logo

Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va o‘rni. (nazariy poetika, dinamik poetika, struktural poetika va b.)

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.7373046875 KB
Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va
o‘rni.    (nazariy poetika, dinamik poetika, struktural poetika va b.)
Reja:
1.Mumtoz tarixiy poetika tushunchasi
2. Mumtoz tarixiy poetika fanining predmeti
3. Mumtoz tarixiy poetika fanining vazifalari Poetika   qadimdan   o‘rganilib   kelinayotgan   soha   bo‘lib,
adabiyotshunoslikning  mazmuni   va shaklini  tashkil  qiladi.  Poetika qadimdan  beri
olimlar va ijodkorlarning diqqatini jalb qilib keladi. Bu tabiiy, albatta. Badiiy ijod,
adabiyotning   taraqqiyoti   nazariy   yoritishni   va   umumlashtirishni   taqozo   qiladi.
Ko‘pincha   umumlashtirishlarning   natijasi   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   edi.   SHu
munosabat   bilan   Aristotelning   “Poetika”   asarini   eslash   o‘rinlidir.   Uning   mazkur
asaridagi  umumlashtirish katta mohiyat  kasb etgani uchun ham  bugungacha unga
murojaat etamiz. 
Poetika   uzoq   vaqt   tavsifiy   va   me’yoriy   xarakter   kasb   etib   keldi.   X1X   asrning
ikkinchi   yarmidan   boshlab   tarixiy   poetika   sohasida   qilingan   ishlar   mazmun
tomondan   keskin   o‘zgardi.   Ayniqsa,   A.N.Veselovskiyning   “Tarixiy   poetika”
(“Istoricheskaya poetika”) asari tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirishga turtki
berdi. 
X1X asrda adabiyotning tarixiy tadqiqotlari  yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga
oshirildi,   badiiy   tasvir   vositalariga   tarixiy   nuqtai   nazardan   yondashuv,   tur   va
janrlarga   oid   olib   borilgan   tadqiqotlar   va   ularning   rivojiga   batafsil   ta’rif   berilgin
ishlar   tarixiy   poetikaga   fan   sifatida     asos   yaratib   berdi.   Tarixiy   poetikaga   oid
ko‘plab   ishlar   Rossiya,   Polsha,   Fransiya,   Germaniya   kaba   mamlakatlarda   yuzaga
keldi   va   davom   etmoqda.   Jumladan,   Rossiyada   tarixiy   poetikani   fan   sifatida
shakllantirgan   olim   A.N.Veselovskiydir.   Uning   izlanishlari   va   erishgan   yutuqlari
adabiyotshunoslikda   alohida   bosqichni   tashkil   etadi.   SHu   bilan   birga   ta’kidlash
kerakki,   A.N.Veselovskiy   mo‘ljallagan   niyatini   –   adabiy   hodisalarning   keng
doirasini  qamrab oladigan yagona umumiy poetikani yaratishga ulgurmadi. A. N.
Veselovskiyning   “Tarixiy   poetika”     asarida   tarixiy-metodologik   tamoyillarda
ayrim   etishmovchiliklar   bo‘ldi.   Jumladan,   turli   poetik   turlar   va   shakllarni   ajratib
olib   talqin   qilishda,   badiiy   tasvir   vositalarini   yoritishda   ma’lum   noizchillikda
ko‘rinadi.   Ammo   shunga   qaramay,   u   tarixiy   poetikaning   tamal   toshini   yaratib
berdi.   U   tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ekti   sifatida   uslub,   poetik   til,   adabiy
syujetlarni o‘rganishni birinchi o‘ringa chiqardi, so‘ngra adabiy turlarning “tarixiy
izchilligi” tadqiq etilishi lozimligini uqtirgan edi. V.M.Jirmunskiyning “Poetika – she’riyatni san’at  sifatida o‘rganadigan fandir” 1
  deb aytganda, tarixiy poetikaning
o‘rganish ob’ektini aniqlab, A.N.Veselovskiyga yaqinlashgan edi. Ayniqsa, SHarq
mumtoz poetikasida Abu Nasr Forobiyning she’riyat va uning shakllanishi, arab va
yunon   she’riyatidagi   qonuniyatlar   va   ularning   har   biridagi   o‘ziga   xosliklar,   she’r
insoniyatni   taajjubga   solish   va   ijtimoiy   maqsadlar   uchun   yozilishi   to‘g‘risidagi
fikrlari,   nazariy   qarashlari     SHarq   mumtoz   tarixiy   poetikasining   ob’ektini   ifoda
etadi. 
