Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish
![Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish.
Reja:
1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari.
2. Sotsiologik tadqiqot usullari.
3. Eksperiment usuli.
4 Intervyu. Test usuli.
5. Xujjatlarni o’rganish usuli.
6. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish.](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_1.png)
![T a y a n c h tushunchalar
So’rov, anketa, kuzatish, statika, intervyu, fundamental, panel, standart,
respondent, klinik, eksperiment, tajriba, sotsiometriya, miqdor
6.1. Ijtimoiy - ma'naviy, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi,
jamiyat hayotining turli jabxalariga zamonaviy texnik vositalar va yangi
texnologik jarayonlarning singib borishi, yangi istiqlol mafkurasi oliy maktab
tizimidagi ta'lim - tarbiya ishlari darajasining oshib borishiga sabab bo’lmokda.
«Bozor munosabatiga o’tish davrida, -deb ta'kidlaydi Prezidentimiz
I.A.Karimov,-ijtimoiy soha-sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'at,
shuningdek, ilm-fan ayniqsa mushkul ahvolda qolmoqda. Hozirgi murakkab
davrda bu tarmoqlarni qat'iy qo’llab quvvatlash, shu sohalarda ishlayotgan
kishilar mehnatini munosib baholash uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishi
zarur (I.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat, T. «O’zbekiston» 1992
y, 32-bet).
Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash
va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi
ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini
belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy
taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish
sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday
qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy-
uslubiy bo’limlardan iborat.
1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini
xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi
qismlarni o’z ichiga oladi.](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_2.png)
![2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish,
yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash
singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi.
Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim:
1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad.
Tadqiqot natijalari asosida oliy maktab ma'muriyati, tegishli vazirliklar
va keng jamoatchilikka kasb mahorati sirlarini egallash uchun zarur
hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish.
2. Tadqiqot ob'ekti.
Oliy o’quv yurtlaridagi o’quv - tarbiyaviy jarayon hisoblanib, bu
sohadagi umumiy ahvol, muammolar, istiqbol mo’ljallari tuliq o’rganib
chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday).
3. Tadqiqot predmeti.
Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-
ruxiy omillarning o’rni va ta'siri masalalaridan iboratdir.
4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili.
Tadqiqot maqsadiga, mavzu ob'ekti va predmeti talablariga muvofiq, ilmiy
izlanishning analitik xususiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, «umumiy
rivojlanish», «kasbiy rivojlanish», «kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni tahlil
etish, ularning mazmunan o’ziga xosligini aniqlab chiqish.
5. Tadqiqot gepotezasi (farazi).
Asosiy ilmiy taxmin.
6. Tadqiqot vazifalari.
Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim axamiyat kasb etib,
tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi
mo’ljal vazifasini o’taydi. Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator
ijtimoiy ziddiyatli holatlargi duch kelish mumkin.
Dekart, «Agar siz qandaydir o’ylanmagan, kutilmagan, xayolingizga
keltirmagan narsani topishni o’ylamaydigan bo’lsangiz, siz bu narsani hech
qachon topa olmaysiz degan edi. Dasturda ilmiy izlanishga sabab bo’lgan](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_3.png)
![ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularning asosiy tushuncha, atamalari
atroflicha izohlab beriladi.
Dasturda kompleks sotsiologik tadqiqot natijalarini qo’lga kiritish,
o’rganilayotgan ob'ekt va predmet xususiyatlarini aniqlash maqsadlarida
sotsiologik tadqiqotlar instrumentarisiga alohida to’xtalib o’tishimiz lozimdir.
Instrumentariy deganda biz -sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur
bulgan metodik va texnik usullar yig’indisini e'tiborga olamiz. Har qanday
tadqiqot biron bir muammoni qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo
tashqaridan buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat xayotida o’zining
ilmiy echimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin.
Sosilogik tadqiqotlarning sifat darajasini oshirish uchun empirik
ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun
uning metodologik asosiga alohida e'tibor qaratilmog’i lozimdir:
1. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish.(yuqorida qayd
etganimizdek, buyurtma va ob'ektning mavjudligi).
2. Amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayoni.
3. Empirik ma'lumotlarni sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.
4..Olingan ma'lumotlarni taxlil qilish umumlashtirish. (Biz bunga sal
keyinroq to’xtalib utamiz).
Har qanday tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga,
tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab
chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan
foydalanish kabilar kiradi. (Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni. Qarshi. 2000 yil
38-45 betlar).
Tadqiqot dasturi ichki tuzilish jarayoni qo’yidagicha bo’ladi:
1. Nazariy metodologik qism.
a). Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini
belgilash.
b). Ob'ekt va predmetini belgilash.
s). Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_4.png)
![d). Predmetning dastlabki taxmini.
e). Ishchi farazni ishlab chiqish.
II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni.
a). Tadqiqotning umumiy rejasi.
b). Asosiy amaliy ish jarayonlari.
s). Tanlov ishlari.
d). Dastlabki olingan ma'lumotlarni tahlil qilish.
e). Natijalarni umumlashtirish.
Yuqoridagi tushunchalar mazmunining atroflicha ochib berilishi dastur
farazini tuzish uchun keng yo’l ochilishiga imkon yaratadi.
Ilmiy faraz-ob'ektning tuzilishi xaqidagi nazariy asoslangan ilmiy taxmin
bo’lib, mazkur ob'ektning tashkil etuvchi turli xil elementlar va aloqalar
xarakteri, ularning faoliyati yuritishi va taraqqiyotini o’zida ifodalaydi. Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak, xozirgi bozor iqtisodi sharoitida tadqiqotlar mufassal
ishlab chiqilgan dasturlariga ega bo’lishi zarur.
6.2. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Oldingi ma'ruzalarimizdan bizga ma'lumki, sotsiologiyada so’rov,
intervyu, kuzatish, eksperiment, xujjatlarni o’rganish, test, statistik, kabi
tadqiqot usullari mavjud. Biz endi bu usullarga batafsil va kengroq to’xtalib
o’tamiz.
So’rash usuli sotsiologiyada keng yoyilgan tadqiqot shakli
hisoblanadi. Bu usulda guruh yoki ayrim kishilarga savollar bilan murojaat
qilib, dastlabki, birlamchi ma'lumotlar to’plab olinadi. So’rash usulining
yozma (anketa) va og’zaki turlari mavjud. Bundan tashqari statsionar va sirtqi
(telefon orqali, matbuot orqali), ommaviy va ekspertlar uchun, saylanma va
yalpi (referendumlar ham shunga kiradi) shakllarda namoyon bo’ladi. So’rash
usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va obro’ga
ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. So’rash usullari orqali shunday
ma'lumotlarga ega bo’lishi mumkinki, bunday ma'lumotlarni hamisha xam](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_5.png)
![hujjatli manbalardan olish mumkin emas. Lekin shunga qaramay 1930 yillar
boshlarida bu usul Sobiq Ittifoqda inqirozga yuz tutdi. Genetika singari fanlar
qatorida sotsiologik so’rovlar ham man etilgan edi.O’tkazilganda ham yuzaki
ravishda o’tkazilar edi. Anketa usuli va uni qo’llanilishi. Anketa so’zi
fransuzcha atama bo’lib, tadqiq etish, o’rganish, so’rash degan ma'nolarda
qo’llaniladi. Anketa usuli ommaviy faktlar (voqea-hodisalar) kelib chiqish
sabablarini aniqlash, mazkur faktlarning turli qirralari, umumiy
tendensiyalarini, jamoatchilik fikrining bu hodisalariga nisbatan munosabati
masalalarini o’rganadi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu
tevaragidagi savollar to’plami tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi
kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi.
