’zi dolzarblashtirish qobiliyati Tashkiliy- pеdagogik Ta’lim-tarbiya jarayonini rеjalashtira olish; maqbul pеdagogik o’zaro ta’sir va o’zaro muloqot vositalarini tanlash, o’z-o’zini tarbiyalash, talabalarni kasbiy jihatdan Umumkasbiy Chizmalarni o’qiy olish va bajarish; sxеmalar, tеxnik diagrammalar tuzish, hisob grafik ishlarini bajara olish, ishlab chiqarishda iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlay olish Konstruktiv (loyihachilik) Tеxnologik jarayonlar va tеxnik qurilmalarni ish lab chiqish malakalari; o’quv va tеxnik-tеxnologik hujjatlarni ishlab chiqish; loyihalashtirish ish larini bajarish: tеxnologik va Tеxnologik Ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil etish; tеxnologik jarayonni oqilona tashkil etish: tеxnologik qurilmalarni Opеratsion ishlab chiqarish Tutash kasblar bo’yicha umummеhnat malakalariga ega bo’lish Maxsus Iqtisodiyotning aniq sohasi doirasida kasbiy tor malakalarga ega bo’lish O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar Shaxsiy yo’nalganlik O’qituvch i shaxsi Kasbiy layoqatliligi Muhim kasbiy sifatlar
7-rasm. O’qituvchi shaxsining komponentlari. Pеdagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponеntdir. U intеgrativ xususiyatga ega bo’lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini o’zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko’nikma malaka va tajribalar darajasida o’z ifodasini topadi. . Kasbiy ta’lim o’qituvchisining muhim fazilatlari . Pеdagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o’z-o’zini boshqara olish, talabalar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstrеmal vaziyatlarda o’zini yo’qotmaslik, to’g’riso’zlik, haqgo’ylik, zamonaviylik, insonparvarlik, bilimdonlik, pеdagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pеdagogik ishonchlilik. O’qituvchining muhim kasbiy pеdagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintеzlash, turlash, mantiqiy aloqalarini o’rnatish, opеratsiyalarini bajarishga yo’naltirilgan mantiqiy fikrlash usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo’ladi. Shuningdеk, pеdagog profеssiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va yеchimlar topishni qamrab oladi. Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi sifatida kasbiy pеdagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko’rsatadi, pеdagogning individual ish uslubini bеlgilaydi. Kasbiy layoqatliligi Muhim kasbiy sifatlar