Tarixiy poetika nazariy poetika bilan zich aloqadadir.  Nazariy poetika badiiy
asarning,   umuman   olganda,   adabiyotning   ishoraviy   (semiotik),   estetik   va
kommunikativ   tabiati   muammolarini   o‘z   ichiga   olib,   bu   muammolarni   sinxron
nuqtai nazardan tahlil qiladi .  Hatto adabiyot nazariyasining asosini aynan poetika
tashkil qiladi, degan fikrlar o‘tgan asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan edi. 2
  Xuddi
shu   davrda   M.M.Baxtin   nazariy   poetikaning   vazifasi   va   ob’ektiga   “badiiy   asarni
shu   holicha   ajratib   ko‘rsatish,   uning   tuzilishi   manzarasini   berish,   badiiy   asarning
elementlarini   va   bu   elementlarning   vazifalarini   aniqlashdir”,   deb   ta’rif   beradi.
SHuningdek,   M.Baxtin   bu   vazifalarni   badiiy   asarning   estetik   tabiati   haqidagi
savolga   javob   bermasdan   hal   qilib   bo‘lmasligini   ta’kidlaydi. 3
    Bular   nazariy
poetikaning o‘rganish ob’ektiga kiradigan vazifalardan bir qismidir. 
“Adabiyot   nazariyasi”   (“Teoriya   literaturы”)ning   muallifi   V.E.Xalizev   ham
nazariy   poetikani   adabiyot   nazariyasi   bilan   bir   deb   qaraydi:   “Adabiyot
nazariyasi...turli   aspektlar   va   bo‘limlardan   iborat.   Uning   markaziy   bo‘g‘ini   –
umumiy   poetika   bo‘lib,   nazariy   poetika   deb   ham   yuritiladi...   (ta’kid   bizniki   –
D.S.) ” 4
1
 Жирмунский В.М. Историческая поэтика А.Н.Весел о вского.  – “ Веселовский А.Н. Историческая поэтика”
(Москва,   1940)   китобида,   9-10-   бетлар;   Горский   И.К.   Александр   Веселовский   и   современность,   Москва,
1975.
2
 Тамарченко Н.Д., Тюпа В.И., Бройтман С.Н.  Теория литературы. В двух томах. Том 1, Москва.ACADE M A .
2004, C.9.
3
  Бахтин М.М. Проблем ы  содержания, материала и форм ы в словесном художественном творчестве. //ВЛЭ.
Москва, 1975, С. 9.
4
  Хализев В.Е. Теория литературы.  – Москва, 2002, С.8. Tarixiy   poetika   badiiy   asar   tarkibiy   qismlarining   va   ularning   vazifalari
o‘zgarishini   qamrab   olib,   diaxron   nuqtai   nazardan   tahlil   qiladi,     bunday
o‘zgarishlar yirik madaniy davrlar qamrovida kechadi. 
YUqoridagi  iqtiboslar va qarashlar  majmuini quyidagicha ifodalasak, to‘g‘ri
bo‘ladi:  nazariy poetika  adabiyotshunoslik kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi va
ularning   mantiqiy   tahlilini   beradi.   Tarixiy   poetika   esa   adabiyotshunoslik
kategoriyalari   tizimining   kelib   chiqishi   va   taraqqiyotini   o‘rganadi.   SHu   bois
nazariy   poetikada   sinxron,   tarixiy   poetikada   daixron   nuqtai   nazar   asosiy   o‘rin
tutadi.