Anketa o’tkazishdan maqsad sotsiologik tadqiqotlar nuqtai nazaridan
dastlabki, aksariyat hollarda muayyan mo’ljal olinuvchi ma'lumotlar
to’plashdan iboratdir. Anketa ba'zi xususiyatlariga ko’ra intervyu janriga
yaqin turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas,
balki ko’pgina kishilar gurhxiga qaratilgan bo’ladi. Ayni vaqtda tuzilgan
savollar og’zaki tarzda emas, balki yozma shaklda beriladi. Anketa
jamoatchilik fikrini atroflicha o’rganish omili sifatida sotsiologik tadqiqot
usullari orasida alohida o’rin tutadi. Anketa ayni vaqtda shunday janrki, bu
usulni qo’llagan tadqiqotchi odatda so’roq qog’ozlari yoki anketani
respondentlarga tarqatgandan boshlab tadqiqot ma'lumotlarini to’plash
jarayoni ustidan nazorat qilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Anketa so’rovi shaklining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va
anketadan iboratdir.
Anketa savollari respondent tomonidan to’ldiriladi. Shu boisdan ham
anketa bilan ishlash usulida savollar respondent uchun juda ravshan va aniq
bo’lishi zarur. Yuqorida qayd etganimizdek, anketa bir necha qismdan iborat
bo’lib, tadqiq etilayotgan ilmiy-ijtimoiy muammo uchun zarur bo’lgan,
tegishli ma'lumotni olishga imkon beruvchi turli-tuman, ammo mantiqiy-
yakuniy savollar majmuasidan iboratdir.](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_6.png)
![Shu o’rinda yana bir karra qayd etish lozimki, anketa shunchaki
tuzilmaydi, balki muayyan tadqiqot natijalariga erishish vositasi sifatidagina
tuziladi va amalga oshiriladi.
Demak, anketa vosita, muayyan maqsadga erishish omilidir. Anketaning
kirish qismida sotsiolog tadqiqot o’tkazayotgan ilmiy tashkilot yoki tadqiqot
guruhi manzilgoxi, tadkikotning nomi va maksadi, anketani tuzuvchining
ismi- sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga
berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli va nihoyat, to’ldirilgan
anketani kimga va qaerga topshirish yo’llari qisqa va lo’nda bayon etiladi. Bu
muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondentdan kirish qismidan
dastlabki ma'lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo’ladi.
6.3. Eksperiment.
Sotsiologiyada eksperiment usuli ham qo’llaniladi. Aslida
eksperimentlar tabiiy fanlarda keng qo’llaniladi, lekin sotsiologiyada uni
qo’llash doirasi cheklangan. Laboratoriya sharoitida faqatgina kichik guruhni
joylashtirish mumkin, lekin ular ham o’z ustilaridan tajriba
o’tkazilayotganligidan xabardor bo’ladilar va o’zlarini odatdagidan farqliroq
umuman eksperimentni sun'iy yaratilgan sharoitda bir yoki bir necha
o’zgaruvchan miqdorning boshqalariga ta'sirini o’rganish deb ta'riflashimiz
mumkin.
Filipp Zimbardo o’tkazgan ajoyib tadqiqot bunga misol bo’la oladi. U
o’ziga xos «qamoqxona» tashkil etib, unda maxbuslar va qo’rikchilar rolini
talabalar o’ynagan. Uning maqsadi turli rollarni ijro etish talabalar xulq-
atvorini qay darajada o’zgartirishini aniqlash edi,olingan natijalar
tadqiqotchilarni hayratga solgan. «Qo’riqchilar» tez orada avtoritar muomila
tarzini o’zlashtirib olib, mahbuslarga nisbatan haqiqiy dushmanlarga
munosabatda bo’la boshladilar. Ularning sheriklarida esa aksincha, haqiqiy
qamoqxona maxbuslarida kuzatiladigan apatiya va isyonkorlik belgilari paydo
bo’la boshlagan. Bu xolat shunday keskin bo’lganki, eksperimentlarni boshidan
to’xtatishga to’g’ri kelgan. Tadqiqotchi qamoqxonalarda xulq-atvorni u](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_7.png)
![yerdagilarning shaxsiy xislatlarini emas, muhitning o’zi belgilaydi, degan
xulosaga kelgan.
