Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik
Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik. Mundarija Kirish. Asosiy qism. I BOB. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va Vazifalari. I.2 Manbalar turlari hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili. II BOB. Manbashunoslikning asosiy yo’nalishlari. Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik II.1 Tarixiy va nazariy manbashunoslik yo’nalishlari va ularning manbalarni o’rganishdagi o’rni . II.2 Amaliy manbashunoslik yo’nalishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Ilovalar
O`zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bilan o`zbek xalqi tarixida tub burilishi sodir bo’ldi. Mustaqillik xalqimizning o’z huquqlari, milliy o’zligini tiklashga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma`naviy taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O`zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach manbashunoslik fanida yangi sahifa ochildi. Boy tariximizni o’rganishda manbalarning xususan manbashunoslik fanining o’rni nihoyatda kattadir. Kurs ishimizda biz manbashunoslik fanining predmeti, vazifalari, yo’nalishlari, manbalar va ularning turlari, manbashunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi. I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial baho berish asos qilib olindi. Ўзбек халқининг неча минг йиллик тарихида қандай мураккаб даврлар, оғир синовлар бўлганини барчамиз яхши биламиз. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи ва биз эришган оламшумул ютуқлар мард ва матонатли халқимиз ҳар қандай қийинчилик, тўсиқ ва синовларни ўз кучи ва иродаси билан енгиб ўтишга қодир, деб баралла айтишга тўла асос беради. Биз аждодларимизнинг ёрқин хотирасини асраб-авайлаб, қалбимизда, юрагимизда абадий сақлаймиз. Букилмас ирода, фидойилик ва жасорат намунасини амалда намоён этиб, ўз ҳаётини азиз Ватанимизнинг ҳар томонлама равнақ топишига бағишлаган устоз ва мураббийларимиз, замондошларимиз билан биз чексиз фахрланамиз 1 . 1 Эркин ва фаровон, демократии Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутк /Ш.М. Мирзиёев - Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. - 6 б .
Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi to’g’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga h’arakat qildirishdan iborat. Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yo zma yo dgorliklar, tarixiy ’ujjatlar va solnomalarda qanday ba yo n qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi? Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va obektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz mumkin vakerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, anbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida h’am bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. Xulosa, manbashunoslik faniyurtimiz tarixi to’g’risida xolis va obektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir. Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bo’lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o’rganish h’amda ulardan ilmiy foydalanishning nazariyva amaliy jih’atlarini o’rganadi. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning malum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar,manzilgoh’lar va mozarlar, shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi. Manaviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasidapaydo bo’lgan va uning xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o’rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan
soh’asida asosan ikki xil bo’lishi mumkin-tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o’rganishdir. Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to’la va obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiyotini o’rganishdagi ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikningasosiy vazifasi h’isoblanadi. Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bo’lish mumkin. Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan. İlk tarixning ayrim lavh’alari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan. I.2 Manbalar turlari hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat vaurush qurollari, bino va turli inshootlar (qala va
qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari va zebziynat aqinchoqlari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o’rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; o’tmish h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan material va malumotlar etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo’li va aql –zakovati bilan yaratilgan qurolva buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o’tmish urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi. Bularning barchasini etnografiya(yunon, etnos – xalq, grapxo – yozaman, xalq h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va o’rganadi. Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-so’z boyligi tarkibidagi uzoq o’tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj- o’rta asrlarda ah’olidan, asosandeh’qonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig’i; ushr– daromadning o’ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot– chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; cuyurg’ol– shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida ko’rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er- suv;tansuqot – kamyob, etiborga molik buyum, mato; podshoh’lar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik- qo’shin; qorovul- qo’shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bo’linma; xalifa –Muh’ammad payg’ambarning o’rinbosari, o’rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig’i; mirishkor – to’g’risi – miri shikor, podshoh’ va xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi – shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig’-o’rta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan rasmiy h’ujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan yer - suv haqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda ko’p uchraydi. Bu va shunga o’xshash atamalar shubh’asizqimmatli tarixiy material bo’lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy h’ayotini o’rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o’rganadi. Xalq og’zaki adabiyoti