Adabiyotshunoslikni   nazariy   va   tarixiy   poetikaga   bo‘lib   o‘rganish   metodologik
xarakter ifodalashidan ko‘ra, texnik xarakterga ega deb qaraydiganlar ham bor. Bu
qarash   tarafdorlarining   fikricha,   “nazariy   poetika   tarixiy   bo‘lishi   kerak”,
poetikaning   har   bir   ta’rifi   “aniqlanadigan   shakllar   butun   taraqqiyoti   davomida
o‘xshash” 5
 bo‘lishi lozim.
Nazariy,   tarixiy,   me’yoriy   va   boshqa   poetika   turlari   haqidagi   bahs
munozaralar   hali   davom   etadi.   CHunki   A.Veselovskiy   boshlab   bergan   tarixiy
poetika   bo‘yicha   tadqiqotlar   o‘tgan   asrning   50-yillariga   qadar   to‘xtab   qoldi.   XX
asrning ikkinchi yarmidan keyin Rossiyada ham, Evropada ham tarixiy poetikaga
qiziqish   kuchaydi.   V.V.Vinogradov,   D.S.Lixachev,   E.M.   Meletinskiy,
S.Averinsev, M.Gasparov, O.Freydenberg, M.Steblin-Kamenskiy, M. Polyakov va
boshqa bir qator yirik olimlarning tarixiy poetika bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari
bu   sohaning   rivoj   topishiga   katta   xizmat   qildi.   SHuni   har   doim   nazarda   tutish
kerakki,   Evropada   olib   borilgan   poetikaga   oid   ko‘p   ishlar   sturkturalizm   g‘oyalari
ta’siri   ostida     paydo   bo‘ldi.   Bu   tadqiqotlar   tarixiylik   tamoyiliga   nafaqat   begona,
balki bu tamoyilga qarama-qarshi qo‘yildi. 
Tarixiy poetika adabiyot  tarixi  bilan zich bog‘lanib, o‘z o‘rganish  ob’ektiga
ega   bo‘lgan   nazariy   kurs   hisoblanadi.   Hozirgi   adabiyotshunoslikda   mavjud
muammoga turli yondashuvlar bu fanning aniq definitsiyasini chegaralashda ayrim
muammolarni keltirib chiqaradi. 1986 yili Tarixiy poetika: o‘rganish yakunlari va
5
  Медведев П.Н. (Бахтин М.М.). Формальный метод в литературоведении. – Москва, 1993, С.38.  istiqbollari” (“Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya”)  to‘plamida
P.A.Grinser   va   M.L.Gasparovning   maqolalari   bilan   M.M.   Girshman   maqolasi
o‘rtasida   tarixiy   poetikaning   predmetini   va   o‘rganish   ob’ektini   belgilash   borasida
bahslar   bo‘lib   o‘tdi.   Mazkur   to‘plamdan   joy   olgan   P.A.Grinserning   maqolasi
“Literatura   drevnosti   i   srednevekovya   v   sisteme   istoricheskoy   poetiki”   va
M.L.Gasparovning maqolasi    “Istoricheskaya  poetika i sravnitelnoe stixovedenie”
deb   nomlanadi.   Jumladan,   P.A.Grinser   tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ekti   va
predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: “Agar tarixiy poetikaning predmeti u yoki bu
darajada ishlab chiqilgan deb hisoblanadigan va uning predmeti poetik tamoyillar,
usullar   va   shakllarning   kelib   chiqishi,   tarixiy   taraqqiyotini   o‘z   ichiga   oladigan
bo‘lsa,   bu   qadar   keng   muammoni   o‘rganishning   aniq   yo‘llari   hali   jiddiy
oydinlashtirishni   talab   qiladi.   YAnada   tabiiy   yo‘l   –   poetologik   kategoriyalar
(obraz,   uslub,   janr,   metod   va   b.)   ni   diaxronik   (ya’ni   tarixiy   izchillik   nuqtai
nazaridan   –   D.S.)   tahlil   etish   –   bu   kategoriyalarni   o‘z   ierarxiya   va   vazifalari