Bu tadqiqot natijasidan shunday xulosaga kelib chiqadiki, eksperiment
tadqiqotning shunday metodini, uning jarayonida biz shunday sharoitni
yaratamiz yoki bo’lmasa izlab topamizki, u yordamida o’zimizni qiziqtiradigan
hodisalar aloqasi namoyon bo’ladi.
Eksperiment o’tkazish uchun avvalo ob’ekt tanlanadi, so’ngra esa,
eksperiment qilinadigan guruhlar tashkil qilinadi, ya'ni eksperimental holat
vujudga keltiriladi. Eksperimentning asosiy maqsadi avvalo, - bu farazni
isbotlash yoki inkor etishdir. Hozirda turli sohalarda olib borilayotgan sotsial
eksperimentlarning asosi ham yuqoridagilarga uzviy bog’liqdir.
6.4. Intervyu.
Biz yuqorida so’rov (anketa) usuli haqida batafsil to’xtalib o’tgan edik.
So’rov va intervyu metodlari o’rtasida deyarli farq yo’k. Chunki respondent
(so’raluvchi) ga berilgan savolnoma bo’yicha tadqiqotchi undan intervyu
oladi. Anketa bo’yicha olingan intervyuni ba'zan «formallashtirilgani» yoki
«nazorat qilinadi» deb atashadi. Ba'zi intervyular umuman anketasiz
o’tkaziladi: odamdan ancha uzoq vaqt mobaynida intervyu olinadi va
chuqurrok ma'lumot olish talab qilinganida kam sonli so’raluvchilar so’rov
qilinadi. Chuqurlashtirilgan intervyular odatda so’rovlarga qaraganda
batafsilroq ma'lumot beradi, lekin bu usullarning kamchiligi shuki, intervyu
oluvchi ta'sir o’tkazishi va natijada ma'lumotlar o’zgarib ketishi mumkin;
bundan tashqari, javobni taqqoslab taxlil qilish qiyinrok bo’ladi.
6.5. Hujjatlarni o’rganish.
Hujjatli tadqiqot – ish mobaynida bosma va qo’lyozma materiallardan
samarali va sistemali tarzda foydalanish ko’pincha e'tibordan chetda qolib
ketadi. Hujjatli tadqiqot – sotsiologik tadqiqot yig’ishning eng keng tarqalgan
usullaridan biridir.
1. Hujjatli tadqiqotlarda arxiv materiallari, davlat xo’jjatlari, davlat
xo’jjatlari, xatlar, sud bayonnomalarini kiritish mumkin. Tadqiqotda](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_8.png)
![foydalanilayotgan hujjatlar qatoriga o’rganilayotgan mavzu bo’yicha
avval o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, xulosalarini ham kiritish
mumkin. Hukumatlar tomonidan keltiriladigan ma'lumotlar juda keng
ko’lamli bo’lib, bir necha manbaalarni o’z ichiga oladi. Masalan,
muntazam ravishda, ma'lum vaqt oralig’i bilan, aholini ro’yxatga
olish olib boriladi. Bu esa ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy masalalar
bo’yicha batafsil ma'lumotlar beradi. Bunday so’rovdagi savollarga
javob berish majburiy bo’lgani uchun, olingan materiallar ancha
to’liq va batafsil bo’ladi. Bulardan tashqari statistik hujjatlar,
guvohnomalar, protokollar, hisobga olish ma'lumotlari ham mavjud.
Shaxsiy hujjatlarga: avtobiografiya, xotiranomalar, xatlar kiradi.
Hujjatlarni o’rganishning avtobiografik metodini F.Znanetskiy ishlab
chiqqan. Sotsiolog hujjatlarni batafsil ko’rib chiqib o’rganadi.