bo‘yicha   o‘zgarmas   hodisa   sifatida   talqin   etish   xavfini   tug‘diradi.   Qolaversa,
poetik   kategoriyalar,   shubhasiz   ko‘chib   yuradi.   Hatto   uzoq   tarixiy   istiqbolda   ular
o‘z   dolzarbligini   saqlaydi,   davrdan   davrga   va   adabiyotgan   adabiyotga   o‘tganda
ham,   ular   ko‘pincha   o‘z   qiyofasini   va   mazmunini   o‘zgartiradi,   yangi   aloqalar   va
munosabatlarga   kirishadi,   har   safar   alohida   va   bir-biridan   farq   qiladigan   tizim
yuzaga   keladi.   Har   bir   bunday   tizimning   xarakteri   davrning   badiiy   tafakkuri,   o‘z
navbatida, davrning adabiy aqidalarida va uning poetikasida yuzaga chiqqan. Agar
poetik nazariya  bilan poetik  amaliyot  o‘rtasida  ma’lum   uzilish  mavjud bo‘lsa,  bu
uzilish   u   yoki   bu   madaniy   an’analar   orqali   bir   necha   asr,   ba’zan   ming   yillar
oralig‘ida ajralib turadigan zamonaviy tadqiqotlar bilan Grinser tarixiy poetikaning
predmeti    sifatida  SHarq mumtoz adabiyotining tajribasidan o‘rganishni, ayniqsa,
SHarq   adabiyotiga   yaqin   bo‘lgan   Evropa   antik   adabiyoti   va   o‘rta   asr   adabiyoti
bilan   tipologik   jihatdan   qiyoslab   o‘rganishni   taklif   qiladi   (72   bet).   Bu   fikr   ancha
jonli   va   ma’lum   bir   nazariy   dalillarga   tayangani   bilan   o‘zini   oqlaydi.   Tarixiy
poetikaning   predmetini   u   yoki   bu   darajada   qat’iylashgan   deb   qarash   mumkin. Tarixiy   poetika   poetik   tamoyillar,   usullar,   shakllar   va   janrlarning   kelib   chiqishi
hamda ularning taraqqiyoti (evolyusiyasi) bilan ish ko‘radi. 
Grinserning   mulohazalari   ancha   jonli,   ayni   paytda   ma’lum   manbalarga
tayangani bilan diqqatga sazovor. SHarq mumtoz adabiyoti degan tushuncha ostida
Grinser, birinchi navbatda, sanskrit, arab adabiyotini nazarda tutadi. Zotan yozma
adabiyotning,   yaratilgan   davri   qadimiyligi   e’tiborga   olinsa,   Grinser   tayangan
manbalar tamomila o‘zini oqlaydi. Jumladan, asli sanskrit tilida yaratilgan “Oltun
yorug‘”   asarining   tarkibi   va   janr   hususiyatlariga   va   janrlar   poetikasiga   e’tibor
bersak, masala ma’lum darajada oydinlashadi. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1. Broytman S.N. Istoricheskaya poetika – Moskva, 2001; Teoriya literateraur ы : v
drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D. Tamarchenko.- Moskva:
ASA DEMIA, 2004.-368 S.
2. Borev   YU.B.   Teoreticheskaya   istoriya   l i terat u r ы /   Teoriya   leteratur ы .   T.4:
L i teraturn ы y protsess.- Moskva, 2001.S. 130-468.
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Stebleva I.V. Ritm i sm ы sl v tyurkoyaz ы chnoy klassicheskoy poezii. Moskva,
“Vostochnaya literatura”, 1993.
5. Veselovskiy A.N. Istoricheskaya poetika. – Moskva: V ы sshaya shkola, 1989. -
s.
6. Istoricheskaya poetika. Literaturn ы e epoxi i tip ы  xudojestvennogo soznaniya. –
Moskva: 1994.
7. SHarq   mumtoz   poetikasi   manbalari   H.Boltaboev   talqinida.   –   Toshkent:
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -  b.
8. Semantika   obraza   v   literaturax   Vostoka.   –   Moskva,   “Vostochnaya   literatura”,
1998.
9. Teoriya janrov literatur Vostoka. – Moskva, “Vostochnaya literatura”, 1985. 
10. Xolm o‘minov J., Hazratqulov J. Forsiy adabiyotning jahon adabiyotidagi o‘rni.
Toshkent. “ YANGI NAŞR ” : 2012.

Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va o‘rni. (nazariy poetika, dinamik poetika, struktural poetika va b.) Reja: 1.Mumtoz tarixiy poetika tushunchasi 2. Mumtoz tarixiy poetika fanining predmeti 3. Mumtoz tarixiy poetika fanining vazifalari

Poetika qadimdan o‘rganilib kelinayotgan soha bo‘lib, adabiyotshunoslikning mazmuni va shaklini tashkil qiladi. Poetika qadimdan beri olimlar va ijodkorlarning diqqatini jalb qilib keladi. Bu tabiiy, albatta. Badiiy ijod, adabiyotning taraqqiyoti nazariy yoritishni va umumlashtirishni taqozo qiladi. Ko‘pincha umumlashtirishlarning natijasi katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi. SHu munosabat bilan Aristotelning “Poetika” asarini eslash o‘rinlidir. Uning mazkur asaridagi umumlashtirish katta mohiyat kasb etgani uchun ham bugungacha unga murojaat etamiz. Poetika uzoq vaqt tavsifiy va me’yoriy xarakter kasb etib keldi. X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixiy poetika sohasida qilingan ishlar mazmun tomondan keskin o‘zgardi. Ayniqsa, A.N.Veselovskiyning “Tarixiy poetika” (“Istoricheskaya poetika”) asari tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirishga turtki berdi. X1X asrda adabiyotning tarixiy tadqiqotlari yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga oshirildi, badiiy tasvir vositalariga tarixiy nuqtai nazardan yondashuv, tur va janrlarga oid olib borilgan tadqiqotlar va ularning rivojiga batafsil ta’rif berilgin ishlar tarixiy poetikaga fan sifatida asos yaratib berdi. Tarixiy poetikaga oid ko‘plab ishlar Rossiya, Polsha, Fransiya, Germaniya kaba mamlakatlarda yuzaga keldi va davom etmoqda. Jumladan, Rossiyada tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirgan olim A.N.Veselovskiydir. Uning izlanishlari va erishgan yutuqlari adabiyotshunoslikda alohida bosqichni tashkil etadi. SHu bilan birga ta’kidlash kerakki, A.N.Veselovskiy mo‘ljallagan niyatini – adabiy hodisalarning keng doirasini qamrab oladigan yagona umumiy poetikani yaratishga ulgurmadi. A. N. Veselovskiyning “Tarixiy poetika” asarida tarixiy-metodologik tamoyillarda ayrim etishmovchiliklar bo‘ldi. Jumladan, turli poetik turlar va shakllarni ajratib olib talqin qilishda, badiiy tasvir vositalarini yoritishda ma’lum noizchillikda ko‘rinadi. Ammo shunga qaramay, u tarixiy poetikaning tamal toshini yaratib berdi. U tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ekti sifatida uslub, poetik til, adabiy syujetlarni o‘rganishni birinchi o‘ringa chiqardi, so‘ngra adabiy turlarning “tarixiy izchilligi” tadqiq etilishi lozimligini uqtirgan edi. V.M.Jirmunskiyning “Poetika –

she’riyatni san’at sifatida o‘rganadigan fandir” 1 deb aytganda, tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ektini aniqlab, A.N.Veselovskiyga yaqinlashgan edi. Ayniqsa, SHarq mumtoz poetikasida Abu Nasr Forobiyning she’riyat va uning shakllanishi, arab va yunon she’riyatidagi qonuniyatlar va ularning har biridagi o‘ziga xosliklar, she’r insoniyatni taajjubga solish va ijtimoiy maqsadlar uchun yozilishi to‘g‘risidagi fikrlari, nazariy qarashlari SHarq mumtoz tarixiy poetikasining ob’ektini ifoda etadi. Tarixiy poetika nazariy poetika bilan zich aloqadadir. Nazariy poetika badiiy asarning, umuman olganda, adabiyotning ishoraviy (semiotik), estetik va kommunikativ tabiati muammolarini o‘z ichiga olib, bu muammolarni sinxron nuqtai nazardan tahlil qiladi . Hatto adabiyot nazariyasining