Shuning uchun hujjatlar sotsiolog va tarixchi mutaxassislariga
qimmatbaho material hisoblanadi. Hujjatlarni o’rganish metodini
o’tkazish, texnikai qo’yidagicha bo’ladi:
2. Belgilarni, tushunchalarni aniqlash va analiz qilish.
3. Bu ko’rsatkichlarni tekst bilan o’zaro nisbatini aniqlash.
4. Ko’rsatkichlar uyicha miqdoriy analiz qilish.
Kontekst (nutq yoki asarning tugallangan parchasi) ni sharxlab
xulosalash.
Xujjatli manbalar ishonchliligini turlicha bo’ladi va ulardan
foydalanayotgan tadqiqotchi ularning haqiqiyligini to’gri baholay bilishi zarur.
Chunki, gazeta , jurnal, maqolalarida, ma'lumotlar ko’pincha ishonchsiz
manbalardan olingan bo’ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak sotsiologiyadagi tadkikot usullariga
qo’yidagicha ta'rif berish mumkin:
1. Anketalashtirish (yozma shakldagi s o’ rov).
2. Intervyu (su h batlashish, og ’ zaki s o’ rov).
3. Sosiometriya – (guruhdagi shasxlararo munosabatlarni o’rganish).](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_9.png)
![4. Test – (maxsus qayta ishlangan vositalar, rasmlar, savollar yordamida
shaxsiy sifat va qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan so’rov).
5. Ekspert – (mutaxassislarga tegishli bo’lgan so’rov).
6. Panel – (guruxlarning belgisiga ko’ra bir-birini taqqoslash va
farqlash).
7. Yaxlit – (jamoatchilik fikrini, aholini ro’yxatga olishni o’rganish).
8. Pilotaj – (informasiya olish).
Ushbu sotsiologik so’rovlarning barchasi maxsus o’z xususiyatlariga
ega. O’rganilayotgan muammoni ular xususiyatlaridan kelib chikib, hal kiladi.
6.6. Tadqiqotlarni tahlil etish va umumlashtirish.
O’tkazilgan har bir sotsiologik tadqiqot tahlil etilib, umumlashtiriladi.
So’rov natijalarini qayta ishlash va statistik taxlil qilish qulay, ammo bu
usulga qarshi kishilarning aytishlaricha, qayta ishlagan natijalar to’g’ridek
tuyuladi, lekin bu javoblarning aksariyati o’ta yuzakilikni hisobga olganda,
natijalar aniqligi shubxa o’ygotadi. Bundan tashqari, javob berishdan bosh
tortirsh holiari ko’p uchraydi, ayniqsa, anketalar pochta orqali yuborilganda.
So’rov o’tkazish sharoitlari va natijalarini izohlashda qo’llaniladigan til
ko’pincha javob berayotgan real tirik shaxslardan juda uzoqdir. Savollar pochta
orqali yuborilganda so’raluvchi kishini tasavvur xam etish mushkul.
Umuman olganda, tadqiqotchilar va respondentlar o’rtasida aloqa
qanchalik to’gri va bevosita bo’lsa, xulosalar shunchalik informativ va asosli
bo’ladi. So’rov natijalari imkon qadar chuqurlashtirilgan materiallar bilan
to’ldirilishi kerak.
Yig’ilgan material tahlil qilinib, tadqiqotga to’rtki bo’lgan muammoga
muvofiqlashtirilishi kerak. Olingan ma'lumotni qayta ishlash va tadqiqot
mavzusiga moslashtirish oson kechmaydi. Hatto, barcha savollarga aniq javob
olish imkoniyati bo’lganda xam ko’plab tadqiqotlar to’gallanmay qolib ketadi.