asosini aynan poetika tashkil qiladi, degan fikrlar o‘tgan asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan edi. 2 Xuddi shu davrda M.M.Baxtin nazariy poetikaning vazifasi va ob’ektiga “badiiy asarni shu holicha ajratib ko‘rsatish, uning tuzilishi manzarasini berish, badiiy asarning elementlarini va bu elementlarning vazifalarini aniqlashdir”, deb ta’rif beradi. SHuningdek, M.Baxtin bu vazifalarni badiiy asarning estetik tabiati haqidagi savolga javob bermasdan hal qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydi. 3 Bular nazariy poetikaning o‘rganish ob’ektiga kiradigan vazifalardan bir qismidir. “Adabiyot nazariyasi” (“Teoriya literaturы”)ning muallifi V.E.Xalizev ham nazariy poetikani adabiyot nazariyasi bilan bir deb qaraydi: “Adabiyot nazariyasi...turli aspektlar va bo‘limlardan iborat. Uning markaziy bo‘g‘ini – umumiy poetika bo‘lib, nazariy poetika deb ham yuritiladi... (ta’kid bizniki – D.S.) ” 4 1 Жирмунский В.М. Историческая поэтика А.Н.Весел о вского. – “ Веселовский А.Н. Историческая поэтика” (Москва, 1940) китобида, 9-10- бетлар; Горский И.К. Александр Веселовский и современность, Москва, 1975. 2 Тамарченко Н.Д., Тюпа В.И., Бройтман С.Н. Теория литературы. В двух томах. Том 1, Москва.ACADE M A . 2004, C.9. 3 Бахтин М.М. Проблем ы содержания, материала и форм ы в словесном художественном творчестве. //ВЛЭ. Москва, 1975, С. 9. 4 Хализев В.Е. Теория литературы. – Москва, 2002, С.8.

Tarixiy poetika badiiy asar tarkibiy qismlarining va ularning vazifalari o‘zgarishini qamrab olib, diaxron nuqtai nazardan tahlil qiladi, bunday o‘zgarishlar yirik madaniy davrlar qamrovida kechadi. YUqoridagi iqtiboslar va qarashlar majmuini quyidagicha ifodalasak, to‘g‘ri bo‘ladi: nazariy poetika adabiyotshunoslik kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi va ularning mantiqiy tahlilini beradi. Tarixiy poetika esa adabiyotshunoslik kategoriyalari tizimining kelib chiqishi va taraqqiyotini o‘rganadi. SHu bois nazariy poetikada sinxron, tarixiy poetikada daixron nuqtai nazar asosiy o‘rin tutadi. Adabiyotshunoslikni nazariy va tarixiy poetikaga bo‘lib o‘rganish metodologik xarakter ifodalashidan ko‘ra, texnik xarakterga ega deb qaraydiganlar ham bor. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, “nazariy poetika tarixiy bo‘lishi kerak”, poetikaning har bir ta’rifi “aniqlanadigan shakllar butun taraqqiyoti davomida o‘xshash” 5 bo‘lishi lozim. Nazariy, tarixiy, me’yoriy va boshqa poetika turlari haqidagi bahs munozaralar hali davom etadi. CHunki A.Veselovskiy boshlab bergan tarixiy poetika bo‘yicha tadqiqotlar o‘tgan asrning 50-yillariga qadar to‘xtab qoldi. XX asrning ikkinchi yarmidan keyin Rossiyada ham, Evropada ham tarixiy poetikaga qiziqish kuchaydi. V.V.Vinogradov, D.S.Lixachev, E.M. Meletinskiy, S.Averinsev, M.Gasparov, O.Freydenberg, M.Steblin-Kamenskiy, M. Polyakov va boshqa bir qator yirik olimlarning tarixiy poetika bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari bu sohaning rivoj topishiga katta xizmat qildi. SHuni har doim nazarda tutish kerakki, Evropada olib borilgan poetikaga oid ko‘p ishlar sturkturalizm g‘oyalari ta’siri ostida paydo bo‘ldi. Bu tadqiqotlar tarixiylik tamoyiliga nafaqat begona, balki bu tamoyilga qarama-qarshi qo‘yildi. Tarixiy poetika adabiyot tarixi bilan zich bog‘lanib, o‘z o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lgan nazariy kurs hisoblanadi. Hozirgi adabiyotshunoslikda mavjud muammoga turli yondashuvlar bu fanning aniq definitsiyasini chegaralashda ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. 1986 yili Tarixiy poetika: o‘rganish yakunlari va 5 Медведев П.Н. (Бахтин М.М.). Формальный метод в литературоведении. – Москва, 1993, С.38.