Tadqiqot natijalari tahlil qilingandan sung, hisobot tayyorlanishi shart. Odatda
jurnal maqolasi yoki kitob shaklida chop etiladigan hisobot tadqiqot tabiatining
izohi va qilingan xulosalarni asoslashdan iborat bo’ladi. Bu oxirgi bosqich](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_10.png)
![hisoblanadi. Ko’plab hisobotlardan javobsiz qolgan savollar kelib chiqadi va
qo’shimcha tadqiqotlar o’tkazish talab etiladi. Har qanday indvudial tadqiqot
faoliyati ijtimoiy hamjamiyat doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqot
jarayonining bir qismi hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasida tadqiqot bilan bog’liq muammolarni
o’rganishda vujudga keladigan eng muhim muammolardan biri – sabab va
oqibatlar taxlilidir. Ikki xodisa yoki xolatning sababli bog’lanishi – bu shunday
bog’lanishki, unda bir hodisa yoki xolat boshqa birini keltirib chiqaradi. Misol
uchun tog’ yon bag’rida turgan avtomobilning qo’l tormozi qo’yib yuborilishi
ko’rsatilgan oqibatni keltirib chiqaradi. Xuddi tabiiy fanlar kabi, sotsiologiya
ham barcha hodisalar o’z sabablariga ega, degan taxmindan kelib chiqadi.
Sotsiologik tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri sabab va oqibatlarni
aniklashdan iborat.
Ma'lumotlarni taxlil qilish bu farazni tekshirish, olingan bilimlarni
o’rnini aniqlash, axborotni ishlab chiqish, EHM ga taxlil uchun beriluvchi
ma'lumotlarni tayyorlash.
Informasiyalarni ishlab chiqish, guruhlash. Sotsiologiyada taxlil uchun
matematik metodlarni o’rni xam ahamiyatlidir. Bu matematik metodni
qo’llashdagi asosiy muammo matematik apparatni tuzib chiqishdir.
Matematik usullar sotsiologik tadqiqotlarda qo’yidagi vazifalarni hal
etadi:
1. Taxlil.
2. Tanlash.
3. Mode l lashtirish.
4. O ’lchash.
Hulosa qiladigan bo ’ lsak , sotsiologik tadqiqotlarda matematikani
qo ’ llanishining muxim jixati – sotsial hodisalarni modellashtirishdir .](/data/documents/961efc3d-2cbb-483c-bb64-f15db223da1c/page_11.png)
Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish. Reja: 1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari. 2. Sotsiologik tadqiqot usullari. 3. Eksperiment usuli. 4 Intervyu. Test usuli. 5. Xujjatlarni o’rganish usuli. 6. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish.
T a y a n c h tushunchalar So’rov, anketa, kuzatish, statika, intervyu, fundamental, panel, standart, respondent, klinik, eksperiment, tajriba, sotsiometriya, miqdor 6.1. Ijtimoiy - ma'naviy, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat hayotining turli jabxalariga zamonaviy texnik vositalar va yangi texnologik jarayonlarning singib borishi, yangi istiqlol mafkurasi oliy maktab tizimidagi ta'lim - tarbiya ishlari darajasining oshib borishiga sabab bo’lmokda. «Bozor munosabatiga o’tish davrida, -deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov,-ijtimoiy soha-sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'at, shuningdek, ilm-fan ayniqsa mushkul ahvolda qolmoqda. Hozirgi murakkab davrda bu tarmoqlarni qat'iy qo’llab quvvatlash, shu sohalarda ishlayotgan kishilar mehnatini munosib baholash uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishi zarur (I.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat, T. «O’zbekiston» 1992 y, 32-bet). Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy- uslubiy bo’limlardan iborat. 1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga oladi.
2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi. Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim: 1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad. Tadqiqot natijalari asosida oliy maktab ma'muriyati, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikka kasb mahorati sirlarini egallash uchun zarur hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish. 2. Tadqiqot ob'ekti. Oliy o’quv yurtlaridagi o’quv - tarbiyaviy jarayon hisoblanib, bu sohadagi umumiy ahvol, muammolar, istiqbol mo’ljallari tuliq o’rganib chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday). 3. Tadqiqot predmeti. Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy- ruxiy omillarning o’rni va ta'siri masalalaridan iboratdir. 4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili. Tadqiqot maqsadiga, mavzu ob'ekti va predmeti talablariga muvofiq, ilmiy izlanishning analitik xususiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, «umumiy rivojlanish», «kasbiy rivojlanish», «kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni tahlil etish, ularning mazmunan o’ziga xosligini aniqlab chiqish. 5. Tadqiqot gepotezasi (farazi). Asosiy ilmiy taxmin. 6. Tadqiqot vazifalari. Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim axamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi. Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator ijtimoiy ziddiyatli holatlargi duch kelish mumkin. Dekart, «Agar siz qandaydir o’ylanmagan, kutilmagan, xayolingizga keltirmagan narsani topishni o’ylamaydigan bo’lsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz degan edi. Dasturda ilmiy izlanishga sabab bo’lgan
ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularning asosiy tushuncha, atamalari atroflicha izohlab beriladi. Dasturda kompleks sotsiologik tadqiqot natijalarini qo’lga kiritish, o’rganilayotgan ob'ekt va predmet xususiyatlarini aniqlash maqsadlarida sotsiologik tadqiqotlar instrumentarisiga alohida to’xtalib o’tishimiz lozimdir. Instrumentariy deganda biz -sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur bulgan metodik va texnik usullar yig’indisini e'tiborga olamiz. Har qanday tadqiqot biron bir muammoni qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat xayotida o’zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin. Sosilogik tadqiqotlarning sifat darajasini oshirish uchun empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e'tibor qaratilmog’i lozimdir: 1. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish.(yuqorida qayd etganimizdek, buyurtma va ob'ektning mavjudligi). 2. Amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayoni. 3. Empirik ma'lumotlarni sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish. 4..Olingan ma'lumotlarni taxlil qilish umumlashtirish. (Biz bunga sal keyinroq to’xtalib utamiz). Har qanday tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi. (Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni. Qarshi. 2000 yil 38-45 betlar). Tadqiqot dasturi ichki tuzilish jarayoni qo’yidagicha bo’ladi: 1. Nazariy metodologik qism. a). Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash. b). Ob'ekt va predmetini belgilash. s). Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
d). Predmetning dastlabki taxmini. e). Ishchi farazni ishlab chiqish. II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni. a). Tadqiqotning umumiy rejasi. b). Asosiy amaliy ish jarayonlari. s). Tanlov ishlari. d). Dastlabki olingan ma'lumotlarni tahlil qilish. e). Natijalarni umumlashtirish. Yuqoridagi tushunchalar mazmunining atroflicha ochib berilishi dastur farazini tuzish uchun keng yo’l ochilishiga imkon yaratadi. Ilmiy faraz-ob'ektning tuzilishi xaqidagi nazariy asoslangan ilmiy taxmin bo’lib, mazkur ob'ektning tashkil etuvchi turli xil elementlar va aloqalar xarakteri, ularning faoliyati yuritishi va taraqqiyotini o’zida ifodalaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xozirgi bozor iqtisodi sharoitida tadqiqotlar mufassal ishlab chiqilgan dasturlariga ega bo’lishi zarur. 6.2. Sotsiologik tadqiqot usullari. Oldingi ma'ruzalarimizdan bizga ma'lumki, sotsiologiyada so’rov, intervyu, kuzatish, eksperiment, xujjatlarni o’rganish, test, statistik, kabi tadqiqot usullari mavjud. Biz endi bu usullarga batafsil va kengroq to’xtalib o’tamiz. So’rash usuli sotsiologiyada keng yoyilgan tadqiqot shakli hisoblanadi. Bu usulda guruh yoki ayrim kishilarga savollar bilan murojaat qilib, dastlabki, birlamchi ma'lumotlar to’plab olinadi. So’rash usulining yozma (anketa) va og’zaki turlari mavjud. Bundan tashqari statsionar va sirtqi (telefon orqali, matbuot orqali), ommaviy va ekspertlar uchun, saylanma va yalpi (referendumlar ham shunga kiradi) shakllarda namoyon bo’ladi. So’rash usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va obro’ga ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. So’rash usullari orqali shunday ma'lumotlarga ega bo’lishi mumkinki, bunday ma'lumotlarni hamisha xam