istiqbollari” (“Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya”) to‘plamida P.A.Grinser va M.L.Gasparovning maqolalari bilan M.M. Girshman maqolasi o‘rtasida tarixiy poetikaning predmetini va o‘rganish ob’ektini belgilash borasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘plamdan joy olgan P.A.Grinserning maqolasi “Literatura drevnosti i srednevekovya v sisteme istoricheskoy poetiki” va M.L.Gasparovning maqolasi “Istoricheskaya poetika i sravnitelnoe stixovedenie” deb nomlanadi. Jumladan, P.A.Grinser tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ekti va predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: “Agar tarixiy poetikaning predmeti u yoki bu darajada ishlab chiqilgan deb hisoblanadigan va uning predmeti poetik tamoyillar, usullar va shakllarning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyotini o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, bu qadar keng muammoni o‘rganishning aniq yo‘llari hali jiddiy oydinlashtirishni talab qiladi. YAnada tabiiy yo‘l – poetologik kategoriyalar (obraz, uslub, janr, metod va b.) ni diaxronik (ya’ni tarixiy izchillik nuqtai nazaridan – D.S.) tahlil etish – bu kategoriyalarni o‘z ierarxiya va vazifalari bo‘yicha o‘zgarmas hodisa sifatida talqin etish xavfini tug‘diradi. Qolaversa, poetik kategoriyalar, shubhasiz ko‘chib yuradi. Hatto uzoq tarixiy istiqbolda ular o‘z dolzarbligini saqlaydi, davrdan davrga va adabiyotgan adabiyotga o‘tganda ham, ular ko‘pincha o‘z qiyofasini va mazmunini o‘zgartiradi, yangi aloqalar va munosabatlarga kirishadi, har safar alohida va bir-biridan farq qiladigan tizim yuzaga keladi. Har bir bunday tizimning xarakteri davrning badiiy tafakkuri, o‘z navbatida, davrning adabiy aqidalarida va uning poetikasida yuzaga chiqqan. Agar poetik nazariya bilan poetik amaliyot o‘rtasida ma’lum uzilish mavjud bo‘lsa, bu uzilish u yoki bu madaniy an’analar orqali bir necha asr, ba’zan ming yillar oralig‘ida ajralib turadigan zamonaviy tadqiqotlar bilan Grinser tarixiy poetikaning predmeti sifatida SHarq mumtoz adabiyotining tajribasidan o‘rganishni, ayniqsa, SHarq adabiyotiga yaqin bo‘lgan Evropa antik adabiyoti va o‘rta asr adabiyoti bilan tipologik jihatdan qiyoslab o‘rganishni taklif qiladi (72 bet). Bu fikr ancha jonli va ma’lum bir nazariy dalillarga tayangani bilan o‘zini oqlaydi. Tarixiy poetikaning predmetini u yoki bu darajada qat’iylashgan deb qarash mumkin.